View Full Version : To'ylar va... Janjallar !!! :)))))))
Asadbek
09-04-2007, 03:16 AM
Aziz Forumdoshlar,
keling, bu mavzuda To'y vaqtlarida sodir bo'lib turadigan har xil janjal, to'polonlar haqida gaplashamiz :D
________________________
Avgust oyining boshida bir jiyanimni (ammamning o'g'li) uylantirdik. Kelin ham o'zimizning kolxozdan, jiyanimizdan 3 qishloq naridagi qishloqdan edi. Kelinnikiga bordik, kelinni olib, ZAGSga chiqib, Shahrisabzga Amir Temur haykali poyiga gul qo'ygani va kelin dugonalariga morojene yedirgani obordik, qaytib keldik.
Kelinning uyida har xil udumlarni qilish boshlandi. Shunda men hali o'zim bu darajada ko'rmagan, bu darajada eshitmagan bir voqeaga guvoh bo'ldim.
Kelinni kuyov uyiga olib ketish uchun borgan vaqtimizda bo'lgan ushbu qiziq voqeani men sizlarga quyida rasmlar yordamida hikoya qilib beraman :)
O'zbek to'ylari har xil udumlarga boyligini yaxshi bilasiz.
Biz tomonda kuyov o'z jo'ralari bilan kelin uyiga kelgach, ular bir xonaga kiritiladi va ularning oldiga 2 yoki 9 ta tovoqda go'sht, qand-qurs, meva-cheva kabi noz-ne'matlardan keltirishadi. Kuyovjo'ralar o'sha tovoqlarni bo'shatib (odatda noz-ne'matlar bitta ro'molchaga tugib olinadi), tovoqlarni pul bilan to'ldirishlari kerak (pulni tovoqni keltirgan yangalar bo'lib olishadi). Bu tovoq - deb ataladi, adashamsam.
Keyin kuyov 2-3 ta jo'rasi bilan chimildiq ilingan xonaga kiritiladi (bu xonani momolar to'ldirib o'tirishadi odatda). Kuyov chimildiq ichidan joy oladi, ikki yonida ikkita jo'rasi o'tiradi. Ularning oldiga bu safar 2 ta tovoqda yana go'sht va boshqa noz-ne'matlar olib kelinadi. Kuyovjo'ralar bu tovoqlarni ham bitta ro'molchaga bo'shatib, tovoqlarni pul bilan to'ldirishadi (juda qiziq jarayon :) ).
Bu tovoqlar - To'shtovoq deb ataladi. Tovoqda go'sht ko'p bo'lganligi uchun ham shunday ataladi, adashamsam.
Aynan shundan keyin men aytmoqchi bo'lgan voqea boshlanadi. Tashqarida kelinning sinfdosh, qishloqdosh, qarindosh yigitlaridan iborat bir guruh kutib turadi. Ular kuyovjo'ralardan To'shtovoqni tortib olishlari kerak. Aynan shu qishloqda ular kuyovjo'ralardan to'shtovoqni ur-yiqit qilib bo'lsa ham, janjallashib bo'lsa ham, tortib olishga harakat qilishar ekan...
Mana, rasmda kuyovjo'ralardan birining ro'molcha o'rayotganini ko'ryapsiz.
Bu yigit armiyada kuchli tayyorgarlikdan o'tgan, baquvvat yigit ekan, ro'molchani unga ishonishdi.
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho01.jpg
Hech kimga bermaymiz seni, To'shtovoq! :)
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho02.jpg
Asadbek
09-04-2007, 03:23 AM
Kuyov va Kelin atrofida sham aylantirish va hokazo udumlarni amma-xola, momolar bajarishga boshlagan vaqtlarida kuyovjo'ralar nihoyat tashqariga chiqishadi.
Va ularni kelinning sinfdosh, qishloqdosh, qarindoshlaridan iborat yigitlar guruhi iliqqina qarshi olishadi :D
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho03.jpg
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho04.jpg
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho05.jpg
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho06.jpg
Surho-sur, u yoqqa tort-bu yoqqa tort avjiga chiqib ketdi...
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho07.jpg
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho08.jpg
Lady_G
09-04-2007, 03:23 AM
Yoooge?? Urib sindirib bo'sayam olishadimi? Nimaga bunchalik muhum shum tovoq? Vashem vahshiyku a? Mobodo WOlfman ham shu kishlokdanmasmila?
Asadbek
09-04-2007, 03:29 AM
Tortishishib-tortishishib, ko'cha tarafga yo'l olishdi. Ro'molcha hanuz o'sha baquvvat kuyovjo'raning qo'lida :)
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho09.jpg
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho10.jpg
Ko'chada esa tortishish sekin-asta janjalga aylana boshladi, chunki kimdir kimningdir iyagiga turtib yuborgan, kimningdir burniga turtvorib qonatib yuborgan... :)
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho11.jpg
Bu vaqtga kelib baquvvat kuyovjo'ra ro'molchani oldirib qo'ydi (uni reshetkaga tiqib borishgandi...). Ammo kuyovjo'ralar zo'r berib, ro'molchani qaytarib olishga urinishardi...
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho12.jpg
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho13.jpg
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho14.jpg
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho15.jpg
Lady_G
09-04-2007, 03:36 AM
Siz nime aralashmadiz? Shundoq amerikanskij nabljudatel'dek turvurdizmi rasmga olib :-D
Asadbek
09-04-2007, 03:36 AM
Mana bu rasmdagi kuyovjo'ra sudrayotgan yigit keyin janjalni boshlab yubordi (kimdir uning yuziga urvoribdi ekan...)
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho16.jpg
Qishloq bolalari baribir g'olib kelishdi, ro'molchani olib qochishdi.
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho17.jpg
Ammo kuyovjo'ralardan 2-3 tasi ularning izidan yugurib ketishdi. Janjal qilaman deganlar ham ularning izidan yugurishdi va
va o'sha burchakda yarim soatlik janjal, turtishish boshlanib ketdi (suratga olinmagan)...
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho18.jpg
Bu vaqtda esa ichkarida momolarimiz kelin-kuyov atrofida udumlarni bajarish bilan band edilar.
Kelin ham jiyanimizni "Tezroq keling!" deb imlamoqda :)
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho19.jpg
Yuqoridagi janjal birdan bosilmadi... Kuyovjo'ralar kuyovni uyiga jo'natib yuborgandan keyin, razborka davom etdi... Oxiri, qayerdadir masalani hal qilishga kelishib olishgach, tarqalishdi va kuyovjo'ralar yuvinib, kiyimlarini almashtirgani ketishdi. :)
Shunaqa, bizning O'zbek to'ylarimiz ;)
Udumga ham boy, janjalga ham :)
Shokirbek
09-04-2007, 03:36 AM
Xudoyo tovbaa..
Asadbek
09-04-2007, 03:38 AM
Siz nime aralashmadiz? Shundoq amerikanskij nabljudatel'dek turvurdizmi rasmga olib :-DMenga aralashgani boshidan kuyovjo'ralar qo'yishmadi. "Aka, o'zimiz eplaymiz!" deb, telefonlari va pullarini hammasini menga berib qo'yishdi :(
Lekin janjal vaqtida tomonlarni ko'p ajratdim...
Lady_G
09-04-2007, 03:39 AM
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho19.jpg
Shunaqa, bizni O'zbek to'ylarimiz ;)[/indent]
Manbu zo'r rasmkan. Kelinni kiymiga gap yoooooooooooooqqq. Savol nimaga odatda bechara kuyovbolaga kallasiga kichkina bo'gan salla kiygizishadi? Qachon qaramay shu kichkina turadi kuyovlani boshida. Anu -guli- post qigan wedding picturesda 1nchi ko'rishim egnidagiyam boshidagiyam yarashib o'Zini razmerida kiyganini.
Menga aralashgani boshidan kuyovjo'ralar qo'yishmadi. "Aka, o'zimiz eplaymiz!" deb, telefonlari va pullarini hammasini menga berib qo'yishdi :(
Lekin janjal vaqtida tomonlarni ko'p ajratdim... Vachaaaaach g'azinachi :D
Shokirbek
09-04-2007, 03:40 AM
http://www.htwm.de/truziboy/forum/jiyan/tomosho19.jpg
Kelin bola o'tkir tirnog'ini kuyovning qorniga tiqish uchun payt poylab turibdimi deyman.. :cool:
Lady_G
09-04-2007, 03:44 AM
Kelin bola o'tkir tirnog'ini kuyovning qorniga tiqish uchun payt poylab turibdimi deyman.. :cool:
Ko'zlisdeeeeeeeee :lol:
Yana savol anu ro'Molchani kuyovbola nime og'Ziga ushivaradi?
n0xyl
09-04-2007, 03:46 AM
Jo'ra o'zingizning to'yingizdan suratlarni qachon post qilasiz :)
Asadbek
09-04-2007, 03:50 AM
Jo'ra o'zingizning to'yingizdan suratlarni qachon post qilasiz :)Men to'yimda jo'ralarimdan xafa bo'ldim... Janjal qilishmadi meni to'yimda :D :D :D (Hojiboy akani askiyasi esga tushib ketdi...)
Ha n0xyl,
hali o'zizga ko'rsataman rasmlardan.
lyalyapo
09-04-2007, 04:05 AM
Ko'zlisdeeeeeeeee :lol:
Yana savol anu ro'Molchani kuyovbola nime og'Ziga ushivaradi?
janjalda kuyovam burindan yeb quygan busa kerede
Shokirbek
09-04-2007, 04:27 AM
janjalda kuyovam burindan yeb quygan busa kerede
Yoki ro'moliga bir tupurib "hap senimi! Oyog'ingni shunday bosaykii..." deb turgani bo'lsa kerak.. :mrgreen:
Shokirbek
09-04-2007, 04:45 AM
e Hudoyo toba....
kuyovda qorin yo'q shekilli
ps:Tirnoqlarini shu postdan kn koribman lol. :D
Iye, qorni yo'q odam ham bo'ladimi, tovbaa.. :D
Asadbek
09-04-2007, 05:02 AM
Haaa :)
Yendiii, bizda shunday bir chiroyli udum bor: Kuyov kelinnikiga kelganda, kelinni uyidagilar, xotin-xalajlar uni og'zi-tishlarini ko'rmasliklari uchun shunday berkitib turadi. Rasmiyatchilik :)
Xullas, mavzu qolib, darrov kelinni tirnog'i-yu kuyovni qorniga o'tib ketibsizlar... Bo'mapti :)
Bizzi jiyan chiniqqan, doim shug'ullanib yuradi. Qorin qo'yganlardanmas :)
infolife
09-04-2007, 08:54 AM

Uzr men shuni nazarda tutgandim.
on: vodiyda shunga o'hshash udum bor. Kuyov joralari bn kelinnikiga mehmonga kelganda kuyov otiradigan uyni ostonasiga payandoz solinadi. Kuyov poyondozni bosib otishini hamma kutib turadi. Keyin payandoz talash boshlanadi. Faqat kelin tarap aralashmay tomosha qilib turadi. Kuyovni joralari urra-qoch qilib rosa tortishadi.Qo'shnimiz qiz chiqarganda payandoz olaman deb uylarini oynaklariga sindirishvorgan edi.Poyondoz olganga bir narsa beriladimi bilmadim yoki shu bir parcha materialga shunga ogiz-burun qonaydimi aniq esimda yoq.Undan kn bunaqa narsaga boshqa guvoh bolmadim lekin.:)
Nevidimka
09-04-2007, 08:58 AM

Infolife,bu payandozni odatda kiyovjo'ralar talashishadi,buni manisi, bizni ham shunday chiroylik tuylarga etkazsin degan manoda,yoki Yuqsin Yuqsin deganday.....:P Yahshi niyat bilan kiyovnakarlar talashadi payandozni....:D
Godunov
09-04-2007, 09:32 AM
E qoyil Asadbek, bunaqa original mavzularni hamma ham batafsil yoritaolmaydi matbuotda:D
Qishloqqa borganimda eshitdim, bir sinfdoshim begona joydan uylanibdi, mana shunaqa "kuyov tovoq"ni ustida chiqqan janjalda kelin tarafdagilar(kelinni sinfdoshlari bo'sa kerak) kuyoni qo'lini sindirib qo'yishibdi:(
erkak#1
09-04-2007, 09:50 AM
Эээ... сизларда бир парча матони талашишаркан... бумапти! Узимизни Тошкентдаги туй-ишкалларига етадигани йук. Качон караманг келинни талашишади. :mrgreen:
Amiri Turkiston
09-04-2007, 10:31 AM
eee bunaqa urif odatlariga o't tushsin :-)
bemaza....bema'ni....
Toshkentda uylanish ancha hafsiz ekan unda :-) :-)
erkak#1
09-04-2007, 10:35 AM
eee bunaqa urif odatlariga o't tushsin :-)
bemaza....bema'ni....
Toshkentda uylanish ancha hafsiz ekan unda :-) :-)
Хаммаси балансда, ока. Сурхонда моддий томондан булса, Тошкентда маънавий томондан-де. :mrgreen:
Pythagor
09-04-2007, 11:37 AM
axmoqchilik.
Think before posting, do you really need it?
;)
bello
09-04-2007, 11:39 AM
ha zorku bunaqa odatlarni Vodiyga ham implement qilish kerakmikan deyman,)))) Lekin Qashqadaryoning Dehqonobod degan joyida bir toyga borgan edik, afsus raslari yoqdaa lekin bundan battar bolgan edi....
bello
09-04-2007, 11:43 AM
Uzr men shuni nazarda tutgandim.
on: vodiyda shunga o'hshash udum bor. Kuyov joralari bn kelinnikiga mehmonga kelganda kuyov otiradigan uyni ostonasiga payandoz solinadi. Kuyov poyondozni bosib otishini hamma kutib turadi. Keyin payandoz talash boshlanadi. Faqat kelin tarap aralashmay tomosha qilib turadi. Kuyovni joralari urra-qoch qilib rosa tortishadi.Qo'shnimiz qiz chiqarganda payandoz olaman deb uylarini oynaklariga sindirishvorgan edi.Poyondoz olganga bir narsa beriladimi bilmadim yoki shu bir parcha materialga shunga ogiz-burun qonaydimi aniq esimda yoq.Undan kn bunaqa narsaga boshqa guvoh bolmadim lekin.:)
hozir talashmay qoyishgan....:D
Shock
09-04-2007, 11:45 AM
tovoqni... tovoqni yo'qotish kerak, birinchi kundan qaynotanikida yahshi tasurot qolishi uchun tovoqni o'rniga sekin 2 kilo go'shtni pulini kiyovni cho'ntagiga solib ehtirom bilan kuzatib qo'yadigan qilishsa... bir qishloqni eski udumu yo'qolib ketadi :D
yo'qotishmasa... o'sha tomonlarda uylanish sog'liq uchun sal havfliroqmi deyman? ;)
Prince
09-04-2007, 11:49 AM
Toshkentni urf odati bezopasniy ekan silarnikiga qaraganda!
Biza jim borib jim kelamiz, faqat toyda ( nikohda) kuyovno ortoqlari 50/50 qilishsa,yoki ubu mexmon , "topolon" qiishi mumkin , uniyam 2 ta odam bilan bosvorsa boladi lekin siladaka bunaqa "RAZBERUHA" la yo bizada ;)
Asadbek
09-04-2007, 12:55 PM
Toshkentni urf odati bezopasniy ekan silarnikiga qaraganda!
Biza jim borib jim kelamiz, faqat toyda ( nikohda) kuyovno ortoqlari 50/50 qilishsa,yoki ubu mexmon , "topolon" qiishi mumkin , uniyam 2 ta odam bilan bosvorsa boladi lekin siladaka bunaqa "RAZBERUHA" la yo bizada ;)Prince,
sizni o'zimga boja qilsammi, deb o'ylayapman :)
Mana, meni to'yimda hech qanaqa janjal bo'lmadi ;)
Aytmoqchi,
yuqoridagi rasmlardagi To'shtovoq-talashda kuyov aralashgani yo'q. U vaqtda kuyov kelin oldida va momolar qurshovida edi :)
Пушкарева
09-04-2007, 06:24 PM
I feel bad for the people. Its all about financial need and deprivation.
erkak#1
09-04-2007, 06:34 PM
I feel bad for the people. Its all about financial need and deprivation.
Wuahahahahaha :lool: :lool: :lool: :lool: :lool: :lool:
Пушкарева
09-04-2007, 06:36 PM
they are fighting for money, arent they?
Wuahahahahaha :lool: :lool: :lool: :lool: :lool: :lool:
munisa
09-04-2007, 07:11 PM
~*NeZaBudkA*~, lol :lol:
On: Janjal to'plonlar seeeeerop bo'lardi to'ylarda. Ayniqsa bizzi mahallada. Topic.ni ko'rib birinchi esimga tushgani dadam yoshligimizdan berib aytib beradigan bir voqea bo'ldi:
Qo'shnimizni sunnat to'yida aroq ichib mast bo'lganlar aytishib qolib, bir devor qo'shnimizni pichoqlab qo'ygan ekan ro'para qo'shnimiz :( Qamalib chiqqan,,,, Bilmadim, 30-40 yil avval bo'lganmi, oradan o'shancha vaqt o'tib o'sha sunnat to'yi bo'lgan bola, hozirda albatta kishi boshqa bir to'yda (u ham ichvolib) o'sha ro'para qo'shnimiz bilan urishgan ekan - meni to'yimi rasvosini chiqargansan - deb :(
Ha chindan ham payondoz talashishlar avval ko'proq bo'lardi.
Janjalga yana bir bahona - kuyov jo'ralar soat, pichoqni zakonniysidan berishmasa - kelinni uka, jiyanlari to'polon ko'tarishardi,,,
EEeeeeng zo'ri - ayollarni to'polonlari edi :)
Yuqorida aytib o'tishibdi, lekin Vodiy bo'lgani bilan har bir mahalla, qishloq, shaharni udumlari bir birinikidan farq qilsa ajabmas.
Masalan, bizzi shaharda kelinni aptobusdan ko'tarib chimildiqqacha obkirib qo'ymasdan, shundo yerga tushiradi kuyov bola, u yog'iga o'zi yureeeb boradi :) Ko'pincha yosh bollar biqinidan chimchilab qochardi kelinni :lol: Andijonni juda ko'p joylarida esa, uyigacha ko'tarib obkiradi.
Eee hullas, iki chikiri ko'p. Bir qarasang udumlar ajoyibku, lekin meni yoshimda uje o'ylasam boshim aylanib ketadi :lol: Oshiqcha g'alva, janjal, yugur yugur. Qaridim unaqa votir votalarga :lol:
Пушкарева
09-04-2007, 08:17 PM
People, frankly, I cant really get why you take it funny (what I've said above). Well off or financially fine people would not fight for the money, which has a good excuse here in the face of customs/traditions.
LORIAL
09-04-2007, 08:32 PM
Eng zor toyla Horazmda utadi. Hamma hursand, 7 eshdan 70 eshgacha lazgiga uyniydi.
Kelin bola shunaka hurmatdaki - kiyov taraf hamma toy harajatlarini uzi kiladi, hamma kelin sarpalarini va uy pardozlarini kiyov kiladi. Kelin esa tayor uyga borib tushadi. Hakikiy DJENTLMEN bolib uylanadi kiyov.
NIKAKIH TORGOV I NIKAKIH SPOROV !!!
Damsel
09-04-2007, 08:58 PM
eee bunaqa urif odatlariga o't tushsin :-)
bemaza....bema'ni....
Toshkentda uylanish ancha hafsiz ekan unda :-) :-)
Toshkentda 3-4ta patnosni bahridan o'tsez bo'ldi =))) Tog'amni qizlarini to'yida teshib berishgandi kuyovni o'rtoqlari :D
Nezabudka: They're not fighting over money :) tugunlarda go'sht bor go'sht, ushani talashishvotti. Financial deprivationni hech qanday aloqasi yo'q bo'tta.
Abu-Hafiza
09-05-2007, 09:11 AM
they are fighting for money, arent they?
No they aren't
Abu-Hafiza
09-05-2007, 09:19 AM
Janjalsiz tuy tuy bulmaydi, deyishgani shudirda :)
Janjalni zuri odatda ruslarning tuyida buladi
http://youtube.com/watch?v=JD-FiPcIPac&mode=related&search=
YouTube - russian wedding catfight
NYyankNY
09-05-2007, 09:23 AM
Well off or financially fine people would not fight for the money, which has a good excuse here in the face of customs/traditions.
:lool::lool:
NezabudkaOpa :P
Xech kim $100 Olip qolmagan Urf Odat BU
Masalan Tashkent kelin kelganda Kelin kinaysi opasi moshnani ishigini ochmidi
Kiyov Pul tolashi kerak usha kelini opasi Pulga olip qolmagan Urf odat bu
Americada Kelin toyda kiyin Gul orqaga qarap otadi
20 qiz sakraydi u qizlar gulga olip qolgani yoq Urf odat
Har 1 mamlakatni oziga yarasha urf odati bor OPa :D
Vezunchik
09-05-2007, 09:31 AM
Yena boshlandimi Toshkentda unaqa bizda bunaqa palonchi joyda unaqa :)
O'zbekistonda bugandan keyin qaysi burchagida kamchilik busa bu bizning xammamizning kamchiligimiz, usha narsaga qarshi xamma kurashishi kerak.
iyaaaa?????:rolleyes::rolleyes:
Toshkentni yomonlasa mayli, o`tib ketvotgan joydan, voqt yo`q bo`sayam, Erinmiy 1-2 post yozib tashisla. A sal yahshilab qosa shunaqa "Stop!!!" ekan-de???:P:P:P
NiChestno Gospoda horoshie!!! niChestno!!!!:P:P:P
Toshkentni to`ylariga Gap bo`lishi mumkin emas!!! :)))))
Gareeb
09-05-2007, 09:44 AM
Bizdagi to'ylarda ham mushlashish oddiy hol.Yoshligimda eslayman agar birorta to'yda urush bo'lmasa qandaydir o'sha to'y zerikarli o'tgandek bo'lardi.
Qo'shnimiz to'yda urushib burnidan ajralgan, kimdir burnini tishlab uzvogan :lol:.Toshkentga borib plastik operatsiya qildirgan hozir jbilinmay ketgan.
Bir sunnat to'yida to'ybolaning tog'asini urib o'ldirib qo'yishgan.
Yaqinda bo'lgan to'yda esa to'yxonada janjal chiqib kelin-kuyovga qarata shovvozlar osh to'la laganni irg'itganlar :lol:.
Yana bunday woqealar talaygina, hammasiga ichkilik aybdor.
Islomiy to'ylarda esa pashsha uchgani bilinadi,juda ham tinch o'tadi.Unday ahmoqona urf-odat,eskilik sarqitlariga o'rin yo'q.
MUHLIS
09-05-2007, 10:05 AM
to'ydagi janjallarga o'ta salbiy munosabatdaman. Bir bechora yaxshi niyat bilan to'y qiladi bir to'da eshaklar to'yni hursanchiliginiyam yo'qqa chiqaradi.
Asadbek
09-05-2007, 10:34 AM
to'ydagi janjallarga o'ta salbiy munosabatdaman. Bir bechora yaxshi niyat bilan to'y qiladi bir to'da eshaklar to'yni hursanchiliginiyam yo'qqa chiqaradi.
Men rasmlarini keltirgan to'yda hatto kelinning ukasi va amakivachchasi ham qishloqdoshlariga qo'shilishdi. Qaysidir bir rasmda katta yoshli odamlar ham ko'rinadi, ular chekkada kulib kuzatib turishdi. Faqat o'g'lini ko'ylagi yirtilgan yoki burnidan qon oqqan xolalar biroz baqirib qolishdi.
Ammam chiqib, janjal katta bo'lib ketmasin degan maqsadda qizning bobosiga bir-ikki qattiq gapirgandi, shu kishi bolalarga bir-ikki do'q urganday bo'ldi.
Shu qishloqni urfi ekan-da, nachora... :)
SAMARKANDI!
09-05-2007, 10:40 AM
Wow, thats smth.
HustleR
09-05-2007, 10:57 AM
~*NeZaBudkA*~, lol :lol:
On: Janjal to'plonlar seeeeerop bo'lardi to'ylarda. Ayniqsa bizzi mahallada. Topic.ni ko'rib birinchi esimga tushgani dadam yoshligimizdan berib aytib beradigan bir voqea bo'ldi:
Qo'shnimizni sunnat to'yida aroq ichib mast bo'lganlar aytishib qolib, bir devor qo'shnimizni pichoqlab qo'ygan ekan ro'para qo'shnimiz :( Qamalib chiqqan,,,, Bilmadim, 30-40 yil avval bo'lganmi, oradan o'shancha vaqt o'tib o'sha sunnat to'yi bo'lgan bola, hozirda albatta kishi boshqa bir to'yda (u ham ichvolib) o'sha ro'para qo'shnimiz bilan urishgan ekan - meni to'yimi rasvosini chiqargansan - deb :(
Ha chindan ham payondoz talashishlar avval ko'proq bo'lardi.
Janjalga yana bir bahona - kuyov jo'ralar soat, pichoqni zakonniysidan berishmasa - kelinni uka, jiyanlari to'polon ko'tarishardi,,,
EEeeeeng zo'ri - ayollarni to'polonlari edi :)
Yuqorida aytib o'tishibdi, lekin Vodiy bo'lgani bilan har bir mahalla, qishloq, shaharni udumlari bir birinikidan farq qilsa ajabmas.
Masalan, bizzi shaharda kelinni aptobusdan ko'tarib chimildiqqacha obkirib qo'ymasdan, shundo yerga tushiradi kuyov bola, u yog'iga o'zi yureeeb boradi :) Ko'pincha yosh bollar biqinidan chimchilab qochardi kelinni :lol: Andijonni juda ko'p joylarida esa, uyigacha ko'tarib obkiradi.
Eee hullas, iki chikiri ko'p. Bir qarasang udumlar ajoyibku, lekin meni yoshimda uje o'ylasam boshim aylanib ketadi :lol: Oshiqcha g'alva, janjal, yugur yugur. Qaridim unaqa votir votalarga :lol:
lol. Qaridim deng... :)
R.Azimov
09-05-2007, 12:31 PM
Ha endi Qashqadaryo-da, nima deysiz =)) (Asadbek aka, so'kinmang)
Bunaqa voqeani men Chiroqchida bundan 16-17 yillar ilgariyam ko'rganman.
Kelin olib kelish uchun borgandik, Kuyov tomon bilan kelin tomon poyondoz tortishib, yung'ichqapoya ham qolmadi, qo'y katak ham qolmadi. Oxiri "Dvijok" degan narsani yoqib bechoralarning ustiga sharillatib suv qo'yib yuborgach(oktyabr edi) shalabbo bo'lib tarqab ketgandi. Keyin uyga qaytishimizda kap katta kap katta jigitlar yo'lga chiqib olib Samarqandliklarni urmoqchi bo'lishgandi.
Hozir usha poyondoz degan belbog'ni qaychi bilan qiyib, qiyib qiyib, keyin torttirishadi... Qani tortib ham ko'ringchi, sharrrr etib yirtilib ketib, hamma bo'lib oladi qo'yadi.
RA
Lady_G
09-05-2007, 01:53 PM
Eng zor toyla Horazmda utadi. Hamma hursand, 7 eshdan 70 eshgacha lazgiga uyniydi.
Kelin bola shunaka hurmatdaki - kiyov taraf hamma toy harajatlarini uzi kiladi, hamma kelin sarpalarini va uy pardozlarini kiyov kiladi. Kelin esa tayor uyga borib tushadi. Hakikiy DJENTLMEN bolib uylanadi kiyov.
NIKAKIH TORGOV I NIKAKIH SPOROV !!!Vohayyy uzim oynonin dilingizdan apka :) Qoni adi hammerda shundin bo'so.
Vatanparvar nichchaya sotildingiz indi Toshkentlilara :) ?
Frida
09-05-2007, 02:02 PM
Toshkentda kelinni kuyov olib ketayotganda, kelin tomondagilar orqasidan tosh otishadi. Tushgan joyingga borib, toshdek qotgin degan ma'noda. Bitta qo'shnimizni amma-xolalari tosh otamiz deb, linkol'nmiye, limuzinmiye o'shanga tosh otib, orqa oynasiga "ne udachno" tekkizib kichkina dars ketgani uchun shofer bilan ana olushuv bo'lgan. :lool: keyin, bir ammalab tinchlantirib, pulini to'laymiz deb olib ketishgan....
Asadbek, hikoyaga gap yo'q. Vizual bo'libdi, ko'rgandek bo'ldim. Bekorga ham Amir Temur sizlarni tomondan chiqmagan ekan. Hamma joyda bitta ishkal qidirib, kurash tushib olish uchun bahona qidirib yurar ekansizlar. :D
dauphin
09-05-2007, 06:13 PM
Biz taraflarda, kuyovnavkarlar kelin bosib o'tgan poyandozni talashadi. Kim tortib olsa to'y tugaguncha qo'liga bog'lab yuradi. Odatda poyandoz qizil rangda bo'ladi. Keyin, tortib olgan odam o'zidan o'zi g'ururlanib yuradi. Hm, I feel bad myself, I have never done that. Probably, I would never do that.
Alesser
09-05-2007, 06:53 PM
Wow, zur rasmlar:)...
Uzimizi Uzbekona tuylarni kurmagnimgayam rosa 5 yil buganakan, har yili uyga borardim lek men borganda hech kim uylanmasdiyam ergayam tegmasdi, nu bu safar mazza qilib tuylarni kurib keldim... Uziyam rosa tuy sezonida borganakanman, shunaqa kunlaram buldiki kuniga 2-3ta mazar yedi, tuylar bup qoldi qaysi biriga borishni bilme qoldi odam...
1-2ta tuylarda uzim svidetilam buberdim, chet-elda yuraverib ancha Uzbekcha uruf-odatlaram esdan chiqib ketibdi, shunaqa "janjallar"ga keganda odam ja hijolat bularkan... bir necha marta hamma uzini poyandozga otsa, men chetda qob ketdim:)... endi urganvoldik, yanagi safar uzim bir bopliman:D
MUHLIS
09-05-2007, 06:59 PM
Men rasmlarini keltirgan to'yda hatto kelinning ukasi va amakivachchasi ham qishloqdoshlariga qo'shilishdi. Qaysidir bir rasmda katta yoshli odamlar ham ko'rinadi, ular chekkada kulib kuzatib turishdi. Faqat o'g'lini ko'ylagi yirtilgan yoki burnidan qon oqqan xolalar biroz baqirib qolishdi.
Ammam chiqib, janjal katta bo'lib ketmasin degan maqsadda qizning bobosiga bir-ikki qattiq gapirgandi, shu kishi bolalarga bir-ikki do'q urganday bo'ldi.
Shu qishloqni urfi ekan-da, nachora... :)
Janjallar bizdayam bo'ladi, biz ham guvoh bo'lganmiz, xatto qatnashganmis ham, shuning uchun ataylab kelib bizning to'yda ham janjal qilishgan.....lekin tan olib aytish kerak, buning asosiy ildizi ichkilikda yotadi.......
R.Azimov: bizdayam poyandozni tortishadi kuyov-navkarlar, lekin qiyib qo'yilmaydi.....bilmadim sandiqda turib chrib qolganlarini yozishadimi.....birpasta sharillab parcha-parcha bo'lib ketadi.
MUHLIS
09-05-2007, 07:01 PM
Biz taraflarda, kuyovnavkarlar kelin bosib o'tgan poyandozni talashadi. Kim tortib olsa to'y tugaguncha qo'liga bog'lab yuradi. Odatda poyandoz qizil rangda bo'ladi. Keyin, tortib olgan odam o'zidan o'zi g'ururlanib yuradi. Hm, I feel bad myself, I have never done that. Probably, I would never do that. Butunicha qo'liga tegsa beliga bog'lab yuradi.....kekkayib "mana, yigitni ho'rozi bizda" deb.... :lool:
Frida
09-05-2007, 07:09 PM
yuqoridagi ba'zi fikrlarni o'qib, rosa qotibman. o'rtoqlar ko'ngilni keng qilinglar, bu o'zimizning urf-odatlarku. iqtisodiy nochorlikdan qilmayapti buni, buva-buvisi ham shu ishni qilgan, shuning uchun qilyapti. kichikligingizda qo'shningizning bolasini birinchi bor beshikka bog'lashganda, qo'lingizga non ushlatib "yugur, boshqalarga oldirma!" deyishganmi, hech? mana, mening shundoq esimda, qo'shnimiz yugur desa, yugurub ketuviribman, orqamga qarasam 3-4ta bola vajohat bilan yugurib kelishyapti. man kichkina edim, qoq'rqib ketganimdan ham qo'limdan nonimni olib qo'yishgan :) :(.
man ham o'shanda iqtisodiy qiyinchilikdan yugurmaganman.... :lool: mana, hozir ham bittasi non berib yugur desa, nomiga, urf-odat uchun shartta yugurub ketuvraman. bu ham bir ne'matde...
Auditor
09-05-2007, 10:06 PM
Toshkentda kelinni kuyov olib ketayotganda, kelin tomondagilar orqasidan tosh otishadi. Tushgan joyingga borib, toshdek qotgin degan ma'noda. Bitta qo'shnimizni amma-xolalari tosh otamiz deb, linkol'nmiye, limuzinmiye o'shanga tosh otib, orqa oynasiga "ne udachno" tekkizib kichkina dars ketgani uchun shofer bilan ana olushuv bo'lgan. :lool: keyin, bir ammalab tinchlantirib, pulini to'laymiz deb olib ketishgan....
Asadbek, hikoyaga gap yo'q. Vizual bo'libdi, ko'rgandek bo'ldim. Bekorga ham Amir Temur sizlarni tomondan chiqmagan ekan. Hamma joyda bitta ishkal qidirib, kurash tushib olish uchun bahona qidirib yurar ekansizlar. :D
hecham bunaqa bema'ni urif odatni Toshkentda borligini eshitmagan ekanman va ko'rmaganman ham
Frida
09-06-2007, 06:18 AM
hecham bunaqa bema'ni urif odatni Toshkentda borligini eshitmagan ekanman va ko'rmaganman ham
domda o'sganingizdan keyin qattan bilasiz, taqsir :lool: tag-tugingiz bilan toshkentlik va qadimgi mahallarda o'sgan bo'lsangiz, bunday urf-odatlar har doim bo'lgan, hozir ham bor. buva-buvingiz hayot bo'lsalar so'rab-surishtirib ko'ring!
undan tashqari, hadeb bema'ni-bema'ni deyavermanganlar!! :evil: Nimasi bema'ni? O'zi biror urf- odatni ko'rganmisiz? Mag'zini chaqib o'ylab ko'rganmisiz? Nimasi be'mani ekan?!
Beshikka bolani bog'lagandan keyin, nasibasini bersin, mana shu qo'shni bolalar bilan talashib-olishib, o'ynab-kulib katta bo'lsin deb, yon qo'shnisini bolasiga non beradi. keyin boshqa bolalarga, bor quvla deydi. nonni oldirib qo'ymasangiz, zo'r! oldirib qo'ysangiz, hechqisi yo'q, uyga kelsangiz sizga yana kulcha berishadi... boshqa bolalarga ham.
Bolani tishi chiqqanda uning onasi qo'shni bolalarni taklif qilib, bodroq beradi -- tishlari bodroqdek, oppoq, sog'lom bo'lsin deb. undan tashqari bu ham bolaga bitta "socialisation"! atrofdagilarni ko'radi, boshqa qo'shni bolalar ham, mana shu uyda "Zilola yoki Ahmad" degan bola bor, hov anu kuni uyida mazza qilb tort yedik deydi :D (bodroqdan tashqari bolalarga har xil shirinliklar ulashiladi). Agar bilmasangiz, mana shunaqa urf-odatlar bor. Siz urf-odatni bilmasangiz, hammasi bema'ni bo'laverar ekanda?! Bola uchun qilinadigan urf-odatlar juda chiroyli, afsus shunday odatlarni bilmas ekansiz.
NanOnaN
09-06-2007, 07:28 AM
Toshkentdi toylada hozi kelinnikiga borip kelish juda havli bopqogan.
Butun boshli kelin ni mahalasini haqiqiy jang maydoniga aylantirib yuborishadi, har hil Lmonka "Bomba" lar bilan.
Hech kinmi ayash yoq,
Ayniqsa qiz dom da tursa albatta 1-2 "Bomba" podyesda portlaydi, ana u dahshat!:)
Eng zori avtobusda kelinniga ketish mazza, har hil aytishuvlar bilan "Bozorga bordim besh-besh........":lool::lool:
Qaysi Tashkentliga satilipman?
Qizama yo arkakama? Indi qiziqishdon :D
Ovi yuqoridaki gapi aytotrg'an vo'sangiz, man hozibla qashqadaryodan bashlasala xzgam barip qalarla dayan guring bumasin dap tuxtatin davadimda, neto chunip yurimang yena :)
Lakin boqu, minnatiiiipp yuriyannan satilip getsakam yahshiraq vo'lar adi :lol::lol:
Forum.Uz umumiy qoidalari: (http://forum.arbuz.com/announcement.php?f=8)
...
8. O’zbek, Rus va Ingliz tillaridan boshqa tillarda yozish. Forumda bahs-munozaralar, fikr almashuv O’zbek, Rus va Ingliz tillarida olib boriladi.
...
10. Forum qoidalarini buzish Warning bilan, so’ngra Ban bilan jazolanadi. Forum qoidalarini bilmaslik forum a’zosini javobgarlikdan ozod etolmaydi. Shuning uchun qoidalarni diqqat bilan o’rganib chiqing.
:lol: .
undan tashqari, hadeb bema'ni-bema'ni deyavermanganlar!! :evil: Nimasi bema'ni? O'zi biror urf- odatni ko'rganmisiz? Mag'zini chaqib o'ylab ko'rganmisiz? Nimasi be'mani ekan?!
Beshikka bolani bog'lagandan keyin, nasibasini bersin, mana shu qo'shni bolalar bilan talashib-olishib, o'ynab-kulib katta bo'lsin deb, yon qo'shnisini bolasiga non beradi. keyin boshqa bolalarga, bor quvla deydi. nonni oldirib qo'ymasangiz, zo'r! oldirib qo'ysangiz, hechqisi yo'q, uyga kelsangiz sizga yana kulcha berishadi... boshqa bolalarga ham.
Bolani tishi chiqqanda uning onasi qo'shni bolalarni taklif qilib, bodroq beradi -- tishlari bodroqdek, oppoq, sog'lom bo'lsin deb. undan tashqari bu ham bolaga bitta "socialisation"! atrofdagilarni ko'radi, boshqa qo'shni bolalar ham, mana shu uyda "Zilola yoki Ahmad" degan bola bor, hov anu kuni uyida mazza qilb tort yedik deydi :D (bodroqdan tashqari bolalarga har xil shirinliklar ulashiladi). Agar bilmasangiz, mana shunaqa urf-odatlar bor. Siz urf-odatni bilmasangiz, hammasi bema'ni bo'laverar ekanda?! Bola uchun qilinadigan urf-odatlar juda chiroyli, afsus shunday odatlarni bilmas ekansiz.
hamma narsani o'z nomi bilan aytib o'tish kerak.
Ok. urf-odat. lekin axmoqona urf-odat, voz kechilishi kerak bo'lgan urf-odat.
An-analarimizdeb ehhheeee zardushtiylikdanam avval ishlatilgan an-analarni bajarish kerakmi?
masalan, hm.... birorta narsayam kallamga kelmayapti :lol:
Unique
09-06-2007, 10:16 AM
Boshqa joylani janjalini bilmadimku, lekin o'tgan yili eski shaharda to'yga borudim (qizni uyiga), kuyovla ketvotganda uyni portlatvori diyishgan Tovba qildim.
Qanaqadur bombochkala otib, devorlarni qora qora qilib ketishgan (agar hashakka tushganda, tochno yonib ketardi). :rolleyes:
erkak#1
09-06-2007, 11:57 AM

Qiz baxtli ekan... nechta kuyov kegandi? :lool: 40ta razboynikmi? :lool: :lool: :lool:
PHOENIX
09-06-2007, 03:26 PM
Qiz baxtli ekan... nechta kuyov kegandi? :lool: 40ta razboynikmi? :lool: :lool: :lool:
40 ta gruzin-razboynik :lool: Bechara kuyov :lool:
dauphin
09-06-2007, 03:31 PM
Butunicha qo'liga tegsa beliga bog'lab yuradi.....kekkayib "mana, yigitni ho'rozi bizda" deb.... :lool:
Vodiy taraflardanmisiz deyman? Uzizga nasib qilganmi biror marta? Yoki siz ham armonda yuribsizmi? :)
dauphin
09-06-2007, 03:35 PM
domda o'sganingizdan keyin qattan bilasiz, taqsir :lool: tag-tugingiz bilan toshkentlik va qadimgi mahallarda o'sgan bo'lsangiz, bunday urf-odatlar har doim bo'lgan, hozir ham bor. buva-buvingiz hayot bo'lsalar so'rab-surishtirib ko'ring!
undan tashqari, hadeb bema'ni-bema'ni deyavermanganlar!! :evil: Nimasi bema'ni? O'zi biror urf- odatni ko'rganmisiz? Mag'zini chaqib o'ylab ko'rganmisiz? Nimasi be'mani ekan?!
Beshikka bolani bog'lagandan keyin, nasibasini bersin, mana shu qo'shni bolalar bilan talashib-olishib, o'ynab-kulib katta bo'lsin deb, yon qo'shnisini bolasiga non beradi. keyin boshqa bolalarga, bor quvla deydi. nonni oldirib qo'ymasangiz, zo'r! oldirib qo'ysangiz, hechqisi yo'q, uyga kelsangiz sizga yana kulcha berishadi... boshqa bolalarga ham.
Bolani tishi chiqqanda uning onasi qo'shni bolalarni taklif qilib, bodroq beradi -- tishlari bodroqdek, oppoq, sog'lom bo'lsin deb. undan tashqari bu ham bolaga bitta "socialisation"! atrofdagilarni ko'radi, boshqa qo'shni bolalar ham, mana shu uyda "Zilola yoki Ahmad" degan bola bor, hov anu kuni uyida mazza qilb tort yedik deydi :D (bodroqdan tashqari bolalarga har xil shirinliklar ulashiladi). Agar bilmasangiz, mana shunaqa urf-odatlar bor. Siz urf-odatni bilmasangiz, hammasi bema'ni bo'laverar ekanda?! Bola uchun qilinadigan urf-odatlar juda chiroyli, afsus shunday odatlarni bilmas ekansiz.
To'g'risini ayting yoshish nechchida? Haligi to'ylarni boshqaradigan yoshi katta onahonlar bo'lardi, shularga uhshaysiz. Hafa bo'lgan chulchut. :)
inDecision
09-06-2007, 04:24 PM
bitta tanishim bor edi, Boysunlik. Bir qornidegi har xil shramlarni kursatib bu palonchi tuydan yeganman, bu pistonchi tuydan yeganman deb naq 4-5ta pichoq izini kursatgandi :D ko'p joylarda o'zi shuku: janjal, urush bo'lmasa, eee to'y yaxshi bo'lmadi deyishadi
Frida
09-06-2007, 05:32 PM
To'g'risini ayting yoshish nechchida? Haligi to'ylarni boshqaradigan yoshi katta onahonlar bo'lardi, shularga uhshaysiz. Hafa bo'lgan chulchut. :)
vey, yoshimni etmay qola qolay, lekin shu eyrdagi PainKiller, Nezabudkahonimlar va boshqa qizlar bilan tengdoshman.... shu yetarlimi?
bitta narsade, Vatanparvar opat deb bo'ldi, shuning uchun manga yashil chiroq, gapirsam gapiraveraman.... :D Urf-odatni -- xohlagan sifat ishlatib atash mumkin, faqat bir narsa -- bema'ni demang, demoqchiman. G'alati deng, qiziq deng, a ana borsa -- bo'lmapti deng, men buni o'lsam qilmayman deng. O'zbek tili boy til, xohlaganingizcha o'z "nafratingizni" bildirishingiz mumkin. Bema'ni degani ma'nosiz degani -- bu esa notog'ri, har bir millatni urf-odatini tagida biror ma'no bor -- hammasi tarixan rivojlanib kelgan. Shuning uchun bu yerga kelvolib, bema'ni deyishni o'zi kulgili.
Karochide.:super:.. (mana sizga yoshlarga o'xshab gapirish) bitta bema'ni so'zini ishlatmasdan, ketidan bitta tushuntirish ham yozinglar, ana sizga suhbat bo'lsin. ;)
Man o'zim balki o'nlab urf odatlarni qilmasman, lekin ularni bema'ni deyishga, tilim aylanmaydi.
erkak#1
09-06-2007, 05:34 PM
40 ta gruzin-razboynik :lool: Bechara kuyov :lool:
Bechara kelin deng, kuyovsiz qoladi :lool: :lool: :lool:
NYyankNY
09-06-2007, 05:39 PM
Boshqa joylani janjalini bilmadimku, lekin o'tgan yili eski shaharda to'yga borudim (qizni uyiga), kuyovla ketvotganda uyni portlatvori diyishgan Tovba qildim.
Qanaqadur bombochkala otib, devorlarni qora qora qilib ketishgan (agar hashakka tushganda, tochno yonib ketardi). :rolleyes:
Oynonip ketti Bombuchkaladan :lool::lool:
Kiyov midi ? Kiyovlar mi ? Kiyovlar dip qoyipsiz qizga raxmim kevoti :(
erkak#1
09-06-2007, 05:40 PM
Oynonip ketti Bombuchkaladan :lool::lool:
Kiyov midi ? Kiyovlar mi ? Kiyovlar dip qoyipsiz qizga raxmim kevoti :(
Qiz naoborot baxtli qizakan, hursand bo'misizmi qiz uchun? :lool:
dauphin
09-06-2007, 06:08 PM
vey, yoshimni etmay qola qolay, lekin shu eyrdagi PainKiller, Nezabudkahonimlar va boshqa qizlar bilan tengdoshman.... shu yetarlimi?
Uni hamma biladi, shu qatori men ham. Men o'zingizning haqiqiy yoshizi so'rayapman.
Unique
09-06-2007, 06:16 PM
40 razboynikmi, qozoqmi, gruzinmi ko'rmaganman. Chunki na zlo chiroqniyam o'chirib qo'yishgan. (kim tomon qilgan bu ishni bilmadim)
Lekin shu ko'p hollarda to'yi bo'votgan oilani ko'romiydiganla, to'yda chiroqni o'chirib qo'yishadi.
PS. Yankeejan qizga nega rahmiz keladi? Uyidan uzatilib ketdiku.
PPS. Bir adashib borib qopmande to'yga. :lol:
Prince
09-06-2007, 06:18 PM
Lekin shu ko'p hollarda to'yi bo'votgan oilani ko'romiydiganla, to'yda chiroqni o'chirib qo'yishadi.
hmm, 1chi marta eshitishim , lekin bizada bitta oshpazni yuzini erga qaratish + osh qilayotgan odamn yuzini qaratish uchun ( seryozniy odammi oshpazi+taniqli oshpaz) osh solaman degan paytidan 1 soat oldin GURUCHINI ogirlab ketishgan!!!!
Damsel
09-06-2007, 06:49 PM
hmm, 1chi marta eshitishim , lekin bizada bitta oshpazni yuzini erga qaratish + osh qilayotgan odamn yuzini qaratish uchun ( seryozniy odammi oshpazi+taniqli oshpaz) osh solaman degan paytidan 1 soat oldin GURUCHINI ogirlab ketishgan!!!!
Prince kimdandir qasdiz bo'gan bo'sa o'ziz bosh bo'bergandirsizde :lool:
Prince
09-06-2007, 06:55 PM
Prince kimdandir qasdiz bo'gan bo'sa o'ziz bosh bo'bergandirsizde :lool:
yoge...... :shock::shock:, ja unchalimasdur ;)
Yana toyda eng kotta janjalga sabab boladigan ishlardan bu;
"Amakilar ichib olishadide, ichib ichib , toy ortasiga keganida ortaga chiqvolib "Man bittta Kuyoooooooo bola Kelinni tabriklashga ijozat bersez" deb turvoladi oboruvchini yonida "yoq" disez , "Tushunmadim, mani hurmatim yomi!?" deb janjal qiladi.... :twisted::twisted::evil: (bogan shunaqasi)
Warrior
09-10-2007, 10:03 AM
Zo'r udum ekan. Fight Club tuzishni ham keragi yo'q. Menga yoqdi... chekkadan tamosha qilish :)
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.