PDA

View Full Version : КАЛКИ АВАТАР


AbuMuslim
05-10-2007, 04:57 PM
Сизлар бунга нима дейсизлар???

http://info.islom.uz/content/view/929/61/

johnny_80
05-10-2007, 07:49 PM
Allohu akbar!
Alloh haqni haq botilni botil qiladi, agarchi mushrik va mujrimlar hohlamasalarda. Islomda buyuk 4 ta kitobdan boshqa Alloh tomonidan sahifalar ham tushirilgani aytiladi. Va Qur'onning bitta sifati "musoddiqol limaa bayna yadayhi" ya'ni o'zidan oldingi kitoblarni tasdiq qilib keladi.
Man Injildagi bashoratni ham o'qiganidim. Ahmad Didat hazratlari nasorolarga Injildagi bir payg'ambar haqidagi bashoratini Muhammad(s.a.v) ekanliklarini isbotlab bergandilar.

Albatta bunday xabarlar mo'min odamning iymonini ziyoda qiladi.

Sizdan yana shunday yaxshi xabarlarni kutib qolamiz...

Black
05-10-2007, 11:24 PM
Qiziq, o'sha kitob muallifi Haqiqiy Kalki Avatarga iymon keltiribdimi? Yoki kitobni yozganda yozib, hali ham eski dinida yuribdimikin? Ya'ni u o'zi kashf etgan narsaga ishonarmikan?

hojiaka
05-10-2007, 11:26 PM
Juda qiziqarli, tahliliy saaaal yon bosilgan maqola. Agar shu maqolani yozgan odam ham musilmon bolmaganda edi undanam chiroyli bolardi !

Black
05-11-2007, 06:17 AM
Qiziqsiza Hojiaka, bu haqda musulmonlar zo'rg'a yozishadiyu, musulmon bo'lmaganlar qaydan yozsin.

Ulug'bek
05-11-2007, 09:16 AM
Сизлар бунга нима дейсизлар???

http://info.islom.uz/content/view/929/61/


Men bu kabi malumotlarga biroz ehtiyotroq munosabat bildirgan bo'lardim.
Maqola e'tiborni o'ziga tortadigan jihatlari bo'lishi barobarida, bir qancha xom tomonlarga ham ega, bazilarini sanab o'tay:

1.Asl maqola yonma yon (iloji bo'lsa inglizchada) nashr etilishi (surat shaklda bo'lsa ham) lozim edi.
2.Puranas (1-punktda) haqida yetarli ilmiy tarixiy ma'lumot yo'q. Ayni holat 5-punktda ishlatilgan Bedasga ham tegishli.
3.Bir qancha ilmiy sayoz nuqtalari bor, masalan:
a-2-punktda bitikning aynan nimaligi va uning tarixi haqida malumot yo'q, bor yo'g'i "Hind bitiklaridagi bashoratga ko'ra" deyilgan, buning deyarli vazni yo'q.
b- Ayni yoki o'xshash holat 3-, 4-, 6-,7-,8-, 9-, va 10- punktlarga ham tegishli. Manba va uning qanchalik tarixiyligi ko'rsatilmagan.

4. Xulosada aytilgan bu hodisaning hind jamiyatidagi bugungi ta'siriga berilgan bahoni ham kamida juda mubolag'ali degan bo'lardim.

Maqola qiziqarli mavzuni ko'targanini tan olgan holda, uni noilmiy deb atagan bo'lardim. Muallifga men tilga olgan va olmagan mulohazalarni nazarda tutib, masalaga oydinlik kiritib uning tubiga yetishlarida muvaffaqiyat tilab qolaman.