PDA

View Full Version : O‘lgandan keyin jonsiz badan bilan nimalar sodir bo‘lishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz?


AbdulAziz
05-05-2007, 01:39 AM
«Darhaqiqat, (jon) xalqumga yetgan, (vafot etayotgan kimsaga atrofidagilar tomonidan): «Dam solib-o‘qib qo‘yguvchi biron kishi bormi?», deb qolingan, (jon taslim kilayotgan kimsaning) o‘zi (bu holatning hayoti-dunyodan) ajralish ekanini anglagan va (jon berish qiyinligidan) oyoqlar bir-biriga chalmashib qolgan bir vaqtda – ana o‘sha kunda yolg‘iz Parvardigoringiz (huzuri)ga haydalish bordir!»

O’lim paytida ruh, bu dunyoda o‘zi ichida yashagan insonning tanasidan ajralar ekan, jonsiz badanini orqasida qoldiradi. Terisini o‘zgartiruvchi ba’zi jonivorlar kabi ruh ham bu dunyodagi badanini tashlab, haqiqiy dunyoga – asl hayotiga tomon ketadi.

Ammo, qoldirilgan jonsiz badanning bundan keyin boshidan kechiradiganlari hali oldinda. Ayniqsa, badaniga tiriklik chog‘ida haddan ziyod ahamiyat berganlar uchun bu narsani bilish o‘ta muhim va ibratlidir.

Xo‘sh, o‘lgandan keyin jonsiz badan bilan nimalar sodir bo‘lishini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Barcha jonli mavjudotlar kabi sizning ham bir kun kelib o‘lim topishingiz muqarrardir. Bu balki hech kutilmagan holatda yuz berishi mumkin. Masalan, non olgani ko‘chaga chiqib, qarshingizdan kelayotgan mashinaning tagiga kirib ketasiz. Yoki shafqatsiz kasallik hayotingizga nuqta qo‘yadi, yoxud kutilmaganda yuragingiz urishdan voz kechadi…

Shu tariqa o‘lim sharbatini totishni boshlaysiz… davomi... (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=1475&Itemid=59)