PDA

View Full Version : "Auditor"larga nima bo`ldi?

Qizaloq
09-18-2007, 09:19 PM
Assalamu alaykum wr wb!

Auditorlik hozirgi kunda O`zbekistonda rivojlanib borayotgan yahshi kasblardan bittasi. Chet elda auditorskiy compnaiyalarning nufuzi baland hisoblanadi.
Ho`sh O`zbekistonda ahvol qay darajada ?

Ma`lumki O`zRes Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi " Auditorlik tashkilotlari to`g`risida Nizom"i tasdiqlandi. Bunga ko`ra Auditorlik tashkilotlariga va Auditorlik kasbiga talablar, litsenziya talablari ham o`zgardi .

Ushbu NIzomdan so`ng O`zbekiston bo`yicha tekshiruv o`tkazildi :

Bizda jami 626 ta Auditorlik Tashkilotlari mavjud bo`lsa shundan:

104 tasi- tekshiruvdan bosh tortgan
46 tasi-faoliyat litsenziyasi to`htatilgan
476 tasi- tekshiruvdan o`tgan

Litsenziya talablari bo`yicha:

347 ( 73%) - litsenziya talablarini buzgan
57 ( 12%) - qo`pol buzgan
104 (17%) - bosh tortganlar.

Professional auditorlarning malakasiga berilgan baho :

107( 26%) - yuqori-yahshi
225 (55%)- o`rta
77 (19%) - past
68 (14%)- qatnashishdan bosh tortishdi.

Bizni auditorlarga nima bo`lyapti, 14% i qatnashishdan bosh tortsaya ?
Bu sohani rivojlantirishimiz uchun nima qilishimiz kerak, takliflaringiz ....?

Auditor
09-18-2007, 09:56 PM
hozir o'zi normalniy auditorlarni topishni o'zi muammo
hammasi oldi qochdi
kimni audit qilish va uni aybini berkitish uchun tuzilganlari ham ancha

lekin auditorlarni yopilishiga bir turtki bu: ularni ustav kapitalining mashi yil;dan ko'tarilgani buldi.

keyin licensiyani cho'zishdan oldin imtihon / o'qish qilib qo'ygani ham auditorlarning eskirib qolgan miyyalari chiday olmadi...chunki bir hil auditorlar Sovet davridan qolgan bilimlari bilan, malakasini oshirmay hali ham yurishibdi.

lekin O'zb.da quru auditorlik rivojlanishiga man qarshiman...shu bilan konsalting ham rivojlanishi kerak

Qizaloq
09-18-2007, 10:02 PM
Assalamu alaykum wr wb!

o`zimni AUDIT domlam, bitta firmani otchyotini qiladila. Firmalari 1 yilda bir marta majburiy auditdan o`tishi kerak. Auditorskiy kompaniyaga telefon qilib uslugela nech pul bo`ladi deb so`rasala :
- Hulosani qanaqa bo`lishini hohlasez shunga qarab kelishamiz, o`ziz hulosa yozaman desez, biza tasdiqlab berishimiz mumkin, faqat pulini to`lasez bo`ldi ,deyishibdi.

Ish malakasimas ,faqat puldan gapirishadiya ...:(

Qizaloq
09-18-2007, 10:05 PM
lekin O'zb.da quru auditorlik rivojlanishiga man qarshiman...shu bilan konsalting ham rivojlanishi kerak
Assalamu alaykum wr wb!

To`gri konsalting ham rivojlanib boryapti.... ammo bu yangilik emas, audit hizmatlarini ichiga konsalting hizmatlariyam kirib ketadiku. Konsalting bilan auditor ham shug`ullansa bo`ladi.

Arhimed
09-18-2007, 10:06 PM
Hech narsa bo'lgani yo'q, prosto bu sohada sharlatan organizatsiyalar ko'payib ketgandi. Hozirgi kunda Ustav kapitali 10 million sum, va kamida 2 ta CPA certifikati talab qilinmaoqda auditorlik firmalaridan

melo
09-18-2007, 10:06 PM
menga auditor ishi kerak. men uchun joy bormi? :D

Qizaloq
09-18-2007, 10:29 PM
menga auditor ishi kerak. men uchun joy bormi? :D

Assalamu alaykum wr wb!

Nizom talablariga javob bersez , malaka sertifikatiz bo`lsa , bemalol murojjat etavering, jon deb olishadi :P

Warrior
09-18-2007, 10:36 PM
O'zbekistonda "Big four" dan tashqari qilingan hisobotga ishonish g'irt noto'gri ish bo'ladi.O'zi NASning ichida ham ziddiyatlar bor menimcha, shunga hisobot GAAP yoki IAS bo'yicha bo'lsa ishonarliroq.

Auditor
09-18-2007, 10:38 PM
menga auditor ishi kerak. men uchun joy bormi? :D

soqqasini to'laseiz buldi ...kelishvolamiz buyog'ini :lol:

Auditor
09-18-2007, 10:45 PM
O'zbekistonda "Big four" dan tashqari qilingan hisobotga ishonish g'irt noto'gri ish bo'ladi.O'zi NASning ichida ham ziddiyatlar bor menimcha, shunga hisobot GAAP yoki IAS bo'yicha bo'lsa ishonarliroq.

big 4 ni ahvolini ko'rib turibmiz
qanaqa malakali auditorlarni tayyorllab klientni oldiga yuborishvotganini ...ehhh

melo
09-18-2007, 10:49 PM
big 5 ni ishlaganman. boladimi? :D

ferghaner
09-19-2007, 06:31 AM
O'zbekistonda "Big four" dan tashqari qilingan hisobotga ishonish g'irt noto'gri ish bo'ladi.O'zi NASning ichida ham ziddiyatlar bor menimcha, shunga hisobot GAAP yoki IAS bo'yicha bo'lsa ishonarliroq.

tugrikuya, lekin hoz "big four" degilaram sal oqsashni boshlashganmi nima. mani bazi tanishlarim ishledi etlada.

Gateway
09-20-2007, 01:31 AM
Assalamu alaykum wr wb!

To`gri konsalting ham rivojlanib boryapti.... ammo bu yangilik emas, audit hizmatlarini ichiga konsalting hizmatlariyam kirib ketadiku. Konsalting bilan auditor ham shug`ullansa bo`ladi.

Audit (assurance services) xizmati bilan konsalting o'rtasiga farq bor.
Odatda konsaltingda Siz maslahatni korxona egalari yoki menedjmentiga berasiz. Audit zaklyucheniyasini asosan tashqi foydalanuvchilarga (investorlar) qaratilgan. Keyin hozir SOX dan so'ng AQSHda biron bir korxonaga auditorik xizmati ko'rsatayotgan firma o'sha korxonaga konsalting xizmati ko'rsatishi taqiqlangan.
Meni fikrim bo'yicha audit rivojlanishi uchun moliya bozori yashi rivojlanishi kerak. Vopros sostoit v tom komu nujny v danniy moment v UZB. auditorskie otchety i zaklyucheniya, i dlya chego? I kak doljno byt' na samom dele?

Auditor
09-20-2007, 03:23 AM

bizada Glass Steagal Act yoqde - ushanchun ularda barovariga bitta kleintni kiydirish yo'q

a bizadachi: ham bunaqa qil deb maslahat beradi ham keyin o'zini etganini to'g'ri noto'g'ri ekanligiga tekshiradi :P

g'irt o'zbekchilikde hullas :lol: