View Full Version : O'zbekistonda savodsizlik
nhoyer
09-22-2007, 04:49 PM
Salom vatandoshlar,
iltimos, menga yordam berib yuboringlar.
Men yaqinda "O'zbekistondagi savodsizlik" t'o'g'risida diplom ishi yozishim kerak. Anchadan buyon ushbu mavzuga oid adabiyot qidirib yuribman. Hech ham omad chobmadi. Nima qilishimni bilmay turibman. Iltimos, menga yorgamlaring kerak. Agar o'zim O'zbekistonda bo'lganimda edim, ahvol engillashgan bo'lardi.
MUHLIS
09-22-2007, 05:00 PM
O'zbekistonda savodsizlik muammo ekaniga ishonmayman. Yaxshisi mavzuni O'zbekistonda savodsizlikning tugatilishi tarihi deb o'zgartiring.
kitayoza
09-22-2007, 05:08 PM
Salom vatandoshlar,
iltimos, menga yordam berib yuboringlar.
Men yaqinda "O'zbekistondagi savodsizlik" t'o'g'risida diplom ishi yozishim kerak. Anchadan buyon ushbu mavzuga oid adabiyot qidirib yuribman. Hech ham omad chobmadi. Nima qilishimni bilmay turibman. Iltimos, menga yorgamlaring kerak. Agar o'zim O'zbekistonda bo'lganimda edim, ahvol engillashgan bo'lardi.
Shu yam mavzumi?
Qaysi Universitetda shunaqa mavzu bo'yicha diplom yozilar ekan.
Foros jamg'arma qoshidagi institutdami?
E bunaqa diplom ishini bergan domlaengni ham.... Allah hidoyatga boshalasiz.:D
dauphin
09-22-2007, 06:23 PM
Salom vatandoshlar,
iltimos, menga yordam berib yuboringlar.
Men yaqinda "O'zbekistondagi savodsizlik" t'o'g'risida diplom ishi yozishim kerak. Anchadan buyon ushbu mavzuga oid adabiyot qidirib yuribman. Hech ham omad chobmadi. Nima qilishimni bilmay turibman. Iltimos, menga yorgamlaring kerak. Agar o'zim O'zbekistonda bo'lganimda edim, ahvol engillashgan bo'lardi.
Ajoyib mavzu topibsiz lekin, "erdagi odam" degan mavzuga o'xshab ketarkan. Agar, Uzbda bo'lsez va shu yili univerizi bitirish qisqa muddatlik planlarizi ichida bo'lsa, mavzuni o'zgartiring. Agar Uzbda bo'masez, unda savodsizlik degan tushunchani qisqartiring. Ya'ni qanaqa savodsizlik? Siyosiymi, iqtisodiymi, ijtimoiymi, diniymi vahokazo. Agar savodsizlik deb anavi maktabda o'qish saviyasini aytayotgan bo'lsez,bu sporniy masala.
PainKiller
09-22-2007, 06:32 PM
Zur diplom ishi ekan. Uzbekistonda savodsizlik. Lekin ehtiyot buling. Juda ham provokativ mavzu. Agar chin dildan, ochikchasiga yozaman desangiz, halkning savodsizligini iktisodga, siyosatga boglashingizga tugri keladi. Bu aspektlarni yodga olmagan holda uzbekisotondagi savodsizlikni ochik ifodalab bulmasa kerak.
Ikkinchisi, savolingizni tushunmadim. Forumchilardan nimani hohlayapsiz? Diplom ishi yozaman, yordam kerak, iltimos debsiz holos. Savollaringiz bulsa, kiynalayotgan joylaringiz bulsa yozing, biz muhokama kilamiz.
Royal
09-22-2007, 06:47 PM
bor bor dollar bilan euro dan boshqasini tanimiydigan odamla kop lekin
Asadbek
09-23-2007, 06:02 AM
Men yaqinda "O'zbekistondagi savodsizlik" t'o'g'risida diplom ishi yozishim kerak.
Agar davlat Statistika qo'mitasidan sizga Internet orqali ma'lumot bera oladigan tanishingiz bo'lmasa, O'zbekistonda bo'lmasdan, bu mavzuda yoza olmaysiz...
Chunki, Statistika bo'yicha, Savodlilik O'zbekistonda taxminan 98 % ni tashkil qiladi. Haqiqatdan ham shunaqami yoki haqiqatda boshqa ko'rsatkichlar bormi, bu haqda mustaqil expertlar ma'lumotlari menimcha yo'q... O'rta Maktab ta'limini olganlar dunyoning hamma joyida ham savodlilar qatoriga kiritiladi.
Shuning uchun siz Statistika qo'mitasining "O'zbekiston aholisining 98%ining savodi bor, degan gapiga yo ishonishingiz kerak, yoki siz o'zingiz mustaqil ravishda tekshirib chiqishingiz kerak bo'ladi... :)
Ma'lumotlarga ko'ra (http://www.uni-leipzig.de/~media/laender/Region/Osteuropa/Usbekistan.html), O'zbekistonda erkak jinsli savodsizlar umumiy aholining 0,4 %ini, ayol jinsli savodsizlar esa 1,5 %ini tashkil qiladi.
Taqqoslash uchun:
Rivojlangan davlat hisoblanmish Germaniyaga nazar solsangiz, 2004 yilda nemis aholisining 15 yoshdan katta yoshdagilarining 6 %i butunlay va 10 % atrofidagisi qisman savodsiz, deb hisobga kiritilgan... (http://de.wikipedia.org/wiki/Analphabetismus) Ya'ni, har bir 17-nemis na yozishni, na o'qishni biladi...
Maktabni bitirolmaslik Germaniyada ham uchrab turadigan narsa... Har yili Germaniyada taxminan 80.000 o'quvchi (http://www.stern.de/politik/panorama/:Weltbildungstag-Vier-Millionen-Analphabeten-Deutschland/597189.html) maktabni bitirmasdan tashlab ketadi...
ferghaner
09-25-2007, 07:39 AM
asadbek aka tugri aytyilar. lekin mundoq olib qarasez, bu fakt tugri bulishi mumkin, chunki uzbekistonda savodsizlik uncha problema emas va hozirgi bor savodsiz halq ham asosan ancha yoshlanib qolgan aholi hisoblanadi. oddiy misol, mani ayam 57 yoshdalar va maktabda yomon uqiganlar. bitirmaganlar ham shekilli, fabrikada ishlab kotta buganlar, lekin yozish va uqishni biladilar. manimcha ancha yillardan beri hech bumasa ELEMENTARY SCHOOL majbur bugan va insonlar hat savodlari chiqqandan keyingina maktabni tashlab ketgan. bu borada juda kup davlatdan bizda kursatgich yaxshiligini man 1999 yilda birinchi marta uqigandim.
UzLand
09-25-2007, 07:55 AM
Яхши мавзу, бирок уни кенг еритиш учун Узбекистонга бориб материал туплаш керак. Куни кеча кайтдим Тошкентдан ва саводсизлик авжига чикаетганига амин булдим. Уни пайкаш учун ен-атрофдаги реклама ва шиорларга, дуконлардаги моллар этикеткаларига, Dvd, Cd ларга эътибор каратиш керак. Кулимга бир Dvd тушди. Олди ва оркасидаги езувларни куриб йикилиб тушай дедим - нодонлик хам эви билан-да. Рус тилида деярли 20-30 та хато топдим. КВН учун зур материал:)
Бу мавзуни еритиш учун иккита авлод вакиллари билан сухбат куриш керак - лотинча ва кириллчада ургаган авлод вакиллари билан. Иккаласи хам давлатни бир-бирини саводсиз килганликда айблайди - кириллда урганганлар лотинчани укий олмайди, лотинчада укиганлар кириллчани эплай олмайди ва натижада рус тилини ургана олмайди. Лотинчани билганлар хам куп имло хатоларга йул куяди. Мен таниган купчилик болаларини рус мактабларга беришмокда - шунда улар хам рус тилини, хам кириллчани урганишмокда. Кишлокдан чиккан бир кариндошимиз, узи рус тилини яхши билмаса хам углини уйда кун орада узи билан русча сухбатлашишга ургатмокда. Катта кизи узбек мактабида укигани учун рус тилини яхши билмас экан, кичик угли опасини устидан кулиб юрибди.
Хуллас, бу ажойиб мавзу ва муаммонинг илдизлари жуда хам чукур.
Asadbek
09-25-2007, 08:21 AM
... Кулимга бир Dvd тушди. Олди ва оркасидаги езувларни куриб йикилиб тушай дедим - нодонлик хам эви билан-да. Рус тилида деярли 20-30 та хато топдим. КВН учун зур материал:)
...
Bu narsa o'sha nodon ruslarning o'zidan yuqqan O'zbeklarga :D
Axir, ruslar ham O'zbekcha so'zlarni qanday talaffuz qilsa, shundayligicha yozadi. Bunga O'zbeklar ham mustaqillik sharofati tufayli o'rganib olishdi. ;)
Shaxsan men, agar O'zbeklar biror ruscha so'zni xato yozishsa, aslo xafa bo'lmayman, ammo o'z ona tilidagi so'zni xato yozishsa, unda juda o'ksinaman...
PS: Lekin, ba'zi bozorlarda Rus tilidagi filmlar jildlarini o'qib, rosa kulgan joylarim ham bo'lgan :)
- Kankretna bayevik kino! :D
Asadbek
09-25-2007, 09:17 AM
Im sorry, but you are very wrong. Qayerda noto'g'ri narsa aytibman? :)
Men faqat Davlat Statistika Qo'mitasi raqamlaridan iqtibos keltirdim xolos... Unga ishonmagan taqdirda, haqiqiy ko'rsatkichni aniqlash uchun O'zbekistonga borib izlanish kerak, dedim.
Who believes in that $hit when according to the same report only 5 person out of 1000 knows what the Internet is. Kim aytdi, aholining savodlilik darajasi Internet nimaligini bilish bilan belgilanadi, deb?
UzLand
09-25-2007, 09:32 AM
Shaxsan men, agar O'zbeklar biror ruscha so'zni xato yozishsa, aslo xafa bo'lmayman, ammo o'z ona tilidagi so'zni xato yozishsa, unda juda o'ksinaman...
фикрингизга кушилмайман...расмий махсулот, кайси тилда езилмасин, тугри езилиши керак...мен инглиз тилида хам куплаб кулгили езувлар ва хатолар борлигини айтиш эсимдан чикибди...махсулотни чикаришга пули етганни яхши таржимон еллашга пули камлик килибдими?
профессионализм хар нарсада акс этиши керак...
Kamina
09-25-2007, 09:55 AM
bunaqa mavzu bulmaydi, bu prosta provakation mavzu, xuddi shunaqa provakation mavzuni uqigandim, qaysidir bulim,da Uzbekistonda nurcgilar xarakati degan, unaqa diplom ishlari bulmaydi
Пушкарева
09-25-2007, 10:02 AM
"savodsizlik" nima u?
Asadbek
09-25-2007, 10:06 AM
"savodsizlik" nima u?Ta'rif (defination) bo'yicha, na o'qishni, na yozishni biladigan odam savodsiz (neobrazovanniy) hisoblanadi...
=> Savodsizlik - необразованность
MUHLIS
09-30-2007, 02:33 AM
Яхши мавзу, бирок уни кенг еритиш учун Узбекистонга бориб материал туплаш керак. Куни кеча кайтдим Тошкентдан ва саводсизлик авжига чикаетганига амин булдим. Уни пайкаш учун ен-атрофдаги реклама ва шиорларга, дуконлардаги моллар этикеткаларига, Dvd, Cd ларга эътибор каратиш керак. Кулимга бир Dvd тушди. Олди ва оркасидаги езувларни куриб йикилиб тушай дедим - нодонлик хам эви билан-да. Рус тилида деярли 20-30 та хато топдим. КВН учун зур материал:)
Бу мавзуни еритиш учун иккита авлод вакиллари билан сухбат куриш керак - лотинча ва кириллчада ургаган авлод вакиллари билан. Иккаласи хам давлатни бир-бирини саводсиз килганликда айблайди - кириллда урганганлар лотинчани укий олмайди, лотинчада укиганлар кириллчани эплай олмайди ва натижада рус тилини ургана олмайди. Лотинчани билганлар хам куп имло хатоларга йул куяди. Мен таниган купчилик болаларини рус мактабларга беришмокда - шунда улар хам рус тилини, хам кириллчани урганишмокда. Кишлокдан чиккан бир кариндошимиз, узи рус тилини яхши билмаса хам углини уйда кун орада узи билан русча сухбатлашишга ургатмокда. Катта кизи узбек мактабида укигани учун рус тилини яхши билмас экан, кичик угли опасини устидан кулиб юрибди.
Хуллас, бу ажойиб мавзу ва муаммонинг илдизлари жуда хам чукур.
Mavzu judayam ajoyib, men unga nom ham topib qo'ydim: Posledniy zashitnik ushemlennogo russkogo yazika v churkestane.
Bitta o'q bilan kamida 10ta quyonni ursa bo'ladi (tahminan 5ta toshkentda va 5ta moskvada).
UzLand
09-30-2007, 08:53 AM
Mavzu judayam ajoyib, men unga nom ham topib qo'ydim: Posledniy zashitnik ushemlennogo russkogo yazika v churkestane.
Bitta o'q bilan kamida 10ta quyonni ursa bo'ladi (tahminan 5ta toshkentda va 5ta moskvada).
кенгрок фикрланг...тил урганиш билан уша давлатни севиш еки унинг сиесатига карам булиш хар хил нарса...Хиндистонда инглиз тили она тилидек, лекин хеч ким Англиянинг оркасини упаетгани йук...тор фикрлашдан йироклашинг...саводсизлик билан тилнинг тахкирланиши хар хил нарса...
MUHLIS
09-30-2007, 12:18 PM

Men til o'rganish haqida biron narsa dedimmi? :shock:
P.S. Hamma keng fikrlayversa ham bo'lmas ekan, keng fikrlashni sizlarga qoldirdik, chunki men tor fikrlashga zarurat ko'ryapman. :)
bello
09-30-2007, 12:23 PM
Ta'rif (defination) bo'yicha, na o'qishni, na yozishni biladigan odam savodsiz (neobrazovanniy) hisoblanadi...
=> Savodsizlik - необразованность
[/indent]
ha unda " negramotnost: nima boladi okasi?
MUHLIS
09-30-2007, 12:24 PM
ha unda " negramotnost: nima boladi okasi?
besavodlik bo'ladi.... :lool:
bello
09-30-2007, 12:29 PM
besavodlik bo'ladi.... :lool:
ali wali =wali ali deng :D ozbekchasiga shanbani " shestnitsiya " degandey:D
Odildustov
10-05-2007, 10:06 AM
ruslar kirib kelganda statistik malumotlarda uzbekistonda savodlilik 1% degandek :) agar siz ham lotin alifbosini yoki kiril alifbosini ajratib kursatsez kuzga kurinadigan summa chiqadi. yahshisi lotin yozuvini bilmaydiganla 40% kiril yozuvini bilmaydiganla 30% hammasi bulib 70% savodsiz chiqadi :) LOL mana sizga statistika
vBulletin® v3.7.3, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.