PDA

View Full Version : Zebra


Masanori
09-13-2007, 10:41 PM
Masanorining hayolidan kechgan ijobiy - salbiy,quvonchli, g'amgin, yahshi, yomon.... fikrlari shu yerda jam...


Bugun bir do'stim bilan bo'lib o'tgan suhbatni esladim. "Sen uchun eng qo'rqinchli narsa nima?"deb so'ragan edi u. O'ylab,"maqsad va orzularsiz qolmoqlik" degan edim.
Allohga shukur maqsad va orzularim serob!

Masanori
09-14-2007, 05:47 PM
Razillik va zalolat ham bir sinovdir-da...

Alloh hidoyatga umid bog'lagan qalblarga madadkor bo'lsin!

Masanori
09-15-2007, 07:52 AM
Bugun shu forumda bir gap o'qib qoldim: "shayton ham avval farishta bo'lgan ekan..."

Iymondan qalbi oz bo'lsada lazzatlangan, ammo hali ham hidoyatdan yiroqlar uchun ajoyib bir hikmatdek tuyuldi shu gap.

Masanori
09-17-2007, 02:43 AM
Hayot - nafs va tafakkur o'rtasidqagi kurashning majmuasi. Kimdir muzaffar va yana kimdir mag'lub!

O'z nafsi ustidan g'alaba qozonganlar - o'ta qudratli insonlardir!

Masanori
09-17-2007, 06:34 AM
O'ylab qarasam, hozirgi zamonda juda ko'p narsa pulga borib taqalar ekan. Qiziq, pul hali o'ylab topilmagan davrlarda odamlar qanday yashagan ekanlar...

Masanori
09-25-2007, 06:50 AM
Omad - Allohning inoyati. Omadsizman deganlar balki ana shu inoyat va yoki hidoyatdan bebahra qolganlardir?! Omadli bo'lmoq uchun Allohning inoyatini istang.
Taqvo qilganlar orasida omadsizini topmadim.

Lady_G
09-25-2007, 06:51 AM
Omad ko'r bo'Ladi :) .

erkak#1
09-25-2007, 10:15 AM
Omad - Allohning inoyati. Omadsizman deganlar balki ana shu inoyat ava yoki hidoyatdan bebahra qolganlardir?! Omadli bo'lmoq uchun Allohning inoyatini istang.
Taqvo qilganlar orasida omadsizini topmadim.

Omadsizlik - bu insonning ahmoqligi tufayli. :)

PHOENIX
09-25-2007, 10:22 AM
Byl odin anglichanin v Tashe, uchil russkiy. Podhodit, prosit emu zadat' vopros "Kak dela?". Ladno, sprashivayut ego:
- Kak jizn'?
On namorshil lob, potom vypalil:
- Zebra!! :shock:
- Aaa? Pochemu zebra?
- Huh?
- Why?
- White and black.

Good thread, Masa.

Masanori
09-26-2007, 08:15 AM
Meni yomon deng, yahshi deya ayta ko'rmang,
meni ahmoq deng, aqlli deb siylamang, yo'qsa taltayib ketaman... erinchoq bo'lib qolaman.

Masanori
09-27-2007, 04:36 AM
Ilgari ramazon kunlari qalbim taskin olar edi. Borgan sari ana shu sokinlik va ibodat lazzati vujudimdan yiroqlashib ketayotgandek. Qalb va tafakkur qolib, faqat tananing o'zi toat-ibodatda bo'lib qolganga o'hshaydi.
Iymonni asray bilmoq oliy saodat. Iymonni asrang.

Masanori
09-28-2007, 06:35 AM
Ba`zida odamlarning aqlliligi emas, aqlsizligi hayron qoldiradi.

イスラム教
09-28-2007, 07:15 AM
Donolarning donosi bo"lib ketmoqdasizku a? :)
Qayeriadisiz Yaponiyani? Balki ko'z qoqisharmiz?!

Masanori
10-05-2007, 05:33 AM
Qiziq, sevgi nima dean savolga insoniyat asrlar davomida javob izlab kelgan. Ajablanarlisi, ana shu javoblarning barchasi hilma-hil, betakror. Sunchalar rang-barangki bu sevgi...

Masanori
10-23-2007, 12:13 AM
Qizlar! siz juda go`zalsiz. Imkon bo`lsa, baringizni quchay deyman!

VatanparvaR
10-23-2007, 02:21 AM
Qizlar! siz juda go`zalsiz. Imkon bo`lsa, baringizni quchay deyman!

Voy nomardeyy ...
Imkoni yo'qligigayam ming shukur, Masa :lol:

Masanori
05-04-2008, 03:52 PM
Ahmad Yassaviy 63 yil haqiqatni yorug` jahondan izlagan ekan...topolmay, tiriklayin yer ostiga kirgan deydilar.

Bu dunyoda mutlaq haqiqatni quchmoq imkonsiz, chamamda...Allohning shafoati va mag`firatiga umid bog`lashdan o`zga chora yo`q!

Robbim - Ar-Rohman Ar-Rohiim!

Masanori
05-05-2008, 09:53 AM
Bir tanishim uz profile ining hobbies and interests degan joyiga "odamlarga yahshilik qilish" deb yozib quyibdi...

o'zbek
05-05-2008, 04:26 PM
siz kimsiz?

Masanori
05-14-2008, 12:40 AM
Sevgi faqat bir insonga yo`naltirilgan taqdirdagina, chin sevgi bo`lishi mumkin...deganlar adashadi!