PDA

View Full Version : Uyg'urlar adolat talab qilmoqda, Xitoydan va jahon hamjamiyatidan


Aybek
02-14-2007, 07:28 PM
http://www.voanews.com/uzbek/2007-02-14-voa1.cfm

Uyg'urlar adolat talab qilmoqda, Xitoydan va jahon hamjamiyatidan
Navbahor Imamova
Washington, D.C.
14/02/2007

Tahliliy lavhani tinglang


Xitoyning Shinjon viloyatida 10 millionga yaqin uyg'ur yashaydi

Uyg’ur xalqi dunyoda davlatchilik uchun kurashib kelayotgan yirik etnik guruhlardan biri. Jahon bo’ylab 20 million atrofida uyg’ur bor.

Ularning 10 millionga yaqini Xitoy g’arbida - Shinjon Uyg'ur Muxotiyatida, uyg’urlar ta’biricha esa Sharqiy Turkistonda istiqomat qiladi.

Markaziy Osiyo va G’arb davlatlarida ham uyg’urlar millionlarni tashkil etadi.

Uyg’urlar din va madaniy jihatdan turkiy dunyoning bir qismi. Uyg'urlar mustaqillik va erkinlik uchun kurashyapmiz desa, rasmiy Pekin ularni bo’lginchilikda ayblaydi. Uyg’urlar shu kabi ayblovlar ostida hatto dunyoning eng zulmatli dargohlaridan biri Guantanamo qamoqxonasiga ham borib qolgan.

Uyg’urlar o’zlarini zamonaviy tarixda eng ko’p zulm va sitamga uchragan xalq deb biladi. Asosiy zulmkor- Xitoy. Xitoy uyg’ur millatini tag-tugi bilan qirib tashlashga ahd qilgan; asosiy maqsad uyg’ur millati kelajagini saqlab qolish, deydi Jahon Uyg’urlari Kongressi rahbari, o’tgan yili xalqaro tinchlik uchun Nobel mukofotiga ko’rsatilgan Robiya Qodir.


Robiya Qodir BMT sobiq Bosh kotibi Kofi Annan bilan
“Xitoy bizning millatni ildizi bilan yo’q qilib yuborishga urinar ekan, biz AQSh hukumatidan buni qonuniy tarzda qoralab, uning tashqi siyosatida buni hisobga olishga undaydigan bir qonun bilan chiqishni talab qilyapmiz”.

Robiya Qodir nazarida Xitoyning naqadar zolim davlat ekani hammaga ma’lum. Erkinlik kuychisi bo’lmish AQSh, deydi faol, uyg’urlar xalqaro qonunlar asosida o’z taqdirini o’z belgilashga haqqi borligini quvvatlashi lozim.

8 fevral kuni Xitoyning Shinjon uyg’ur muxtoriyatida Ismoil Samad ismli faol Xitoy hukumatiga qarshi fitna uyushtirganlikda aybdor deb topilib qatl etilgan.

Hussayn Jalil ismli yana bir faol Kanada fuqarosi bo’lsa-da, Xitoyda qamoqda o’tiribdi. Toshkentdan uylangan Jalil O’zbekistonda ushlanib, Xitoyga ekstraditsiya qilingan. Imomlik qilib kun ko’rgan Jalil ektremistlikda, Xitoy rasmiylariga nisbatan hujumlarda ayblanadi.

“O’zbekistondagi diktatorlik tuzumi Xitoy bilan hamkor ekan, xalqaro qonunlarga xilof holda, o’z davlat siyosatiga xilof holda, o’zbek xalqining irodasiga xilof holda Shnxay Hamkorlik Tashkilotining qonuniga bo’ysundirgan holda Xitoyga topshirdi”,- deydi Robiya Qodir.


Shinjon Uyg'ur Muxtoriyati, Qashqar shahri
Xitoy Markaziy Osiyoda siyosiy hukmronlikka intilmoqda, deydi uyg’ur faoli. Biroq rasmiy Pekin uyg’urlarga nisban keskin siyosatini terrorizmga bog’laydi. Sharqiy Turkistonda jangarilar bizning davlatga qarshi hujumlar qilmoqda, deydi Xitoy rasmiylari. Sharqiy Turkiston Islomiy Harakati bir paytlar AQSh tomonidan terror guruhi deb tan olingan, biroq 2005 yilga kelib tashkilot qora ro’yxatdan chiqarildi.

AQSh Afg’onistonda Tolibonga qarshi urush ochganida 20 dan ortiq uyg’urlar qo’lga olingan va Kubaning Guantanamo bo’g’ozidagi AQSh qamoqxonasiga jo’natilgan. Ularga oqlovchilik qilgan uyg’ur advokati Nuri Turkelning aytishicha, mahbuslarning terrorchi emasligi 2003 yilda isbotlangan va tan olingan.

“Aslida Guantanamoda 25 uyg’ur bor edi: 22 nafari Sharqiy Turkistondan, bir nafari Saudiya Arabistonidan va ikki nafari Qozog’istondan. Qozog’istonliklar u yerga qaytarildi. Besh nafar mahbus Albaniyadan boshpana oldi. Biri Saudiya Arabistoniga qaytarildi. Hozirda Guantanamoda 18 nafar uyg’ur bor”,- deydi Turkel.

Albaniyaga ketganlarning biri aslida o’zbekistonlik bo’lgani ma’lum. Ularning hammasi Afg’onistonda 2001-2002 yilda ushlangan. Nuri Turkelning aytishicha, ularni AQSh bilan hamkorlik qilgan mahalliy jangarilar, jumladan o’zbeklar tutib bergan. Har bir mahbus uchun AQSh besh ming dollargacha mukofot bergan.


Guantanamo qamoqxonasidagi 25 uyg'urdan (Qozog'iston, Saudiya Arabistoni va Xitoy fuqarolari) hozirda 18 nafari qolgan. Barchasi oqlangan. AQSh ularni Xitoyga qaytarishni ma'qul topmaydi. Rasmiy Pekin ularni sudga tortishi va qiynoqqa solishi mumkin. O'tgan yili besh sobiq mahbusga Albaniya boshpana berdi.

Nyu-Yorkdagi Konstitutsion Huquq Markazi (Center for Constitutional Rights) deb atalmish advokatura xodimi Vells Dikson (Wells Dixon) nazarida uyg’urlar jahon himoyasiga muhtoj odamlar.

Har bir inson, aybsizmi-aydormi huquqiy himoya bilan ta’minlanishi lozim, deydi Dikson.

Uyg’ur mahbuslar Guantanamoda 2003 yilda oqlangan, biroq ularga boshpana berishga moyil davlat topish qiyin bo’lyapti.

“Ularni Xitoyga yubora olmaysiz”,- deydi Dikson. “Chunki ularni din va millati uchun jinoyatga tortishlari mumkin. Advokat sifatida bizning vazifa ularni qochqin deb tan olib, boshpana beradigan davlat topish”.

So’nggi xabarlarga ko’ra Guantanamoda qolayotgan uyg’ur mahbuslar 4-lagerdan – erkinroq va boshqalar bilan muloqot qilsa bo’ladigan joydan, 6-lagerga - qattiq tartibdagi zonaga ko’chirilgan.

“6-lager AQShning eng mahkam qamoqxonalaridan. Yangi tartibdagi turma. Har bir mahbus yolg’iz, izolyatsiyada saqlanadi. Temir devor orasida. Nimaiki bo’lsa, hammasi temir. AQSh hukumati uyg’urlar nega ko’chirilgani tushuntirmayotganidan juda norozimiz”,- deydi Dikson.

Nuri Turkelning aytishicha, mahbuslarga ovqat beriladi, biroq yolg’iz saqlanish ular uchun ruhiy azob.

“Inson uchun bir qafasning ichida o’tirish; suv va Qur’on, tahorat qiladigan joydan boshqa hech narsa berilmasligi. Bu insonning yashash uchun eng zarur narsalardan ayrilgani emasmi”?

Guantanamoda yaqini saqlanayotgan odamlar Konstitutsion Huquq Markaziga murojaat qilishi mumkin. Markazning AQShdagi adresi: J. Wells Dixon, Center for Constitutional Rights, 666 BroadwayNew York, New York 10012. Tel: (212) 614-6423, Faks: (212) 614-6499.


Shinjon Uyg'ur Muxtoriyati, Qashqar shahri
Uyg’urlar asosan Amerika xalqi yordamiga tayanadi. Biroq o’zlarini turkiy dunyoning bir parchasi deb hisoblaydilar. Biroq Xitoy bilan hamkorligi sabab turkiy davlatlar shu paytgacha uy’gur masalasiga aralashishni ma’qul deb topmaydi.

Robiya Qodir fikricha Markaziy Osiyoning bunga hali haddi sig’maydi, biroq Turkiya bunga qodir, biroq mardlik ko’rsata olmayapti, deydi Robiya xonim.

“Turkiya xalqi bizni yaxshi ko’radi, tushunadi. Turkiya hukumati o’zini demokratik musulmon davlati deb dunyoga jar solar, bizni, mayli, turkiylik uchun emas, demokratiya uchun bizga yon bosmog’i lozim. Xitoy zulmiga biz bilan bir safda turib, qarshilik ko’rsatishi kerak”.

Yaqinda Germaniyaning Myunxen shahrida Jahon Uyg’urlari Kongressiga asos solindi. 11 farzandning onasi Robiya Qodir rahbar etib saylandi. 60 yoshli Robiya Qodir - uyg’urlarning onasi va rahnamosi - Xitoyda davlat dushmani deb e’tirof etiladi. Bir paytlar Xitoydagi eng boy tadbirkorlardan hisoblangan Robiya xonim hukumatni tanqid qilgani uchun olti yil qamoqda o’tirib chiqqan. Hozirda ikki o’g’li turmada.

“Mening xalqim o’z umidini, orzusini menga ishonib topshirdi. Avvalo xalqimga rahmat deyman. Uning ishonchini sharaf deb bilaman. Bizning maqsadimiz tinch yo’l bilan, demokratiya bilan, inson huquqlarini da’vo qilish, Xitoyning bizga qarshi siyosatini qardosh xalqlarga va butun dunyoga bildirish...”, - deydi Robiya Qodir.

BOZ-OK
02-15-2007, 12:55 AM
“Turkiya xalqi bizni yaxshi ko’radi, tushunadi. Turkiya hukumati o’zini demokratik musulmon davlati deb dunyoga jar solar, bizni, mayli, turkiylik uchun emas, demokratiya uchun bizga yon bosmog’i lozim. Xitoy zulmiga biz bilan bir safda turib, qarshilik ko’rsatishi kerak”.

Yer Yuzunde bu sozun altina imzasini atmayacak bir tek Turk var ise, ben onun Turklugunden suphe ederim...

Yukaridaki soz ne kadar dogru bir soz ve bu hal ne kadar aci bir hal ki, Turkiye Cumhuriyeti Devleti hukumetleri Turk halkinin Uygur kardesleri hakkindaki muhabbetini ve onlara yapilan zulume karsi uzuntusunu bir kenara birakip bu konuda hic bir sey yapmiyor ve Avrupa Toplulugunun onunde uyelik icin dilenci gibi diz cokmus yalvariyor...

Demir Kağan
02-15-2007, 02:45 AM
“Turkiya xalqi bizni yaxshi ko’radi, tushunadi. Turkiya hukumati o’zini demokratik musulmon davlati deb dunyoga jar solar, bizni, mayli, turkiylik uchun emas, demokratiya uchun bizga yon bosmog’i lozim. Xitoy zulmiga biz bilan bir safda turib, qarshilik ko’rsatishi kerak”.

Bizim değerli halkımız, Irak, Filistin ve Çeçenistan'daki kardeşlerine (!) acır, üzülür, yardım eder, ancak Doğu Türkistan'da Çin zulmüne maruz kalan, işkenceler gören ve toprakları işgal altında olan gerçek kardeşlerini bir türlü düşünmez, göremez. Ancak değerli kardeşim, inşallah sizle birlikte aynı safta yer alıp, bu Hitay zulmüne dur diyeceğimiz vakit de gelecektir.

Amiri Turkiston
02-15-2007, 05:18 AM
qadrli uyg'ur do'stlarim,

bilaman sizlar Hitoy davlatining taz'yiqi ostida qiynalib yashab kelmoqdasiz necha yillar davomida.

Lekin hech qachon Hitoyning qanday qudratli davlar ekanligini unutmang. Bu erda na Amerika na Rossiya va na Evropa sizga yordam bera oladi.
To'g'risini etsam sizlarga hech kim tekinga yordam bermaydi.

Amerika va boshqa davlatlar balkim sizdagi mavjud guruhlarni moliyaviy rahbarlantirib Hitoyni ichidan buzishga harakat qilar, lekin bular Hitoyga hech narsa emas, yakson qilib tashlaydi....


Maslahat:

1. Birinchidan, sizlar hozir zudlik bilan Hitoyliklar bilan qo'shilib chatilib, birikib, lekin shunday turmush qurushlar bulsa ham UYG"UR bulishi kerak bulajak oila, shunda sizlar ko'pchilikni tashkil qilasizlar.

2. Parlament sari yurishni boshlashingiz kerak. Katta va kuchli biznesmenlarni Uyg'ur halqi etishtirib chiqishi lozim.

3. Singapur va Malaziya bilan kuchli aloqalarni o'rnatishingiz lozim, chunki shu ikki davlat esingizda bulsa Hitoyning boyvuchchalari tamonidan hukumronlik qilingan, va agarda siz hozir shu davlat bilan yahshi aloqa bulib olsangiz unda sizlarga yana bir rahnamo topiladi

4. Uyg'urlarni Hitoyliklar yahshiroq yashashini targ'ib qilinglar, va Hitoyning turli nuqtalarida o'z qanotingiz yoyinglar....

5. Hitoy davlatida o'tirgan deputat va shu kabi kishilar orasidan AGENTURA tayyorlanglar, qancha pul ketsa ham agenturani roli hayotta juda katta



maslahatlar ko'pku - lekin mani shu ketishimda Hitoyning killerlari kelib yo'q qilib ketishmasa edi :-) :-)

Karayılan
02-15-2007, 07:12 AM
“Turkiya xalqi bizni yaxshi ko’radi, tushunadi. Turkiya hukumati o’zini demokratik musulmon davlati deb dunyoga jar solar, bizni, mayli, turkiylik uchun emas, demokratiya uchun bizga yon bosmog’i lozim. Xitoy zulmiga biz bilan bir safda turib, qarshilik ko’rsatishi kerak”.

Yer Yuzunde bu sozun altina imzasini atmayacak bir tek Turk var ise, ben onun Turklugunden suphe ederim...

Ben bu sozun altina imzami degil kellemi koyarim.


Sevgili Uyghur kandasim

Hukumetimiz su siralar ABDci, Arapci, Avrupaci...Sizin yasadiklariniza en az sizin kadar uzuntu duyuyorum. Biz lubnan'a asker gonderdik lubnan hukumeti rumlarla petrol anlasmasi yapti bizi sirtimizdan bicakladi. Ah keske sizin kiymetiniz bilinse... Oz kardeslerimizin acisini biraz da olsa dindirebilsek. Ama bu hukumetlerle zor. Biz yanimizdaki Kerkukte Turkmenlerin yasadiklari zulmu bile onleyemiyoruz.

Bir gun mutlaka kardesim gok mavisi bayragimizi uygur yurduna dikecegiz.

Uygur kardeslerimize yardimda bulunabilecegimiz bir hesap numarasi var mi? Elimizden su anda ancak bu gelir. Bilgisi olan biri varsa bizi aydinlatsin lutfen.

Tanri o gunu gosterirse cinli itinden on tanesini topraga sermeden olmek bana haram olsun.
Saglicakla kaliniz.

Tanri Turk'u Korusun

Royal
02-15-2007, 09:08 PM
Agar Butun Jahon Sharqie Turkistondig Uygur millatini va boshqa yana mayda millatlarni huquqlarini himoya qilaman deganda hech qachon BMT/OON/UN da Sharqie Turkiston halqini terroristlar dip tasdiqlashmasdi...

shuning uchun PRC hohlaganini qioladi Sharqie Turkistonda shuncha odamni oldirvorrdi, bu ozlarini odamlarini oldida hech qanchayamas...

yanada qanchalik yomonlik qisayam dunyoda hech k,im ularni yonlarini olmiydi, hech kim soramiydi, hudi hozir palestine, iroq va afghon halqlarini qirvotgandayin...

Arhimed
02-15-2007, 11:00 PM
Freedom to Kashkar! Freedom to Uyghur brothers!

Aybek
02-22-2007, 05:51 PM
Video:

http://uyghuramerican.org/docs/rabiye-voaUzbek-2007-02.wmv

erkinturk
03-28-2007, 11:03 AM
Bizim değerli halkımız, Irak, Filistin ve Çeçenistan'daki kardeşlerine (!) acır, üzülür, yardım eder, ancak Doğu Türkistan'da Çin zulmüne maruz kalan, işkenceler gören ve toprakları işgal altında olan gerçek kardeşlerini bir türlü düşünmez, göremez. Ancak değerli kardeşim, inşallah sizle birlikte aynı safta yer alıp, bu Hitay zulmüne dur diyeceğimiz vakit de gelecektir.
Nasil yapacagiz bunu?
Hitay'a gidip Dogu Turkistan diyemeyen musluman(?)devlet adamlarimizlami?
Hitay cumhurbaskanina Ataturk madalyasi veren ve Uyghur kardeslerimizi kahreden degerli(?)devlet adamlarimizlami?
Elcilikten gelen bir telefonla Gok bayragi gizli genelge ile yasaklayan cesur(!)devlet adamlarimizlami?
Dogu Turkistan'a turistik gezi yapan ve orada hersey gulluk,gulistanlik propagandasi yapan satilmis "synophile" degerli (!) gazetecileri yere goge sigdiramayan forum sakinlerimizlemi?

Demir Kağan
03-28-2007, 11:27 AM
Nasil yapacagiz bunu?
Hitay'a gidip Dogu Turkistan diyemeyen musluman(?)devlet adamlarimizlami?
Hitay cumhurbaskanina Ataturk madalyasi veren ve Uyghur kardeslerimizi kahreden degerli(?)devlet adamlarimizlami?
Elcilikten gelen bir telefonla Gok bayragi gizli genelge ile yasaklayan cesur(!)devlet adamlarimizlami?
Dogu Turkistan'a turistik gezi yapan ve orada hersey gulluk,gulistanlik propagandasi yapan satilmis "synophile" degerli gazetecileri yere goge sigdiramayan forum sakinlerimizlemi?

Vakti geldiğinde uyanan ve dünyaya beni yok edemezsiniz diyen Türk milletiyle!

erkinturk
03-28-2007, 01:55 PM
Mehmet Emin Batur ile bir soylesi;

Soru: Turkiye, Doğu Turkistanlı soydaşlarına kapılarını acmış mıdır?

Cevap: Evet. Bunu yapmak tarihin ve Turk milletine mensup olmanın uzerine yüklediği bir mesuliyettir. Doğu Turkistanlılara 1950'li yıllardan itibaren Turkiye Cumhuriyeti devleti kucak acmıştır. Fakat, 1190'lı yıllardan sonra Eski Sovyetler Birliğinin dağılmasını muteakip Kazakistan ve Kırgızistan uzerinden bir yolunu bularak Turkiye'ye giriş yapan Doğu Turkistanlıların bir coğu Turkiye'de buyuk zorluklarla karşılaşmaktadırlar. Turkiye'de oturum alamayan veya Turkiye'de vatandaşlık muracaatlarına olumlu cevap alamayanların bir coğu batı ulkelerine gitmek mecburiyetinde kalmaktadırlar. Turkiye hukumetlerinin bu konuda daha sorumlu ve ilgili davranmaları umulur ve beklenir.

Soru: Turkiye'de Doğu Turkistanlı soydaşlarımız en buyuk darbeyi kimin zamanında yemiştir?

Cevap: Hic şuphesiz 1998'de Mesut Yılmaz hukumeti zamanında yemiştir. Mesut Yılmaz'a 1998 yılının Haziran ayında Başbakanlık konutunda Turkiye'de bir Doğu Turkistan Kultur Araştırma Merkezi Kurulması hakkında proje verdim. Fakat ne yazık ki; biz olumlu bir cevap almayı beklerken 23 Aralık 1998 tarihinde bir gizli başbakanlık genelgesi yayınlayarak (23 Aralık 1998 Tarih ve 1998/36 sayılı gizli Başbakanlık Genelgesi) Bu genelge ile Doğu Turkistan faaliyetlerinin onu kesildi. Bu genelge ile devlet memurlarının Doğu Turkistan'la ilgili toplantılara katılması, mesaj gondermesi ve toplantılara Doğu Turkistan'ın Gokbayrağı'nın asılması yasaklandı.

Soru: Turk halkı Doğu Turkistan'da zulum gorenlerden haberdar mıdır ve Doğu Turkistanlılara kim sahip cıkmaktadır?

Cevap: Turkiye'de Doğu Turkistan meselesine en duyarlı kesim bilindiği gibi Turk milliyetcileridir. Biz daha Turkiye'ye gelmeden once de Turk milliyetcileri Esir Turklere ve dolayısıyla Doğu Turkistan davasına sahip cıkmışlardır. Biz Doğu Turkistanlıların da dunya ulkeleri arasında Turkiye'yi tercih etmelerinin başta gelen sebebi budur.

Soru: Doğu Turkistan'daki mucadele hangi cizgide surdurulmektedir?

Cevap: Hic mubalağasız Doğu Turkistan'da da, cok zor şartlar altında da olsa cecenistan'daki, Filistin'deki gibi bir mucadele surduruluyor. Cin son derece dışa kapalı baskıcı canice bir ic politika yürütmekte olduğundan dış ülkelere haber ulaşmamaktadır. Doğu Türkitan'da Millî değerlerin, örf-adetlerin ve de İslâm dininin korunması mücadelesi var. Doğu Türkistanlılar yıllardır Çinlilerin yediğini yemedi, giydiğini giymedi, karşı karşıya bulunulan bütün zorluklara rağmen her zaman Müslüman Türkler morallerini yüksek tuttular. Doğu Türkistan'da bağımsızlık fikri her geçen gün dalga dalga büyümektedir. İşgalci Çinli'leri telaşlandıran ve korkutan da işte bu duygular ve milli duruş tur.

Soru: Türkistanlı mücahitler Çin zulmüne karşı ne tür operasyonlar yürütmektedir?

Cevap: Doğu Türkistan'ın haklı bağımsızlık mücadelesinde en büyük sıkıntı işte bu noktada yatmaktadır. Dünyada Doğu Türkistan davasına gerçek anlamda ve samimi olarak destek veren bir devlet olmadığından sesimizi milletler arası platformlarda duyurmakta çok büyük zorluklar yaşıyoruz. Fakat biz Doğu Türkistanlılar olarak dünya devletlerinin davamıza ilgisizliğini bahane ederek bir kenara çekilmedik. Mevcut imkânları kullanarak demokratik yollarla bağımsızlık mücadelemizi bütün dünyada sürdürmeye çalışıyoruz. Diğer yandan da Doğu Türkistan'da kültürel bir mücadele sürdürülüyor. Tarihçilerimiz, romancılarımız, edebiyatçılarımız bağımsızlık konularını bir şekilde işliyorlar. Gelecek nesillerin bir milli şuur içerisinde yetişmeleri için gayret ediyorlar. Ama bunları üstü kapalı bir şekilde yapıyorlar. Çünkü Çin anti demokratik bir devlet olduğundan insanların normal yollarla seslerini yükseltebilmeleri, haklarını arayabilmeleri doğruları söyleyebilmeleri mümkün değildir. Doğu Türkistanlı mücahitleri silahlı mücadeleye sevk eden sebepler de bunlardır.

Soru: Doğu Türkistan'ın bağımsızlık mücadelesinin önü nasıl kesilmektedir?

Cevap:1990'da Sovyetlerin parçalanmasından sonra Batı Türkistan'daki Türk Cumhuriyetleri bağımsızlıklarını kazandılar. Bu bağımsızlık rüzgârlarının Doğu Türkistan'ı etkilemesinden korkan Çin Doğu Türkistan'ın kuzeyine bir milyon asker yığdı. Kazakistan ve Kırgızistan'ın kuzeyinden toprak satın aldı. Buralara büyük binalar dikildi ve kalabalık Çin aileleri yerleştirildi. Buna benzer iskân politikaları uyguladı. Kırgızistan ve Kazakistan ise Çin ile ilişkilerini tehlikeye atmamak için veya Çin'in askeri müdahalesinden çekindiği için Çin'in doğu Türkistan'ın aleyhine olan bütün taleplerini harfiyen yerine getirmektedir. Dolayısıyla Kazakistan ve Kırgızistan'daki Uygur Türkleri büyük tehdit altındadır. Kazak ve Kırgız hükümetleri kendi ülkelerindeki Doğu Türkistanlıların sivil örgütlenmelerine büyük ölçüde kısıtlamalar getirmektedirler.

Soru: Çin neden özellikle Türkiye'deki Doğu Türkistanlıları tehlike olarak görmektedir?

Cevap: Doğu Türkistan'dan ayrılmak zorunda kalan Doğu Türkistanlıların öncelikle ulaşmak istedikleri ülke Türkiye'dir. Çin devletinin de bütün endişesi soydaş ve dindaş Türk halkının omuz omuza vermesidir. İsa Yusuf Alptekin ve Mehmet Emin Buğra Beyler “vatan için vatandan ayrıldık” cümleleriyle mücadele vermişlerdir. Türkiye'deki Doğu Türkistanlılar için önce Türkiye gelir. Önce Türkiye'nin kalkınması ve gelişmesi birinci sırada gelir. Çin bu sebeple Türkiye'deki Doğu Türkistan faaliyetlerini bitirebilmek için Türkiye'de Çin devletinin gizli olarak finanse ettiği Çin lokantaları açmaktadır. Bu Çin lokantaların masum mekanlar olduğuna inanmıyorum. Buralar strateji merkezleridir. Çinliler buralarda istişarelerini ve planlarını yapmaktadırlar… Çinliler bundan bin yıl sonrasının hesaplarını yapan bir devlettir

chepny
03-31-2007, 02:03 PM
Enver Paşanın ruhu şad olsun. Bize bir Enver Paşa gerek. O yine hayaller kursun, biz yine ölürüz. Allahuekber dağlarını aşamadık donduk öldük. Ama bu sefer Allahuekber diyerek Tanrı Dağlarını aşarız. Aşamazsak yine ölürüz.

Ama bize bir Enver gerek.

Doğu türkistanlı kardeşlerim! Dualarım sizinle... Allah bana Doğu Türkistanın azatlığı için savaşırken ölmeyi nasip etsin...

Ahde Vefa
04-03-2007, 09:20 AM
Doğu türkistanlı kardeşlerim! Dualarım sizinle... Allah bana Doğu Türkistanın azatlığı için savaşırken ölmeyi nasip etsin...
Amin, bana da nasip etsin.
Varligim Turk varligina armagan olsun, Allah-u ekber!

Uyyonli
04-03-2007, 10:17 AM
Assalomu Aleykum. Amiru Turkistonning gaplariga qo'shimcha qilib etsam, Uyghurlar(turklar)ning yakka harakati unchalik ta'sir etishiga ishonish juda qiyin, birinchidan Hitoyda milliartlaganla yashasa ham, agar chatishib millionlagan uyg'ur-hitoy farzandlari tug'ilsa ham biroz yenngillashadi to'gri gap lekin BIZchi?
1. Biz o'zimizni propagandamizni ya'ni O'zbekistondagi yurishimizni boshlashimiz kerak. Ya'ni yoshlarga, ziyolilar yordamida nafaqat yoshlarga balkim butun katta organlar orasida Pan Turkismni taqatish lozim.
2. Biz shunga o'hshaga guruhlarni qo'shni Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston, va Azerbeyjon kabi mustaqil Turkiy qo'shnilarmizda tuzish, ular bilan kuchli ekonomik, siyosiy, va ma'daniy aloqalarni kuchaytirish va yordam berish. (bu holda Bu holda o'zbeklar ko'pchilikni tashkil etishi sababli yordami katta bo'ladi O'zbekiston orqali)
3. Islom va Turkismni bog'lash qanchalik qiyinligini bilsakda biz hech qachon musulmon ekanligimizni unutolmaymiz, shunday ekan biz Musilmon mamlakatlardan ochiqchasiga yordam so'rashimiz kerak bo'ladi,
InshAllah biz hech bo'lmaganda Sharqi Turkiston halqiga bo'layotgan bosimlarni kamaytirarmiz.