PDA

View Full Version : There is a balance to be achieved...


Goderzi
08-15-2001, 06:54 PM
Halq,

Balki man e'tiborlaringizni jalb qilish niyatida bo'lgan masala juda dolzarb yoki muhim emasdur,lekin ushbu muammo ancha real va yechimi aynan bizning qo'limizdan kelishiga ishonchim komil.

Muammo deganimda bizning yani aniqrog'i umidchilarning qaytarishi kerak bulgan kitoblari tushunilishi kerak.

Maqsadga o'tishdan oldin "Umid" fondi tuzilganidan keyin oldinga qo'yilgan vazifalari nimalardan iborat ekanligini bir eslab o'tsak: Asosiy vazifalaridan biri albatta ki Uzbekistonning rivojlanishini ta'minlash,Kadrlar masalasini takomillashtirish,Malakali mutaxassislar tayyorlash,
Viloyatlarning teng ravishda o'sishiga zamin yaratish va boshqalar...

"Buning kitoblarga nima aloqasi bor" deb aytishlaringiz mumkin.
Man buni quyidagicha tushuntirishga harakat qilaman.
Oldingi aytib o'tgan maqsadlardan biri bu viloyatlarni teng o'sishini ta'minlash dedik. Shu omilni hisobga olgan holda hammamiz bilamiz ki "Umid" fondi talabarni imtihon qilarkan viloyatlardan kelgan talabalar uchun ma'lum bir darajada imtiyozlar yaratib beradi.Bu albatta "Umid" fondining yaxshi xususiyatlaridan biri.Endi esa kitoblar masalasiga keladigan bo'lsak, fikrimcha fond bu masalada biroz oqsoqlayapti.

Kitoblar O'zbekistonga olib borilgandan keyin hammasi "Umid" fondida saqlanar ekan.Buning salbiy tomoni shunda ki kitoblarni o'qish niyatida bo'lgan viloyatlardagi vatandoshlarimiz "Toshkent-i Azimga" ma'lum bir miqdorda moliyaviy harajatlarni bo'yniga olib kelishiga majbur buladi.

Axir qanchadan-qancha tengdoshlarimizning chet davlatida ta'lim olish va muayyan bir xorijiy tilni mukammal o'rganish istagida "umid","soros",accels" va boshqa fondlarga imtihon topshirib afsuski baxt nasib qilmaganligiga va ularning yana o'zlarinig viloyatlariga ravona bo'lganlariga hammamiz guvohmiz.
Qanchadan-qancha O'zbekiston viloyatlarining har xil Universitetlarida o'qiydigan talabalar chet tillariga chanqoq bo'lib yurganlarini va adabiyot/manbaalarning tanqisligi yoki yo'qligi sababli ishtiyoqlari so'nib qolayotganligidan hammamiz xabardormiz.

Viloyatlardagi moliyaviy qiyinchilik sababli "Umid" fondiga imtihon topshirish maqsadida Toshkentga kelish uchun hattoki yo'l kira topa olmaganliklariga shohid bulganman.

Mening fikrimcha "Umid" fondi talabalar olib kelgan kitoblarni Umid fondida saqlashimas, balki ularni viloyatlar bo'yicha tarqatishi kerak.O'shandagina oldinga qo'yilgan maqsadlardan biri to'laligicha bajarilishi mumkin.

Viloyatlar bo'yicha tarqatish yoki taqsimlash quyidagi usullardan birini qo'llab amalga oshirilishi mumkin deb o'ylayman:

1)Viloyatlardagi ehtiyojlarni hisobga olgan holda(Toshkent viloyati nazarda tutilmayapti)

2)Har bir talaba olib kelgan kitoblarni o'sha talaba yashaydigan viloyatning Markaziy Kutubxonalariga "Umid" fondi nazorati ostida yuborilishi orqali

Bu fikrlar albatta ki mutlaq emas ,man bularni shartli ravishda misol qilib aytdim. Aminman ki boshqa tengdoshlarimiz ham ushbu muammoning yechimiga oid bo'lgan fikrlarini post qilib quyadilar.

Mana masalan sizga bitta hayotdan misol: Iki oy oldin o'rtog'imni uyiga telefon qilib o'qishlarini so'raganimda "Umid" fondiga borishga majbur bo'layapman dedi. Uning maqsadi "malakaviy ish"ini mukammal yani g'arbdagi zamonaviy fikr va ma'lumotlardandan xabardor bo'lgan holda yozish edi.Afsuski moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o'sha kitoblardan bahramand bo'la olmadi.Bu hali u yerda tursin u manga Universitetning nisbatan yosh va chet tilini biladigan domlalar ham Toshkentga, aniqrog'i "Umid" fondiga borayotganliklarini ham manga aytdi. Vaholanki ular(o'rtog'im va domlalar) bunday kitoblarning O'zbekistonda borligini usha viloyatda yashaydigan "sobiq" umidchidan bilib olishgan ekan.

Bilib turibman ki bu masala sizlar uchun juda ahamiyatsiz bo'lishi mumkin ,lekin har bir vatandosh o'z viloyatining va umuman O'zbekistonning rivojini o'ylaydigan bo'lsa bu masalaga ozmi ko'pmi diqqatini jalb etishi muqarrar.
Zero ota-bobolarimiz ham "Boshlagan ishni oxirigacha yetkazish bu nur ustiga a'lo nur" deb baholashgan.

I'm waiting for ur replies regardless whether you are umidie or not...

nark
08-15-2001, 07:52 PM
Goderzi juda yaxshi masalani kutaribsiz.Sizning kitoblarni viloyatlar buyicha tarqatish kerak degan fikringizni agar man tug'ri tushingan bulsam,quyidagicha qilib ham aytish mumkin.Har bir Umidchi qaysi viloyatdan bulsa usha viloyat kutubhonasiga kitoblarini olib borib topshirsin,Toshkent shaxridagi Umid jamg'armasiga emas.Mani shaxsan bunga e'tirozim bor.Chunki mundoq uylab kuradigan bulsak 700ga yaqin Umidchi bor va bulardan bilmadim necha yuzi allaqachon uqishlarni tugatib ketishgan yani bu yangi qonundan ularni habari bulmagan va albatta kupchiligi kitoblarini uzlari bilan olib kelmagan bulish ehtimoli juda katta.Shundan kelib chiqqan holda keling 500ta Umidchi qulida kitob bilan qaytib keladi va ularni fondga qaytarib topshiradi deylik.Buni endi Uzbekistonning 12 ta viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi buylab tarqatsak har bir viloyat qanchadan kitob oladi.
Demak birinchidan miqdor muammosi
Ikkinchidan Umid fondi takidlab utilgandek hamma viloyatlardan studentlarni tanlashga harakat qilsada,lekin Umidchilar har bir viloyatdan teng proportsianal ravishda olinmaydi.Masalan Toshkent,Farg'ona Samarqand va Horazmdan juda kup bola bulishi mumkin lekin Sirdaryo,Jizzah,Navoiy va Qoraqalpog'istondan nisbatan oz bulishi mumkin.
Uchinchi nuqta ham huddi mana shu yuqoridagi ikkinchidan kelib chiqadi aytaylik ana usha nisbatan oz student tanlangan viloyatlarda asosan kupchilik bolalar ayni sohada ta'lim olayotgan bulishi mumkin.Demak faqat iqtisod yoki moliyadan bulak boshqa kitob bormaydi usha viloyat kutubhonalarida.Lekin huquq,kompyuter yoki shunga uxshash soha talabalari nima qilishadi?
Mani fikrimcha kitoblarni tarqatish emas balki hammasini Toshkentga tuplash kerak va bitta Umid fondiga tegishli Umid markaziy kutubhonasi tashkil qilinishi kerak.Iloji bulsa mana shu uzimizni umid web sitedan kichkina joy ajratib kutubhonadagi mavjud kitoblar haqida tuliq dataga ega sahifa ochish kerak.Bularni hammasi markaziy kutubhonani tashkil qilishga doir gaplar edi. Endi viloyatlarga kelsak markazga kelib tushgan hamma kitobni Umid fondi hisobidan biron bir tipografiyaga olib borib hamma kitoblardan yoppasiga nusxa olish kerak.Mualliflik huquqi haqidagi savollarga man quyidagicha javobni ma'qul deb uylayman.Bu kitoblardan nusxa olishdan kuzlangan maqsad tijorat va pul emas balki savob uzbekchasiga aytadigan bulsak. Haqiqatan agardaki Umid fondi shu boshlagan ishini ohiriga yitqazsa yani tipografiyaga ketadigan harajatlardan qochmasa va bu kutubhona tashkil qilinishidan faqat Toshkent shaxri emas balki butun Respublika yoshlari foydalanishlariga imkon yaratib bersa nur ustiga a'lo nur bular edi. Yana ham bu mani shaxsiy fikrlarim edi.Mulohazalar,fikrlar va albatta tanqidlar bulsa bemalol.

Goderzi
08-15-2001, 08:15 PM
Salom Nark,

Fikrlariz uchun raxmat ,juda yaxshi asoslab berdiz!!!

elDoraDo
08-16-2001, 03:54 AM
birodarlar menda boshqa bir asvol bor... bu kitoblar faqat umidchilar uchunmi??? agar hayolilani chalg'itgan bo'lsam uzr

D :) D