PDA

View Full Version : Qachon O'zbekni o'zbek qo'llab quvvatlaydi!

Al Gore
02-13-2007, 06:36 AM
So'ngi Rossiyadan kelayotgan habarlarga ko'ra moskva shahrida10 kun ichida 2ta O'zbekiston fuqarosi so'yib ketilgan jinoyatchilar tomonidan,buni qachon cheki bo'ladi, axir O'zbekiston passportida yozilganku ushbu passport egasi O'zbekiston fuqarosi davlat himoyasida deb,rasmiylar ham bunga bir chora ko'rishi kerak, bo'lmasa bunday jinoyatlar to'xtatib bo'lmaydi,mamlakat tashqarisidagi fuqarolarimiz hafsizligini kim taminlaydi qaysi tashkilot?

NuR_BeK
02-13-2007, 07:14 AM

Yurakdan chiqqan qayg'urish, bu menimcha bitta menda yoki Sizda emas, balki hammamizda bor narsa.
Bu yerda tashkilot balo-battar degan mayda-chuyda cho'pchaklarga murojaat etishning umuman foydasi yo'q. Buning uchun Sizu biz va qolgan Vatandoshlar, do'stlar, yurgan yerlarida, bir-birlarini izzat-hurmat qilishni, bir-birini qo'llab quvvatlashni o'rganishsalar, maqsadga muvofiq bo'lardi, va shu yo'l bilangina nimagadir erishish mumkin.
Ayniqsa bu narsa musofirchilikda juda ham zarur narsadir.

Keyin millatchilikni ham umuman chetga qo'yish kerak. Sen o'zbekistonlik tojiksan, sen samarqanddansan, man toshkanddanman, sen yana falon joydansan degan mayda-chuyda, bizga yarashmaydigan illatli gaplarni ham unutish kerak. Bizlar chetdamiz, bizlar doim bir-birimizni qo'llab-quvvatlashimiz kerak, shundagina hech kim xor bo'lmaydi, hech kim so'yilib ketilmaydi.

"To'dadan ajralganni bo'ri yer", "birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" degan maqollar xo'jako'rsinga aytilmagan. Buning ostida haqaqatda katta ma'no bor.

Keling O'zbekistondagi tashkilotlar aralashib bizlarni himoya qildi deb hayol ham suraylik, lekin shunda ham, bizlar agar o'zimiz ahil bo'lib, bir yoqadan bosh chiqarib, bir-birimizni qo'llashni o'rganmasak, hammasi bir chaqaga teng.

Qayerda bop'lmaylik ittifoq bo'lib yashashni o'rganaylik!

Inspiredmind
02-13-2007, 07:17 AM
So'ngi Rossiyadan kelayotgan habarlarga ko'ra moskva shahrida10 kun ichida 2ta O'zbekiston fuqarosi so'yib ketilgan jinoyatchilar tomonidan,buni qachon cheki bo'ladi, axir O'zbekiston passportida yozilganku ushbu passport egasi O'zbekiston fuqarosi davlat himoyasida deb,rasmiylar ham bunga bir chora ko'rishi kerak, bo'lmasa bunday jinoyatlar to'xtatib bo'lmaydi,mamlakat tashqarisidagi fuqarolarimiz hafsizligini kim taminlaydi qaysi tashkilot?

o'sha russiyani organlari kidirib topadi va punish kiladi, UZB organlarini alokasi yok,,,yana e'kstradisiya degan ponyatie bor, bilishimcha bunga tyshmasa ham kk,

R.Azimov
02-13-2007, 07:56 AM
Hozir birov bilan birovning ishi yo'q.

Har kim o'zini o'zi qo'riqlashi kerak, o'zbekmi, inglizmi... farq qilmaydi.

Mirzabek
02-13-2007, 08:00 AM
Endi shu tashqariga ishlagani ketganlar shu vaziyatga tushgani yomon...
bola chaqa degan yetim qoladi.
Endi Olloh(c.c) takdiriga yozib koygan ekan...
Qayerdan jonni olishini qayerda quliga nasibasini berishini Olloh ozi biladi...

lakin joyi jannatda bo`lsin duo qilamiz.

NuR_BeK
02-13-2007, 08:07 AM

Avvalo Allohga shak keltirishdan qo'rqaman, lekin Mirzabek aka, peshonasiga yozilgan ekan deb qarab turilsa, ko'p o'zbeklarni bu kalla kesarlar so'yib ketishaveradi. Gunohni, sababni peshonaga taqash, menimcha to'g'ri fikr emas. Ittifoq baribir yaxshi narsa-da. Aks holda haliqi taqir kalla kesarlarga o'xshagan nokaslar o'sha yerda va umuman dunyo bo'ylab musofirchilikda, tirikchilik qilib yurgan hamyurtlarimizni peshonasini sho'rlatib yuboradi.

"To'q qornim tinch qulog'im" shioriga ostida yashaganliklarimiz uchun asrlar davomida, va hozir ham o'zbek ahvoli maymunlar yig'lasa arziydigan holatdan battar.

zanjir
02-13-2007, 08:41 AM
bir birimizdan habar olib turishimiz va qollab quvvatlashimiz kerak. rossiyada qanaqa ahvolligini bilmadim lekin ohirgi yangiliklarga qaraganda anchagina yomon. man shuni maslahat bergan bolardim. rossiyani qaysi shaharida yoki qaysi rayonida bolmasin kichkina community qilib yigilib turish kerak. kim, qayerda va nima ish qilishini boshqalar ham bilishi kerak. qilingan jinoyatlar uchun esa ichki ishlar organlaridan talab qilinishi kerak. ana oshanda bu ozbeklar bilan oynashib bolmayd deb suyiqasdlar soni kamayadi, va vatandoshlarimizga nisbatan hurmat kuchayadi. yuqorida aytilganidek "ayrilganni ayiq yeyishi"turgan gap. bir birimizni past kormasligimiz, mahaliy aholidan ozimizni ustunroq kora bilishimiz kerak. buning uchun esa gurur kerak boladi. gururni esa kichik tashkilotchalar orqali manaviy oziqlantirilib kuchaytiriladi.

wow_kabob
02-13-2007, 08:42 AM
So'ngi Rossiyadan kelayotgan habarlarga ko'ra moskva shahrida10 kun ichida 2ta O'zbekiston fuqarosi so'yib ketilgan jinoyatchilar tomonidan,buni qachon cheki bo'ladi, axir O'zbekiston passportida yozilganku ushbu passport egasi O'zbekiston fuqarosi davlat himoyasida deb,rasmiylar ham bunga bir chora ko'rishi kerak, bo'lmasa bunday jinoyatlar to'xtatib bo'lmaydi,mamlakat tashqarisidagi fuqarolarimiz hafsizligini kim taminlaydi qaysi tashkilot?

nimadir qigan ula ushanga shunaqa bugan elon u bu narsani sezmasa enidan chiqmidi ulaham u bu narsa qilishgan shunaqa bugan lekin hichnarsa sababsiz bumidi nima der bor bumasa nimader qilishgan

R.Azimov
02-13-2007, 08:50 AM
Judayam nozik masala. forumda discuss qilish yahshi emas.

Lekin mana bu fikrga mutlaqo qushilmiman.

Fikrimga qo'shilishingiz shart emas, lekin aynan rossiyada o'zbek o'zbekni qo'llab quvvatlashni o'rniga o'zbek o'zbekni pullayapti.

O'zbekistondan olib borib sotayapti.
Bu hol bir necha yildan beri davom etayotgan bo'lsada hech kim oldini olish haqida qayg'urmayapti. Demak hamma o'zini o'zi himoya qilishi kerak.

RA

wow_kabob
02-13-2007, 08:55 AM
[QUOTE=R.Azimov;628904]Fikrimga qo'shilishingiz shart emas, lekin aynan rossiyada o'zbek o'zbekni qo'llab quvvatlashni o'rniga o'zbek o'zbekni pullayapti.

O'zbekistondan olib borib sotayapti.
Bu hol bir necha yildan beri davom etayotgan bo'lsada hech kim oldini olish haqida qayg'urmayapti. Demak hamma o'zini o'zi himoya qilishi kerak.

Azimov bu faqat Russda mas butin mamlakatta bub kegan uzbekni uzbik sotip kegan bumasa uzbekni uzbek kedirip ketvotiku

Arhimed
02-13-2007, 09:31 AM
Hozir birov bilan birovning ishi yo'q.

Har kim o'zini o'zi qo'riqlashi kerak, o'zbekmi, inglizmi... farq qilmaydi.

Bo'masa birorta chechen yo armanga qo'l ko'tarib ko'ringchi keyin bilasiz kim guruh bo'lib kim yakka himoya qilishini

inDecision
02-13-2007, 09:34 AM
Davlat nima ham qilardi, odamlani o'zi bir-biriga mehrli, blah, blah, blah.......divoslayu, lekin danniy momentda davlat ham nimadir qilish kere. Odamlarni gap bilan mehrli qila olmaysizlar, o'zi ta'srilanib biror choralarni ko'rmasa agar.
Bu yerda eng asosiy muammo o'sha O'zbekiston, Tojikiston va boshqa sobiq ittifoq davlatlarining o'z fuqarolari taqidiridan xabar olmasligi bo'lyapti. Uyoqdagi odamlar disla, uyoqdagi odamlani asosiy qismi qishloq joydan borib mehnat qilayatgan, xatto oliy ma'lumotli bo'lmagan odamlar. Ularga nima och qornim, tinch qulogim deydi....Eng yomon tomoni osha yerdagi o'zbeklarimiz doimo qo'rquv, xadik ostida yashashadi - bu esa eng og'ir narsa.

Gareeb
02-13-2007, 10:58 AM
Bunday ayanchli ahwolga tushishimizga hozirgi noinsof tuzumni ayblayman.Xar-xil balandparvoz tashkilotlarni tuzib "Mintaqawiy xawfsizlik" wa balo battar bitimlarni tuzavermasdan mundoq oddiy xalqqa haqqoniy foydasi tegadigan narsalar ustida ishlasa bo'ladiku axir.Bu noming o'chsin xawsizlik haqidagi bitimlar xalq uchun ishlamasa nima keragi bor?!
Agar shu rahbarlar qora xalqqa zig'ircha achinganda edi Putin hukumati bilan kelishib Rossiyadagi uzbeklarning xawfsizligini ta'minlash ustida biror echimga kelgan bo'lardi.Lekin bu narsa rahbarlarga kerak emas, qancha uzbek o'lsa o'lib ketaversin o'zining joni tinch bo'lsa etadi.Melisa, SNB, wa hokazolar hukumatni xalqdan qo'riqlash uchun ishlaydi xolos.
Hammasiga ming-ming la'natlar bo'lsin.
Alloh bu xorlik holatidan tezroq qutqarsin, O'zining yordamini tezroq yuborsin.

Abu-Hafiza
02-13-2007, 11:03 AM
O'z fuqorolarini "dushman" deb ko'radigan davlat kimni ham havfsizligini ta'minlar edi? Bizlar faqatgina Rossiyadan fuqorolarimizni qaytarib berib, ularni qomoqqa tashlashni uddasidan chiqamiz. Ohirgi paytlar O'zbekistonga etradiciya qilingan o'zbeklarning aksari aynan rossiyadan qilinmaganmi?

Arhimed
02-13-2007, 11:03 AM
Davlat tepasidagilar ham bizdan chiqqan, shunday ekan isloh qilishni avval o'zimizdan boshlashimiz kerak. Chechenlar hukumati ham hech narsa qilgani yoq yo armanilar ammo butun dunyoda bir birini orqasida tog'dek turib berishadi

NuR_BeK
02-13-2007, 11:10 AM
Davlat tepasidagilar ham bizdan chiqqan, shunday ekan isloh qilishni avval o'zimizdan boshlashimiz kerak. Chechenlar hukumati ham hech narsa qilgani yoq yo armanilar ammo butun dunyoda bir birini orqasida tog'dek turib berishadi

Haqiqatda hukumatdan biron bir naf kutish befoyda, buni o'zimiz boshlashimiz kerak, ya'ni ittifoqlashishga odatlanishimiz, o'rganishimiz kerak.

Mr Abdulaziz
02-13-2007, 03:29 PM
Endi ikkita uzbek yaqinda Rossiyada uldirilgan bulsa bu birinchi emas manimcha, bunaqa holatlar ohirgi vaqtda tez-tez takrorlanib turibdi.
Endi Uzbekiston davlati tomonidan himoya qilinish masalasiga keladigan busak, chet eldagi fuqarolarini huquqiy himoyasi bilan Konsul shug'ullanishi kere. Lekin Uzbek hukumati tomonidan hech kim borib u yerda qidiruv ishlarini olib bormaydi, Extraditsiya esa bunaqa holatlarda amalga oshirilmaydi chunki, jinoyat sodir etilgan joy Rossiya bulganligi uchun Rus huquqi doirasida tergovoldi, tergov va sud harakatlari amalga oshiriladi.

Endi yana bir fikr, tugri Uzbekiston olib borayotgan siyosatdan men ham rozi emasman, lekin haqqoniy sababsiz Uzbek siyosati yomonlanishi maqsadga muvofiq emas. Agar pasportda fuqarolar Uzbekiston davlati himoyasida deyilgan busa, bu fuqarolarni oldiga 2tadan quriqchi yoki bodyguard quyib ularni bad boy'lardan quriqlaydi deganimas.

Hayotdan ko'z yumgan birodarlarimizdan Alloh rozi bugan bulsin!

inDecision
02-13-2007, 03:35 PM
Endi ikkita uzbek yaqinda Rossiyada uldirilgan bulsa bu birinchi emas manimcha, bunaqa holatlar ohirgi vaqtda tez-tez takrorlanib turibdi. ...
Bu yerda O'zbekistonni militsiyasi borib tergov-surishtiruv harakatlarini olib borsin deb hech kim aytmayapti, bodyguard quyish ham suralmayapti, davlatdan talab qilinadigani bu shunchaki Rossiya hukumati bilan shu masalani hukumat darajasida kutarishidir, undan keyin MID ham yaxshigina qoralab bitta nota yuborsa ham yomon bumidi....

Ma'ruf
02-13-2007, 03:55 PM
So'ngi Rossiyadan kelayotgan habarlarga ko'ra moskva shahrida10 kun ichida 2ta O'zbekiston fuqarosi so'yib ketilgan jinoyatchilar tomonidan,buni qachon cheki bo'ladi, axir O'zbekiston passportida yozilganku ushbu passport egasi O'zbekiston fuqarosi davlat himoyasida deb,rasmiylar ham bunga bir chora ko'rishi kerak, bo'lmasa bunday jinoyatlar to'xtatib bo'lmaydi,mamlakat tashqarisidagi fuqarolarimiz hafsizligini kim taminlaydi qaysi tashkilot?

Mana shu yerda ham ,shu mavzuga o'hshash narsa muhokama qilinayotgan edi:http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=35979

Mr Abdulaziz
02-13-2007, 04:03 PM
Bu yerda O'zbekistonni militsiyasi borib tergov-surishtiruv harakatlarini olib borsin deb hech kim aytmayapti, bodyguard quyish ham suralmayapti, davlatdan talab qilinadigani bu shunchaki Rossiya hukumati bilan shu masalani hukumat darajasida kutarishidir, undan keyin MID ham yaxshigina qoralab bitta nota yuborsa ham yomon bumidi....

har bitta masalaga baho berishdan oldin, har tomonlama yondashish kere. Uzbek hukumati qaysi ma'noda rossiya bilan qaysi ma'noda muzokara olib borilishi mumkin. Mana shu fikrga tushunmadim, bizni uzbeklarni alohida tartibda quriqlanglar deydimi? yoki hamma jinoyatchilaringga aytinglar Uzbeklarga tekinmasin deydimi? Uzbeklarsiz Rossiyani uzida ruslar ham ulayapti har kuni.
MID nota yuborishi esa qanaqadir paradoxga uhshab qomasmikin?! Nima ma'noda yuboradi? Nota yuborishi mumkin agarda usha jinoyatchilar topilib ularga yetarli jazo berilmagan bulsa, yoki sud adolatsiz bulgan bulsa va shunga uhshash masalalarda.....................

Bu kabi muammolarni asosiy sababi iqtisodiy faktor... bu masalada munozara esa alohida topic :)

Salomat buling!

inDecision
02-13-2007, 04:19 PM
Uzbek hukumati qaysi ma'noda rossiya bilan qaysi ma'noda muzokara olib borilishi mumkin. Mana shu fikrga tushunmadim, bizni uzbeklarni alohida tartibda quriqlanglar deydimi? yoki hamma jinoyatchilaringga aytinglar Uzbeklarga tekinmasin deydimi? Uzbeklarsiz Rossiyani uzida ruslar ham ulayapti har kuni.

muzokara qanaqa bulardi: O'zbekiston hukumati masalani quyadi va etadi: biz oxirgi paytlarda O'zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan qotilliklardan xavotirdamiz deb, shunday masalalarni oldini olish, bizning fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, etc...deb gaplashsin
MID nota yuborishi esa qanaqadir paradoxga uhshab qomasmikin?! Nima ma'noda yuboradi? Nota yuborishi mumkin agarda usha jinoyatchilar topilib ularga yetarli jazo berilmagan bulsa, yoki sud adolatsiz bulgan bulsa va shunga uhshash masalalarda.....................
Yuq paradox emas, shunchaki O'zbekiston ushbu masalani jiddiyroq ko'rib chiqishga chaqiradi. Nota berish uchun Siz aytgan vaziyat bo'lishi shart emas
Bu kabi muammolarni asosiy sababi iqtisodiy faktor... bu masalada munozara esa alohida topic :)

oxirgi paytlarda Rossiyada o'zbeklarning o'ldirilishida iqtisodiy masala ko'rmayapman, ko'rib turganim rus yoshlarining vaxshiylashib ketayotgani, ularda millatchilik ruxi oshib ketayotgani, Rus hukumatining esa bunga yetarlicha e'tibor bermayotgani.....

Mr Abdulaziz
02-13-2007, 04:22 PM
Siyosat quni-qushni urtasida buladigan narsalardan sal jiddiyroq masala.

Rus yoshlari vahshiylashib ketishi bilan Uzbek hukumatini uz fuqarolarini himoya qilmayotganligi degan fikr bilan urtasida boglanish kurmayapman.

salomat buling !

inDecision
02-13-2007, 04:29 PM
Rus yoshlari vahshiylashib ketishi bilan Uzbek hukumatini uz fuqarolarini himoya qilmayotganligi degan fikr bilan urtasida boglanish kurmayapman.

Men bu gapni iqtisodiy faktor deganingizga aytgan edim...haqiqattan ham uzb'ni himoyasi bilan ruslarning vaxshiylashi urtasida hech qanday togridan to'gri aloqa yuqdir, lekin usha ruslarning vaxshiylashayotganlagi tufayli, Uzb' himoyasiga muhtojlik sezilmoqda....
mayli Siz bilan bu borada tortishmoqchi emasman, bu hammasi shunchaki maning shaxsiy fikrlarim

EZOP
02-13-2007, 09:24 PM
Fikrimga qo'shilasizlarmi yoqmi bilmiman lekin Bog'chadan bollargabiz o'zbekmiz biz buyuk millatmiz biz toza qonlimiz deb sing dirish kerak .sal shovinizini ko'tarish kerak men aytmoqchimanki bu shovinizm boshqa millatni kamsitmaydigan lekin o'zini hafa qildirib qo'ymaydigan bo;lish kerak bu borada tojiklardan (uzbdagi) o'rnak olsa arziydi .Markaziy bankda tojiklar bir birini zo'r paddershka qivotganini bilaman.

Mr Abdulaziz
02-14-2007, 12:33 AM
Men bu gapni iqtisodiy faktor deganingizga aytgan edim...haqiqattan ham uzb'ni himoyasi bilan ruslarning vaxshiylashi urtasida hech qanday togridan to'gri aloqa yuqdir, lekin usha ruslarning vaxshiylashayotganlagi tufayli, Uzb' himoyasiga muhtojlik sezilmoqda....
mayli Siz bilan bu borada tortishmoqchi emasman, bu hammasi shunchaki maning shaxsiy fikrlarim

Iqtisodiy faktorni mohiyati shuki, Uzbekistondagi iqtisodiy holatning nochorligi tufayli, fuqarolar uzlarining aniq bir immigratsion statusi belgilanmasdan chet ellarda yuribdi(yani illegal demoqchiman). Va uz-uzidan illegallarning huquqiy statusi va hayotiy holati boshqalardan ancha past yuradi, uz-uzidan ularning huquqiy himoyasi ham kuchsiz buladi.
Bu iqtirodiy faktor emasmi?!, Qaysui iqtisodiy rivojlangan davlatdan boshqa bir ulkalarga illegal bulib yurganlarni kurasiz?

Salomat buling! :)

Odildustov
02-14-2007, 11:02 AM
yaqinda biz mashara qilib negr deb ataydigan "nigeriya" fuqarosi 1kg geroin bilan indoneziya aeroportida qulga tushdi va indoneziya qonuniga kura ulim jazosini oldi. ulim jazosi oldidan Nigeriya presidenti indonesiya presidenti bilan aloqalar olib borib eng kamida umrbod qamoq jazosi suradi. uning talabi qondirilmadi, lekin mani aytmoqchi bulganim bir oddiy fuqarosining qilgan jinoyati ustida ham himoya qilishga harakat qildi usha nigeriya presidenti.
endi nima ham desila, boshimizga tushgani shu otahon bulsa, shuning uchun ikkinchi tomondan qarab chechen birodarlarimizdan urnak olishimiza kere. yetar endi sotqinlik, qurquv, uzini uylash. birinchi qiladigan ishimiz usha uzbeklani sotadigan uzbeklani uzimiz skinheadlardan ham vahshiyroq qilib uldirib yuborishimiz kere. uzbekistonni ichida turib millatchilik qiladigan tojikmi, eronimi popugini pasaytirishimiz kere. ular bir uyda turib shu ishni qildimi, deme musofirchilikda yahshilik kutmeng ulardan.

UzLand
02-14-2007, 12:56 PM
Qachon O'zbekni o'zbek qo'llab quvvatlaydi!

Qachonki yaxlit millat bo'lib shakllanganda...

bacha
02-14-2007, 01:47 PM
За каждого убытого гражданина нашей страны, нужен соответствущий ответ.

Когда во время ВОВ, русские приезжали к нам и находили мир, никто их не резал. Их приняли хорошо, потому и стали говорить что `Ташкент город хлебный`. Не хотят зуб за зуб, пусть обеспечат безопасность наших граждан.

Mr Abdulaziz
02-14-2007, 10:09 PM
Qachonki yaxlit millat bo'lib shakllanganda...

Yahlit millat qilib shakllanitirishni yullari qanaqa bularkin? Man yahlit MILLAT qilib birlashtirish yullarini kurmayapman(buni ilmiy tasdiqlash ham mumkin), lekin halq uchun umumiy manfaatli bir yul borki, bu haqda nimagadir hech kim gapirgisi kelmaydi?

Usha gapirgisi kelmayotganlar ham juda yahshi biladiki, Uzbeklarni yahlit MILLAT qilib birlashtirib bulmasligini ?

Salomat buling!

SweetHeart
02-14-2007, 10:23 PM
Bilasimi hammani uzini yuragida ozgina shu narsaga intilish bulsa man uyleman chto shu narsa buladi,a hozir odamlar uziga ishonib uyledi hech kachon manga birovni yordami kere bulmaydi deb,ammo Olloh odmalarni bir biriga suyanch kilib yaratgan ku,hmmm bilmadim,kup hato kilgan bulsam uzur uzbekchada gramotniy yozolmiman,sorry:) hotya 100% uzbechka bulganimga karame:).It was my opinion.

Arhimed
02-14-2007, 11:41 PM
Yahlit millat qilib shakllanitirishni yullari qanaqa bularkin? Man yahlit MILLAT qilib birlashtirish yullarini kurmayapman(buni ilmiy tasdiqlash ham mumkin), lekin halq uchun umumiy manfaatli bir yul borki, bu haqda nimagadir hech kim gapirgisi kelmaydi?

Usha gapirgisi kelmayotganlar ham juda yahshi biladiki, Uzbeklarni yahlit MILLAT qilib birlashtirib bulmasligini ?

Salomat buling!

Din yahlit millat qilib birlashtirishga katta hissa qo'shishi mumkin

EZOP
02-15-2007, 12:47 AM
Yahlit millat qilib shakllanitirishni yullari qanaqa bularkin? Man yahlit MILLAT qilib birlashtirish yullarini kurmayapman(buni ilmiy tasdiqlash ham mumkin), lekin halq uchun umumiy manfaatli bir yul borki, bu haqda nimagadir hech kim gapirgisi kelmaydi?

Usha gapirgisi kelmayotganlar ham juda yahshi biladiki, Uzbeklarni yahlit MILLAT qilib birlashtirib bulmasligini ?

Salomat buling!

Abdul_Aziz nimaga shunaqaligini bilasizmi buni sabablaridan bir boshqa milatdagi 1#da tojiklarni paspotida o'zbek qilib olishadida,o'zlari tojigi uchun ishlashi uni bilmagan o'zbek ana o'zbek o'zbekka mas tojikka yon bosdi deydi va bir biridan soviydi.(uzb uzbdan)bu bitta sababi

UzLand
02-15-2007, 07:08 AM
Yahlit millat qilib shakllanitirishni yullari qanaqa bularkin? Man yahlit MILLAT qilib birlashtirish yullarini kurmayapman(buni ilmiy tasdiqlash ham mumkin), lekin halq uchun umumiy manfaatli bir yul borki, bu haqda nimagadir hech kim gapirgisi kelmaydi?

Usha gapirgisi kelmayotganlar ham juda yahshi biladiki, Uzbeklarni yahlit MILLAT qilib birlashtirib bulmasligini ?

Salomat buling!

Улимдан колишдан ташкари хамма нарсанинг имконияти бор бу дунеда. Миллат миллат булиб шаклланиши учун хукумат уз халкига инсонпарварона муносабатда булиши керак, иктисодий усиш булиши керак, миллатнинг оекка туришига ердам берадиган мафкура булиши керак, хукуматнинг чет-элдаги фукароларига нисбатан мадади булиши керак ва яна куплаб бошка нарсалар...

stanford
02-15-2007, 07:27 AM
So'ngi Rossiyadan kelayotgan habarlarga ko'ra moskva shahrida10 kun ichida 2ta O'zbekiston fuqarosi so'yib ketilgan jinoyatchilar tomonidan,buni qachon cheki bo'ladi, axir O'zbekiston passportida yozilganku ushbu passport egasi O'zbekiston fuqarosi davlat himoyasida deb,rasmiylar ham bunga bir chora ko'rishi kerak, bo'lmasa bunday jinoyatlar to'xtatib bo'lmaydi,mamlakat tashqarisidagi fuqarolarimiz hafsizligini kim taminlaydi qaysi tashkilot?

Government is busy with taking care of internal problems of its citizens for now.I don't think it will be over soon.So i would not suggest to expect sth but hope.:cool:

Sagittarius
02-15-2007, 09:39 AM
puldan ko'ra millatparvarlik, vatanparvarlik ustun qo'yilsagina, ozbekla bir birini podderjka qiladi

Mr Abdulaziz
02-15-2007, 03:14 PM
Улимдан колишдан ташкари хамма нарсанинг имконияти бор бу дунеда. Миллат миллат булиб шаклланиши учун хукумат уз халкига инсонпарварона муносабатда булиши керак, иктисодий усиш булиши керак, миллатнинг оекка туришига ердам берадиган мафкура булиши керак, хукуматнинг чет-элдаги фукароларига нисбатан мадади булиши керак ва яна куплаб бошка нарсалар...

Gapizga qushilaman, juda kerakli yani aynan bizda yetishmayotgan omillarni ba'zilarini sanab utgansiz....

Lekin bildirmoqchi bulgan fikr shundan iboratki, Halqni farovonlikka chiqish jarayoni agar u birlashmasa qiyin kechadi, yani iqtisodiy usish uchun halq birlashishi kerak... Mana shu qanday amalga oshirish yullari haqida mulohaza qilaylik......

Sizzi fikrizga hurmatimni saqlab qolgan holda, siz bilan kaminani masalaga yondashishdagi tavofutni aytib utsam. Siz millatni millat bulib shakllanishi uchun iqtisodiy usish omilini aytib utgansiz, men esa iqtisodiy usishga millatni jipslashtirmasdan erishish mushkul degan fikrni olg'a surmoqchiman, va fikrimni davom ettirgan holda iqtisodiy rivojlanish uchun halqimiz mentalitetida uzgarishlar vujudga kelmog'i lozimligi ta'kidlab utsam.
Usha millatni birlashitirish yulini bizning hukumat Milliy Istiqlol dasturi orqali amalga oshirmoqchi buldi, lekin oqlamadi.... Endi manashu Milliy Istiqlol dasturini urnini bosadigan yangi dasturni asosi nimada buladi. mana shu haqda fikr yuritsak..

Mr Abdulaziz
02-15-2007, 03:16 PM
puldan ko'ra millatparvarlik, vatanparvarlik ustun qo'yilsagina, ozbekla bir birini podderjka qiladi

Iltimos birodar masalaga utopik qarashlardan uzoq holda yondashsak, Omon buling!

Ulug'bek
02-15-2007, 03:31 PM
Government is busy with taking care of internal problems of its citizens for now.I don't think it will be over soon.So i would not suggest to expect sth but hope.:cool:

I would say: Government is busy with protecting itself from its people and they are too busy to think about how its citizens should protect themselves :) ...

Being serious one must answer following question as well:

Who is more secured, Uzbeks in Uzb. or those outside of it?

(Certainly in neighbouring countries Uzb. NSS could reach you, but somehow you feel less scared from them , out of CIS you are almost out of their reach :) ).

Abu-Hafiza
02-15-2007, 04:24 PM
Mana yana bitta habar. Bunaqalarga o'rnaklar afsuski ko'p:

Neo-Nazis Attack Uzbek in St. Petersburg

(February 14, 2007)
Six neo-Nazis attacked an ethnic Uzbek in St. Petersburg, according to a February 8, 2007 report by the Sova Information-Analytical Center. The attack took place early on the morning of February 3 at the "24 Hours" store in the city's Kupchino district. The attackers reportedly screamed "Russia for Russians!" as they knocked their victim to the ground and started to kick him. The Uzbek man was then taken to the hospital in serious condition. Police are investigating the incident; so far no arrests have been made in connection with the attack.

http://www.fsumonitor.com/stories/021407Russia.shtml

VataN
05-26-2008, 12:23 PM
Ман хьам шу саволни кутараяпман хьар куни - http://uzbek.zxq.net сайтида :(((

Uz_Yasmin
05-26-2008, 12:33 PM
So'ngi Rossiyadan kelayotgan habarlarga ko'ra moskva shahrida10 kun ichida 2ta O'zbekiston fuqarosi so'yib ketilgan jinoyatchilar tomonidan,buni qachon cheki bo'ladi, axir O'zbekiston passportida yozilganku ushbu passport egasi O'zbekiston fuqarosi davlat himoyasida deb,rasmiylar ham bunga bir chora ko'rishi kerak, bo'lmasa bunday jinoyatlar to'xtatib bo'lmaydi,mamlakat tashqarisidagi fuqarolarimiz hafsizligini kim taminlaydi qaysi tashkilot?

Why do Russians discriminate against Uzbeks? They're the ones who ruined our country, they're the reason why Uzbekistan is so poor. Yet we uzbeks still welcome in our country and there's no hatered towards them. What did our nation do to Russians that was so awful that they cannot forgive us:rolleyes:

USA-Магазин
06-04-2008, 03:33 AM
cinemaxx.ru

только работает на

apple.com/safari/download/

или

mozilla.com/en-US/firefox/

ikbaljohn
06-04-2008, 04:29 AM
cinemaxx.ru

только работает на

apple.com/safari/download/

или

mozilla.com/en-US/firefox/

Umuman olganda biz qachon O'zbek O'zbekni qo'llab-quvvatlashi haqida gaplashayotgan edik:lol: