View Full Version : Nostal'giya...
Elegance
04-25-2007, 03:11 AM
v gostyah horosho, a doma ....
soskuchilsya po vechernim peniyam sverchkov, kvakaniy lyagushek, po tyoplim volnam vetra v letniy vecher, sidish' na ayvane, vo dvore zemlya polita, azh' chuvstvuesh' zapah zemli, na nebe luna i zvyozdi, sidish' sebe molchish', tak spokoyno i svezho, tol'ko slishni peniya vechernih sverchkov i tak zasipaesh' pod otkritim nebom. Utrom prosipaesh'sya ot petushinih kukareku, kak horosho, svezhiy vozduh, spokoyno igraet radio: piiik, piiik, piiik, Toshkentdan gapiramiz, hozir soat ... ti doma ...
America, gde tut sverchki, povimerali kuda-to, gde petushinie kukareku po utram, kuda podevalis' lyagushki? Do nedavnego vremeni ne zmachal, chto imenno peniya takih nasekomih, domashnih zhivotnih uspokaivaet cheloveka.
Vam tak ne kazhetsya?!
Mana shu postni o'qiganimdan keyin yangi thread ochishga qaror qildim. Hayot taqozosi bilan ko'pchilik forum ahli chet ellarda yuribmiz ... Vatan sog'inchi, bir so'z bilan ta'riflab bo'lmas his-tuyg'ular...
Lekin baribir nimalarnidir qalbimizning eng tubida saqlab qolamiz.
Taajjub, ba'zida o'sha chang ko'chalarda chopqillab yurishni, tomlarda varrak uchirishni, GUM oldidagi gummani, avtobuslarda tiqiilib-siqilib yurishni, 10 minutda yetib borish mumkin bo'lgan joyga tramvayga chiqib naq 1 soatda yetib borishni va hakozolarni yurak-yuragimizdan yana bir marta qaytib kelishini xohlaymiz...
Sizchi? Siz nimani sog'indingiz?
P.S.: Bunga o'xshash thread ochilgan bo'lsa, oldindan uzr so'rayman.
Elegance
04-27-2007, 02:43 AM
Juda ham sog'indim... Uyimizni, daraxtlar bilan to'la ko'chlarimizni, samimiy, mehmondo'st va mehribon odamlarimizni, yuzidan nur yog'ilib turgan mo'ysafidlarimizni, ko'zlarida samimiyat va beg'uborlik ufurib turgan bolajonlarimizni...
Maktabga qatnaydigan yo'llarimizni... Yodimda, ertalab singlim bilan maktabga borardik. Sinfdoshlarimiz bilan ko'chada ko'rishib, keyin maktabga qarab yo'l olar edik... Beg'araz hazil-huzillar... O'sha vaqtlarda hech kimning xayoliga kiyim-kechak haqidagi gaplar kelmas edi...
Qanday ajoyib damlar edi... Sof, musaffo va beg'ubor bolaligimni so'gindim... Juda ham...
asdf25
05-04-2007, 02:40 AM
скучаю по дому
saturn
05-05-2007, 09:52 AM
согиндим..
ховлимиздаги гилосга чикиб олиб, туйгунимча гилос ейишни...
согиндим, эрталаб соат 4 да туриб, урик теришни..
согинаман.. Онамнинг мактабдаги дарс утадиган хоналарини..
согинаман... мактабимиз болаларини..
мактабга борволиб, соат 8 гача кеча кечкурун телевизорда курган киноимизани мухокама килишни...
ёки уйга вазифани ёнимда утирадиган киз/болага кучиртиришни....
сакрамачок, опаздалушки, резинка уйнашни... бизада яна синфимизани фирменный уйини буларди - "котирмачок"; синф боллари ва кизлари бирга уйнидиган. уша уйинимизани согиндим..
мактабимиз сахнасини согиндим... куп кечала уюштирардик. ман бошловчи булардим..
кейин.. кейин.. 9 синфни битирдик.. нимагадур хам роса йигладим..
"Шодликларим чексиз бирок, айриликдир огиррок
Юракларга ларза солар, хайхот сунгги кунгирок..."
шу ашулани айтиб йиглагандим..
9 синфни битирганимга 9 йил булишига 19 кун копти... мани болалигим...
Ismoilzoda
05-05-2007, 02:06 PM
Ман Узбекистонда яшасамда, бир йил мусофирчиликда булганман.
Шу сабабли хозир хорижда юрган ватандошларимиз калбларида нима кечаётганини жуда яхши биламан ва уларни уз ватанини, якинларини согинишини тушунаман.
Лекин мусофир булмаган кишиларда хам согинадиган нарсалар талайгина деб уйлайман: ешликни, хаётнинг ширин дамларини, йукотган кишиларини, биринчи мухаббатини....
Инсон качонки бир нарсани йукотса унинг кадрига етар экан. Лекин куп холларда узига кадрли булган кишини ёки буюмни йукотганида афсуски кеч булади. Борида чора-чора, йугида банда бечора дейди халкимиз.
Канчадан-канча эр-хотинлар ажрашиб кетишади. Бошида хамма узича хак булади, карши тарафни айблайди, тугри карор кабул килганига ишончи комил булади. Турмуш уртогининг факатгина ёмон тарафларини куради. Баъзида фарзанд борлиги хам кузини босган пардани олишга ожизлик килади. Кейинчи? Орадан вакт утгач, уруш-жанжаллар, узаро келишмовчиликлар, хакоратлар унутилар экан. Турмуш уртоги булган кишининг яхши тарафлари эсда колади. Кейинчалик канчалик афсус килмасинки, оркага кайтаришга имкон топа олмас экан. Имконият булганда эса баъзилар оиласини тиклашга гурури йул куймас экан. Шу лаънати гурурни деб яна согинч денгизига гарк буларкан.......
Эххххх! Мен кизимни жуда согиндим.....
Согиндим....
Ismoilzoda
05-05-2007, 02:28 PM
Биласизми Белль хоним
Кизик мавзуни очганингиз учун рахмат
Узр Thanks билдиришни форумда кандай бажарса булади?
форумда янги киши булганлигим сабабли билмайман.
Жуда куп мавзуларда рахмат дегим келадию йулини билмайман.
Яхши мавзу учун рахмат, ичимдагини айтиб бироз булса-да енгил топдим.
Аллох сиздан рози булсин!
Elegance
05-05-2007, 02:32 PM
Men ham.. juda ham sog'indim...
Pianinomni...
Musiqa maktabimni...
Mutaxassislik bo'yicha topshirgan imtihonlarimizni...
Uyushtirgan konsertlarimizni...
Bizning san'atimizni olqishlab chalingan qarsaklaru, ota-onalarimiz yuzidagi g'urir va sevinchni...
Sog'indim... Hamma, hammasini... O'sha paytdagi bolalar ham boshqacharoq, soddaroq bo'lganmiyey...
Bir voqea hech ham esimdan chiqmaydi...
Ko'chamizdagi barcha bolalar yig'ilib, konsert uyushtirmoqchi bo'lganmiz... Rang-barang qilib, afishasifat e'lonlarni orqasiga tish pastasi (Nu Pogodi degan bolalar tish pastasi bo'lariydi , agar eslaseylar)surib devorlarga yopishtirib chiqqanmiz... Lekin...
Tomoshabinlar boru, koncert beruvchilar yo'q edi... :lol:
O'sha kuni nimadur bo'lib hammamiz yoppasiga boshqa joyga ketvorganmizmiyey... Ishqilib, antiqa bo'lgan... Uyga qaytib kelib, devordagi e'lonimizni ko'rganimizdan keyingina, koncert berishimiz kerakligi esimizga tushgan. Mana shunaqa antiqa "san'atkor"lar bo'lganmiz... Yaxshiyamki, bilet sotmagan ekanmiz...:lol:
Eh, bolaligim meni, bolaligim... Seni sog'indim...
Elegance
05-05-2007, 02:38 PM
Биласизми Белль хоним
Кизик мавзуни очганингиз учун рахмат
Узр Thanks билдиришни форумда кандай бажарса булади?
форумда янги киши булганлигим сабабли билмайман.
Жуда куп мавзуларда рахмат дегим келадию йулини билмайман.
Яхши мавзу учун рахмат, ичимдагини айтиб бироз булса-да енгил топдим.
Аллох сиздан рози булсин!
Off: Thanx larni saqlab turing, Ismoilzoda janoblari! :lol:
Postlaringiz soni 50 tadan oshganida THANKS degan tugmacha chiqadi. (Agar chiqmasa, demak postlaringiz soni 100 tadan oshishi kerak bo'ladi. Sababi, hamma userda bu MO"JIZAVIY tugmacha har-hil vaqtda chiqqan ekan :D )
Ana shundan keyingina minnatdorchilik bildiraverasiz... Ungacha bizdan olib turasiz-de thankslarni...
Alloh barchamizdan rozi bo'lsin! :)
P.S.: Ha, aytgandek, tantanali ravishda va'da bersangiz ham bo'laveradi: "Menkim Ismoilzoda janoblari, Belle xonimni shu ochgan mavzusiga bitta thanks ni berishga o'z inon-ihtiyorim bilan roziman", deb... (Bu mani THANKS tugmachani ishlagunimcha tutgan yo'lim edi ;))
Prudence
05-05-2007, 02:42 PM
По маме, по папе :(
Ismoilzoda
05-05-2007, 02:56 PM
P.S.: Ha, aytgandek, tantanali ravishda va'da bersangiz ham bo'laveradi: "Menkim Ismoilzoda janoblari, Belle xonimni shu ochgan mavzusiga bitta thanks ni berishga o'z inon-ihtiyorim bilan roziman", deb... (Bu mani THANKS tugmachani ishlagunimcha tutgan yo'lim edi ;))[/QUOTE]
Битта эмас, 10 та THANKS бердим!
Бундай маслахатдан кейин.
;) ;) ;)
Ismoilzoda
05-05-2007, 02:57 PM
P.S.: Ha, aytgandek, tantanali ravishda va'da bersangiz ham bo'laveradi: "Menkim Ismoilzoda janoblari, Belle xonimni shu ochgan mavzusiga bitta thanks ni berishga o'z inon-ihtiyorim bilan roziman", deb... (Bu mani THANKS tugmachani ishlagunimcha tutgan yo'lim edi ;))[/QUOTE]
Битта эмас, 10 та THANKS бердим!
Бундай маслахатдан кейин.
;)
Borz_man
05-05-2007, 03:14 PM
Hayotimda birinchi marotaba musofirchilikga,
uzoq muddatga maktabni bitirishim bilan institutga kirishim
sabablik boshqa o'lkaga ketganman.Shunda simestr tugagandan
so'ng uyga qaytib Ota-Ona,qarimdoshlar,mahalladoshlar,
do'stlar va qo'ni-qo'shnilarga umuman boshqacha hissiyot bilan
hurmat qilishni boshlaganman.Musofir bo'lgan inson o'zini
har-bir holatiga o'zi mas'ul bo'lganiga yumushlar ham ko'p
bo'lar ekan,toza va chiroylik yurush uchun ancha mehnat
va vaqt sariflashlik,qorinni to'ydiriah uchun uzoq vaqt qozon
ustidagi mehnat, Onamlani qadrlariga yetib ularga bo'lgan muhabbat,
hurmat va izzat juda oshgandi.
"Musofir bo'lmaguncha -Musulmon bo'lmaysan"
degan qovlga ishonib 100% guvoh bo'lganman.
Musofirchilikda Allohga bo'lgan ehtiyoj ham oshadi,
shu bois Allohni ko'p eslanadi.
Allohni har-bir berayatgan sinoviga ,o'zi rozi bo'lgan holda o'tishlik hammamizga nasib qilsin.................
GiGaByTe
05-05-2007, 04:06 PM
ёки уйга вазифани ёнимда утирадиган киз/болага кучиртиришни....
apasniy qiz buganakansizda a :shock: :lol:
Nevidimka
05-05-2007, 04:41 PM
juda ham ajoib mavzu Belle.Katta rahmat.Hecho bu erga oz soginch dardlarimizni tokib olsak bolar ekan.Postlarni oqib ichlarim ezilib ketdi,shunchalik ham bu soginch kasalig ogirligini oldin bilmagan ekanman,juda judaaaaaaaaaaa sogingim bollarimni,ota onamni,mahalamizni,uimizni,bollalarimni shoshilib ertalab katta kalishlarni kiyb bogchaga olib borishni :( onam bilan dasturhonda otirib maza qilib gaplashishni,opa singillarimni,opa singillarim bilan kechki pait televizor korishni.Opamlar bilan ishlaridagi muammolarini aitib berar edi,eshitib
otirishlikni.otajonimni ishdan kelsa, yugurib chiqib eshigni ochishni,dadajonimga choy tayorlashni,uimizda soviqda qishlarda turib kir chaishni,muzlab , sovqatib ketar edim,Dadamlarni fermalariga borib pahta terishni,dalamizni sogindim,mol quilarimizni sogindim.Shoftolilarimiz pishganda borib yashiglarga terishni,u shaftolilar qichishqoq bolar edi.Shu qichishqoq shoftolini ham sogindim.Dugonalarim bilan telefonda chaq chaqlashib gaplashib otirishni.Onajonimni har oy otirishlarga tayorlargarlik qilishni.Mehmon kuzatishlarni.Undan keyin kopkinaaaaaaaaa idish tovoqni yuvishni charchab uhlar edim shularni sogindim juda ham.Uzumni homtok qilishganda,hovlimizni chiroylik qilib supurib,suv sachib kuishlikni.Bollarimni Yakshanba kuni 1 haftalik kiymlarini tayorlab kuishlikni sogindim.Bolajonlarim bilan otirib sherlar yotlatkizishni,bayramlariga chiroylik qilib yasantirib olib borishlikni.Har oy bogcha pulini vahtida olib borishligni judaaaaaa sogindim.Singillarim bilan dadamlar bilan katta bozorga borib,dadamlar olib berishar edi,kiym kechakni oshalarni sogindim.Bozorlikni qilib undan keyin ozimizni oshhonaga borib tuib tuib shashlik eishligni sogindim........... Yaqin dugonamlarni sogindim.Chichintoi oglimni Shohislombegu ,asalka qizim Madinahonni sogindim,har qancha yozsam ham bu soginch kasaligini yoragimdan toldirib chiqara olmayman shekilik.ohhhhhhhhh maili yana davom etarman kuch iygib olib ,chunki hozir kozimdan soginch iygi yoshlanib ketdi.:uups:
oddi piyolada choy ichishlikni sogindim.afsus qilaman ozim bilan bila olib kelmagan ekanman piyolani,har safar choy ichsam,bakalda ichganday bolmayman.Ozimizni sodda odamlarni,ishdan kelayotsam,mahalamiz boshidan ohirigacha eshiglarni tagi bir hilda sachralgan suvlarni korib orom olishni sogindim.Ozimizni eshigim tagidagi origni Gorasini eishligni sogindim tuzga botirib.Shanba ,Yakshabna singillarim bilan ish bolishib magnitafonni baland qilib uilarimizni generalni uborka qilishlikni sogindim.Enamlarnikiga borsak,katta uchogda osh qilishar edi,kopchilik bolib otirib osh eishligni sogindim.Ochag oshini juda ham sogindim.Ozimizni uimizdan bogimizdan pamildorini olib shakarop qilishligni sogindim.
erkak#1
05-06-2007, 12:46 AM
Kindik qonim to'kilgan, tuprog'imni sog'indim.
Niholimga ko'k ilgan, yaprog'imni sog'indim.
Men bir qamish nay bo'ldim, taqdir suygan may bo'ldim.
Tiz cho'kmoqqa shay bo'ldim, bulog'imni sog'indim
Diyor qumsab, dil yotmas, hayolsiz tong otmas.
Botirganda non botmas, qaymog'imni sog'indim.
Har qadamim moh-pora, gul-u gulzor, favvora.
Ko'ngil ekan nachora, yantog'imni sog'indim.
Jayron ko'zlar jodular, sodda ko'nglim oh urar.
Tushlarimda ohular, so'qmog'imni sog'indim.
Erkaligim sig'ishgan, ardog'imni sog'indim.
Do'st, qadrdon, tug'ishgan, aymog'imni sog'indim.
rosefire
05-06-2007, 01:02 AM
buvajonimni kaftlarini yuzimga qoyvolib, quchoqlariga boshimmi qoэib, hech nimani oylamay mazza qib uhlashni juda juda sog'indim.
Abu-Bakr
05-06-2007, 01:24 AM
manam shu musofirchilikda hamma narsani qadriga yetganman. birinchi bo'lib onamni sog'ingandim. Usha paytta hamma qilgan qo'polliklarim, ularni hafa qilganim birma-bir ko'z oldimdan o'tib rosa yig'lagandim.
yana vatanni tuprog'ini ko'zimga surtib o'paman degan gapga hayron bo'lardim. Bir do'stim UZBga otpuskka ketayotganda so'ragan edi nima olib kelay dep, man unga "bir qism tuproq, va yana o'zimizni vodoprovoddan suv olib kegin" degandim. Uyga o'zim borganda birinchi bo'lib borib rosa to'yib suv ichgandim...
...gilos daraxtga chiqvolip to'yib-to'yib gilos yegim kevotti. Uyda nima meva pishsa birinchi bo'lib o'zim yeb berardim, sababi daraxtga boshqala uncha chiqishni bilishmasdi.
nazarbekka borganda eeertalab yangi sog'ilgan sut ichardim, keyin qaymoq issiq patir bilan, asal. kechki payt qo'ylani haydab jarga tushardik. qo'yla o'tlab yurvurardi, biza cho'milib baliq tutardik. bir kuni suvga tushib ketganman, ana endi o'ldim, suzishi bilmiman, baqiraman dep ozimni ochsam suv kirip ketvotti. o'ziyam biiir chele suv yutvorgan edim...
PS: juda yaxshi tema ochibsiz, raxmat. Musofrichilikda ko'p narsani korarkan odam. Payg'ambarimiz :saws: ham: "Safarga chiqinglar, u sizlar uchun ma'naviy hamda moddiy tarafdan foydadir" degan ma'noda hadis aytganlar.
Ismoilzoda
05-06-2007, 12:33 PM
[I]oddi piyolada choy ichishlikni sogindim.afsus qilaman ozim bilan bila olib kelmagan ekanman piyolani,har safar choy ichsam,bakalda ichganday bolmayman.
Ёзганларингиз таъсирлантириб юборди. Таажуб, инсон барибир яхши нарсаларни согинар экан. Сизни ёзганларингизни укиб мусофирлик даврим яна эсимга тушди.
Бир вокеа булган эди. Узим билан сафарга пиёла олиб кетгандим. Атрофимдаги юртдошларимни хаваси келарди манга. Галма-галдан пиёлада чой ичардик. Бир куни тасодифан синиб колди. Кизик, оддий бир буюмку, лекин унга урганиб колган эканмиз. Юрагимизнинг бир парчаси сингандан булди. Бир неча кунгача тушкун холатда эдим. Одам хам бир буюмга шунчалик богланиб колишини шунда билганман.
Ismoilzoda
05-06-2007, 12:35 PM
Kindik qonim to'kilgan, tuprog'imni sog'indim.
Niholimga ko'k ilgan, yaprog'imni sog'indim.
Men bir qamish nay bo'ldim, taqdir suygan may bo'ldim.
Tiz cho'kmoqqa shay bo'ldim, bulog'imni sog'indim
Diyor qumsab, dil yotmas, hayolsiz tong otmas.
Botirganda non botmas, qaymog'imni sog'indim.
Har qadamim moh-pora, gul-u gulzor, favvora.
Ko'ngil ekan nachora, yantog'imni sog'indim.
Jayron ko'zlar jodular, sodda ko'nglim oh urar.
Tushlarimda ohular, so'qmog'imni sog'indim.
Erkaligim sig'ishgan, ardog'imni sog'indim.
Do'st, qadrdon, tug'ishgan, aymog'imni sog'indim.
Жуда самимий шеър экан. Дилдан чикариб ёзилган. Рахмат
Ismoilzoda
05-06-2007, 01:00 PM
Ozledim, elinin kokusunu ozledim...
Ozledim, sim-sijak nefesini ozledim...
Азизам мендан рози булгин.....
kingdom
05-06-2007, 01:01 PM
lap toplarimiz aka-uka ekanmi?:D shu gapizga bir choy damlavordim. bizani tarafga kelsangiz birga choy ichardik, 2ta piyola bor. :)
baraka topkur bitta klient podarka qilib ketgan edi, sal-pal bo'sayam dardini yengillatadi dep :D
AFANDI
05-06-2007, 01:20 PM
Kindik qonim to'kilgan, tuprog'imni sog'indim.
Niholimga ko'k ilgan, yaprog'imni sog'indim.
Men bir qamish nay bo'ldim, taqdir suygan may bo'ldim.
Tiz cho'kmoqqa shay bo'ldim, bulog'imni sog'indim
Diyor qumsab, dil yotmas, hayolsiz tong otmas.
Botirganda non botmas, qaymog'imni sog'indim.
Har qadamim moh-pora, gul-u gulzor, favvora.
Ko'ngil ekan nachora, yantog'imni sog'indim.
Jayron ko'zlar jodular, sodda ko'nglim oh urar.
Tushlarimda ohular, so'qmog'imni sog'indim.
Erkaligim sig'ishgan, ardog'imni sog'indim.
Do'st, qadrdon, tug'ishgan, aymog'imni sog'indim.
:crying::crying::crying::crying::crying::crying::c rying::crying:
AFANDI
05-06-2007, 01:27 PM
yoshligimda bir yangi yil kechasi, tojikistonda notinchlik vaqtlari, sovuq qish svet bir oydan beri yoq. onam yangi yil sovgasi berdilar menga va ukalarimga, bir selafan ichida bitta olma ikki uch qant pufak (shar)... sovga shu.
lekin hech qaysi yangi yilda usha kundek hursand bolmagandim.
erkak#1
05-06-2007, 02:39 PM
Жуда самимий шеър экан. Дилдан чикариб ёзилган. Рахмат
Bu g'azal kimniki ekanligini aniq bilmadim... lekin dilni ezadigan ekan.
Ismoilzoda
05-06-2007, 02:48 PM
Бахор пайтида каттик жала куйганида ёмгир тагида зонтиксиз югуриб юрардик, футбол уйнардик. Уйга жикка хул булиб кайтганимда онамлар роса уришар эдилар. Уша дамларда хеч кандай муаммолар булмаган, узимиз хам жуда шух эдик. Хозиргидек бошимиз хар хил проблемлар ва ечимлар билан тула эмасди......
Ох мани бегубор ёшлигим, кайларга кетиб колдинг?.....
Ишончим комилки, 99% инсонлар болалигини согинадилар.
Ха, айтганча, Юлдузхоним Усмонованинг яхши, таъсирли кушикларини хам жуда согиндим... "Дадажон" деган кушиги чикканида жуда хурсанд булдим эшитиб, янги концертида эса афсус факатгина шу кушик эътиборга лойик... Озода билан ким ошдига уйнамасдан, илгаридагидек одамни кунглига кириб борадиган кушикларни (Бер Аллохим, Хаёт кушиги, Бир кизгина ухлайди, Онажоним, Бахор ва бошкалар каби) купрок ёзсалар халкимиз узи шундогам ажратиб оларди ким биринчилигини.....
Ulug'bek
05-06-2007, 02:53 PM
Bu g'azal kimniki ekanligini aniq bilmadim... lekin dilni ezadigan ekan.
Quote:
Originally Posted by erkak#1 http://forum.arbuz.com/images/buttons/viewpost.gif (http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=703101#post703101)
Kindik qonim to'kilgan, tuprog'imni sog'indim.
Niholimga ko'k ilgan, yaprog'imni sog'indim.
Men bir qamish nay bo'ldim, taqdir suygan may bo'ldim.
Tiz cho'kmoqqa shay bo'ldim, bulog'imni sog'indim
Diyor qumsab, dil yotmas, hayolsiz tong otmas.
Botirganda non botmas, qaymog'imni sog'indim.
Har qadamim moh-pora, gul-u gulzor, favvora.
Ko'ngil ekan nachora, yantog'imni sog'indim.
Jayron ko'zlar jodular, sodda ko'nglim oh urar.
Tushlarimda ohular, so'qmog'imni sog'indim.
Erkaligim sig'ishgan, ardog'imni sog'indim.
Do'st, qadrdon, tug'ishgan, aymog'imni sog'indim.
Olaaa!
Shundoqqina ko'chirib qo'yibdilaru, she'rning tepasida turgan muallif ismini ko'rmaganmushlar! :)
She'r Bobur Bobomurodga tegishli.
Manba: http://shaydo.boom.ru/boburbobo.htm (http://shaydo.boom.ru/boburbobo.htm)
Iceman
05-06-2007, 03:23 PM
hmmmm, uyni tashqarisida supa degan narsa bo'lardi ishdan charchab keliiiiib, o'sha joyda issiqqina choyni uriiib adam bilan suhbat qilishlarni, oyimga erkalik qilishlari, opachalarimni joniga tegib hazil qilishlar kallamdan chiqmayapti! shunaqa ob-havo bolyapti!
Odam rosa sog'indi, har chand omadu har chand boylik va har qanday narsa meni hech ko'niktirmayapti!!!
o'z kulbamni men ham sog'indim. . .
bacha
05-06-2007, 03:24 PM
Hich sog`inish degan narsa yuq edi, sizlarni yozganlaringizni uqib, har bir aytgan suzlaringizda uzimga taaluqli narsa topib sog`inganimni tushundim. Hozir kompni uchurib, uhlab, turib, ishga borib, yana hich narsani sog`inmay yuraman. K chertu sog`inish! :)
Ismoilzoda
05-06-2007, 03:37 PM
Hich sog`inish degan narsa yuq edi, sizlarni yozganlaringizni uqib, har bir aytgan suzlaringizda uzimga taaluqli narsa topib sog`inganimni tushundim. Hozir kompni uchurib, uhlab, turib, ishga borib, yana hich narsani sog`inmay yuraman. K chertu sog`inish! :)
Барибир, ничего у вас не получится!
Эртага янаям кучаяди согиниш туйгуси!
От этого уже не убежишь...
"-Эх биродар, бу йулга киргандан кейин чикиб кетиш кийин булади"
фраза из видеофильма "Чангак"
saturn
05-06-2007, 06:38 PM
тасодифан.... :rolleyes:
*mini*
05-06-2007, 06:50 PM
тасодифан.... (http://youtube.com/watch?v=oIFmhye6fqw) :rolleyes:
ochen horoshaya pesnya, spasibo za napomyananie....k sojaleniyu vremyana izmenilis, i takih soderjatelnih pesen stanovitsya vse menshe i menshe :(
Nevidimka
05-06-2007, 08:34 PM
YouTube - Nepara - Drugaya Sem'ya=
ana unda soginchimni yana bir bor sababi..............:uups:
Elegance
05-07-2007, 05:45 AM
Sog'indim, SIZni...
Mayusgina qarashlaringizni...
Mehr to'la ko'zlaringizni...
Shirin so'zlaringizni...
Issiqqina bag'ringizni...
Onajonim meni, mehribonim...
SIZni sog'indim... :(
Ismoilzoda
05-07-2007, 02:49 PM
Muhammad Yusufga
Tug`ilgan yurt mehri boshqadur,
Marg`ilonda uylarim qoldi,
She`rlar ko`pdir, sehri boshqadir
Muhammadsiz kuylarim qoldi.
She`rlaringiz dardlarim edi,
Sizni dardning qay biri yedi,
Bu torim ham she`ringiz dedi
Yozilmagan kuylarim qoldi.
Zor-zor yiq`lab turar Andijon,
Yetmasmidi Boburu Cho`lpon,
Topolmayin axtarib shu on
Muhammadsiz kuylarim qoldi.
Musibatdan yurak to`ldiyu,
Kutilmagan armon bo`ldiyu,
Taqdirmi yo ko`rgulikmi bu
Aytilmagan kuylarim qoldi.
Dardlaringiz qadriga yetdim,
Kuyni yozib, she`ringiz kutdim,
Ushbu kuyni zor yig`lab bitdim
Muhammadsiz kuylarim qoldi.
Zor-zor yiq`lab turar Andijon,
Yetmasmidi Boburu Cho`lpon,
Topolmayin axtarib shu on
Muhammadsiz kuylarim qoldi.
Yulduzhon Usmonova ijodidan...
johnny_80
05-07-2007, 05:41 PM
Яшашга мадор йук, хуп тойдим холдан
Саодат даврига хосдир согинчим
Йулбошчи ахтариб адашдим йулдан
Расулуллох сизни каттик согиндим
Насихат олмагач дилбандим фарзанд
Бирор бир гузаллик килолмас хурсанд
Отам хам тузукрок беролмади панд
Расулуллох сизни каттик согиндим
Гала кас ичида тентираб, хориб
Узимни сезяпман тамоман гариб
Оиша онамни тушимда куриб
Расулуллох сизни каттик согиндим
Хеч кандай фойда йук минг бир таъмирлар
Хатто тушагимда илон гимирлар
Хиёнатнинг боши бу кун амирлар
Расулуллох сизни каттик согиндим
Тамом гунохкорман куйсам бир кадам
Шахримда тополмам тузук бир одам
Далда булолмагай хатто волидам
Расулуллох сизни каттик согиндим
Ахлимда куринмас Хакнинг талаби
Ёпилиб ис босган Ислом мактаби
Кучиб куйвормаган Уккоша каби
Расулуллох сизни каттик согиндим
Уттиз йил теран бир нигох-ла усдим
Охир дустлик уйин кунглим-ла буздим
Душманга айланди энг якин дустим
Расулуллох сизни каттик согиндим
Омон-омон юртда деганлар балли
Огир кун тушганда йукдир тасалли
Устоз деб ном олмиш мунофик феълли
Расулуллох сизни каттик согиндим
Сизнинг бошингизга нурин сочиб бир
Ажабки шамс нечун йигламаётир
Бугунги кунимдан кетиб хавотир
Расулуллох сизни каттик согиндим
Сездим буёгига омадим кулмас
Колган умримдан хам юрагим тулмас
Сал тоза иймонда кетмасам булмас
Расулуллох сизни каттик согиндим
Ismoilzoda
05-07-2007, 08:24 PM
Яшашга мадор йук, хуп тойдим холдан
Саодат даврига хосдир согинчим
Йулбошчи ахтариб адашдим йулдан
Расулуллох сизни каттик согиндим
Насихат олмагач дилбандим фарзанд
Бирор бир гузаллик килолмас хурсанд
Отам хам тузукрок беролмади панд
Расулуллох сизни каттик согиндим
Гала кас ичида тентираб, хориб
Узимни сезяпман тамоман гариб
Оиша онамни тушимда куриб
Расулуллох сизни каттик согиндим
Хеч кандай фойда йук минг бир таъмирлар
Хатто тушагимда илон гимирлар
Хиёнатнинг боши бу кун амирлар
Расулуллох сизни каттик согиндим
Тамом гунохкорман куйсам бир кадам
Шахримда тополмам тузук бир одам
Далда булолмагай хатто волидам
Расулуллох сизни каттик согиндим
Ахлимда куринмас Хакнинг талаби
Ёпилиб ис босган Ислом мактаби
Кучиб куйвормаган Уккоша каби
Расулуллох сизни каттик согиндим
Уттиз йил теран бир нигох-ла усдим
Охир дустлик уйин кунглим-ла буздим
Душманга айланди энг якин дустим
Расулуллох сизни каттик согиндим
Омон-омон юртда деганлар балли
Огир кун тушганда йукдир тасалли
Устоз деб ном олмиш мунофик феълли
Расулуллох сизни каттик согиндим
Сизнинг бошингизга нурин сочиб бир
Ажабки шамс нечун йигламаётир
Бугунги кунимдан кетиб хавотир
Расулуллох сизни каттик согиндим
Сездим буёгига омадим кулмас
Колган умримдан хам юрагим тулмас
Сал тоза иймонда кетмасам булмас
Расулуллох сизни каттик согиндим
Тан бердим! Айтганингдан хам зур экан.
Аллох сендан рози булсин.
Иймонинг бундан хам мустахкам булсин.
johnny_80
05-07-2007, 08:42 PM
She'r Xayrulloh Hamidovniki.
Bir ustozim bo'lardilar.. Mani Islomga kirishimga sababchi bo'lgan.
Har hafta dars qilardik u kishi bilan. (Qur'ondan, arab tilidan)
Har bir so'zlari hikmatga teng edi, jim eshitib o'tirardik..:cool:
Menga juda ko'p yaxshi narsalarni o'rgatgandilar. U inson bilan gaplashsam hamma g'am-tashvishlarim esimdan chiqib yengil bo'lardim..
Afsus, sig'dirishmadi. Hozir hijratdalar.
Qani endi o'sha kunlar yana qaytib kelsa.
Ustozim!! Sizni juda sog'indim!!
UZBEK
05-07-2007, 10:05 PM
Men ham juda,juda juda sogindim...Bolaligim o'tgan uyimni,mahallamni,maktabimni,ustozlarimni,dugonala rim,do'stlarim,yaqin-uzoqlarim hamma hammani juda SOGINDIM.ONAJON SIZNI ISSIQ BAG'RINGIZNI,SHIRIN ERKALASHLARINGIZNI,ERTA BILAN UYGOTISHLARINGIZNI,ISSIQQINA SHIRIN CHOY QILIB BERISHINGIZNI,KO'ZINGIZDAGI MEHRNI TASVIRLAB BEROLMAYDIGAN DARAJADA SOGINDIM.Singillarimni opajon deya chaqirishini sog'indim.Adajonimni ishdan qaytganlarida olib keladigan issiq yopgan nonlari bilan muzqaymoqni birga yishni juda-juda sog'indim.
Ota-ona,opa-singil,aka-uka boringki o' z ona tuprog'imizdan qanchali uzoq bo'lmaylik,bilamiz ular bizni yahshi ko'radi,ular bizni hech narsaga hech qachon almashmaydi.Mana shunday ularni cheksiz mehrlari biz uchun
etarli.
Bu dunyoga har bir inson sinovlarni engish uchun kelgan,Yaqinlardan uzoqda bo'lish ham ollohimning suygan bandasiga bergan bir sinovi deb bilaman.Ollohim barchamizga sabr-toqat bersin.
Elegance
05-13-2007, 06:17 AM
Sog'indim, azizim, sizni sog'indim...:cry:
Abu-Bakr
05-13-2007, 06:50 AM
maktab paytlari darsga bir amallab kirmaslik uchun bahona topishga harakat qilardik. Usha paytla TVda "Alifbo saboqlari" degan ko'rsatuv bo'lardi, usha ko'rsatuvda chiqib turardim. Birinchi marta podarka qilib bitta ruchkamiii berganda o'zimcha hursand bo'ludim. TVga borgan kunimiz bayram edi. Ettan chiqb park, yo cho'milishga surardik... shu bilan kun o'tib ketardi.
Televideniega borganda har hil akterlani ko'rib, keyin boshqalaga maqtanib yurardik....
yana ramazon keganda masjidga chiqib boshqa bolla bilan talashardik kim birinchi qatorga o'tib tasbeh/qur'on o'qishga. Mikrofondan ovozim chiqsa hursand bolardim, uydagilar, butun mahalla mani ovozimmi eshitvotti dep. heh.
ramazon etishlachi,.... rosa pul yig'ib hammasiga sega o'ynagani borardik
Glance
05-13-2007, 06:51 AM
Opajonimmi, Pochajonimmi, Umarjonimmi sog'indim...
O'qigan liseyimmi sog'indim, ko'p yahshi narsala o'rgatishgan, oqituvchilarimmi (liseydagi) so'gindim, rosa o'hshagim kelardi ulaga..(maktabimmi hayotta sog'inmasam kere, qanaqadur seeeriy esliman, yoqmidi bolaligim)..
LOL..lisey yopilvotganda o'zimizcha "Setora" bo'p chiqqanmiza o'shanda "Borsan" digan ashula hit bo'gandi, so'zlarini o'zgartirib etib chiqqanmiz, haaamma yig'lagandi (o'zimizam):
Sog'inchga to'lib qalbim,
Sinflar turadi jim
Liseyim sendan qolgan
Beg'ubor hotiram.
Jaranglaydi qo'ng'iroqlar
Ustozlarim ko'z o'ngimda
Lisey ruhi yahsar mangu
Baribir men uchun borsan..(shuni zo'rg'a esladim :D)
Vezunchik
05-13-2007, 07:43 AM
YouTube - Alla Pugacheva-1976 Мне Нравится
YouTube - Я спросил у ясеня
a eta, chtob Vam priyatno Nastalgirovat ….
http://www.youtube.com/watch?v=f4uCQPZMpmg&mode=related&search=
Elegance
05-19-2007, 04:59 AM
Sog'indim, juda ham...
Kitoblarimni, uyimizdagi kutibxonani...Bolaligimda "Sariq devni minib", "Malish i Karlson", "Peppi dlinnochulok" larni shunaqa mazza qilib o'qir ediiiim...
Onamlar har hafta kitob magaziniga olib borib, albatta, bizga kitob olib berardilar. O'zimiz borib, kitob tanlashimiz biz uchun bu bir baxt edi...
Keyin oilaviy o'qigan kitoblarimizni yoki ko'rgan fil'mimizni muhokama qilar edik. O'qigan kitobimizning tarbiyaviy tomonlarini, yani salbiy va ijobiy shaxslar haqida fikr bildirar edik...
Ba'zida o'ylab qolaman, qiziq, bu an'ana faqatgina bizning oilada bo'lganmikan, yoki boshqa oilalarda ham shu narsa bilan shug'ullanishganmikan deb... Ehhh, sog'indim o'sha beg'ubor onlarni...
Maktabdan qaytib kelib, obqatlanib olib, darrovda darslarni qilib, keyin butun oilamiz bilan o'tirishimizni, hech kimning ko'nglini og'ritmaydigan hazillarimiz, qo'shnilarmizning bollari bilan bog'chaning pasttakkina beton devorlari ustida hech narsani ushlamasdan yurishga bahs boylaganimiz, yiqilganlarim-u qashqa bo'lganlarim... :lol:
Yakshanba kunlarini yaxshi ko'rardim. Butun oila a'zolarimiz ertalabdan kechgacha birga bo'lar edik. Uylarni yig'ishtirib, kechki ovqatni pishirib olib, soat 18:00 da "Chip & Deyl" ko'rganlariiiiiiz. Yana "Kasper", "Lizun" midi, shunaqa mul'tik ham bor edi...
Qanaqa damlar edi... Hammasini sog'indim...
Hammasi uzoooq bolaligimda qolib ketdi...
saturn
05-19-2007, 12:14 PM
Шодликларим чексиз бирок, айриликдир огиррок
Юракларга ларза солар, хар он сунгги кунгирок...
Эй, чалгувчи кунгирокни, чала колгин жушкинкрок
Кайда юрсак эсда булсин, хар он сунгги кунгирок...
кеча сунги кунгирогимизани тушимда курудим... хаётда кандо буган буса - худди ушандо. тушлигини билиб туримману, уйгонгим кемиди. йиглиман.
хаммамиза туриммиза.. ок куйлак, кора шим/кора юбка. кулимизада атиргулдан тайёрланган саватла...
ман Шохрухни кулидан ушавогамман. у мани кулимни. каттик. худди бир-биримизани охирги марта куриб турганде...
кейин, ховлига чикдик.. тизилишииииб... кичкина синфлдагила хавас билан бизага карашади.. биза бусек - улага..
йук, у пайтдаги хиссиётни ёзиб тарифлаб бумиди..
Директоримиз чикиб гапирвотганларида, оркадан манга "карен, сиззи адез чакирвотти" дпколишди... карасам акам :))) Адамла дб уйлашибди. манга 50 тача шар опкепдила. водород или кислород билан тулдирилган.. кузларимдаги ёшни акамдан бекитаман..
кейин, у шарлани, яна каптарлани учирдикми-ей... эсимда йук....
Эсимда когани.. синфдошим Отабек битта кизни кутариб кунгирок чалишни бошлашди..
охирги кунгирок.
эх...
chudesnaya
05-19-2007, 12:35 PM
Belle honim, bolaligimiz bir-biriga o`xsharkan!!!! Afsus u damlar endi qaytib kelmaydi, hozirgi davr ham o`tadi, shuni unutmang va har bir daqiqasidan unumli foydalaning maslahatim. Men o`zimni shunaqa qilib ovutaman!
chudesnaya
05-19-2007, 12:36 PM
`Lizun`mas, `Ohotniki za privideniyami`):):):):)
Inspiredmind
05-19-2007, 12:38 PM
Belle honim, mening bolaligimiz bir-biriga o`xsharkan!!!! Afsus u damlar endi qaytib kelmaydi, hozirgi davr ham o`tadi, shuni unutmang va har mir daqiqasidan unumli foydalaning maslahatim. Men o`zimni shunaqa qilib ovutaman!
well, unimli foydalanyabsizmi? nima ishlar kilyabsiz?
chudesnaya
05-19-2007, 12:42 PM
Belle honim, bolaligimiz o`xsharkan!!! Lekin endi u damlar qaytib kelmaydi! Hozirgi hayotingiz ham bir DAVR, har onidan unumli foydalaning, maslahatim.:rolleyes:
P.S. `lizunmas`, `Ohotniki za privideniyami`
Ya soskuchelas po mame, pape, sestrenkam i sinu :(
P.S.vot, Yuriy Shatunov toje skuchaet po detstvu
YouTube - Юрий Шатунов - Детство
Unique
05-19-2007, 02:43 PM
Эсимда когани.. синфдошим Отабек битта кизни кутариб кунгирок чалишни бошлашди..
охирги кунгирок.
manga oxirgi qo'ng'iroqdan bahramand bo'lish baxti nasib qilmadi..
nima bo'lsa yaxshilikka
Belle
Maktabdan qaytib kelib, obqatlanib olib, darrovda darslarni qilib, keyin butun oilamiz bilan o'tirishimizni, hech kimning ko'nglini og'ritmaydigan hazillarimiz, qo'shnilarmizning bollari bilan bog'chaning pasttakkina beton devorlari ustida hech narsani ushlamasdan yurishga bahs boylaganimiz, yiqilganlarim-u qashqa bo'lganlarim...
bu odat hammaga tekkan kasal bo'ganakande.:) bizayam shunaqa chempionatla o'tkazardik :lol: betonlarni ustida quvlamachoq o'ynab yurardik. (bitta qiz yomon yiqilib tushgan lekin, o'ziyam 50 metr baland edi o'sha betonla)
o'tmishni eslab ham hursand bo'larkansan :)
PS. TIM degan o'yin bo'lardi, juda qiziq...xatto ba'zilarni kiyimlari yirtilib ketardi tortvurgandan:lol:
Oooooo, skuchayu po poslednemu zvonoku v shkole.
Kak schitali dni kogda je letnie kanikuli nachnutsya.. I letom k babushke ezdili, na rechke kupalis :)......eeeeeehhh, seychas bi mne takoe, poehat k babuhske i kupatsya na rechke.
Kak u babushki v ogorode s sestrenkami vmeste ne spelie klubniki sobirali :D
Ismoilzoda
05-19-2007, 04:31 PM
Комсомольское озеро (хозирги Узбекистон миллий боги) ёнида нон заводи буларди. Тагида дукони хам бор эди. Иссик буханка нон ейиш учун 7 км йул босиб борардик. Кейин мазза килиб кулда чумилардик.
Оби нон сотиларди илгари дуконларда, уша нонни хам согиндим. Мазаси жуда хам бошкача эди.
Хозирги техника Ярмаркаси оркасида парк буларди. Чехословакиядан парк гастролга келарди. Болалар билан 3 сум пулга кечгача айланардик. Педро, Дональд диган жвачкалар булармидией. Ушалардан олиб мазза килиб чайнаб, пакиллатиб юрардик.
Яна 15 тийинли музкаймокни согиндим. Когоз стаканчикда. Чупи хам буларди. Хозирги музкаймокларни мазаси бошкача.....
Vezunchik
05-20-2007, 04:14 AM
agar shu postni YouTube - Spokoinoi nochi, malyshi kritika qilsela, Thanks beramsela, do kontsa eshitmasela ODAMMASSSS ekansila devoraman....:lool: :lool: :lool: :lool:
p.s.
pastda ko`rib turibman Kimla kirib, postni o`qivotganini....:read: :war: :beammeup: :evil:
Elegance
05-20-2007, 04:23 AM
agar shu postni http://www.youtube.com/watch?v=hq6SwCETltc kritika qilsela, Thanks beramsela, do kontsa eshitmasela ODAMMASSSS ekansila devoraman....:lool: :lool: :lool: :lool:
p.s.
pastda ko`rib turibman Kimla kirib, postni o`qivotganini....:read: :war: :beammeup: :evil:
Vezunchik... :cry:
Shunaqa ham toshbag'ir bo'ladimi odam...? :lool:
Vezunchik
05-20-2007, 04:26 AM
Vezunchik... :cry:
Shunaqa ham toshbag'ir bo'ladimi odam...? :lool:
ok. sizni Black Listdan o`chirdik. est takoe!
jdems drugih teper`.... a nuka, .... bi`streeeee.... pojiv`eee...
Saturn ham o`chdi. qolganlaaaa???
TSUP?
05-20-2007, 09:03 AM
agar shu postni kritika qilsela, Thanks beramsela, do kontsa eshitmasela ODAMMASSSS ekansila devoraman....:lool:
p.s.
pastda ko`rib turibman Kimla kirib, postni o`qivotganini....:read: :beammeup: :evil:
:lol: :lol: :lol: :lol: :lol: :lol:
ahborotdan sal oldinmi yoki huddi shu bolib turganidami bolardi shu. adamla bilan urushib shuni korishga harakat qilardim ehhhhhhhhhhhh. . .
Vezunchik
05-20-2007, 09:26 AM
:lol:
ahborotdan sal oldinmi yoki huddi shu bolib turganidami bolardi shu. adamla bilan urushib shuni korishga harakat qilardim ehhhhhhhhhhhh. . .
Buni otini Spokoyni`e nochi mali`shi diydi!:):):):)
ON:
qani endi, bitta tepaga chiqib Thanks degan knopkani bosib tushingchi, qolganini keyin gaplashamiz....:):):)
TSUP?
05-20-2007, 10:26 AM
E, Og'ayni kayping oshib qoptiyu? manda hali 'thanks' chiqmadi. uzingiz javob bergandiz shunga uzi... ;)
a tak, bilaman nima ekanligini uni, yahshisi siz thanks'ni bosib qoyoviring, chiqqanida sizga double qilib qaytaraman o'zim ;)
Royal
05-20-2007, 11:17 AM
USda kriminal hisoblanadi va srok bor: nostalgiya boyicha...
bacha
05-20-2007, 12:26 PM
Some stuff when you talk about them, they lose their value.
saturn
05-21-2007, 08:52 PM
уртоларимми согинаман.. кизик, хаммаси угил болла, лекин, бир-биримизани хаммадан яхши тушунардик.
роса урушардик.. урушимиз тугамасидан ярашардик.. сессия, шпаргалка ёз, обчик саволлани, воой улгурмадим..
1 курсда университет биносида радио Гранд ишларди. кунда бумаса кунора бир-биримизага "дил изхори" юборардик.. хех, ёшлик..
Диплом защита.. бунака адреналинни хали курмагамман. яна хаммасига узим. ундан кейин ректорга куринмасдан сув куйишла.
яхши кураман хамма уртоларимми.. хамма-хаммасини.. халигача Абдулла, Хуси билан гаплашиб тураман.. Илёс куда то пропал.. у Шуха много дел. Баха у нас еще деловым-дизайнером стал.. Бек дернул в Дубай.. Акмал женился.. фсе счастливы по своему.. как же мне их не хватает.. хотела собрать всех, когда была в Таше.. устроила им сюрприз.. эх.. как же я их люблю...
фсе, ушла на обед. с воспоминаниями...
Хаёт кизик, Уртаси чизик..
Чизиги бумаса, нимаси кизик?
TSUP?
05-21-2007, 09:02 PM
hmmm, saturnhon balli sizni yozganlaringizni o'qib mazza qilaman-da! zo'r yozasiz! tuf-tuf :P
The meeting of two personalities is like the contact of two chemical substances: if there is any reaction, both are transformed.
Elegance
05-22-2007, 01:19 AM
1 курсда университет биносида радио Гранд ишларди. кунда бумаса кунора бир-биримизага "дил изхори" юборардик.. хех, ёшлик..
Rosaaa qari odam gapirvoribdilar-kuuuuu... :lol: :lol: :lol:
Beg'ubor bolaligimni sog'indim, opam bilan hola holakam o'ynab, o'yin tugamasdan oldin urushib qolishimizni, 1-2 soattan keyin yana yarashib olib qiqir kulishlarimizni sog'indim. 5-7 yoshlarimda Dadamni kechqurunlari ertak aytib berishlarini, ertak aytib biz uhlash o'rniga o'zlari uhlab qolishlarini sog'indim. Dadamni hayot bo'lgan paytlardagi har bir kunni sog'indim :? ...
Bog'chada utrenniklar bo'lganda o'zimizcha yasanvolib "ona quyon", "snejinka" bo'lgan paytlarimni sog'indim.
IZOstudiyaga, muzikalniyga borgan paytlarim... U yerda tanishgan do'stlarim va o'qituvchilarim.... 6 yoshligimda IZO studiyada Anife degan rassom o'qituvchimiz bo'lardi. Judayam yahshi va chiroyli ediki.... Nazarimda rasm chizishga emas osha uqituvchimni ko'rishga borardim :D
Bolalikda birga o'sgan do'stlarimni sog'indim.....
Maktab paytlarini - darsdan qochishlar, qizlar bilan har hil o'yinlar oynab quvnashlarimiz, uy ishlarni bir birimizga ko'chirtirishimiz.....
Bahor paytlari yalpiz terishga borardik. Man yalpiz terishga emas ko'proq tabiatni tomosha qilib sayr qilishga qiziqib borardim... Zo'r paytlar edi. Hozir esa yalpizni sotib olib pishiramiz ko'k somsalarni. O'zi terib kelingani shirinroq tuyuladi manimcha....
Pochti har kuni indiyskiy kinoga tushishlarimiz...
Ehhh.... bularni yozib tugatomisan kishi...
Ismoilzoda
05-27-2007, 06:17 PM
Мактабдаги корбўронларни согиндим.
Икки юзимиз кип-кизил бўлиб кетгунча кор отардик бир-биримизга.
Кизлар бечоралар ўтолмай, дарс бошланишини кутиб бир чеккада туришарди. Базъан эса бирорта бола ёлгиз кетаётган бўлса кизларнинг ўзи корбўрон килишарди. :) Ўн-ўн бешта киз тасаввур килинг битта болани корга ишкалашарди :) :) :)
Вот было время..
.
serenity
06-01-2007, 08:51 PM
eeee,unaqamasde...emotsiyalani uyg'atvordilayu :(
manam ko'o'o'p narsalani so'gindim...oldinlari shunaqa oddiy narsalarni sog'inish mm deb o'ylamasdim ham huddi o'sha vaqtla doimiydek..yoki shunaqa oddiy ko'ringanidan bolsa k/k
bir boshlasam page la etishmi qoladimi dimande:D yo haqqatda ,qanidi usha vaqtla qaytib kesa diman hozir...
lekin hozir bir narsani bilamanki kelajakda hozirgi yashayotgan vaqtlarimmiyam judayam sog'inishimmi(qanaqa bo'lishidan qattiy nazar)
insoniyatda ozi nolish bor,har doim birnima etishmidi,no har bir kunga shukir qilish bu kotta gap,bu degani intilishni to'htatish degani emas;)
Rahmat Belle shu threadni ochganizga..yureni parcha parcha qivorgan bosezam:o :D jk.
Elegance
06-02-2007, 08:11 AM
lekin hozir bir narsani bilamanki kelajakda hozirgi yashayotgan vaqtlarimmiyam judayam sog'inishimmi(qanaqa bo'lishidan qattiy nazar)
insoniyatda ozi nolish bor,har doim birnima etishmidi,no har bir kunga shukir qilish bu kotta gap,bu degani intilishni to'htatish degani emas;)
Rahmat Belle shu threadni ochganizga..yureni parcha parcha qivorgan bosezam:o :D jk.
Inson paydo bo'libdiki, har doim nimagadur intilib yashaydi, o'tgan shirin damlarni qo'msaydi, yuraklarni quvonchga to'ldirgan damlarni, qachonlardir qadriga yetmagan insonlariga bo'lgan mehr-muhabbatini ifodalash uchun atigi bir soniyaga bo'lsa ham o'tmishga qaytishini istaydi.
Inson doim intlishda, doim izlanshda...
Vaqti kelib har bir daqiqamizni sog'inamiz ... Bu daqiqalarni yodga olish, his-tuyg'ularni ifodalash esa, aslo nolish emas. Yo'q... Bu yuraklardagi sog'inch... Hayotimizning atigi bir bo'lagi, bir soniyasini eslash bizlarga kuch bag'ishlaydi. Ertangi kunga ishonch uyg'otadi...
Zero, o'tmishsiz kelajak yo'q...
Yuraklar ehtimol o'rtanar, lekin aytingchi, shu sog'inchsiz biz kimmiz? Inson degan nomni ko'tarib yurishga munosibmizmi? Menimcha yo'q...:)
P.S.: Sizga ham o'z minnatdorchiligimni izhor etaman! :D
serenity
06-02-2007, 05:59 PM
Inson paydo bo'libdiki, har doim nimagadur intilib yashaydi, o'tgan shirin damlarni qo'msaydi, yuraklarni quvonchga to'ldirgan damlarni, qachonlardir qadriga yetmagan insonlariga bo'lgan mehr-muhabbatini ifodalash uchun atigi bir soniyaga bo'lsa ham o'tmishga qaytishini istaydi.
Inson doim intlishda, doim izlanshda...
Vaqti kelib har bir daqiqamizni sog'inamiz ... Bu daqiqalarni yodga olish, his-tuyg'ularni ifodalash esa, aslo nolish emas. Yo'q... Bu yuraklardagi sog'inch... Hayotimizning atigi bir bo'lagi, bir soniyasini eslash bizlarga kuch bag'ishlaydi. Ertangi kunga ishonch uyg'otadi...
Zero, o'tmishsiz kelajak yo'q...
Yuraklar ehtimol o'rtanar, lekin aytingchi, shu sog'inchsiz biz kimmiz? Inson degan nomni ko'tarib yurishga munosibmizmi? Menimcha yo'q...:)
P.S.: Sizga ham o'z minnatdorchiligimni izhor etaman! :D
..Gaplarizga qo'shilaman..Mlle Belle:)
menimcha nolish deganda boshqa ma'noda tushundiz,man otmish damlarni eslash nolish emas balki insoniyatda shunday hislat bor degan ma'noda yozgandim.Masalan ba'zida kechirayotgan vaqtimizdan hursand bo'lmay nolimiz......lekin yillar, ba'zida oylar o'tishi bilan usha noligan yoki qadriga etmagan damlarimizni juda ham so'ginamiz,demoqchi edim:cool:
albatta o'tgan damlarni yodga olish, sog'inish bu eng go'zal tuyg'u menimcha, va bu insonni befarq emasligidan, yuragi hali ham hislar ,tuyg'ular ''mezboni'' ekanligidan dalolat beradi..
;)
alpum
08-01-2007, 10:57 AM
Lisey paytlarini sog'indim ...... :(
Yopilganidan keyin, bir yilcha tushlarimda lisey boshqattan ochilganini ko'rardim :(
кайси лицейда укигансиз?
alpum
08-01-2007, 11:08 AM
шампан, хм...
манам лицейда укиганман, ТГТУ ни лицеида физмат
corsair
08-01-2007, 04:18 PM
tepadagi kvartirada yoshi bir joyga borib qolgan chol va kampir pastdagi kvartirada o'shalarni o'g'li oilasi bilan yashar edi...
har kuni ertalab soat 7 da chol oynani ochib rasul, rasul, rasul, qulog'ingni tom bosganmi, nega javob bermaysan? ishinga kech qolasan- deb qichqirar edi...
man oynani ochib tinchlikmi, bugun nima bo'ldi desam, hammasi joyida o'g'lim. ha bu rasulni uyg'onishi qiyin, yoshligidan man uyg'otaman, bolalik bo'ldi, bolasi ham o'ziga o'hshagan deb kular edi...
har kungi hayot shu qo'shnimni "rasul" monologi bilan boshlanar edi... :-D
kisliy malakooo, kisliy malakooo deb qichqiradigan opalarni, qoshnimni chalajon ho'rozini qichqirishi (juda kulgili qichqirar edi, 1 minut quququuuu, keyin yarim soat hr hrrrrr hhhhh ), drujbadagi somsaxonani somsaini sog'indim :-D
_uSu_
08-04-2007, 08:02 AM
kisliy malakooo, kisliy malakooo deb qichqiradigan opalarni, qoshnimni chalajon ho'rozini qichqirishi (juda kulgili qichqirar edi, 1 minut quququuuu, keyin yarim soat hr hrrrrr hhhhh ), drujbadagi somsaxonani somsaini sog'indim :-D
bro, zachem napominaesh, zachem draznish a? :twisted:, Drujbani somsasi rulezzzzzzzz!!!!!! :)
corsair
08-04-2007, 02:00 PM
u wont believe it but i missed Toshkent's metro ... last time i ve been there ladies working for Tashkent metropoliteni were wearing uniforms just like stewardesses... wicked... :-D
Elegance
09-02-2007, 08:15 AM
Bilmadim, bu sog'inchdanmi va yoki, shunchaki, kelgan tashvishlar natijasida bosh ko'targan qo'msashmi...
Lekin, sog'indim... Onajonimni... Beg'ubor, betashvish bolaligimni... Hech bir tashvishsiz, faqatgina onajonim uchun bag'ishlangan sevgim, farzandlik muhabbatini...Onajonim bilan suhbatlarimni...
Hozirchi, shuncha tashvishni o'zimdan o'zgaga na so'z bilan, va na ko'z bilan ifodalay olaman... Sababi, bu faqatgina o'zimning dardim, o'zimning tashvishim, o'zimning qayg'um...
Onamga aytsam, ular meni deb o'ylanib, qiynalib chiqishlarini eslab, o'zimni ichimda saqlashga majbur bo'lyapman... Lekin aytmasam, bundan o'zim azob chekyapman... Nima qilsam, bu tashvishlar ozgina bo'lsa ham yengillashadi? Nima qilsam, ko'nglimga ozgina bo'lsa ham xotirjamlik inadi? Nima...?
Ehhh, hammasi o'tkinchi... Shu o'rkinchi hayot uchun odamzot nimalar bo'lib ketmaydi...
Men bosgan bir qadam, odamlarni mendan ming qadam uzoqlashtiryapti...
Sog'indim, samimiy, ko'ngli ochiq odamlar orasida, hushnud yurgan damlarimni...
Nevidimka
09-02-2007, 08:54 AM
bellehonimni,gaplarizni o'qib qanchalik shu kunlarda manga yaqin bo'lib kelgan tuyg'ini yozibsiz.......
nahotki shunday azoblarni boshimizdan kechirishimiz kerakmidi??? jon hudojonim kuch quvvat bersinlar bizlarga hamma musofir aka uka, opa singillarga, hammamiz yahshi niyatlar ila uydan uzoqda yoribmiz,har bir kechikina sog'inchlarimizni hudo hohlasa kelajakda, yotuqlarimizga erishganlarimizda onalarimiztrofida o'tirganimizda, boshimizdan o'tgan so'ginch tuyg'ularimizni ertakday aytib berish nasib qilsin.
:uups::uups::uups::uups::uups:
serenity
09-04-2007, 06:47 PM
manam ko'o'p narsalani sog'indim...
o'qishda kursdoshla bilan otgan vaqtlani(qanaqa davrlekaneey,hamma bizadan kattala etishsa ishonmasdik bu zor vaqtila o,qishda desa,lekin haliyam tugamaganu hamma erni o'z o'rni borakan).
g'alati tuyulsa kk-ku lekin yerni supurib suv sepilgandan keyin qanaqadur mayin hid kelishlarini,toshkent metrolarini sog'indim baribir chiroyli metro stansialarimiz borde,fahrlansa arziydigan.metroda yurush gashtiyu undanam boshqacheydi..
ehh buvijonlarimmi ''ke bolam,oyin qoqsin,oying o'rgilsin degan gaplari''ni eslasam haliyam ko'zim yoshga to'ladi.oyijonim(buvim)sumkalari bo'lardi kichkinaligimda qayodan qayoqqa narsala opkelardila sanga buni opkeldim yevoloqo deb.borsam otkazgani joy topolmasdila...sandiqqi ochib katta bosam nimala maniki bo'lishini ko'rsatishlari..eee eslagan sarim sog'inaman:( ular bilan uzun uzun suhbat qursam diman,tizzalariga boshimni qoyib ,gaplarini eshitsam deyman..(birilari qachon korolirkanman deb ko'rishmay olamdan otdilar,shunisi eng qiyini ekan:cry:,joylari jannatda bo'lsin)
sog'inch qiyin ekan...
dugonalarim b-n on arqon, o'n besh oynashlarimmi sog'indim chunki
o'zimcha lideridimde qizla mani kamandamga tush deb talashishardi:lol:
shulaniyam sog'indim:)
keyin kichkinaligimda dostla b-n futbol,hokkey oynlarimizzi sog'indim,voy jonimmi jabborga berib o'ynirdime:Dtomlaga ,darahlaga chiqishshiyu etmasayam bo'ladi..
keyin dugonalarim bilan boshqa tillardamas o'zbek tilida uzun sirlashib,gaplashishlarimmi sog'indim.
bozorlarimizzi,shakarde mevalani,hidi uzoodan keladigan qulupneyu ,pomidorlani..
eeeeee hullas koop narsalani...lekin sog'inib sog'intirib yashash ham bir baht deyishganakan(bilmadim kim:mrgreen:)
Elegance
10-12-2007, 12:52 PM
...Nurli-nurli nurga cho'mgan bir hayol bo'l,
O'z yoriga sadoqatli bir ayol bo'l...
Ayni maktabda o'qib yurgan vaqtlarimda mana shu ashula rosa urf bo'lgan edi...
Eshitgan sari, xuddi o'sha paytlarga qaytgandek bo'larkan odam...Lekin orada ne-ne suvlar oqib o'tib ketdi... Vaqt ham g'animat, deb bekorga aytishmas ekan...
Nevidimka
10-12-2007, 01:24 PM
http://forum.arbuz.com/showpost.php?p=826749&postcount=711
shu postni o'qib, man ham huddi shu uyimizdagi haytni sog'inibman.:uups::uups::( Dadamlarni machitdan kelganlaridan keyin hammamiz bila nonishta qilib,keyin hammaligimizga o'rtaga o'tqizib haytliglarini olishlikni sog'inibman.Avval dadamlar, keyin esa akamlarni haytlarini olishlikni sog'inibman.Keyin opa singillar hammamiz bila, haytliklarimizga;),shahrimizni bog'ida oilam bilan shashlik eb kelar edik,:uups: hammadan ham , otamni machitdan kelishini intizorlik bilan kutishni sog'inibman,bu erda esa boshqacha......:uups::uups::uups:
Charmed
10-12-2007, 02:38 PM
Man esa oyijonimni juda juda sog'indim Afsuski endi hech qachon ko'ra olmayman. Hayot naqadar shavqatsiz....................
Elegance
11-24-2007, 05:04 AM
Ehhh...:(
YouTube - РўР*РЇРњ! Р—Р”Р*АВСТВУЙТЕ!
YouTube - Зимняя сказка
YouTube - Мойдодыр
YouTube - Щелкунчик
YouTube - Чунга-Чанга
:D:D
YouTube - Сережа Парамонов и Детский хор
Bolaligimni sog'indim...
zumrad
11-24-2007, 12:14 PM
Shu kecha uygonishim rosa kiyin kechdi.
Tushimda urtoklarim bilan birga ekanman:(
Soginchning azobi tushda ayon bulishi nakadar ogir.
saturn
05-15-2008, 10:44 AM
Универда укиб юрганимизада роса бебош буганаканмиза-дее...
(хоз нимагадур хам эслаб qолдим)
дарслага кирмаслик.. групповой дарсдан qочишла....
яна узимизани "гурух" бориди..
тату га адашиб кириб qолганлар гурухи...
хаммамизада узимиз уqивотган сохадан бошqа сохада шунаqанги талант боридикиии...негадур хам..
кимдур хам аслида режиссер булиши керакку, "адашиб" тату га кеб qолган
яна кимдур "дастхат олиш учун 1 ой олдин очередга ёзилиш керак" сингари актер була олардию, шу уям адашиб тату га кеб qоган-дее
бошqа биримиз ашула айтганида ... вах-вах... "туй qилсам, ошга сани айтаман" дейдиган qушиqлар чиqарди... ушаям адашиб ИнфоТек га кеб qомганида
.....
листни давомида тикувчила, хайдовчилар, раqqосалар, рассомлар... эх-хееее.....
хар куни янги бир анекдот топиларди. топилиш хам гапми, албатта сценарий qилиб ёзилиб, режиссеримиза уни сахналаштирган, актерла иштирокидаги сцена оператор томонидан видео гаолиниб мухрланарди!!!
"скрытая камера" ни узбекча варанти....
бечора, купинча ментла бизани "диqqат марказимиз" га тушиб qолишарди.....
"кун фразаси" деган рубрикамиза бориди...
нимагадур хам ностальгия кетти манда...
зы. 10 кундан кейин 25 май.... .:rolleyes:
зыы. Хотам ака, Анвар ака, Сардор ака, Санжар ака, Одил, Мохи, Санжар, Наргиз, Мохира опа, Бехзод... хаммелани согиндим..
FREEMINDER
06-12-2008, 01:06 PM
Mdaa...
TV dan "Diskoteka-80" da "Voyage-voyage", "Flames of Love", "Rainy days" va boshqa yoshligimiz ashulalarini berib qoldi-ku......Ehhhhhh..:rolleyes::music::tv:
Prinzessin
06-19-2008, 05:22 PM
Mdaa...
TV dan "Diskoteka-80" da "Voyage-voyage", "Flames of Love", "Rainy days" va boshqa yoshligimiz ashulalarini berib qoldi-ku......Ehhhhhh..:rolleyes::music::tv:
eeeeeeehhhhhhhhh:?
o'zbek
06-23-2008, 04:27 AM
ichimdagi o'zimni sog'indim...
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.