glamour
04-19-2007, 07:30 AM
Onajon
kecha bir kitob o'qidim. Undagi kichikkina lavha sizni menga qahramon qilib ko'rsatdi. Bir daraxt qurtining hayoti haqida edi u. O'sha qurt o'z tanasidagi tuklari orasiga urug' qo'yar ekan. Vaqti-soati yetib, lichinlakar urug'ni yorib chiqqach, yashab ketishlari uchun sho'rlik ona qurtni yeb bitirar ekanlar.
O'zimni o'sha lichinkalarga o'xshatdim, onajon. Hayotim sizning hayotingiz evaziga qurilganini bugun anglab yetdim, onajon.
Sochingizga oq tolalar oralaganini, bazida ko'zoynak taqayotganingizdan bilibman. Aslida sochlarinhiz rangini mening sochlarim qop-qora bo'lib jilovlanishi uchun sarf etgansiz, ko'zlaringiz nurini mening ko'zlarim ravshanligini uchun bergansiz. Mening tobora to'lishib, quvvatlanib borayotgan jismimni ko'rib shodlanasiz, fahrlanasiz, lekin his etayapmanki, bular sizning tanangiz kuchsizlanib borishi bilan mutanosib ketayotir.
Bugun sizdan uzoqdaman, lekin sizning mehringiz og'ushidaman. Boshimga tushayotgan tashvish yoki hastaliklarni ko'nglingizning ich-ichida ba'zan tush orqali sezib turasiz. Lekin tanangizda paydar-pay uyg'onayotgan kasalliklarni sezmaysiz. Mening vujudim uchun tashvishlanasiz, uzoqlarda turib ham sezasiz uni. Chunki siz men uchun yashaysiz.
Onajon, meni kechiring. to'qqiz oy qorningizda ozor berganim uchun, kechalaringizni bedor etganim uchun, mehringizga mehr bilan javob berolmaganim uchun, sizni siz men his qilganingiz kabi his qila olmaganim uchun, menga parvona bo'lganingizda sham kabi jismingizni kuydirganim, hayotimni hayotingiz evaziga qurganim uchun kechiring, onajon
Onajon: Bu berahm o'glingiz sizdan yana bir narsa so'raydi: duo qiling toki Rahmonur Rahiym bo'lgan ulug' Allah sizning buyuk fidokorliklaringiz qarshisida kichkina farzandlik burchimni ado etmog'ini nasib aylasin.
JANNATIM POYINGIZGA NISOR BO'LSIN ONAJON!