PDA

View Full Version : USAni nimani plan qilayapti???!!!


qichiq
10-30-2001, 12:01 PM
Afg'onistonda urushni boshlab, USA nimaga qarshi urushayotganini hali ham aniq aytolmayapti. Bin Ladenni topishimiz ham nomalum degan edi utgan haftada Romsfeld...

Edni esa eshitishimcha ular Mozori Sharifni yangi markaz deb atashar emish, hech shubhasiz unga General Dustum boshchilik qiladi. Keyin bir savol tug'iladi:
- Mana shu bilan biz uzimizga qarshi yangi front ochmayapmizmi, yani qachondir vaqti kelib afg'onlar (tojiklar) bizni chegaradan (uzbeklarni) chiqib ketishimiz uchun urush olib borishmasmi ekan, va mana shu orqali UZBga ancha qiyin bulmaydimi?

- Tojiklar aksariyatini tashkil qiladigan Nordallianz uzbeklar bilan hech qachon dust bulmagan, huddi shunday tojiklar bilan uzbeklar ham (oddiy Namangoniyni ularni chegarasidan utib kelishi bunga sabab), urtamizda urush chiqmasligiga kim garant beroladi.

- USA hech qachon bir davlatni shunchaki qullab quvvatlamagan, yani buni asosida iqtisod yotadi. Ular bizni uzlariga qaram qilib olish mumkin emasmi? USA hohlagan davlatida davlat tuntarishi qilib hokimiyatni uzi uchun ishlatgan. Eron bunga zur qarshilik qilgani uchun doim iqtisodiy embargoda yashaydi. USA uzi tartib urnatgan davlatlarning juda kam qismida Demokratiyani qullab quvvatlagan, chunki ularni asosiy maqsadi boshqa...

- Shimoliy Afg'onistonda uzbeklar avtonomiy davlati yaratilsa bizga ham Isroilda bulayotgan muammolar kirib kelmaydimi. Qachondir afg'on halqini ham kuzi ochilgandan keyin yeri uchun talashadi, yoki boshqa davlatlardan tomonidan osongina bizga qarshi quyiladi...

Mana shu temaga oid nimalar deya olasiz...