PDA

View Full Version : Hayratul-Abror "Podshohlar" haqida


Fifi
10-10-2007, 05:25 AM
Yaqinda "Hayratul-Abror"dan hayratlanib, shu yerga "Podshohlar" haqida Navoiyning qarashlari to'g'risida, Sizlar bilan baham ko'rish istagi paydo bo'ldi. Keyingi paytlarda bu bo'limda saylovlar haqida ko'p mavzular ochilmoqda, shu sababli mavzuga oid lirik chekinish qilsam, ayb qilmassizlar.

Navoiy "Hayratul-Abror" da quyidagi fiklarni bayon qiladi:

-Dunyoning ishi yaratilgandan buyon dushmanlikdan iborat bo'lib, olimlar xor, johillar aziz deydi. Toki jahon zulmni yoqlar ekan, meva yerga tushib, yog'och balandda turadi. Razolat rivojda, bilim ahllari ranj-uqubatda, tosh tog'ning ustidayu, boylik-yerning tagida bo'ladi. Falak fe'li yomon odamni topsa, uni ko'taradi, butun olamni esa uning hukmiga mute' qilib qo'yadi.

Ey, ulug'vorligi falakning avjidan ham yuqori ko'tarilgan inson, ya'ni podshoh, senga Oy va Quyosh nog'ora bo'lib chalinadi. Sening taxting mamlakat uchun abadiy baxt belgisi, chodrinning soyasida mamlakat quyoshi porlaydi. Taxt -sening oyog'ingdan azizu mukarram bo'ldi. Quyosh o'zi senga soyabon bo'lishga intiladi, Oy yuzidagi muhr-sening uzuging o'rni. Sulaymon davlatida sen ishrat qilasan, Xumo qushidan boshqa narsa snega soya solmaydi. Xudo senga ulug'lik soyasini solib, hukmdorlik taxtini senga ravo ko'rdi. Ne-ne buyuk odamlarni oldingda past qilib, dunyodagi qancha zabardastlarni senga bo'sundirdi. Sening oldingda xalqni ham notavon qilib, hammasiga hukmingni o'tkazdi. Xizmatingga elni majbur qilib, oldingda qomatlarini egdi. Lekin, sen shunki bilki, sen ham bir bandasan, aslida, ularning ko'plaridan ojizssan, quyidasan. Ular tuprog'u, sen toza nur emassan. Aslida, sarpo ularga bo'lib, senga qora tuproq ham bo'laveradi. Garchi, hamma a'zo, tan bo'laklarida , tashqi ko'rinishda tengdirsizlar Ammo, hunar bobida, aqliy yetuklikda, yaxshi qulqda, chiroyli so'z so'zlashda, adolat bilan ish yuritishda, insofda, yumshoqlikda, hayoda, boshqa sifatlarda, shariat yo'lida, ibodtda, Xudo yo'lida qattiq turishda-Sen ancha ortdasen.Bu sohada, Ularning ko'pi sendan yaxshi yuradi.
Olloh senga taxtni ravo ko'rgan ekan, bilginki Vazifangni ham belgilagan: U xalqni senga omonat sifatida topshirgan, shuning uchun ularni hurram tut, chunki bu haqida O'zi ham g'am yeydi. Qiyomatda Xudo zolimlarni ham mazlumlarni ham savolga tutadi. Shunda mazlum -mukofotga sen esa sharmandalikka yuz tutasan. Mazlum buyuklikka, sen esa shuncha saltanating bilan tubanlikka sazovor bo'lasan. Mazlumning tili po'lat xanjardek uzun bo'ladi, Sen esa gunafshadek qaddingni bukuib turasan, Uyatdan bosh ko'tara olmaysan, mag'lub holda qolasan. U hursandchilikda, sen esa g'am-anduhda qolasan. Sen hozir qanday bo'lsang, u o'sha vaqt senda bo'ladi. Kimgaki bu dunyoda bir tikan kirgizibsan, U sening ko'ksingga yuzta o'tkir tig' uradi. Kimgaki bir uchqunni tekizgan bo'lsang, buning badaliga butun bir do'zax o'tini olasan. KImga bir qil ziyon yetkazgan bo'lsang, u ipni o'o'liming uchun ilon deb bil. Ey vohki, baxt sening qo'lingni quvvatli qilgan edi, lekin sen esa undan zulm yo'lida foydalanding. Sening xaloyiqqa qilgan zulming kamaymas ekan, bu bilan Sen o'zingga ham zulm qilgan bo'lasan. Zulm qilish o'zing uchun ham buzuqlik-ku, ey xushyor odam, agar xushing joyida bo'lsa, uni yo'q qil. Sen zulmni tark ayla, adolat qil. O'lim kunigni ham eslab qo'y. Kunduzi butun zulm bilan shug'ullanib, kechasi bilan buzuqchilik qilasan, axir bu zulm, bu buzuqchilik qachongacha davom etadi?! Goh-goh pushaymon kunini ham o'ylab qo'y, pushaymon kunini emas, qiyomat kunini ham!