PDA

View Full Version : MUHLIS xonadonida yangi mehmon !!! :)


Asadbek
02-10-2007, 08:48 AM
Azizlar,

bugun forumdosh do'stimiz MUHLIS xonadoniga yangi mehmon tashrif buyurib, unga otalik baxtini tuhfa etib, quvonch-shodlik olib keldi.

Do'stim MUHLIS, ilk farzandingiz - Abdulla xonadoningizga muborak bo'lsin!
Rohatini ko'rib yuringizlar, oilangiz nomini olamga yoyadigan pahlavon, dono, zukko, ziyoli yigit bo'lib yetishsin!

Siz uchun juda ham xursandman :)

NuR_BeK
02-10-2007, 08:50 AM
Ilohim umri bilan bergan bo'lsin, ota-onasining faxri, belining quvvati bo'lib yursin!
MUHLIS aka, ushbu tabarruk ayyom bilan Sizni va oila a'zolaringizni chin qalbimdan tabriklayman.

Har bir yigitga otalik baxti nasib etsin!

barcha ezgu niyatlarni tilab
hurmat bilan kamina...

NYyankNY
02-10-2007, 08:52 AM
Farzandlar bilan tabriklaymiz MUHLIS :)
Baxti Umri bilan bergan bolsin .

lost
02-10-2007, 08:53 AM
Shunnaqangi yigit bo'lsinki muxlislarining soni sizzikidan 3 baravar ko'p bo'lsin:)

ennngg samimiy tilaklarim :)

Nevidimka
02-10-2007, 08:54 AM
Farzandingiz sog salomat bahtilaringa katta bolsinlar.;) Tabriklayman.

Pythagor
02-10-2007, 08:58 AM
umri bilan bergan bo'sin, tabriklimiz.

MUHLIS
02-10-2007, 09:01 AM
Rahmat!!!! Shunaqangi hursandmankiiiiiiii!!!!!! Hozir do'htirga ketyapman, hammangizga biri-biridan yaxshi tabriklar uchun rahmat!!!!

StU
02-10-2007, 09:01 AM
Tabrikliymiz! Oilangizga uzoq umr, baht va saodat tilayman!

boburshoh
02-10-2007, 09:06 AM
Tabriklaymis, Farzandingizni umri uzoq bo'lsin

NYyankNY
02-10-2007, 09:14 AM
Rahmat!!!! Shunaqangi hursandmankiiiiiiii!!!!!! Hozir do'htirga ketyapman, hammangizga biri-biridan yaxshi tabriklar uchun rahmat!!!!


Endi ketyapsiz mi ? :rolleyes: JK Ommadlar dustim ;)

forex
02-10-2007, 09:17 AM
Fatherhood is a blessing,
congratulations!

JoJ
02-10-2007, 09:24 AM
Ollohim umri bilan bergan bolsin, kotta bola bolib etishsin:)

munisa
02-10-2007, 09:52 AM
Voy uni qaranglar, ajoyib! tabriklayman, Alloh nazdida eng suyukli ism bilan ham! Abdulloh bo'lsa kerak asli.

Royal
02-10-2007, 09:54 AM
Bizdan ham hamma ezgu tilaklarimizni qabul eting....

Wolfman
02-10-2007, 10:38 AM
solih farzand va yaxshilarga bosh bo'lsin!




Wolf

Qizil-Gul
02-10-2007, 10:40 AM
Bahti bilan bergan bo'lsin, :) O'g'lingiz ismi jismiday bo'lsin

Amiri Turkiston
02-10-2007, 11:30 AM
eee okam tabriklaymiz endi yana bir bor

endi bitta osh sizdan buladi forumchilarning yanagi uchrashuvida
:-)

ilohim bahtli + iymonli + ish bilarmon bola bulib voyaga etsin

Lady_G
02-10-2007, 11:32 AM
Tabrikliymiz ;)! Bahtini ko'rgaysizla!

Camellia
02-10-2007, 11:42 AM
MUHLIS,

Otalik baxti muborak bo'lsin! Abdullaxonni umrlari uzoq bo'lib, sog-salomat, odobli, aqlli bolib voyaga yetsinla. Ayolingizni ham tabriklab o'pib qo'ying, chiroyli buket olishni unutmang ;)

Farzandingizni rohatini ko'rish nasib qilsin :)

Nilufar
02-10-2007, 11:58 AM
Farzandizni baxtini ko'ring. Umri uzoq bo'lsin.

Arhimed
02-10-2007, 12:39 PM
tabriklayman, bahtli bo'sin!

Vector
02-10-2007, 01:01 PM
Muhlisbek, tabrikliman, oglingizni bahtini korib yurila, sog salomat iymonli bolib yetishsin! ;)

abcd
02-10-2007, 01:03 PM
Tabriklaymiz o'g'ilcha bilan. Forum's second generation is coming.

noodles
02-10-2007, 01:36 PM
Congratulations! :)

MUHLIS
02-10-2007, 01:45 PM
Xamma-xammalaringga rahmat!!! Hozir polvon o'zini yaxshi his qilyapti, eng muhimi dadasini ovizini tanidi!!! :)
Alouddin bo'lsaydi forumda.........:(

Madalio'g'li
02-10-2007, 01:46 PM
Alloh uzoq va hayrli umr ehson aylasin. Tabriklar.

lyalyapo
02-10-2007, 03:30 PM
Alloh hayrli qilsin Solih farzand bo'lib voyaga yetsin, Islomga hizmat qiluvchi ota onasiga inshaallah jannatlarda toj kiydiruvchi farzand bo'lsin. Nimaiki hayrli niyatlaringiz bo'lsa farzandingiz uchun barchasi ro'yobga chiqsin. Sabr toqat ila chiroyli tabriya berish nasib qilsin.

Unique
02-10-2007, 03:40 PM
MUHLIS, chin yurakdan tabriklayaman bittaga ko'payibsizlar! Baxtizga sog'lom aqlli bola bo'lsin. Kennayimniyam tabrikliman! :D

Angeleyes
02-10-2007, 03:50 PM
Congratulation on your newborn, dear MUHLIS! :multi: May Allah bless your son and your family! :ltlangel: :bigdance:

Flamingo
02-10-2007, 04:20 PM
Yangi mehmon xonadoningizga qut-baraka olib kelsin.:)

munisa
02-10-2007, 04:21 PM
chindan ham shu Alouddin ko'rinmay ketdi ,,,

Shokirbek
02-10-2007, 04:32 PM
Eeeee, farzand muborak bo'lsin, uka! Juda ajoyib ism tanlabsiz. Ismiga monand Ollohning haqiqiy, sevgan bandalaridan bo'lib, ikki dunyoda baxtli bo'lsin, Qiyomatda ota-onasiga toj kiydirsin.

NozChik
02-10-2007, 05:43 PM
Farzandingiz sog-salomat ulgaesin, Rohatini kurib yuring!!!

-Resident-
02-10-2007, 05:44 PM
Umri bilan bergan bo`lsin rizqi baland bo`lsin tabriklayman bahtli ota bo`ling!

Qarama
02-10-2007, 06:38 PM
tabriklashka ruxsat bering :) salomatlik tilayman

elDoraDo
02-10-2007, 07:21 PM
Qanday ajoyib habar, erta tongdan.
Ozingiz, rafiqangiz, sevimli farzandingiz hayoti doimo shundayin quvonarli habarlarga tolib yursin. Yangi mehmonni umri bilan bergan bolsin. Sogliq salomatlikda bahtini korib yuringlar. Sizga aytgancha bundan bu yogiga sabr :)

Iqbol
02-10-2007, 08:19 PM
Alloh farzandingizga go'zal va ma'no-mazmunga to'la umr, xayrli oqibat va sizlarga ham haqqoniy ota-ona bo'lishlikni, burchingizni eng go'zal suratda ado etishingizni nasib qilsin.

Guardian
02-10-2007, 08:39 PM
Dear MUHLIS, farzandingiz aqlli, iymonli, otasiga o'xshagan ziyoli bo'lib katta bo'lsin. Siz va ahli xonandoningizni ushbu ajoyib yangilik bilan chin qalbimdan tabriklayman. Otalikdek oltin mas'uliyat muborak bo'lsin, hamisha ahli xonadoningiz bilan baxtu saodatga erishib yuringlar. Kennayimizgaham jasoratlariga ta'zim etamiz. Mashallah!

Glance
02-10-2007, 09:24 PM
Farzandingiz muborak bo'lsin. Alloh umri bilan bergan bo'lsin! Alloh O'zi farzadingizni iymonli, insofli, aqilli, solih farzand qilib tarbiyalab, bunda Sizni sababchi qilib qo'ysin!

Martingale
02-10-2007, 09:39 PM
Tabriklaymiz! katta yigit busin!;)

Masanori
02-10-2007, 09:56 PM
chin dildan tabrikliman! farzand muborak! ahli iymon, ahli solihlardan bulib, ismiga mos ravishda Allohning itoatkor bandasi bulib voyaga etsin!
uz otasiga uhshab aqlli dono va vatanparvar bulib ulg`aysin!

crescent
02-10-2007, 10:10 PM
Muhlis akani uylariga qanaqa yangi mehmon kelibdi, bizga qanday aloqasi bor ekan degancha curiosity bilan kirsam... threadga kirganimga afsuslantirmaydigan yangilik bor ekan! O'G'ILli bo'libdilar! Abdullajon sizni boshingizni hech qachon yerga qaratmaydigan yigittaka yigit bo'lib yetishsinlar! :D

Sevinch
02-10-2007, 10:16 PM
Tabriklayman:) , sog' salomat katta yigit bulsin!

SmIlIk
02-10-2007, 11:21 PM
MUHLIS, sizni va turmush o'rtog'ingizni farzandlik bo'lish munosabati bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Yuqoridagi barcha yaxshi niyatlarga qo'shilgan holda, o'zingizning ham farzandingizga atagan niyatlaringizga duodosh bo'lib qolamiz.

SMLK&MegaZ

Shokirbek
02-11-2007, 12:40 AM
Payg'ambarimiz :saws: : "Ollohga eng suyukli ism Abdulloh va Abdurahmondir" deganlar.




chindan ham shu Alouddin ko'rinmay ketdi ,,,

Alouddinning yo'qligi hammadan ham ko'ra menga bilinyapti.. :(

Tokugawa
02-11-2007, 12:54 AM
MUHLIS, forumda fikrlarimiz tez-tez to'qnashgan paytlari bo'lgan:) , lekin farzandingiz tavalludi bilan tabriklashga ijozat bergaysiz. Bu borada tajribam yo'q, lekin qanchalik katta baht ekanligini tasavvur qilib turibman. Sizga munosib o'g'lon, adolatli va sog'lom bo'lib yetishsin.

MUHLIS
02-11-2007, 02:46 AM
Flamingo, Shokirbek, NozChik, -Resident-, Bakma, elDoraDo, BIEN, Guardian, Glance, Martingale, Masanori, crescent, Sevinch, SmILIK&MegaZ, va Tokugawa,

Hammalaringga katta rahmat. Shuncha do’stlaring borligi va ular sening quvonchingdan hursand bo’lishlari qanday yaxshi….


Shokirbek aka, sizning tilaklaringiz bizga qadrli, katta rahmat! Ilohim aytaningiz kelsin. Aytgancha, buni qarangi familiyasi Ahdurahmondir…. :)

Tokugawa, samimiyligingizni hech vaqt shubha ostiga qo’ymaganman, sizni hurmat qilaman.


SMLK&MegaZ, sizlarning tabrigingiz biz uchun juda qadrli. Sizlardan 10 kun kech qoldik… :)


Sevinch, katta rahmat, bilasizmi naqadar ajoyib ismingiz borligini endi bildim…..

crescent, curiosity juda ham yaxshi hislat… :) tilaklaringiz uchun rahmat.

Masanori, ajoyib tilaklar uchun rahmat. Sizdek zukko insondan tabriklar eshitish yoqarkan. :)

Martingale, har doimgidek oddiy va lo’nda gapiribsiz, katta rahmat.

Glance, katta rahmat, endi bo’yinda turgan mas’uliyatlarni chiroyli tarzda yodga solganingiz uchun….
Guardian, asosiy ishni qilgan odamga alohida “credit” berganingizga tasanno!

BIEN, tabriklar uchun katta rahmat, oldin joyi maqolalar bilan qarz qilgan edingiz, endi ajoyib tilaklar bilan….

elDoraDo, “sabr” endi ko’p kerak bo’lishiga tobora ishonch hosil qilib boryapman….bugun birinchi marta qo’limga oldim, o’zimni shunday qo’pol va o’ng’aysiz his qildimki…..Rahmat!

Bakma, katta rahmat, salomatlik hozir biz uchun eng keragi…..

-Resident-, ajoyib tilaklaringiz uchun rahmat. Iloyim aytganingiz kelsin.

NozChik, eh shirin singilcham….tilaklaringiz ham o’zingizdek shirin…..katta rahmat!

Flamingo, qut-baraka ishsiz otaga qanchalik zarurligini bilgandek tilak bildiribsiz……ming rahmat!

Hamma-hammalaringa rahmat. Sal o’gizga kelib olsa rasmlaridan qo’yarman, nasib etsa.

mustafa06
02-11-2007, 04:52 AM
Muhlis ukam,
Farzandingiz muborak bo'lsin, umri bilan bergan bo'lsin. İymonlı, solih va yigit bo'lsin, oilası bilan hush-baht bo'lsin.
tabriklayman

inter
02-11-2007, 05:15 AM
muhlis aka iloyim umri bilan bergan bulsin:lol:

La Vie
02-11-2007, 05:24 AM
Olloh oz dargohidan yana bir momin musulmon farzandni bir qutlug oilaga nasib aylabdi!

Ushbu baht bilan sizlarni tabriklayman! Ilohim soglom, aqlli, hushli, sizlarni ertaga kokslaringizni guruga toldirib yuradigan aziz bir farzand bolib yetishsin! :)

Demir Kağan
02-11-2007, 06:09 AM
I wish him a great life MUHLIS.

I hope he will be like you. :)

Samarkand
02-11-2007, 07:03 AM
Yangi mehmon muborak bo'lsin MUHLIS!
Katta bo'lsin va rizqi doim butun bo'lsin.
Elga, haqqa hamnafas suyukli, dono yigit bo'lsin.

XXL
02-11-2007, 07:08 AM
Tabrikleman. Bahtini bersin.

Sizlar ham Bahtini korilar.


Leylochka va XXL

kingdom
02-11-2007, 07:26 AM
Aka tabrikliyman!Ugliyiz kelajakda buyuk futbolchi bulib yetishsin:P Uzbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqadigan futbolchi bulsin:D

Ulug'bek
02-11-2007, 07:41 AM
Parvardigor o'g'lingizni o'zining oqil, olim va amalli solih bandalaridan qilsin!
:)

Kaptan-i Derya
02-11-2007, 08:53 AM
tebriklayman muhlis!!

Swordfish
02-11-2007, 09:04 AM
Aka, o'g'illar muborak endi! Bahtu saodatini ko'rib yuring!

wow bring on more great news like this....

Mengli
02-11-2007, 10:34 AM
Congratulations!Please accept my best wishes for your newborn, let him bring lots of joy to his parents in years to come.

nurhak
02-11-2007, 11:36 AM
Tebriklayman Muhlis kardeş,Allah,ömrünü hoş eylesin.

bacha
02-11-2007, 12:31 PM
Muhlis, chin dildan tabriklayman. Har doim fahrga sazovor ug`il bulib etishsin.

oops_Shirin
02-11-2007, 03:22 PM
Alhamdulillah dear brother. May Allah bless little one and your family.May him be healthy and always happy. And by the time he grows up InshAllah may him be with a great iman like his father.
My congratulations to you and our dear "Yanga":P

http://www.flowersandsense.com/Catalogue_photos/Baby%20Boy.jpg

Mahmud
02-11-2007, 03:40 PM
MUHLIS, eng ezgu tilaklar ila tabriklayman!

O'g'lingiz ilmli, aqlli, baxtli va omadli yigit bo'lsin!
Yaratgan hamisha ziyoda qilsin! :)

VatanparvaR
02-11-2007, 07:41 PM
rosdanam Angeleyes aytganidek, sezon keldi shekilli :lol:

Tabriklaymiz Muhlis :)
Olijanob inson bo'sin.

Guess
02-11-2007, 10:04 PM
Na forume toje babyboom :lol:
MUHLIS aka, pozdravlyayu ot vsego serdsa. Jelayu Vashemu malishu rasti zdorovim, umnim i vospitannim chelovechkom :lol:

Gareeb
02-12-2007, 03:33 AM
eee maashaAlloh o'g'ilcha muborak bo'lsin!Allohning haqiqiy bandasi bo'lib etishsin.Ota-onasini rozi qiladigan,Allohning rahmati wa barakasini keltiradigan solih-qobil farzand bo'lsin.Farzandingizni Islomiy tarbiya qilishda Alloh sizlarga quwwat wa madad bersin omin.:)

Han
02-12-2007, 04:48 AM
Abdullah MUHLIS o'gli (0zarzoda) Turkistoniy ...
bu dunyoga hush va safo kelibdilar...

Yaratgan bu yangi mehmonimiz va mehmoningizni (Muhlis do'stim) har ikkala jahonda hayrli va baxtiyor qilsin...

amakisi Han :)

Silence
02-12-2007, 05:03 AM
Muhlis - примите пожалуйста мои поздравления с этим наверное самым светлым событием в жизни.
Здоровья малышу и Вам с супругой, ангельского терпения :), побольше приятных и забавных моментов проведенных с Вашим малышом. Пусть растет большим и послушным на радость маме с папой!

Словно сад вишневый в мае,
Расцвела твоя душа.
Так лишь только раз бывает
С появленьем малыша.
Я сердечно поздравляю
С пополненьем дорогим,
Радости, любви желаю
И здоровья вам троим!

Iceman
02-12-2007, 05:20 AM
Aka, o'glingizni rohatini ko'rish nasib qilsin.
O'g'il muborak bo'lsin!

PS: Vatanparvar og'a, hovo sezon galibdi, hali nichchasi kutib duribdi beda...

MUHLIS
02-13-2007, 08:04 AM
Спасибо Silence, за прекрасные пожелания и стихи.
Hunarmand, sizga kakkatkon rahmat.

Han, rahmat katta. Xa, hozirgina uning tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini olib keldim..... "ov"siz yozdirish qiyin bo'ldi......"Davlat Tili To'g'risidagi Qonunning" 15-moddasiga binoan haqqim borligini talab qilganimdan so'ng....:)
Guess, spasibo za pojelaniya :).
Gareeb aka, ajoyib tilaklaringiz uchun rahmat.
VatanparvaR, sizga ham kattakon rahmat!
Mahmud, rahmat! Futbolga boramizmi? 8 chi mart kuni?
oopS, Shirin, rahmat sizga rasmlar uchun ham tilaklar uchun ham!
bacha, rahmati kalon. :)

nurhak, cok sagol, tesekkur ederim!

Mengli, thanks a lot! It is really nice to hear so great wishes from so many people! I so glad that I joined this forum.

swordfish, rahmat! Sizga ham eng yaxshi tilaklarim!


Kaptan-i Derya, tesekkur ederim!

Ulug'bek, rahmat aka! Sizdek odamlardan tabrik eshitishning o'zi qanchalik yaxshi......

kingdom, futbolchi? :) Unda Neftchi Paxtakordan kuchayib ketadiyu! :mrgreen: Katta rahmat ajoyib tilaklaringiz uchun!

Xammaga javob bera olmagan bo'lsam uzr, ammo sizlarning e'tiborli ekanliklaring va yaxshi niyatlar qilganlaringiz meni juda sevintirdi. Barchangizning yaxshi niyatlaringiz, orzularingiz o'zingizga yo'ldosh bo'lsin!
Ehtirom ila,
MUHLIS & Co.

R.Azimov
02-13-2007, 08:54 AM
MUHLIS, Tabriklayman.

O'g'lingizning umri uzoq bo'lsin.



RA

Uzbekistan2010
02-13-2007, 09:05 AM
Muhlis aka tabriklayman.. Umri uzoq bolsin, baht va rohatini koring ;)

zanjir
02-13-2007, 09:22 AM
3 kun keyin bolsa ham tabriklayman, bunaqa quvonch hammamizga ham nasib qilsin, umri bilan bergan bosin!

Luganos
02-13-2007, 09:23 AM
Tabriklayman , umri bilan bergan bo'lsin.

Maftuna
02-13-2007, 07:26 PM
Tabriklayman! Paxlavon-polvon yigit bo'lsin, onasiga mehribon, otasiga ko'makdosh va quvvat bo'lsin.

Parsons
02-15-2007, 10:09 AM
Tabriklayman! Ota-onasi bahtiga sog'-sa'lomat bo'lsin

Alparslan
03-07-2007, 03:48 AM
Tabriklaymiz, kop baxtli b'olsun. Ollah yaxsi umr bersing.

Kaptan-i Derya
03-07-2007, 05:51 AM
Allah anali babali bьyьtmeyi nasib eylesin, tebrikler!

Black
03-09-2007, 05:09 AM
Bunga ham kech qolibman. : (

Muhlis kech bo'lsa ham

TABRIKLAYMAN

So'glik salomatlik, ikki dunyo bahtini tilayman. Ikki dunyoda ham yuzingizni yorug' qiladigan, ota-onasi va yurtiga hizmat qiladigan Iymonli, aqlli, esli hushli, pahlavon yigit bo'lsin.

P.S. Kechalari uyqu qalay bo'layapti?

Gareeb
03-09-2007, 05:10 AM
Bungayam kech qolibman.

Muhlis kech bo'lsa ham

TABRIKLAYMAN

So'glik salomatlik, ikki dunyo bahtini tilayman. Ikki dunyoda ham yuzingizni yorug' qiladigan, ota-onasi va yurtiga hizmat qiladigan Iymonli, aqlli, esli hushli, pahlavon yigit bo'lsin.

P.S. Kechalari uyqu qalay bo'layapti?

ee birodar Black tabriklar bo'limiga ham har-harda bosh suqib turingda, aks holda ko'p xushxabarlardan bexabar qolasiz.:)

Qarshi
03-09-2007, 05:12 AM
Muhlis kardeşim gözün aydın olsun.
Dil problemi nedeniyle bazı şeylere çok geç vakıf oluyoruz.Allah analı,babalı büyütsün vatana millete hayırlı bir evlat olsun..

Selamlarla...

Black
03-09-2007, 05:16 AM
ee birodar Black tabriklar bo'limiga ham har-harda bosh suqib turingda, aks holda ko'p xushxabarlardan bexabar qolasiz.:)

Shuni ayting. Hamma yoq Baby season bo'p ketipdiyu, bizlar behabar qolibmiz. Sizlardan ham yaqin orada hushhabarlar kutib qolamiz. Bizlarnikiga hali ancha bor.

lobar
03-09-2007, 12:58 PM
MUHLIS, farzand muborak!!!!
Olloh Umri bilan, rizqi bilan bergan bo'sin! Yuzidan kulgu arimasin hech! Farzandizzi rohatini ko'rib yurish sizgayam, onasigayam nasib etsin! Farzandiz baxtiga esa silayam sog'-salomat bo'p yurila:)

rosefire
03-09-2007, 01:03 PM
muborak bo'lsin:D orzu hamma havas qiladigan pahlavon bo'lib ulg'aysin. rohatini ko'ringlar:D

UzLand
03-09-2007, 02:12 PM
Шу табрикларга доим кеч коламан. Шу ерга хар куни киришни одат килиш керак. Узр, Ахадбек!

Чин кунгилдан табриклайман. Худоим умридан берсин. Сиз чика олмаган чуккиларга кутарилсин!