PDA

View Full Version : sarhush bedor


Masanori
04-04-2007, 11:50 AM
Sarhushlik og`ushida (sirtmog`ida) so`z yozish ancha yengil...
Odamlarga nazar solib bir ikki shoshqaloq o`y-fikr keladi hayolga: kim eding, kim bo`lding? Kim eding, kimsan?
Ey aziz do`st, barchamiz shu imtihonli bir dunyoda, uning bahtiyor va saodatli onlariyu, azob-uqubatga to`la to`lqinlarida kimga ma`lum, kimga noma`lum manzil sari odimlayotirmiz. Balki sen mendan aqlli va donoroqdirsan! Balki sen mening ojiz tafakkurim anglab yetmagan muammolarni allaqachon yechib ulgurgandirsan! Biroq, ana shu benazir fazilatlaring o`zga bir insonning beozor, inson zotiga bo`lgan hurmat hissiyotlarini poymol qilmasligiga aminmisan? Nasihat bermoqlikka biz aqli qosirlarda imkon yo`q. Shu sabab, quyidagi gaplarimga e`tibor berib, bebaho fursatingni sarflab yurma. Aytmoqchi bo`lganim esa...
Sog` bo`l, omon bo`l!


Ey hayolot! Bu yurakchani qaylarga yetaklaysan o`zi? Bir manzil, bir bekat, bir chegara bormi? Fozillar suhbatidan bahramandlik senda mujassam, hayol. Donolar o`gitlaridan saboq olmoqlik senda mujassam, hayol. Farovonlik ham saodat sendadir, hayol! Sokin sukut va hotirjamlikni ham senda topdim, hayolim. Sharmu hayo ila bezalgan nazarini yashirgan ma`shuqam ham senda jam, ey hayol! Bari senda...
Hayolot dunyosida yashagim keldi shu dam...

Ey do`st, nohaq insonni topmaysan bu dunyoda, barcha o`z bilganicha haq. Sen uchun maqbul va qulay bo`lgan haqiqat - sening haqiqating. Men uchun qulay va maqbul bo`lgani - mening haqiqatim. O`z haqiqating bilan o`zga bir inson qalbini g`amgin qilma.
Sog` bo`l, omon bo`l, ey do`st!

lost
04-05-2007, 04:17 AM
chilimni po'rriltgandan keyin man sarxush bo'laymi yo lostmi?

members blogga ko'chiring mavzuyizzi, chiroyli chiqadi...

Masanori
04-11-2007, 10:26 AM
Bedor tun yana...
Oyga soldim nazar... Pok va beg`ubor. Hayo va nafosat ila bezangan chehrasi mana man deb charaqlab turgan minglarcha yulduzlardanda go`zal. Asl ibo va nazokat, lutf va sadoqat, barchasi unda jam.

Oyni hush hulq bir pari paykarga qiyos qildim shu on.

Yulduzlarchi... Imkon qadar nafosat ila bitgan yuqoridagi gaplarimdan so`ng quyidagi so`zni ishlatish o`zimga ham unchalik maqbul emas, lekin o`zga bir ibora topmadim. Hullas yulduzlarni shallaqilarga o`hshatdim.

Afsuski, yulduzlar minglarcha topiladi.