chicagoan
07-28-2007, 01:36 PM
http://forum.arbuz.com/images/icons/icon3.gif Emlovlarning Tibbiy Portlatgichga O'xshatilishi
Assalamu alaykum.
Barchaning e'tiboriga barcha blishi kerak bolgan tibbiy mavzudagi ilk tarjima ishimni havola qilmoqdaman.
Dr. Mendelsohn Yuqumli Kasalliklar va Ommaviy Emlovlar haqida.
(ba’zi qisqartirishlar bilan tarjima qilindi)
Bolalar kasalliklarining eng havfli tarafi – ularni oldini olish maqsadida qilinadigan havfli va befoyda muolajalardir. Doktor ROBERT S. MENDELSOHN, M.D. (http://www.whale.to/v/mendelsohn.html)
Menga ma’lumki, ommaviy emlashning hatarlari haqida yozar ekanman, bu ko’pchilikka avvaliga anglash qiyin masaladir. Emlovlar o’ta mohirlik bilan maqtalib kelinganligi tufayli aksariyat ota-onalar emlovni bir zamonlar odamlar yuragiga qo’rqinch solgan kasalliklarni bartaraf etgan “mo’jiza” sifatida ko’rishadi. Shundan kelib chiqib, kimki emlovlarga qarshi chiqsa ahmoqqa chiqarib qo’yiladi. Bolalar shifokorlarining o’z sohasining asosisy “noni” bo’lib qolgan emlovni shubxaga olish huddi bir hizmatchi o’zining boshlig’iga ig’vo qilishiga o’xshaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, umid qilamanki men o’z fikrlarimni ochiqlar ekanman, siz meni tushunishga harakat qilasiz. Emlov haqida hozirgacha sizga uqtirib kelingan ma’lumotning aksariyati noto’gri. Emlovlarga nisbatan menda shubhadan tashqari narsa ham bor: agar shu maqolani yozishda men o’zimning qalbimga quloq solgan bo’lganimda, men sizni bolangizga qilinadigan barcha emlovlardan voz kechishni buyurgan bo’lardim. Men bunday qilmayman, chunki shtatlarning deyarli yarmisida ota-onalar bu qarorni qilish huquqidan mahrum bo’lganlar. Siyosatchilar emas balki shifokorlar qonunlarga o’zgartirishlar kiritishga muvaffaq bo’ldilar va natijada bolangizni maktabga kirishi uchun emlovlar majburiy etib tayinlandi.
Hatto o’sha shtatlarda ham siz shifokordan iltimos qilib DPT emlovidagi Pertussis (ko’k yo’tal) ni oldirib tashlashingiz ehtimoli bor. Bu emlov eng havfli emlovlardan biri bo’lib, aksariyat shifokorlar javobgarlikdan qo’rqib, uni qilishda ikkilanib qolmoqdalar. Albatta ular ikkilanishi kerak, chunki yaqinda Chikagoda pertussis emlovidan zararlangan bola sud orqali $5,5 million oldi. Agar sizning shifokor ham o’shanday ikkilansa, buni siz o’z foydangizga ishlating, chunki sizni farzandingizning hayoti havf ostida turibdi.
Men shifokorlikni ilk boshida o’zim ham emlovlarni qilganman, lekin men ommaviy emlashning sanoqsiz hatarlari tufayli ularga teskari bo’lib qoldim. Bu mavzu shu qadar keng va chigalki, bu haqda butun bir kitob ham yozsa arziydi. Shunday ekan, quyida men shifokorlar ko’r-ko’rona va o’ta g’ayrat bilan farzandingizning qoniga qo’shayotgan yot proteinlarga qarshiligimni qisqacha tushuntirib o’tsam. Bu shifokorlar o’sha zaharli moddalar qanday oqibatlarga sabab bo’lishi mumkinligini hayollariga ham keltirmaydilar.
Mana mening asosiy havotirga solgan narsalar:
1. Ommaviy emlovning bironta yuqumli bolalar kasalliklarini yo’qolishiga sabab bo’lganligi haqida hech qanday ishonchli ilmiy dalil yo’q. Albatta ba’zi keng tarqalgan yuqumli bolalar kasalliklari emlovlar boshlangandan keyin kamayib ketti yoki umuman yo’qolib ketti, lekin hech kim buning aniq sabablarini bilmaydi. Turmush tarzining yaxshilanishi buning asosiy sababi bo’lishi mumkin. Agar ommaviy emlovlar Amerikada bu kasalliklarning yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan bo’lsa, nega ayni paytta Ovrupada ham bu kasalliklar bartaraf bo’ldi ? Ahir u yerda ommaviy emlovlar bizdagi qadar keng olib borilmagan.
2. Kop’chilik Salk emlovi Amerikalik bolalar orasida 1945-1950 yillarda keng tarqalgan poliomelit kasalligini bartaraf etgan deb ishonadi. Agar bu to’g’ri bo’lsa, nega bu kasallik Ovrupada ham batamom to’xtadi? Ahir bu emlov u yerda keng ko’lamda ishlatilmagan edi-ku! Undan ham qizig’i, nega Sabin virusli emlov haligacha bolalarga qilinib kelinadi? Axir bu emlovni ilk kashf etgan Doktor Jonas Salk, Sabin emlovi aksariyat poliomelitni keltirib chiqarayotganligini aytib turibdi. Bu emlovni bolalarga majburiy qilishni davom ettirish mening nazarimda shifokorlar orasida keng tarqalgan “ayni hatoni takrorlashning” o’zginasidir. Bu menga CHECHAK (Inglizcha SMALLPOX, Ruscha “OSPA”) emlovi bilan sodir bo’lgan holatni eslatadi. CHECHAK yo’qolib ketganidan keyin deyarli 30 yil davomida ayni emlovning o’zi o’sha kasallikni keltirib chiqaravergan.
Bir o’ylab ko’ringa! 30 yil davomida CHECHAK emlovi tufayli ko’plab bolalar nobud bo’ldi – vaholanki tabiiy kasallikning havfi qolmagan edi…
3. Har turli emlovning zararlari talaygina va undan tashqari har bir emlov bolangizda hatarli reaktsiya berishi mumkin. Shunga qaramasdan shifokorlar ularni qilishda davom etmoqdalar, va odatta ota-onalarga emlovlar bilan bog’liq hatarlar va reaktsiyalar haqida lom-lim ham demaydilar. Emlovning bolaga yetkazishi mumkin bo’lgan zararlari o’rganilmasdan turib umuman keyingi bosqichga o’tish mumkin emas. Afsuski qator-qator bolalar poliklinikalarda turli emlovlar olgani navbatta turibdilar – ularning ota-onalari esa birorta savol ham so’rab qo’ymaydilar!
4. Emlovlarning qilinishidan biroz payt o’tganidan keyin ko’pincha sodir bo’ladigan zararli oqibatlar ma’lum bo’lsa ham (ularni hech kim tushuntirib ham o’tirmaydi), emlovlar tarkibida bo’lgan chet, yot protein (oqsil)larning yillar o’tib keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan holatlari hech kimga qiziq emas. Eng achinarlisi shundaki hech kim buni o’rganishga qattiq bel ham bog’lamagan…
5. Tobora ko’p odamlar immunitet kasalliklarining sonini keskin oshib ketishiga aynan unchalik zarasiz bo’lgan bolalar kasalliklariga qarshi emlovlarning qilinayotganligi asosiy sabab bo’lishi mumkinligini gumon qilmoqdalar. Bu kabi kasalliklar safiga saraton (RAK), qon kasalliklari (leykemia), revmatik artrit, skleroz, Lou Gehrig kasalligi, lupus erythematosus, va Guillain-Barre sindromi kiradi. Immunitet kasallilari shunisi bilan ajralib turadiki, inson badanining himoya tizimlari yot moddalar bilan o’z tanasinining sog’lom hujayralari farqiga bormay qoladi, va natijada badan o’z –o’zini bartaraf eta boshlaydi. Tepki (Ruschasi “SVINKA”) va Qizamiqni ni saraton (RAK) va qon kasalliklariga alishtirmadikmikan?
Men yuqoridagi fikrlarni aytib o’tganimni sababi sizning shifokor bularni aytib o’tirmaydi.
Tibbiyot sohasida emlovning tutgan o’rni haqidagi kelishmovchiiklar albattaki ommaviy axborot vositalari e’tiboridan chetta qolgani yo’q. Tobora ko’proq ota-onalar bolalariga emlovlarni qildirishdan voz kechmoqdalar, va buning oqibatida ular turli qonuniy javobgarliklarga tortilmoqdalar. Emlovlar ta’sirida bolalari mayib-majruh bo’lgan ota-onalar buni bir qismat, ko’rgulik deyishdan to’xtab, bunga sabab bo’lgan korxonalar va shifokorlarni qonuniy javobgarlikka tortmoqdalar. Ba’zi farmatseftika korxonalari emlovlarni ishlab chiqarishni umuman to’xtatdilar, qolganlari esa emlovlardan keyin sodir bo’lishi mumkin bo’lgan zararlar ro’yhatini tobora kengaytirib bormoqdalar. Ayni paytta, qayta-qayta qilinadigan emlovlar o’zlariga tayyor ish olib kelayotganini ko’rgan shifokorlar, o’lgudek qaysarlik bilan emlovlarni himoya qilib kelmoqdalar.
Ota-onalar so’rashi zarur bo’lgan savol: “Kimning o’limi?”
Ota-ona sifatida, faqat sizlargina emlovlarni rad etishingiz yoki zararlarini bilib turib qabul qilishingiz mumkin. Men sizdan o’tinib so’rayman: bolangizni emlatishga qaror qilsangiz, albatta emlovning foyda va zararlarini obdon o’rganing, va sizning shifokordan emlovlarning haqiqatta zarur ekanligini isbotlashni talab qiling.
Davomi: Attachment
vaccination=emlov=privivka=vaktsina=vaksina=emlash