PDA

View Full Version : RB Suggestion & Complaint Box / RB Taklif va Shikoyatlar Qutichasi

Ulug'bek
04-23-2007, 05:29 AM
This thread is exclusively for writing suggestions and/or complaints related to RB. All offtops will be deleted!

Bu yerda faqat RB ga oid shikoyatlar va takliflar to'planadi /yoziladi.
Offtoplar albatta o'chiriladi!

Ulug'bek
04-23-2007, 05:57 AM
Demak, birinchi shikoyat:

Meni postim nimaga News mavzusiga qo'shib qo'yildi? Ahir u hech qanaqa yangilik emasku? Men forumchilarning fikr mulohazalarini bilmoqchi edim postimda keltirilgan mavzu bo'yicha.
O'rmonga o't ketsa ho'lu quruq barobar yonadi degani shu bo'lsa kerakda. Mayli zorimiz bor, zo'rimiz yo'q.

Qo'shimcha:
Black mana bu postni nazarda tutgan http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=690742&postcount=13

Javob:
Postingiz unga munosibroq thread (http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=690742#post690742) ga ko'chirildi.

RBni yanada yaxshiroq tartibga solish maqsadida tinmasdan thread ochishlar oldi olinmoqchi. Iltimos yangi thread ochishdan oldin, search(http://forum.arbuz.com/search.php) xizmatidan foydalanib, ilgari bu mavzu ochilmaganini birrov tekshirib ko'ring, agar ochilgan bo'lsa postingizni o'sha yerda qoldiring!

Black
04-23-2007, 07:21 AM
Ulug'bek, albatta siz moderatorsiz. Hohlagangizni qilasiz. Lekin men ochib qo'ygan mavzu siz ko'chirib qo'ygan mavzuga hech ham aloqasi yo'q, buni o'zingiz ham mendan yahshi bilasiz (Bu masala Obshiy forumga qaraganda RB ga yaqinroq). Umuman olganda, buni men uchun katta ahamiyati yo'q, asosiysi forumchilar men yetkazmoqchi bo'lgan ma'lumotni olgan bo'lsalar bo'lgani. Bu postni esa o'zim shunday, radi spravidlivosti, yozayapman.
Endi RB da post ochish uchun sizdan spravka kerak bo'larkanda. Mayli nima ham derdik, yomg'irdan qochib qorga tutildik degani shu bo'lsa kerakda.

P.S. Bu off-top emas.

Royal
04-23-2007, 09:39 AM
Iltimos..

Bu manimcha hamma userlagayam bir hilda bolishi mumkin..

Agar biror bir post moderatorlani fikri bilan biror joyga otkazilsda demak osha keraykan dip qabul qilinsa...

Birowni postiga qichchiq qilish taqiqlansa va jazolansa, nima qisayam bu dinie bolim bolganligi uchun va hamma bir bairiga hurmat bilan murojaat etishga hech bomaganda harakat qisa...

Agar birowni postiga qarshi yoki/va ba'azi tushunmasliklar bolsa oz fikrini savol tariqasida post qilib oz javobini kutsa..agar javob bolmasa moderator osha notogri fikrlik postni yopsayu yoki delete qilsa......
hammani orasida tuyshunmovchilik olip kelmaslik uchun...

Bu mani fikrim va yoqsa yoqar yoqmasa yana ozila bilasila....deganday...

Ulug'bek
04-23-2007, 10:11 AM

Taklifingiz uchun katta rahmat!

Avvalo forumning mavjud qoidalari(http://forum.arbuz.com/announcement.php?f=35)ga amal qilishni yo'lga qo'yib olaylik... :)

Menimcha, forum umumiy qoidalrga amal qilish RBni ham tartibli qilishga yetarli...

kipchak
04-23-2007, 10:53 AM
what is RB?

Glance
04-23-2007, 11:13 AM
what is RB?

Religion Board

Borz_man
04-23-2007, 04:21 PM
Baraka topkurikumlarga bitta Iltomosikum,
katoliklar haqidagi treadni optashela.

Ulug'bek
04-23-2007, 05:00 PM
Baraka topkurikumlarga bitta Iltomosikum,
katoliklar haqidagi treadni optashela.

Javob:

Bu board dinlar, madaniyatlar va ular haqidagi turli fikrlarga atalgani uchun, xristianlikning turli ko'rinishlari haqidagi ma'lumotlarga ham makondir.

Akhee-Abdullah
04-26-2007, 05:05 AM
Assalam alaikum wa rahmatullah

Brodar shu thread forum qoidalarini hurmat qiladim?i:

http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=37800

Wa shu kishining imzosi?

http://forum.arbuz.com/member.php?u=17310

wa ushbu kishining ID'si

http://forum.arbuz.com/member.php?u=15088

wa ushbu post:

http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=693995&postcount=4

Salomat buling

Ulug'bek
04-26-2007, 05:36 AM
Assalam alaikum wa rahmatullah

Brodar shu thread forum qoidalarini hurmat qiladim?i:

(1) http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=37800

Wa shu kishining imzosi?

(2) http://forum.arbuz.com/member.php?u=17310

wa ushbu kishining ID'si

(3) http://forum.arbuz.com/member.php?u=15088

wa ushbu post:

(4) http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=693995&postcount=4

Salomat buling

Va alaykum assalom va rahmatulloh!

(1) U qoldirgan smiliklarni olib tashlaganimdan so'ng muammo yo'q deb o'ylayman.

(2) Iltimos imzo haqida adminlar (Asadbek) ga murojat qiling, menimcha ham bu imzo haqoratomuz.

(3) Menimcha bu suratni turli sharhlash mumkin, agar haqoratomuz desangiz adminlarga murojat qiling.

(4) Buni o'sha board (Turkistan Forumi) mutasaddilariga murojat qiling.

Ulug'bek
05-17-2007, 07:44 AM
05-15-2007
S:

Ulug'bekka:
Nega she'rlardagi yor.. va boshqa so'zlarni edit qilib tashlayapsiz
Forum a'zosi sifatida hammaga birdek muomalada bo'lishingizni talab qilaman
Lichniy nepriyazn bu forumga yarashmidi, ayniqsa din bo'limida
Vassalamu alaykum
http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=710674&postcount=10

J: Iltimos misollar bilan gapiring, Men hech qanaqa she'rni edit qilganimni eslayolmayman, ayniqsa RBda!

Hammaga 1 xil mezon qo'llashni esa mas'uliyatim ekanligini unutganim yo'q. Iltimos da'vongizni hujjat bilan isbotlang!

Misollaringizni shu yerga yozing!

bashiyrullah
05-17-2007, 07:17 PM
hormanglar!
forum da shuncha ishni qilishdan shuncha vazifani bajarishdan sizlarga moddiy foyda ham bormi? (yoki "forum o'zi nima?" diegan savol berishim kerakmidi?)

Ismoilzoda
05-17-2007, 08:32 PM
Ассалому алайкум Улугбек.
Бошлаган ишингиздан хурсанд булдим, хамма ерда авваламбор тартиб керак. Тушунаман.

Мани бир савол кийнайди. Дин мавзусида ёзишганида форумдошларимиз узимизга тушунарли тилда, яъни узбек тилида ёзишса. Жуда хам яхши булар эди. Кизикарли треадларни ва постларни тушунолмай коляпти кишиодам. Ёки араб тилида бирор фикр ёки зикр ёзилганда тагида узбек тилидаги таржимаси хам булса. Шуни назорат килса буладими?

Мисоллар:

http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=38381
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=38372
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=37958
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=26945
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=38348

ва бошкалар.....

Ulug'bek
05-18-2007, 01:31 AM
S: hormanglar!
forum da shuncha ishni qilishdan shuncha vazifani bajarishdan sizlarga moddiy foyda ham bormi? (yoki "forum o'zi nima?" diegan savol berishim kerakmidi?)

J: Moderatorlarga, men bilganim qadar, hech qanaqangi moddiy foyda yo'q. Ular Siz kabi shu forumning oddiy foydalanuvchilari, aslida. Forumda ma'lum tartib saqlash uchun,ularning mas'uliyati bor yo'g'i biroz oshirib qo'yilgan va o'sha mas'uliyatni bajarish uchun bazi salohiyatlar ham berilgan.

Ulug'bek
05-18-2007, 01:38 AM
S: Ассалому алайкум Улугбек.
Бошлаган ишингиздан хурсанд булдим, хамма ерда авваламбор тартиб керак. Тушунаман.

Мани бир савол кийнайди. Дин мавзусида ёзишганида форумдошларимиз узимизга тушунарли тилда, яъни узбек тилида ёзишса. Жуда хам яхши булар эди. Кизикарли треадларни ва постларни тушунолмай коляпти кишиодам. Ёки араб тилида бирор фикр ёки зикр ёзилганда тагида узбек тилидаги таржимаси хам булса. Шуни назорат килса буладими?

Мисоллар:

http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=38381
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=38372
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=37958
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=26945
http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=38348

ва бошкалар.....

J: Forumning "Tillar Bo'limi"dan tashqari hamma bo'limlarida 3 rasmiy til mavjud bo'lib, ular o'zbekcha, inglizcha va ruschadir. Arab tilida bu yerda faqat ba'zi diniy hujjatlarni qo'yishgina mumkin, shunda ham tarjimasi bilan. Afsuski RBda faqat o'zbekchada yozishni talab qilishning iloji yo'q.

infolife
05-18-2007, 05:23 AM
dinu-dunyoga foydasi bo'lmagan bazi bir "spam" threadlarni moderatorlar ochirib yuborishini ilojisi bormi?
ohirgi paytda bemaza qovun urug'iday kopayib ketibdi.
it is very irritating to be honest.

Ulug'bek
05-18-2007, 08:40 AM
S: dinu-dunyoga foydasi bo'lmagan bazi bir "spam" threadlarni moderatorlar ochirib yuborishini ilojisi bormi?
ohirgi paytda bemaza qovun urug'iday kopayib ketibdi.
it is very irritating to be honest.

J: Aniq misollar keltirganingizda yaxshi bo'lardi...

Ammo Islomdan boshqa dinlar haqidagi threadlarni nazarda tutgan bo'lsangiz, bu board hamma dinlar va madaniyatlarga atalgani uchun, ularning joyi ham shu yer.

Birodarlar/opa-singillar! Bu board faqat Islom va yoki faqat musulmonlar uchun emas, yoqtirmaganingiz threadlarni ignore qilib(ko'rmaganga olib) yoqqanlaridan foydalanish eng maqbul yechimdir...

Borz_man
05-19-2007, 05:10 PM

O'zbeklarning dini Islom hisoblanadi.Bu yerda Adashgan dinlar
vakillari o'z davatlarini oborishsa,biz musulmonlar bunga qanaqa
reaksiyada bo'lishimiz kerak? Biz ularga qarshilik qilib treadlarini
ochirib tashashligimizga Alloh rozi bo'larmikan?!
Islom davlatlarida aslan, boshqa din vakillaridan bo'lgan
messionerlarni kirishiga ruhsat yo'qku.
Bu savvolrimga, nasorolar treydi forumning diniy bo'limida turish tarafdori
bo'lgan birodorimiz Ulugbekga emas!!!
Shokirbek akamiz javob bersalar.Dalil va hujjatlar bilan berilgan
javobdan qalbimiz taskin topib, zori bu masalaga boshqa qaytmasak.

Shokirbek
05-19-2007, 09:27 PM
O'zbeklarning dini Islom hisoblanadi.Bu yerda Adashgan dinlar
vakillari o'z davatlarini oborishsa,biz musulmonlar bunga qanaqa
reaksiyada bo'lishimiz kerak? Biz ularga qarshilik qilib treadlarini
ochirib tashashligimizga Alloh rozi bo'larmikan?!
Islom davlatlarida aslan, boshqa din vakillaridan bo'lgan
messionerlarni kirishiga ruhsat yo'qku.
Bu savvolrimga, nasorolar treydi forumning diniy bo'limida turish tarafdori
bo'lgan birodorimiz Ulugbekga emas!!!
Shokirbek akamiz javob bersalar.Dalil va hujjatlar bilan berilgan
javobdan qalbimiz taskin topib, zori boshqa bu masalaga boshqa qaytmasak.

Muhtaram Borz_man! Avvalo siz va boshqa forum ahlidan shuni yaxshi anglab olmog'ingizni istar edimki, Ulug'bek biror nasorolar dinini tashviq qiluvchi mavzuning diniy bo'limda qolishi tarafdori bo'layotgan bo'lsa, bundan aslo ularga yon bosish yoki o'sha botillarning turishini xohlashni tushunmasligimiz kerak. Bu forum islomiy forum bo'lmaganidan undagi qonun-qoidaga chor-nochor bo'ysunmoqqa majburmiz. Bu masala fuqaholarimiz so'z yuritgan "noislomiylar hukmronligi ostida musulmon ishlashi, ish yuritishi mumkinmi" degan katta masala tarmoqlaridan biridir.. Aksar Fuqaholarning (bular ichida to'rt mazhab Sohiblari ham bor) fikriga ko'ra, bu masala Islomga keladigan foyda-zararga qarab, kishi iqtidoriga qarab turlicha bo'ladi, ba'zi o'rinlarda bunday joylarda ishlash harom bo'lsa, ba'zan mustahab, hatto ba'zilarga farz, vojib bo'lib ham qolishi mumkin..

O'zimizning diniy bo'limga qaytadigan bo'lsak, darhaqiqat, bo'limga kiruvchilarning deyarli hammasi musulmonlardan iborat, bu bo'limda tarqatilayotgan turli bo'htonlar (Xudoning o'g'li va h.k. kabi) Islom dini uchun, Yaratuvchimiz yakka Alloh uchun juda qattiq haqoratdir, buni men ham, Ulug'bek ham yaxshi tushunib turibmiz.. Modomiki, siz forum ahli - musulmonlarga ham bu haqoratlarni har kuni o'qiyverish og'ir kelar ekan (bu har bir musulmon uchun og'ir bo'lishi shubhasiz), ana, forum mutasaddilariga - adminlarga murojaat qilinglar, inobatga olish-olmaslik ularning ishi. Agar Xudodan qo'rqsalar, forum musulmonlari uchun ushbu bo'limni ajratib berib, Islomiy forum qilib belgilab, o'sha va o'shanga o'xshash botillarni boshqa bo'limlarda yozishga qaror chiqararlar.. Yo'qsa, biz moderatorlarning zorimiz boru, zo'rimiz yo'q..
Forumning demokratik tamoyillariga suyanib talab qilish silarda qoldi endi..

P.S. Inosf va adolat yuzasidan shuni ta'kidlab o'tish kerakki, forumning diniy bo'limi ochilishiga bevosita katta hissa qo'shganlardan biri - ukamiz Alouddin ushbu masala - forum musulmonlari uchun alohida Islomiy bo'lim ochish bo'yicha ilgaridan qayg'urib yurar edi, afsuski, ba'zi sabablarga ko'ra forumdan uzoqlashib ketdi..

ElNemo
05-21-2007, 12:17 AM
P.S. Inosf va adolat yuzasidan shuni ta'kidlab o'tish kerakki, forumning diniy bo'limi ochilishiga bevosita katta hissa qo'shganlardan biri - ukamiz Alouddin ushbu masala - forum musulmonlari uchun alohida Islomiy bo'lim ochish bo'yicha ilgaridan qayg'urib yurar edi, afsuski, ba'zi sabablarga ko'ra forumdan uzoqlashib ketdi...

:salam: Shokirbek aka,

Alouddinning aytishicha, ha, forumning asosiy kontingenti Muslim ekan, ular uchun alohida (!) ISLOM (va yoda boshqa nom bilan bironta) bo'limi ochilishi kerak (edi). Bu bo'limda Islom, Fiqh, Sunnah, Ahadith va boshqa bo'limchalar bo'lib, bo'limning o'zi faqat Islomga bag'ishlangan bo'lishi lozim (edi).

Alouddinga ko'ra, bu haqida Joha ham ancha ko'p gapirgan. Hatto bir paytlar moderatorlarning gurungxonasida ham shu mavzu ko'tarilgan. Va lek "Islom va Muslim/alar uchun alohida bir tahta (board) ochilsa, boshqalar (ya'ni yahudiy, nasoro, majusiy va boshqa balo-battarlar) nima qiladi?" degan fikr negadir hammani chulg'ab olgan va Islom (?) deb atalishi lozim ob'lgan bir alohida bo'limning ochilishiga mone bo'lgan edi.

Holbuki, Alouddin va Joha bunga javoban "ular ozchilikni tashkil qiladi, shu vajdan ular uchun alohida board ochilishi shart emas va ular uchun umumiy bir bo'lim ochilsa bo'laveradi" degan fikrni olg'a surgan emishlar. Qarabsizki "Sanlar separatist, radical, va extermist" degan firklar (ochiq aytilmagan emish) boshlariga yomg'ir bo'lgan emish.

Forumdan nega uzolqashganini Sizga piemda aytar emish

ma'a assalamah

Observer (ning o'rtog'i)

p/s va shundan kelib chiqib, Ulug'bekka taklif: din va madaniyat bo'limi o'rniga (va yoda shu bo'lim barobarida) exclusiv ISLOM uchun bir bo'lim ochishni taklif qilaman. Detallarni yuqoridan o'qing.

p/s/s Ulug'bek, bir paytlar shu bo'limga moderatorlik qilishga ishtiyoqingiz bo'lgan emish. Mana imkoniyat, olg'a

ma'a assalamah

Abu-Hafiza
05-21-2007, 03:39 AM
Assalamu alaikum

Din va madaniyyat bo'limi shundoq ham islom bo'limidir. Bu yerda yuqorida aytib o'tishganidek shundaq ham asosan musulmonlar o'tirishadi va asosan islomiy mavzular tortishiladi. Hristyanlar bu yerga kelib bahs-munozara boshlashining o'zi ham borib borib islomiy tus olmoqda chunki ularga biz musulmonlar islomga ko'ra raddiyalar bermoqdamiz.

Kaminaning fikricha, Islom dinida bo'lmaganlarni bu yerdan to'liqligicha "ban" qilish noto'g'ri bo'ladi chunki bu bizlarga aynan o'sha odamlarga raddiya berish va bu haqida avvaldan habari bo'lmaganlarga eshittirish imkonini yo'q qiladi. Lekin butun mavzularni olib qarasangiz shundoq ham bo'limning 99 foizi islomiy mavzular bahs munozarasidir.

Endi bu yerdagi tortishuvlaru baqir chaqirlarga faqat ateistlar bilan hristyanlar sababchimi? O'zimizning oramizdagi so'kish, baqir, chaqirlarchi? Salafiy, wahhobiy, bid'atchi faloniy pismadoniy tortishmalari kammi? Nima uchun biz barcha muammolarni musulmon bo'lmaganlarga tashlab qo'yamizu o'zimiz oddiygina elementar bahs-munozara odobini o'rganmaymiz?

Kaminaning fikri o'zimiz o'zimizni isloh qilmas ekanmiz, bu yerda butun forum.uz ni diniy forum qilsak ham baribir ahvol shu bo'laveradi. Wallahu a'lam

Ulug'bek
05-21-2007, 05:05 PM
P.S. Inosf va adolat yuzasidan shuni ta'kidlab o'tish kerakki, forumning diniy bo'limi ochilishiga bevosita katta hissa qo'shganlardan biri - ukamiz Alouddin ushbu masala - forum musulmonlari uchun alohida Islomiy bo'lim ochish bo'yicha ilgaridan qayg'urib yurar edi, afsuski, ba'zi sabablarga ko'ra forumdan uzoqlashib ketdi...

:salam: Shokirbek aka,

Alouddinning aytishicha, ha, forumning asosiy kontingenti Muslim ekan, ular uchun alohida (!) ISLOM (va yoda boshqa nom bilan bironta) bo'limi ochilishi kerak (edi). Bu bo'limda Islom, Fiqh, Sunnah, Ahadith va boshqa bo'limchalar bo'lib, bo'limning o'zi faqat Islomga bag'ishlangan bo'lishi lozim (edi).

Alouddinga ko'ra, bu haqida Joha ham ancha ko'p gapirgan. Hatto bir paytlar moderatorlarning gurungxonasida ham shu mavzu ko'tarilgan. Va lek "Islom va Muslim/alar uchun alohida bir tahta (board) ochilsa, boshqalar (ya'ni yahudiy, nasoro, majusiy va boshqa balo-battarlar) nima qiladi?" degan fikr negadir hammani chulg'ab olgan va Islom (?) deb atalishi lozim ob'lgan bir alohida bo'limning ochilishiga mone bo'lgan edi.

Holbuki, Alouddin va Joha bunga javoban "ular ozchilikni tashkil qiladi, shu vajdan ular uchun alohida board ochilishi shart emas va ular uchun umumiy bir bo'lim ochilsa bo'laveradi" degan fikrni olg'a surgan emishlar. Qarabsizki "Sanlar separatist, radical, va extermist" degan firklar (ochiq aytilmagan emish) boshlariga yomg'ir bo'lgan emish.

Forumdan nega uzolqashganini Sizga piemda aytar emish

ma'a assalamah

Observer (ning o'rtog'i)

p/s va shundan kelib chiqib, Ulug'bekka taklif: din va madaniyat bo'limi o'rniga (va yoda shu bo'lim barobarida) exclusiv ISLOM uchun bir bo'lim ochishni taklif qilaman. Detallarni yuqoridan o'qing.

p/s/s Ulug'bek, bir paytlar shu bo'limga moderatorlik qilishga ishtiyoqingiz bo'lgan emish. Mana imkoniyat, olg'a

ma'a assalamah

Alouddin, xush kelibsiz!

Bu masala ancha chigal va jiddiy ekanligi, bundan oldin ham bahslashilganini yaxshi bilasiz. Shunday bo'lsa ham qayta eslash va qandaydir yechim topish albatta foydalidir.
Agar http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=25250 ga qaralsa, bu taklif haqida boshida kim (jumladan Sizning) qaysi fikrda bo'lganligini yodga olish mumkin. "Grungxonada"gi mulohazalar linkini ishlamasligi sababi, berishimning foydasi yo'q, u yerda Siz, subforum ochish haqida boshqalar fikrini o'rgangansiz, Delfning 2ta mustaqil board yaratish taklifini tinmay ko'tarayotganligi, boshida bu fikrga qat'iyyan qarshi bo'lganingiz, keyin esa o'ylab, sal boshqacharoq yechim - subforum maqbul yechim deb topganingiz va bu haqda MegaZ bilan gaplashdim deganingiz ham bor. U yerda yana, mening Delf taklifiga yaqin taklifim ham bor, u qisqacha quyidagicha edi:

I would propose to devide the religion board into two (or to have even two completely different boards, if new board is established, its moderator must be someone neutral): No.1 : Religion for Religious People, No.2: Religion and Culture for All.Then, the board of Religion for Religious People could be subdevided into two: Islam and Other Religions.

Afsuski u ikkala threadda ham Johaning qarashiga Delf ishora qilgan jumladan bo'lak narsa yo'q va gurungxonadagi postingiz По мере необходимости (просьбы) можно (да и нужно) будет открыть чайлд форумы по др. религиям. degan fikringiz bilan tugaydi.

Bu kim nima deb kelgani haqida edi...

Endi nima qilish lozimligi haqida...

Mening (o'sha paytda afzalroq deb bilgan) fikrim Delf ochgan thread va yuqoridagi ko'chirmada ko'rsatilgan.
Mustaqil boardlar taklifini MegaZ, har bir board boshqasi ishtirokchilari uchun "no go zone" yaratishini vajh qilib rad etganligi ham bu muhokama tarixidan hisoblanadi.
Bu qarashning muhim ijobiy tomoni shuki forum, faqat mana shunday turli guruhlar qatnashuvidagi bahslarda voqe'lik/hayotdagi O'zbekistonga yaqinroq muhitni taqdim etadi, demakki muammolar ko'proq va jiddiyroq ko'zga tashlanadi, demakki ular borligi tan olinadi, demakki muammolarga yechim topish sari 1 qadam oldga qo'yiladi...
Menga shu damda ajratishdan ko'ra hozirgidek aralashish afzalroq ko'rinayapti.

Lekin shu bilan bir qatorda tan olish kerakki, bu yerdagi ishtirokchilarning aksariyati musulmonlardan tashkil topgani bois, RBda ko'plab ichki muammolarimiz namoyon bo'lmoqda. Shu muammolarni qisman bo'lsa ham yechish ilinjida, o'zaro chuqurroq bahs yurutish imkonini beradigan 1ta subforum ochilsa yomon bo'lmasdi, menimcha. Uni Musulmonlar Muloqoti (Bahsxonasi?) yoki Musulmon-Musulmon Bahslari, yoki Islom SubForumi deb atash mumkin.

Bu masalani esa faqat hurmatli adminlarimiz (hozir ularning soni ham 5 taga yetgan, 4 admin+1supermoderator :) ) hal qila oladi.

Aytgancha hurmatli adminlarimizdan RBga tayinlanishi aytilgan 3-moderator haqida ham so'rasak bo'ladi...

Iltimos, bu mavzu haqida fikr bildirmoqchi bo'lsangiz, adminlar diqqatini tortish uchun http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=25250 da bildiring (bu yerda bildirilsa, baribir o'sha threadga o'tkazib yuboriladi!).

Abu-Bakr
07-07-2007, 07:23 AM
Mening taklifim sticky qilib qo'yilgan Birga Namoz o'qishni o'rganaylik (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=31277)threadi to'g'risida.

Iloji bo'lsa shu threadni postlarini ozgina tartibga keltirib qo'ysak. Sababi threadning boshlanishi namoz o'qimaganlar uchun qattiq va'idlar bilan boshlangan va o'rtalariga kelib namoz o'qishni endi boshlaganlar uchun yo'l-yo'riqlar, namoz turlari va h.k. tartibida postlar jamlangan. Namozni o'rganmoqchi bo'lganlar mavzuning boshlanishidagi va'idlarni ko'rib qo'rqib portlab ketmasin yana. :)

Jazakumullahu khayran

Ulug'bek
07-07-2007, 10:53 AM

J: Balki yozgi dam olishlarlardan so'ng, sentyabr oylari kelgach ... :), yoki tayinlanishi uzoq kutilgan yangi moderator tayinlanib qolsa yordam berar bu ishda...

Ulug'bek
07-08-2007, 04:52 AM
I recieved following PM today:
hi

i'd like my all messages to be deleted from forum.uz

thanks

Answer: It will be done.

Akhee-Abdullah
07-12-2007, 09:36 AM
Ulughbek-

Assalam alaikum wa rahmatullah,

Brodar...Sufizoda brodarimiz,,..boshqa brodarlarni "wahhobiy" haqorati bilan siylashda dawom etmoqda. U kishini bunga ishonmasin deb qaytara olmayman. Ammo forum a'zolarini yozma haqoratlashi na shariat wa na forum qoidalari, wa na umuman insoniy muomala odobiga kiradi deb uylayman.

Nazarimda siz ham shu fikrni doimo ta'kidlab kelgansiz. Shu ka'bi haqoratlarga, laqablashlarga mana shu din bulimida nuqta qoyishning ilojisi bormi? Bulsa, nima qilmoqchisiz? Qanday kumak kerak?

Bulmasa, nima uchun qolizdan kelmaydi, bunga shariy wa forum qoidalari buyicha qanday tosiqlar bor.

Brodariz,

Akhee-Abdullah al-Hanafi.

Ulug'bek
07-12-2007, 05:23 PM

Va alaykum assalom va rohmatulloh!

Boshqa forumdoshni haqorat qilish mumkin emasligi aniq va bunga yo'l qo'yilmaslik lozim, ammo...
Boshqani "wahhobiy" deyish haqiqatdan ham haqorotmikan?:rolleyes:

Haqorot deyilmaganda ham bazilar, masalan (Akhee-Abdullah) haqorat deb qabul qilayotgan bo'lsachi, unda nima qilish lozim?

Balki kuz kelib forumdoshlar soni ko'paygan paytda RBda so'rov o'tkazib haqorat yoki emasligini ko'pchilik qarashi bilan belgilash kerakdir?

Hozircha esa Sufizoda, Sizdan ILTIMOS, forumdoshlardan qaysi biri "wahhobiy" degan atamani haqorat deb qabul qilayotgan bo'lsa, ularga nisbatan bu atamani ISHLATMASANGIZ!

Akhee-Abdullah
07-12-2007, 06:28 PM

Tushunarlik.

Ulug'bek
07-16-2007, 03:00 AM
Sufizodadan kelgan munosabat:
...
Ahir qanchadan qancha postlarda SUFIYlar deyisa, hech kim mushugini pisht demaydiku. Ahir bu so'zni ular haqorat tariqasida ishlatishadiku. Yana oldiga ADASHGAN SUFIY deb ham qo'yishadi. Ahir bu ochiqdan ochiq haqoratku.
Agar siz shu bo'limni moderatori bo'lsangiz, SUFIY so'zini haqorat sifatida qo'llanganlarga ham eslatma qilib qo'ying!
Forumning umumiy qoidasiga bo'ysunib mayli hozircha vahobiy atamasini qo'llanmay turay.
...

Javob:

Hammadan ILTIMOS, sufi degan atamani haqorat deb qabul qiladigan foydalanuvchilarga nisbatan ISHLATILMASIN!
Bu turkum muammoga, kuzda yakuniyu yechim topamiz, Xudo xohlasa...

nikon
12-24-2007, 10:45 AM
рахмат ман давно ёзганман, и постни деярли ман тугатдим у ерда яна давом эттирадиган гап колмаган так что бекорга ёпвоссиз, pichoq borib taqaldimi deyman, ogrivotti shekilli uzimizga ursak, postlarni yopib quyvommiz

Shokirbek
12-24-2007, 12:05 PM
рахмат ман давно ёзганман, и постни деярли ман тугатдим у ерда яна давом эттирадиган гап колмаган так что бекорга ёпвоссиз, pichoq borib taqaldimi deyman, ogrivotti shekilli uzimizga ursak, postlarni yopib quyvommiz

Tugatgan bo'lsangiz yaxshi. Siz kabi boshqalar kelib u yerda keraksiz post qoldirmasin, deb yopdim, chunki mavzu umumiy emas, shaxsiyga o'tib ketgan ekan. Mavzu oqimi shaxsiyga aylanib ketsa yopib qo'yish maqsadga muvofiq bo'ladi, gapiriliayotgan kishi qaysi toifadan bo'lmasin.
Agar ushbu tasarrufimdan norozi bo'lsangiz, yuqori mutasaddilarga arz qilishga haqlisiz, xato qilgan bo'lsam barcha oldida sizdan uzr so'rashga harakat qilaman.

Abu Hurayra
01-01-2008, 02:49 AM
:salam:
Albatta bu forum ilm olinadigan haqiqiy madrasa emas. Lekin shunday bo'lsada ilm toliblari o'zlarining bilganlarini baham ko'rishga intilayaptilar.
Ilm baham ko'rishda albatta nuqsonlar ham talaygina. Ba'zilar manba'asiz, bazilar asl manba'ani keltirmay payg'ambarimizga :saws: tuxmat qilayaptilar.
Qisqasi Quyidagi siyosatni:
Quote:
Originally Posted by nikon http://forum.arbuz.com/images/buttons/viewpost.gif (http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=870357#post870357)
испанияда 7000 киши йилига мусулмон булаётган экан

Quote: Ulug'bek: Manba qani?!
Quote:
Originally Posted by nikon http://forum.arbuz.com/images/buttons/viewpost.gif (http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=870596#post870596)
tualetga kirsak xam endi dalil kursatadigan bulib qoldik shekilli...

Quote: Ulug'bek:
Yo'q nikon,
Siz o'ta jiddiy ma'lumotni yangilik deb quyayapsiz. Bu yerda manbani ko'rsatmaslik o'ta mas'uliyatsizlikdir.
Agar 2 kun ichida manba ko'rsatilmasa, xabaringiz ham unga qilingan mulohazalr ham o'chiriladi.

nafaqat yangilik vhk larga, balkim Islomga ta'luqli mavzularga ham qo'llanilsa. Masalan hadis iqtibos qilganda uni to'liq matnini,uning asl roviylari bilan, qaysi Sahih to'plamda kelganligi haqida ma'lumot berilıshi aks holda o'chirilishi va boshqa choralar kurilishini taklif qilamiz. Shundagina gaplar ilmiy asosga ega bo'ladi. Shundagina Inshallah Sahih gap va Botil ni farqi oddiy islomni endi o'rganayatganlarga yaqqol bilinadi. Aks holda hamma hohlagan gapini hadis deb davo qilib botil gaplarni ko'tarib kelaversa va bu nazorat qilinmasa bu yer ning ma'naviy axlatxonadan farqi qolmaydi! Allohni rizoligi haqidaku gapirmasa ham bo'ladi...

Masalan mana bu yerda bir brodarimiz (ismlarini keltirmayman) quyidagi Isloming kamimai tavhidiga zid bo'lgan safsatani "Hadisu sharif"deb davo qildilar:

Izaa tahayyartum fil-umuur,
fasta'inu min ahlil-qubur! hadisi sharifi:(Biron ishingizda mushkil ahvolga duch kelsangiz, qabrdagilardan yordam so'rangiz)
***
(Qabrdagilar bo'lmaganda, yer yuzidagilar kuyib nobud bo'lardi) hadisi shariflari
Afsuski necha bor so'ralganiga qaramasdan ushbu Hadisu shariflarning to'liq matni, roviylari sanad lari vhk haqida malumot keltirilmadi....

Bu albatta achinarli holat. Biz bu yerda biror kishiga adovat qilmoqchi emasmiz. Faqat Bu Din haqidagi gaplar oddiy dunyoviy gaplardan farqli ekanligi uchun, bunda asossiz gaplar forum ma'muriyati tomonidan beparvolik bilan qabul qilinsada Alloh oldida javobgapligi juda og'ir va kattaligini eslatmoqchi edik... Bu bo'limda brodarlarimiz mas'ul ekanlar vaqtlari bo'lganida Alloh rizosi uchun shu talablarni ham inobatga olishlarini so'raymiz...

:salam:

Abu Hurayra
01-06-2008, 04:32 PM
Hurmatli Moderator brodarlar, vaqtingiz juda ziq bo'lsada oldingi postdagi arizani inobatga olsangiz yaxshi bolardi. Bu arizani vaqtida inobatga olmaganingiz natijasida:
mana bu yerda (http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=882914&postcount=58) ko'rsatilganidek, ba'zilar Allohga tuxmat qilishga o'tishdi:

Shu va shu kabi hadisi shariflar va ularning manbai bo’lgan oyati karimalar tasavvufni amr etgan.

Bunday tuxmatlarga nisbatan chora ko'rish Imkoningiz bola turib buni qilmasangiz buni javobgarligidan(Alloh oldida) qo'rqmaysizmi?

Agar buni nazorat qilmasangizlar nima uchun Moderator'sizlar?

PS: Fleym bo'limidek bolib ketayapti, bu bolim ham...: (

Ulug'bek
01-08-2008, 06:06 AM
:salam:
Albatta bu forum ilm olinadigan haqiqiy madrasa emas. Lekin shunday bo'lsada ilm toliblari o'zlarining bilganlarini baham ko'rishga intilayaptilar.
Ilm baham ko'rishda albatta nuqsonlar ham talaygina. Ba'zilar manba'asiz, bazilar asl manba'ani keltirmay payg'ambarimizga :saws: tuxmat qilayaptilar.
Qisqasi Quyidagi siyosatni:

nafaqat yangilik vhk larga, balkim Islomga ta'luqli mavzularga ham qo'llanilsa. Masalan hadis iqtibos qilganda uni to'liq matnini,uning asl roviylari bilan, qaysi Sahih to'plamda kelganligi haqida ma'lumot berilıshi aks holda o'chirilishi va boshqa choralar kurilishini taklif qilamiz. Shundagina gaplar ilmiy asosga ega bo'ladi. Shundagina Inshallah Sahih gap va Botil ni farqi oddiy islomni endi o'rganayatganlarga yaqqol bilinadi. Aks holda hamma hohlagan gapini hadis deb davo qilib botil gaplarni ko'tarib kelaversa va bu nazorat qilinmasa bu yer ning ma'naviy axlatxonadan farqi qolmaydi! Allohni rizoligi haqidaku gapirmasa ham bo'ladi...

Masalan mana bu yerda bir brodarimiz (ismlarini keltirmayman) quyidagi Isloming kamimai tavhidiga zid bo'lgan safsatani "Hadisu sharif"deb davo qildilar:

Afsuski necha bor so'ralganiga qaramasdan ushbu Hadisu shariflarning to'liq matni, roviylari sanad lari vhk haqida malumot keltirilmadi....

Bu albatta achinarli holat. Biz bu yerda biror kishiga adovat qilmoqchi emasmiz. Faqat Bu Din haqidagi gaplar oddiy dunyoviy gaplardan farqli ekanligi uchun, bunda asossiz gaplar forum ma'muriyati tomonidan beparvolik bilan qabul qilinsada Alloh oldida javobgapligi juda og'ir va kattaligini eslatmoqchi edik... Bu bo'limda brodarlarimiz mas'ul ekanlar vaqtlari bo'lganida Alloh rizosi uchun shu talablarni ham inobatga olishlarini so'raymiz...

:salam:

Afsuski ham Mening va ham hurmatli Shokirbekning keyingi paytda mashg'ulliklarimiz oshdi. Taklifni ko'rib, ma'lum bir qoidalar majmu'ini kelajakda tuzishga ehtiyoj bordek tuyuldi.

Ammo o'sha qoidalar tuzilib bu yerga qo'yilganiga qadar, yengil, sodda ammo hojatni kamida vaqtincha qondirib turadigan qoidani sinab ko'rsak:

1. RB(ushbu bo'lim)da keltirilgan oyatlarning qaysi suraning nechanchi oyati ekanligi ko'rsatilishi lozim. Buni qilish uchun www.quranexplorer.comni (http://www.quranexplorer.comni) qo'llashingiz mumkin va bu juda ham oson.

2.RBda hadislar ishlatilganda, ularning kamida ikkilamchi manba*si ko'rsatilishi lozim. Shu bilan birgalikda o'sha ikkilamchi manbada, ishlatilayotgan hadisning boshlang'ich manbasi ham ko'rsatilgan bo'lsa bu malumotni ham ko'chirib qo'yish kuchli tavsiya etiladi.

Bu shart bajarilmagan holda post to'laligicha o'chiriladi.

Shu shartni bajarmagan postlarni ko'rgan forumdoshlardan bu haqda bo'lim moderatorlarini xabardor qilish so'raladi.

* Ikkilamchi manba deb, muallifi muayyan hadisni o'z sanadi bilan rivoyat qilmasdan, to'g'ridan-to'g'ri janobi payg'ambarimiz(SAW)ga nisbat bergan yoki birlamchi manbalarga ihsorat qilgan holda (maslan, mash'hur hadislar to'plamlaridan biriga nisbat berib) rivoyat qilgan manba, kitobga aytiladi.
Birlamchi manba esa, muallifi o'z sanadi bilan hadisni rivoyat etgan hadis to'plamlari yoki hadisning shu yo'sindagi rivoyatlarini ham o'z ichiga olgan kitoblardir.

Abu Hurayra, Siz aytgan hamma shartlarni ham talab qilib bo'lmaydi, chunki qaysi to'plamlarning faqat sahih hadisni o'z ichiga olishi yoki olmasligi, bu da'voning qanchalik to'g'riligi yoki emasligi haqida uzundan -uzoq bahslar bor. Undan tashqari, bir hadis muayyan muhaddis nazarida sahih, boshqasining qarashida esa aksincha bo'lishi ham bu fanning bir bo'lagi ekanligini bilsangiz kerak. Ammo albatta kengroq va chuqurroq ma'lumot qodirish hamisha ham tavsiya etiladi.

ps. Forumdoshlarimizdan jiddiy muloahazalari bo'lsa bemalol bildirishlarini so'raymiz.

Kamina
01-15-2008, 12:51 PM
Ассаламу алайкум!Ассаламу алайкум!
Биз ожиз ва осийларнинг билганимиз, "... мусулмон киши факатгина яхши гапларни гапиради, акс холда жим туради" , "динга халимлик билан даъват килинг, инсонларни узингиздан бездирманг" ва бу каби мазмунда сахих хадисларни сиз хам давом эттиришингиз мумкин. Айтингчи, нахотки бу каби мазмундаги хадислар мансух килинган булса?
Аслида, мен далил, исбот талаб килиб, узимнинг ваколатимга кирмайдиган, олимлар даражасидаги масалалар юзасидан махмадоналик килишдан куркаман ва сиз билан хам бошкалар билан хам бу борада бахслашишдан кочаман. Битта сабаби, балким илмим суст булcа, яна бошка сизга маълум килишим мумкин булган сабаби, бошкаларни ва албатта узимни зараримга хукм чикариб куйишдан куркиш булса керак. Шундай булсада, юкоридаги хадиснинг манбаасини ва ровийларини мендан кура, сиз жуда яхши билганингиз учун бир эслатма сифатида бердим.
Сиз илмсизлик килиб куйиб Куроън ва хадисдан узингизнинг ёки биродарингизнинг зарарига хукм чикариб куйишдан куркасизми?
Агар, курксангиз. Илми толиблар, оддий мухлислар даражасидаги масалар юзасидан канча бахс-мунозар килсангиз килаверинг. Акс холда, жим туришингизни маслахат бераман.

Uzbekistaniy
03-21-2008, 05:18 PM
Ассалому алайкум ... Азиз биродарлар!

Кўчирган мақолангиз ёки шеърларингиз муаллифини ва манбаларини (иккаласини ҳам бирга) кўрсатиб қўйсангиз, хусусан агар Исломий маълумот бўлса, бирон бир шаръий масала бўйичафатво келтириладиган бўлса албатта албатта фатво берган олимнинг исми шарифларинива қаерда айтганликларини зикр қилинглар илтимос !

Нима учун бу илтимосни таъкидлаяпман, чунки баъзи бир сайтларда ва форумларда нашр қилинган Исломий маълумотларнинг муаллифлари ва манбалари зикрқилинмаяпти. Бу нарса шаръан жоиз эмас, валлоҳу аълам.

Фатво бераётган кишининг ҳақиқатан ҳам аҳли илим эканига ишончли уламолар гувоҳлик берганидан сўнггина унинг фатвосини қабул қилиш мумкин бўлади.

ИмомМоликнинг таржимаи ҳолларида зикр қилинадики, у зот Мадина уламоларидан 70 та буюк олим "сиз фатво беришга ҳақли уламо бўлиб етишдингиз" деб гувоҳлик беришганидан кейингина одамлардан тушган саволларга жавоб бера бошлаган эканлар, шунда ҳам баъзи ҳолатларда жуда кўп саволларга "билмадим" деб жавоб қилар эканлар ва яна айтар эканларки:
"Олим киши суҳбатдошларига "билмадим" деб жавоб беришни ўргатсин ! "
(Шарҳуз-Зурқоний ала Муваттаъи Молик, 1/35)

Аллоҳ таоло барчаларимизни Тақво аҳлидан қилсинки, билиб-билмасдан гапириб юборадиган кимсалардан бўлиб қолмайлик.

Вассалому алайкум ...

Abu Hurayra
04-03-2008, 06:17 PM
Afsuski ham Mening va ham hurmatli Shokirbekning keyingi paytda mashg'ulliklarimiz oshdi. Taklifni ko'rib, ma'lum bir qoidalar majmu'ini kelajakda tuzishga ehtiyoj bordek tuyuldi.

Ammo o'sha qoidalar tuzilib bu yerga qo'yilganiga qadar, yengil, sodda ammo hojatni kamida vaqtincha qondirib turadigan qoidani sinab ko'rsak:

1. RB(ushbu bo'lim)da keltirilgan oyatlarning qaysi suraning nechanchi oyati ekanligi ko'rsatilishi lozim. Buni qilish uchun www.quranexplorer.comni (http://www.quranexplorer.comni) qo'llashingiz mumkin va bu juda ham oson.

2.RBda hadislar ishlatilganda, ularning kamida ikkilamchi manba*si ko'rsatilishi lozim. Shu bilan birgalikda o'sha ikkilamchi manbada, ishlatilayotgan hadisning boshlang'ich manbasi ham ko'rsatilgan bo'lsa bu malumotni ham ko'chirib qo'yish kuchli tavsiya etiladi.

Bu shart bajarilmagan holda post to'laligicha o'chiriladi.

Shu shartni bajarmagan postlarni ko'rgan forumdoshlardan bu haqda bo'lim moderatorlarini xabardor qilish so'raladi.

* Ikkilamchi manba deb, muallifi muayyan hadisni o'z sanadi bilan rivoyat qilmasdan, to'g'ridan-to'g'ri janobi payg'ambarimiz(SAW)ga nisbat bergan yoki birlamchi manbalarga ihsorat qilgan holda (maslan, mash'hur hadislar to'plamlaridan biriga nisbat berib) rivoyat qilgan manba, kitobga aytiladi.
Birlamchi manba esa, muallifi o'z sanadi bilan hadisni rivoyat etgan hadis to'plamlari yoki hadisning shu yo'sindagi rivoyatlarini ham o'z ichiga olgan kitoblardir.

Abu Hurayra, Siz aytgan hamma shartlarni ham talab qilib bo'lmaydi, chunki qaysi to'plamlarning faqat sahih hadisni o'z ichiga olishi yoki olmasligi, bu da'voning qanchalik to'g'riligi yoki emasligi haqida uzundan -uzoq bahslar bor. Undan tashqari, bir hadis muayyan muhaddis nazarida sahih, boshqasining qarashida esa aksincha bo'lishi ham bu fanning bir bo'lagi ekanligini bilsangiz kerak. Ammo albatta kengroq va chuqurroq ma'lumot qodirish hamisha ham tavsiya etiladi.

ps. Forumdoshlarimizdan jiddiy muloahazalari bo'lsa bemalol bildirishlarini so'raymiz.
:salam:
Bu gaplaringizga qachon amal qilasizlar? ; )
mana bu yerda: (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=44340&page=2) asossiz narsalar, sahobalarga tuxmatlar qilingan.

Balkim moderatorlar forumning ichki qoidalariga binoan betaraflik qilishi kerakdir, lekin din bo'limida magarki mas'ul ekansizlar avvalambor Allohdan taqwo qilingizlar!.
:salam: