Desperado
03-28-2007, 03:45 AM
Hurmatli forum ishtirokchilari. Forumdagi do'stlarimiz bilan maslahatlashuvlardan so'ng quyidagi taklif bilan chiqishni ma'qul topdik.
Ko'pdan buyon O'zbekiston haqida barcha ma'lumotlarni ichiga olgan websayt ochishni rejalashtirib yurgan edik. Afsuski mavjud shart-sharoitlar va boshqa masalalar loyihaning amalga oshirilishida qiyinchilik tug'dirmoqda.
Websaytning shakli, misol uchun ferghana.ru nikiga o'xshagan bo'lishi mukin. Asosiysi uch tilda ma'lumot kiritish uchun qulay bo'lishi kerak. Sahifada O'zbekiston haqida kunlik yangiliklar berib boriladi. Mamlakatimizga taaluqli barcha websaytlardan maqolalar, ma'lumotlar yig'iladi.
Unda yangiliklar, tahliliy maqolalar, ilmiy ishlar va maqolalar, publicistik materiallar, O'zbekiston haqida internet sahifalarida chiqayotgan har qanday ma'lumotlar to'planadi. Umuman, websayt odamlarning vaqtini tejash va yangiliklar uchun o'nlab saytlarga kirib otirishiga hojat qolmaydi.
Bundan tashqari o'zingizning mamlakatimiz bilan bog'liq fikrlaringiz uchun ham minbar bo'lishi mukin.
Sahifa bir qancha kishidan tashkil topgan guruh tomonidan boshqariladi. Ularning har biri sahifaning ho'jayini bo'ladi. Hohlagan materialni qo'yish huquqiga ega.
Shuni ham yodda tutish kerak. Sahifada chiqayotgan yangili va materiallar kimlarningdir manfaatiga bo'ysundirilmasligi kerak. Pro va Anti hukumat manbalaridan bab-baravar foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki biz hech kimning fikrini o'zgartirmoqchi emasmiz. Aksincha jamoatchilikka har qanday ma'lumotni o'z holicha yetkazib beramiz. Qanday hulosa chiqarish o'quvchining ishi. Mualliflar o'z fikrlarini faqat Shaxsiy fikr va mulohazalar qismidida yozishi mumkin
Umid qilaman, agar birgalikda shu ishga kirishsak, O'zbekiston haqida ko' tilli, eng yirik va eng boy ma'lumotlar bazasini yaratish mumkin, loyihaga keyinchalik, kutubxona bo'limini ochish va unda mamlakatimiz haqidagi qiziqarli ilmiy maqola va kitoblarni qo'yish mumkni.
Umuman, bu borada aytmoqchi bo'lganlarim ko'pu vaqtim oz. Umid qilamanki aytganlarimni tushintiroldim.
Shu loyihani amalga oshirish uchun amaliy yordamingizni kutaman. Web designerlardan. Demak, shu narsani blog shaklida amalga oshirish mumkinmi? yoki domain sotib olgan ma'qulmi? balki tekin websaytlar hizmatidan foydalansa ham bo'ladimi?
Agar haddim siqqanda quyidagi do'stlarni hamkorlikka chaqirgan bo'lardim:
Studious,
Bien (hozircha, avvallari Angry Potatoe va h.k.)
Delf
Madalio'g'li
Abu-Hafiza
Ulug'bek,
Gareeb,
Shokirbek
Uzland
Black,
Bacha
Asadbek
va yana boshqa ko'plab do'stlarimiz, afsus hozir niklari yodimga kelmayapti. Birlashgan o'zadi. Birgalikda harakat qilsak, nasib bo'lsa yahshi natijalarga erishish mumkin.
Marhamat, fikrlaringiz.