View Full Version : Nega hayol olislaydi?
Qizaloq
06-19-2007, 08:55 PM
Assalamu alaykum warahamatullohi wabarokatuh!
Ahli ISLOM birodarlarim, ushbu savolim bo`yicha o`z-fikr mulohazalaringizni ayamasligingizni istardim.
Namoz- bu Jannat uchun kalitdir ! Yoshligimdan Qori akalarimizni ma`ruzalarini tinglab , hulosa qilib kelardim. Aniq eslolmaymnu lekin bir ma`ruzada aytilgan gaplar hali hamon yodimda , unda Namoz haqida juda oson va oddiy tilda gap borgan edi. Eshitishimcha , hozirgi hayotimizda biror ishga joylashish, boshqa bir mamlakatga borish, yuqori tashkilotlarga murojaat etish , hulas yurgan yo`limiz ,bosgan qadamimizda bizdan zarur paytda PASPORT talab qilishadi, oddiy tilda aytganda shahsimizni tasdiqlovchi bir HUJJAT.
Hujjat, Pasportni nima aloqasi bor deb o`ylayotgandurisiza ? Sabr qiling..
Musulmon ahlining JANNATga kirishi uchun , bizning Pasportimiz, hujjatimiz, bizning yuzimiz bu –NAMOZ bo`lar ekan .
Jannatning 8 ta darvozasi bor :
1) Payg`ambarlar, shahidlar, siddiq bandalar va sahiylar kiradigan darvoza.
2) Namozhonlar uchun darvoza
3) Zakot beruvchilar darvozasi
4) Amri Ma`ruf, Nahyi minkar qilgan mo`minlar darvozasi
5) Nafsu-shahvatini jilovlab yurganlar darvozasi
6) Haj va umra qilganlar darvozasi
7) Alloh yo`lida Jiddu Jahd qilganlar
8) Taqvodorlar va ota-onasini rozi qilganlar kiradigan darvozadir.
Namozlarimizni Olloh o`z dargohida qabul aylab, Ahli Jannatdan qilsin! Biz Namoz o`qiymiz ,ammo ularning qanchasi Olloh dargohida qabul bo`layotgan ekan, buni yolg`iz Parvardigorning o`zi biladi!
Ko`p dugonalarim Namozga kirishganda Mandan kelib :
Namoz o`qiganingizda hayolingiz boshqa joyga ketadimi ? deb so`rashadi. Namozni Ollohga yuzlanib , bor dunyo tashvishlarini unutgan holda , hayolni pokiza qilib o`qimoq lozim. “Ming afsuslarki o`zimda ham shunday dugonajon “ deb javob qaytarishga tog`ri keladi, Astag`furullo…
Ammo-lekin-biroq hech kimning majburlovisiz, qistovisiz, chin dildan hohlab Namoz o`qiymizu, Namoz vaqtida hayolimiz boshqa joyga ketadi, tilimiz duoda-yu hayolimiz dunyoda go`yo. Ollohni o`zi kechirsin. Yomon hayollarga bormang, Hayolga keladigan narsalar bular: Masalan Bomdod vaqti bo`lsa : bugun 4 para o`qiyman, bugun shu fandan imtihonim bor Iloyim 5 olay-da, Asr vaqtlarida masalan: kechga nima ovqat qilsam ekan? Birovning dili og`rigan bo`lsa , yahshimikan ? kabi o`ylar keladi.
Iymon –etiqodli, juda yahshi bir domlam bor edi, hozir ham bor, umrlari uzoq bo`lsin, bizga “ MOLIYA” fanidan saboq berardilar.Darsdan vaqtliroq bo`shaganimizda , talabalarga HAJ safarlarini, Machitdagi Qori akalarimiz ma`ruzlaridan parcha ulashardilar. Mazza qilib eshitardik. Ushbu muammoim bilan domlamga yuzlandim, ular menga Namozdan oldin bir necha satrlarni takrorlashni aytdilar:
Namozga niyat qilinib bo`lingach, quyidagilar aytiladi:
Ikki qoshim o`rtasida Ka`ba
Oyoqlarim tagida Pulsirot ko`prigi
O`ng tomonimda Jannat
Chap tomonimda Do`zah
Orqamda esa Jabroil Alayhis salom turibdilar
Namozimni o`z dargohingda qabul et !
Ushbu satrlardan so`ng Namoz davom ettiriladi , man ham shu kundan boshlab Domlamning aytganlarini qila boshladim, dugonalarim bilan baham ko`rdim, Natija ..? deyotgandursiza? Natija yomon bo`lmadi, ammo baribir hayol ba`zidaaa olislaydi.
Shayton tavqi la`natga uchragandan so`ng Jannatdan Yerga tushayotib, Ollohga “ Bandangni yo`ldan ozdiraman, Namozda ham, Hajda ham , hamma joyda u bilan birgaman “ degan ekan .Shayton qonimizda ham oqarkan aytishlaricha .Bilmadim nima deyishga hayronman…? Buni ham Shaytonga yo`yishimiz tog`rimi ?
Endi shoshmay o`ylab ko`ringchi birodarlarim, Namozingizni ado etayotgan vaqtingizda hayolingiz o`zingiz istamagan tarzda boshqa joyga ketadimi? Namozimni o`qib bo`lib falon joyga boraman, Namozimni o`qib bo`lib futbol ko`rishni davom ettiraman, Namozimni o`qib bo`lib uchrashuvga ketaman, Sevgilim kutib qomasin , deya o`ylaysizmi ??????
Men va do`stlarimdan bilganlaringizni ayamang, Qur`on va Hadislardan tegishli joylarini keltirib javob yo`llaysiz deb umid qilaman.
Olloh barchamizdan rozi bo`lsin! OMIN!
E`tiboringiz uchun raxmat!
Qizaloq
06-21-2007, 03:30 AM
Assalamu alaykum wr wb!
Salomatmisiz Musulmon ahli! Nahotki shu mavzu sizni qiziqtirmasa, bunchalik NOFAOL bo`lasiz! Siz ham namoz o`qirsiz, hech o`ylab ko`rmadingizmi, balki sizda ham huddi shunday muammo bordur, yoki faqat mandamikan, sizlarni Noafaolligingizda kamina o`z threadidan hijolat chekmoqda,
Payg`ambarimiz Muhammad s.a.v : Yahshi ko`rganlaringizni boshqalarga ham ilining, bilganlaringizni boshqalarga ham o`rgating" demaganmidilar!:cry: :cry:
Assalamu alaykum wr wb!
AlbanDra
06-21-2007, 04:37 AM
shu mavzuga doir bir kitob bor kim link bervoradi talistoyning adashmasam bir yigitning iqrori degan hikoyachasi rahmat.
ДЖИГИТ
06-21-2007, 07:19 AM
Assalamu alaykum warahamatullohi wabarokatuh!
Ahli ISLOM birodarlarim, ushbu savolim bo`yicha o`z-fikr mulohazalaringizni ayamasligingizni istardim.
Hayol boshqa narsaga ketishi bu tabiiy zharayon, odam kontsentratsiyaga o'rganishi kerak, ya'ni fikrni bir narsaga qaratish, odatda inson qancha yosh bo'lsa shuncha fikrni jamlash qiyin bo'ladi, lekin kontsentratsiyani mashqla bilan o'rgansa bo'ladi, masalan yo'ga bilan shug'ullansangiz o'rganishingiz mumkin. Hadislarda va Qur'onda manimcha bu narsa yo'q. Hayolni bir masalaga qaratishning asosiy shartlaridan biri tinchlanish. U bu narsa qilgandan kegin darrov namoz o'qib ketsangiz albatta hayollariz boshqa joyda uchib yuradi, tinchlanish kerak avval. Hullas YO'GA ni o'rganing.
..... EDITED (moderator)
erkak#1
06-21-2007, 08:59 AM
Hayol boshqa narsaga ketishi bu tabiiy zharayon, odam kontsentratsiyaga o'rganishi kerak, ya'ni fikrni bir narsaga qaratish, odatda inson qancha yosh bo'lsa shuncha fikrni jamlash qiyin bo'ladi, lekin kontsentratsiyani mashqla bilan o'rgansa bo'ladi, masalan yo'ga bilan shug'ullansangiz o'rganishingiz mumkin. Hadislarda va Qur'onda manimcha bu narsa yo'q. Hayolni bir masalaga qaratishning asosiy shartlaridan biri tinchlanish. U bu narsa qilgandan kegin darrov namoz o'qib ketsangiz albatta hayollariz boshqa joyda uchib yuradi, tinchlanish kerak avval. Hullas YO'GA ni o'rganing.
Mana bu mashqlani qiling, yordam berar : )))
Rosa idealistsizde oka... ;)
"Namoz o'qiganda shayton hayolingni qochiradi," deb menga yoshligimda namozni o'rgatayotgan buvim bilan tuqqan onam aytishgandi. Namozni boshlashizdan oldin, va duoga borganingizda "O'zing kuch quvvat bergin"va "Shaytonni yuzini nari/teskari qigin" deb duo qiling. Inshalloh foyda bo'lishiga ishonaman. :)
Bundan tashqari, hayolingizda faqat Alloh, payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.w, va Jannat bo'lsin. Faqat shu uch narsa haqida o'ylashga harakat qiling. Keyinchalik bu haqda o'ylashni hohlamasangiz ham, hayolingizda faqat shu uch narsa bo'lib qoladi. :)
Musofirbek
06-21-2007, 10:08 AM
Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам намоз ўқиганларида бошларини эгиб, кўзларини ерга тикар эдилар.[72]
Каъбага кирганларида то қайтиб чиққунларича кўзларини саждагоҳларидан олмадилар.[73]
وقال صلى الله عليه وسلم: «لا يَنْبَغِي أَنْ يَكُونَ فِي الْبَيْتِ شَيْءٌ يَشْغَلُ الْمُصَلِّيَ» (أبو داود وأحمد بسند صحيح)
Ва айтдилар: «Уйда (Каъбада) намозхонни машғул қилиб қўядиган бирор нарса бўлиши лойиқ эмас.»[74]
Кўзни осмонга қаратишдан қайтарар эдилар[75], бу ҳақда таъкидлаб шундай деганлар:
وقَالَ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَيَنْتَهِيَنَّ أَقْوَامٌ يَرْفَعُونَ أَبْصَارَهُمْ إِلَى السَّمَاءِ فِي الصَّلاةِ أَوْ لا تَرْجِعُ إِلَيْهِمْ وفي رواية: أو لَتُخْطَفَنَّ أَبْصَارُهُمْ» (البخاري ومسلم)
«Намозда кўзларини осмонга кўтараётган кишилар бундан тийиладилар ёки кўзлари тортиб олинади».[76]
وفي حديث آخر: «فَإِذَا صَلَّيْتُمْ فَلا تَلْتَفِتُوا فَإِنَّ اللهَ يَنْصِبُ وَجْهَهُ لِوَجْهِ عَبْدِهِ فِي صَلاتِهِ مَا لَمْ يَلْتَفِتْ». (الترمذي والحاكم وصححاه)
Бошқа бир ҳадисда: «Агар намоз ўқисангиз, (у ёқ бу ёққа) қарамангиз. Зеро, Аллоҳ намозда турган бандасининг юзига – модомики бурилмай тураркан – Юзини тикиб туради.»[77]
وقالَ عَنِ التَّلَفُّتِ: «اِخْتِلاسٌ يَخْتَلِسُهُ الشَّيْطَانُ مِنْ صَلاةِ الْعَبْدِ» (البخاري وأبو داود)
Намозда у ёқ бу ёққа қараш ҳақида: «У шайтоннинг банда намозидан ўғирлайдиган ўлжасидир» деганлар.[78]
وقال صلى الله عليه وسلم: «لا يَزالُ اللهُ مُقْبِلاً عَلَى الْعَبْدِ فِي صَلاتِهِ ما لَمْ يَلْتَفِتْ فَإِذَا صَرَفَ وَجْهَهُ انْصَرَفَ عَنْهُ» (رواه أبو داود وغيره)
Яна айтганлар: «Банда намозида бурилмасдан турар экан, Аллоҳ унга иқбол қилиб (қараб) туради. Агар банда юзини бурса, Аллоҳ ундан бурилади.»[79]
Пайғамбар соллаллоҳу алайҳи ва саллам (намозда) уч нарсадан: хўрознинг чўқишидек чўқишдан, итнинг чўккалаб ўтиришидек ўтиришдан ва тулкининг қарашидек қарашдан қайтардилар.[80]
وكان صلى الله عليه وسلم يقول: «صَلِّ صَلاةَ مُوَدِّعٍ كَأَنَّكَ تَراهُ فَإِنْ كُنْتَ لا تَراهُ فَإِنَّهُ يَراكَ» (ابن ماجه وأحمد وصححه الهيتمي الفقيه)
Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар: «(бу дунё билан) видолашувчининг намозидек, худди Уни кўриб турганингдек намоз ўқи. Агар сен кўрмаётган бўлсанг, У сени кўриб турибди.»[81]
وَيَقُولُ: «مَا مِنْ امْرِئٍ مُسْلِمٍ تَحْضُرُهُ صَلاةٌ مَكْتُوبَةٌ فَيُحْسِنُ وُضُوءَهَا وَخُشُوعَهَا وَرُكُوعَهَا إِلاَّ كَانَتْ كَفَّارَةً لِمَا قَبْلَهَا مِنْ الذُّنُوبِ مَا لَمْ يُؤْت كَبِيرَةً وَذَلِكَ الدَّهْرَ كُلَّهُ». (مسلم)
Яна айтган эдилар: «Бирон бир киши фарз намози ҳозир бўлганида таҳоратини, хушуъ ва рукуъини чиройли қилса, бу унинг олдинги гуноҳларига каффорат бўлади – агар катта гуноҳ қилмаган бўлса (катта гуноҳдан тавба қилиш к-к) –ва бу ҳар замон шундай (давом этади.)»[82]
عَنْ عَائِشَةَ «أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ صَلَّى فِي خَمِيصَةٍ لَهَا أَعْلامٌ فَنَظَرَ إِلَى أَعْلامِهَا نَظْرَةً فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ اذْهَبُوا بِخَمِيصَتِي هَذِهِ إِلَى أَبِي جَهْمٍ وَاتُونِي بِأَنْبِجَانِيَّةِ أَبِي جَهْمٍ فَإِنَّهَا أَلْهَتْنِي آنِفًا عَنْ صَلاتِي» (البخاري ومسلم ومالك)
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам гулли адёлсимон нарсага ўранган ҳолларида намоз ўқий туриб унинг гулларига назар ташладилар. Намоздан бўшагач: «Бу ўранчиғимни Абу Жаҳмга олиб бориб бериб, менга Абу Жаҳмнинг анбижониясини (гулсиз, дағал матосини) келтириб беринглар. Чунки, бу ҳозир мени намозимдан чалғитди» дедилар.[83]
عَنْ عَائِشَةَ «أَنَّهُ كَانَ لَهَا ثَوْبٌ فِيهِ تَصَاوِيرُ مَمْدُودٌ إِلَى سَهْوَةٍ فَكَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُصَلِّي إِلَيْهِ فَقَالَ أَخِّرِيهِ عَنِّي فَإِنَّهُ لا تَزَالُ تَصَاوِيرُهُ تَعْرِضُ لِي فِي صَلاتِي» (البخاري ومسلم)
Оиша розияллоҳу анҳонинг суратлари бор бир матоси бўлиб, у айвонда осилиб турар, Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам унга қараб намоз ўқирдилар. (Бир куни:) «Уни мендан узоқлаштиринг, чунки унинг суратлари намозда мени машғул қиляпти» дедилар.[84]
وكان يَقُولُ: «لا صَلاةَ بِحَضْرَةِ الطَّعَامِ وَلا هُوَ يُدَافِعُهُ الأَخْبَثَانِ» (رواه مسلم)
Ва айтар эдилар: «Таом ҳозир бўлган вақтда ва икки хабис нарса (яъни, катта ва кичик ҳожат) қисталиб турганда намоз ўқилмайди.»[85]
НАМОЗДА ВАСВАСАНИ ДАФ ҚИЛИШ УЧУН АЛЛОҲДАН ПАНОҲ ТИЛАШ ВА ТУФЛАШ
أَنَّ عُثْمَانَ بْنَ أَبِي الْعَاصِ أَتَى النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنَّ الشَّيْطَانَ قَدْ حَالَ بَيْنِي وَبَيْنَ صَلاتِي وَقِرَاءَتِي يَلْبِسُهَا عَلَيَّ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «ذَاكَ شَيْطَانٌ يُقَالُ لَهُ خَنْزَبٌ فَإِذَا أَحْسَسْتَهُ فَتَعَوَّذْ بِاللَّهِ مِنْهُ وَاتْفِلْ عَلَى يَسَارِكَ ثَلاثًا» قَالَ فَفَعَلْتُ ذَلِكَ فَأَذْهَبَهُ اللَّهُ عَنِّي. (مسلم وأحمد)
Усмон ибн Абил-Ос розияллоҳу анҳу: «Ё Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам, шайтон мен билан намоз ва қироатим ўртасига ғов бўлиб, уни чалкаштириб юборяпти», деди. Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «Бу «Ханзаб» исмли шайтондир. Агар уни сезиб қолсангиз, Аллоҳдан паноҳ тиланг ва чап тарафингизга уч маротаба туфланг!». Усмон айтади: «Шундай қилган эдим, Аллоҳ мендан уни кетказди».[46
http://www.islamnuri.com/books/solatalbani/03.htm#_ftnref68
lobar
06-21-2007, 10:24 AM
Hato aytsam, Ollohni o'zi kechirsin, bir vaqtlar eshitgan rivoyat esimga tushib qoldi.
Robiya onamiz har gal namozdan so'ng duoga qo'l ochganlarida shunday derkanlar:
Ey Olloh, agar namozlarimni gunohlarimdan kechishing uchungina o'qigan bo'lsam, namozlarimni qabul qilma, jannatingga kirish uchungina oq'igan bo'lsam ham qabul qilma! Yo Parvardigoro, mening namozlarim, salovotlarim, senga bo'lgan toat-ibodatim yolg'iz sening jamolingga yetishish uchungina !! hayolim yolg'iz jamolingni ko'rishda.. Jamolingni ko'rishni nasib etgin....
Vector
06-21-2007, 03:53 PM
asosiy muammo namozda odam oqivatgan oyatlani manosini bilmay oqishida!
tarjima manosini anglab yetib etiborlik bilan oqilsa hayol uncha ketmidi.
just stay focused...
lyalyapo
06-22-2007, 01:45 AM
Menda ham gohida shunday jarayon bo'ladi, afsus.
Lekin shu ohirgi vaqt Alloh rozi bo'lsin menga namoz davomida o'qiydigan duolarimizning chin ma'nosini tushuntiri berishdi. Bularni bilgan mahalim ich ichimdan shunaqangi titroq va ko'z yoshlari kelib juda qattiq ta'sirlandim. Namoz vaqtida ham shularni bir past eslab keyin o'qisam endi yordam bermoqda.
Menga tushuntirib berishgani esa, Fotiha surasining chin ma'nosi, nimaga uni namoz vaqtida har bir rakaat oldidan o'qishimizni, Attahiyotining ham kelib chiqishini keltirishganda men Subhanalloh, Alloh Akbardan o'zga narsalarni aytishga aqlimu tilim shunchalar lolu hayron ediki, hozir ham o'ylasam va eslasam ichimdan titroq o'tadi. Balkim siz ham namozdan oldin shularni bir eslab keyin o'qisangiz Inshaalloh, namozingizda fikru hayolingiz faqat Yaratganda bo'ladi.
Bu mening fikrim, va o'z taribam, yakka bilguvchi esa Allohdir.
Alloh barchamizga ibodatlarimizni holisona bajara olishdek go'zal bahtni nasib etsin!
Omin!
Biz bilan bo'lishing aytib berishgan narsalarni :)
Gareeb
06-22-2007, 09:48 AM
Tahoratni mukamal qilish kerak, namozga wiqor bilan kelib, imkon bo'lsa namozdan oldin qalbni tozalash uchun Qur'on o'qish kerak, yoki 2 rak'at nafl o'qivorilsa ham namozga tayyorgarlik bo'ladi.
inter
06-23-2007, 04:59 AM
qizaloq juda 4iroyli thread o4ibsiz!!!
javob berolmayaotganimizga hafa bulmang!!!
zero din tugrisida bilib bilmay biron narsa deyish qiyin!!
bilmay notugri gapirib gunoh qilishdan qurqanimiz u4un , post qoldirmaymiz,
lekin ilmi bor okalarimiz yoki opalarimizi postlarini doim uqib yuramiz!!!!!!!
Abu-Hafiza
06-23-2007, 05:48 AM
Tahoratni mukamal qilish kerak, namozga wiqor bilan kelib, imkon bo'lsa namozdan oldin qalbni tozalash uchun Qur'on o'qish kerak, yoki 2 rak'at nafl o'qivorilsa ham namozga tayyorgarlik bo'ladi.
Gareeb birodarning gaplariga qo;'shimcha tarzida, tahajjud namoziga ko'proq turish ham hayolni kuchaytirib, qiroatni chiroylilashtiradi.
Alloh qur'onda:
إِنَّ نَاشِئَةَ اللَّيْلِ هِيَ أَشَدُّ وَطْءاً وَأَقْوَمُ قِيلاً
73.6 . Албатта, кечасиги ибодат кўпроқ мувофиқ келадир ва қироати тўғрироқ бўладир.
deb aytgan. Inshaallah shu go'zal oyatga amal qilishni nasib qilsin, ameen
Abu-Bakr
06-25-2007, 05:29 AM
Yuqoridagi fikrlarga qo'shilgan holda va ayniqsa antibid'atning
Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтганлар: «(бу дунё билан) видолашувчининг намозидек, худди Уни кўриб турганингдек намоз ўқи. Агар сен кўрмаётган бўлсанг, У сени кўриб турибди.»[81]
gaplariga qo'shilgan holda men ham o'zim bilgan/eshitganlarimdan yozmoqchi edim.
Yaqinda shu masala haqida bir birodarimiz bir-ikki nasixat qilgan edilar.
Hayol olislab ketishi bu hammada ham bo'ladi. Shayton odamni namoz o'qishidan to'solmagandan keyin hech bo'lmasa uni namozda chalg'itib savobini ketkazishga, qabul bo'lmasligiga olib borishga harakat qiladi.
Yana bir foydali maslahat, biz namozlarimizni salaflar o'qigandek o'qishga harakat qilmog'imiz lozim.
Imom Shofe'iy RA 50yil namozni xushu' bilan ado etish uchun to'yib ovqat yemagan ekanlar. Shu o'rinda Albandraning postidan ham keltirsam:
...
4.Ko’p eydigan kishining ibodati ozayadi. Chunki badani og’irlashadi, uyqu bosadi, sezgi a’zolari bo’shashib, ibodat qila olmay uxlab qoladi.
5.Ko’p yeyish ibodatdan zavq olishga mone’lik qiladi. Hazrati Abu Bakr (r.a.) shunday deydilar: “Allohga bo’lgan ishtiyoqdan ayrilmaslik uchun musulmon bo’lganimdan keyin to’yib ovqat yemadim, qonib suv ichmadim”.
6.Ko’p yeyishga odatlanishda haromga kirib qolish tahlikasi bor.
7.Ko’p yeydigan kishilarda o’lim qiyin kechadi.
Bilol RA namoz o'qiganlarida huddi bir aso/hassa turgandek qotib turar ekanlar.
Ba'zi tobeinlarda tanaga kirib qolgan o'qni sug'urib tashlash uchun namoz kifoya qilgan. Namoz o'qishni boshlashganda o'qni olib tashlashgan.
Bir Halifa masjid imomiga: "Namozga kelganlar uchun men bir ziyofat qilib bermoqchiman" deb uyiga taklif qilibdi.
Lekin ziyofatga imom o'zi bilan 10kishini yetaklab kelibdi. Shunda u kishi imomga "har kuni masjidingiz jamoat bilan to'la bo'lardi, bugun bor-yo'g'i 10 kishi keldimi?" deb so'rabdi. Shunda imom: "Ha birodar, bugun namoz o'qigan kishi faqat mana shu 10 kishigina ekan, namozda qaysi surani o'qiganimni shu 10 kishidan boshqa hech kim aytib berolmadi, qolganlar namozga emas masjidga kelishgan ekan", - debdi.
Alloh Ta'alo aytadi:
"Албатта намоз бузуқлик ва ёмонликдан тўсур. Аниқки Аллоҳни зикр қилмоқ (барча нарсадан) улуғроқдир. Аллоҳ қилаётан ишларингизни билиб турур." [Ankabut, 45]
Baz'i ulamolar shu oyatni tafsir qilib aytsihgan: "Agar kishini namozi uni yomon ishlardan qaytarmasa u qabul namoz bo'lmaydi"
CrazyFreshman
06-25-2007, 08:15 AM
Namoz oqiyotganda hayolni men shunday jamlayman....
Biror odamning oldiga ishingiz tushib kirishdan yoki boshlig'ingiz olgiga kirishdan oldin o'zingizni qanday tartiblaysiz. Uning oldida nigohingizni har tarafga alang-jalang qilib muomalada bo'lsangiz qanday javob olasiz.
Shunday ekan Allohning bir ojis bandasiga shunday muomalada bolasizuu....
Hullas, namoz oqiyotganda, hozir Allohning huzuridaman degan hayolda bolish kere, buni iloji bolmasa, Allohni ko'rib turgandek oqish kere, bunda ham bolmasa, alloh meni ko'rib turibdi deb oqish kere...
Oylaymanki, shunda hayolingiz faqat Allohda boladi...
Ilhohim, Barcha namozlaringizni to'gri o'qilgan, mukammal namozlar qatorida qabul qilsin
infolife
06-25-2007, 10:12 AM
Hayol boshqa narsaga ketishi bu tabiiy zharayon, odam kontsentratsiyaga o'rganishi kerak, ya'ni fikrni bir narsaga qaratish, odatda inson qancha yosh bo'lsa shuncha fikrni jamlash qiyin bo'ladi, lekin kontsentratsiyani mashqla bilan o'rgansa bo'ladi, masalan yo'ga bilan shug'ullansangiz o'rganishingiz mumkin. Hadislarda va Qur'onda manimcha bu narsa yo'q. Hayolni bir masalaga qaratishning asosiy shartlaridan biri tinchlanish. U bu narsa qilgandan kegin darrov namoz o'qib ketsangiz albatta hayollariz boshqa joyda uchib yuradi, tinchlanish kerak avval. Hullas YO'GA ni o'rganing.
Mana bu mashqlani qiling, yordam berar : )))
It's related from the prophet SAW that he said "Surely you all get Satanic whisperings during the prayer. To stay concentrated on the prayer one has to blow out on the left side three times and then say "Aoodhu billahi min ash-shaytaan ar-rajeem" three times (I seek refuge with Allah from the accursed Shaytaan)"
So, if a person does this, what he finds difficult in prayer will be gone by the will of Allah.
bunday holat yoshu-qari, kasalu-soglom, chiroyligu-hunuk hullas inson deb atalmish zaif jonzotda, har bir musulmonda bolib turadi(hayolni jamlay olmaslik). Shunaqa common narsaga Quron va Hadisda yechim kelmagan deb oylashingizni ozi judayam ajablanarli,,,ahir Islom hayotdagi har bir muammoga,,,daqiq bir onlik narsalarga ham javob bergan deb ishonasizku...
Silvia
06-25-2007, 11:55 AM
Assalomu alaykum wr wb,
Hayol to'g'risida juda ko'p fikrlar bildirilibdi, men ham ojiz bilimlarimni bo'lishgim keldi.
Namoz o'qish vaqtida turli hayol kelishi tabiiy holat, ya'ni hayol insoniy harakterdir.
Hayol qachon yuzaga keladi? Javobim quyidagicha:
Vaziyatning noaniqligi nihoyatda katta bo'lganda, ya'ni bilish shu darajaga kelganda hayol ishlay boshlaydi. Agar biror bir holat ko'p jihatdan o'zining noaniqligi bilan ajralib tursa, hayol ishga tushadi.
Demak, qilayotgan ishingizni siz juda yaxshi bilsangiz, hayol kelmaydi... yuqorida shu kabi fikrlar bildirilgan edi. Namozni tushunib, ich-ichidan o'qishlik darkor. Hususan, siz qiziqib, tushunib biror ish qilsangiz, kirishib ketasiz. Va hayolingiz boshqa joylarda uchib yurmaydi...
Xulosa. Shayton hayolimizni olislatmaslik uchun puxta ilmga ega bo'lishlik darkor ekan.
ДЖИГИТ
06-25-2007, 12:56 PM
It's related from the prophet SAW that he said "Surely you all get Satanic whisperings during the prayer. To stay concentrated on the prayer one has to blow out on the left side three times and then say "Aoodhu billahi min ash-shaytaan ar-rajeem" three times (I seek refuge with Allah from the accursed Shaytaan)"
So, if a person does this, what he finds difficult in prayer will be gone by the will of Allah.
bunday holat yoshu-qari, kasalu-soglom, chiroyligu-hunuk hullas inson deb atalmish zaif jonzotda, har bir musulmonda bolib turadi(hayolni jamlay olmaslik). Shunaqa common narsaga Quron va Hadisda yechim kelmagan deb oylashingizni ozi judayam ajablanarli,,,ahir Islom hayotdagi har bir muammoga,,,daqiq bir onlik narsalarga ham javob bergan deb ishonasizku...
Besides shaytants whisperings, human being has his mind, he can fall into other thoughts while making prayers, not necessarily bad or perverted satanic. Consciousness never stops, one can not say all of your thoughts are satanic, there're also your own that can deviate your attention from prayers, or it can be some external cause like outside sounds and your surroundings.
Why they say three times? - In the hope that at least one of them can come from his/her heart and soul, then God gives you his protection, if you just say it with your mouth, it may not work, because Islam teaches to pray saying it with your mouth and believing it in your heart. And when your mind is in a state of excitement, it's like " smotrish' v kigu, vidish' figu", you say it, but you don't realize it. And your prayer may become wasted. Same thing in Yoga. Concentration is important.
SHEYH_MUJIK
08-06-2007, 04:54 PM
Ha hamma yozib qoyibtiku uje mani fikrlarimi:))):lol:
Ha paygambarmizninga ham o'lim oldidan eng katta vasiyatlari namozga etiborlik boling deb aytgan sozlari.!!
Namozda hayol buzilishi manimcha bu hammada bor.Namozni oqimidi barpo qiladi musilmon odam buni hamma eshitgan bolsa kera manimcha.
Shuningchun oqivatgan namozimizani suralarini manosini tshunib oqisak manimcha yanayam yahshiroq,hayol buzilishi kamroq boladi.
Alloh oqigan namozimizaga hammaga birhil savob bermidi hammaga harhil tshunish darajasiga qarab savob beradi.Shuning uchun manosiga ham etibor berilik,organilik.Keyin hayolga boshqa narsala kelishiyam kamayadi manimcha.:uups:
Kamina
08-07-2007, 12:28 AM
Payg`ambarimiz Muhammad s.a.v : Yahshi ko`rganlaringizni boshqalarga ham ilining, bilganlaringizni boshqalarga ham o`rgating" demaganmidilar!:
xayol surishni bu Xadis bilan nima aloqasi bor
Qizaloq
08-07-2007, 07:54 AM
xayol surishni bu Xadis bilan nima aloqasi bor
Assalamu alaykum wr wb!
o`zingiz bilgan yahshi narsalaringizni, ya`ni bilimlaringizni men bilan bo`lishing degan maqsadda yozgandim,:uups: bu hadis ko`p ma`noni beradi.....
murojjatni yahshilab o`iqganingizda bunday savol bilan post qoldirmasdiz .
Olloh sizdan rozi bo`lsin!
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.