PDA

View Full Version : Hadis va sunnat o’rtasidagi farq nima?


Abdug'ofur
01-23-2007, 10:34 AM
Hadis va sunnat o’rtasidagi farq nima?

© Nuh Ha Mim Keller* 1995

Sunnat so’zi uch alohida ma’noga ega bo’lib, ko’pincha bu atama bahslarda ko’tarilganda, musulmonlar tomonidan aralashtirib yuboriladi.
Sunnatning birinchi ma’nosi shariat qoidalari kontekstida kelib, unda sunnat kishini uni bajarganligi uchun keyingi hayotda savobga erishtiradigan – masalan, ibodatdan oldin tishni tozalash uchun misvok ishlatish – lekin bajarmasa, jazoga tortmaydigan amal ma’nosini bildiruvchi mandub (yoki “tavsiya qilingan”) ning sinonimidir. Bu kontekstda u kishiga bajarganligi uchun keying hayotda savob beradigan, – masalan, belgilangan farz namozlarni o’qish – lekin bajarmasa jazolanishiga sabab bo’ladigan amallarni ifodalovchi vojib (yoki majburiy) dan farq qiladi (Izoh: maqola muallifi shofeiy mazhabiga mansub bo’lib, vojib deganda farz amallarni nazarda tutgan – tarjimon). Bu ma’noda sunnat vojib yoki majburiy amallardan so’ng Alloh bizlardan so’ragan ikkinchi darajali ishlardir.
Sunnatning ikkinchi ma’nosi matniy manbalarni aniqlash kontekstida keladi, masalan, Kitob, ya’ni Qur’on sunnatdan, ya’ni hadisdan farqlanadi. Bu ma’noda sunnat hadisning qat’iy sinonimi bo’lib, biror kishining dalilini Qur’ondan farqlash uchun ishlatiladi. Shuni eslatmoq lozimki, bu yuqorida keltirilgan sunnat ma’nosidan keskin farq qiladi, ba’zan odamlar, Qur’on majburiy amallarni, hadis esa oddiy sunnat yoki tavsiya qilingan amallarni belgilaydi, deb har ikkisini chalkashtirib yuborishsa ham, lekin amalda hukmlarning har ikki turi Qur’onda ham, hadisda ham topiladi.
Sunnatning uchinchi ma’nosi Payg’ambar (SAV) ning yo’li bo’lib, bu ul zotning aytgan, bajargan amallarida va qalb holatlarida; boshqalarning amallarini ma’qullashlarida (ochiq ma’qullash yoki hozirliklarida qaytarmagan holda u ishlarning bajarilishiga ruxsat berishlari) hamda bajarishni niyat qilgan, lekin imkon topa olmagan amallarida (masalan, Muharramning 9-kuni ro’za tutish – Tasua) aks ettgan. Bu yerda sunnat Payg’ambar (SAV) ning yo’lini ifodalaydi va u yuqorida eslatilgan ikki ma’no bilan aralashtirib yuborilmasligi kerak. Birinchi ma’nodan farqli o’laroq, uning (SAV) sunnati yoki yo’li nafaqat tavsiya etilgan amallarni, balki butun shariatni, xoh vojib, sunnat, muboh yoki makruh, harom bo’lsin, barcha hukmlar to’plamini qamrab oladi. Va ikkinchi ma’nodan farqli holda, uning (SAV) sunnati yoki yo’li nafaqat hadisda, balki avvalo va birinchi galda Qur’onda o’z ifodasini topgan. Buxoriyda kelgan hadisda Oisha (ra) aytganlaridek, “Uning axloqi Qur’on edi”.
Mazkur farqlar yodda saqlansa, musulmonlar sunnatni bahs etganlarida tez-tez ko’tariladigan anglashilmovchiliklarga o’rin qolmagan bo’lardi.

Manba: http://masud.co.uk/ISLAM/nuh/hadith.htm

-------------------------------------------------------
*Amerikalik musulmon Nuh Ha Mim Keller Islom Fiqhi bo’yicha mutaxassis va tarjimon hisoblanadi. 1954 yili AQSHning shimoli-g’arbiy qismida tavallud topgan. UCLA va Chikago Universitetida Falsafa va Arab tili o’qigan. 1977 yili Qohirada Al-Azhar Universitetida Islomni qabul qilgan. 1980-yildan boshlab Suriya va Iordaniyada Aqida, Usul al-fiqh, Shofeiy va Hanafiy Fiqhi, Hadis ilmlarini o’rgandi. U tarjima etgan “Umdat al-Salik” asari (“Musofirning tayanchi”, 1250 bet, Sunna Books, 1991) dunyoning qadimiy oily ta’lim dargohi Al-Azhar tomonidan guvohnoma olgan Yevropa tilidagi birinchi fiqhiy asardir.
U Islom fiqhi bo’yicha Suriya va Iordaniya shayxlaridan ijozatga ega.