PDA

View Full Version : HAQIQATGA KO'Z YUMIB BO'LADIMI???


OZOD
10-26-2001, 10:08 AM
HAMMAGA SALOM!
Mana men sezganim bo'yicha bu saytga asosan patriotlar kirar ekan, bu so'zni to'g'ri ishlatdimmi bilmayman...?
Lekin bir narsani bilish kerakki, hamma balandparvoz gaplar gapiradi: "O'zbekistonning kelajagi buyuk .....". Ha albatta shunday bo'lsin, lekin hozircha bunga ishonch 0 atrofida yuribdi, men asosiy O'zbekistonning aholisini aytyapman...
To'g'ri hozir siz mana yahshi, shaharlar obod bo'lyapti dersiz, chet ellarda o'qiyapmiz dersiz, sovet davrida bunaqa bo'lmagn edi dersiz..... hullasi men sovet davrini qumsab etayotganim yo'q.....!!!
Siz bir qishloq hayotini ko'rsangiz edi, siz faqat o'zingizdan kelib chiqib hulosa chiqarmang!!!
Kelajagi buyuk bo'lishiga kelsak: kelajagi buyuk bo'lishi uchun davlat ustiga o'qimishli odamlar kelishi kerak, buning uchun Institutlarda.......
Hullasi aytishga gap ko'p.....Siz ham hozir "bu juda noshukur ekan" kebi so'zlar bo'lishi mumkin, albatta bu sizga havola...
Lekin baribir bir mulohaza qilib ko'ring: korruptsiya, tanish-bilish, yo'l qo'ymaslik, repressiya.....
Men asli Toshkentlikman, lekin ko'p qishloqlarda bo'lganman, chet ellarda ham bo'lganman, hozir US daman........... Lekin men halol ishlab topilgan pulga kelganman, yashirmayman ishlayman....
Yana bir savol :
O'g'rilik gunohmi, yoki yashash uchun kurashmi???

OZOD

underloaded
10-26-2001, 12:39 PM
Yana bir savol :
O'g'rilik gunohmi, yoki yashash uchun kurashmi???

It depends:

Ferrarini o'girlagan- gunohkor.
Non o'girlash- yashah uchun kurash

hayrush
10-26-2001, 01:22 PM
Assalomu alaykum
Corruptia yoqolishi uchun econimy yahshi bolish kerak, hozirgi sharoitda pora olish oddiy holga aylangan, olmasa kim bolishidan qat'iy nazar davlat bergan maosh bilan oilani boqaolmaydi, misol yozda praktikada boldim, har kuni shaharga borib kelishim uchun 1000 somlar ketar edi, 1 oyda 30000, lekin ota onamning maoshini qoshsak 30000 chiqmas edi???
Og'irlik katta narsani og'irlasa bu hisobga kirmaydi, yani bu yerda qonun og'fi hisoblanadi, lekin och qolgan bechora non o'girlagani uchun hayoti hazon bolishi mumkin.
Hammasi yana iqtisodga borib taqaladi, bizlarda yuritalayotgan siyosat bilan uzoqqa borib bolmaydi.

Uzbek
10-26-2001, 02:13 PM
Corruptia yoqolishi uchun econimy yahshi bolish kerak,

Shu gapingizga uncha ko'shilmayman, korrupziya xamma erda bor, eng iktisod tarafdan rivojlangan davlatlarda xam uchraydi. bundan korrupzija nafakat iktisodga boglik balki odamlarni dunyo karashi, boylik to'plashga bo'lgan talablri xam bogliq bo'lsa kerak. To'gri bizda ko'prok jashash uchun pora olishadi. Odamlarimizni pora olish, davlat korxonasidan biror mulkni o'girlab uyiga olib kelishlar kandaydir bir tushunish bilan karaladi, go'yoki, shunaka bo'lishi kerak, xamma shunday kiljabdiju deb fikr kilishadi. bunga sabab mening fikrim sovet tuzumidan kolgan tarbiya, bunday fikrda nafakat bizning odamlar balki barcha sobik Ittifok odamlari o'ylashadi. Poraxo'rlikka karshi kurashish uchun ko'prok bozor iktisodi talablarini amalga oshirish kerak, bizda esa ko'p narsalar markazlashgan va xukumat amaldorlariga boglik, ular esa bundan foydalanishmokda. Agar buni amalga oshirish iloji bo'lmasa Xitoyni singai poraxo'rlarni otib o'ldirish kerak, bu juda qo'pol no yaxshi natija beradi.

bratishkaa
10-26-2001, 04:44 PM
Pora bilan iqtisodiyot darajasi orasidagi bog'liqlik pora bilan vijdon orasidagi bog'liqlikdan ustunligi to'g'risidagi fikrga qo'shilmayman.
Nazarimda kishi harakat qilishi kerak. Tushunaman och qoringa tanbur chalganga o'xshaydi bu xildagi gap. Rizqini bergan, yetarki bandasi buni bilsin va unga to'g'ri yo'l bilan erishsin. Qo'shimcha ish qilsin, hafta oxirida yana biron ish(o'zim oqbilak birisi bo'lib aytayapman , aslida mehnat neligin bilmayman -da, shu bois balki fikrlashim ancha yuzaki va go'dakona) Lekin, iqtisodiyoti gurkirab ketgan Italiyani aytasizmi, Yaponiyani aytasizmi ularda ham poraxo'rlik masalasi hammavaqt kun tartibida turgan va bundan keyin ham tursa kerak. Zero pora masalasi bu avvalombor vijdon masalasi, negaki porasiz ham yashash mumkin, lekin bunda o'zini qisishi kerak bo'ladi kishi degan, qo'ni-qo'shnidan bir pog'ona past, yoru-birodardan xoksorroq, "katta" bo'laturib o'ziga yarashmagan tarzda jo'n kiyinish va hokazo. Lekin istaymizmi yo'qmi jamyatimizni mustahkam poydevor ustida qurishning bir yo'li hamma o'z kattaligidan kelib chiqib fidoiylik qilishi kerak. Bu fidoiylik riyosiz, orqasidan qo'sha-qo'sha ordenu medalsiz, televizorda ko'tar-ko'tarsiz bo'lishi kerak. Faqat Siz va U bilsin. Magaziningizning ma'lum mahsulot sotishiga ruxsatnoma olishni yillab kutishga tayyor va natijada ancha foydadan qolishni bo'yinga olish kerak, amal pillapoyasida dastyorlik bosqichida uzun qolishga, yoru birodar va jufti halolingizning ta'nayu dashnomlariga sabr qilishni bo'yinga olish kerak..
Ya'ni hamma qilaman desa qiladi, asosiysi qilaoladi bu fidoiylikni... Poraxo'rlik illati aksariyat(to'laligicha emas)siqib chiqarilmas ekan, eski hammomimiz yangi tos ko'raolmaydi..

weezer
10-26-2001, 05:36 PM
Dolzarb mavzu......!
Hop. suhbat pora haqida borayaptii, haaa?
Men pora olishni ikki hil yol bilan izohlagan bular edim: 1). Rozi qilib olingan pora.
2). Norozi qilib olingan pora.
Norozi qilib olinggan porani o'girlikka tenglasa buladi.
Rozi qilib olingani esa huddi hizmat uchun tulangan haq, boshqacha qilib aytganda, kimningdur hal qila olmayotgan muammosini hal qilib berib norasmiy haq olish. " Nega......??? Porasiz ishlashning iloji yoqmi" dersiz. "YOQ !!!"
chunki siz ham pora berasiz suramagan odamga majburlab vaqti kelsa. Agar buni biz sobiq Sovet tuzumidan qolgan bemani harakat deb baholasak, unda "porasiz hayot" ga erishishni usha sobiq Sovet tuzumidan buyon ishlab kelayotgan "Porahorlar" ning nafaqaga chiqishi bilan bog'lab kutishdan boshqa ilojimiz yoq...
Lekin yana bir muammo...: nega aksariyat talabalar uqishdan keyin pora olish qulay bulgan ishga kirishga harakat qilishadi?
Hullas hozir porani tuhtatish uchun usha korupsiyadagilarni pora olishini tuhtatish kerak, yoki undan ham yuqoridagilarni......... eeee hullas hammasi kasha...


Fikrlaringizni kuzatib boruvchi weezer