PDA

View Full Version : Rauf Parfi

Delf
05-20-2007, 08:48 AM
Discussion thread for Rauf Parfi (http://forum.arbuz.com/wiki/Rauf Parfi). If you would like to add a comment, click the Post Reply button.

NuR_BeK
05-20-2007, 10:40 AM
Qobilyatli ijodkor, ajoyib ustoz, buyuk inson edilar.

Afsuski umrining oxirini qiyinchilikda o'tkazib, xor bo'lib yolg'on dunyoni tark etdilar. Joylari ilohim jannatda bo'lsin.

fiona-user
05-20-2007, 11:00 AM
haqqatanam juda zo'r odamidila
bunaqa shoirla dunyoga kamdan kam keladi

MirSa
05-23-2007, 03:13 AM
Bundan 2 yil oldin edi. Ertalab avtobusda o'qishga ketayotganimda bitta ichvogan rus erkaki avtobusga chiqdi. Normalniy kiyingan, galstuk taqqan, faqat sochlari tuziganidi. Chayqalib oyog'da zo'rg'a turganini kurib, nima bo'sayam odam dib o'rnimdan turib joy berdim. 2 kishilik o'ringa o'tiraman dib yotib qoldi. Buni kor'gan konduktor uni avtobusdan tushirvormoqchi bo'ldi, lekin haligi odam 500 so'mlik berib "Zdachi nenada" diganidan keyin konduktorni rangi o'chdi. E'tibor bersam haligi o'ris odam Ilhom Farmonovni "Laylo" qo'shig'ini hirgoyi qilayaptikan:
Laylo laylo sening yoningda
Birdam ko'moqchidim o'zimni.

Shunda birdan avtobusdagi odamlarga qarab gapira ketdi:
- Eh vy', uzbeky', Vy' daje ne predstavlyaete kakogo velikogo cheloveka poteryali vchera....

Keyin manga qarab:
- Sinok,vot ti, naverno student, ti znal nekiy poet Raufa Parfi?
- Da.
- Vot on vchera skonchalsya. A ved segodnya 1 aprel', i ya nehochu poverit!
.....

"Laylo" qo'shig'ini she'rini Rauf Parfi yozganlarini ushanda bildim....

Masanori
05-23-2007, 04:59 AM
Orzuim... Turkiston deya atalmish tarqoq Vatanni bir butun ko'rmoq!

(R. Parfi avtobiografiyasidan.)

fiona-user
05-23-2007, 11:32 AM
umuman, 28martta Rauf Parfi olamdan o'tgan
lekin, uni hotirasiga bag'shlab hich narsa bo'mayotgani odammi jahlini chiqarvotti.
hali hich qaysi shoir yoki yozuvchi Rauf Parfichalikmas
ruhlari shod bo'sin
ONA TURKISTON
Xotiramning qa’r-qa’rida tarix
Doim so’zlab turar ezgin hikoya.
Tutqin qush singari qolurman g’arib,
Ruhimga bulutlar tashlaydir soya.

Bot-bot xayolimdan chekindi mubham,
Fikrimdan yulqindi vatan qorasi.
Olisda miltirab so’nayotgan sham
Qo’hna hasratimning mash’um yarasi.

Kishanband qilinar qo’llarim go’yo,
Tuproqqa qo’shila boshlaydi tanim.
Shu qadar yuragi tormidir – dunyo.

Nahot farzandiga – o’ziga g’anim,
O’zi yuragimga jo bo’ldi, ammo
Nechun sig’dirmadi, nechun Vatanim?!

Ko’ringiz tarixni, ey turkiy xalqim,
Ko’zimda ertaning sevinchi xolos.
Ul Turondir, Turkistondir? U balkim
Ichimni kemirgan qadimiy qasos.

Ko’ringiz tarixni. Ko’z oldim parda,
Qo’limdan uchmoqda bu yer, bu Vatan...
Oshno tutinardim po’lat xanjarga...
Jang maydoni sari otilardim man...

Vatan, aylanarman bir keskir toshga,
Qoshingga o’q kabi uchib borarman…
Nahot til boshadir, nahot dil boshqa?!

Yo’q! farmon kutarman, eng so’nggi farmon,
Shakllanib qararman qalqqan quyoshga.
Baribir, qasos, deb yonarman hamon.

Umr deganlari o’tmakda shoshqin,
Tilla barglarini elab yo’limga.
Sening manguliging beradir taskin
Erta uzulguvchi mening umrimga.

Oh, Ona Turkiston kuylayman yonib,
Dunyo jur’atini berding qo’limga.
Men endi angladim turkiy dunyoni,
Mana, men tayyorman endi o’limga…

Ey mening zahmatkash, ey qutlug’ xalqim,
Bergil faqat kuyib kuylamak haqqin.
Ortiq mas’ul etar topilgan bu baxt.

“Ishq so’zidan kuydi bulbul maskani”,
Til bilan kuylanmas ona-Vatanim,
Men seni kuylamak istayman faqat.

Samimiy
05-27-2007, 11:02 PM
Bundan 2 yil oldin edi. Ertalab avtobusda o'qishga ketayotganimda bitta ichvogan rus erkaki avtobusga chiqdi. Normalniy kiyingan, galstuk taqqan, faqat sochlari tuziganidi. Chayqalib oyog'da zo'rg'a turganini kurib, nima bo'sayam odam dib o'rnimdan turib joy berdim. 2 kishilik o'ringa o'tiraman dib yotib qoldi. Buni kor'gan konduktor uni avtobusdan tushirvormoqchi bo'ldi, lekin haligi odam 500 so'mlik berib "Zdachi nenada" diganidan keyin konduktorni rangi o'chdi. E'tibor bersam haligi o'ris odam Ilhom Farmonovni "Laylo" qo'shig'ini hirgoyi qilayaptikan:
Laylo laylo sening yoningda
Birdam ko'moqchidim o'zimni.

Shunda birdan avtobusdagi odamlarga qarab gapira ketdi:
- Eh vy', uzbeky', Vy' daje ne predstavlyaete kakogo velikogo cheloveka poteryali vchera....

Keyin manga qarab:
- Sinok,vot ti, naverno student, ti znal nekiy poet Raufa parpi?
- Da.
- Vot on vchera skonchalsya. A ved segodnya 1 aprel', i ya nehochu poverit!
.....

"Laylo" qo'shig'ini she'rini Rauf Parpi yozganlarini ushanda bildim....

Kup tomonlama ibratli bir hikoya. Rahmat.

AlbanDra
05-27-2007, 11:52 PM
AROSAT SEVGI

Juda baxtli eding u bilan,
Dunyoni to'ldirib yurarding.
Sen o'shani o'ylaysan hamon,
O'sha bilan banddir yuraging.

Uning bilan kechgan damlardan
Senga qolgan shirin xotira.
Mening esa achchiq g'amlardan
Tortib ketdi ko'zlarim xira.

Lekin sevgim joy topolmadi
Xotiralar yotgan qalbingdan.
Sen uni hech unutolmading,
Men ham kecha olmasman sendan.

yuhakseng
05-28-2007, 12:53 AM
Àãàð õàììà êàëáèãà ¸êêàíäåê, âèæäîíè áóþðãàíäåê ÿøàãàíäà, äóí¸ áîøêà÷à áóëèá êåòàðäè.

Elegance
05-28-2007, 06:31 PM
Àãàð õàììà êàëáèãà ¸êêàíäåê, âèæäîíè áóþðãàíäåê ÿøàãàíäà, äóí¸ áîøêà÷à áóëèá êåòàðäè.

Dunyo bundanda kattaroq inqirozni ko'rmagan bo'lar edi...

Qalbiga yoqqandek yashash va vijdon bilan yashash bir-birga qarshi bo'lgan his-tuyg'ular...

Samimiy
05-31-2007, 09:38 AM
Rauf Parfining "Tavba" she'rlar to'plamini (2000) PDF da quydim. Afsuski sifati unchamas, chunki kitobning uzi sifatsiz qogozda bosilgan.

Hozir menda Rauf Parfining boshqa kitoblari yuq. Qulimga tushsa yana scan qilib, PDFini quyaman.

Fayllar forumning 1 MB lik pdf limitini oshib ketdi, shunga sendspacega quyyapman.

Rauf Parfi - TAVBA (2000) - 2 qismdan iborat PDF fayl:

http://www.sendspace.com/file/t08qh2

Shu kitobning uzi - bitta pdf fayli shaklida:

http://www.sendspace.com/file/asung5

Iqbol
08-01-2007, 03:52 PM

Salom, samimiy user Samimiy.

Shu kitobni qaytadan qo'yib yoki emaildan jo'natib yuboraolasizmi, iltimos?

Samimiy
08-01-2007, 04:51 PM
Salom, samimiy user Samimiy.

Shu kitobni qaytadan qo'yib yoki emaildan jo'natib yuboraolasizmi, iltimos?

Salom, IQBOL. Marhamat, uqing, zavq oling.

http://www.sendspace.com/file/jz5yfu

Toshkentda kitob magaziniga kirishga vaqt bulmadi. Kirsam ham hozir Raif Parfining kitoblari magazinlarda sotilishi gumon.

Iqbol
08-01-2007, 05:43 PM

Katta rahmat, Samimiy!
Alloh sizdan rozi bo'lsin!

Iqbol
08-01-2007, 05:47 PM
Juda zo'r kitob ekan. Boshida Naqshbandiyning shu so'zlari bor ekan: "Ishqda aqlu tanu dilu jon bo'lmas".

Ertalab Saint Augustin'ning ishq haqida " dunyo tugab bitganda, Robbimizga yuzlanganda aql, ilm, bilim bilan emas, ishq bilan yuzlanamiz" degan ma'noda gaplarini eshitgandim.

Samimiy
08-01-2007, 08:48 PM

Bu tuplami ham yaxshi-yu, lekin "Sabr daraxti" degan tuplami undan ham yaxshi edi. Ham hajmi, ham ichidagi she'rlari jihatidan. Pastdagiga uxshagan (bir tanishimning tarifi bilan) "yurakni tilib ketadigan" she'rlari bor edi. Lekin shu kitobni hech topolmayapman. Topsam uning ham pdf ini quyar edim.

Kel, jimgina vidolashaylik endi

Yoningdan o’taman – bu so’nggi safar,
O’tib ketmoqdaman senga to’ymasdan.
Shu gaplar, shu gaplar rost bo’lsa agar,
Nega jim turibsan, axir so’ymasdan.

Shu gaplar rost bo’lsa, yolg’izim, yig’lab,
Senga o’lim tilab qolar edim men.
Yo’q, yo’q, mozoringni o’pib, timdalab,
Qayta tiriltirib olar edim men.

Rostin ayt, men ozlik qildimmi senga?!
Ayt, bir yurak ozmi? Mana! To’ydim-ku!
O’jar sevgim bilan tegdim joningga,
Kechir, rashkim bilan qiynab qo’ydim-ku.

Kechir, endi mening quyoshim botdi.
Senga ishonmadim. Sen mendan tonding.
Bir tuban nomingni loylarga otdi,
Razil kimsalarga nechun inonding?!

Imon bormi, derdim yonib, sig’inib,
Porloq timsolingga, sevgilim, biroq,
Tashlab ketmoqlikni o’rgandik ko’proq,
Kel, vidolashaylik endi, sog'inib.

Menga og’ir ichmoq sening ko’zyoshing,
Boshingda g’amlarning toshlari sindi.
Ko’rib turibsan-ku, tosh bo’lsin boshing,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.

Bu yorug’ dunyoda vafo qani? Kel.
Senga inonmadim- men telba, g’arib.
Qayga olib borib ko’mayin, aytgil,
Yuragimning jasadini ko’tarib.

To vola yuragim shan libos kiysin,
Toki so’nggi bor yayrasin so’nggi bor bu jon.
Sening ko’ksing uzra bir uxlab to’ysin…
Yo’q, o’zgacha sevolmasman hech qachon.

Hech bir mozor qabul etmas, yo’llar berk,
Bugun yuragimning saslari tindi.
Sevgilim, so’nggi bor, so’nggi izn ber,
Kel, jimgina vidolashaylik endi.
Rauf Parfi

Iqbol
08-02-2007, 07:33 PM
To'g'risini aytsam quyidagi she'rni unchalik tushunmadim?

Siz nima deb o'ylaysiz?

http://img174.imageshack.us/img174/2336/uygonarturkistonrc5.gif

AbdulAziz
11-18-2007, 09:10 PM
Ona Turkiston (sh'erlar to'plami). Rauf Parfi

http://www.ziyouz.com/images/books/ona_turkiston.jpg (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=103)

Muallif: Rauf Parfi

Hajmi: 111 Kb
Fayl tipi: PDF

Saqlab olish (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_remository&Itemid=57&func=fileinfo&id=103)