View Full Version : <<<<<<<<<tafakkur>>>>>>>>>
AlbanDra
08-02-2007, 08:57 AM
ORZULARINGIZ UCHUN IKKI BAHO OLGANMISIZ? Bu hikoyaning boshlanishi dalalardan qirlarga, qirlarda adirlarga yugurib otlarni parvarish qilib yurgan odmi bir otboqarning kichik og’liga borib taqaldi. Ota kasbi sababli bolaning maktabdagi davomati juda ham yaxshi edi dep bo’lmaydi. 5 sinfda o’qiyotganida, o’qituvchi uy vazifasi sifatida “Men katta bo’lsam kim bo’laman?” mavzusida insho yozishlarini aytdi.
Bola tun bo’yi o’tirib bir kun kelib juda katta bir ot fermasini egasi bo’lishligi haqida 7 sahifalik insho yozdi. Orzularining eng nozik tomonlarigacha yozib chiqdi. Hatto orzusidagi 200 xonalik fermaning rejasini ham chizdi. Binolarning, ohurlarning va omborlarning turishini chizib chiqdi. Fermaning turli maqsadda qurilgan 200 ta xonasining qarshisiga qurilajak 1000 kvadrat metrlik uyning rejasini ham qo’shdi.
Ertasiga o’qituvchisiga topshirgan 7 sahifalik uy vazifasi, butun bir qalbining sadosi edi. 2 kundan keyin inshosini qaytarib oldi. Qog’ozning ustiga katta “2” bahosi va “darsdan keyin meni oldimga kir” degan yozuv bor edi.
“Nega “2” oldim?” deya hayajon bilan bola o’qituvchisidan so’radi… “Bu sening yoshingdagi bir bola uchun loyiq bo’lmagan bir orzu” dedi, o’qituvchi.. “Puling yo’q. Faqir bir oilada yashaysan. Ot fermasi qurish uchun juda katta pul kerak bo’ladi. Avval katta bir yer sotib olish kerak. Fermada parvarishlash uchun hayvonlarni ham pulga beradi. Buni sen qila olishing imkonsiz” va shunday deb qo’shib qo’ydi: “Agar vazifangni ishonsa bo’ladigan narsalar haqida boshqatdan yozib kelsang, men bahoyingni o’zgartirishim mumkin.”
Bola uyiga keldi va juda ko’p o’yladi. Otasidan maslahat so’radi. “O’g’lim” dedi otasi “Bu mavzuda qarorni o’zing qabul qilishing kerak. Bu sening hayoting bo’lgani uchun sen uchun jiddiy tanlov!.”
Bola bir haftagacha o’ylaganidan keyin vazifasiga hech bir o’zgartirish kirgazmasdan o’qituvchisiga qaytarib olibn bordi… “Si qo’ygan bahoyingizni o’zgartirmang” dedi… “Men orzularimni..”
O’sha maktab o’qituvchisi bugun turli maqsadda qurilgan 200 xonadan iborat fermaning qarshisidagi 1000 kvadrat metrlik uyda yashaydi. Necha yillar avval inshosidagi rejasida chizgani kabi aynan.
Hikoyaning eng qiziq joyi esa quyidagicha: O’sha o’qituvchi o’tgan yoz faslida 30 ta o’quvchisini shu fermaga ekskursiyaga olib keldi.
Fermadan qaytarkan eski o’quvchisiga “Qara” dedi, “Senga endi aytishim mumkin. Men senga o’qituvchilik qilgan paytlarda orzular o’g’risi edim. O’sha yillarda men o’quvchilarimning juda ham ko’p orzularini o’g’irladim. Sen esa orzularidan voz kechmagan judayam injiq bola eding.”
Turk tilidan Muhammad Alihon tarjimasi
AlbanDra
08-03-2007, 03:03 AM
Bazan hech narsa yopqmiydi, o'zinga sig'maysan .
hatto forum ham zerikarliydey . hayot zerikarli balki dipressiyadur
AlbanDra
08-17-2007, 05:46 AM
1 avgust 2007 yil. Imtihondan so'ng. Bitta bola: eee o'qishga kirdim, konkret kirdim.
Ikkinchi bola: hudo hohlasa(hudo hohlasa deb gapir manosida)
Bitta bola: aniq 150% garantiya o'qishga kirdim.
Ikkinchi bola:Hudo hohlasa!!!
Bitta bola: ee Hudoyam hoylaydi!!!
13 avgust 2007 yil. yuridikka prohodnoy 206.8 ball!!!Bitta bolaning bali esa 80?
AlbanDra
08-17-2007, 05:53 AM
BAXT KALITI
Bir savdogar o’g’lini eng katta donishmandning huzuriga baxtning kaliti — sirini bilib kelish uchun jo’natipti. Yigit sahroda qirq kun yo’l yuripti va nihoyat, ulkan tog’ning tepasida haddan ziyod muhtasham bir qasrni ko’ripti. U qidirgan Donishmand shu qasrda yashar ekan.
Kutganiga zid o’laroq qasr avliyo odamning xilvat go’shasiga o’xshamasdi. Uning ichi odamga to’la edi: savdogarlar mollarini maqtab har tomon yugurishar, burchak-burchaklarda odamlar to’p-to’p bo’lib gurunglashar, sozandalarning kichik bir dastasi qandaydir nafis kuyni ijro etar, zalning o’rtasida esa kattakon stol, uning ustiga dasturxon tuzalgan, dasturxon esa bu yurtning eng noyob va tansiq taomlari, bag’oyat xushta'm noz-ne'matlariga to’la edi.
Donishmand shoshmasdan mehmonlar bilan birma-bir ko’rishib chiqdi. Yigit navbati kelishini ikki soatcha kutib qoldi.
Nihoyat, Donishmand yigitning nima maqsadda kelganini bildi, lekin hozir unga baxtning kaliti — siri nimada ekanini tushuntirib berishga vaqti yo’q ekanini aytdi. Donishmand yigitga chiqib qasrni tomosha qilishni va ikki soatlardan keyin bu yerga — zalga qaytib kelishni buyurdi.
«Sendan yana bir iltimosim bor, — dedi u yigitga ichiga ikki tomchi yog’ solingan choy qoshig’ini uzatib. — Bu qoshiqni o’zing bilan olib yur, faqat ehtiyot bo’l, ichidagi yog’i to’kilib ketmasin».
Yigit qoshiqdan ko’zini uzmagan holda qasrni aylandi, uning zinalaridan tepaga ko’tarildi, pastga tushdi va, nihoyat, ikki soat o’tgach, Donishmandning ro’parasida yana namoyon bo’ldi.
«Xo’sh, qalay, — deb so’z qotdi Donishmand. — Koshonadagi fors gilamfari senga manzur bo’ldimi? Benihoya mirishkor bog’bonlar o’n yiidan beri ko’zining oq-u qorasidek avaylab parvarish qilayotgan bog’dagi gullar va daraxtlar yoqdi-mi? Kutubxonadagi qadimiy kitoblar va nodir qo’lyozmalar-chi?»
Xijolatdan qizarib ketgan yigit bularning hech qaysisini ko’rmaganini tan oldi, negaki, uning butun diqqat-e'tibori Donishmand unga ishonib topshirgan ikki tomchi yog’da bo’lgan ekan.
«Bor, orqangga qayt, mening uyimdagi hamma mo’jizalarni ko’rib kel, — depti Donishmand. — Odam qayer-da va qanday yashashini bilmay turib, unga ishonib bo’lmaydi».
Qo’lida qoshiqcha bilan yigit yana zallar va yo’laklar bo’ylab aylana boshlapti. Bu gal u o’zini ancha erkin his qilib-di va xonalarni bezab turgan hamma noyob va g’aroyib narsalarni ko’ripti. U bog’lami va qasr tevaragidagi tog’larni tomosha qilibdi, gullar jozibasidan va mohirlik bilan joylashtirilgan haykallar-u rasmlardan bahra olipti. Donish-mandning huzuriga qaytib kelib, ko’rgan narsalarining ham-masini birma-bir sanab beribdi.
«Men senga qoshiqchada olib borib, to’kmay qaytarib olib kel, deb bergan yog’ qani?» — deb so’rabdi Donishmand.
Shu choq yigit qarasa-ki, yog’ to’kilib ketgan ekan.
«Senga berishim mumkin bo’lgan birdan-bir maslahatim ham shu, — depti donolar donosi. — Baxtning kaliti — siri ana shunda: bu dunyoni bezab turgan, unga joziba, ajiblik ato etib turgan nimaiki bo’lsa, hammasini ko’ra bilmoq kerak va ayni choqda o’sha choy qoshiqdagi ikki tomchi yog’ni ham zinhor-bazinhor unutmaslik zarur».
Ozod Sharafiddinov tarjimasi
AlbanDra
08-17-2007, 06:00 AM
http://photo.mate.uz/p/QGJ118732GO52036.jpg
AlbanDra
08-17-2007, 06:02 AM
http://photo.mate.uz/p/K7X11873EWN52104.jpg
AlbanDra
08-17-2007, 06:05 AM
http://photo.mate.uz/p/CKG118739DK52314.jpg
AlbanDra
08-17-2007, 06:06 AM
vam mir i trud a mne tolko pivo :lool:
AlbanDra
08-17-2007, 06:07 AM
qadah so'zidan :
bo'lay desang mustaqil,
piolangni chista qil :lool:
AlbanDra
08-17-2007, 06:10 AM
http://photo.mate.uz/p/ER911873SWU52588.jpg
jugador
08-30-2007, 07:00 PM
pokuri kogda xandra i vsyo ok
Asadbek
08-31-2007, 01:01 AM
Tafakkur qani bu yerda?..
Tafakkur qani bu yerda?..
"Adabni kimdan o'rganding" so'ragan ekan biri : )
Izlansa topiladi shu erdanam : )
Iqbol
08-31-2007, 04:58 AM
Tafakkur qani bu yerda?..
hamma tafakkur mana bu yerda (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=39819) ;)
AlbanDra
09-06-2007, 08:36 AM
vagonda ketayotgan bir ayol bollariga odam paydo bo'lishini tushuntirmoqda:
-tuproqdan chaqaloqni haykali yasaladi agar sutga chayilsa o'g'il bola ,suvga chayilsa qiz bola bo'ladi .
Tepa qavatda ketayotgan gurizin ayoldan so'radi :
-nima oldingi usul bekor qilindimi?:lool:
erkak#1
09-06-2007, 03:35 PM
vagonda ketayotgan bir ayol bollariga odam paydo bo'lishini tushuntirmoqda:
-tuproqdan chaqaloqni haykali yasaladi agar sutga chayilsa o'g'il bola ,suvga chayilsa qiz bola bo'ladi .
Tepa qavatda ketayotgan gurizin ayoldan so'radi :
-nima oldingi usul bekor qilindimi?:lool:
Nima, tafakkurni oldingi ma'nosi bekor qilindimi? :lool: :lool: :lool:
corsair
09-07-2007, 07:42 PM
qaymoqqa yoki katiqqa chayilsa kim bo'ladi....
:lool:
tafakkur bu nima o'zi, AlbanDra?
Unique
09-07-2007, 08:05 PM
o'qishga kirdizmi shunaqa qilib? :)
AlbanDra
09-09-2007, 09:33 AM
o'qishga topshirmaganmanu!!! hali litseyda bir yil bor.
AlbanDra
09-09-2007, 09:36 AM
Tabiat ayolga shunday deydi: uddasidan chiqsang go'zal bo'l, hohlasang oqila bo'l, ammo idrokli bo'lmog'ing shart.
P.Bomarshe
Erkaklarning ishonchidan ko'ra ayollarning gumoni to'g'ri chiqadi.
R.Kipling
Madaniyatning qay darajadaligi ayolga bo'lgan munosabat bilan belgilanadi.
M.Gorkiy
Sevgi – jozibaga to'lgan bir umr,
U baxtu alamda birdayin masrur.
U hijronda jo'mard, ayriliqda mard,
Yillar o'tganda ham pokiza, begard.
J. Bayron
Hayajon to'lqini, hasrat, tabassum
Shirin xayollaru, jon olar ma'sum,
Nozik ibolaru sengadir isyon -
Muhabbat sohibi baxtiyor inson.
I. Goethe
Sevgi – ummon uzra porlagan mayoq,
Zulmatu tumanda aslo o'chmaydi.
Sevgi – yorqin yulduz, unga qaraboq -
Dengizchi bexato yo'lin o'lchaydi.
W. Shekspir
Nafis, jo'shqin muhabbat – hayotimiz, yoshligimizning gulidir.
A. Belinskiy
Sevgi – bu yashamoqlik istagidir.
M. Gorkiy
Chin muhabbat meyor va chegarani bilmaydi.
Properckiy
Chin sevgi har qanday odamni pokizalashtirib, onadan boshqa tug'ilganday ko'kka ko'taradi.
Chernishevskiy
Muhabbat shu qadar qudratliki, u bizning o'zimizni ham qaytadan yaratadi.
F. M. Dostoyevskiy
Sevgi ko'pncha eng aqlli odamlarni ham aqldan ozdiradi, aqlsizlarga aql beradi.
D. Didro
Jondan sevmagan odam uchun hayotning yarmi va buning ustiga eng go'zal qismi mavhumligicha qolaveradi.
Stendal'
Sevgi – ajib bir gul, ammo tubsiz jar yoqasida o'sgan bu gulga yaqin bormoq va uzmoq uchun jasorat kerak.
Stendal'
Haqiqiy sevgi jonga tegmaydi. U ma'naviy mustahkam bo'lgani uchun ham o'chmaydi.
V. Gyugo
Yigitda sevgining birinchi belgisi tortinchoqlik, qizda esa dadillikdir. Ikkala tomon ham yaqinlashish tendenciyasiga moyildir va ular o'zaro bir-birlarining xislatlarini qabul qilib oladilar.
V. Gyugo
Muhabbat – bamisli olov, qalovsiz qoldimi, o'chadi.
M. Lermontov
Agar sen sevsangu sevdirolmasang, ya'ni sevging sevgi sifatida javobiy sevgini tug'dirmasa, agar sen sevuvchi kishi sifatidagi hayotiy namoyonliging orqali o'zingni seviluvchi odamga aylantirolmasang, unda sevging zaifdir va u baxtsizlikdir.
K. Marx
Mening qiyofamda sen sevgan odam, so'zsiz, mendan yaxshi; men unchalik emasman. Lekin sen meni sev, shunda men o'zimdan ko'ra yaxshiroq bo'lishga intilaman.
M. M. Prishvin
Vafodorlik – muhabbatning doimiy orzusidir.
L. Wowerang
Qiz bolani hurmat qil, uning nomusi va sharafini, insoniy g'ururini avayla. Senga yoqqan qiz – sening bo'lajak rafiqang, bolalaringning onasi. U – barhayotligingning garovi, u seni bolalaring qiyofasida yana qayta dunyoga keltiradi.
V. A. Suxomlinskiy
Sevimli ayolning hattoki qahri ham biz baxtli damlarimizda boshqa ayollardan topishimiz mahol bo'lgan cheksiz joziba bilan to'lib-toshgandir.
Stendal'
Ayolning vazifasi – erkakning qalb shuurini, undagi oliyjanob ehtiroslarni alangalatish, burch tuyg'usi va yuksaklik hamda buyuklikka bo'lgan intilishini qo'llab-quvvatlashdan iboratdir – ayolning qismati shu va bu qismat buyuk va muqaddasdir.
V. G. Belinskiy
Erkakka o'xshamoqchi bo'lgan ayol xuddi ayolsifat erkak singari tasqaradir.
L. N. Tolstoy
Ma'naviy munosabatlarda to'la samimiyat qaror topgan sharoitdagina ayol kishi bilan baxtli bo'lish mumkin.
M. Gorkiy
Sevish – o'z sevganing hayoti bilan yashash demakdir.
L. Tolstoy
Insonni sevish degani nima o'zi? Bu, insonga nima yaxshi bo'lsa, shundan quvonish, uning farog'ati uchun nimaiki zarur bo'lsa, hammasini bajo qilish, o'zining bu himmatidan lazzat topish, rohatlanish demakdir.
N. G. Chernishevskiy
Aql barkamollashib, yosh ulg'aygandagi do'stlikkina mustahkam bo'ladi.
Ciceron
Hamma gapni aytishim mumkin bo'lgan kishim – mening do'stim.
V. G. Belinskiy
Faqat chin do'st do'stining zaif tomonlariga chidaydi.
W. Shekspir
Doim birga yashaydigan odaming bilan ahil yashamoqni istasang, o'zingni u bilan atigi uch oyda bir marta ko'Ärishayotgandek tut.
J. Renar
Sevish – bir-birovingga qarash emas,balki birgalashib bir tomonga qarash demakdir.
A. Sant-Eksuperi
Muhabbat! Bu barcha ehtiroslarning cho'qqisi va eng g'olibidir. Ammo uning adadsiz zabtkorlik kuchi cheksiz-chegarasiz oliyjanoblik va deyarli tasavvurga sig'maydigan darajadagi beg'arazlikdan iboratdir.
H. Heine
O'z sevgilisining kamchiliklarini ham ardoqlamagan odam o'zini chinakam oshiq deyolmaydi.
P. Kalderon
Muhabbat o'limdek kuchliligini bilamiz, ammo u shishadek mo'rt hamdir.
G. Mopassan
Olamda sevgilingning siymosidan go'zalroq chehra, uning ovozidan ham yoqimliroq musiqa yo'q.
J. Labruder
Sevgi – eng nozik va pinhoniy tuyg'udir. Sevgi sirlarini ehtiyot qiling.
V. A. Suxomlinskiy
Toychi akaning saytidan
AlbanDra
09-14-2007, 11:39 AM
ko'pchilik hotirasidan shikoyat qiladi lekin hech kim aqlidan shikoyat qilmagan
AlbanDra
09-14-2007, 12:22 PM
Boshingga loyiq qalpoq kiy.:lool:
tushunganga prikol
AlbanDra
09-14-2007, 12:22 PM
Duming uzun bo'lsa, tutilasan :lool:
AlbanDra
09-14-2007, 12:26 PM
Ishdan haydalgan ojiz banda—o‘zini shariatga uradi. Ish topolmagan qo‘li kalta—xudojo‘y bo‘ladi. Qo‘lidan foydali ish kelmasa—namozxon bo‘ladi. Yegani non topolmay qolsa qo‘liga tasbeh oladi. Boradigan joy topolmay qolsa—machitga boradi. Yurar yo‘lini bilmay qolsa—shariat yo‘lidan yuradi. Muslim bo‘ladi! Muslima bo‘ladi!
AlbanDra
09-14-2007, 12:34 PM
Bechora din... g‘ar-o‘g‘rilar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...maraz-muttahamlar uchun qalqon bo‘ladi. Bechora din...ablahlar uchun qalqon bo‘ladi. Din, baloga qolgan din!
Yomondan-yomoni — inson o‘z marazligini... toat-ibodat bilan niqoblab yashaydi. Inson o‘z ablahligini... shariatpeshvolik bilan bekitib yashaydi. Inson o‘z haromiligini... xudoga e’tiqod qo‘yish bilan yashirib yashaydi! Azal-azaldan shunday.
AlbanDra
09-14-2007, 12:38 PM
Tasodif yo‘q bu dunyoda hamma narsa yo sinov, yo jazo, yo mukofat, yo oldindan aytish.
AlbanDra
09-14-2007, 12:40 PM
chilonzor haqiqiy hafli zonada hoziram bittasini orqasidan bittasi quvib yuribdi.:lool:
AlbanDra
09-14-2007, 12:41 PM
Ochko'z kishida hayo, muruvvat qilmagan odamda din, aqllida faqrlik, yolg'onchida izzat, baxlda rohat, qanoatli kishida g'am bo'lmas.
Hazrati Ali r.a.
AlbanDra
09-14-2007, 12:41 PM
Intellektuallar xalq hisobiga yashovchi betayin bir toifa bo‘ladi. Ular kitobga qarab o‘ylaydi, kitobga qarab fikrlaydi. Og‘zini to‘ldirib tsitatalar keltiradi, tarixdan saboqlar o‘qiydi. Ammo ko‘chat ekib, daraxt o‘tqazolmaydi. Kitob boshqa hayot boshqa ekanligini tasavvur ham eta olmaydilar. Oqibat, hayot haqida qog‘ozday quruq o‘ylaydi, qog‘ozday jonsiz o‘ylaydi. Biroq ular o‘zlarini nihoyatda aqlli hisoblaydilar.
AlbanDra
09-14-2007, 12:42 PM
... Olomon, olomon! Olomonda to‘rtta tarkibiy xislat bo‘ladi. Bu qanday xislatlar? Bular — g‘oya, iroda, ruh, axloq. Ana shu to‘rtta xislat jam bo‘lsa — olomon bo‘ladi. Ana shu to‘rtta xislat tufayli olomon qudratli ham dahshatlidir. Olomon — bo‘ron, olomon — yong‘in, olomon — sel! Shu boisdan-da, olomon bo‘lar-bo‘lmasga qo‘zg‘ola bermaydi. Olomon biror-bir g‘oya uchun qo‘zg‘oladi. Yangi bir g‘oya dunyoga kelsa — olomon ana shu yangi g‘oya uchun qo‘zg‘oladi. Mazkur g‘oya porloqmi yo tubanmi — olomon uchun ahamiyatsiz bo‘ladi. Olomon qatordan qolma, ko‘pdan qolma — shiorlari ostida saf bo‘ladi. Olomon uchun jamiyatni yaxshi kuniyam bir, yomon kuniyam bir. Jamiyat biror yutuqqa erishsa — olomon qo‘zg‘oladi. Jamiyat biror parokandalikka uchrasa — tag‘in olomon qo‘zg‘oladi. Olomon yaxshi kunda bir siyosatdonni ulug‘laydi. Yemon kunda... ayni shu siyosatdonni yer bilan baravar etadi! Olomon... to‘qimtabiat bo‘ladi! Bir kunlik kayfiyat bilan jam bo‘ladi. Bir soatlik maqsad bilan yig‘iladi. Keyin, birdan... aynib qoladi. Birdan... tariqday tarqab ketadi!
AlbanDra
09-14-2007, 12:43 PM
uyga kettim
AlbanDra
09-16-2007, 07:56 AM
hamma ayollarimiz ko'ngildagidek bo'lishganida biz kotiba degan kasbni bilmasdik :lool:
AlbanDra
09-16-2007, 08:10 AM
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana,
Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman.
Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Oy botadi – yulduzlarning habibi,
Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy.
Tabiatning qonunidek tabiiy –
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Quchog‘iga yashirmaydi xiyobon,
O‘rtamizda udum otlig‘ biyobon.
Sizga nima, kuysam o‘zim kuyaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
Chaqmoq kalit bo‘ldi qulfi dilimga,
Tegmagan bir qizning zulfi dilimga.
Sizdan o‘zga xon yo‘q mulki dilimga,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman
Boshingizda yaproq bo‘lib aytaman,
Poyingizda tuproq bo‘lib aytaman.
Tuproqdayam mushtoq bo‘lib aytaman,
Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman.
AlbanDra
09-16-2007, 11:10 AM
Registrant:
Arbuz.com
Chilanzar
Tashkent, Tashkent 700700
Uzbekistan
Registered through: GoDaddy.com, Inc. (http://www.godaddy.com)
Domain Name: ARBUZ.COM
Created on: 15-Oct-01
Expires on: 15-Oct-12
Last Updated on: 16-Sep-07
Administrative Contact:
Mansurov, Nasim mansurov@colorado.edu
Arbuz.com
Chilanzar
Tashkent, Tashkent 700700
Uzbekistan
9983711371282 Fax -- 9983711371280
Technical Contact:
Mansurov, Nasim mansurov@colorado.edu
Arbuz.com
Chilanzar
Tashkent, Tashkent 700700
Uzbekistan
9983711371282 Fax -- 9983711371280
Domain servers in listed order:
NS.ARBUZ.COM
NS.UZPAK.UZ
AlbanDra
09-16-2007, 11:29 AM
muchalim
http://img.uz/thumbs/658794muhj.jpg (http://img.uz/viewer.php?id=658794muhj.jpg)
AlbanDra
09-17-2007, 05:20 AM
Bu yerda sizning reklamangiz bo'lishi mumkin.
;)
AlbanDra
10-18-2007, 05:46 AM
bitta kursdoshimni dadasi qaytish qilibdi .hudo raxmatiga olgan bo'lsim
P.s bola cho'kib qoldi.
AlbanDra
11-26-2007, 10:19 PM
DUNYO
Netay sog'lar ichra hastadur bu jon,
Sevgisiz hayotga bog'landi umr.
Tun bo'yi qalbimni qiynaydi armon,
Tun bo'yi yig'ladim, seni sog'inib.
Qaydadur sargardon bizning baxt,
Seni sevardim-ku, sevgilim jondan.
Bahorda gullari to'kilgan daraxt,
Yana meni kutsin qahratonda, ayt.
Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga ohir ishondim.
Seni bir so'zingni eshitguncha to,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.
Azizim, faqat sen yoshlar to'karding,
Men shirin damlardan nasiba oldim.
Hamon fahirdaman, shu hayot ichra,
Seni hammadan ham ko'proq sog'indim.
Hayolan qaygadur yana shoshildim,
Dilda yal-yal yondi qizil gul unib.
Tun bo'yi bu gulga hiyonat qildim,
Tun bo'yi yig'ladim seni sog'inib.
Dunyoni keng derding, tor ekan dunyo,
Aldamchi visolga ohir ishondim.
Seni bir so'zingni eshitguncha to,
Bahorlarda muzlab, qorlarda yondim.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.