PDA

View Full Version : munisani jiyanlari olamdan ottipti


Royal
05-16-2007, 10:32 AM
Olloh joyini jannatda qilsin ilohim

shu forum azosi singlimiz munisani jiyanlari yani akalarini farzandlari 1yoshida bugun ertalap manhattan kasalhonasida olamdan koz yumipti..

Ilohim oilalariga sabr bersin va begunoh godakni joyi jannatda bolsin...

Nevidimka
05-16-2007, 10:40 AM
Olloh joyini jannatda qilsin ilohim

shu forum azosi singlimiz munisani jiyanlari yani akalarini farzandlari 1yoshida bugun ertalap manhattan kasalhonasida olamdan koz yumipti..

Ilohim oilalariga sabr bersin va begunoh godakni joyi jannatda bolsin...


etlarim jimirlab ketdi o'qib:( ,illoyim oilalariga kuch quvvat bersin ..........

Joylari Jannatda bo'lsin illohim............

Black
05-16-2007, 10:41 AM
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.
Ota onasiga sabr bardosh bersin.

~Atirgul~
05-16-2007, 10:42 AM
Alloh oilasiga sabr bersin, jiyanlarini joylari jannatda bo'lsin

laluluya
05-16-2007, 10:51 AM
Alloh oilalariga sabr bardosh bersin.joyini jannatladan qilsin.eng qiyini go'dakning onasiga bo'pti.

lobar
05-16-2007, 10:54 AM
Yaratgandan yaqinlariga sabr-bardosh so'rayman.......
hech qaysi onani boshiga tushmasin bolam deb yig'lash.......

Masud
05-16-2007, 11:18 AM
Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun. Olloh sabr bersin. Juft juft farzandlar ato qilsin. Naqadar noxush xabar.

Mr Abdulaziz
05-16-2007, 11:20 AM
Ulim haqdir! ulim hammamizning boshimizda bor. birimiz bir kun oldin birimiz bir kun keyin!

Alloh Uz rahmatiga olgan bulsin. Omiyn!

UzbekGirlie
05-16-2007, 11:44 AM
Alloh oilalariga sabr bersin. Jiyanlarining joylari jannatda bo'lsin.

MUHLIS
05-16-2007, 11:50 AM
Olloh sabr va matonat bersin. Ko'rganlari shu bo'lsin, kelajakda shirin shirin farzandlarining kamolini ko'rib yursinlar. :( :( :(

Gareeb
05-16-2007, 11:59 AM
innaa lillaahi wa innaa ilayhi rooji'uuwn!

Alloh rahmat qilsin, joyini jannatda qilsin.Ota-onasiga go'zal sabr bersin!

Abu-Bakr
05-16-2007, 12:21 PM
Inna Lillahi wa inna ilayhi raji'uun. (Allohnikimiz va Allohgagina qayturmiz).

Alloh yaxshi ko'rgan bandasini musibat berib sinaydi. Kimki shunga chiroyli sabr qilsa bu dunyoda shu musibat ketidan ikki yaxshilik, oxiratta esa Alloh o'zi tayyorlab qo'ygan Jannat bordur.

Munisa opa: Shu forumdagi mo'min aka-uka, opa-singillar duodamiz, inshaallah. Alloh taolo qo'sha-qo'sha farzandlar bersin, rizqi bilan umri bilan bersin, solih-soliha farzandlar bersin. :amin:

lyalyapo
05-16-2007, 12:28 PM
Inna lillahi va inna ilayhi rojiyun.
Allohim ota onasiga chiroyli sabr bersin, solih soliha farzandlar bersin. Jannatga etaklab kirsin farzandlari ota onasini.

infolife
05-16-2007, 12:39 PM
Munisa,
sizga va oilezga Allohdan sabr sorayman va sabrilarni ajru-savobini mo'l qilib bersin inshaAllah

Payg'ambarimiz SAW aytganlarku kimki o'zidan avval balog'atga yetmagan 3 farzandni jonatsa ota-onadan avval borgan farzandlari ularni jannatda kutib oladi deb. Sahobalardan biri so'radi "2ta jonatganchi yo Rasululloh"
"Unga ham shunday" dedilar
"bitta jo'natganchi yo Rasululloh" deb soraldi
"Unga ham shunday" dedilar

Albatta bu sabr qilgan musulmon ota-onalarga, bomasam yahudiylaram, nasorolaram va umuman dinsiz mushriku kofirlar ham farzandidan ayriladi (deb qo'shib qo'ygan Abduvali qori shu hadisni sharhlaganda)

-Resident-
05-16-2007, 12:48 PM
Joylari jannatdan bo`lgan bo`lsin Alloh sabr bersin!
Munisaga ham qiyin bo`libdi bir o`zi ayol boshi bilan begona yurtda... sabr bersin!

SmIlIk
05-16-2007, 01:39 PM
infolife, yaxshi hadis keltiribdilar. Lekin farzand va jiyandan ajrash juda og'ir musibat. Ilohim xech kimga shunday sinovni bermagin. Jannatga kirisning boshqa yo'llarini yuragimiz va aqlimizga solgan holda xech kimga o'z farzaaginndini ko'mish musibatini keltirmagin.

Munisa, kelin oyingiz va akajoningiz va hamma oila a'zolaringizga sabr bersin Allohim. Shu joyda beayb o'lib ketsyotgan hamma chaqalog'u bolalarga duo qilaylik, do'stlar.

SMLK

Borz_man
05-16-2007, 01:40 PM
Inna Lillahi va inna ilayhi roji'un.
Allohim ota-ona,qarimdosh uruglariga sabr bersin.
Ohiratda shu farzandlari satr bo'lib,ota-onasini jannatga yetaklasin.
Allohim honadonlariga qo'sha-qosha o'gil-qiz farzandlarini ato etsin.
Minisa opamiz ko'ngliz bir narsadan hotirjam bo'lsin,jiyaniz inshaalloh
albatta jannatdadur,byogiga Allohim joylarning eng yahshisi bo'lgan,
o'zi yahshilarga ne'mat qilib qo'ygan jannatda uchrashtirishlikni nasib aylasin..

R.Azimov
05-16-2007, 01:40 PM
Ta'ziyamni qabul etingiz, sizlarga olloh sabr bardosh bersin. :(

Ismoilzoda
05-16-2007, 01:52 PM
Inna lillahi va inna ilayhi rojiuun.

Allohim oilalariga sabr-qanoat bersin. Ilohim ushbu go`dak ota-onasini vaqt-soati kelganda jannat eshiklari oldida kutib olsin. Ota-onasiga kelajakda ahli mumin farzandlardan ato qilsin...

Maroon
05-16-2007, 02:31 PM
Joyi Jannatda bolsin.

So sad. :( My deepest condolences.

*mini*
05-16-2007, 02:49 PM
My Deepest condolences.

My deepest symapthies to the entire family. Very sad :(

*mini*

Shirin_Qiz
05-16-2007, 03:02 PM
Inna lillah, va Inna ilayhi roji'un, Lillahi ma akhadha va lahu ma a'to, va kullu shay'in 'indahu biajalin musamma.

Allohummag'fir lijami'i mavtal muslimin alladhina shahidu laka bil vahdaniyyah.

Olloh sabri jamil ato etsin.

Vezunchik
05-16-2007, 03:21 PM
Munisa bu ham Ollohni bandalariga bergan Sinovi, Qismat. Oila a`zolaringiz, ayniqsa akangiz va ularning ayollariga Ollohni hohshini to`g`ri va chiroyli , sabr bilan qabul qilishnikni Ollohni o`zi nasib etsin. Allhamdulliloh rahmatli jiyaningiz jannatga mosdur.



Moderla Threadni yopganinla maquldur. Chunki bu postlarni o`qish Munisaga oson bo`lmiydi, hatto keyinchalik ham. Undan ko`ra hammamizni nomimizdan bir ta`ziya postini qilib qo`yinglar. Yetadi. va Biz faqat shu norasida uchun duo qilsak afzal. Bu yerda yozayatgan postimizdan da ko`ra ichimizda qilayatgan duoyimiz Bu oilaga nafliroq. To`g`ri tushunarsila.

hercules
05-16-2007, 03:28 PM
Joylari jannatda bo'lsin. Munisa sizga va yaqinlaringizga allohdan sabr so'rayman

Olloh joyini jannatda qilsin ilohim

shu forum azosi singlimiz munisani jiyanlari yani akalarini farzandlari 1yoshida bugun ertalap manhattan kasalhonasida olamdan koz yumipti..

Ilohim oilalariga sabr bersin va begunoh godakni joyi jannatda bolsin...

Camellia
05-16-2007, 05:29 PM
Allohdan sabr-bardosh berishini sorayman.
Akangiz honadonida tez kunlarda shirin-shakar farzandlar ovozi jaranglasin.

Professor
05-16-2007, 05:57 PM
ИННИ ЛИЛЛАХИ ВА ИННА ИЛАЙХИ РОЖИУН.

РАХИМЛИ ВА МЕХРИБОН ОЛЛОХ НОМИ БИЛАН,
Ё ОЛЛОХ, БУ ДУНЁНИ ТАРК ЭТГАН БУ РУХЛАРНИНГ ЭГАСИСАН,
ВА БУЛАР КИ СЕНГАГИНА ИШОНГАН ХОЛАТДА ДУНЁДАН АЙРИЛДИЛАР. УЛАРГА УЗИНГНИНГ ШАФОАТИНГДАН БЕРГИН ВА МЕНИНГ САЛОМИМНИ ЮБОРГИН.

МУНИСА СИНГЛИМ, ОЛЛОХ ОИЛА АЬЗОЛАРИНГИЗГА САБР БЕРСИН, ОЛЛОХНИНГ СИНОВИДАН УТИШ НАСИБ КИЛСИН.

noodles
05-16-2007, 05:59 PM
Manimcha bunaqa xabarlani public yozish shartmas. Shaxsiy narsala shaxsiy bop qogani maqul.

Guardian
05-16-2007, 06:02 PM
My deepest condolences to the family and loved ones of the kid. :(

Be strong.

otabek80
05-16-2007, 06:13 PM
Alloh sabr bardosh bersin.
Bu Allohning irodasi, sinovi. Qo'limizdan keladigan eng chiroyli amal sabr va Allohga duoda bo'lish. Alloh sabrlariga-sabr qo'shsin va shirin-shakar farzandlar ato etsin.

erkak#1
05-16-2007, 06:38 PM
Inna Lillahi va inna illayhi rojiun.
Joyi jannatdan bo'lsin. Allohdan go'zal sabr tiladim. Hech kimga hech qachon farzand dog'ida qolish nasib etmasin. Iloho, farzandlari ota-onalarini jannatga boshlab kirsin.

UdachnicK
05-16-2007, 06:54 PM
:(
Joylari jannatdan bo'lsin

Alloh sabr bersin

VatanparvaR
05-16-2007, 07:20 PM
Yaqinlariga sabr tilayan...

SweetHeart
05-16-2007, 08:25 PM
:cry: Joylari janatdan bulsin

IT teacher
05-16-2007, 09:34 PM
Inshalloh jannatda shu farzandlari ota-onasiga yana chaqaloq bolib keladi, u yerda toyib-toyib har kuni oynashadi.

Auditor
05-16-2007, 10:07 PM
joyi jannatda bulsin go'dakni

zula
05-16-2007, 10:50 PM
Ollohim bu norasida go'dakni o'z rahmatiga olgan bo'lsin. Ilohim joyi jannatdan bo'lsin. Munisa, Sizga va jiyaningizning ota-onasi va barcha qarindoshlaringizga Ollohdan sabr-qanoat berishini so'radim. Jiyaningiz ruhiga duodamiz.
Ollohim hech kimning boshiga bunday musibatli kunlarni solmasin.

hojiaka
05-16-2007, 11:58 PM
Yuraklarim zirrilab ketdi..... Yana musofirchilikdaya..... Norasida shubhasiz Jannatilardandir. Yaqinlariga Olloh Sabr Bergin...

LunatiK
05-17-2007, 12:17 AM
Joyi jannatda bulsin. Yaqinlariga Hudo sabr bersin.

Shokirbek
05-17-2007, 01:42 AM
Manimcha bunaqa xabarlani public yozish shartmas. Shaxsiy narsala shaxsiy bop qogani maqul.

Ko'pchilikning boshiga tushishi mumkin bo'lgan musibatga ta'ziya bildirish uchun, ko'pchilik duosidan bahramand bo'lish uchun yozish shaxsiy narsalar, shaxsiy sirlar qatoriga kirmasa kerak.. Boz ustiga, bu kabi musibatlardan boshqa musibat yetmagan zotlar ibrat olishib, o'zlari naqadar ne'mat og'ushida ekanliklarini his qiladilar..


La ilaha illalloh..
Inna lillah, va inna ilayhi roji'uun...
Bandalik.. Alloh chiroyli sabr bersin.. Jannatda ota-onalarini, qarindosh-urug'larini yuzlari porlab kutib olishadi Xudo xohlasa u va balog'atga yetmay kuz yumgan boshqalar..
Munisa, ota-onalariga, o'zizga chuqur hamdardligimni izhor etaman..

P.S. Biz ham ikkita farzandimizni oxiratga taqdim qilganmiz..

Gareeb
05-17-2007, 03:16 AM
Nega endi xursandchiliklarimizni odamlar bilan baham ko'ramizda, qayg'uli kunlarimizni yashirishimiz kerak ekan?

Musibat etgan xonadon ahliga ta'ziya bildirish ham birodarlik haqlaridan.Agar sir saqlasak unda kim eshitadi, kim xabar oladi.Musibat vaqtida inson bir og'iz daldaga muhotj bo'ladi.Odam-odamning taftini oladi degandek, shoyadki shu duolarimiz bilan munisalar oilasiga Alloh go'zal sabr bersa, mushkullarini oson qilsa.

Yana bir bor chuqur ta'ziyamni bildiraman.Shu go'dak tufayli ota-onasini ham Alloh rahmat wa mag'firatiga burkasin, go'zal sabr bersin.

ElNemo
05-17-2007, 04:19 AM
salom alayum

inna lillahi wa inna ilayhi rojiun

Munisaxon, mayyit egalariga ayting, ko'p kuyinishmasin chunki farzandlari begunoh ekanligida olamdan o'tibdi.

ya'ni hammamiz ham Yaratganimiz tomonidan birrov exam bo'lishimiz uchun bu dunyoga kelamiz. hayotimiz davomida + va - ishlab olamiz va shunga ko'ra jazo va yoda mukofot olamiz. shu + va - lar gardanimizga balog'at yoshimizdan boshlab yoziladi. A Sizning jiyaningiz bo'lsa hali balog'at yoshi u yoqda tursin, bemalol oyoqda turmagan va gapirmagan payti ekan. Va bizda - Islomda - farzandlar ma'sum tug'ilar ekan by default faqatgina + lar bilan tug'iladi. Basharti shu statusda Yaratganga qaytagidan bo'lsa, amin bo'laverinki ota-onasini jannatda kutib turadi, :insha:

wallahi a'lam bis sawab

p/s yana bir narsa: farzand shunday yoshda qaytgan ekan ota-onasiga "mening shu farzandim hoynahoy mana bunday farzand bo'lgan bo'lar edi, bundoq ishlarni qilgan bo'lar edi" deb yaxshi orzularga joy qoladi...

El Nemo

real_life
05-17-2007, 05:06 AM
Инна лиллахи ва инна илайхи рожи'ун
Албатта, олгани хам, бергани хам Аллохнинг ўзиники. Хар бир нарса Унинг хузурида маълум мухлат билан (белгиланган)дир. Сабр килинг, Унинг хузуридаги ажру савобни умид этинг.

Royal
05-17-2007, 05:50 AM
Manimcha bunaqa xabarlani public yozish shartmas. Shaxsiy narsala shaxsiy bop qogani maqul.

Genius, Vezunchik

Taziya hech qachon quloqqa etilmiydi....pichirlap.

Ayniqsa musofirchilikda huddi uzoqqa telefon yahshi eshitilmiyotganda baqirip gaplashganday bu forumdayam hamma baqirganday qip norasida godak uchun oila azolariga oz taziyalari...

The Reaper
05-17-2007, 06:08 AM
Приношу свои искренние соболезнования Мунисе, и всем её родным и близким. :(

Tr

inter
05-17-2007, 06:23 AM
sabr tilayman!!!
iloyim shu norasida gudakni olloh uzi rahmatiga olgan bulsn!

Demir Kağan
05-17-2007, 07:14 AM
I don't know what to say.

Joyi jannat bolsin.

UzLand
05-17-2007, 07:53 AM
Naqadar ko'rgulik! Joylari jannatda bo'lsin...

Mengli
05-17-2007, 08:07 AM
this is really sad...

please accept my deepest condolences...

The MINUSCULE MAN
05-17-2007, 08:27 AM
Moi soboleznovaniya, Olloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin ilohim.

MiMi
05-17-2007, 08:31 AM
Жойи Жаннатда болсин.

Примите мои соболезнования.

Pythagor
05-17-2007, 09:04 AM
joyi jannatda busin.

Mahmud
05-17-2007, 10:35 AM
Oila a'zolariga sabr bersin! Joylari jannatda bo'lsin...

Vector
05-17-2007, 10:48 AM
sabr bersin, yana kop farzandlani nasib etsin hudoyim

AbuMuslim
05-17-2007, 01:01 PM
Усома ибн Зайд розияллоҳу анҳудан ривоят: «Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васалламнинг қизлари У зотга, тезроқ келинг, ўғлим қабзи руҳ бўлмоқда, деб одам юборди. У зот соллаллоҳу алайҳи васаллам Салом айтиб: «Албатта, олгани ҳам Аллоҳникидир, бергани ҳам Уникидир. Унинг наздида ҳар бир нарсанинг ажали белгилангандир. Сабр қилсин ва талаби савобда бўлсин», деб одам юбордилар. У(қиз) қасам ичиб, албатта, келсинлар, деб одам юборди. Бас, У зот турдилар. У зот билан бирга Саъд ибн Убода, Муоз ибн Жабал, Убай ибн Каъаб, Зайд ибн Собит ва бир қанча кишилар ҳам турдилар. Болани Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга кўтариб олиб келинганда унинг жони мешга ўхшаб пўккиллаб қолган эди. Бас, У зотнинг икки кўзларидан ёш оқди. Шунда Саъд: «Эй, Аллоҳнинг Расули, бу нима?» деди.
«Бу Аллоҳ бандаларининг қалбига солган раҳматидур. Аллоҳ фақат раҳимлик бандаларигагина раҳм қиладир»-дедилар». Бешовларидан фақат Термизий ривоят қилмаган.


Абдурраҳмон ибн Қосим ибн Муҳаммад ибн Абу Бакр розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Мусулмонларга мусийбатларида уларга мен туфайли етган мусийбат, таъзия бўлсин», дедилар». Имом Молик ривоят қилган.


Инна лиллахи ва инна илайхи рожи'ун

W.I.Z.A.R.D
05-17-2007, 01:34 PM
Allohning irodasi, joylari jannatda bulsin!

Munisaga esa sabr toqat tilab qolaman.

Abu-Hafiza
05-17-2007, 04:34 PM
Inna lillahi wa inna ilahi rajiun

Alloh bir imtihon yuboripti, inshaallah go'zal sabr ila bu imtihondan o'tishingizni tilab qolaman. Munisahon va oilasiga bardamlik tilayman. Inshaallah marhum farzand qiyomat kuni ota onasiga shafoatchi bo'ladi. Eshitib juda hafa bo'ldim. Inshaallah Alloh yana ko'ptan ko'p solih farzandlar ato etsin. Duolarimizda eslab turibmiz.

smirnoff
05-17-2007, 04:53 PM
Olloh sabr bersin. Chuqur taziyamizni qabul qiling.

Elegance
05-17-2007, 05:05 PM
Allohdan sabr tilaymiz. Ta'ziyamizni qabil qiling...

Unique
05-17-2007, 10:59 PM
INNA LILLAHI WA INNA ILAHI RAJIUN
My deepest condolences...May Allah give your family patience and strength.

Magnolia
05-17-2007, 11:12 PM
Примите мои соболезнования...

munisa
05-24-2007, 06:34 PM
Assalomu Alaykum,

Barchangizdan Alloh rozi bo'lsin, og'ir kunlarimizda hamdard, duoda bo'lganilar uchun, ming rahmat.

O'sha kuniyoq o'qib, hamdardlarimizdan hursand bo'lganmiz. Qiziq, forum bir ajoyib vosita, joy bo'lib qolgan ekan, hursandchilikdaku mayli, kirib, kulishib, gaplashib chiqib ketaman deysan odam, lekin boshimga shunday g'am tushganda, birinchilardan bo'lib holimni to'kadigan joyim bo'ladi deb o'ylamagandim. Avvaldan jiyanimni holi haqida habardor, duoda bo'lganilardanmi,,,bilmadim, Nasim akani ham umrlari uzoq bo'lsin iloyim, ko'p foydali amal qilgan ekanlar.

Thread paydo bo'lishidan avval ham ko'zimda yosh bilan, kirib, o'zimni ovutmoqchi bo'ldim...Yaqin insonlarga zor bo'lasan ekan odam shunday paytda...Uyda bilinmasdi, musofirchilikda,,,juda og'ir bo'larkan..So'ng, barchangizdan satrlarni o'qib biram ko'nglimga dalda oldim,,,faqat men emas, akam, kelin ayam ham...hatto uydagilarga jo'natib yubormoqchiman. odamni taftini odam oladida, albatta biz uchun o'ylanib, qayg'urib, ta'ziya bildirib, duo qilgan, hech yo' hayolga cho'mganlarni borligini bilib shukr keltirdik, dalda oldik. Ko'pchilik aytganday, qolganlarga ibrat, bizga hamdardlik bo'ldi.

O'sha kunlari rosa dildan gaplashib yurdim hammangiz bilan. Juda ko'p gaplarni aytgim keldi. Hozir qanchalik eplayman, bilmadim. Lekin harakat qilaman.

Royal akamizdan boshlamasam bo'lmaydi,,,,o'zlariga yozgan PM.ni quote qila qolay,,,

Royal aka, judayam sizdan hursandmiz,,,so'z bilan aytib berolmaymiz qanchalik bizga dalda bo'lganizi. to'g'risi o'sha kun janoza, qabriston, va siz bilan ko'rishib, gaplashib qaytganimizdan keyin juda ko'ngillarimiz yengillashdi, to'q bo'ldi. hullas, nima desam ham kam,,,savoblari behisob bo'lsin iloyim qilgan yahshiligizni,,,farzandlariz rohatini ko'rib, ulug' yoshlarga kiring iloyim,,,siz qatori dalda bo'lyotganlarga inshalloh hamisha duodamiz..hudo hohlasa yana ko'rishish umidi bor, nasib....

Shu darajada ularni jasorati, yahshiliklaridan quvondik,,shu paytgacha O'zbekligimdan bunchalik fahrlanmagan edim....Bizni ham horijlarda shunday Vatandoshlarimiz bor ekan,,hor zor bo'lib, ko'nglimizga o'kinch beradiganlaridan tashqari,,,,Alloh irodasi bilan qo'lidan shu kabi ulug' ishlar keladigan,,,Ular orqali necha notanish odamdan qo'ng'iroqlar oldik, yordam kerakmasmi ma'nosida. Bir begona, va lekin Vatandoshiz sizga qilishi mumkin bo'lgan bundan ortiq amal, muruvvat bo'lmasa kerak.... Musulmon ekanligimiz esa,,,,Allohga ming shukr,,,eslasam hozir ham ta'sirlanib ketaman...Royal bobo u, Royal bobo bu deganlarga moder bo'lsam ban berardim :) Gap chindan ham gapda, suyaksiz til ekan, gapiraveramiz, bilib, bilmay....Lekin amalda bunday ishlarni qilish har kimni ham qo'lidan kelmaydi..Kamtarligidan 'hech narsa qilmayabmiz, qani endi qo'ldan kelganda, davosini topib berardik, taqdir ekan' dediku, lekin qaytanga,,bola kasal bo'lib najot izlab yotganida dardiga malham bo'lganlardan qanchalik hursand bo'lsak, mayyitni hor qilmay, ko'nglimizni olib, Islomiy tarzda, har narsani bekamu ko'st qilib berganligidan, qatorimizga boshqa Musulmonlar, O'zbeklarni sherik qilib berganidan o'shancha hursand bo'ldik, balki undan ham ko'proq....chunki musibat, kasal bolamiz bilan yashaganimizdan ko'ra,,,jonsiz holdagini qo'limizda ko'tarib dod faryod qilganimizda ming chandon og'ir edi,,,,,,,,,,,,,,,,,shuning uchun ayajonim aytardikan - bundan battari bo'lishi mumkin edi - deb,,,HAR qachon ham Allohga shukr keltirib, taqdiridan rozi bo'lishimiz kerakligini ba'zan unutib qo'yamiz....

Ikkinchi aytishim kerak bo'lgan narsa,,,, - "Odamlar kiryabdi, yig'la, Ertaga uchi, to'rti, qirqi, qirq kun aza, ko'chaga chiqish yo'q" deydiganlar yo'qligi oshiqcha vahima bermadi, ustimizdan bosmadi, sabr bilan o'zimiz ko'ngilga kelganda yig'lab, boshqa payt shukr qilib yashayverishimiz osonroq bo'ldi. Biddiy'at, bema'ni irimlar shu qadar ta'sirliki, to'htovsiz azada yurib mayyit yaqinlari ham azob beradi barchaga, ham ruhan cho'kib ketishadi (psihologik ta'sir ostida, aqldan ozish ham hech gapmas), ham eng yomoni Allohga shirk keltirish darajasida bo'lib ketadi.....Judayam hohlardim,,,o'limlarimiz, azalarimiz isloh bo'lsa, barcha asl bo'lishi kerak amallarni tushunib yetsa. Uyimizda albatta, ehson, keldi ketdilar bo'libdi, lekin Hudoga shukr, yuqoridagiday emas.

Yana nima derdim,,,akam ham forumni shu darajada kuchli vositaligidan ta'sirlandi..Bir threadda avval ham muhokama qilinganiday, fond tashkil qilish kerakligi, o'sha yerga ehson to'planib, yahshi yomon kunlarda odamlarga yarashligi haqida gapirib, eng birinchi imkoniyat bilan o'zi ehson qilishligini, shuni niyyat qilib qo'yganini aytdi.....

MuhammadSodiq chindan bir ilohiy bola edi,,,,ko'zlariga qarab bardosh berolmasdik,,salobat,,,ma'nosidan,,bir yoshga kirib go'yo ba'zi odamlar yuzga kirib yashamaydigan bir ma'noli umr yashab ketdi,,,Juda ihlosimiz baland edi,,,Chindan ham o'nta bo'lsa o'rni boshqaku, baribir qolgan hamma jiyanlarimdan bir boshqacha edi,,,Forumda kimdir qoldirgandi, chiroyli azon bilan, yosh bolachani Al-Balad surasini o'qigan faylini. O'shalarni eshitib jon berdi,,,,O'sha bolachani har eshitganimda,,,shunaqa qori bola bo'ladi Hudo hohlasa derdim,,,Ismlarini ham katta havaslar bilan qo'ygandik,,,,,taqdir ekan...Bola 6 oyligidan beri necha necha insonlar qaradi, dardiga malham bo'ldi - o'zimizcha,,,,bu bola gunohlarga kafforat uchun kelgan ekanmi deb qo'yamiz...Inshalloh barcha hamdardlarga Hudoyim behisob ajrlarni bersin...Juda ko'p odamni mehri tushib qolib,,,bizdan battar azada yurishibdi,,,Endi qaytmaydi, faqat Shokirbek aka aytganday,,ibrat, sabr.

Abu Muslim aka, keltirgan hadisingizni sharh qilib yuboring iltimos, to'g'risi ma'nisini tushunmadim chog'i, lekin juda tushungimiz keldi.

Alloh rozi bo'lsin,,,

Barchangizni Honadonlaringiz tinchlikda, tani joningiz salomatchilikda bo'lsin Iloyim....

Assalamu alaykum wa Rohmatulloh wa Barokatuh

NYyankNY
05-24-2007, 07:06 PM
UZR man Bu thraedni kormagan ekanm an .
Joylari jannatdan bolsim .Allohdan sabr-bardosh berishini sorayman

HustleR
05-24-2007, 07:39 PM
please accept my condolences.

rosefire
05-25-2007, 12:12 AM
bu threadni ko'rmagandim:(

buni o'qib ko'zimga yosh keldi:( , Tasavvur qilayapman sizlarga hozir qanchalik qiyinligini. Yaqinidan ayrilishdek og'ir azob bo'lmasa kere dunyoda. Lekin bu Allohning irodasi. Biz bandalar nima ham qila olardik. :(

Munisa, Alloh akangiz, kelin oyingiz, siz va barcha oila a'zolaringizga sabr bersin. Ilohim, jiyaningizning joylari jannatda bo'lsin. butun oilam nomidan chuqur taziyamni qabul qilinglar.

Alloh, qolganlarga sabr va bardosh, o'tganlarga esa jannatlaridan joy ato qilsin, InshaAlloh.:(

Glance
05-25-2007, 06:05 AM
oooyy.. :((

nima deyishniyam bilmi qoldim,, Munisahon, Sizga va oila a'zolarizga sabr tilayman, go'dakcha ohiratta hamma suvsiraganda ota-onasiga suv tarqatib ulani juda hursan qiladi InshaaAllah, bu dunyoni fitnalaridanu, fisqu-fasod ishlaridan Alloh asrab, o'z huzuriga olib ketibdi, bunda ham ko'p, ko'p hikmat bor bo'lsa kerak..