PDA

View Full Version : O'zbeklarning siyosiy faolligi qay darajada?

UzLand
04-10-2007, 12:56 PM
Do'stlar,

bu mavzu forumda muhokama qilish uchun emas.

Umid qilamanki, bu narsa haqida juda ko'p gapirilgan. Biroq men Amerika Ovozi radiosiga (www.amerikaovozi.com) ushbu mavzuda material tayyorlamoqchiman.

Agar mavzu bo'yicha o'z fikringizni bildirish istagi bo'lsa, iltimos menga PM qiling. Suhbat telefon orqali bo'ladi. 10-15 minut. Istamasangiz, asl ismingiz oshkor etilmaydi. Radio orqali ovozingizni tanishlari amri-mahol, shuning uchun bu yog'iga xavotir olmang. Bundan tashqari bu iltimos o'sha siyosiy faolligimizni tekshiruvchi lakmus qog'ozi bo'lib ham xizmat qiladi.

Kimki Vashington yaqinida bo'lib, bu haqda videokameraga intervyu bermoqchi bo'lsa, undan ham soz bo'ladi, chunki xuddi shu mavzuda TV reportaj ham tayyorlanishi ko'zda tutilmoqda.

(O'rtoq adminlar, thread o'z maqsadiga erishgach, darrov olib tashlanadi)...

Arhimed
04-10-2007, 09:09 PM
analagoc savolni oldinroq poll qilgan edik (uzbek yoshlari siyosiy faolligi tog'risidagi poll).

-Resident-
04-10-2007, 09:22 PM
Yo`q faol emas bu aniq agar gap O`zbekiston ichidagi O`zbeklar haqida bo`lsa.
Agar chet eldagilar haqida bo`lsa sal o`zgarishi mumkin.
Pollga ham yo`q deb ovoz berdim.

Al Gore
04-11-2007, 05:02 AM
Umuman olganda O'zbekiston ichkarisidagi hayotni mulohaza qiladigan bo'lsak halqimiz siyosiy faolligi sust bo'lib qolayapti, chunki har hil asossiz so'roqqa tutishlar odamlarni menga nima dunyoni suv bossa naqlida ketayapti, bilamizki rivojlangan g'arb davlatlarga har bir fuqaroni erkin fikr bildirishiga imkon beriladi,O'zbekistonda bu ishlar bo'lishiga ancha bor, halqning siyosiy ongi yetishgan adolatsizlikni bilsa ham tashqariga chiqarib ifodalash imkoniyatidan mahrum, bizda ham fuqarolik institutlari ishlab fuqarolar jamiyati qurilgandagina siyosiy faollikni ko'rishimiz mumkin.

UzLand
04-11-2007, 10:54 AM
Eeee, bor bo'linglar...poll voqelikni aks ettirypati. Hozircha ikki kishi intervyu berish istagini bildirdi...

AFANDI
04-13-2007, 04:06 AM
.........yo'q.........

Vezunchik
04-13-2007, 04:18 AM
hech trinajorda boks bilan shug`illanib ko`rganmisizlar?? yani charm trinajorda, Grushada??

endi faraz qiling agar u Grusha toshdan bo`lsa trenirovka qilarmidingiz??? foydasi bormi, trenirovkani????

Fifi
04-13-2007, 04:35 AM
hech trinajorda boks bilan shug`illanib ko`rganmisizlar?? yani charm trinajorda, Grushada??

endi faraz qiling agar u Grusha toshdan bo`lsa trenirovka qilarmidingiz??? foydasi bormi, trenirovkani????

Aha foydasi bo'ladi. Musht kuchli bo'ladi, zarba qattiq bo'ladi. Bizda qum solingan grusha bor edi. Charm emas, to'rva xalat edi, qo'lda charmdan qilingan boks qo'lqop emas, yalang'och go'lda urish kerak edi. Toshdan battar. Akalarimni urushi, zarbasi qattiq edi, birta ursa tap etib yiqiladigan darajada edi. Qo'llari qonaguncha urar edi. Mana buni urish desa bo'ladi. Momiqqina paxtaday grushada trenirovka, trenirovkaday bo'ladimi?! :-)

Uyyonli
04-13-2007, 06:25 AM
Yo'q lekin agar informatsiya almashinuvi yoki inglizchada etgande freedom media flow bo'lsa edi balkim haqning siyosiy faolligi oshardi.

Vezunchik
04-13-2007, 07:36 AM
hech trinajorda boks bilan shug`illanib ko`rganmisizlar?? yani charm trinajorda, Grushada??

endi faraz qiling agar u Grusha toshdan bo`lsa trenirovka qilarmidingiz??? foydasi bormi, trenirovkani????

Rebyata VO dayote!

eta bi`l vopros ne pro Sport! eta bi`l miniPool - voprosnik pro nashu politicheskuyu sistemu, v kotorom bez polezna inogda trenirovka!
Eta metafora harakterizuet to, chto Molodi`e Lyudi na politike - eta kak trenirovochni`y protsess !!! kogda oni sozreyut i stunt vozrosli`mi - eta budet nastoyashshiy Match na nastoyashem Ringie.

Grusha eta Politika.
Rezinovaya , gde udar otrajaetsya eta Democratiya
Kamennya, gde ruka lomayetsya i bespolezno - eta sami znayete....

to est politik, kak Bokser. on doljen snachalo trenerovatsya i potom idti na Ring. Snachalo grusha, potom Ring.

U nas Molodi`e ne idut tuda, "trenirovatsya" , tak kak, tam Grusha kamennaya- bolno i opasno.

VOT za etot post - voprosnik, ya i poluchil ot Moderatora Warning. Eta i est otrajenie nashego vospriyatiya Politiki!
Mi` daje ne znayem raznitsu mejdu Metaforoy o politike i voprosom o sporte!!
naverno ya doljen bi`l znat ob etom zaraneee....

R.Azimov
04-13-2007, 08:47 AM
Vezunchik, men o'zbek fikrlar qaysi yo'l bilan ifodalanishi haqidagi qo'llanma kitoblarni o'qimaganimga 10 yildan oshgan.
Bu metafora edi, falon yozganim sinekdoxa... pistonchasi metonimiya... deb ta'rif bermang, iltimos. Metafora qilgan odam tagiga nima demoqchi ekanligini ham yozib qo'yadi(Warning berilmasdan oldin)

Warnng to'g'ri ekanligini eng sodda 3 yo'l bilan isbot qilishga harakat qilaman(o'zimni oqlash uchunmas, hurmat yuzasidan)
Bir men emas misollardagi 3 kishi ham "metafora" ekanligini bilmagan.

Siz yozgan "metafora"ni ko'rib Fifi bunday deganlar: Aha foydasi bo'ladi. Musht kuchli bo'ladi, zarba qattiq bo'ladi. Bizda qum solingan grusha bor edi. Charm emas, to'rva xalat edi, qo'lda charmdan qilingan boks qo'lqop emas, yalang'och go'lda urish kerak edi. Toshdan battar. Akalarimni urushi, zarbasi qattiq edi, birta ursa tap etib yiqiladigan darajada edi. Qo'llari qonaguncha urar edi. Mana buni urish desa bo'ladi. Momiqqina paxtaday grushada trenirovka, trenirovkaday bo'ladimi?!

UZland janoblari esa: Vezunchik va Fifi,postlaringizni o'chirib tashlanglar. Bu thread ga aloqasi yo'q. Aks holda warning beriladi...

3.Men ham tushunmadim. Va warning berdim.

Demak sizga 3 ta misol. Qoniqarsiz bo'lsa marhamat qilib forum administraciyasiga arz qilishingiz mumkin.
Yaxshi kayfiyat tilab,
RA

Fifi
04-13-2007, 09:16 AM
Hozir jumadan kelib qarasam warning olibman. Ming,ming bora uzr, mendan o'tgan bo'lsa. Shu bahonada warning nimaligini bilib oldim.

Vezunchik
04-13-2007, 03:42 PM
Vezunchik, men o'zbek fikrlar qaysi yo'l bilan ifodalanishi haqidagi qo'llanma kitoblarni o'qimaganimga 10 yildan oshgan.
Bu metafora edi, falon yozganim sinekdoxa... pistonchasi metonimiya... deb ta'rif bermang, iltimos. Metafora qilgan odam tagiga nima demoqchi ekanligini ham yozib qo'yadi(Warning berilmasdan oldin)

Warnng to'g'ri ekanligini eng sodda 3 yo'l bilan isbot qilishga harakat qilaman(o'zimni oqlash uchunmas, hurmat yuzasidan)
Bir men emas misollardagi 3 kishi ham "metafora" ekanligini bilmagan.

Siz yozgan "metafora"ni ko'rib Fifi bunday deganlar:

UZland janoblari esa:

3.Men ham tushunmadim. Va warning berdim.

Demak sizga 3 ta misol. Qoniqarsiz bo'lsa marhamat qilib forum administraciyasiga arz qilishingiz mumkin.
Yaxshi kayfiyat tilab,
RA

tushunarli. Demak hot mingta Obosnovaniy berilsa ham bu warning olinmaydi. Tipa bu uje Dela printsi`pa. OK. ponel chto uje dalshe bespolezno obyasnyat.

No alam qilgan narsa, man u postni v polnom seryoze , siyosat to`g`risida fikrlash uchun yozgandim. bu aniq Off-top mas edi.
Mayli. Keyingi gal Villi etgandaka "gastrbaytorlar" ham tushunadigan qilib yozaman.

Gareeb
04-13-2007, 05:30 PM
Faol bo'lmaslikka majbur.

Vezunchik
04-13-2007, 05:33 PM
Faol bo'lmaslikka majbur.

blin, eslasam yuragim siqilib ketvoti.

Huddi shu gapizni Metafora qilib etgandim, warning oldim.

NuR_BeK
04-13-2007, 07:39 PM
Aksariyat o'zbeklarning siyosatdan ham muhimroq ishlari/muammolari mavjud.
Boshqacha so'z bilan aytganda:

Shermatni uylantirish kerak, Toshmat yangi uyga ko'chib chiqmoqchi deb turganda, vaqtinchalik qiyinchiliklar (http://adabiyot.forum.uz/nurullo-oston/vaqtinchalik.html)dan tarvuzga o'xshab shishib ketgan kallaga siyosiy faollik haqidagi g'oyalar qayerdan kelsin?

Iqtisodiy ahvoli oqsaganlar "Tinch qulog'im och qornim" deb yaxshi kunlarni kutishayapdi, iqtisodiy sharoiti durustlar "Mansab ko'prigi"dan tushib ketmasliklari uchun 16 yillik "Madhiya"sini kuylashmoqda.

Shunday ekan siyosiy faollikni yana kimlardan kutish kerak, kimga ishonish kerak?

"Ota meros"ni ustida it-mushuk bo'lib bo'lisha olmayotgan "Muxolifat"dan, Vatan ichida va tashqarisida yurgan fidoiylardan. Afsuski ularning soni butun bir 26 mln.lik o'zbek xalqiga taqqoslaganda, juda ham ozchilikni tashkil etadi...

p.s. Ushbu bo'limning ochilgani juda o'rinli bo'lgan.

Al Gore
04-13-2007, 07:53 PM

Nurbek fikrlarizda jon bor , o'zbeklar jamiyati hozir qorin g'ami, tirikchilik tashvishi bilan yashamoqda, amaldagilar otdan tushsa ham egardan tushgisi kelmayapti, birovni dardini birov eshitmay qo'ygan, odamlar kundalik hayot extiyoji uchun o'z tashvishi, bola chaqasini kelajagi o'ylab yashamoqda, aksariyat yoshlar ishsiz, nega ishsiz ekanligi uchun jamiyatda kim aybdor ekanligini bilsada chidan yashamoqda, Umid qilib yashaymiz Inshaolloh bu kunlar yoruglikka yetaklar deb!

NuR_BeK
04-13-2007, 08:13 PM

Universitetda o'qib yurganimizda, bir professor domlamiz pora haqida kuyib gapirardi va uni gaplarida 100% jon bor edi, ya'ni: 60 000 so'm oylik maosh olayotgan, professorlikni kazo kazo joylarda yoqlab kelgan professorlardan Vatanga fidoyilikni, tuzuk bilimni olish mumkinmi, agarda uni uyida 4 farzandi chirqillab turgan bo'lsa...?

Xuddi shu gap singari, yangi uyga ko'chib chiqganingga 15 yil bo'lgan bo'lsa, shuvoq yemagan bog'devor to'kilib ketay deb turganda, bu yoqdan ikkita farzanding turmush qurish arafasida bo'lsa, o'zing 50 $ lik arzimagan oylikni zo'rg'a har 3 oyda bir ko'rsang, o'zing J.Koreaga/Angliyaga/Amriqoga ketaman deb olgan qarzlaringni yeb ketgan bir qasamxo'rdan pulingni ola olmay yursang... Bunaqa holatda siyosatga balo bormi?

p.s. tojiklarda aytishadiyu: "In qataram ne-da" deb... qisqasi shu gap-da.