PDA

View Full Version : O'zbekiston tashqi siyosati qanday bo'lishi kerak?


UzLand
02-26-2007, 01:55 PM
O'zbekiston ko'p qirrali tashqi siyosat yuritishi kerak, deydi tahlilchilar

http://www.voanews.com/uzbek/2007-02-26-voa2.cfm

Audio: http://www.voanews.com/mediaassets/uzbek/2007_02/Audio/mp3/00674b5f.mp3

Arhimed
02-26-2007, 08:16 PM
Turkmanboshi to'g'ri qilgan neytralitet elon qilib, davlat oyoqqa turib olguncha neytralitet bo'gani maqul.

Shawn
02-26-2007, 08:44 PM
O'zbekiston ko'p qirrali tashqi siyosat yuritishi kerak, deydi tahlilchilarJudayam to'g'r fikr bildirishgan. Bitta odamning haddan tashqari mag'rurligi (ko'proq biz o'zbeklarga xos xislat) ko'p qirrali tashqi siyosat olib borishga yo'l bermaydi. Mana yaqinda Turkmaniston prezidentining inaguraciyasi bo'lib o'tdi. Turkiya bosh vaziri, Qozog'iston, Ukraina, Tojikiston, va Gruzuya prezidentlari keldi-yu bizdan Oliy Majlis spikeri bordi. Turkmaniston bilan aloqalarimiz havas qiladigan darajada emasligini bilsada, shunaqangi diplomatik vaziyatdan foydalanishni bilmadi.

Akademik
02-26-2007, 09:17 PM
Eh!!
Nimasini aytasizlar azizlar bu O'zbekistonni Dunyodagi mavqeyi tushib ketyapti hali bu ketishda bizga ishonadigan Davatlar ham qolmaydi. Bu maqolani o'qib haqikatta bizda siyosatni yahshi olib borish sirlari yoqligidan juda afsuslandim.

Avvalo biz qo'shni yorlarimiz bilan yahshi aloqalarni bog'lashga yol qo'yishimiz kerak. Birga ish qilishimiz kerak. Bizning muammolarni faqat o'zimiz hal qilamiz Janob Putin yoki Mr. Bush kelib hal qilib bermaydi.

Eh essiz bu o'tgan yillar. 16 yiladan beri hali ham bir muayyan o'zimizga hoz yolga ega bo'lganimischa yok. Kozoklarni ustidan kulib ham qo'yishgan edi ilgari bizning boshqaruv siztemamizdagi vakillar. Hozirgi ahvolimizga yaqinda maymunlar ham yig'i qilishni o'zlariga ep ko'rmay qolishadi.

Yahshi kunlar kelar deya umid bilan yashayveramiz.

tarafdor
02-28-2007, 11:12 AM
Tashqi siyosatdan ancha orqada biznikilar..manimcha hamma narsaning boshlanishi bu qabila-urug'chilik.O'zbekiston uchun bu IAK yoki boshqa poraxur siyosatmandlarning havfidan ham katta havf bu qabilachilikdir va oldimizda turgan global muammo, yani uzbekiton sharoitida.
Toshkentga borsang, hammasi viloyatga kura, oblastlarda qishloq va rayonlarga kura bulinadi. Uzbekistonda 20dan oriq vazirlik bulsa hammasi viloyatlar urtasida taqsimlangan, u ham asosan 3-4 viloyat urtasida.
Elchixonalarga ham kallasida umuman diplomatiya qonun-qoidasi,estetika bulmagan yigitlar lekin tanish bilish bilan ish boradiganlar bizni qanchalik 3-dunyo davlati ekanligimizni namoyon qilib turaveradi, anchasini kurgandik turli hil marosimlarda.

Hindistonni nimaga dunyoning eng katta demokratiyasi deyishadi....agarda bizning sonimiz 1 milliardan oshib ushanaqa davlatda yashaganizmida bormi...3-jahon urushini boshlab qiyotmatni shu un yillik ichida millenumga uhshab kutib olardik.

UzLand
02-28-2007, 11:35 AM
agarda bizning sonimiz 1 milliardan oshib ushanaqa davlatda yashaganizmida bormi...3-jahon urushini boshlab qiyotmatni shu un yillik ichida millenumga uhshab kutib olardik.

Менимча, 50 миллионга етишимиз билан хам шу нарса булади:)

Arhimed
02-28-2007, 11:27 PM
....agarda bizning sonimiz 1 milliardan oshib ushanaqa davlatda yashaganizmida bormi...3-jahon urushini boshlab qiyotmatni shu un yillik ichida millenumga uhshab kutib olardik.



uzbeklar 1 milliard emas daze 100 millionga yaqinlashib qolsak O'rta Osiyoda ancha problemalar keb chiqadi. Suvga talashib fermerlar bir birini eb tashasa kerak.

tarafdor
03-03-2007, 12:07 AM
Man shunday davrni eslayman 90 yillar ohirida...ushanda bazi bir davlatraga qarshi embargo yoki malum bir sanktsiya elon qilishganda, BMT'dan faqat Isroil,Amriqo va Uzbekiston ovoz bergan, masalan bu Kuba va Eron davlatlariga qarshi edi..endi tushunarli ushanda bizda "asal" oyi edi....undan keyinchi, utgan yili Daniyada Muhammad (sav)ga qarshi chizilgan karikaturaga esa, MID tomonidan hech qanaqa izoh berilmadi...yoki dunyoda bulib utadigan global muammolarga nomiga bulsa ham pres-reliz chiqarmaydi. Demakki tashqi siyosatdan biz zero ham tasirlanmaymiz, Amerikaga uhshab bio-polar dunyoda yashaymiz.

ozbecool
03-08-2007, 02:03 AM
Бош вазир Михаил Фрадков етакчилигидаги Россия ҳукумати ҳайъати Тошкентда бўлган. Ушбу сафар Тошкент ва Москва иқтисодий муносабатларидаги муаммоларни ҳал этиш мақсадини кўзлагани хабар қилинган.
Тошкентга Бош вазир Михаил Фрадковга ҳамроҳлик қилган Россия ҳукумати ҳайъати вакиллари ўзбек мулозимлари билан музокаралар унчалик силлиқ кечмаганини маълум қилганлар.
Тошкент тарафи "Газпром" ширкати ўз зиммасига олган Ўзбекистонга 300 миллион долларлик сармоя киритиш борасидаги мажбуриятини бажармаётганидан норозилик билдирган.
Россияликлар эса Ўзбекистоннинг Москва олдидаги қарзлари, Россия ширкатларининг Ўзбекистондаги фаолият юритиши борасида норози бўлганлар.
Икки томонлама музокаралар давомида Россия расмийлари Ўзбекистонда жорий этилган валютани тартибга солиш тизими Россия бизнесига катта қийинчилик яратаётганига ишора этганлар.
Россия Иқтисодий ривожланиш вазири Андрей Шароновнинг Россия матбуотига билдиришича, Ўзбекистонда Россия ширкатлари ишлаб топган маблағни конвертация қилиш ижозатини олиш ҳамда валюта даромадларини қайтариш уч ойлаб муддатга чўзилган.
Андрей Шароновнинг таъкидлашича, ушбу муаммонинг борлигини Ўзбекистон томони тан олмаган.
Ўз навбатида расмий Тошкент Россиянинг "Газпром" ширкати ваъда қилган икки лойиҳа бўйича атиги 30 миллион долларлик сармоя киритганидан қониқмаганини билдирган.
Расмий Москва билан Тошкент ўртасидаги яна бир баҳсталаб масала - қарзлар масаласи.
Москва расмийларига кўра, Ўзбекистоннинг Россия олдидаги қарзи қарийб 700 миллион долларни ташкил этади.
Россия мулозимлари Ўзбекистон томони қарзга тааллуқли келишув мажбуриятини 1998 йилдан буён бажармай келганини маълум қилганлар.

http://www.bbc.co.uk/uzbek/news/story/2007/03/070307_fradkov_tashkent.shtml

Royal
03-08-2007, 02:06 AM
Afghonistonda qolga olingan sobiq Ozbekiston fugarosini Ozbekiston hukumati Afghoniston hukumatidan sorashganmikin Ozbekistonga jonatishlarini sorab ?