PDA

View Full Version : Men kashf qilgan O'zbekiston


Masanori
09-25-2007, 06:31 AM
Taqdir taqozosi bilan O'zbekistondan uzoqda, olis bir yurtda tahsil olib yuribman. Qiziq bo'lar ekan, ilgari O'zbekistonda odatiy bo'lib tuyulgan narsalar o'zgacha bir qiyofa olar ekan. Ko'pchilik o'zga millat vakillarining O'zbekiston haqida hech qanday tasavvurga ega emasligi,o'z yurtim haqida ko'proq ma'lumot to'plashga, o'ylab ko'rmagan narsalarim haqida fikr yuritishga turtki bo'ldi, gohida. O'zbekistondan olisda o'zim uchun yangi, ajabtovur bir diyorni "Yangi O'zbekistonni" kashf qildim.

Birinchi kashfiyot. O'zbekiston qayerda joylashgan? Evropami yoki Osiyo degan savol eng ko'p uchraydigan savollardan biri. Javob berganda, hech ikkilanmay: "O'zbekiston - Evropa ham emas, Osiyo ham emas, balki ikki mintaqa tutashgan diyor" deyman. Agar dunyo haritsaiga qunt bilan nazar solsangiz bunga amin bo'lasiz. Ayniqsa, Buyuk Ipak Yo'li aks etgan haritani ko'zdan kechirsangiz, O'zbekiston dunyoning to'rt qutbi uchun o'ziga hos chorraha vazifasini o'taganiga guvihi bo'lasiz. Aytaylik, qadimgi rus savdogarlari Hindistonga yo'l olsa, va yoki Evropalaiklar Hitoyga intilsa, albatta O'zbekiston hududidan o'tib borishgan. Hullas, bizning yurt Evropa va Osiyoni tutashtirgan Markaziy Evro-Osiyo!

Ikkinchi kashfiyot. Bir necha o'zbek bir joyda yig'gilib qolib o'zbekcha gapirishni boshlasa, chet ellik do'stlarimiz hayron bo'lishadi. "Nahotki sizlar bir millat, bir til vakillarisiz. Ahir ko'rinishingiz bir biringizdan juda farq qiladi-ku" deb sizni savolga tutishlari aniq. Qiziq, ahir bu savolda ham jon bor-da. Darhaqiqat o'zbeklarning yuz tuzulishi turlicha. Qiziq tomoni shundaki, barchasi bir tilda gapirib, o'zini o'zbek deb ataydi. Biriga qarasangiz, Mog'ul va yoki hitoylikdan farqi yo'q. Boshqa birini Arab davlatlarining birida uchratib qolsangiz, shu yurt vakili deb, hech ikkilanmay arabcha so'zlashishga harakat qilishingiz aniq. Yana boshqasi, Hindistonning uzoq chakalakzorlaridan kelgan hindmi yoki shu mintaqa vakilimi deb ikkilanib qolasiz. Hech bo'lmasa ana u tilla soch, tilla qosh biror bir evropalik bo'lsa kerak deb, o'ylab turganingizda, yoningizga kelib, sof o'zbekona mulozamat ko'rsatsa, yana ajablanasiz. Fors, afg'on chehralar haqida gapirib o'tirish esa hattoki ortiqcha nazarimda. Ho'sh, O'zbeklar kim?
Bu o'ta ajabtovur millat. O'zbek millatining shakllanishida mintaqaning strategik harakteri o'ta muhim rol o'ynagan. Yuqorida ta'kidlanganidek, O'zbekiston hududi Osiyo va Evropani tutashtiruvchi hudud bo'lgan. Bu holat esa, O'zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, harbiy ahamiyatini oshirgan. Ko'plab millatlar O'zbekiston hududini o'z nazoratlari ostiga olishga intilganlar. Tarihdan ma'lumki, forslar, ossuriyaliklar, greklar, hitoy va mo'g'ullar, Sibir turklari, ruslar, arablar, hunlar, Ashtarhon va mang'it turklari, Dashti qipchoq o'zbeklari O'zbekiston hududini o'z tasarruflarida tutib turganlar. Ana shu harbiy yurushlar tufayli, mahalliy halq uzoq yillar davomida etnik assimilyatsiya jarayonini boshida kechirib, hozirgi ko'rinishga kelgan. Fikrimcha dunyoda bu qadar rang-barang etnik ildizlarga ega bo'lgan - faqat O'zbek millatidir.

Uchinchi kashfiyot. Men tahsil oladigan yurtda odamlar mazali taomlarni tanovvul qilishni juda hush ko'rishadi. Shu sababli, o'zbeklarning yeydigan taomlari haqida juda ko'p savol berishadi. "Sizlar nima tanovul qilasizlar?" degan savol yaqin kunlargacha men uchun javob berilishi juda murakkab bo'lgan savol edi. O'zbek oshhonasi juda boy, uni bir so'z bilan ifoda qilib, biz mana shu narsalarni tanovvul qilamiz deb javob berish o'ta mushkul. Bizlar nima tanovvul qilamiz? Bu savolga javob quyidagicha: O'zbeklarning o'ta muhim taomi - "Palov" va yoki boshqa yurtlarda "Pilaf" nomi bilan mushhur bo'lgan taomdir. Uning deyarli 60 hil turi mavjud bo'lib, pishirilish uslubi, mazasi, va yeyiladigan vaqtiga qarab bir biridan farq qiladi. Hind zaminida "Nan" nomi ostida mashhur bo'lgan taomning asli nomi "Non" bo'lib, Hind va Janubiy Osiyo mamlakatlariga aynan O'zbekistondan borib qolgan (Hindiston va Janubiy Osiyoda azaldan non emas, balki guruch yeyilishini hisobga olsak, bu yurtllarga bizning non qadimgi savdogarlar yoki harbiylar tomonidan kiritilgan degan hulosaga kelish mumiin).
O'zbek ovqat pishirsa, Hindiston, Eron va Arab davlatlarida mashhur bo'lgan barcha ziravorlarni ishlatadi. Bu esa qadim O'zbek ovqatlariga dunyoga mashhur Sharqona lazzat va uffor bag'sh etadi. Za'faron, zira, kashnich va boshqa hil ziravorlar ishlatib tayyorlangan noz-ne'matlarning barchasi O'zbekistonda!
Lag'mon tanovvul qilmoqchi bo'lganlar, Hitoyga yo'l olsa, juda katta hato qilgan bo'ladi. Sababi, Hitoy, Koreya va Uyg'ur millatlarining eng mazali va noyob taomlari O'zbeklarda kundalik hayotda tanovvul qilinadi. Farqli tomoni shundaki, uzoq sharq taomlarining mazasi mahalliy ziravorlar uyg'unligida yana ham shirinroq bo'ladi. Manti, honim, lag'mon va boshqa hil hamir ovqatlarni yemoq istagida bo'lganlar O'zbekistonga marhamat.
Kavkaz, arab, fors va turk kaboblarini yeb ko'rish istagida bo'lganlar, O'zbekistonning oddiy mahalliy choyhonasiga kirsalar kifoya. Kabobning barcha turlari muhayyo.
Bunisi ham kifoya qilmasa, O'zbekistonda sizga Rus milliy taomlarini, Koreyaning achchiq-chuchuklarini, tatar shirinliklarini, qozoq beshmarmog'ini va o'ta mahalliy hususiyatga ega bo'lgan - sho'rva, mastava, somsa, dimlama kabi taomlarni taklif qilishadi. Hullas, dunyo taomlaridan bahramand bo'lmoq istasangiz, dunyo kezish shart emas! O'zbekistonga safarning o'zi kifoya.


To'g'risini aytsam kashf qilganlarim hali ko'p, hozircha shulari bilan o'rtoqlashgim keldi.

O'ylab qarasam, O'zbekiston haqiqatdan ham ajabtovur diyor. Davlatlar, madaniyatlar, millatlar markazi!

Siz ham O'zbekistoningizni kashf qilib ko'ring.

B.TURKISTANI
09-25-2007, 09:39 AM
Men ishga kirganimda qayerdansan deganda, ウズベキスタン desam nima ウズううう deb duqolanib ketdi qarasam, aka nega qiynalasiz Silk Road desam, Hitoydami deydi. Jonim chiqib ketdi. Turkistan deb qo'ya qoldim. Turkmisan degan edi Ha dedim. Biz turkiy millatmiz dedim. Hech qanaqa uzbek emasmiz dedm. Qarasam qiynalib ketayotgan edi uzbekistanni aytishga. Majbur bo'ldim Turkistani deyishga :)

corsair
09-25-2007, 02:37 PM
...ウズベキスタン desam nima ウズううう...
:-D
bu qaysi tilda, nima degani? korean or chinese?

ssanjarr
09-25-2007, 10:24 PM
Masanori qoyil! Zor chiqibdi kashfiyotiz, mazza qilib oqidim.