View Full Version : Forumdosh Portretini Chizing!!!
Asadbek
09-19-2007, 08:33 AM
Aziz Forumdoshlar,
menda bir fikr bor edi - Forum va Forumdoshlar haqida bir PDF-Broshyura yaratish. (Bu faqat shu Forumda tarqatiladi)
Keling, ushbu mavzuda siz o'zingiz istagan Forum Useriga nisbatan ta'rif (xarakteristika) bering. Bu ta'rif albatta "About me and about users" (http://forum.arbuz.com/showthread.php?t=33407&highlight=users) degan mavzuda qoldirilgan ta'riflardan kengroq bo'lishi kerak. Unda siz:
- Userni qachondan beri bilasiz,
- qanday xislatlari sizga yoqadi,
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan,
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz,
- uning yutuqlari nimadan iborat,
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda),
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
kabi mazmundagi savollarga ham batafsil javob qoldirishingiz mumkin.
Ta'rifning hajmi maximum quyidagicha bo'lsa, yaxshi bo'lardi:
...
Lorem ipsum pro meis periculis moderatius no. Ad vix rebum saepe consulatu. At duo justo numquam, viderer platonem at duo. Novum voluptatibus ex duo, sea augue disputando conclusionemque an. Ei vis etiam assum, nec lorem quidam verear at.Ex mediocrem scripserit interesset mel. Virtute albucius eleifend ut nam, mei sanctus abhorreant liberavisse ne. Iisque voluptatum philosophia nec cu, putant alterum id sea, appetere mediocritatem et eum. Verterem constituam eu sed, et vis meis iriure, cibo oblique necessitatibus cum te.
Mel ad nostrum scribentur, qui elit zzril inermis ad, no cum probo molestie democritum. Exerci denique ius ad. Ne alia enim elaboraret pro, illum recusabo quaerendum ut vis. Vel quem sonet nemore ut.Ei falli tamquam comprehensam pro, enim nemore atomorum et mea. Dicat suscipit nec et. Tota putent pro ea, eu oratio nominati pri, sed nostro audiam labitur ne. Probo postea an pro, sea id cetero tincidunt. Est timeam aliquando ut, vix corpora sapientem maluisset no.
Id vis quidam nostrum, ei adhuc nusquam eloquentiam his. Docendi interesset eos no, cu mei fabulas apeirian rationibus. Mundi interesset ad mea, cu pro vide error. Te cibo sonet nonumy usu. Id vis quidam nostrum, ei adhuc nusquam eloquentiam his. Docendi interesset eos no, cu mei fabulas apeirian rationibus. Mundi interesset ad mea, cu pro vide error. Te cibo sonet nonumy usu.
Bu mavzuda qoldirilgan xarakteristikalardan biz (kamina ba bir-ikki Forumdoshlar) saralab-saralab, Broshuraga kiritamiz. Natijasi sizga ham qiziq bo'ladi, degan umiddaman. :)
Forumdoshlarga nisbatan ta'riflaringizni 30-sentyabrgacha qoldirishingiz mumkin.
Marhamat!
Asadbek
09-19-2007, 08:46 AM
Siz qoldiradigan ta'riflar orasida men albatta quyidagi Forumdoshlarga nisbatan ta'riflarni ham ko'rishni bajonudil istar edim:
Adiba, Angeleyes, AbdulAziz, Amiri Turkiston,
Crazy_Diamond,
Delf, Desperado, Dani, Dido,
erkak#1,
Guardian, Guess, Glance,
Lady_G, Lunatic,
MegaZ, Maftuna, Mrs.Reaper, MUHLIS, munisa, Mas'ud, Magnolia,
Nezabudka, NYyankNY, Nafees,
Sag'bonlik_Qiz, Samimiy, SmIlIk, Shokirbek,
R.Azimov, Phoenix, Passion, Wolfman, The Reaper,
Uzb_futboli, Uzbekxonim,
va hokazo...
Uzr, hammani ro'yxatga kiritolmadim. Bu shunchaki eslatma uchun xolos :)
Ro'yxat albatta keng bo'ladi :)
Marhamat, yozishni boshlang! :)
PS: Mavzuga hech qanaqa offtoplarsiz, jiddiy yondoshihsingizni iltimos qilaman.
Proyektning amalga oshishi - Sizga bog'liq!
Prince
09-19-2007, 10:01 AM
Salom man Asadbekka portret yozishga xarkat qilaman ( umrimda yozmaganman 1 chi marta yozvoman shunga oldindan uzr)
Demak User;
ASADBEK
- Userni qachondan beri bilasiz,
- Asadbek akani adashmasam 2002 yildan beri bilaman , 2002 yilda Forum.Uzga kirganimda osha paytda Londonda uqirdim, Maktabdan uqishdan bosh qogan paytlarimda , forum ga kirib utirardim unda u kishiga unaqa ahamiyat xam bermaganman, sezmaganman , lekin Asadbek inson borligini bilardim. Inson uzi xar kuni korurgandan keyin , ma`noli ma`noli gaplardan yozgandan keyin uzi avtomatik ravishda yaqin bup qolurarkan bir biriga!
- qanday xislatlari sizga yoqadi,
Asadbekni manga masalan, ochiq sozligi , ozbechada yaxshi gapirishi ( manga oxshab tormoz qimasligi) , Ismlarni To`liq etib chaqirishlari , Adolat parvarligi, nu kamtarligi , sodda sozligi yoqadi
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan,
U kishiga, shu Forum.Uz paytida postlarini uqib , ma`noli ma`noli gaplar chiqqanligidan nazar tushgan disam adashmagan bolaman manimcha! Undan keyin Asadbekni postlarini uqisangiz unda xech kim bilan urishishlik niyati yoki unday kayfiyatni yoqligi xam odammi hursand qiladi sababi , betta kopchiligi bir birini goshini egan , bir biri bilan talashgan urishgan, asadbek asa "Tinchlik sevaar user" disa xam boladi ;)
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz,
Bo`ganmiz! Korishganmiz! 2007 yil Yozda korishganmiza! HAYOTDA , Rasmlarini kop korganman, lekin bir utirishga kelayotganimda , telefon qildim , Asadbek aka man keldim disam, Hozir tohten man eshigni tegida Kutib olaman deb chiqib keldilar, ( shu paytgacha umrimizda bir birimizani kormaganmiz) Lekin bitta korishda bir birimizani tanidik ! ;) , Asadbekni birinchi etgan sozi salom bolmagan :) ( uzr xaqiqat chiqib ketti ) Birinchi etgan soz/gaplari mani korganda "NODIRBEK , XAR DOIMGIDEY DOLCE GABANNAdasiz , diganlar undan keyin SALOM berganlar :) , manga Yoqqan joyi shunda bolganki u kishi ismimmi to`lib "NODIR+BEK" deb etganlar kopchilik BEK siz etadi , shunga u kishini TOLIQ etishi boshqacha tuyilgan , D&G ga kelsak bilmadim nimaga unaqa diganlar 1chi korishda , rasmlarda koraverib bolsa kerak :)
- uning yutuqlari nimadan iborat,
Asadbekni katta yutigi - YAXSHI INSON bolishligi! deb bilaman ( xamma man bn qoshilmasligi mumkin) sabab unaqa diyishimga? Sababi oddiy: Odamlar bor AQLLI , OLIM , DUNYO TAN OLADIGAN yoki KOPCHILIK TANIYDIGAN INSONLAR lekin INSON EMAS! Insoniylik digan narsa xammasini - QUTIRGANLIK/HAYVONSIFATLIK bosgan, Asadbekda esa shu INSONIYLIGI eng katta yutigi deb bilaman ( Olim bolma ODAM Bo`l digan maqul shetga togri kesa kere)
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda),
Kamchiliklari? Okam sal hijolat tortalla "nozi" temalarga , masalan qizlar temasiga, qizlar bn gaplashish temasiga , Shu sal kamchilikmasu endi .... nu mayli kamchili deb olsak boladi buni xam ( ili man ulaga qaraganda slishkom bezroq bosam kere )
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
nu Forum-ga qoshgan xissasi? Asadbek FORUM da yashaydi! Shu bilan uygonib shu bilan uhlaydi! Yana nima diy? Putin - Russiada , Saddam - Iroqda, Fidel - Cubada hojayin bosa - Forum da ASADBEK ( Bek akam ) hojayinla! Shu....
P.S man qaytarib otaman , man umrimda yozmaganman bunaqa uzundan uzun ozbecha , shunga agar XATO PATO CHIQSA - IGNORE qilinglar iltimos! ;)
Hurmat bilan ,
Prince :rolleyes:
Asadbek
09-19-2007, 06:00 PM
Mas'ud - Nazm gulshanidagi Majnun
Mas'ud Forum.UZga 2004 yil boshlarida JaruleUZB nomli taxallus bilan kirib keldi va asosan Adabiyot bo'limining muntazam ishtirokchisiga aylandi. U o'zining O'zbek adabiyotidan yaxshigina boxabarligi, she'riyatning ashaddiy ixlosmandiligi, shoirligi va shularning natijasi o'laroq so'zga ustaligi bilan tez orada Forumdoshlarning mehriga sazovor bo'ldi. U o'zining ishq mavzusidagi sanoqsiz she'rlari bilan Forumda ko'pchilik qizlarning yuragiga g'ulg'ula solgan, desam mubolag'a bo'lmas. ;) Mas'udni aynan shu shoirtabiatliligi bilan Forum hayotidaga doimo jonlanish va mazmun kiritib kelayotgan userlardan biri deb hisoblayman.
U o'sha 2004 yili Germaniyaga til o'rganish uchun kelgan va kamina u bilan Navro'z bayrami arafasida Berlinda bir marta uchrashish imkoniga ega bo'lgan edim. To'g'risi, menda bu yigit o'zining sermuomalaligi, haqso'zligi, samimiyligi bilan iliq taassurot uyg'otgandi. Bu taassurotning haqqoniyligiga esa yillar davomida uning Forumdagi ishtirokini kuzatish jarayonida takror iqror bo'ldim.
Uning o'z oldiga qo'ygan har bir maqsadini amalga oshirishda tinimsiz harakat qilishi, buning uchun muntazam o'z ustida ishlashi, izlanuvchanligi hurmatga sazovor. Ko'nglida biror yaxshi fikr uyg'ondimi, uni birdan hayotga tadbiq etish yo'llarini izlaydi, ushlagan joyidan osonlikcha qo'yib yubormaydi. Bu uning biroz o'jartabiatliligidan ham darak beradi.
Sofdil, samimiy, haqsevar va beg'ubor qalbli bu yigit hali ko'p baland cho'qqilarni egallashiga ishonaman!
PS: Prince, men haqimda yozish shartmas. Axir, o'zim tayyorlaydigan broshyuraga o'zim haqimda ham yozib o'tirsam, o'xshamasa kerak... :)
Guess
09-19-2007, 09:11 PM
PHOENIX
Userni qachondan beri bilasiz
В один из первых дней моего пребывания в штатах, окончательно надоев Смайлик своим нытьём по поводу того, что мне ничего здесь (в штатах) не нравится и том, что хочу домой - была отправлена ею к компьютеру: "Иди поболтай с кем-нибудь из наших. Вон, Феникс онлайн (в Yahoo только он был), яхши бола". :lol:
Получается, знаю его с июня 2006.
Qanday xislatlari sizga yoqadi
ТЕРПЕНИЕ. Такого терпеливого, бескорыстного, всегда готового помочь, с чуством юмора человека ни каждый день встретишь.
Терпит все мои компьютерные закидоны и решает ВСЕ (всё те же, компьютерные) мои проблемы.
Unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan
Как юзера, я его узнала где-то через месяц после знакоства: в какой-то теме, на чей-то вопрос о том, откуда я знаю Смайлик - он ответил, что я её кузина. Тогда, мне это показалось странным, т.к. никто ничего обо мне не знал. Потом узнала, что Феня и Боб - одно лицо.
U bilan hayotda ko'rishganmisiz
Да, 2 или 3 раза. На встречах форумчан. Если бы знала (в школьные годы), что мы в одной гимназии учились, наверняка, количество "ko'rishganmisiz" было бы больше.
Uning yutuqlari nimadan iborat
Считаю, что его положительные черты - и есть его "победы". К сожалению, о каждодневных событиях, происходящих в его реальной жизни не в курсе. Знаю, что учится, работает и любит проводить время с друзьями.
Uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda)
Таких нет :)
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz
Всегда и везде наводил порядок, добросовестно выполняя обязанности модератора. И конечно же, занимает своё особое (как и каждый юзер) почётное место на форуме.
Glance описать? ;)
Glance
09-19-2007, 09:48 PM
Glanceni opisat' qilasanmi yo'mi, lekin man sani opisat' qilaman!
GUESS
Userni qachondan beri bilasiz?
Bu userni 1999 yildan beri bilaman. Uzbek-turkish Tashkent Girls High Schoolda birga o'qigammiz. Orqamdagi partada o'tirardi :). Birinchi ko'rganimda muncha shirin qizakan bu digandim. :) O'zbek tilini umuman bilmagani, mani esa rus tilim havas qiladigan darajada emasligi muloqat qilishimizda ancha qiyinchilik tug'dirgan disam adashmagan bo'laman. Haliyam kulgim keladigan bir voqeaga: Ona tili va adabiyot oqituvchimiz bir kuni she'r yozila deb ettila. Guess ham bir ijod qildi. Bir pas turib manga ko'rsatvotti, prochitay dip. Oh myyy, she'r mana bunaqa edi:
Bugun maktabdan chiqip uyga bordim,
Xolodil'nikni ochib vafot mushukni ko'rdim.. :lool: o'shatta kulurib o'lib qogamman.
Ishqip shu do'stlashib kettik, qanaqib haliyam chummiyomman. :D Hamma doood dirdi undan, "ishkal" edi. Direktor nechi marta maniyam chaqirgalla bu qiz bilan o'rto bo'ma dip. Lekin kalla jayaaam yaxshi ishlidi, ko'z tegmasin :)
Qanday xislatlari sizga yoqadi
Ochiq ko'ngil, birovga g'arazli niyati yo'q. Sodda disam ham bo'ladi, sodda dovdir ma'nosida emas, ishonuvchan. Unga ishonsa bo'ladi. Ishonchimmi har doim oqlagan. O'zi tabiatan hamma bilan ochiqchasiga gaplashmayan. Ko'ynimdagi gaplani ham aytmayman. Maximum gapirgan gaplarim shu Guessga bo'sa kerak.
Unga qachon va qay holatda e'tiboringiz tushgan
E'tiborim umuman tushmagan disam.. jk. O'zimam bilmiman. Yomon inson emasligi, birovga yomonlik tilamasligi korinib turadi. Demak, birinchi ko'rganimdayoq desam ham bo'ladi.
U bilan hayotta ko'rishganmisiz?
Bizani holatimizga bu savol JUDA noo'rin. Oldinlari Hudoni bergan kuni ko'rib jonimgayam tegib ketardi, jinni-jinni gaplari bilan. Keyin o'qishlarimiz, sohalarimiz ajralib kamroq ko'rishishni boshladik. Hozir har kuni gaplashamizuu, lekin hali beri ko'rishmadik 3 oy muddat ichida.
Uning yutuqlari nimadan iborat
Shu savolni saaal tushunmadim. Resumesini attach qilimi? lol Uning yutug'i Alloh uni "shunday" yaratgani :). Mening yutug'im esa uni uchratganim. Keyin har doim bir narsala qip yuradi, tinch turganini ko'rmiman. Toshkentdayam hiich habarlani orqasidan yetishomi qolardim. "Oy chyooo biiilooo..." dip telefon qilardi.Shunaqa harakatchang inson bo'gani uchun (chumoliga o'xshataman) Har doim, har hil sharoitta yutib chiqaveradi.
Uning kamchiligi nimadan iborat
Kamchiligi... Bir hillari har hil problemalani ko'ngliga yaqin oladi. Ishonuvchan (bu kamchilik emas aslida, lekin hozirda ko'p hollarda katta kamchilik bolib qolishi mumkin).
Forumga qo'shgan hissasini qanday baholaysiz
Egegege... Forumni gullatib turallayuuu.. Oldinlari hamma yo bulani postlaridan iborat bo'lardi, hozi sal kamnamo bo'p qoldila. Har hil odammi yetti uhlab tushiga kirmagan faktla topib keladi. Erinmi blogla qiladimiyey, hafayam bo'p qo'yadi, "Hamma blogimga kiradi, san daje otiniyam bilmisan" dip.
Hullas.. gapirursam hozir, Asadbek akani butun kitoblari Guessga bag'ishlanib qoladi. Boshqa userlagayam joy qosin dip, sekin tohtasam..
Guess! I love you a lot!!! Baxtimga doimo sog'-omon, baxtli-saodatli bo'gin! Yig'lab berimi? :)
************
Hullas Asadbek aka edit qilib yuqoridagi postimmi o'zgartirgim kemadi, shunchun davomidan yozib qoya qoldim. :D
************
1999 yil ayni kuz chog’ida, shirin uyqu kezardi o’lkamning har yo’gida, shunda Guess quzg’unlar…uyqumizni olib qochdi disam..
1999 yil kuz edi.. Doimo nimadur bo’lib kasal bo’laverganim sababli, darslarga sentyabr o’rtalaridan keldim. Darsga kirganimda bir shiringina qiz e’tiborimni tortti. Shaddod, sho’xligi shundoqqina sezilardi. Shuniyam aytib otishim joizki, odobdan jaa unchalik Alloh bu qizga marhamat qilmaganiyam sezilardi. Qachon qarasa qandaydur janjal, parallel sinfdagi qizlarni sochini yulgan, kiymini yirtgan holatda mudir huzuriga tez-tez tashrif buyurardilar. (O'zi kichgina bolib kootta qizlani urardiya)
Waqt otdi, odatdagidek yana hastalandim. 1 oycha darslarga kelmadim. Semestr ohiri edi, demak noyabr-decabr. Qaytib keldim, kechqurun edi (etyud payti-soat 4dan 6gacha). Guesshon etyuddan qochish maqsadida butun sinf bilan birgalikda meni kutvogani chiqdilar. Har doim eslimiz: “Qattanam san bilan o'rtoq bo'lib qoldik”, va shu “badbaxt etyud” hayolga keladi…Shu bilan ajralmas do’stga aylandik. Juda yoqardilayu, shu bitta taraflarini hech hazm qila olmasdim, o’ta ketgan “nagliy” (Asadbek aka ozbekchasini topomadim ozizi yozvorarsiz :D Surbet ja hunuk tuyuldi). Ruscha tarbiya ko’rganiga bu holatni oddiy qabul qilarmidilar bilmadim. Muloqot qilishimiz ancha mushkul edi desam adashmagan bo’laman. Kamina rus tilini yaxshi bilmayman, Guess esa o'zbek tilini UMUMAN bilmasdilar. Yana o’rtoq bo’ganimizga o’lamanmi :D. Ikkita "jumavoy"!
Bir voqea hech esimdan chiqmaydi. Ona-tili adabiyot darsida muallimimiz she’r yozishimizni aytdilar. Guess ham menga: “o’lish qanaqa boladi adabiy tilda?” degan savollar bilan murojaat qila boshladilar. Men ham ayttim, va bir zumdan so’ng masterpiece guvohi boldik:
Bugun maktabdan chiqip uyga bordim,
Xolodil'nikni ochib vafot mushukni ko'rdim.. O’shatta kulruib o’lib qoli digandim.
Bu qizaloqning ochiq ko’ngilliklari, soddaliklari, boshqa insonlarga doimo qo’llaridan kelganicha yordam berishliklari doimo menda ularga nisbatan hurmat uyg’otadi. O’zlari esa negadur: “Mani hurmat qimisan” deydilar. Aslo unday emas, faqatgina o’zimga eng yaqin insonim deb bilganim uchun injiqliklarimmi ularga ko’rsataman. Boshqa kimam ko’tarardi. Hech ham hafa bo’lmaydilar mendan. Qanday bo’lsam shunday qabul qiladilar. Ozmi-ko’pmi do’stligimiz ham shuncha yil mobaynida sinaldi. Ulardan yaxshi do’stim bo’la olmasligini, men uchun hamma narsaga(? lol) tayyorliklarini tushunib yetgamman.
Aynan shu taraflari Guessning hamma insonlarda ham uchrayvermaydigan juda katta yutug’i deb hisoblayman. Doim harakatdaliklari, mendan farqli o’laroq bir narsa qilishga tortinib, ikkilanib o’tirmasliklari, va shu sababli har doim yutgan isnon bolib chiqaverishlari ham albatta ularing yutug’idir. Guess deyarli hamma narsaga faqatgina o’zlarining chumoli kabi ishchanliklariyu, Allohning ularni qo’llab-quvvatlashi orqali erishganlar.
Yomon taraflarini ko’rmayman, yana wallohu a’lam. Ammo yuqorida aytganimdek saaal “nagliylik” , yog'e insonlarga hamma gappi hafa bolmasmikin dimasdan (ba'zida) yuziga aytvorishlari (shuncha tarbiyalashimga qaramay..jk)saqlanib qogan. Bir hillari har hil problemalani ko'ngillariga yaqin oladilar. Ishonuvchan (bu kamchilik emas aslida, lekin hozirda ko'p hollarda katta kamchilik bolib qolishi mumkin).
Guess degan userimiz forumga qo’shgan hissalari, ularning shu forum bog’ida go’zal bir g’uncha bo’lib turishlari, qiziq-qiziq, hech kimning hayoliga ham kelmagan faktlarga asoslangan postlar bilan hamma yog'ni gullatib yurishlaridir. Har doim shunday ko’p-ko’p tashrif buyurib tursinla forumimizga Guess honim! Va ularga dunyodagi eng go’zal niyatlarni tilab qolaman! Toki ularning baxtlarini ko’rib men ham baxtiyor bo’layin!
PS. Smilikla limitedligi uchun postim ja sovuqde tuyuldi..hafa bomisila
Guess
09-19-2007, 10:49 PM
Glance
Userni qachondan beri bilasiz
Как она уже сказала - вместе учились в турецком лицее.
Qanday xislatlari sizga yoqadi
Вечно меня "ругает". http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/6.gif http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/11.gif
.... Сижу и думаю, что мне в ней нравится.... и не могу что-то особенное выделить. Glance - это Glance. Мне всё в ней нравится. Опять таки - на неё всегда можно положиться. Понимает меня с полуслова.
Unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan
Дорогуша, мы с тобой за одной партой сидели сначала, дня 3-4.
Почему пересела помнишь? У неё вечно ручки падали с парты - и всегда в мою сторону. Я вечно их поднимала - на что даже "спасибо" не слышала. Подумала про себя: "Вот невоспитанная" :lool: и пересела.
Но на самом деле мы познакомились позже: по расписанию, вечером после ужина, у нас был этюд - 2 часа делали домашние задания, под присмотром "АБЛА" (сестра). "Аблой" были девушки, уже закончившие лицей (наша, кстати, тоже на форуме ;) Asalik). Как я эти этюды не любила - всегда искала причину чтобы слинять - получалось крайне редко.
Где-то в ноябре, Glance неделю не приходила на занятия (болела). И вот, в один из дней, во время этюда её привезли в лицей. Весь класс выбежал к ней на встречу (ну как же, староста же. Кстати, "революцию" по свержению старосты и выбора на её место Glance - устроила тоже я; весь "смелый" класс, правда, замолк, когда это дошло до учителей). Вообщем, я увидела в её неожиданном возвращении прекрасный повод сбежать с этюда - поэтому тоже "ринулась" её встречать. Что и послужило причиной дальнейшего знакомства.
Позже, я её научила сбегать с физ-ры и грызть семечки на дереве, и ещё много чему плохому :lol:
U bilan hayotda ko'rishganmisiz
Пере-куришганмиза уже :lol:
Uning yutuqlari nimadan iborat
Всегда на всё старается смотреть положительно. Никогда не унывает, не кислит и не пессимистничает (в отличие от меня).
Битта нарса эсимга келди: Glance у нас УЧИТЕЛЬ - даёт детям знания. На урок, так ни разу и не пустила - будь то дет.сад или центр (Интеллектуал ёшлар марказимиди номи?). Но ссылаясь на то, как дети (в саду) визжат при её появление и на то, что её постоянно вызывают в центр на замену отсутсвующего преподавателя, можно сделать вывод, что преподаёт она правильно и хорошо.
Ещё кое-что хочу добавить (самое главное): Glance - человек, кто "познакомил", объяснил и помог мне понять нашу религию (за что всегда буду благодарна Аллаху (с.в.т) и ей). Не пошли он мне её в то время, не знаю какой путь был бы выбран мною сейчас (беря во внимание моих либеральных друзей и оказываемое ими влияние). Благодарна ей, что всегда меня "отдёргивает" и поучает, указывает на ошибки (мои знания в этой области пока очень бедны и лимитированы) и делится знаниями.
Uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda)
Иногда, в воспитательных целях, бывает ОЧЕНЬ строгой (уриб ташидиям десам :lool:)
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz
Каждый день закрывает по одной теме :lol:
П.С. Росса кулдим постингни укиб, кампиргинам, сколько лет прошло уже? :lol: Йиглаб берийми :lol:
П.П.С. Почему можно только 10 рисунком в одном посте? (здесь должен evil быть)
PHOENIX
09-20-2007, 01:51 AM
SMILIK
Userni qachondan beri bilasiz?
ohhoo... 2005 yil kuzda shekilli. Zerikkan paytimda #choyhona.uz da #BuktopuHa kanalida vaqtimni bekor o'tkazardim, o'tta savol-javob o'yini bo'lardi, asosiy maqasdi - odamning erudiciyasini tekshirishga qaratilgan. O'sha yerda Dilemma degan juda faol user o'tirardilar. :) LoL, birinchi kun urishganmiza, "mani sanlamen" dib qogandila :lol:. Ko'proq o'rischa muloqotda bo'ganligim sababli shekilli, ularga ham "ты - san" qilib muomala qilgandim :uups: :P.
Qanday xislatlari sizga yoqadi?
Juda samimiy inson! Rosa aqlli, ko'p ulardan maslahat so'rardim, so'rab kelaman ham.
Unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan?
User sifatidami? Bir kun Rosie degan user to'g'risida savol berib qoludila. O'shanda Forumga aloqalari borligini bilgandim. :D Keyin o'zmining IT person qobiliyatlarimni ishga solib, ular to'g'risida ancha muncha ma'lumot bilib olgandim. Uzr, lekin shunaqa qiganman :lol:.
U bilan hayotda ko'rishganmisiz?
Afsuski yo'q :(. Bir yildan beri harakat qilaman, fursat topib, ularning dargohiga ziyorat qilib kelish uchun, lekin hali imkoniyat bo'lgani yo'q. Afsus. Allohni irodasi ila tez kunda ko'rishish umidim bor.
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Hisoblaymanki, hayotlarida erishgan barcha yutuqlariga ularning aql-zakovatlari, muomala hamda tirishqoqliklari sababchidir. Alloh suygan banda, shunday ajoyib insonga esa faqat o'ziga to'g'ri kelishi mumkin bo'lgan Nasim akani taqdir yo'lida uchratdilar. Asssal farzandning onasi. Hamisha bahtli bo'ling, opajon, va farzandLARingizning bahtini ko'rib yurishlikka qodir etsin Allohim.
Uning kamchiliklari nimadan iborat?
Amin bo'lib aytamanki, hech qanday kamchiliklari yo'q. Har doim tetik fikr egasi ekanliklari gap-so'zlaridan yaqqol bilinib turadi. Ko'z tegmasin iloyim! :)
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Forum uchun deyarli barcha asosiy ijobiy o'zgarishlar qo'shilishiga sabab bo'lgan insonlardan biri. Forumni SmIlIksiz tasavvur qilish qiyin. Homiladorlik paytlarida ham ertayu-kech forumda qandaydir muammolarni hal qilib o'tirardilar. Eeee, opajon, borib damizzi osezchi? desam kulardilar. :lol:
Hullas, bu inson to'g'risida aytaman desa gap ko'p. Boringizga shukur!! Eng ezgu tilaklarimni tilab qolaman Sizga! :D
Glance
09-20-2007, 03:29 AM
erkak#1(ukaaam ;))
Userni qachondan beri bilasiz?
Jaa hamma teppadagi postlada nechi yildan beri tanishadiyu, lekin man bu bolani atigi 4 oydan beri tanirkamman. :D Lekin 4 oy juda yetarli bu insonni qanaqaligni bilish uchun.
Qanday hislatlari sizga yoqadi?
Yaxshi hislatlari juda ko'p. Qaysinisidan boshlasamikin..? Ochiq ko'ngillik, hazilkashlik, tog'ri insonliklari, qiziqarli suhbatdosh, o'ta intelligent - "mujskaya logika" (c), hayottagi maqsadini tushunib yetgan inson, hamma narsani logik nuqtai nazardan oy'lab, saralab savolga javob topib qoyalla..ishqilib sanab sanog'iga, adab adog'iga yetolmayman.
Unga qachon yoki qay holda e'tiboringiz tushgan?
E'tiborim forumga birinchi kirganimda tushgan, "Ja ajoyib bolayakan" digandim, bir so'z bilan etganda, "betakror", gap disa qop-qop, bilmiman qattan olalla, qaynab chiqsa kere (kichkina dekcha ichi to'la mixcha disam, o'ziz shunaqasiz dilla)..
U bilan hayotta ko'rishganmisiz?
Yo'q, yonimizda 2 qadam bo'salayam, shu o'zbechilik dip havar ham op qo'ymilla..(heh, yana man portret chizib o'tirimmana)..
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Shu savolli baribir yaxshi tushunmadimu, lekin javob beraveri. Yutuqlari, yosh bo'lishlariga qaramay, fikrlashlari ancha tetikligi, ko'zlab qo'ygan maqsadlarini birma-bir amalga oshirib borayotganliklari, oilada havas qisa arzigulik yaxshi o'g'ilu, yaxshi uka ekanliklari, doimo o'z ustilarida izlanishda bo'lganliklari.
Uning kamchiliklari
Grubo etganda...oz'lariyam bilalla "bezbet" ;) jk, hoop saaal nagliyroq
Boshqa kamchilik ko'rmadim. Yuqoridaginiyam ja kamchilik dimiman, chunki qayerda nima gapirish kerakligini juda yaxshi bilalla!
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Forumga buyuk offtophonani qo'shgalla.. Bulasiz odam zerikib ham qoladi. Anu kuni sorasam, 7 marta ban ogankalla :lool: record bo'sa kere bu.. Endi hulosa qip aytsam, forum haqidagi broshyuraga birinchiladan yozilishi kere bo'gan nomzod deb hisoblayman!
erkak#1, ko'zlagan hamma ishlarizda Alloh madadkor bo'lsin! Salomat bo'ling!
***************
Edited (and warned disama..lol)
***************
Bir ukam bor “kichkina”,
Tillari “chuchukkina”
“Ola-chipor qanoti”,
Bilsangiz erkak oti.. (o’zi she’rda chittak edi, endi chittak desam quvlab qomasinla didim)
Forumda agar e’tibor qaratgan bo’sela bir shox bolakayimiz bor. Hamma yerga kirib chiqip, biri-biridan ajoyibu-g’aroyib offtoplar to’la “iz” qoldirib ketadilar. Bu erkak#1 ekanligidan dalolat beradigan bir smilik ham bor: ":lool:"
Ularning postlariga e’tibor bermay o’tib ketishning iloji yo’q. Mening ham e’tiborim ularga aynan birinchi marta forumga kirganimdayoq tushgan. Shuni aytib otish joizki, tengdoshim bo’lsa kerak dep o’ylagandim. :D
Odatda inson haqida bilmoqchi bo’langiz, uni anchadan beri yaxshi tanigan insondan so’raysiz. Lekin kimda-kim bu user haqida mendan so'rasa amin bo’lib ularni tavsiya qip berishim mumkin. Recommendation letter kere bo’sa kevurin, erkak#1 ;)
Ularni tanimganimga tahminan 5 oycha bo’ldi. Ammo shu muddat men uchun bu userning ko’ngillari ochiqligini, o’rinli hazilkashliklarini, qiziqarli suhbatdosh, hayotdagi maqsadlarini anglab yetgan ekanliklarini, muammolarga yengil nazar bilan qaramasliklariyu, savollarga oddiy-lo’nda ammo mazmunli javob bera olishlarini ko’rib, tushunib yetishimga yetarlik bo’ldi.
Forumda hazil-huzul qilib o’tiradilar. Bu bilan bu bola faqat kulishni bilarkan deb o’ylamang. Yuqorida aytganimdek men Ularni juda teran fikr sohibi deb hisoblayman.
Ularning oldilariga qo’ygan maqsadlari tomon shaxdam qadam bilan intilishlarini, o’z ustilarida doimo izlanishda bo’lganliklarini esa eng katta yutuqlari deb o'ylayman. Oila a’zolari tarafidan ham hurmatga sazovor, yaxshi o’gilu-yaxshi uka deb bilaman.
Keyingi paytlada adabiyot sahnasiga ham tashrif buyurib qoldilar. Hozirda bir asar ustida ishlayaptilar. Asosan “ur-yiqittan” iborat ko’rinadi, chamamda..(jk)
Kamchiligi bormikin shu userni deyishganda, oylab bir kamchilik topdim, wa yana bir tahallus sohibiga aylandilar: “Bezbek” (o’zlari approve qiganla bo’masam yozmasdim ;))
Bu inson haqida talaygina ma’lumotim bo’lsada, qo’shni qishloqdagi, nomi bir g’aroyib posyolokda istiqomad qilsalarda (:lool:), korish hali beri nasib etmadi.
Hullas tarvuzimizni erkak#1siz tasavvur qilib bo’lmaydi. Endi ishtaha bilan yeyman deb turganingizda tarvuzni ichidan chiqqan danak desam adashmagan bo’laman! Yana ushbu topishmoq ulani juda zo’r ta’riflaydi: “Kichkina dekcha, ichi to’la mixcha”..:D
Erkak#1ga dunyodagi eng yaxshi niyatlarni tilab qolaman!
ferghaner
09-20-2007, 04:11 AM
Man sevimli userlardan biri "Mas'ud" aka haqida yozmoqchiman.
- Userni qachondan beri bilasiz
Bu inson borligi haqida 1997 yili eshitganman, ukasidan. Chunki man ukasi bilan 1997 yil 2-sentyabrdan boshlab birga uqishni boshlaganman. Yuzma0yuz uchrashish ancha keyin nasib etdi, chamasi 5 yillar so'ngra.
- qanday xislatlari sizga yoqadi
Judayam sabrli va o'z oldiga quygan maqsadlariga to'g'ri intiluvchi inson. Kuchli irodali bo'lganligi uchun bu insonni o'z yo'lidan chiqarish yoki qaytarish qiyin. Man shu vaqtgacha hamisha to'g'ri yo'lda ketganini ko'rganman. Insonlar bilan muomalasi juda zo'r. Tilidan bol tomadi desak ham bo'laveradi. Hamisha yordam istaganlarga qo'li ochiq va hech qachon so'ralgan narsani yoki iltimosni unutmaydi. Man hattoki ohhirgi marta ko'rishganimizda bir nima iltimos qildim, kechasi uhlamasdan qilib chiqibdilar va ertasiga mani esimdan chiqqan joyida o'zlari manga eslatib, iltimos qilgan narsamni qo'limga tutqazdilar.
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan
Bundan 4 yil oldin, man Toshkentga o'qishga kelganimda ular Toshkentda o'qirdilar uje. O'sha paytlardan so'ng tez-tez uchrashib turganmiz va man bu insonni yanada yaqinroq taniganman.
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz
Albatta. Biz juda ko'p marta ko'rishganmiz. Aytganimdek, ukalari mani eng yaqin do'stlarimdan va o'zlari mangayam akadaqalar.
- uning yutuqlari nimadan iborat
Bu insonning man bilgan yutuqlari juda ko'p narsalrdan tashkil topgan, lekin man eng asosiylarini sanab o'tishga harakat qilaman. O'zlari judayam ochiq qalbli, mehribon va sahiy insonlar. Bu harakterlari har bir boshqa insonni Mas'ud akani o'ziga juda tezda yaqin bo'lib ketishiga va yaxshi ko'rishiga hizmat qiladi. undan tashqari Mas'ud akaning umumiy insoniyligi tashqaridan qaragan insonga juda jozib ko'rinadi va ular aytgan gaplarga hech qanday ikkilanishsiz ishonish, gar maslahat bo'lsa amal qilishga undaydi. Yana, yuqorida aytganimdek juda irodali bo'lganligi uchun hayotda ancha yutuqlarga erishgan. Eng ohhirgisi, bu insonning qalbi hayotga va insonlarga bo'lgan muhabbat bilan to'la bo'lganligidan juda chiroyli she'rlar yozadi.
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda)
Buni kamchilik sifatida sanab o'taman, lekin bunga boshqacha qarasangiz bu bir hislat ham bo'lishi mumkin, lekin nima bo'lsa ham ozgina kamchilik. Mas'ud aka ko'pincha o'zini unutib boshqalarga yordam berishga shunchalik sho'ng'ib ketadiki, o'zining bazi ishlari sal ortda qolib ketadi.
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
Manimcha Mas'ud aka, har yerga bo'lgani kabi, forumga ham ajoyib fayz qo'shib turadi. Ba'zan bu insonning borligi judayam qattiq bilinmasligi mumkin, lekin yo'qligi juda tez bilinadi. Bahtimizga doim sog' bo'lsinlar. (va boshqa hamma sog' bo'lsin)
Ismoilzoda
09-20-2007, 03:47 PM
Форумга аъзо бўлганимга.. хмм, якинда беш ой бўларкан.. Шунга карамай баъзи кузатишларим натижасида юкорида этиб ўтилганларга битта-иккита кўшимча килмокчи эдим. Форумдошлар ичида жуда кўпчилик хакида ёзишим мумкин. Лекин бу ерда кўп вакт бўлмаганлигим сабабли юкорида ёзилганларга кўшимча киламан холос. Ижозатиз билан, ёзувчилигим (:)) тутиб кетди.
Erkak #1
Биринчи марта шу инсонни постларига кўзим тушганда гирт ишкал бола бўлса керак деб ўйловдим. Вакт ўтиши билан эса унинг постларини четлаб ўтмайдиган бўлганман. Эътиборимни жалб килишга эса битта постлари сабаб бўлган. Хижоб хакида колдирган кискагина постлари. Жуда маъноли ва таъсирли эди.
Шу-шу кутилмаган ва маъноли постларини кўп учратаман. Таъсирли ёзадилар.
Агар шу укамиз диний илмлари устида каттик ишласалар ишончим комилки, амру-маъруф ва нахй-мункар килиш бўйича кўзга кўринган инсон бўладилар, инша Аллох...
Glance
Жуда яхши инсон. Юкорида улар хакида янги фактларни билиб олдик. Уларга фарзандларини ишониб топширган ота-оналар хато килмайди деб ўйлайман. Шахсан ўзим ўкитувчилик килолмаган бўлардим, сабрим етмаса керак. Улар ўзларида шу иш учун куч топган эканлар факатгина омад ва куч-кувват тилаб коламан.
Биринчи эътибор берганим, диний мавзуда мазмунли постлари бўлган. Лекин негадир камрок ёзадилар. (хафа бўлмайсиз). Ман севган бўлимлардан бирининг модератори. Ишларини талабдан юкорирок даражада олиб борадилар деб ўйлайман. Беш с плюсом...
Smilik
Форумдошларга ёрдам бериш борасида биринчилардан деб хисоблайман. Самимий инсон, таъсирчан... Муболага килмаган холда яхши она ва турмуш ўртокларига яхши жуфт деб хисоблайман.
Хакикат шайдоси. Шу билан хам форумда кўзга кўринганлардан..
Хурматим баланд..
Guess
Биринчи марта битта треадда бироз талашиб колганмиз. Эътиборим шунда тушган. Илк тассуротим - "Канака киз экан бу?!.." бўлган эди. Лекин баъзи мулокотлардан кейин биринчи тассурот алдамчи бўлишига яна бир бор ишонч хосил килдим. Хаёлларига келган гапни тарозига кўйиб гапирадилар ва ўз фикрларини оклай биладилар. Агар бахс жиддий тус ола бошласа(яъни, урушга караб кетаётган бўлса) вактида хазилни аралаштириб, вазиятни юмшата биладилар.
Ўз устиларида тинимсиз иш олиб боришларидан келажакда бир гўзал оиланинг бекаси бўладилар деб умид киламан.
Asadbek
Форумга аъзо бўлмасимдан аввал Johnny_80 томонидан кўчириб келинган матнлар бўйича таниганман. Шокирбек ака билан бир мавзуда мушоира килишгани жуда ёкканди. Форумга кизикишим ўша кезлари бошланганди. Кейин модем олиб интернет деган дунёни кеза бошладим.
Шеъриятни, адабиётни (сигнатуреларидан хам билинади) жуда хуш кўрадилар. Ўзларини кўрмаганману, лекин суратларидан ёмонлик чикмайдиган одам деб ўйлайман.
Битта нарсада койил колганман. Тўйларининг суратларини пост килганларида, шунча сўрашса хам келинойимни суратларини кўрсатмаганлар. Шунда уларга нисбатан хурматим ошган(кейинрок кўйдиларми суратни билмадим...).
Phoenix
Юзерлар кўпинча претензия билдирадиган модератор. Мавзуларни ёпишлари билан ажралиб турадилар. Лекин, ўйлаб караса, энг огир бўлимлардан бирини бошкарар эканлар. Шунча чат-пат постлар ичида адашиб колмасдан, холис хукм чикариш манимча катта сабр ва мустахкам асабларни талаб килади.
Негадир биринчи марта кўзим тушганида рус юзер, бўлса керак деб ўйловдим. Адашган эканман.
Ma`sud
Масуднинг шерият бобида уста эканликларига шубха йўк. Жуда яхши шоирлар. Илгари форумда Jarule_Uzb деган юзернинг шеърларига койил колардим. Масуд уларга конкурент бўлса керак деб ўйлагандим :). Кейин билсам...
Бу инсоннинг самимийлигини эса кўзлари этиб турар экан. Юкорида улар хакида гапирилган гапларнинг кўпчилиги ман учун янгилик, лекин буларнинг хаммаси рост эканлигига ишонаман.
Хулку-феълларидан келиб чиккан хулосам шуки, келажакда жуда гўзал оила бошлиги бўладилар, инша Аллох. Ўзларига ўхшаган ориятли, одамларга нафи тегадиган жуфт тилаб коламан (агар уйланмаган бўлсалар).
*******
Бошка форумдошлардан илтимос, ўзингиз яхши таниган форумдошларингиз хакида портрет колдиришда давом эттирсангиз. Бизлар кўшимча килиб турардик.
Брошюрада кўришни истаганим юзерлардан:
*Black, Shokirbek, Abu-Bakr (emarat), Borz_man, Lyalyapo, Gareeb, Infolife, Akhee-Abdullah, Real_life, JustMe, Antibidat, Alee, Ulug`bek, Han, Uzbekistaniy, Professor, AbdurRahman, Mazlum, So`fizoda...
*La Vie, Nevidimka, Belle, Saturn, Unique, Nilufar, MissDiva, Uzbek, Lobar, Rosefire, Mirage, Qizaloq, Nezabudka, LadyG, Sag`bonlik qiz...
*Uzland, Vezunchik, Tokugawa, Lost, Hoosier, Doctor, KalTa, Iqbol, Sayyod, Udachnik, Eagle, Amiri Turkiston, Martingale, Inspiremind, Albandra, Nemets, Royal, WIZARD, XXL, Dani...
Ва бошкалар...
Рўйхат турли дунёкарашли инсонларга бой бўлди деб ўйлайман.. Кимнидир унутган бўлсам, хафа бўлмайсиз деган умиддаман..
Асадбек акадан илтимос, муддатни узайтиринг, чунки мавзу кизик. Китобингизни бойитиш учун муддат керак бўлади...
PS. Ёзганларим шахсий кузатишларим натижасида вужудга келган шахсий фикрларим эди, яна Аллох билгувчидир...
Glance
09-20-2007, 05:40 PM
Shu threadda yozish menga juda yoqib qo'ldi, shunchun davom etaman :lol:..
O'zlari va turmush o'rtoqlari tomonidan tanbeh eshitmayman degan umidda (eshitsam ham eshituri, baribir yozaman), boshladim.
LYALYAPO
Userni qachondan beri bilasiz?
Ushbu userni taniganimga ko'p bo'lgani yo'q, 3 oy shekilli. Ammo har doim qiziqardim, kim ekan deb, Smilikdan ham so'ragamman, albatta ulardan lyalyapo haqida maqtov gaplari eshitgandim.
Qanday hislatlari sizga yoqadi?
Lyalyaponi postlarini o'qigan kishinin hayoliga beehtiyor islom jamiyatining rivojlanishi, farzandlar tarbiyasi haqida qayg'uradigan, ezgulik ulashuvchi bir inson keladi. Haqiqatdan ham ular huddi shunday insonlar. Aynan shu hislatlari menga juda yoqadi. Kimda-kim ulardan yordam yoki savol so'rasa, albatta unga qo'llaridan kelgancha yordam va javob qaytaradilar. :)
Unga qachon yoki qay holda e'tiboringiz tushgan?
Yuqorida aytib o'tganimdek, RBda, umuman hamma boardlardagi ma'noli postlarini ko'rib ko'ynim tushgan. Yoshimiz tengligiga qaramasdan negadur "KOTTA qiz" deb o'ylardim (shundog'am kichkinamasmizu, endi etamande). Bu albatta ularni o'zlarini tutishlari, aql-zakovatlaridan dalolat beradi.
U bilan hayotta ko'rishganmisiz?
Afsus..yo'q! InshaAllah kelajakda nasib qilib qolar ;)
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Ularning eng katta yutuqlari - o'zlarini shu darajagacha yetkazib tarbiyalab bilganlaridadur deb hisoblayman! Sabr qila bilishlari, namunali oilaning, namunali bekasi, namunali insonning namunali rafiqasi, namunali qizaloqchaning namunali onasi ekanliklaridir! :)
Uning kamchiliklari
"Beayb Parvardigor" deyishadi, lyalyaponing ham ayblari bordur, lekin men hali bu aybni ko'rganim yoq! :)
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
:D Forumga qo'shgan hissalari talaygina.. Jamiyatimiz tarbiyasi bilan aloqador fikrlayu, kishilarning diniy ilmlarini oshirishlari uchun juda foydali bo'lgan postlar, farzandlarimiz tarbiyasi bilan bog'liq bo'lgan videolaru, juda muhim bo'lgan savollarimizga javoblar..
Hullas, lyalyapo haqida qancha yaxshi firklar aytsam, ezgu niyatlar bildirsam ham kam. Oramizda iloyim shunday insonlar bundan ham ko'paysin! :)
Alloh Sizga ikki dunyo saodatini bersin! :D
Nevidimka
09-20-2007, 06:45 PM
Uzbekgirlie (eng yaqin bo'lib qolgan dugonajonim,sirdoshim,opacham....:wink:)
Userni qachondan beri bilasiz?
Uncha uzoq muddat emasku, lekin bir umr tanishlarday yaqin bo'p ketganmiz.Yaqinda 1 yilcha bo'ladi......
Qanday hislatlari sizga yoqadi?
Yaxshi hislatlari ortig'idan ko'p deb aitsam adashmagan bo'lar edim:D. Juda ko'p yahshi hislatlari ko'p bu user qizimizni shulardan manga eng yoqqanlari Ochiq ko'ngillik, juda tog'ri insonliklari, qiziqarli suhbatdosh, juda intelligent , hayottagi maqsadini tushunib yetgan inson,o'qimishlik inson, turk, ingliz tillarida ona tilisiday erkin gaplasha oladi,yordamga muhtoj insonlarga tezda yordam berishlikka tushib ketishga shahd bo'lgan userlardan,ota onasini fahrllik qizi( qizim ham shunday bo'lishini hohlar edim , Amerika maktabida o'zbek qiz bo'lishiga qaramay, man man americanlarni o'z bilimlari bilan og'zini lol ochtirib kuygan o'quvchilardan biri bo'lishgan ,doim birinchiliklar olgan maktab musobaqalarida . 24 soat yordamga tayor qizlardan , mani 911 desam ham yolg'on aitmagan bo'lar edim,to'g'ri so'z , haqiqatguy,haqiqat uchun kurasha bilgan qizlardan,O'z bilimini birovlar bilan ayamagan userlarimizdan,manimcha har mavzuga erkin gaplasha oladigan suhbatdosh( hattoki UN da ishledigan yaqin dugonamni hujayini ham hayron qoldi Uzbekgirlie bilan gaplashib qattan shuncha aql bu qizchada deb;)), O'rtog'larini ko'ngliga birinchi o'rinda qaredigan inson,Forumdagi postlariga tepa teskari o'zlari haqiqi hayotda(postlaridan boshqacha inson deb bilar edim oldin,huddi man man , ancha muncha mensimaydigan bo'lib ko'ringan ekan manga avval, lekin hayotda ko'rib u kishim bilan weekendni o'tkazib rosa ham adashgan ekanman,uylarimda deganman),Uyimni sog'inganimda juda qattiq farzandlarimniyo,ota onamni qumsab yoborsam,shu inson bilan gaplashsam ancha o'zimga kela olaman..........man uchun tylenol lol ,yana eng zo'r hislatlaridan biri O'zbek oshhonasida o'z shirin shirin ovqatlari bilan gullatib kuyadigan oshpaz qizchalarimizdan,lekin shu hech forumga kuymaydida sanatlaridan...... Sanab sanab adog'iga yetolmayman yana hislatlarini sanedigan bo'lsam. :)
Unga qachon yoki qay holda e'tiboringiz tushgan?
Manimcha birinchi marta user nameligidan,Uzbekgirlie uchun ko'zim tushgan,keyin bir marta ishim tushib u kishimga pm qilganimda juda ham samimiy javob bergan,man kutgandan ancha ortiqroq.....:D
U bilan hayotta ko'rishganmisiz?
Ha juda ko'p marta,imkoni bo'ldi degani bilan,singilchalarini kelib ko'rib ketadigan bo'lib qolganlar.Ming shukur.:cool:
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Asosiy yutug'laridan biri bu Haqiqi Do'st bo'la oladigan inson.Yahshi farzand ota onalariga,yahshi opacha singillariga.Yahshhi ishchilar.Yahshi bosslar o'zini ishchilariga.....
Uzbekgirlie,I love u a lot as my close freind, blood sister....Stay always such beautiful inside and outside as u are now!!! I am very happy to have real freind like u.;):P Amerikada eng yaqin insonlarimdan biri bo'p qolgansiz.
PS: Imkonim bo'lsa Lavie honimga ham partret chizishga harakat qilaman,Lekin shu mani yozganlarim bilan ichimdagini dardimni u qiz haqida tariflay ololmayman deb qo'rqaman:(. So'z boyliklarim kamliq qiladi deb qo'rqaman.Lavieni juda juda qattiq hurmat qilaman.Smilik,Lobar,Muslima qiz,Shirin qiz, Malika ,Aldrina,Monic,Rosefire( haqida ham eng yaqin dugonamdan ko'p yahshi fazilatlarni eshitganman,o'zim ko'rmagan bo'lsam ham)Qizaloqcha( qanidi haqiqi hayotda tezroq ko'rsamda eng katta partretlardan chizsam,Zula,Sirena (Turkiyalik kelinchak qizimiz)shular qatorida.... shularni har qancha partret qilsam,arzigullik do'stlarim desam adashmayman.......( uncha zo'r fikrimni bayon eta olmaymanda,bo'lmasam yozar edim....:) ).Lekin rosa ko'p userlarimiz yaqin bo'lib ketishgan,sekin qo'limdan kelgancha portretlarini chizarman.
Prince
09-20-2007, 07:30 PM
Man keyingi yozmoqchi bogan Userdim bu
Damsel
- Userni qachondan beri bilasiz
Bu userni forum uzdaman , boshqa joydan taniman, adashmasam 2004 yildan beri taniyman!
- qanday xislatlari sizga yoqadi?
Juda xam MEHRIBON , SODDA ( xar doim emas , lekin umuman olganda sodda) , OZBEK TILIDA SOF SOZLAYDIGAN ( yoshligidan USA da yashashligiga qaramasdan ) va eng eng yaxshi tarafi bu juda AQLLI + ZUKKO , ZEHNLI qimizdan bittasi!!!! Man shu paytgacha Kopi bilan 3 ta Aqlli Uzbek qizlarini korgan bosam, 1 tasi shu qiz!!! ( agar eng aqllisi bolmasa)
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan?
Qay darajada? Etibor tushgan! Etibor xar doim biror yaxshi yomon hislat korsatsa inson , oshanda etibor tushishi mumkin , masalan man bu kishiga etiborim tushgan tarafi , uzini fikri , gap sozlaridan , aqlliligidan bolsa kerak!
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz?
Ko`rishganman! Oylaganimdaka bo`p chiqqan! Juda AQLLI , Kamtar! Kamgap! ( nu valdur vuldur qilmaydiyu) lekin soatlab gaplashib utirsa xam zerikmasa boladi!
1chi uchrashishimiz vobshe allam balo bogan: Telefon jiringlavotti
Prince: Alo?
Damsel: ASsalomu alaykum, Nodir yaxshimisiz?
Prince: raxmat, sollariz yaxshimi? Kim edi bu tanimadim?
Damsel: Man "xxxxx" man ,
Prince: aaa tuzumisiz? tinchlimi?
Damsel: Qatta $200 almashtirsa boladi? Kochada?
Prince: iii tohten bozor mozorda almashtirib yurmen, amerikanka deb qamab qoyishadi :) Hoz bittasini jonatvoraman ili uzim boraman, qattasiz? :)
i osha 200$ boxoda korishgandik 1 chi marta , Toshkentda! undan keyin xam korishganmiza, uniyam yozsa 1 soat yozish kere ! shunga qisqasi shu!
- uning yutuqlari nimadan iborat!?
ENG KOTTA YUTIGI BU - TARBIASI ( Sansirab gapirib tashavoman , uzr) ! Tarbiasi bu QIZZI man HAYRON qoladigan darajda!! Juda TARBIALIK Qiz! Bilmadim Ota onasini tarbiasimi , yo buvisinimi , balki Amerikani tarbiasidur lekin TAN berish kere! Bunaqa Tarbiani xamma xam olomasa kerak ( nasib qisa , qiz korsam, qizim shu qizimmi tarbiasi shu qizga oxshasa xafa bolmasam kerak) + Undan tashqari bilishimcha Uqishida xam Maktabida xam juda katta yutuqlarga erishgan , u xam uning katta yutugi + bu qiz JUDA tirishqoq! Oldiga qoygan maqsadini Bemalol Utdala oladi!!! Agar masalan Damsel oyga uchaman divotti disa, kopchilikni gapi "qoysenchi bomagan gap" bolishi mumkin lekin man Damselni bilganim uchun Shunday javob berardim "Damsel? O'zi ettimi shu gappi? Agar o`zi etgan bolsa bu qiz birinchidan aldamiydi , ikkinchidan uchaman disa 100% uchadi man unga ishonaman" digan bolardim !!!
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda),
Kamchiligi bor ( Mani nazarimda) Kamchiligi xammaga ishonuradi! Yordam qigisi keladi , togri bu yaxshi hislab lekin xar doim xam emas! Undan tashqari Kop vaqt Chet elda yashamagani uchun, Ozbekiston SYSTEMASI boyicha yasholmasligi! Juda xam Ideal sistemaga organib qogan bolishi bolsa kerak: Ozbekistonga borsa QIYNALISHINI korib odam Yurelari siqilib ketadi!!! Ozbekiston-da juda kop vahshiylikni bilmasligi kormaganligi va undan uzoqroq bolishligi bolsa kerak! Bir soz bilan etganda bizani Uzbek mentaliteti bilan chiqisholmaydi + yasholmaydi xam! Lekin agar nobodo yashagisi kep qosa etsa man ozim dost sifatida unga GARBIY ATMOSFERA yasab berarman :)
Bir kun Damsel-xon toshkent kochalarini aylanib yurganda: Taxi tohtatganlar , nu endi masalan: Drujba Narodov-dan Masalan NARHOZ Institutigacha bolgan masofa ( chiqsa 1 km xam chiqmadi) Nu damsel xech nimani bilmidi !
tohtatgan Taxist soragan
Taxist: nech pul beras?
Damsel: ( soddali $/SOM kursi boyicha ) 3000 som digan
Taxist: hursand ! Otiring deb 2 minutdan keyin KELDI digan
Damsel: Taxistga xech nima dimaganu lekin keyin manga etib bersa rosa kulibman
Damsel to Prince: O`lsin taksist 2 minutga 3000 som oldiya !!! ;)
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Forum ga hissa qoshib nima qildi!? Vaqtiyam bomasa kere forum-ga lekin bosh vaqtlarida kirib uqib uqib chiqib ketadi
Eng Kulguli savoli & Commenti:
- VOY SAVIL :) ( to Prince) :D SAVIL nima digani shu paytgacha bilmiman!
- Prince nech pul ishlis? Etmasezam mayli , prosto qiziq :) :lol:
Hulosa: Man shu paytgacha dostlarimni kopchiligi Ogil bollar bogan , lekin Damsel-ga kelsak u qiz bola bolishiga qaramasdan, bu kishiga uzimni 100% ishonib topshira olsam kerak! Sababi unga 100% dost sifatida ishonaman! ( uzi 100% xech kimga ishonmiman) :) uzimdan boshqa!
P.S: PAXTA QOYISH UMUMAN BOMAGAN! GAPIMGA 100% JAVOB BERAMAN (C) Muallif ;)
erkak#1
09-20-2007, 08:58 PM
PHOENIX - qadrdonim, qondoshim, yakka-yu yagona akam! :D
Forumga 2005 yil - ukalari (erkak#1) tomonidan taklif bilan kirganla. :D
Eng qoyil qoladigani - 3 oy off-topper bo'lib, 3 oydan keyin moderator bo'voganla. :lool:
Bitta oilada kotta bo'lib, bir hil tarbiya oganimizaga qaramasdan - ikkalamizani harakterimiza, dunyoqarashimiza har hil. Hayotga tarbiyammi otamdan ogan bo'sam, hayotda qando yashashshi akamdan o'rganganman. Akam kotta o'g'il bo'ganlari uchun manga nisbatan ko'pro erkin o'sganla. O'zlarini hayotlaridigi qanaqangi yutuga erishgan bo'sala - o'z kuchlari bilan erishganla. O'zlarini sohalarida kuchli bilimga egala. Hich kim ideal inson bo'maganligi uchun, akamlaniyam kamchililari yo'g'amas. Kamchililari - kutishshi yomon ko'radila, jaxllari tez :D. Bu kamchililari uzoq gaplashgandan keyin ko'zga tashlanadiyu, lekin kere payti bu kamchililari o'zlariga foyda tomonda o'tishi mumkun :). Hayotda konkretno mard odamla. Akamla bilan gap talashib, aytishib o'tirishshi hich kimga maslahat bermiman :mrgreen:. Etganlari bittada qilinmasa - chiroyli qib etganda, yomon jaxllari chiqadi :D. Shundo akam borlilaridan faxrlaman, Hudoga rahmat manga shunaqa akam borlilariga. :)
Doim baxtimizaga sog' omon bo'b yuring, akaginam! :D
P.S.: Akamla haqlarida ko'p yozmaganimga sabab bor :) (hamma bilishi shartamas), lekin asosiy portretti chizib berdim manimcha.
P.P.S.: Toshkent shevasida yozganim uchun - uzr. =)
Glance
09-20-2007, 10:20 PM
Abu Bakr (emarat)
Userni qachondan beri bilasiz?
7 oydan beri bilarkamman adashmasam.
Qanday hislatlari sizga yoqadi?
Yaxshi hislatlari juda ko'p: Musulmon birodari uchun qayg'urishalri, yordam berishlari, doim birovga yaxshilik qilishlariyu, hammani ko'nglini olishlari..:) Doim foydali maslahatla va albatta tanbeh berib turishlari..:)
Unga qachon yoki qay holda e'tiboringiz tushgan?
Forumga deyarli bir paytta a'zo bo'lgan ekammiz, o'shanda diniy mazmundagi postlarini ko'rib, "haaaa ilmlik ekanlar" degandim..:)
U bilan hayotta ko'rishganmisiz?
:) yo'q.
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Yutuqlari ohiratga foydasi bo'lmagan narsalardan yiroq turib, savobli, yaxshi amallar qilishga shoshilishlari, boshqalarni ham bunga unday olishlari, yosh bo'lishlariga qaramay hayotta o'z o'rinlarini topa bilganliklari.
Uning kamchiliklari
ayb, ayb, ayb...ko'rganim yo'q hali..:)
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Forumga barcha islom dini ahkomlaridan habari bo'lgan userlar kabi o'z ilmlarini birovlaga o'rgatish, savollarga javob berish, faqat diniy tarafdan emas, dunyoviy mavzular yuzasidan ham qolishmay, doimo mazmunli fikr bildirishlaridir. Shunaqa userlar ko'payaversin! :)
PS. Portretni yozishdan maqsad insonni maqtash emas, aslo :)(niyatim holis). Faqat shu user broshyurada hurmatga sazovor o'rinladan joy olishlarini hohlardim.
Abu-Bakr
09-21-2007, 12:12 AM
3-4 kun forumga kirmay ancha odobli bola bo'pqoludim, mani yo'ldan urishdi...:D
forumda eng yaxshi taniydigan inson
Borz_man
- Userni qachondan beri bilasiz, 2003yil dekabrdan beri
- qanday xislatlari sizga yoqadi
Otadek nasihat qiladilar. Bitta manga emas, ko'pchilik kelib maslahat so'raydi. Juda ko'pni ko'rgan inson. Birga yursam hech zerikmayman. Har qanday qo'llaridan keladigan yordamga tayyor hamisha. Oilalarini ko'rib juda havasim keladi, buni boshqalar ham ko'p aytishgan. Juda hazilkash, agar bir o'tirib gaplashib qolsangiz ichaklarni burab tashlaydilar.
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan
Ko'p mehmonga chaqirardilar. Bohonada xasharga :lool: Keyinchalik qanday yaqin bo'lib ketganimni o'zim bilmayman.
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz
Har kuni deyarli ko'rishib turamiz
- uning yutuqlari nimadan iborat,
Har qanday holatda qalb hotirjam
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda),
Hich bu to'sida o'ylab ham ko'rmagan ekanman. Bunday o'ylash samimiylikni yo'qotadi. Yaxshi ko'rgan odamni kamchiligi ko'rinmaydi, yoki uning boshqa yaxshi hislatlari orasida kamchiligi ko'rinmaydi.
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
Postlari juda ma'noli, hayot tajribasidan kelib chiqqan holda yozilgan. Din va madaniyat bo'limidagi fikrlari, takliflari alohida e'tiborli. Shuningdek, mani forumga kirishimga sababchi bo'ganlar.
PS: Boshqa men yozmoqchi bo'lgan userlar(erkak#1, Glance, SmIlIk, Guess) haqida yuqorida mendan ham ko'ra ko'proq yozishibdi, ularni juda hurmat qilaman. Boshqa manga eng yaqin userlardan Shokirbek, Abu-Hafiza, Gareeb, Ismoilzoda, va boshqalar to'risida keyinroq yozaman.
Nafees
09-21-2007, 02:36 AM
aslida vaqtim juda kam, lekin bu mavzuni ko'rib, yozmay ketolmadim :)
La Vie
1) 2007 yil apreldan beri. qisqa vaqt deysizmi? man bu insonni yahshi bilib olishim va yahshi ko'rib qolishim uchun 3 kun yetarli bo'ldi.
2) deyarli hamma hislatlari. insonparvar, ko'ngli pok, o'ta aqlli, madaniyatli, hushmuomala yozvursam, manashu punktni o'zi Asadbek aka bergan limitdan oshib ketadi.
3-4) ko'rishganmiz. La Vieni shahriga borgandik (ko'rmaganni ko'rgani qursin, bohonada maqtanib qo'yvomman). ho'jenim, ketishimizdan oldin, La Vie bilan bog'lanib, qaerni aylansak bo'ladi, deb maslahat so'ragan ekan, u o'zim aylantiraman silani degan ekan. Uchrashuv belgiladik, kutib turibmiz, man hijolat bo'vomman. "Birovni bezovta qilib nima qilardiz, ishi, o'qishi bordir. o'ziz forumdan bironta notanish odam, londonga kelaman desa, uchrashishga vaqt, imkoniyat, muhimi xohish topa olarmidiz?!" deb qo'yaman. qolaversa, manga yoqmasa, holiday ham barbod bo'ladi deb o'yladim :)
bir mahal, ko'chani narigi betidan, tund basharalarni orasida, bitta o'zbek oftobde porlab, jilmayib kevotti :)
kelib, francuzcha gapirib ketvottila! (ishdagi muhitdan tez chiqib ketomadila). tez chiqishib ketdik. suhbatimiz bir minutgayam tugamasdi, notulay sukut saqlashlayam yo'q. huddi bir-birimizni azaldan biladigande.
qiz bola o'rtoqlarimdan ko'p pand yeganman. ayol kishidan do'st chiqmaydi deb aytardim. hozir fikrim o'zgargan, shunchaki laviedaka ko'ngli toza qizlarni kam uchratgan ekanman. hayrlashvotganda, ko'zlarimdan yosh chiqib ketdi, orqamga qarab-qarab ketdim. yana uchrashishni juda xohlardim.
5) buni yozib o'tirmiman, chunki u kamtar qiz, hijolat bo'ladi :) bittagina poliglotligiga havasim kelib, uyga kelib, bir hafta Murfy o'qidim :)
6) juda ta'sirchan. irodali, kuchli qizu, lekin hamma narsani yuragiga yaqin olib, siqilib yuradi.
7) eng chiroyli va mazmunli blog uniki.
Asadbek
09-21-2007, 04:36 AM
Shokirbek - xushtabiat insonning ajoyib bir namunasi
2003 yilning ayni bahor chog'i, Forumning ayniqsa Adabiyot bo'limida she'rxonlik, mushoiralar tabiiyki, avjiga chiqayotgan mahal edi. Bu bog'da bir sayr etayin, deya, Shokirbek taxallusi ostida Forumga ajoyib bir inson tashrif buyurdi va o'zi shaydo bo'lib kelgan bu Forum davrasiga , shukrki, shu kunlarimizgacha sodiqligicha qoldi. :)
Shokirbek aka Forum.Uzning ayniqsa Din mavzularida o'ta sinchkovligi, sabrliligi, bilimdon va zukkoligi bilan tezda el e'tiboriga tushdi. Aytib o'tish joiz, aynan mana shu xislatlari tufali Forum Ma'muriyati "Din va Madaniyat" bo'limida Ham-moderatorlik qilishni unga ishonib topshirdi. Bu bo'limda tartib muntazam ushlab turilishida va boshqa forumdoshlarga qiziqarli bo'lishi, yangi forumdoshlar kelishida Shokirbekning xizmatlari katta bo'lmoqda, desam mubolag'a bo'lmas.
Adabiyot bo'limida goh o'z ijodidan, goh o'zga qalamkashlar ijodidan namunalar keltirib, ba'zi mavzularda esa mumtoz adabiyotdan keltirilgan namunalarning ko'pchiligiga o'z ilmiy izohlari bilan muntazam ishtirok etib, forumdoshlar mehrini qozonib bordi.
Mana, ikki-uch yil bo'lib qoldi, Shokirbek aka bilan qadrdon aka-ukalardek bo'lib qoldik. Shuncha vaqtdan beri ko'p suhbatlashib tursak-da, hali yuzma-yuz ko'rishishga imkon bo'lmadi. Bir yaxshi so'rida, dasturxon atrofida Dehqonobodning tandir go'shti mazasini totib, Chiroqchining cholopidan (ayron) simirib, har xil mavzularda suhbatlashib o'tirganimizni tasavvur qilaman. Xudo hohlasa, shundoq bo'lajak.
Shokirbek taxallusi bu kishiga juda yarashib tushgan. "Nega bunday taxallus olgansiz?" deb so'raganimda, "O'tkan kunlar" asaridagi qaynotasi tomonidan haydalgan Otabek va Usta Alim suhbatini yodimga solgandi:
...
Uy egasi Otabek yonig'a o'lturar ekan, so'radi:
- Sizniki qayerdan, mehmon?
- Toshkandan, mulla aka.
Ismingiz?
Otabek manglayini qashib olg'ach, javob berdi:
- Shokirbek...
...
Shundan keyin bu Insonga bo'lgan mehrim negadir yana-da oshdi. Ko'p hayotiy mavzularda u kishining maslahatlarini doimo olib kelaman. O'zbekiston futboli vakillari xalqaro maydonda to'p sura boshlashsa, uncha-muncha futbol ishqibozidan qolishmaydi. Ajoyib! :)
Forumda ba'zida muntazam ravishda bo'la olmasliklaridan xafa bo'lib qo'yaman. Ammo, uning yaxshigina oilasi bor, hali ko'p vaqt talab etadigan o'rganayotgan ilmi bor. Vaqtlarini asosan shularga sarflayotganlarini o'ylab, xursand bo'laman. Axir, mana shu Forumda qancha odam Shokirbek akaning maslahatlaridan, suhbatlaridan o'ziga foyda olib kelmoqda. Ilmlari charxlanib boravergach, tasavvur qiling, erta-indin jamiyatimizda qanchadan-qancha odam bu akamizning ilmlaridan bahramand bo'ladi, foyda ko'radi! Shu kunlarga yetaylik!
Tabiatining bosiqligi, xushmuomalaligi, yordamga doim tayyorligi, iymoni mustahkamligi, Islom jamiyati taqdiriga o'ta kuyunchakligi, Tilshunoslik borasida o'ta bilimdonligi, O'zbekning aksariyat katta shevalarida tengma-teng gaplasha olishi va ayniqsa ovozidagi vazminlik bilan kishining havasini keltiradi. Undan ajoyib va mohir Tele- yoki Radioboshlovchi ham chiqadi.
To'yimga ajoyib sovg'a jo'natganlar, juda xursand bo'lganman.
Bu akamizni men O'zbek va Musulmon jamiyatining eng yuqori va mas'uliyatli vazifalaridan birida ko'rishni orzu qilaman. :)
---------------
PS: Shokirbek akaning ijodidan o'qiganmisiz? Hali yo'q? Unda marhamat! (http://adabiyot.arbuz.com/forumdosh/shokirbek.html)
Samimiy
09-21-2007, 05:49 AM
Oxirgi paytda forumda ozroq kirayotgan edim. Qarasam Asadbek yaxshi tashabbus bilan chiqibdilar. Shuncha mashhur forumdoshlarning portretlari chizilibdi-yu, Nemets qolib ketibdilar. Shu forumdosh portretining eskizini chizib bersam, yaqinroq taniydiganlar yanayam aniqroq chizishsa ajabmas. Ancha-muncha forumdoshlarni shaxsan taniyman, lekin malum sabablarga kura menga notanish forumdosh haqida yozgim keldi. Shunday qilib:
Nemets:
- Userni qachondan beri bilasiz
Forumga kirib boshlaganimdan beri, yani 2 yildan oshiq "zaochno" taniyman.
- qanday xislatlari sizga yoqadi,
Forumning eng "krutoy" azolaridan :) Uqimishli, aqlli, har tomonlama madaniyatli, quli gul pazanda, s chuvstvom yumora, sportchi.... eh-he, sanayversa fazilatlari kup. Lekin menga eng yoqadigan tomoni - biron-bir mavzu tortishilsa kupincha uz tajribasidan kelib chiqib, mavzuga oydinlik kiritadi. Masalan bir marta Uzb.lik artistlarmi, qiziqchilar haqida gap ketsa bitta hikoyani yozgan edilar:
Bir marta Toshkentda mashinada ketayotgan edim, bittasi mashinamni urvoldi. Aybdor haydovchi sekin mashinasidan tushib keldi. Qarasam - Obid.... deb davom etadi hikoya :)
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan?
Aniq post esimda yuq, lekin har bir posti esda qoladigan. Postlarini uqib yo yangi narsani bilib olasiz, yo kulib quyasiz.
A, aytgancha, endi esimga tushdi! Bitta tanishimning akasi bilan yaqin dust ekanlar, ushanda yaqinroq etibor bergan edim.
-u bilan hayotda ko'rishganmisiz?
Afsuski kurishmaganman, lekin tanishib, uchrashishni, qullaridan osh yeyishni hohlardim.
- uning yutuqlari nimadan iborat,
Eng katta yutugi - albatta uzbek nomini dunyoga taratib yurgani :) Undan tashqari har zamonda marafon-parafonlarda chempion bulib turadi, francuzlaru portugallarni uzbek oshxonasi bilan tanishtirib yuradi. Professional yutuqlari ham borligi ham aniq, lekin ulardan xabarim yuq.
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda)?
Unchalik bilmayman, bilsam ham yozib utirmasdim.
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Forumning norasmiy bosh oshpazi va yugurish-fitness sohalarida bosh murabbiyi :) Undan tashqari moderator sifatida yoshlarga yul kursatib yuradi. Bekorchi gapi kamdan-kam. Umuman forumning saviyasi shu kishi tufayli balandroq. Shunday forumdoshlar kuproq bulganda forum ancha qiziqroq bulardi.
Asadbek
09-21-2007, 05:52 AM
Асадбек акадан илтимос, муддатни узайтиринг, чунки мавзу кизик. Китобингизни бойитиш учун муддат керак бўлади...
Ma'qul gap.
Ammo, men 6-oktyabrgacha Promo-Versionni chiqarsam kerak :)
Chunki 6-oktyabrdan keyin Forum va umuman Internetga bo'lgan vaqtim juda qisqarsa kerak.
"Promo-Version"dan keyin qoldirilgan ta'riflarni esa To'liq Nashr (Full version) ga kiritavermaiz.
Barcha ta'riflar ajoyib ketyapti. Xudo hohlasa, oxirida saralab-saralab, qisqartirib, tahrirlab, chiroyli qilib, Maxsus nashr (Special-Edition) ham chiqaraveramiz :)
PS: Forumdoshlar, iltimos, mavzu va uni shartidan chetga chiqmang!
Мне тоже хотелось бы добавить пару слов про очень хорошего юзера этого Форума Black...Можно очень многое написать об этом человеке , так как у этого юзера очень много сильных и благородных черт.
Помню , когда я в 2003году первый раз посетила этот Форум, было не возможно не заметить столь полезные и умные посты этого брата.Всегда с удовольствием читаю его посты и очень уважаю за, то что он пишет мало,умеет правильно аргументировать свои мысли, всегда пишет внятно и к месту.Я думаю , что он обладает редчайшим талантом, вести дискуссии на столь горячие темы, как Религия и Политика и при этом сохраняет спокойствие.Сама очень много сталкивалась с моментами , когда юзери просто готовы были растерзать друг друга споря на теми про Ислам и Политику, но брат всегда тактично, с терпением и спокойствием отвечал людям...I really respect that….Я думаю , что каждый юзер , в какой-то мере сделал вклад в этот Форум, но таких юзеров как Black нам нужно побольше, т.к всегда приятно вести дискуссии с умными, терпеливыми и вежливыми людьми, нежели спорить с людьми , которые этого даже не достойны...
П.С Я извиняюсь за то , что писала на русском, сразу же признаюсь, что по узбекски понимаю, но пишу очень плохо, никогда не училась в узбекской школе...
Nafees
09-21-2007, 07:42 AM
Lobar
1) O'qishga kirganimdan beri.
2) Juda ochiq, Xushchaqchaq, samimiy, to'g'riso'z, kayvoni :)
3) hali o'qishga imtihon topshirvotganimizda, katta kursla yurardi bir nimala qilib, o'shanda sochlari uzuuun, bitta qilib o'rilgan, ro'mol o'ragan, to'pig'igacha uzun ko'ylak kiygan qiz o'tib ketdi. e'tibor berganimni sababi, shu kiyimlari arablargami o'hshab ketadigan bu qizni chiroyini yanada ochgandi.
5) yutuqlari pildirab yuribdi oyog'i tagida o'ralashib ;) har yili bittadan yutuq! havas qisa arzidi :lol: yana shunaqa bir umrga tatidigan yutuqlar tilab qolaman.
6) Ulani yoqtirmidigan qiz etgan, ko'p gapiradi degan, (umrimda birinchi marta (sanashda adashvotgan bo'lishim mumkin) gap yetkazdim:lol:)
o'zlariyam, man gap boshlami dip turalla. aslida buni manga qosa hislatlar degan joyga qo'shardim, chunki bunaqa dilkash, qiziqarli suhbatdosh bo'lish boshqa, bekordan bekorga valdirash boshqa. lekin dushmanlani pikrini bilib qo'ysinla bohonada dedim :)
7) manimcha hammani labiga tabassum yuguradi ulani chapani, oddiy xalq tilida hazil bilan yozilgan postlarini o'qib
Ismoilzoda
09-21-2007, 09:18 AM
Johnny_80 (аслида 84 бўлиши керак эди:))
Биродарим, укам, ман учун - кадрли бўлган инсон..
Userni qachondan beri bilasiz?
Танишганимизга якинда уч ярим йил бўлади. Ишхонамизга, аникроги бизнинг бўлимга янги ходим келиши хакида гап-сўзлар бошланганида хаммани "Бу йигит кандай экан?.." деган савол кизиктирарди. Билганимиз - олий маълумотли, беш вакт намозда, араб ва инглиз тилларини билади. Лекин битта "аммо"си бор эди. У хам бўлса илгари хеч каерда ишламаганлиги, яъни институтдан тўгри бизга келаётган экан. Рахбаримиз таваккал килиб ишга олдилар. Ва манимча, хеч ким афсусланмади.
У билан тез чикишиб кетдик. У мани ака сифатида, ман уни ука сифатида кабул кила бошладик. Хали хануз калин муносабатдамиз.
Qanday hislatlari sizga yoqadi?
Камгап, жиддий, ўз позициясини химоя кила биладиган йигит экан. Лекин меъёрида хазил хам килиб туради.
Асосийси, хаётининг хар бир масаласига хакикий мўмин сифатида Ислом нуктаи назаридан ёндошади. Хаммасини обдон ўйлаб, кейин бажарадиган йигит. Хох таом ейиш, хох мулокот килиш, хох бирор жиддий ишга кўл уриш бўлсин албатта динимизда буюрилганидан четлашмайди.
Баъзиларга бу фазилати ёкмайди. "Эээ, хеч нарса килмайди!.." деб харомни халолга чикариб кўядиган ёши катталаримиз бор, афсус. Уларга хак гап етиб боргунча, аникроги кора нарсани кора деб тан олишгунча анча вакт кетади баъзида. Johnny эса бундай вазиятларда сабр килишни билади.
5 вакт намозни колдирмайди, бошкалар кейинрок ўкийман деганда у масжид ёки ўкишга хона излайди. Истаган албатта имконият топади дегани шу укамга тегишли. Аллох рози бўлсин.
Яна битта гўзал хислати бор. Ёрдам беришда эринмайди, доим вакт ажрата олади, тўлик маънода кўлидан келганини килади, ортикчасига эса ваъда бермайди. Лекин ваъда берса хам лафзида турадиган бола. Бирор марта хам омонатга хиёнат килганини кўрмаганман ё эшитмаганман. Инша Аллох, эшитмайман хам.
Хакикатгўй, бироз нохаклик бўлса, тинч караб туролмайди.
Unga qachon yoki qay holda e'tiboringiz tushgan?
Ишга биринчи келган куниданок эътиборим тушган. Баъзи одамлар билан тез чикишиб кета оламан. Шунинг учун узок кузатиб ўтирмасдан, кўпинча ўзимга дарров якин олиб кетаман. Johnny - шундайлар жумласидан. Дўст ва ука орттиришда бу йигитда хечам янглишмадим.
U bilan hayotta ko'rishganmisiz?
Уч йилдан ортик вакт ичида хафтасига беш кун кўриб турардим. Хозир бошка жойда ишлаётгани сабабли бироз камрок кўришиб турамиз, хафтада бир ёки икки марта. Кўпинча жума намозига бирга борамиз.
Ўтган йили, хизматчилик деганларидек, пахта теримида катнашишимизга тўгри келди. Ўн икки кун далада бирга ёнма-ён туриб пахта териб юрганимизни кўп эслашиб куламиз. "Шахарлик йигитларнинг даладаги саргузаштлари.." туркумидан бир канча кизик суратлар хам йигилиб колган..
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Ютукларидан энг каттаси, каерда бўлса хам у билан бирга Исломий кайфият хам кириб келади. Энг огзи бўш одамлар хам у келганида бироз тилини тийиб гапиришади.
Хуллас борган жойига ўзгача файз олиб кира оладиган йигит (хаётда кўрганлар, гаплашганлар мани гапимни тасдиклаши мумкин).
Яна битта ютуги ўзига яхши, кучли устоз топа билганидир. Ман дунё илмларини ўргатадиган устоз хакида гапирмадим. Диний илми кучли бўлган устозга шогирд тушган ва бир нарсага кафил бўла оламан, устозини юзини ерга каратмайдиган одам бўлган. Бу Johnny нинг амалларидан кўриниб туради. Кўпинча ёш бўлишига карамай манга маслахатлар бериб туради(чунки ундан фаркли ўларок мани устозим бўлмаган). "Ока, мана бу ерда сал хато кетиб колди..." деб камчилигимни кўрсатиб, жойида хадис ёки оят билан тасдиклайди хам. Мусулмон мусулмоннинг кўзгуси бўлади деб этилган экан. Мани кўзгум - Johnny десам адашмайман.
Манга килган яхшиликлариниг яна биттаси - Тарвузчилар сафига олиб келган :).
Uning kamchiliklari
Камчилик эмасу..
Танишганимизнинг илк кезлари унинг жахли бироз тезлигини сезгандим. Бу хам бўлса нохакликка дуч келганида юзага чикиб коларди. Кейинчалик анчагина жахлини жиловлашни ўрганди. Бунинг асосий сабаби мўмин сабрли бўлиш керак коидасига амал килгани деб ўйлайман. Аксарият катта ёшдагилар билан бир коллективда ишлаганининг хам таъсири бўлган бўлса керак.
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Жуда ижобий. RB да колдирган кўплаб мазмунли, иймоннинг мустахкамланишига туртки бўладиган постлари ва очган мавзулари билан кўпчиликка таниш бўлса керак. Баъзида куйинганидан каттикрок гапириб юбориши мумкин, лекин бу факатгина хак иш учун жони ачиганидан. Ўзидан айб ўтса, узрини этиб кетади.
Бир куни форумда бир мавзу очганди. Унинг диний бўлимда очган мавзуларига ўрганиб колганимдан хайрон бўлиб "Нимага бунака мавзу очдинг, мантик нимада?.." деб сўраганимда, "Шу нарсанинг кадрини пасайтириш, баъзилар шуни олишга кизикиб кетишган.. Худди шу нарса учун пост колдираётгандек..." деб жавоб берганди. Кисман максадига эришди хам. У очган ўша "Thanks.."лар треади ёпилганида рахматга бўлган кизикиш бироз сўнганди. Ёки манга шундай туюлдими. Лекин битта факт аник, бу треаддан кейин Johnny ни Рахматилла деб чакиришган.
Johnny_80 хакида шаблонга сигмай колган маълумотлардан:
*Уйланган.. Якинда.. Солих фарзандлар берсин, инша Аллох.
*Интернетда Ислом мавзуси бўйича линклар, форумлар, макола ва китоблар излаб топишга жуда уста. Ман биттасини кидириб топгунимча у бештасини кўчириб бўлади.
*Спортга жуда кизикади. Айникса армрестлинг деган турига. Ишхонада хамма билан куч синашиб чиккан :). Кариндошларини хам "Ока, куч синашайлик.." деб тинч кўймаган бўлса ажабмас.
*Юрган йўлида даъватлару, маърузалар тинглаб юради.
*Таомлардан паловни жуда севади. Хар куни уч махал бўлса хам (бироз ошириб юборган бўлсам узр:)) йўк демаса керак. Иштахадан хам берган.. jk..
Мана азизлар, сизларга бу инсон хакида оз бўлсада, янги маълумотлар бердим деб умид киламан.
Хуллас юртимизда ва форумимизда хам динимиз йўлида холис амаллар бажарадиган бундай йигитларимиз кўпайишини жуда истардим.
Johnny нинг ўзига эса икки олам саодатини тилаб коламан, умридан барака топсин.
PS. Ёзганларимнинг барчаси шахсий кузатишларим натижасида вужудга келган фикрларим, яна Аллох билгувчидир...
Glance
09-21-2007, 10:39 AM
Poyladim, poyladim yozarmikinsila dip, yozmadila, shundo user qop kettiya, chidomasdan yana o'zim boshladim, kim?
Sotiladi:
http://i10.ebayimg.com/01/i/000/a9/0f/8d09_1.JPG
405,90 EUR
http://a6009.rimg.info/file.php_id=135617000a8a61015bdb26cbe5b67adbfd5775 d5b.gif&cp=80e26baa5431b561a05c8cf33776dffc
betakror, hammadan ajraliiib turadigan LOST!!
Userni qachondan beri bilasiz?
6 oy bo'libdi taniganimga..
Qanday xislatlari sizga yoqadi?
Boshida etganimdek, o'zlarini bloglaridayam etib turaman, jahliz chiqib turgan bo'sayam, kulmasdan befarq o'tib keta olmaydi odam bulani postlaridan.. Juda aqlli, shaxmatist (bo'ldi hayotta yutmiman, tinmi shaxmat o'ynasam ham digan qarorga kegamman), hazlkash, gappi shunaqa topib qoyalla kulurib o'lib qoladi odam. Hozirda yana bir yengi qirralari ko'rindi, bizada buni "olib-sotar" didi. :lol:
Unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan?
Bilmasam..Guess gapirudi bir marta kulib, ungacha ahamiyat bermaganakamman, keyin qarasam naq talant-ku didim..:D
U bilan hayotda ko'rishganmisiz?
Ha shundo "baxt"ga muyassar bo'gandim..:lool: jk ;)
Uning yutuqlari nimadan iborat?
eee..bitta so'z bilan etganda, user namelari ja bir boshqacha bo'sayam, hayotta ancha narsani qilib ulgurgan, ko'p narsaga erishgan inson! Molodec! Hurmat qilaman. Shu faqat laptopla va klavala bilan hich ishlari yurishmidi.
Zato to'gri so'zla, laptoppi sotvotganda pasiga: "Kachestvo halta lekin" dip yozib qo'yalla, oq bilan yozsez bo'larkan. Har doim postlarini yaxshlab qariman oq bilan nima yozilganikin..
Uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda)?
Shu savolli spiskadan op tashasek bo'larmikin? Kamchiliklari, yomon qotalla odammi ustidan http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/47.gif..:lol: Keyin saaal nagliyroq :lol:
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Haliyam ettim juda serqirra inson, forumdayam shunaqa serqirra postlari bilan hammani lol qoldirib turalla, she'rlarini etmismi, BTW bir kuni sh'er yozsam obdon ustimdan kuldila yozmidigan bo'ldim shu bilan http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/47.gif, keyin har doim forum deb qayg'uralla, bema'no postla ko'payib ketvotti, "antithanx"la topib kelallamiyeee..ishqip forum lostsiz huvillab qoladi! Shunaqa "serkiruvchan" bo'sinla har doim forumga!
Broshyuradagi eng hurmatli o'rinladan bittasiga lostni nomzodini taklif qilaman!
Abu-Hafiza
09-21-2007, 11:06 AM
Bu portretim do'stim, qadrdonim Gareeb haqidadir.
Hayotimda "mana bunday do'stim bor" deya oladigan sanoqlik odamlardan biri va bunday odamlar uchun dunyolarni almashmasligim aniq.
Userni qachondan beri bilasiz?
Do'stim Gareeb'ni mana ikki yildan beri (tahminan) taniyman. Hali to'ylari bo'lish arafasida edi. Ayolim Gareebbekning ayoli bilan juda yaqin edi, shunga "u bola o'zi qanaqa ekan" deb "razvedka"ga meni jo'natishgandi :D. Bu yerda juda ko'p har hil o'zbeklarni ko'rganim uchun hali uchrashishdan avval "ha bu oddiy hol UKdagi o'zbeklardan biridirda" deb o'ylagandim, lekin ko'rihsim bilanoq, hali salom bermasdan turib fikrim o'zgardi. Gareebbekni ko'rgan odam u kishi haqida ko'p narsalar tushunadi. Yuzlaridan shundoq nur taralib turadi :)
Qanday xislatlari sizga yoqadi?
Birinchi va eng muhim hislatlari, Gareebning ODOBLARI. Qanchalik qiyin ahvolda bo'lmasalar ham, qanchalik jahllarini chiqaruvchi narsa sodir bo'lmasa ham, juda chiroylik odob bilan, kular yuzlik bilan hamma narsani qarshilaydilar. Hech qachon yonlarida "sergapligim" tutib qolganida gapimni bo'lganiga shohid bo'lmadim (ki haqiqatda ko'p gapirvoraman bazan).
Muomalada juda muloyim, fikrlari sog'lom, hech kimdan g'arazlari yo'qligi ham menga juda yoqadi. O'zi ularnikiga mehmonga borganda, yoki ular biznikiga kelganida ertalabgacha suhbatlashib chiqamiz va odam mazza qiladi.
Unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan?
Yuqorida aytganimdek, u bilan tanishishimga sababchi mening ahlim bilan infolife bo'lgan. O'zi forumga kirishni boshlashimning ham sabablaridan biri desam ham bo'ladi.
U bilan hayotda ko'rishganmisiz?
Albatta. Tez tez ko'rishib turamiz, inshaallah ertaga ham ko'rishib qolamiz :)
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Gareeb do'stimning yutug'i- u kishining Allohga bo'lgan imoni, ilmi, odob ahloqi va sog'lom fikr sohibi ekanligi. Barcha yutuqlarni sanab odam sanog'iga yetmaydi. Uning sadoqati va to'g'riso'zligi. Agar erta indin boshimga ubu narsa tushsa, men aniq bilamanki, gareebdek do'stim bor va meni qiyin ahvolda qoldirmaydi.
Uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda)?
Kamchiliklarini ko'rmaganman, yoki ko'rgan bo'lsam ham, u kishining yutuqlari va barcha yaxhsi hislatlari kamchiliklarini esdan chiqartirvoradi.
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Forumga qo'shgan hissalari beqiyos. Diniy mavzularda, odob-ahloq mazvularida ancha muncha foidalik hatti harakatlari bo'lib o'tgan. Postlarini hamma mazza qilib o'qiydi. U kishining gaplari yoqmaydigan userlar sanoqli bo'lsa kerak.
Boshqa qo'shgan hissalari esa mendek userni forumga kelishiga sababchilardan biri bo'lishidir :lool: (jk)
Hullas Gareebbekdek do'stim borligidan fahrlanaman. Umid iqlamanki, do'stligimiz abadiy, dunyo va ohiratda shu tariqa davom etadi.
Mirage
09-21-2007, 12:15 PM
Luganos
- Userni qachondan beri bilasiz,
2006 йил ноябрь ойидан бери
- qanday xislatlari sizga yoqadi,
Самимий, очик кунгил, хушчакчак, содда, доим ёрдам беришга тайёр, тиришкок, хакикатпарвар, тугри танбех беришни билади.
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan,
Бошка бир форум юзери билан кулишиб утирганларида:lol:
унгача улар билан официально гаплашардим:lol:
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz,
Хаётим хали охирлаб колгани йук:lol:
- uning yutuqlari nimadan iborat,
Интилувчан, янгиликка интилади, бир жойида турмайди, энергияси куп, билим олишга чанкок. куйган максадига нима булса хам эришишга харакат килади.
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda),
ааааа... узларигаям этганман:P портласалар ёнларидан кочиш кере:twisted: куп ишлатадиган сузлари : lol, hayronman:lol:
иложи булса жонли сухбаттаям ишлатворсалар
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
офф-топчиларга анча ёрдам берган эканлар:lol:
Mirage
09-21-2007, 12:24 PM
Realist
- Userni qachondan beri bilasiz,
Ваалохи алам, 1985 йил 31 Августанмикиииин:?:lol:
- qanday xislatlari sizga yoqadi,
Демократликлари, хакикатпарварликлари,фикр юритишлари, олдиндан хаммасини тугри хисоб китоб килиб бера олишлари, шоирликлари, хакикий талант эгаси эканликлари!:uups:
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan,
Кузимни биринчи очганимдаёк!:P
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz,
санамаганман, лекин бу куришишлар сони жудаяяяяям куп булиши мумкин эди:(
- uning yutuqlari nimadan iborat,
Аллохим хакикий талант килиб яратганликлари бу уларинг ютуклари деб уйлайман. Шу талантни асраб тугри йулга солганликлари бу уларнинг ютуклари.
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda),
Курмаганман шу пайтгача:P балки манга куринмас
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
Бир вактлар форумимизни Адабиёт булимини гуллаб- яшнатган эканлар, мушоираларда кизгин катнашиб турганлар.
SmIlIk
09-21-2007, 12:28 PM
SAMIMIY
Aminmanki, bu userimiz haqida mendan ancha ko'p va ijobiy fikrlar yoza oladigan boshqa userlarimiz bor. Lekin, men ushbu akamiz bilan o'ta fahrlanganim uchun
bu ishni o'z zimmamga olishga qaror qildim.
Userni qachondan beri bilasiz.
Samimiy aka o'z akamning liceydoshlari. Eng yaqin do'stlaridan biri. Ularni juda ko'pdan beri taniyman. Uyimizga mehmonga kelishganda shunaqa hazil qilishardiki,
singlim bilan eshikni yonida o'tirvolib rosa qotardik :D Akam Samimiy akani judayam aqilli, o'qimishli, bilmdon qilib tasvirlardilar. Men Samimiy aka bilan gaplashishga qo'rqardim ammo.
No'tog'ri gapirib qo'ysam, aqli kalta deb o'ylamasliklari uchun :)
qanday xislatlari sizga yoqadi
Ehhe, bularni sanab sanog'iqa zo'rg'a yetsa bo'ladi. To'g'riso'z, ko'p gapirmaydigan, gapirsalar ham o'rnak bo'lgudek gapiradilar. Xech kimning nafsoniyatiga tegmaydilar. Bilmagan narsalari haqida o'rganib chiqmagunlaricha gapirmaydilar. Yozayotganda yozish etikasi, qonun qoidasiga juda katta e'tibor beradilar.
Uyatchansifat hususiyatlari bor :D, gapirayotganda yuzlaridan kulgu ketmaydi. Jahllari chiqqanini hali ko'rmaganman. Judayam yaxshi suhbatdosh va yaxshi
maslahatlar egasi. O'ta aqilli insonlar. Tarbiyali va zehni kuchli odamlardan. Izlanishni kanda qilmaydilar. Tarvuzni non bilan yeyishni yaxshi ko'radilar :D Nicklarini o'zi ham aytib turibdi, o'ta samimiy va down to earth insonlar. Qizlar, maqtab qo'yay, bularga tegadigan qiz JUDA ham bahtli bo'ladi. Lekin, o'zim qizlarni chertib, chertib tanlashaman :P
unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan
Aytganimdek, Samimiy akani kichkinaligimdan beri taniyman.Lekin, u vaqtlar gaplashish u yoqda tursin, yonligiga yaqinlasholmasdik. Bunda uyimizdagi tarbiyaning juda katta o'rni bo'lgan. Kelgan mehmonlarning yonidan o'tish tugur, ko'ziga ko'rinish bizning uyda uyat hisoblangan. Lekin, biz uchun akamning sinfdoshlari dunyodagi eng aqilli, eng kulgili va eng yaxshi do'stlar sifatida e'tiborimizni jalb qilganlar. Dadam va oyimlar ham ular biznikiga kelishganida rosa hursand bo'lardilar.
u bilan hayotda ko'rishganmisiz
Uyimizda ko'rganimizni hisobga olmasa, undan keyin ham Amriqoda bir necha marta ko'rishganmiz. Bir kuni ularni yashagan shaharlariga ko'pchilik bo'lib piknikka borganmiz. Bir ko'lning bo'yida shashlik qilamiz degandik chamasi. Hanna deb somsa pishirib olgan ekanman, xech esimdan chiqmaydi. Samimiy akani somsa yemaganlariga ancha bo'lgan ekan. O'zi ularga 3 tagina somsa qolgan. Ustiga ustak issiq somsani tog'orachaga sovolganim uchun pachog'i chiqib sovib bo'gan ekan. Samimiy aka erinmasdan somsani o'choq atrofidagi
issiq g'ishga qo'yish isitganlar :D keyin somsani mazza qilib yeganlarida, man uyalib yerni ichiga kirishimga ozgina qolgan. O'zimga o'zim shunda so'z bergandim, mehmonga chaqirib yaxshilab somsa qilib beraman, deb.
uning yutuqlari nimadan iborat
Ularning yutuqlari juda ham ko'p. Qollaridan kelmagan ishga aralashib qolmaydilar. Qo'llaridan kelsa, xech ham yordamlarini ayamaydilar. Olimpiyadada ona tili, adabiyotdan birinchilikni olganlar, adashmasam :) Do'stlari ularni juda hurmat qilishadi. Men ham shunday akam bo'lganidan fahrlanaman. Omonat saqlashda Samimiy akadan o'tadiganini
hali ko'rmadim.
Yaxshi hordiq chiqarishni, do'stlari davrasida o'tirishni yaxshi ko'radilar. Bitta o'zlari judayam zerikib qolsalar kerak. Judayam kuchki tarbiyachi va o'qituvchilar. So'rasangiz rostini aytadilar, lekin rost so'z achchiq bo'lsa ham ularning og'izlaridan chiqqani sababli, xech ham ko'nglingizga qattiq botmaydi. Hayron qoladi kishi... Xech qachon judge qilmaydilar. Odamlarda yaxshisini ko'rishga harakat qiladilar (Ko'pchilik do'stlari singori).
uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda)
Kamchiliklari ko'zimga tashlanmagan. Bir narsani aytib o'tishim mumkin halos. Bu ham kamchilik emas, ko'proq yutuq hisoblansa kerak. Samimiy aka hammaning dardini olib, dalda bo'la oladilar, ammo,
o'zlarining ichlarida nima kechayotganini xech kimga bayon qilmaydilar. Ba'zan ularning yo muammolari yo'q yoki yaqinda ichlari dardga to'lib, yorilib ketadilar, deb o'ylayman. Lekin, o'zim so'rashga qo'rqaman :D Ilmlari kuchki, lekin nimagadur forumda bu borada ko'p yozmaydilar.
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
Samimiy aka forumga o'zgacha bir ma'no olib kirgan userlardan biri. O'zlarining teran fikrlari va bilmlari bilan ancha ajralib turadilar. Samimiy aka qaysidur threadda post qoldirsalar, demak,
u threadda hali ma'no yo'qolmagan, deb hisoblayman :)
Yozay desam, yozishga gap ko'p. Boshqalarga ham qoldiray dedim :D
Mirage
09-21-2007, 12:42 PM
Unique
- Userni qachondan beri bilasiz,
2007 йил июнь ойларидан адашмасам:? хуллас, форумчиларни Y!M даги конференслари уюштирилган пайтдан буён
- qanday xislatlari sizga yoqadi,
Очик кунгиллар. Аклли, Самимий, кизикувчан, тугри маслахат бера оладилар, трезво мыслящая ( узбечасини топа олмадим:P)
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan,
Y!M даги контакт листимга кушиб, биринчи сухбатимданок уларнинг очик кунгилликлари мани узларига тортган.
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz,
афсуски йук, лекин Ватанга зиёратга келсалар бундан бехабар комасман деган умиддаман.
- uning yutuqlari nimadan iborat,
Жудаям интилувчан, кизикувчан, билмаган нарсаларини уялмасдан сурайдилар. Сабрли!
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda),
Кунгилчан, ишонувчан. Юракларига якин оладилар. Узимга ухшаб:(
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
Мушоираларда катнашиб турганлар, хатто алохида thread лари хам бориди:) Форумимизни энг аклли кизларидан!
Samimiy
09-21-2007, 01:09 PM
SAMIMIY
Aminmanki, bu userimiz haqida mendan ancha ko'p va ijobiy fikrlar yoza oladigan boshqa userlarimiz bor. Lekin, men ushbu akamiz bilan o'ta fahrlanganim uchun
bu ishni o'z zimmamga olishga qaror qildim.
Smilikxon, juda maqtavoribsiz, bilmagan odam yuqori baho bervorishi mumkin :) Lekin siz ham odamning faqat yaxshi tomonlarini kurishingizni namoyish qilibsiz.
Yozgan tafsilotlaringizni uqib, "o'sha damlar"ni eslab yuzimga tabassum yugurdi. Ramazon kuni odamni xursand qildingiz, baraka toping, siz ham har doim xursand bulib yuring. Mahshur somsali piknikdan rasmlar uyda bor, tugri keladiganini shu yerga quyaman XH. Keyingi safar mehmon bulganimizda somsaga rosa tuydirgansiz-ku, somsaning mazasi haliyam ogzimda turibdi :)
Kup narsani yaxshi taniydigan kishi sifatida aniq yozibsiz, lekin ona tilidan (yoki boshqa fanlardan ham) olimpiadaga hech qatnashmaganman. Ona tilidan E.Y. 2-buluvdi adashmasam :)
Glance
09-21-2007, 02:13 PM
Yana poyladim, poyladim..Eeeeng muhim bo'gan userni yana yozmadila!
Asadbek aka uyat sizga! ;) jk
Ahir forumni elektrigi, svetti o'chirib-yoqib turadigan administrator qop kettilayuuu...
Qarindosh urug'chilikni yuqoridayam ishlatishdi, shunchun manam yana qalamni qo'limga oldim..
MegaZ
Userni qachondan beri bilasiz?
Userni shuuu.. opamga sovchi-shmovchila bo'p kelishayotgan payttan bilamande, endi pochcha sifatida, shaxsan tanimagamman unda o'tgan yili may edi shekili, maqtashganda akam ham "aa MegaZ" mi digandila (Umidchi bo'lishganiga tanishadi).. Shu endi faqat maqtov eshitgammiz hamma tarafdan, quda tarafdanam, oyilari juda ajoyib insonla o'zlariga o'xshab..
Qanday xislatlari sizga yoqadi?
Samimiy (hamma ishlatibtiyu shu so'zzi lekin bu pochchamga eng to'g'ri ta'rif), tog'ri so'z, shartta gapiralla, opam keyin o'tiralla: "Shunaqayam disizmi?" dip, qo'llaridan kelgancha hammaga yordam beralla, do'stlari uchun ohirgi kiyimlariniyam bervoralla disam adashmagan bo'laman. Judayam aqillila, har doim izlanishdala, nimaladur qip o'tiralla, ishdan kelib yana ishlilla, aah esimdan chiqa yozipti, rasm olishga juda ustala, "professional de fua" ;), shuncha ilmlari bo'lsa, shuncha narsa ko'rgan bo'salayam judayam oddiy, sodda odamla. Gaplashib to'ymidi odam, juda-juda qiziq suhbatdoshla, anekdotlani-ku etmasayam bo'ladi..:D Eng muhim manga manzur bo'lgan taraflari, doimo o'zlarini oilalariga bag'ishlashga harakat qiladila, har weekend qaqqadur borib dam olib kelishimz SHART! Judayam odobli, hammani "Sizlab", hurmatligini joyga qo'yadila, ayniqsa opajonimmi. Urishishganini hali ko'rmadim. Juda reasonable odamlar. Keyin mangaaa ENG yoqqan hislalatlari, va'daboz va yolg'onchilani juda yomon ko'radila. Bekorga va'da ham bermaydilar. Amalga oshirishlariga ko'zlari yetsagina va'da beradilar, va kechalari uhlamay bo'sayam va'dalariga vafo qiladilar!
Unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan?
Oy..ko'ynim tushgan opam o'zlari maqtaganlarida, qanaqaliklarini etib berganlarida, qanaqilib "predlojeniye" qiganlarini eshitganimda, opammi qanchalik qadrlab, hurmat qilishlarini bilganimda..
U bilan hayotda ko'rishganmisiz?
Uylarida o'tirimmanu..:D Birinchi marta shu yil fevralda keganimda ko'rgandim.. Bula sal ruslashgan bo'ganiga man "harip" boshida hayron bo'gamman. Aeroportta kutvogalla, (farzandli bo'lsihganiga 2 kun bo'gandi, biza oyim bilan yetib kelomagammiz, pasportimmi yoqotudim, yengi olib visa-shmiza..ishqip kech qop kettik), moshinaga chiqqanimizda telefon qilib, bluetooth orqali gaplashvottila opam bilan, bizayam eshitvommiza, "jonim, yaxshimisiz?", birinchi http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/13.gif qigandim, endi biza Uzbekistondan keganmiza-de, bizada uyalib bitta gapam etomidi odam..Hullas, shunaqa bahtiyorliligiga ulani har doim havasim kelib, ko'z tegmasin dip o'tiraman. Oilaligisida ham juda sevimli o'gil, bizning oilamizda ham juda sevimli kuyov-o'gil. Oyim maqtanib yuralla, "kuyovim" dip!
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Ogogogogo!!! Yutuqlarini sanab beromasam kere... Ko'zlagan maqsadlarini har doim amalga oshirgalla, oshirib kevottila ham. Ishxonalaridan ham telefon qilurishadi, bu qanaqa bo'ladi, u qanaqa bo'ladi, kechasiyam ketalla, judayam hammaga kerakli insonlar. Hayotta bu narsa hammani qo'lidan ham kelavermaydi. (masalan mani disam :)) "Dusha kompanii" rus tilida etganda.. Nasim, Nasim dip hamma o'lib qoladi ustilarida - buyam katta bir yutuq.
Ax aytganday yana bir narsa, sportsmenla ("General" (c) "Suyunchi" disam), COda taekwondodan 2nchi o'rinni ogalla :lol:..yana yutuqlari ko'p, shundog'am ko'p gapirdim. Hozi maqtanchoq divossila shundog'am bilaman..lol
Uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda)?
Man kamchiliklarini deyarli ko'rmadim, ko'rgan narsalarim ham kamchilik sanalmaydi. Agar oldingi postlarimdagidek "Beayb parvardigor" bo'lmaganda, kamchiliklari yo'q deb barala aytgan bo'lardim!
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Heheheh..bu savolga javob bermasam ham bo'sa kerak a? :lol: Forumni asoschilaridan bittasila! Shuni o'zi eng muhim qoshilishi mumkin bo'lgan hissa! Forumimizni tuzgan inson :D..
Baxtli bo'lila! http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/8.gifYana ko'p-ko'p shirindan shakar farzandla korila! Sog' bo'lin!Alloh panohida asrasin silani!
Abu-Hafiza
09-21-2007, 02:27 PM
Smilikxon, juda maqtavoribsiz, bilmagan odam yuqori baho bervorishi mumkin :) Lekin siz ham odamning faqat yaxshi tomonlarini kurishingizni namoyish qilibsiz.
Yozgan tafsilotlaringizni uqib, "o'sha damlar"ni eslab yuzimga tabassum yugurdi. Ramazon kuni odamni xursand qildingiz, baraka toping, siz ham har doim xursand bulib yuring. Mahshur somsali piknikdan rasmlar uyda bor, tugri keladiganini shu yerga quyaman XH. Keyingi safar mehmon bulganimizda somsaga rosa tuydirgansiz-ku, somsaning mazasi haliyam ogzimda turibdi :)
Kup narsani yaxshi taniydigan kishi sifatida aniq yozibsiz, lekin ona tilidan (yoki boshqa fanlardan ham) olimpiadaga hech qatnashmaganman. Ona tilidan E.Y. 2-buluvdi adashmasam :)
Samimiy aka, Smilikni aytgan gaplari siz haqingizdagi haqiqatni 100dan birini aytgan holos :). Samimiy akamiz bilan 3 yil litseyda birga o'qiganmiza (bizadan bir yil katta edilar). Litseyni eng alochi bolalaridan edi. Smilikhon aytgan olimpiada ona tilidan emas, biologiya bo'yicha xalqaro olimpiadada qatnashib juda yaxhsi o'rin (adashmasam yo ikkinchi yo uchinchi) olganlar.
Litseyda bizlar kichkina sinfdaligimizga qaramay hech qachon o'zlarini katta tutmasdilar va bizni hech qachon kichik ko'rmasdilar.
Hamma bilan oralari doim yaxhsi bo'lardi. O'qituvchilar ham juda yaxhsi ko'rardi. Lekin hech qachon kibrga berilmasdilar. Hammani o'zlariga do'st ko'rardilar.
Bizlarga ubu masalada yordam kerak bo'lsa, qo'rqmasdan yonlariga borardik, qanchalik band bo'lmasalar ham doim yordam berardilar.
Ehhhhhhhh bu odam haqida doston yozsa ham bo'ladi. Mana qariyib 10 yildan keyin yana forumda ko'rishganimizdan juda hursand bo'lgan edim.
PS: Samimiy oka, mundoq yozib turing onda sonda emailga.
UzbekGirlie
09-21-2007, 02:59 PM
I hope it is okay as I wrote the portraits in English. I know more adjectives in English than Uzbek and hope did not offend anyone. I just want to say this forum has been amazing for facilitating friendships. I met amazing people like Nevidinka, Nezabudka, Smilik, Illusion, Lobar, Hojiaka, Lady G, Melo and others. But I wanted to describe the following three ladies who have been amazing friends and I just want to say it has been pleasure meeting you and I feel honored to be part of your life.
Nevidimka
Userni qachondan beri bilasiz – feels like I have known her all my life as she has become my sister and friend.
qanday xislatlari sizga yoqadi – If I had to describe this girl in one word I would call her my sunshine. She is so radiant, full of life and fun. Her daily phone calls make my day and bring happiness to sometime dull work days. She has been such a support to me and I know I could never asked for a better friend and I am thankful to have met such a joyful, cheerful and lovely human being. Her heart and her house doors are open to anyone and I mean anyone. She is so sweet and always tries to help out to people in need. She is a kid at heart and that makes her pure and probably the best quality she has as she never holds grudges. Her culinary skills are amazing as she has made some really great food during my visit. I know this description doesn’t do justice to all her amazing qualities, so you simply have to meet her and be mesmerized by her amazing personality.
unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan – She private messaged me with a question and we became instant friends. J
u bilan hayotda ko'rishganmisiz – yes… and on many occasions.
uning yutuqlari nimadan iborat – This is girls has overcome a lot of hardships and was able to come out a winner and a stronger person. I know she is a force to be reckon with and I can see her contributing to humanity in general throughout her life as she has been so far.
uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda) – I think her best and her worst quality is the same. She is too pure and sometimes naпve….
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz – I think she is the sunshine of this forum and keeps everyone smiling and happy…. Stay the same and don’t let people ever change you!
Nezabudka
Userni qachondan beri bilasiz – we met not too long ago, may be 4-6 month, not quoite sure….
Qanday xislatlari sizga yoqadi – She is fun, sweet, full of life, interesting, intriguing, lovely, beautiful, ambitious, charming, friendly, generous, hard-working, honest, kind, loyal friend. She is one of the most interesting people I have met. She has an amazing history and a bright future. A true optimist that can bring a ray of sun shine on your dull day. She is elegant and graceful. She is intelligent, well read and can carry on an intellectual conversation in any environment. She is just a joy and it gives me pleasure to have had the opportunity of meeting her in real life.
unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan – I was really intrigued by her kick and her avatars. Decided to look at her profile and notice we live in the same city. I private messaged her and we started talking and later on met. J
u bilan hayotda ko'rishganmisiz – yes, on couple occasions and it was a pure pleasure.
uning yutuqlari nimadan iborat – I don’t think there are world to describe everything she has achieved. But I am really proud to say that she has been proudly representing Uzbek girls in DC and I am glad to be associated with her.
uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda) – hmmmmmmmmm… The only thing is sometimes and only sometimes she is very serious. But I am the same way so I think this is ok. Ha-ha….
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz – I think she plays an a huge role in this forum and her contributions are amazing. She is the author of some of my favorite threads.
Smilik
Userni qachondan beri bilasiz – not long at all. May be few month.
qanday xislatlari sizga yoqadi – she has been like my older sister who always has something positive and sweet to say. I can relate to her on so many levels and her words always give me courage to keep going and doing better in life. Thank you for that. I think she is really wise and her wisdom could have not come into my life in a better time. She is an amazing mother, great cook and a wise woman. And I hope I can achieve that someday.
unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan – to be quite honest I noticed her over some debate I can not remember about now. J
u bilan hayotda ko'rishganmisiz – No, but I hope that one day we will…
uning yutuqlari nimadan iborat – She has turned what could have been a tedious life into a positive opportunity and came out at the end as a winner. May we all be able to do that.
uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda) – I think we share a negative quality. It is being straight, meaning telling people what’s on your mind with out any hesitation or lies. Now that I think about it I think this is a positive attribute… Hmmmmmmm….
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz, - Do I have to answer this one? Cause I think we all know of enormous contributions to this forum. I mean I can not imagine this forum with out Smilik.
lyalyapo
09-21-2007, 03:54 PM
U bilan hayotda ko'rishganmisiz?
Uylarida o'tirimmanu..:D Birinchi marta shu yil fevralda keganimda ko'rgandim.. Bula sal ruslashgan bo'ganiga man "harip" boshida hayron bo'gamman. Aeroportta kutvogalla, (farzandli bo'lsihganiga 2 kun bo'gandi, biza oyim bilan yetib kelomagammiz, pasportimmi yoqotudim, yengi olib visa-shmiza..ishqip kech qop kettik), moshinaga chiqqanimizda telefon qilib, bluetooth orqali gaplashvottila opam bilan, bizayam eshitvommiza, "jonim, yaxshimisiz?", birinchi http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/13.gif qigandim, endi biza Uzbekistondan keganmiza-de, bizada uyalib bitta gapam etomidi odam..Hullas, shunaqa bahtiyorliligiga ulani har doim havasim kelib, ko'z tegmasin dip o'tiraman. Oilaligisida ham juda sevimli o'gil, bizning oilamizda ham juda sevimli kuyov-o'gil. Oyim maqtanib yuralla, "kuyovim" dip!
Off : Shuni o'qib esimga tushib qoldi, bizadayam shu jonim, jon bo'lib ketgan, bilmadim endi boshqa tushunadigan odamlar bo'lmaganidanmi AbuHafiza ham men, men ham ulani shunday chaqirishga odatlanib qolganmiz. Bir yilcha oldin boshqa shaharda turardik u yerdagi bir ingliz kampir qo'shnimiz bor edi, biram ajoyib ayol ediki, doim bizdan habar olib turardi. Ketishimizdan oldin otkritka bergan (bu yerlada ja yahshi kuradi hamma narsaga otkritka berishni). Otkritkada to "John and N***(ismim)" yozilgan edi. Hujayinni second nami John deb o'ylagan ekan :lool: :lool:. Kulib tarjimasini tushuntirib berganimda, uziyam rosa kulgandi" oooh so sweet" deb :lol::lol:
lyalyapo
09-21-2007, 03:59 PM
Shu inson haqida yozaman deb niyat qilib qo’ygan edim, hech ham qo’lim tegmayatkan edi. Mana va nihoyat yozishga imkon tug’ildi.
Bu insonni forumda mendan yahshi biladigan odam bo’lmasa kerak
Abu-Hafiza
Userni qachondan beri bilasiz?
2004 yilning boshlaridan, aniq oyi esimda yo’q chamasi aprel.
Qanday hislatlari sizga yoqadi?
Mehribon ota, sabrlik juft, mehmondo’st inson. Yordam so’rab ko’p murojaat qilishadi, qo’ldan kelgancha barchaga yordam berishga harakat qiladilar. Hayotda ancha bo'muncha qiyinchiliklar boshlariga kelgan, ularga bardosh bera olib ancha ularda “pishganlar”. Shunga qaramasdan haliyam vaqti kelganda yosh boladay qiliqlari bor. Ba’zida u bu narsa haqida sal talashib qolib yosh boladek urushib qolamiz, keyin infolifega hafa bulib etib bersam nima buganini, kulsam hafa bumismi deb utiradi :lol:
Yahshi notiqlar, biror bir narsani tushuntirishga boshlasalar juda berilib ketadilar, har qanday odamni og’izlariga qarata oladilar deb o’ylayman. O’zimga ham juda ko’p narsalarni tushuntiradilar, juda chiroylik hamda bir biriga ulab tushuntirish ham bir san’at deb bilaman. (Conferencenni eshitganlar qo’shilmasligi mumkin, lekin juda hayajonlangan edilar, shunga unchalik o’hshamadi shekil ). Shu bilan birga gapirayatkanda badiy tilni ishlatadilar, boshida juda g’alati tu’yulardi lekin.
Sabrlariga ko’p hayron qolaman, nimdandur juda jahllari chiqsa indamaydilar, jahl tushgandan keyin gapirishga harakata qiladilar. Mening juda ko’p qiliqlarim hamda erkaliklarimni chidaydilar (o’zim ham hayronman qanday qilib). Doim yordamchilar nima qilmoqchi bo’lsam, biror bir ish bilan band bo’lib uyga, oilaga vaqt ajrata olmasam, doim sabr qiladilar usha ishimda dalda bo’ladilar.
Biror bir narsa qilishni boshlasalar, biror bir narsaga qiziqsalar shunday kirishib ketadilarki, tugatmaguncha qo’ymaydilar (bu hislat ba’zida aybday ko’rinadi ko’zimga).
Menga shunday juft halol nasib qilganiga Allohdan minnatdorman, bunday erlar ko’paysa dunyoda bahtsiz ayollarning soni ancha kamayadi deb o’ylayman. Menga juda ko’p narsalarni o’rgatganlan hamda o’rgatib kelmoqdalar, ulardan juda ham minnatdorman, inshaallah butun hayot birga bo’lib, jannatlarda ham birga bo’lishimni juda ham hohlayman.
Unga qachon yoki qay holda e'tiboringiz tushgan?
Bir ish yuzasidan ulardan yordam so’ragan edim, so’ragan ishimni bitirish uchun bir qancha vaqt kerakligi sabablik o’sha masala yuzasidan gaplashib turar edik. O’sha paytda ularni muomalariga, odoblariga ahamiyat bergan edim. O’sha damlardan meni hayratlantirgan bir hislatlari alohida e’tiborimni tortgan edim, biror bir narsa haqida tanbeh bermoqchi bo’lsalar shunday chiroylik shaklada qilar edilarki (haligacha bor shu hislatlari, alhamdulillah). Qandaydir tushuntirish qiyin, bu narsani qilmang demaydilar, bu narsani menga aytib bermang, qilmasangiz juda hursand bulardim. (tushuntira olmayapman)
U bilan hayotta ko'rishganmisiz?
Har kuni ko’rishamiz, Allohim umrimni ohirigacha ularni har kuni ko’rib turishni nasib qilsin. Indinga inshaallah ko’rishganimizga 2 yil bo’ladi .
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Ularning yutuqlari hayotning o’nqir cho’nqirlariga kirib chiqib, o’z yo’llarini topganlarini, hayotdan maqsadlarini biladilar. Jamiyatda o’z o’rinlarini topib, turli dunyoqarashdagi har hil odamlar bilan til topsihib ketishlari juda muhim yutuqlaridan deb o’ylayman. Asosiy yutuqlari hali oldinda inshaallah. Alloh uzi madadkor bo’lsin barcha maqsadlariga eshirishga.
Haa, albatta menday ayollari borligi ham ulkan bir yutuq :lol:
Uning kamchiliklari
Hali ertalab bu mavzuni ko’rgandan beri ular haqida yozaman deb yurgandim, shu kun bo’yi kamchiliklarini o’yladim, ular bor albatta, faqat kayfiyatim yahshi bo’lganda ko’rinmaydida, shu ulardan hafa bo’lsam barchasi ko’rinib ketadi . Menga aybdek kurinadigan bir hislatlari bor, lekin chetdan qarasa hech ham ayb bo’lmasa ham kerak : Moliyaviy muammolarni men bilan muhokama qilishni yoqtirmaydilar.
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Forumga qo’shgan hissalari asosan odoblik bahs olib borishga harakat qiluvchi inson, ming jahllari chiqsayam bosiqlik ila yozishga harakat qiladilar
Ular haqida yana ko’o yozishim mumkin, hayotning har kuni biror bir yahshi hislatlarini ko’raman
P.S. Yozib bulingan odamlar haqida ham yozsa buladimi ?
Asadbek
09-21-2007, 04:39 PM
P.S. Yozib bulingan odamlar haqida ham yozsa buladimi ?
Albatta bo'ladi.
Yuqorida aytib o'tganimdek, biz vaqti kelsa hammasini yig'ib, jamlab, qisqartirib, bir qolipga keltirib, tahrirlab, oxiriga yetkazamiz.
Bunda albatta sizlarning yordamingiz ham kerak bo'ladi. Ya'ni, ma'qul topsalaringiz, ta'riflar yig'ilib bo'lgach, har bir ishtirokchiga shu yerda ta'riflari berilgan Userlarni bo'lib beraman va ular ta'riflarni jamlab, tahrirlab, menga jo'natishadi.
Bu haqda keyinchalik ham fikrlashaveramiz.
Abu-Hafiza
09-21-2007, 05:00 PM
Navbatdagi user haqida gapiradigan bo'lsak, o'zlari nisbatan yangi user bo'lishlariga qaramay juda mashhur bo'lishga ulgurgan user Kitayoza (sufizoda, so'pizoda niklar bilan ham tanilgan edilar)
Userni qachondan beri bilasiz,
Mazkur user bilan 1996yili yozida tanishganman. Bunga bir juda sevgan odam sababchi bo'lgan. Birinchi ko'rishimda bir yig'in bo'lgan edi, hamma ishtirokchilar namozhon bolalar edi. U paytgacha juda ko'p har hil jamoatlarga kirib-chiqib yurgandim, lekin bunaqasini hali hech ko'rmagan edim. Hammasi odoblik, kular yuzlik, aqillik bolalar edi.
- qanday xislatlari sizga yoqadi va unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan,
Keyin bilsam u kishi Alihonto'ra Sog'uniyning nevaralari ekan. Buni birinchi eshitganimda "OOOOOOOOOOOOO" degandim :)
Keyin juda tez tez ko'rishishni boshlagandik. Esimda o'sha paytlar uylariga borvolib ularnikida qolib ketardim. U paytlar faqatgina "kitayoza aka" edilar. Ilmlari meni hayron qoldirardi. Juda ko'p narsalarda bahslashib, odamni ishontira olardilar. Atroflaridagi do'stlari ham oltindek odamlar edi.
Keyinchalik mening katta opamga sovchi qo'ygandilar. Men boshqa "kuyov kandidat"lariga uncha hayrhoh emas edim hech qachon, lekin kitayoza sovchi qo'yganida uydagilarimni "ho'p" deyishiga majburlar edim. Mening pochcham o'zi u kishidan boshqasi ham bo'la olmas edi.
Opamning bahtliligini ko'rib yanada hursand bo'lardim. Doim yordam berib yurardilar.
O'zlari juda uddabron, ishbilarmon kishidirlar. Doim har hil biznes planlar qurib, uni amalga oshiradilar. Muvaffaqiyatlik bo'lish o;zi qonlarida bor shekil, har ko'rgan sog'uniylar o'zi doim muvaffaqiyatlik edi.
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz,
Albatta ko'rishganmiz. To'ylarida bosh-qosh bo'lib turganman :D
- uning yutuqlari nimadan iborat,
Yutuqlari ko'p ham moddiy ham ma'naviy tarafdan. Juda ko'p kitoblar nashr bo'lishida hissalari bor. Juda ko'p odanming hidoyat topishiga, namoz-niyozni boshlashiga hissalari ulkan va betakror.
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda),
Kamchiliklari, sal qiziqqonlar. Lekin juda mardlar. Yurakdagi narsa tillarida bo'ladi, bir odam haqida nima o'ylasalar, kim bo'lishidan qat'iy nazar aytvoraveradilar. Bu yaxhsi hislatu, lekin ba'zan zarar keltirishi mumkin. Ba'zan sal qattiqroq gapirvoradilar :)
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
Forumda eng ko'p warning olgan userlar saflariga qo'shilsalar kerak :) Offtopchilar rais o'rinbosarligiga chiqadilar yaqinda :D
Lekin aytganimdek, qisqa vaqt bu yerda bo'lishlariga qaramay ancha muncha e'tiborni o'zlariga qarata olganlar.
Oshhona sirlari bo'limidan tortib shirin va shakar bolalar bo'limida bolalari (jiyanlarim) rasmlari bilan poylashib ko'pchilikni hursand qilganlar. Ba'zi odamlar u kishining uslubidan hafa ham bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin aybga buyurmaysizlar. Harakterlari shunaqa :D
Hullas bir og'iz bilan, mening haqiqiy, suyuklik, e'zozlik va qadrdon POCHCHAM bo'ladilar :D
Nafees
09-21-2007, 05:49 PM
Webmonster
1) Kursdoshim, gruppadoshim
2) Juda tarbiyali, odobli, yahshi inson. hamma hurmat qilardi. ayniqsa qizla yahshi ko'rardi ;) bir safar bitta bola bilan urushganlarini ko'rganman, sizlab urushvottila :) juda yahshi do'st. boshida juda uyatchang edilar, turk liceyidan chiqqan ekan, keyin bilsak. bora-bora aslida odamlar bilan tez chiqishib keta oladigan, o'ziyam qiziqarli shaxs ekanliklarini namoyon qildi.
3) Bo'ylari juda balandligidan partaga sig'masdilamiyey, stol-stul taraqlab ketvurardi. keyin bosh va ko'rsatkich barmog'ini orasida ruchkani aylantira olardilar. shiq-shiq qilib asabga tegardiyu, lekin boshqa hich kim unaqa qilomasdi.
4) 4 yil, boshqa kursdoshla kabi, ko'rishurib, bezor ham bo'p ketganmiz.
5) student sifatidagi yutuqlari anchagina. aminmanki, hayotdayam, kasb sohasidayam yutuqlarga erishgandirlar, buyog'idan uncha habarim yo'q
6) yomon oqibatsiz ekan kursdoshlarimiz. Webmonster ham to'yiga etmadi, keyin manam uni etmadim!
eshitishimcha, semirib ketvotgan ekanlar, Nezabudka xonimga PM qisala, dietala o'rgatarmidila ;)
7) PRchiligiga borib, funny adverts degan mavzu ochgandila, kirib turardim. hozir manimcha vaqti yo'q. ko'rinmi ketti.
Asadbek
09-21-2007, 06:00 PM
R.Azimov - jaydarilar sardori ;)
"Dunyoda yaxshi odamlar yomon odamlardan ko'p bo'lmasa, odamzod bir-birini yeb qo'ygan bo'lar edi", deb yozgan edi O'tkir Hoshimov. Darhaqiqat, bu gap rost bo'lmasa, shu Forumimiz ham allaqachon tugab ketgan bo'lardi... Bizning oramizda esa, shukrki, yaxshi odamlarimiz behisob.
R.Azimov taxallusli Forumdoshimizni hech ikkilanmasdan mana shu davra to'riga mansub, deb hisoblayvering. Bu narsani u Forumdagi bahslarda, ayniqsa chuqurlashib borayotgan, janjalga aylanayotgan munozaralarda vaziyatni yumshata olishi bilan o'zi bilmagan holda takror-takror isbot etgan. Bejizga unga Moderatorlik mas'uliyati berilmadi. Bu vazifaga u nafaqat o'ziga biriktirilgan bo'limlarda, balki butun Forum jabhasida o'zining oqilligi va odilligi bilan yondoshib keladi.
O'zbekning asl farzandlaridan, o'zimizning jaydari yigitlarning munosib sardori, ziyoli, juda ilmli, odobli, namunali tarbiya ko'rgan, oqibatli, zukko yigit. Forumda ancha yillardan beri ishtirok etadi. O'zbek xalqining taqdiriga kuyunchakligi bilan e'tiborimni o'ziga tortgan. Aslida esa, boshida unga uncha e'tibor bermagan ekanman, u esa fikrlarimiz ko'pincha o'xshash chiqishidanmi, meni kuzatib kelar ekan. Keyinchalik yaxshilab tanishib, do'stlashib, aka-ukadek bo'lib ketdik. Bir-birimizga bemalol qattiq ohangda ham gapirib yuborsak-da, aslo ko'ngil ranjishi yo'q edi, sababi aka-ukaligimiz rostakamiga samimiy poydevorga ega. Ko'plab mavzularda suhbatlashib, tortishib, bahslashib kelamiz. Mabodo sabab bo'lib qolsa, bir-birimizni gapni ichga yutmasdan tanqid qila olamiz.
Aka-ukalik munosabatimiz boshlanganiga 3 yillardan oshgan bo'lsa-da, yuzma-yuz ko'rishmoqqa shu yilning yoz oylarida musharraf bo'ldik. Biz bu yil yozda bir-birimizning yurtga borish rejalarimiz haqida yaxshi bilardik. Bir-birimizni ziyorat qilishga kelishayotgan vaqtimizda, R.Azimov menga "Agar bu yozda to'y qilmasangiz, uyingizga bormayman" degan edi. :) Xizirni yo'qlagan ekan, aynan R.Azimov rafiqasi bilan Samarqandga yo'l olgan kuni kaminaning to'y kuni belgilangan edi :) Ular uylariga borgan kuni mening bir zarur ishim Qashqadaryo banklarida bitmay, Samarqandga borgandim. Samarqandda bitishida u yordamlashib yubordi. ishimni bitkazgach, to'g'ri uning uyiga yo'l oldim. Shunda ilk bor ko'rishdik - yuz yillik qadrdonlardek samimiy. Oilasi bilan ham tanishdik, hammalari ajoyib insonlar. Ota-onalari bilan ham samimiy munosabatdamiz, rafiqam bilan Samarqandda uylarida 4 kun mehmon ham bo'lganmiz. R.Azimov menga va'da qilganidek, butun oilasi bilan to'yim kuni ertalabdan borib, xizmatda bo'ldi. Faqat o'sha kuni to'y kechasiga qolmasdan, ketib qolishgani chatoq bo'ldi...
Ajoyib xislatlari shunaqa ko'pki, suhbatlashgan kishi zavqlanadi. Suhbat rostakam jaydaricha bo'lsa, undan ham a'lo bo'ladi. O'z oilasiga, rafiqasiga juda sadoqatli yigit. Agar Nafees kelinimiz epchilroq chiqib, R.Azimovning "boshini bog'lab" qo'ymaganida, uni o'zim Chiroqchiga kuyov qilib olgan bo'lardim. :P Mana shu Forumda topgan eng yaqinlarimdan bittasi mana shu yigit bo'ladi.
Ba'zida ozgina shoshibroq xulosa chiqarishi bor, qiziqqonligi ham o'ziga yarasha. Uylangunimcha, xotini pishirgan ovqatlarni rasmini menga ko'rsatishni yaxshi ko'rardi. Aytib qo'yay, bundan tomog'im hecham tushmagan :)
Uning o'tmishi kabi, kelajagi ham porloq. Xudo hohlasa, baland martabalarda el-yurt xizmatida bo'ladi!
Хочу пару слов сказать про Infolife. Она просто умница, человек, душа которой чистая, как вода...читая её посты у меня складывается впечатление , что она весёлый и жизни радостный человек...Одно из главных её достоинств-это её крепкий Иман и вера в Аллаха (СВТ). Недостатков этой сестры я не видела...К сожалению нам пока в жизни не удалось встретится, никак мы с мужем не можем поехать в те стороны Англии,но я с большим удовольствием хотела бы встретится с ней в реале.Мне кажется , что они s brother Gareeb такая весёлая семья и у них такая пампусёня девочка:)...Пусть Аллах всегда дарует Мир вашему дому Иншаллах и пусть Он укрепит вас на пути Своём...
Nevidimka
09-21-2007, 07:48 PM
Qani harakat qib ko'raichi o'hsharmikin....
Hozir tarif bermoqchi bo'lgan userimiz,shu forumimizga o'z qiziq ijod namunalari bilan kirib kelgan user akamiz Ismoilzodaka bo'ladilar......:D
- Userni qachondan beri bilasiz,---------->Adashmasam shu 4 oylarcha bo'ldi shekilik,yo shu forumga azo bo'lgandan keyin 1-2 oydan keyin gaplashish imkoniga ega bo'lganman.
- qanday xislatlari sizga yoqadi,---->Juda ham yahshi insonga o'hshataman,hayotda ko'rmagan bo'lsam ham,bu insoni,asarlari buycha,postlari buyicha qiziq threadlari buycha, bu kishimni o'zimcha tasvirlab kuyganman,Juda yahshi o'g'illar manimcha( mani ham o'g'lim shu insonday katta bo'lishlarini Allohdan so'rab qolaman)juda ham odoblik,rostguy,islom dinimizdan bilimlari kuchlik insonga o'hshaydilar.Yahshi qadrdonlari ko'p,bizday musofirchilikni ko'rib kuygan insonlardan,Qizchalariga zo'r dadajon...:uups::cool:
- unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan, Shu yangi kelgan paitlari,belle honim bilan bir vahtda azo bo'lib activ postlaridan ko'zimga tushgan adashmasam.....:)
- u bilan hayotda ko'rishganmisiz, Yo ko'rishmaganman.Lekin AQSH ga kelib qolishsa,buvijonimizni( man turgan honadoni) eshiglari u kishimga va u kishimni oilalari uchun doim ochiq.:)
- uning yutuqlari nimadan iborat,Bir so'z bilan aitsam Yahshi Insonliglilaridan,Iymonlik,O'qimishlik,O'zlarini bosib olishgan inson,Hayotda ko'p narsalardan yutuqlar bilan o'tgan inson:P ......
- uning kamchiliklari nimadan iborat (shaxsiyati kamsitilmagan holda),Kamchiliklarini bilmas ekanman....:uups:
- Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz,..
Shu forumimizda o'zlarini qiziq qiziq asarlarini muallimi( avtori),Azo bo'lishganlariga oz muddat bo'ldiku lekin juda ko'p forumimchilarimizni ko'ngillariga o'z qiziq,hayotiy asarlari bilan kira olgan userchi akalarimizdan ,:cool:
PS: shu negadur rosaa ichimdagi gaplarimini zo'r partret qilib yozaman deyabmanku shu negadur uncha o'hshata olmayabman,lekin bu forumchi user akamiz haqida juda zo'r partret chizsa bo'ladi, o'hshatolmadim,balkim kimdur qo'shimcha qiladi..:o Manimcha bu ishni johny_80 davomini etiradilar ,;)
Musofirbek
09-21-2007, 09:24 PM
Assalamu alaykum
"3 baqaloq " kino bolardi yoshlikda ushatta bitta epizot bor ... Yoshi kotta professorni hizmatkori (qari kampir) aytadi ;
Profesor Profesor kochda haamma bir biriga otyapty siz ham mana buni oling - dep qoligaa eeeski toppanchani berip qoyadii
agar eslasela
ushanga Haamma yozyapty man ham kopchilikni bilmasam ham bazi bir bilgan yaqin birodarlarimmi yozgim kelip qolldi
Yana usha Gareeb ..
birodarni rostakam portretini korish onson . anu bolalar rasiniga qizini rasimini qoygan , Gareeb bilan qzini yuz korinishda faqat katta kichikligi va uzuun soqoli :) bilan farq qiladi
atak ikki yanogi va ulani pamidor ga ushap qizarip turishi koz hammasii kopya
Man birodarni tahminan 1999 yillada uyimga mehmon bolip kelganlarida tanishgan man ,
lekin ushanda bir martta korishgan bolsak keeingi gal 5 yildan keein U.K da korishdim Subhanalloh man boshida tanimadim lekin ula eslap qolgan ekanlar
keein esladim.
Abu Hanifa aytgan hamma sifatlaryga qoshilaman va tasdiqlayman Inshalloh
yana bitta qoshimcha bir yaqin dostimz etgan di Gareeb uz chegarasini biladi yani qolidan kelgan ishgagina qol uradi (gareeb buyogiga uzi quvvat bersin)
forumda man yangiman u qanchalik bu forumga hissa qoshganini bilmayman
lekin forumga kasal bolip qolishimga manashu Gareeb sababchi :D
Alloh taalo Gareeb ni haqiyqiy islomdagi Gareeblardan qilishlikni tilap qolaman
Damsel
09-21-2007, 09:35 PM
Voy tovba, ishonish qiyin. Haligacha Prince haqida hech kim yozmaganiga ishonish qiyin. Har teshikka burnini tiqib yuradiyu?? lol. Man boshlab beraqolay. Lekin yozishga no'noqroqman shunga ustimdan kulmiysila =)
Userni qachondan beri bilasiz?
O'zi etganidek 2004 yildan beri. Aniq qaerda tanishganimni bilmayman. To'g'rirog'i eslolmayman. Mirc dagi #Tashkent kanalidamikin? Ancha bo'p ketdi, u yerga ham kirmiydigan bo'p ketdim lekin yahoo messengerda gaplashib turamiz.
Qanday xislatlari sizga yoqadi?
Samimiyligi, kerak vaqtda hech kimdan yordamini ayamasligi. Bir voqea esimga tushib ketdi. Mani keyin o'ldirsa keregu lekin babir etaman xixi =):
Prince online podarka jo'natish biznesini ishga tushirmoqchiydi. O'zbekistondagi qarindosh, o'rtoqlarizga sovg'a yubormoqchi bo'sez shu websitega kirib order qilasiz. Hali bu idea hom, website ham to'liq bitmagan edi. Lekin ko'p Toshkentdagi bir yaqin dugonamni to'yi bo'ladigan bo'p qoldi. Borolmasligim alam qilib o'tirganimda Prince ni shu biznesi esimga tushib iltimos qigandim. Hali biznesi ishga tushmagan emasmi, bir tanish do'stidan iltimos qilib bitta kotta chiroyli buket bilan shokolad oborib beradigan bo'ldi. Haligi o'rtog'im yunusobod tarafda hali ko'chalari asfalt bo'magan yengi mahallada turardi. U jonvor bir tupkani tegida ekan. Usha kuni yomg'ir yoqqan, ko'chalar loy! Zoooo'rg'a topib borib keyin nima bo'lgan deng! To'yi bo'votgan qizga o'g'il bola gul ko'tarib borsa nima deb o'ylashi kerak uyidagilar? lol Haydab solishgan, bechora bola zo'rg'a tushuntirgan. Keyin kelib Prince ni rosa qarg'agan =))) Mana shunday odam u.
Unga qachon yoki qay holatda e'tiboringiz tushgan?
Birinchi marta qatta ko'rganimmi eslamiymanu, qay holatdaligini qattan esliyman :mrgreen:
U bilan hayotda ko'rishganmisiz?
Ha ko'rishganman. Prince gapirib o'tgan gaplarga sal tushuncha berib o'tsam...Manga $200ni so'mga o'girish kerak bo'lganini sababi ozginadan keyin o'rtog'imni to'yi bo'ladigan edi. Shunga ko'ylak olaman deb yurgandim :) Haligi "dollarla bor rossiyski"ladan almashtirishga qo'rqib nima qilishimmi bilmiy turganimda paq etib Prince esimga kep qogan :)
Uning yutuqlari nimadan iborat?
Yosh bo'lishiga qaramiy nechtalab biznes ochvorgan lol. Bu yutuq bo'miy nima? Ishqib ozmi ko'pmi har qayoqqa qo'lini cho'zsa yetadiganladan ;). Agarda bizga o'hshagan oddiy bir student bo'ganda nech pul ishlashini manga qizig'i bo'larmidi :D
Uning kamchiliklari nimadan iborat?
Kamchiligi shuki, man o'zbekman disam hech ishonmiydi. Siz amerikankasiz diydi. Mana shunaqa o'zbekcha yozvotganlarimmi u bu kim yozib beradi deb o'ylaganmi hayotdayam o'zbekcha gapirishimmi eshitib hayron qogan :lool:
Yana bir narsa...online gaplashvotganda, onda sonda orada nafas olib olib gapiring deb eslatib turish kerak. O'zim kamgapro bo'ganim uchunmi nafas omiy gaplashvotganga o'hshiydi =)))
Forumda qo'shgan hissasini qanday baholaysiz?
Postla jonivorri sonini qaren. 3000dan oshu. Bu digani forumda yashiydi digani u lol =)). Forum uni uyi. Tag'in ketaman deb nozlanishiga o'liymi :lool:
P.S. Endi erkak#1 haqida ijod olib borvomman =))