View Full Version : men sizni sevaman go'zal qiz.
AlbanDra
03-27-2007, 12:51 PM
billaman siz meni sevmaysiz menham sizni sevmasdim boshida,keyinchalik
Endi tikanlimi bu erka yo'llar,
Yo yo'l tugadimi - endi qaytishmi?
Gullagan sevgidan qoldimi cho'llar,
Endi begonaday "xayr" aytishmi?
Oh, qachon aldashga o'rganasan sen,
Yuzingda kulgiyu, labingda titroq.
Men uchun o'rtanmay, o'rtanasan sen...
Qo'rqma! Tillarimda qolmadi so'roq.
Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim,
Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?..
Azizim, azizim, azizim manim,
Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?bilaman yoshing mendan 2-3yosh katta lekin men seni juda yahshi ko'raman .nima qilay ?Mayli-da, kimgadir
Yoqsa,
Yoqmasa,
Ularga qo`shilib
Yig`lasharmidik.
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik…
Rayhon hidlaringni
Yo`llarimga sep,
Kut meni,
Har oqshom,
Ko`kka oy chiqqan.
Faqat,
Yig`lamagin,
Gunohim ne deb,
Aybing –
Onang seni
Chiroyli tuqqan!..
Menga
Bir tabassum
Hadya et, ey yor,
Nur tomsin
Lablaring
Sohillaridan.
O`zing ayt,
Senday qiz
Yana qayda bor,
Kipriklari uzun –
Kokillaridan?..
Iymanib yashama
Xayol pinjida,
Yoyil,
Yayra jonim,
O`rtanma g`amda.
G`iybatlarga chida,
Tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir,
Yorug` olamda.
Men esa
Oshig`ing sening –
Eng g`arib.
Tundan so`z
Qarz olib,
Tongga tutguvchi.
Sening yonimda ham
Seni axtarib,
Sening yoningda ham
Seni kutguvchi.
Ista,
Tiz cho`kaman
Hozir oldingda.
Sevdim,
Sevganimdan
Uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar
Sening qalbingda
Ijarada turgan
Qizlar men uchun!..
Biz baxtli bo`lamiz
Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa,
Uchrasharmidik?!
Pythagor
03-27-2007, 01:02 PM
bu qovurdoqni kim pishirgan?
AlbanDra
03-27-2007, 01:05 PM
bu qovurdoqni kim pishirgan?offtop qilmand iltimos
erkak#1
03-27-2007, 01:05 PM
Dardingizni suvga ayting :lool:
she'rlar kimniki?
AlbanDra
03-27-2007, 01:06 PM
Muhammad Yusufniki
AlbanDra
03-27-2007, 02:00 PM
O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.
Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.
O`n sakkiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur,
Husn shohi, ul balolarkim, ko`zu qoshinadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki, bor,
Barchasi ezid taolo sun`i naqqoshinadur.
Tan anga siymu ichina tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat, ul oyning ichu toshinadur.
May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
AlbanDra
03-27-2007, 02:00 PM
Lablaringkim hayf erur teng tutmoq oni qand ila,
Sindirur yuz qand bozorini shakkar xand ila.
Toki hayronmen senga nomus ila itmish ko'ngul,
Telba yanglig'kim, qochar el g'ofil o'lg'ach band ila.
Odam ul soatki jannat ichra avlodin ko'rar,
Ne quvong'ay dam-badam sen nozanin farzand ila.
Qo'y nasihat, zohido, o'tlug' damimdin vahm qil,
Telba it imkoni yo'qturkim, sog'alg'ay pand ila.
Hojatingni elga arz etmakka hojat bo'lmasun,
Xush chiqishsang lahzani bu zori hojatmand ila.
Lablaring hajrinda yur parkandkim bo'lmish ko'ngul,
La'l erur mahlul qon o'rnig'a har parkand ila.
Chun Navoiy ko'ngli sindi, emdi lutfing ne asig'?
Kim ushatsa shishani bitmas yana payvand ila.
AlbanDra
03-27-2007, 02:01 PM
Oshiq o'ldum, bilmadim yor o'zgalarga yor emish,
Olloh-olloh, ishq aro mundoq balolar bor emish.
Qaddig'a el mayli bo'lg'ondin ko'ngul ozurdadur,
Ul alifdin zorlarning hosili ozor emish.
Elga novak urdi, men o'ldim erur bu turfakim,
Jonim etgan resh el bag'rig'a kirgan xor emish.
Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.
Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.
Jong'a taxvif ayladim tig'i halokidin aning,
Bilmadim bu ishdin ul o'lguncha minnatdor emish.
Ey Navoiy, xo'blarni ko'rma osonlig' bilan,
Kim biravkim soldi ko'z, uzmak ko'ngul dushvor emish.
hozir netda otiribman hayolni zo'rini surib ,ozimcha birnarsalarni o'yliman ,ja g'alati bo'lar ekan hayolan amerikani qayta ochvorasan kishi.bugun hayolan sen bilan gaplashdim. lablaringdan bo'sa oldim.juda shirinsan
uka, hind kinolarini kamroq ko'ring :D ;)
( jaa zo'r prikollar boredikuya andisha qildim : D )
Abu-Bakr
04-08-2007, 07:27 AM
hozir netda otiribman hayolni zo'rini surib ,ozimcha birnarsalarni o'yliman ,ja g'alati bo'lar ekan hayolan amerikani qayta ochvorasan kishi.bugun hayolan sen bilan gaplashdim. lablaringdan bo'sa oldim.juda shirinsan
astaghfirullah,
Alloh o'zi zinodan saqlasin!!! 'Religiya i Kultura' boardida 1-2ta postlarizzi ko'rip hursand bo'ludim, endi qarasam buyog'i tegiga opti.
Nima u postlani THANKS yig'ish uchun qiganmidiz??
maslahatim, tezro uylaning!!
AlbanDra
04-08-2007, 07:32 AM
uka, hind kinolarini kamroq ko'ring :D ;)
( jaa zo'r prikollar boredikuya andisha qildim : D )bo'ldi bo'ldi odamni yeb qo'ydilaring u:D ilhom parisi endi keluvdi:D prikol qimaganizga shukur
AlbanDra
04-08-2007, 07:35 AM
astaghfirullah,
Alloh o'zi zinodan saqlasin!!! 'Religiya i Kultura' boardida 1-2ta postlarizzi ko'rip hursand bo'ludim, endi qarasam buyog'i tegiga opti.
Nima u postlani THANKS yig'ish uchun qiganmidiz??
maslahatim, tezro uylaning!!yo'g' aka biz thanx kasaliga uchramaganmiz .rosti uylaning so'zini uyaling :uups: :uups: deb oqibman.bizga tegishga u qiz rozi bo'larmikin:Dzino qilishdan ollohni o'zi asrasin.
AlbanDra
04-09-2007, 08:05 AM
bugun bekatda turgan bir qizni ko'rdim ko'zi to'la yosh hayron qolasan .bugu seni hech o'ylamadim mayli bu azobni ham bir kun mukofoti bor .
AlbanDra
04-14-2007, 03:07 AM
Agar oshiqlig'im aytsam, kuyub jonu jahon o'rtar,
Bu ishq sirin bayot etsam, taqi ul xonumon o'rtar.
Kishiga ishq o'tidin zarraye yetsa, bo'lur giryon,
Bo'lub besabru betoqat, yurak-bag'ri chunon o'rtar.
Nechuk toqat qilay, do'stlar, bu dard ila bo'lub hayron,
G'amim boshqa, alam boshqa, yuragimni fig'on o'rtar.
Meni bexonumon tinmay kuyub har dam firoqingda,
"Nigoro!" deb oting aytsam, ki shavqingdin zabon o'rtar.
Qayu til birla, ey jono, sening vasfing bayon aylay,
Tilim lolu ko'zum giryon, so'ngaklarni nihon o'rtar.
Na qattig' kun ekan, dilbar, visolingdin judo bo'lmoq,
Mening ohim o'tig'a bul zaminu osmon o'rtar.
Yurakda dardu g'am qat-qatki, menda qolmadi toqat,
Agar bu zarrasin bul vaqt desam, ishqi bayon o'rtar.
Bu dard ila xarob o'ldum, kelib holimni so'rmassan,
Unum chiqsa yurakdin, bu tanu jon, ustixon o'rtar.
Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshig'a solma,
Agar mahsharda oh ursam, bihishti jovidon o'rtar.
Har kishini dardi bo'lsa, yig'lasun yor oldida,
Qolmasun armon yurakda, etsun izhor oldida.
Andalibi benavodek nola-yu afg'on bila
Doimo yig'lab turarman ayni gulzor oldida.
Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur,
Charx urub,yig'lab turarmen ushbu dam dor oldida.
Har kishi bir jur'ae no'sh aylasa bu bodadin,
Ul qiyomatda qilur arzini Jabbor oldida.
Telba Mashrab,qilmag'il sirringni zohidga ayon,
Aytib-aytib yig'lagaysan oshiqi zor oldida.
AlbanDra
04-14-2007, 03:09 AM
Kel, jimgina vidolashaylik endi
Yoningdan o'taman - bu so'nggi safar,
O'tib ketmoqdaman senga to'ymasdan.
Shu gaplar, shu gaplar rost bo'lsa agar,
Nega jim turibsan, axir so'ymasdan.
Shu gaplar rost bo'lsa, yolg'izim, yig'lab,
Senga o'lim tilab qolar edim men.
Yo'q, yo'q, mozoringni o'pib, timdalab,
Qayta tiriltirib olar edim men.
Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To'ydim-ku!
O'jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo'ydim-ku.
Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!
Imon bormi, derdim yonib, sig'inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o'rgandik ko'proq,
Kel, vidolashaylik endi, soginib.
Menga og'ir ichmoq sening ko'zyoshing,
Boshingda g'amlarning toshlari sindi.
Ko'rib turibsan-ku, tosh bo'lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.
Bu yorug' dunyoda vafo qani? Kel.
Senga inonmadim- men telba, g'arib.
Qayga olib borib ko'mayin, aytgil,
Yuragimning jasadini ko'tarib.
To vola yuragim shan libos kiysin,
Toki so'nggi bor yayrasin so'nggi bor bu jon.
Sening ko'ksing uzra bir uxlab to'ysin...
Yo'q, o'zgacha sevolmasman hech qachon.
Hech bir mozor qabul etmas, yo'llar berk,
Bugun yuragimning saslari tindi.
Sevgilim, so'nggi bor, so'nggi izn ber,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.
AlbanDra
04-14-2007, 03:11 AM
ayamni sog'indim dadamniyam hamma hammani sog'indim
Qanday go'zal, qanday lojuvard,
Xayol kabi ko'rinar jahon.
Lekin mening yuragimda dard,
Mendan xafa bo'lmang, onajon.
Uxlamasman tonggacha, ona,
Tongda yorim chiqar begumon.
Ko'zingizga uyqu begona,
Mendan xafa bo'lmang, onajon.
Sevganimning yoniga boray,
Yuragimda qolmasin armon.
Unga yig'lay, unga yolboray,
Mendan xafa bo'lmang, onajon.
Ishq yor bo'ldi munis ko'nglimga,
Meni ado etdi ul jonon.
Ko'z tutmangiz bugun yo'limga,
Mendan xafa bo'lmang, onajon.
AlbanDra
04-14-2007, 03:13 AM
sog'inchni alami bunchalar ajib:birinchi yahshi ko'rgan qizim esimda
Og'ir tun, qurir tinka,
Qanday izg'irin kecha.
Bu yomg'ir tinar qachon,
Yerga botadi tovon,
Loy yopishar etikka.
Lekin hamon kutasan
U tanish tol ostida.
Arazing bo'lar tamom,
Qari to'nka ustida
O'ltiramiz yonma-yon.
His va xayol kechasi,
Haroratli bir sovuq.
Gulxan yoqaman va sen,
Obbo, tamaki ham yo'q,
Meni asta quchasan.
Yomg'ir qorga aylanar,
Ko'zingda kular alam.
Ohista bosh aylanar,
Qayga qochib borar g'am?
Qanday go'zal bu olam?!
dauphin
04-15-2007, 01:12 AM
O`n sakkiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakkiz yoshindadur.
Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakkiz yil husni bor,
O`n sakkiz yoshina muncha fitnakim boshinadur.
Anavi boldda ajratilgan ikkita so'z urtasida bitta so'z qolib ketibdi.
AlbanDra
05-07-2007, 09:54 AM
cho'ta bugun kayfiyatim zo'r
AlbanDra
06-19-2007, 07:11 AM
ramantic bo'lish jonimga tegdi
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.