johnny_80
05-09-2007, 02:27 PM
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh
Azizlar! Oxirgi paytda barchamizni tashvishga solib turgan eng muhim narsa umuminsoniy qadriyatlarning toptalayotganligi, axloq-odob, ma’naviy qadriyatlar toptalayotganligi, diniy ta’limotlar oyoq osti bo’layotganligi bo’lib qoldi. Kundan kunga bu sohada ahvol yomonlashib bormoqda. Insonlar gunoh ishlarni tap tortmay qilishlari oddiy holga aylandi. Gunoh ishlar qilganlar, xarom-xarish yurganlar, birovning haqqini yeganlar, zulm qilganlar va hokazolar o’zlarining qilayotgan isyonlari, gunohlari bilan faxrlanadigan darajaga yetdilar.
Xatto xudosizlik hukm surgan davrda ham bu qadriyatlar, bu ma’naviyatlar, odob-axloq bunchalik xorlanmagan edi. Avval ham poraxo’rlik bor edi, lekin bu darajada sharmandalarcha, ochiq-oydin, tap tortmasdan, faxrlanib poraxo’rlik qilinmas edi. Avval ham fohishalik bor edi, lekin bu darajada ochiq-oydin, behayolarcha, faxrlanib, xatto chet ellarga borib fohishalik qilinmas edi. Avval ham birovning haqqini yeyish bor edi, lekin bu darjada sharmandalarcha, hammaning ko’z o’ngida, ochiq-oydin xatto maqtanib birovning haqqini poymol qilish yo’q edi.
Nima bo’ldi? Nimaga hozirgi paytda ommaviy ravishda orqaga ketish, ommaviy ravishda hayosiz bo’lish, birovning haqqidan qo’rqmaslik va hokazo gunohlar, xarom-xarish ishlar rivojlanib, borgan sari ashaddiylashib bormoqda. Xo’sh, o’sha fohishalik qilayotganlar nima uchun bu ishga qo’l urmoqdalar? Qorinlari och bo’lganligi uchunmi? Ustlaru yupun bo’lganligi uchunmi? Agar qorinlari och, ustlari yupunligi uchun deydigan bo’lsak, chet ellarga borib yurt obro’sini oyoq osti qilayotganlar.. Ochmi qorinlari, ustlari yupunmi? Yoki turar joylari yetishmaydimi? Demak gap bu yerda ochlikda yo usti yupunlikda emas.
O’g'rilik qilayotganlarning ba’zilari ehtimol ochlikdan, bola–chaqasini boqolmayotganligidan bu ishga majbur bo’layotgandir. Biroq millionlab pullarni o’marayotganlar, katta o’g'rilar, ularning qanday muhtojliklari bor? Ularning qorni ochmi, yo bola-chaqalarini boqolmayaptilarmi? Ularning bu darajaga yetganliklarining sababi nima?
Poraxo’rlar oyligi yetmayotganligidan poraxo’rlik qilyaptimi? Ehtimol ba’zi birlar, juda oz qismi shunga majbur bo’layotgandir. Lekin ularning ko’pchiliklari puli ko’pligidan, pullarini yanada ko’paytirish maqsadida poraxo’rlik qilayotganliklarini hammamiz yaxshi bilamiz. Shu tariqa har bir gunoh ishni, har bir noto’g'ri ishni, har bir xarom ishni olib qaraydigan bo’lsak nochorlik juda kam miqdorda.
Xo’sh bunday bo’lishiga sabab nima? Nima uchun xudoni tan olmasdan, ochiq oydin kofirlik, xudosizlik hukm surgan paytda ham bo’lmagan narsa hozir shunday ochiq orqaga qarab ketmoqda, insonlar butun ma’naviyatlar jabhasida yuztuban ketmoqdalar?
Bu yerda asosiy bir qoida buzilmoqda. Bu qoida ilohiy qoida bo’lib: Inson tabiatini bilib ana o’sha inson tabiatiga mos ravishda unga muomala qilish qoidasidir. Shunig uchun biz tilga olgan narsalar bo’lmoqda. Agar shunday ketaversa bundanda battar bo’lishi turgan gap.
Chunki xudosizlik davridagi qilingan ishlar oz miqdorda bo’lishligini sababi bor. Agar o’sha davr xudosizlik davri bo’lsa ham tutgan ishida xudoning amrlari bor edi. Bu degani nima degani? Bu degani, ilohiy qoida inson muomalasi to’g'risidagi Alloh ta’olo ko’rsatgan yo’ldan ana o’sha xudosiz tuzum vaqtida ham biroz foydalanilar edi. Garchi ularning o’zi buni tushunib yetmagan bo’lsa ham.
Bu qoida qanday qoida? Bu qoida Alloh ta’olo insonni yaratganda uning tabiatiga qo’shib bu dunyoni yaxshi ko’rish hissini ham yaratgan. Ota-onadan tug’ilgan har bir inson birov o’rgatmasa ham, birov ta’lim bermasa ham o’zi tabiiy ravishda bu dunyo va uning hoyu-havaslariga muhabbatga ega bo’ladi. Kichkina bolachalar qo’liga tushgan narsani “maniki” deb, o’zi ega ekanligini isbot qilishga urinishlari, bir-birlari bilan talashishlarining hammasi mana shu tabiatning dastlabki belgilari hisoblanadi. Alloh ta’olo Qur’oni Karimda marhamat qiladiki: “Zuyyina linnaasi hubbush shahavaati minan nisaai val qonaatiiril muqontoroti minaz zahabi val fizzoh”, mazmuni: “Odamlarga ayollarning , to’p to’p tillo kumushlarning muhabbati ziynatlab qo’yildi”. Demak odamlarga dunyo orzu havasi ziynatlab qo’yilgan ekan. Chunki Alloh ta’olo odamlarni bu dunyoga muhabbatli qilib yaratmasa bu yorug’ dunyo obod bo’lmas edi. Hamma manga bo’lsin degan muhabbati bo’lganligi uchun, oilam bo’lsin, farzandim bo’lsin, uyim bo’lsin, kiyimim bo’lsin, maoshim bo’lsin va boshqa-boshqa narsalar bo’lsin degan muhabbat o’zining tabiatidan kelib chiqqanligi uchun o’zini o’nglashni, oilasini yaxshilashni va dunyoni obod qilishni o’ylaydi va shunga harakat qiladi.
Mana shu insonning tabiatidagi bor narsa, hohish tek qo’yib qo’yilsa, u to’gri yo’ldan bormasdan, noto’g'riga ketishi, haddidan oshishi, chegaradan chiqishi, qoidani buzishi va o’zining hoyu-havasi yo’lida boshqalarni qurbon qilishi turgan gap. Shuning uchun Alloh ta’olo bu dunyoni yaratib, unda insonni ham yaratib, uni bu dunyoga muhabbatli qilib yaratganligi uchun uni muvozanatda saqlash maqsadida dinni nozil qilgan. Diniy ta’limotlarni insonga nafsini jilovlab turish, chegarada tutib turish, faqat foyda tarafga ishlatish, o’zining va o’zgalarning zarari tomoniga bu muhabbatni ishlatmaslik uchun diniy ta’limotlarni bergan. Inson tabiatida dunyoga bo’lgan muhabbati bo’lganligi uchun inson dunyoga intiladi. Shunda uning qarshisiga diniy ta’limotlar chiqadi va dunyoga qiziqma, oxiratingni o’yla, xudodan qo’rq, halol yur, xarom yurma, birovning haqqini yema kabi qaytariqlar bilan, amru ma’ruf bilan, nahy munkar bilan haligi dunyoga intilayotgan insonni orqasiga qaytarib o’rtacha bo’lishini yo’lga qo’yadi. Shuning uchun diniy ko’rsatmalarda ko’proq dunyoning yomonlanishi va oxiratni ko’proq o’ylashga chaqirish ham bu insonning tabiatidagi dunyoga bo’lgan ishq muhabbat va hoyu-havasni o’ta ko’tarilib ketmasligi va ikkala tomonni muvozanatda ushlash, ikki dunyoda ham baxt-saodatga erishtirish uchundir. Ana shunda ilohiy qoida to’laqonli ishlaydi va bu qoidaga amal qilgan inson baxt-saodatga erishadi. Erishganda ham ikki dunyo baxt-saodatiga erishadi. Mana shu ilohiy qoidaga amal qilgan oila ham baxtli saodatli oila bo’ladi. Mana shu ilohiy qoidaga amal qilgan jamiyat ham baxtli saodatli jamiyat bo’ladi.
Afsuski bugungi kunda ana shu qoida tag-tugi bilan qo’porib tashlandi. O’zi Alloh ta’olo tomonidan dunyoga muhabbatli qilib yaratilgan insonlarga yana dunyoga o’ch bo’l, hoyu-havasni ketidan yur, boylik orttir, pul to’pla, falonchi millioner bo’ldi u falon narsadan boshlagan edi, suv sotishdan boshlagan edi, ayron sotishdan boshlagan edi shu darajaga yetdi, u qil-bu qil deb kechayu kunduz, ertayu kech radio ham ,televideniye ham, gazeta jurnallar ham, kitoblar ham va butun jamiyat ham turgan bitgani mana shu narsani (dunyoga muhabbatni) gapiradigan bo’lib qoldi. Shu sababli inson dunyo topish yo’lida har qanday pastkashlikdan tap tortmaydigan bo’lib qoldi. Agar shu quturgan musobaqa davom etadigan bo’laversa oqibati yanada yomon bo’lishi, bugungi ko’rayotgan musibatlarimiz bularning oldida ip esholmay qolishi turgan gap. Shuning uchun ko’zimizni ochmoqligimiz kerak. O’zimizning insoniy tabiatimizni tushunib yetmoqligimiz kerak va unga o’ziga muvofiq keladigan ilohiy qoidani ishlatib ikki dunyo saodatiga erishish uchun harakat qilishimiz kerak.
Alloh ta’olo barchalarimizni hidoyatga boshlagan bo’lsin. Amiyn.
(Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf)