PDA

View Full Version : "Haqiqatdan Jannatni xohlaysizmi?"


AbdurRahman
05-05-2007, 09:51 AM
"Haqiqatdan Jannatni xohlaysizmi?"

Alhamdulillah rabbil 'alameen vassalatu vassalamu 'ala rasulillah.

"Men Jannatga borishni xohlayman"- mana shu narsa bizning hayotimiz maqsadi bo'lishi lozim. Bu narsa qalin harflar bilan bizning peshonamizga eslatma uchun yozib qo'yilishga arziydi. Muhammad sallallahu alayhi wa sallam bizlarga Jannatga kichik bir kalitni tashlab ketdilar va ko'pchilik musulmonlar bu kalitga e'tiborsizlik qilishmoqda. Sayyora yoki uy eshiklarini ochish uchun kalit kerakligi kabi siz uchun Jannatni ochish uchun kalit zarurdir. Mana shu kalit nima?

Muhammad sallallahu alayhi wa sallam aytdilarki, "Kimki ILM izlash yo'lida bo'lsa Alloh u uchun Jannatga yo'lni oson qiladi" (Sahih Muslim. 3-jild, 99-hadis).

Ilm izlash degani bu haqiqatan ilm berilayotgan konferenciyalarga, masjidlarga, ma'ruzalarga borish, ahlus sunnah ulamolaridan ilm olaman deb uzoq masofada bo'lsada borishlik va h.klar tushuniladi. Ilm izlashga yana Qur'onni va sahih hadislarni o'rganish va yodlash ham kiradi.

Ey Birodarlar , ILMni sevuvchilardan bo'ling, va ilm izlovchilardan bo'ling. "Ha, mening Qur'onim qani?, mening Sahih Buxoriyim qani?" Har kuni ertalab: "Men bugun Jannatni ilm izlash bilan izlayman!" degan maqsad bilan turing. Ilm Allohga eng qisqa yo'ldir. Kimki ilm izlash yo'lida bo'lsa Allohga yaqinlashadi. Bu degani jannatga ham yaqinlashadi, chunki Allohga yaqinlashmasdan turib Jannatga yaqinlashib bo'lmaydi. Bundan tashqari, Ilm insonni qorong'u'likdan, johillikdan va shubhalardan forig' qiladi.

davomi->shu yerda (http://www.sofislom.com/index.php?option=com_docman&task=doc_download&gid=130)

johnny_80
05-05-2007, 04:41 PM
Assalamu alaykum!

Ilmning fazli juda katta. Ilmli odam qayoqdayu ilmsiz odam qayoqda.
Alloh ta'olo aytadi: "Ayting (Ey, Muhammad): Biladigan zotlar bilan bilmaydiganlar barobar bo'lurlarmi"

Insonning hayvonlik darajasidan haqiqiy insonlik darajasiga ko'taradigan narsa ham ilmdir. Afsuski juda ko'p johil odamlar umrini hayvoniy hayot bilan o'tkazib qo'yishadi.

Vassalamu alaykum

AbdurRahman
08-27-2007, 12:25 AM
Kitob Shaklida -> Yuklab olish (http://www.sofislom.com/index.php?option=com_docman&task=doc_download&gid=130)