PDA

View Full Version : Farzandlik bo'ldingiz: Birinchi/Ona tili qaysi bo'lishi kerak?

MUHLIS
08-28-2007, 11:25 AM
Ko'rib yuribman forumdagilarning aksariyati ota yoki ona bo'lyaptilari. Yana aksariyat forumchilar horijda yashaydilar. Buning ustida boshqa millat vakil/vakilalari bilan turmush qurganlar ham oz emas....Bu holatlar bizning bolalarimiz qaysi tilda dunyoni idrok qilishiga, aynan qaysi til (100 ta boshqa til bilsa ham) bizning shirin bolamizning ona tili bo'lishiga ta'sir ko'rsatmasdan iloji yo'q.
Men bu narsalarni yozayotganimni sababi shaxsan o'zim ham aynan shu muammolarga yuzma-yuz kelyapman. Shuning uchun kimlar bu masalaga qanday yechim topa olganligini bilmoqchiman.
Birdaniga 3 yoki undan ko'proq tildagi nutqlarni eshitish bola uchun og'irlik qilmasmikan, bu narsa uning ruhiyatiga, aqliy rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatadi. Yosh bola, hali tili chiqmagan, yok endi chiqayotgan bola turli hil tillardagi nutqlarni bir-biridan ajratib ularni alohida til ekanini idrok qila olarmikan? Nima deb o'ylaysiz?

Asadbek
08-28-2007, 11:37 AM
Jiyanchaga faqat O'zbek tilida gapiring, hammasi yaxshi bo'ladi :)

Shambles
08-28-2007, 11:40 AM
Qancha kup tillarda gaplashsa, shuncha yahshi... Uzbek, Rus, Ingliz tillarida gaplashsa, qolganlarini ham urganvoladi...

SmIlIk
08-28-2007, 11:53 AM
Ko'rib yuribman forumdagilarning aksariyati ota yoki ona bo'lyaptilari. Yana aksariyat forumchilar horijda yashaydilar. Buning ustida boshqa millat vakil/vakilalari bilan turmush qurganlar ham oz emas....Bu holatlar bizning bolalarimiz qaysi tilda dunyoni idrok qilishiga, aynan qaysi til (100 ta boshqa til bilsa ham) bizning shirin bolamizning ona tili bo'lishiga ta'sir ko'rsatmasdan iloji yo'q.
Men bu narsalarni yozayotganimni sababi shaxsan o'zim ham aynan shu muammolarga yuzma-yuz kelyapman. Shuning uchun kimlar bu masalaga qanday yechim topa olganligini bilmoqchiman.
Birdaniga 3 yoki undan ko'proq tildagi nutqlarni eshitish bola uchun og'irlik qilmasmikan, bu narsa uning ruhiyatiga, aqliy rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatadi. Yosh bola, hali tili chiqmagan, yok endi chiqayotgan bola turli hil tillardagi nutqlarni bir-biridan ajratib ularni alohida til ekanini idrok qila olarmikan? Nima deb o'ylaysiz?

MUHLIS, bu borada ancha narsa o'qib, bilganlarimdan ko'rib, o'zimizga hulosa chiqardik. Birinchi tilimiz albatta o'zbek tili, keyingisi esa rus tili bo'ladi. Qo'shma shtatlarida yashaganimiz uchun basic english o'rgatishga harakat qilaman keyinchalik, ammo, o'zbek va rus tillari qatorida emas. Keyinchalik bog'cha yoki maktabga chiqqanda ingliz tilini o'sha yerda o'rganadi, inshaAllah.
Hozirda uyda qo'limizdan kelganicha o'zbek tilida gapirishga urg'u berayapmiz. Yoki ba'zan oldin o'zbek tilida gapirib, keyin rus tiliga tarjima qilib gapiramiz.

Eng asosiysi farzand bilan yuzma yuz gaplashishni o'rganishingiz kerak. Farzandingiz u bilan suhbat qurayotganingizni faqatgina ko'z ko'zga tushganda bilar ekan. Atrofda gaplashilgani bilan bolaga uncha foydasi bo'lmas ekan. Gapirganingizga sekin, shoshilmasdan gaplashish lozim ko'rilarkan.

Agarda farzandingizni ustida ishlab, oilaviy muhitda birdan ortiq tilni olib kirishni hohlasangiz, bolada tili boshqa bolalarga qaraganda kechroq chiqishi ehtimolini ham bilishingiz kerak. Chunki miya massoviy informaciyani miya kletkalariga joy'lab tiliga olib kelguncha ozgina vaqt sarflashi mumkin. Bu yomon emas albatta, esimizdan chiqarmaylik, har bir chaqaloq o'zi geniy bo'lib tug'iladi. Yoshligidan 3 tilni bilgan bola esa hammasidan o'tsa keragov u Geniylarni mukammalashtirish uchun esa vaqt kerak ;) Shoshilishga umuman qo'l bermang.

Farzand katta bo'lar ekan uning badanining va miyyasining boshqa mashg'ulotlardan tashqari bajarishi kerak bo'lgan bir qancha funkciyalari mavjud. Shularni o'zi farzand bir, bir yarim yoshga yetguncha ancha energiyasini olib qo'yadi. Shunung uchun keragidan ortiqcha farzandga og'irlik berish foydali emas. Bu asosan jismoniy va mantiqiy mashg'ulotlarni o'zi ichiga qaratilgan holda aytilgan. "Bola bola bo'lsin", deb shunga aytisharkan shekilli. Til masalasiga keladigan bo'lsak, bola uch yoshgacha bemalol olti tilni o'rganishi mumkin ekan. Chaqaloqlik davrida bir tildan boshlab, keyinchalik yangi tillarni farzandga o'rgatish ma'qulroq. Har bir tilning o'rganish qoidalari bo'lgani kabi bu yerda ham yaxshi pedagogik usullarni qo'llasangiz muammo bo'lmas. Til o'rganish farzandning ruhiyatiga yomon ta'sir qilmaydi. Lekin boshqa yo'llar bilan yuklash ta'sir qilishi mumkin. Kamida kechasi yaxshi uhlamaydigan ota-onalar o'zlariga shu savolni berishlari lozim. Kechasi yaxshi uhlolmaydigan chaqaloqlarning eng sabablaridan biri ham unduzi ortiqcha yuklanayotgani ekan...

MUHLIS
08-28-2007, 12:38 PM
Qancha kup tillarda gaplashsa, shuncha yahshi... Uzbek, Rus, Ingliz tillarida gaplashsa, qolganlarini ham urganvoladi...
Biz uyda umuman rus tilida gaplashmaymiz. ;)

Frida
08-28-2007, 12:54 PM
o'zimning hali farzandim yo'q, ammo tilshonoslik yo'nalishida bo'lganim uchun Smilikning gaplariga yana bir ikki narsani qo'shib aytishim mumkin.

fonetika va fonologiya sohasida olib borilgan ba'zi tadqiqotlarga binoan bola 2 yoshga to'lguncha, uning tinglash qobiliyati juda ham kuchli bo'ladi. kattalar bilmaydigan fonemalar orasidagi farqni juda yaxshi ajrata oladi. tilshunoslar tilida aytganda, masalan oddiy "trill" va "retroflex" "r" farqiga bemalol yetadi. nazariya tilidan amaliyot tiliga ko'chirsak -- bizga bu tadqiqot qanday yordam berishi mumkin? nimalar qilishimiz kerak?

1. bolangizni ikki tillik, uch tillik qilib o'stirmoqchi bo'lsangiz shu tillarda tug'ilishi bilanoq gaplashing. bolaga hech qachon "bola" tilida -- yana chiroqni -- "chiq", itni --- "bobov" va boshqalar sifatida o'rgatmang. chunki bola bu davrda hali gapirmaydi, lekin so'zlarni o'rganadi, yosh miyyasi bu fonemalarni "yodlab" oladi. va keyinchalik bu fonemalarni ishlatib so'zlashni boshlaydi. masalan bola yoshligidan o'zbek tilidagi "q" va "g ' " fonemalarini o'zlashtirmasa, ingliz tili fonetikasi ustun kelib [k] va [q] orasidagi farqni miyasi "analiz" qila olmaydi, bu degani [q] fonemasi umuman unutiladi. rus maktabda o'qiydigan ruslashib ketgan ba'zi o'zbeklarda ham buni kuzatish mumkin.

2. ota-ona, va oila a'zolaringiz bilan bir reja tuzib oling va bir vaqtda bir tilda gapiring. masalan -- Smilik bolaga o'zbek tilida MegaZ esa rus tilida gapirishi mumkin. yoki o'zlari orasida ba'zan faqat rus tilida, ba'zan esa faqat o'zbek tilida gapirishlari mumkin. bir narsani esingizda chiqarmang, yoshlik vaqtda otadan ko'ra bolalar onaga yaqinroq bo'ladi, va ba'zi tadqiqotlarga ko'ra onaning (asosiy, ustun) tili bolada kuchliroq rivojlanadi (Ona tili deyishimizning asosiy sababi ham shu, bo'lsa kerak)!

:) birozdan keyin yana yozarman. hozir dars qilishim kerak. :D

ramsey
08-28-2007, 02:44 PM
Ko'rib yuribman forumdagilarning aksariyati ota yoki ona bo'lyaptilari. Yana aksariyat forumchilar horijda yashaydilar. Buning ustida boshqa millat vakil/vakilalari bilan turmush qurganlar ham oz emas....Bu holatlar bizning bolalarimiz qaysi tilda dunyoni idrok qilishiga, aynan qaysi til (100 ta boshqa til bilsa ham) bizning shirin bolamizning ona tili bo'lishiga ta'sir ko'rsatmasdan iloji yo'q.
Men bu narsalarni yozayotganimni sababi shaxsan o'zim ham aynan shu muammolarga yuzma-yuz kelyapman. Shuning uchun kimlar bu masalaga qanday yechim topa olganligini bilmoqchiman.
Birdaniga 3 yoki undan ko'proq tildagi nutqlarni eshitish bola uchun og'irlik qilmasmikan, bu narsa uning ruhiyatiga, aqliy rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatadi. Yosh bola, hali tili chiqmagan, yok endi chiqayotgan bola turli hil tillardagi nutqlarni bir-biridan ajratib ularni alohida til ekanini idrok qila olarmikan? Nima deb o'ylaysiz?

Lekin bolaga bitta tildan ortiq tilda murojaat qilish bolaning tili chiqishini kechikishiga sabab bo'ladi. buni xayotda bazi tanishlarimiz kechirgan.
doxtirlar tilning chiqishi tezlashishi uchun bolaga faqat bitta tilda murojaat qilishni tavsiya qilgan edi.

melo
08-28-2007, 02:50 PM
From what I hear- Frida is exactly right.

The best way to make a kid learn languages is to have one person exclusivley speak that language to the child. Having one parent speaking several languages to a child is not a good idea from what I have heard. If you want a child to learn multiple langauges they need to have different people to speak with in these languages. It has been proven that the child can then switch between languages without affecting their development too much.

lobar
08-28-2007, 09:27 PM
Mandayam savol bor edi. Qizim hozir o'zini tilicha bir nima dib bidillab yuradi. Ko'pincha abidis? digan so'zini savolomuz etib menga qarab turadi. Manam ahaa, shunaqa dib qo'yaqolaman. Shunda o'yliyman, balkim bir nimani so'ravotti man to'g'ri tushuntirmay, oson qutilib qo'yvoganmkinman dib. Shunaqa vaqtlar nima qilish kerak dib o'ylaysizlar? Odatda har bir narsalarni o'zini boricha etaman, ko'chaga chiqqanimizda oy, daraxt, yulduz, chiroq kabi. Garchi o'zini tilida oyni-ayu, daraxt-adublumiye, nimadir shu kabi yodlavotgan bo'sayam, man yana to'liq nomini aytganimda darrov tushunadi nima so'rayotganimni.
Hullas savolim o'sha o'zini tilida bla bla blaaaa? diganida nima dib javob berish kere?

SmIlIk
08-28-2007, 10:24 PM

Yaqin orada nima demoqchiliklariga o'rganib qolasiz, lobar :) Agarda tushunmayotgan bo'lsangiz qizingiz bilan kichik o'yin o'ynang. "Abidis" deganda yon atrofdagi har xil narsalarni yoki xarakatlarni ko'rsatib "bu mi? ovqatmi? ukangmi?" qilib ko'ringchi.

Bir tafsiyam bolalarga oddiy sign languageni o'rgatib qo'yish kerak. Shunda ancha ishingiz yengillashadi. Ovqat, Suv, hojatni chiqarish (kaka deysizmi), og'riq, vahokazo.

Why Sign? (http://signingbaby.com/main/?cat=24)

Frida
08-29-2007, 06:29 AM

amerikalik tanishlarimning biri qiziga shu sign language ni o'rgatgan. bir-biriga qarab har narsalarni "gapirishadi". huddi meet the Fockers' dagidek u ham qo'lchalarini bir narsalar qilib, suv, non, ber degan narsalarni aytadi. faqat "rahmat" deyishni bilmas ekan. :lol: bunga ota-onasi "kichkina noshukur" deb qo'yishadi.

lobar
08-29-2007, 09:21 AM
Yaqin orada nima demoqchiliklariga o'rganib qolasiz, lobar :) Agarda tushunmayotgan bo'lsangiz qizingiz bilan kichik o'yin o'ynang. "Abidis" deganda yon atrofdagi har xil narsalarni yoki xarakatlarni ko'rsatib "bu mi? ovqatmi? ukangmi?" qilib ko'ringchi.

Bir tafsiyam bolalarga oddiy sign languageni o'rgatib qo'yish kerak. Shunda ancha ishingiz yengillashadi. Ovqat, Suv, hojatni chiqarish (kaka deysizmi), og'riq, vahokazo.

Why Sign? (http://signingbaby.com/main/?cat=24)

Abidis? diganida man haa shunaqa disam keyin pti pti? diydi man yana aha diyman. Yana davm eturadi shunaqa ma'nosi yo'q savollari Bunaqa o'zicha savolini har hil vaytlada eturadi. manam osha polojeniyaga qarab ahaa, ovqat yevommiz, aha ovqat qivommiz dvuraman. Rosa kulgilide lekin :laugh: Ko'p narsalani deyarli tushuntira oladi, masalan ukasi yig'lasa aptini yig'iga o'hshatib oooo diydi, bu ukam yig'lavotti digani, kaka qisa aptini bujmaytirib fuuu qiladide hommomga yugurib borib eshigini ochishga urinadi. Ovqat yiymiz disam hachyuuu(high chair digani) diydide man o'tiradigan joyga high chairini itarib opkelib chiqvoladi. Hullas shunaqa, ja qiziq . Tomosha qilib charchamiman qiliqlaridan :)

Frida
08-29-2007, 09:54 AM

bitta kundalik tutib hammasini yozib yuring, bir kun kerak bo'lib qolar. :) yoki bolalaringizga ko'rsatasiz, hammasini. mana shunaqa gaplar qilgansan deb. :)

abcd
08-29-2007, 10:56 AM
Mani qizim Amerikaga birinchi marta kelganda shu tilni tezroq organsin deb hadeb ingliz tilida gapiraverganmiz, hozir o'zbek tilida umuman gapirmay qoydi. Endi o'zbek tilini orgatish bilan ovoramiz.

Borz_man
09-20-2007, 06:09 PM
Shu mavzuga muvofiq qiziq bir hodisa yuz berdi bugun.
Tarrovehda men bilan Abu Bakr gaplashib turganimizda bir inson kelib o'zini tanishtirdi.
U kishini buvilari 30 yillarda hijratga chiqib dunyoni ancha yerlarini kezishibti,ohirgi 17 yil USA da,
undan oldin Australia da hayot kechirishibti.U kishi biz bilan gaplashyapkanda hursanchiligi ichiga sigmas edi.
Bu yerga ishlashga kelganidan beri bironta Uzbekni uchratmagan ekan.
Suhbatdan so'ng hayrlashish arafasida dardini aytdi.Ahli ayoli
forsiy bo'lganligi sabablik honadonida faqat Englishda gaplashishar ekan.
4 yoshlik bolasini o'zbek tilini o'rgatish dardi borligini bildirdi.
Uning gap ohangidan shu kunlardagi eng dovzar masalaligini bildirdi.
Inson qay yurtda qancha yashamasin baribir o'zligini bilib,o'z Ona tiliga muhabbati hamisha
hamroh bo'lar ekan.Bizning yangi tanishimiz ham horijda yurib faqat ota-onasidan
o'zbek tilini o'zlashtirgan bo'lsa kerak.Shunga horijdagi Vatandoshlarga maslahat O'z Ona
tilimizni farzandlarimizga yetkazishlik nihoyatta o'zimiz uchun zarurdur deb o'yliman.

Royal
09-20-2007, 08:06 PM
yosh bolani til organishi judayam trez boladi, undan hecham havotirlanmayla.....
uyda faqat ozbek tilida gapirsaylayam bolani ozbekchasi rivojlanmiydi, nimaga ?
chunki oilada gapiriladigan sozlar judayam kam boladi va bola TV korip tezroq ingliz tilida gapira boshliydi yoki hech bomasa bogchaga 3-4kun qatnaganidan keyin hammasi oz joyiga tushadi...

victoria
09-25-2007, 09:47 AM
man uzimdan misol keltirmoqchiman, otam tojik bulib onam uzbeklar, tanishishganda faqat ruscha bir birini tushunishgan, man tugilganimda birinchi tilim rus tili bulgan ,chunki uyda faqat ruscha gapirishar edi, keyin uzbekcha bogchaga bordim, buvilarimnikiga borsam ular tojikcha gapirishadi, man u tilni kop eshitganim sababli oddiy gaplashayotganda bemalol tushunaman, ammo gapirmoqchi bulsam albatta negadir tojik tiliga ingliz tilini qushib gapirardim, keyin tojik tilini juda katta akcent bilan gapirardim , hullas mani uncha muncha odam tushunmasdi;aytmoqchi bulgan narsam,bir hillarida qancha ota-ona uzaro gaplashmasin , bola bilan gaplashmasa bola faqat tushunadi lekin gapirmaydi.

Madalio'g'li
09-25-2007, 11:31 AM
Poydevor bo'lmasa nimani tiklash mumkin... Bola ona tilini yaxshi bilmasa bitta til shu o'rni egallaydi, bostirib oladi albat. Yomonrog'i qay tilda gaplashganini bila olmagan bola o'ziga, o'zidan bo'lganga ham hurmat qilishni bila olmaydi. Qanday gapirsa shunday ishonadi, ishongani kabi umr suradi. Turkiyada Ingiliz tilida tahsilning natoyiji ko'rilib turibdi. (Chet tillarni o'rganmaslik kerak demayman, faqatgina oldin ona tilni mustahkamlash zarur.)

Bola, "ona" tilida gaplasha olmasa shu bola haqida "o'ksiz" desa ham bo'ladi. Qattiq bo'lsa uzr, hech kimni ranjitmoqchi emasman; lekin mana bu, bu o'zi.

Ha, inson faloncha aslli falonchi bo'lish huquqiga ham ega... Xudo hofiz deyish huquqiga ham...