View Full Version : Cheksizlikning chetida.
MUHLIS
09-30-2007, 05:07 PM
Bu yer mening burchagim bo'la qolsin.
Men cheksizlik tushunchasi haqida ko'p o'ylayman. Cheksizlik shunday tushunchaki uning cheki yo'q, xech qaysi fan, xech qaysi falsafa uni tushuntirib bera olmaydi.
Koinot, vaqt, makon, va cheksizlik......shu uchchalasi o'rtasida biz turibmiz so'ppayib....Ammo shuni ham ba'zan unutib qo'yamiz.
MUHLIS
10-01-2007, 10:10 AM
Bir ishni boshlashdan avval juda ko'p o'ylanadigan fe'lim bor......o'ylanaveraman, o'ylanaveraman da keyin birdan hursand bo'lib ketaman, chunki miyamga "Dadamdan so'rash kerak!" degan fikr kelgan bo'ladi.......
Deyarli har safar shunday, negadur yaqin insonlarimdan maslahat so'rash doim tasodifan esimga tushadi, ammo ko'pincha esimga tushadi. :)
Dadamdan olgan maslaxatlarni oltinga ham almashmayman.
Amiri Turkiston
10-02-2007, 10:10 AM
daptarchezdagilarni o'qib bir narsa esga tushdi:
Man ish bilan uyni bir hillari farqiga bormay qolaman.
Qatta iltimosu qatta talab qilishni bilmay qolaman
bir hillari adamlaga ham ada siz manabuni qiling...okam esa buni qilsinla...a man sizlarga qarab turaman deb ham qo'yaman. Bir ikki ho'mrayishdan keyin...eee bu adamlarku ... deb uyalib qolaman.
lekin ohirgi payt uyda juda qisqa vaqt bulvotkanligim uchun...unchalik bunaqa qilig'larimga ahamiyat ham berishmaydigan bulib qolishdi ... shunisiga ham shukur :-)
MUHLIS
10-02-2007, 08:54 PM
O'g'limning kulib turgan yuziga qaraymanu o'zimning bolaligim esimga tushadi, yana bir qarasam huddi bobomni ko'rgandek bo'laman va uni "bobom" deya erkalayman...ko'zlari porlab ketadi va endi uning mutli nigohi ortidan Dadamning ma'yus kulib turgan chehrasini ko'rgandek bo'laman....
Dadamning aytib berishlaricha otam (ya'ni bobom) menining qulog'imga azon aytgan, ismimni qo'ygan va 6lik bo'lganimda vafot etishgan ekan.
Dadam esa o'g'limning qulog'iga azon aytdilar va ism qo'ydilar. Taqdir taqozosi bilan Abdulla 6lik bo'lganda biz horijga ketadigan bo'ldik.....
Nevarangizni sog'ingandirsiz....ammo men qismatimdan roziman, umringiz uzoq bo'lsin Dada! Boshing toshdan bo'lsin O'g'lim! Ikkalangizning o'rtangizda turganimdan fahrlanaman!
MUHLIS
11-25-2007, 11:13 PM
Har kun bir tashvish bilan ovorasan kishi. Har kun nilar uchundir, kimlar uchundir qayg'urasan.....shu asnoda bu dunyo o'tkinchi ekanligini unutasan.
Umr aslida cheksiz va abadiyat ichiga botib borayotgan bir kemacha ekanini unutasan, huddi kemang seni biron qirg'oqqa eltadigandek. Ammo qirg'oqning o'zi bo'lmasa bu mitti kema qayerga elta olardiki?
O'z o'qi va Quyosh atrofida aylanayotgan Yer, galaktika margazidagi tumanli yultizlar atrofida aylanayotgan Quyosh, birbiridan uzoqlashib borayotgan galaktikalar....Porlab turgan yultuzlarga qarab ularni bor deb o'ylaymiz...lekin ulardan chiqqan yorug'lik Yerga yetib kelgunicha milliardlab yillar o'tishini va sayyoraning o'zi allaqachonlar yo'q bo'lib ketgan bo'lishi mumkinligini hayolga ham keltirmaymiz....Koinotda milliardlab yulduzlar bor, ammo yulduzlar orasida suzib yuradigan qora unsur yulduzlardan ham ko'p...bu qora unsur o'zi nima? Vaqtmikan? Abdiyatda, Cheksizlikda Vaqt nimani o'lchaydi?.....Shuni o'ylaganda botishdan qo'rqqanimiz, aslida yo'q deb o'ylaganimiz manzil ekanini anglab yetamiz. Aslida hammamiz cheksizlik va abadiyat qa'riga qaytishimiz eng oliy adolat ekanini anglaymiz.... Lekin u kim uchundur abadiy farog'at, kim uchundir esa abadiy azob bo'lishi mumkin.
VatanparvaR
11-25-2007, 11:15 PM
Cheksizlikning xam cheti bo'lar ekanmi ?? :lol:
MUHLIS
11-25-2007, 11:18 PM
Cheksizlikning xam cheti bo'lar ekanmi ?? :lol:
Men o'zimcha Umrni "cheksizlikning cheti" deb atadim....o'lasizu.......cheksizlikka yiqilasiz.....
MUHLIS
11-25-2007, 11:25 PM
To'xtang, agar cheksizlik va abadiyatga ketishimiz Adolat bo'lsa, bu yerda bo'lishimiz Adolatsizlikmi? Oila, sevgi, taom, hid, va boshqa lazzatlar....Adolatsizlik desak xato bo'lsa kerak. Unda nima bu?
Asadbek
11-26-2007, 01:33 AM
Men o'zimcha Umrni "cheksizlikning cheti" deb atadim....o'lasizu.......cheksizlikka yiqilasiz.....
O'lasiz-u, cheksizlikka qaytasiz, deyish kerakmidi?... :)
Shokirbek
11-26-2007, 02:00 AM
To'xtang, agar cheksizlik va abadiyatga ketishimiz Adolat bo'lsa, bu yerda bo'lishimiz Adolatsizlikmi? Oila, sevgi, taom, hid, va boshqa lazzatlar....Adolatsizlik desak xato bo'lsa kerak. Unda nima bu?
Menimcha, bir-biriga teskari qo'yilishi noto'g'ri.. Ikkisi ham ayni adolat.. Bu dunyoda turli hollarda inson sinaladi.. Lazzat, azob, adolat, nohaqlik, ushbu dunyo chig'irig'idan o'ta olgan kishi haqiqiy zafarni quchgan bo'ladi.. Buning uchun esa dunyodagi o'sha to'siqlarda qoqilib ketmasligi uchun xuddi yo'l chetiga qo'yilgan yo'l belgilari singari, ma'anaviy, oxirat sari bo'lgan yo'l qoidalarini - ilohiy nizomni yaxshilab, obdon o'rganib, onglilarcha amal qilmoq lozim.. Ko'r-ko'rona amal qilish ko'pincha teskari natija beradi..
Uyyonli
11-26-2007, 03:20 AM
Ayrimlari o'ylanib qolaman, yerga o'xshagan boshqa planetalar bormikan? usha planetalarda odamlar yashayotganmikin?
U yerdayam O'zbeklar bormikin? :lol: :lool:
Elegance
11-26-2007, 06:44 AM
Bu yer mening burchagim bo'la qolsin.
Men cheksizlik tushunchasi haqida ko'p o'ylayman. Cheksizlik shunday tushunchaki uning cheki yo'q, xech qaysi fan, xech qaysi falsafa uni tushuntirib bera olmaydi.
Koinot, vaqt, makon, va cheksizlik......shu uchchalasi o'rtasida biz turibmiz so'ppayib....Ammo shuni ham ba'zan unutib qo'yamiz.
Odam cheksizlikning qanchalar cheki yoqligini o'ylagan sari shunchalik o'zini omonatdek, koinotning bir zarrasidek his qila boshlaydi...
Koinot, vaqt, makon va cheksizlik orasida o'zimizning cheksiz tashvishlarimiz bilan hayot kechirayotganimizning o'zi mo'jiza... Shunda ham nimadir yetishmaydi, nimadandir azob chekamiz...
Hayotni bir poezd yoki kema deb oladigan bo'lsak, kimlardir o'z manziliga yetib kelganida, tushib qoladi... Kimlardir esa chiqadi... Shu bilan hayot ham o'z yo'lida davom etaveradi... Agar poezd/kemadagi odam yaqiningiz bo'lsa, u tushib qolganidan g'am chekasiz, lekin hayot deb atalmish kema o'z yo'lida umr deb atalmish dengizning goh u sohilidan bu sohiliga ba'zida quvonchga, ba'zida esa qayg'uga to'la to'lqinlararo suzishda davom etaveradi... Kemadagi go'daklar tezroq ulg'ayishni orzu qiladilar... Bilmaydilarki, ayni shu xohishlari barobarida, o'zlarining kemadan tezroq tushib qolishlarini, tubi yo'q bir cheksizlikka intilayotganliklarini...
Inson zoti misoli bir qum soat... To'kilaveradi, to'kilaveradi vaqt bilan birga... Shu bilan umr deb atalmish so'nggi zarra ham cheksizlik sari yo'l oladi... Hayot ham nihoyasiga yetadi... Lekin birgina zarrani ushlab qolishning hech bir iloji yo'qligi singari, o'tib ketayotgan vaqtni ham aslo ortga qaytarib bo'lmaydi... Afsus...
VatanparvaR
11-26-2007, 08:10 AM
Men o'zimcha Umrni "cheksizlikning cheti" deb atadim....o'lasizu.......cheksizlikka yiqilasiz.....
Nega endi cheti bolar ekan? Tug'ilganda cheksizlikning buyoq "cheti"ga yiqilasiz ekanda unda, ozgina yurasizde, nargi "cheti"dan yana cheksizlikka yiqilasiz :)
Roppa-rosa o'rtasi buladimi shunda, bus stopda "to'xtab" o'tishdek gap :D
Uzbekxonim
11-26-2007, 09:23 AM
personal diary on forum???:shock::shock::shock:
tinchlikmi?
Royal
11-26-2007, 09:30 AM
personal diary on forum???:shock::shock::shock:
tinchlikmi?
tuygu-fikr almshuvi...yana bir holda tushunchani yanada ozlashtirish holi..
yamonmas....
har birimizda oziga yarasha biror bir maslada bir fikrimiz boladi va bu fikrni togri tushuncha dip bilamiz va zamon zayliyu vaqt darajasida bu maslaga yondashish boshqa hilda bolsa unda hayron bolinadi: nima uchun degan savol keladi...chunki bungacham bizda shu maslaga yondoshish fikri boshqacha bolgani uchun...
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.