View Full Version : Kapchani to'g'ri ushla, azamat!
Asadbek
10-11-2007, 02:13 PM
Assalomu alaykum, jo'ralar!
Oramizda paxsa urib, devor ko'targan yigitlar ham ancha-muncha topiladi, deb o'ylayman.
Paxsa urish og'ir mehnat bo'lgani bilan, o'ziga yarasha gashti bor. Maktabda o'qib yurgan vaqtlarim, Toshkentda o'qib yurgan vaqtlarimda esa yozgi kanikullarda uyga borgan kezlarimda qarindoshlarnikida, oshna-og'aynilarnikida paxsa urish sabab hashar bo'lsa, borib turardik.
Paxsa urish bobida hech usta bo'lmaganman, shuning uchun asosan loy tepish va kapchadan loy uzatish menga tegardi :D
Paxsadan devor, uy ko'targan azamatlar bormi bu yerda? :)
http://aycu11.webshots.com/image/30770/2004281311401394553_rs.jpg
Bu rasm shu yil yozda bir amakimizning hovlisida olingan.
Ustalar bir kv.metrni 1500-1700 so'mdan uradigan bo'lishibdi...
Royal
10-11-2007, 02:20 PM
...
Ustalar bir kv.metrni 1500-1700 so'mdan uradigan bo'lishibdi...
Bek
Shunda 10-12soat ishlashganida nechchi kv.meter urisharkan ??
anu orqadigi devolam hali yengi urilgan korinadi, demak 100-200meter uzunlikdigi devorni bamalol 1kunda urvorishsa kerak ??? agar loy tayyor va yaqin/qulay joyida bosa ?
Asadbek
10-11-2007, 02:32 PM

Hovli adashmasam 12 sotix edi...
ham devorni, ham uyni paxsasini birdan ko'tarib ketishayotgandi.
Ustalar 3 kunda bir paxsa aylanishayotgan edi...
Ustalar 4 kishi, ish aniq taqsimlangan:
paxsani faqat bittasi uradi, faqat bittasi kapchandan loy uzatadi, qolgan 2 tasi loy tayyorlab, tepib, paxsabop qilib tayyorlab qo'yishadi...
http://aycu25.webshots.com/image/28984/2001277888472671166_rs.jpg
http://aycu30.webshots.com/image/30989/2001297632778619334_rs.jpg
http://aycu15.webshots.com/image/28414/2001221964655508043_rs.jpg
:)
Royal
10-11-2007, 03:08 PM
Hovli adashmasam 12 sotix edi...
ham devorni, ham uyni paxsasini birdan ko'tarib ketishayotgandi.
Ustalar 3 kunda bir paxsa aylanishayotgan edi...
Ustalar 4 kishi, ish aniq taqsimlangan:
paxsani faqat bittasi uradi, faqat bittasi kapchandan loy uzatadi, qolgan 2 tasi loy tayyorlab, tepib, paxsabop qilib tayyorlab qo'yishadi...
oshanda qancha kunda bitirishdi butun uyni ???
AFANDI
10-12-2007, 06:02 AM
bir amakimni uyi uchun 20,000 tacha hom g'isht quygan edim amakim bilan birga (ichimdan sukinib sukinib)
qushnimizni hovli atrofidaki devoır, oshhona ombor og'il etc.. loylarini obergandim.
:?:x
inter
10-12-2007, 09:05 AM
shu yil yozda holamlarkida usta ishlagandi...
man ham hasharga bordim va gisht olib berib turdim....
1 kunda 6 usta va 4 hasharchi adashmasam 10000ga yaqin gisht urdik...
charchaganimdan boshim bolishga yetib bormay uhlab qoldim :lol:
keyin holamlarkiga uy bitganidan keyin bordim.... :lool:
fakt:
ustalar 1ta gishtni 15 sumdan urishyaptikan....
B.TURKISTANI
10-12-2007, 09:15 AM
Paxsa zo'r narsada, bekorga betondan qattiq bo'lmaydi.
NanOnaN
10-12-2007, 09:52 AM
Buni "apalipkasiz" tekis qilip urarkande, qoil
Samimiy
10-12-2007, 10:12 AM
Paxsa zo'r narsada, bekorga betondan qattiq bo'lmaydi.
Paxsaning betondan qattiq bulishini bilmas edimku, lekin yozda uyni salqin tutishi bizning Uzbekiston sharoitiga juda mos.
Uzim hech paxsa urmaganman, yoki loy-poy qorishga ham yordamlashmaganman. Lekin biz tomonda ham kup uylar paxsa devorli buladi.
The Reaper
10-14-2007, 03:33 PM
I think we could further develop the subject by talking about "old-school" or unconventional things we rarely/don't witness, or participate in at all.
For example, I still remember using medical bandages mixed with soap and glue to cover window frame gaps during winter to keep our rooms warm during winter.
Additional TOPIC: What are some other things you think are definitely "old school", or unconventional? If you have any pictures, or would like to share some stories with us, you're more than welcome.
TR
Paxsadan devor, uy ko'targan azamatlar bormi bu yerda? :)
:)
paxsadan xojatxona va quyonxona qurganimni eslab entikdim...
ehhe ayniqsa quyonxonamni burchagiga kelganda nuqul loy suyulib ketardimi bilmadim, birnecha marta gumburlab yiqilgandi... :)
"imorat endi bitdi" deganda shunaqa "tabiiy ofat"ga uchrab, quyonlar boshpanasiz qolardi. :) :)
7-8- sinflar harbaloga qiziqardik...
O'zbekiston va Tojikistondan kelgan paxsakashlar bir-ikkitasini hisobga olmaganda ko'pincha g'irt usta bo'lardi.
tepkilangan loyni pishgan payti-chi naq oshgan xamirga o'xshab "puf-puf" qilib bo'linadi... xidi ham bir boshqacha yoqimli bo'larmidi...
paxsa ham yo'qolib boryapti hozir..
Samimiy
10-15-2007, 10:19 AM
Additional TOPIC: What are some other things you think are definitely "old school", or unconventional? If you have any pictures, or would like to share some stories with us, you're more than welcome.
TR
Do you suggest that we continue the current thread or are you going to open "The OLD SCHOOL Thread"? Either way, it's a good idea, I'll be visiting the thread often. And try to leave some posts as well.
Maftuna
10-15-2007, 10:37 AM
Guvalak quyish va quriganini bostirma tagiga tashish hamon esimda. Og'ir edi. Dadamga kun bo'yi guvalak uzatib turishdan keyin kechasi bilan qo'l sirqillab chiqishi-chi...
The Reaper
10-15-2007, 10:20 PM
Do you suggest that we continue the current thread or are you going to open "The OLD SCHOOL Thread"? Either way, it's a good idea, I'll be visiting the thread often. And try to leave some posts as well.
I think we should continue this thread.
Back to topic: During winter when I was a kid, I often visited my relatives who lived in a small village right by the mountains. In their living room right underneath the dining table they had a little hole in the ground filled with burning coal and wood. Once you sat there and moved your feet close to it, it would keep you warm like nothing else. Can anyone remind me what was that thing called?
TR
Unique
10-15-2007, 10:33 PM

It's called "tancha''. :)
The Reaper
10-15-2007, 10:37 PM
It's called "tancha''. :)
Thanks.
Are there some other variations of its name, like something starting with a "P" or an "S"?
TR
BAMANI
10-15-2007, 10:52 PM
It's called "sandal" in the Valley
The Reaper
10-16-2007, 12:02 AM
It's called "sandal" in the Valley
Yep, that's the one.
I have to admit, it has a questionable safety level, but it works quite well. I think they also used it to heat water and food.
TR
Asadbek
10-16-2007, 01:25 AM
Yep, that's the one.
I have to admit, it has a questionable safety level, but it works quite well. I think they also used it to heat water and food.
TR
Gaz yetib bormagan uzoq-yaqin qishloqlarda sandalni har qishda ishlatishadi.
Mana, 8 yillar bo'lib qoldi, bizni uy ham gazlashib, sandal yo'qoldi...
lekin sandal taftiga yetadigan issiqlik bo'lmaydi-da qishda... :)
Esimda, qish vaqtlari uy-dala ishlarini qilib kelgach, uyga kira solib o'zimizni sandal ichiga urardik :)
Royal
10-16-2007, 09:19 AM
Bir qarindoshimiz rahmatli Onalariga Toshkentda alohida tancha qibergandila, komirdayamas lekin uyni umumie otopleniyasi bilan birga ishlardi.....
B.TURKISTANI
10-16-2007, 09:23 AM
Bir qarindoshimiz rahmatli Onalariga Toshkentda alohida tancha qibergandila, komirdayamas lekin uyni umumie otopleniyasi bilan birga ishlardi.....
eee qanaqa odamsiz o'zi?! tancha desangiz Toshkentni sog'inib oyoqlarimni issitib o'tirganimni eslatdingiz :(
Tancha desangiz sasigan va kuygan paypoq ham esga tushadi. :lol:
Royal
10-16-2007, 09:32 AM
eee qanaqa odamsiz o'zi?! tancha desangiz Toshkentni sog'inib oyoqlarimni issitib o'tirganimni eslatdingiz :(
Tancha desangiz sasigan va kuygan paypoq ham esga tushadi. :lol:
eeeee....
ana har qandoq dokonda kichkina istadigan bor "ceramic heater" oshani oyoqgizni tegiga qoyvosayla huddi oshanaqa effect beradi lekin....;)
B.TURKISTANI
10-16-2007, 09:39 AM
qalin ko'rpa yuborng unda..., tagimizga uzbekona qo'larda tikilgan ko'rpachalar bilan. :) Apartmentda istiqomat qilsak, chuqur qazib bo'lmasa....
inter
10-16-2007, 09:41 AM
Gaz yetib bormagan uzoq-yaqin qishloqlarda sandalni har qishda ishlatishadi.
Mana, 8 yillar bo'lib qoldi, bizni uy ham gazlashib, sandal yo'qoldi...
lekin sandal taftiga yetadigan issiqlik bo'lmaydi-da qishda... :)
Esimda, qish vaqtlari uy-dala ishlarini qilib kelgach, uyga kira solib o'zimizni sandal ichiga urardik :)
gaz bulsa ham haligacha buvamlarkida sandal bor!
bir gal yoshligimda sandal isigida uhlab ayogimni kuydirib olganman!
shu shu hozirgacha sandaldan qurqaman! :lol:
Royal
10-16-2007, 11:08 AM
qalin ko'rpa yuborng unda..., tagimizga uzbekona qo'larda tikilgan ko'rpachalar bilan. :) Apartmentda istiqomat qilsak, chuqur qazib bo'lmasa....
hontahtani tepasiga 2-3ta adyola tashap ichiga elektr pechkani qoysa zor tancha boladi lekin...
yengi uchatkaga kochip borganimizda gaz ketip qoganda shunaqa qiganmiza..
bolla hammamiza hotahta atrofida yotgandik...
otip ketarkan bu umr degan narsa......
ferghaner
10-17-2007, 08:45 AM
I think we should continue this thread.
Back to topic: During winter when I was a kid, I often visited my relatives who lived in a small village right by the mountains. In their living room right underneath the dining table they had a little hole in the ground filled with burning coal and wood. Once you sat there and moved your feet close to it, it would keep you warm like nothing else. Can anyone remind me what was that thing called?
TR
"sandal"-a great thing. most of the hoiuses even in the cities had those in the living rooms, cos it's a wonderful thing. (they put a "hontahta" and cover a thick blanket or smth like "to'shak") i remember, when i wuz a kid, i even used to sleep arnd keeping my legs in it. .
Samarkand
10-17-2007, 09:24 AM
Paxsa bizda (Forishda) rasm emas, kishilar g'isht bilan devor ko'taradilar.
Oddiy tuproqdan odamlar o'zlari g'isht quyib, yetarli miqdorga yetkach usta chaqirib terdiradilar. Ayniqsa yozning issig'ida hademay uyni b devorini tiklab olishadi. Paxsa devor qurishiga ham ancha vaqt olsa kerakdir (?).
Dadam o'qituvchi, ustachilik bilan shug'ullanmaydilar. Ammo akamlarni, o'zimizni uylarimizni devorlari-yu, ustini yopishigacha o'zlari qiladilar, biz yordam beramiz.
Bir og'ilimizni g'olak g'sht bilan tikka qilganlar. Go'lak g'ishtni ayrim joylarda guvala ham deb eshitganman - to'rtburchak shaklda emas, chetlari yo'q, shakli loviyaga o'xshashroq narsa bo'ladi.
The Reaper
10-19-2007, 05:30 AM
"sandal"-a great thing. most of the hoiuses even in the cities had those in the living rooms, cos it's a wonderful thing. (they put a "hontahta" and cover a thick blanket or smth like "to'shak") i remember, when i wuz a kid, i even used to sleep arnd keeping my legs in it. .
The best part for me was waking up during cold winter mornings, sitting by sandal, and eating hot bread with qaymoq and sweet tea. Those of you who grew up, or spent time in the mountains, know how amazing those mornings are - quiet, fresh and peaceful.
19 years passed since I last experienced it... Time flies and things change...
TR
NanOnaN
10-19-2007, 05:53 AM
As far as I know, if coil will not burn properly (even burns properly) it emits very harmfull gas SOx. I heard stories when people were put to sleep by gas and burned their legs:?.
I remember we had a "Tancha" heated by bulb.
Yep, that's the one.
I have to admit, it has a questionable safety level, but it works quite well. I think they also used it to heat water and food.
TR
The Reaper
10-19-2007, 05:59 AM
As far as I know, if coil will not burn properly (even burns properly) it emits very harmfull gas SOx. I heard stories when people were put to sleep by gas and burned their legs:?.
I remember we had a "Tancha" heated by bulb.
I heard the same thing, plus dozens of cases of fires, some with fatal results.
TR
PainKiller
10-19-2007, 03:51 PM
Bir voqea esga tushib ketti. Uy kurayotganimizda, hom g'ish kuygani usta kelgan edi, yoz kuni, rosa issiq. Loy qoradigan yigit Rus millatiga mansub ekan. Bir mahal ko'chaga chiqsam, akam astoyidil maykasini echib, boshiga bog'lab loy qoriyaptilar, oyoklari bilan tepib. Terisini rangi kuyoshda kuyib, kizarib ketibdi. Usha yigit, shogird ekan, ustaga shekilli, kechga yaqin ko'chada chuzilib qolgan edi. So'ng dadammi oldiga kelib "Prostite, ya tak ne mogu" deb aytib ketib qolgan edi. Ertasiga, O'zbek aka kelib, loylarni shunaqa ustachilik bilan tepib tashadilarki, hovli ichi-tashi quyoshda qurish uchun terib qoyilgan g'ishga to'lib ketti.:D
Qurigan g'ishtlarni kamina o'zlari akam bilan terib tahlab tashaganmiz, navesni tagiga, yomg'ir yog'sa erib buzilib ketmsin deb :)
Kaminani Apalovka qurish, beton qorishdanam ancha habari bor, aka-tog'alar beton quyishganda, yordam berib, halaqib berib o'ralashib yurar edim.
Godunov
10-20-2007, 01:25 AM
Bu yog'i quruq gap bo'p ketibdi, qani hamma ishga! :)
Biz taraflarda hamma narsa toshdan quriladi, chunki hamma joy tog'u-tosh;)
Mana sizlarga hali qurilishi bitmagan yangi projekt:D
inter
10-20-2007, 04:56 AM

1 metrni qan4adan quyabsilar?
ozgina ish bor edi :lool::lool:
Odildustov
10-20-2007, 05:17 AM
maktabga ham bormasdim usha vaqtla, endigina yangi kiyimlarimni kiyib chiquvdim kuchaga akalarim uy tomiga loy chiqarishayotgan ekan. mani chaqirib loy paqirni qulogini ipga ildirib berasan deb turvolishuvdi, qulimni uchi bilan olib beryotuvdim tagimdagi loyga sedalib uzunasiga yiqiluvdim. yana bir kuni yer bilan barovar qilib handakka suv solib quyishgan ekan, yurib ketayotganimda botqoqqa tushgandek kirib ketuvdim :( loyni yomon kuraman.
Odildustov
10-20-2007, 05:26 AM
Bu yog'i quruq gap bo'p ketibdi, qani hamma ishga! :)Biz taraflarda hamma narsa toshdan quriladi, chunki hamma joy tog'u-tosh;)Mana sizlarga hali qurilishi bitmagan yangi projekt:D
Dehqonobod manzaralari-ku? yetimquduq tomondan turib aerodromga qarab olinganmi deyman??? :)
Godunov
10-20-2007, 05:44 AM
Dehqonobod manzaralari-ku? yetimquduq tomondan turib aerodromga qarab olinganmi deyman??? :)
Bu Beliboylidan turib Beliboyliga qaratib olingan rasm;)
O'zim qo'ygan rasmga qarab o'zim qotayapman lekin, derazalarni qiyshiqligidan bu yosh bolalarni ishi ekanligi aniq ko'rinib turibdi, yoki qishgacha tezroq bitkazish kerak deb oldi-ortiga qaramay gaziga bosilgan:D
Uzr, bez tsenzura rasmlar uchun
Nafees
10-20-2007, 06:06 AM
ie, qaynaka,
biza paxsa urganda, pahsa qurimasidan oldin kimdir uni tarashlab tekislab chiqardi, silaniki qotib qoptiyu g'adir-budurligicha yo bu artmi?
http://aycu11.webshots.com/image/30770/2004281311401394553_rs.jpg
Bu rasm shu yil yozda bir amakimizning hovlisida olingan.
Ustalar bir kv.metrni 1500-1700 so'mdan uradigan bo'lishibdi...
Nafees
10-20-2007, 06:08 AM
Bu yog'i quruq gap bo'p ketibdi, qani hamma ishga! :)
Biz taraflarda hamma narsa toshdan quriladi, chunki hamma joy tog'u-tosh;)
Mana sizlarga hali qurilishi bitmagan yangi projekt:D
bu projectiz hali tiklab bo'linmaganmi desam, tomi ham yopilgan ekan.
horazmni uylari bundan uch barabar baland bo'ladi. (hozirgi moda bo'gan 8m baland ayvonlarni aytmayamman, oddiylarini)
PiLcH
10-20-2007, 06:31 AM
Man paxsa masu lekin Sinch terganman ikkaloviham ogir mehnat lekin hozir bunday uy qurushlar Toshkentda unitilib bormokda, hozirgi uylar ancha pishiq va rejali dib hisobliman, fundament,ustunlari temir biton ustida plita kamida 8-10 ball ni bemalol ushli ololidi.
Asadbek
10-20-2007, 07:19 AM
ie, qaynaka,
biza paxsa urganda, pahsa qurimasidan oldin kimdir uni tarashlab tekislab chiqardi, silaniki qotib qoptiyu g'adir-budurligicha yo bu artmi?
:) :D
Nafees kelin,
hamma joyni ustasi har xil ishlaydimi, bilmadimu, shu biz tarafni ustalari paxsa devorni mabodo qiyshiq joyi bo'lsagina, kapcha bilan qirib chiqishadi. Chunki, (a) devor to'g'ri bo'lishi kerak va (b) ustaning paxsani qiyshiq urgani bilinmasligi kerak... :)
Anavi "qirilmagan paxsa devor loysuvoqni yaxshi ushlamaydi" deb aytgan ustaga "Bekorizni aytibsiz ekan", deb qo'ying :D
Mana, paxsadan ko'tarilayotgan yana bitta uyni svejiy devori
http://aycu28.webshots.com/image/30747/2003346836158977716_rs.jpg
Anavi ko'k ko'ylakli sinfdoshim bo'ladi. Yaqin orada ko'chib ham kirsa kerak uyga...
Gareeb
10-20-2007, 07:25 AM
Asadbek, shu usta akalarning chayirligiga qoyilmanda.Qarang baquwwatlikda uncha muncha sportchini ortda qoldirishadi.:)
Men ham oxirgi marta 2000 yilda g'isht quygandim.G'isht quyishning eng qiyin joyi loy tayyorlash.Loy tayyor bo'lsa 2-3 kishi chaqchaqlashib quyib tashlayveradi.
Nafees
10-20-2007, 07:39 AM
[INDENT]:) :D
Nafees kelin,
hamma joyni ustasi har xil ishlaydimi, bilmadimu, shu biz tarafni ustalari paxsa devorni mabodo qiyshiq joyi bo'lsagina, kapcha bilan qirib chiqishadi. Chunki, (a) devor to'g'ri bo'lishi kerak va (b) ustaning paxsani qiyshiq urgani bilinmasligi kerak... :)
Anavi "qirilmagan paxsa devor loysuvoqni yaxshi ushlamaydi" deb aytgan ustaga "Bekorizni aytibsiz ekan", deb qo'ying :D
qiyshiq urilgan paxsa 8 m balandlikka dosh berolmasa kerak a? nima didiz?
xorazm-qoraqalpog'iston tarafda uriladigan paxsala, hali suvoq qilinmasidan oldin oynaday tekis, yaltiroq bo'ladi. u yerni ustalariga teng kemidi, ho'p deng endi :)
o'sha ustani postini nega o'chirib tashadiz?
biz ho'jenim bilan uyimizni o'zimiz remont qimoqchimiz. ikkalamiz ham qiziqamiz shunaqa ishlarga. bu ish 5 yil ichida bo'ladimi, 10 yil ichidami, bilmadimu, hozirdan shu mavzuga aloqador narsalar o'qimiz, kataloglardan o'zimizcha jihozlar, remont qurollari tanlimiz :lol:
Asadbek
10-20-2007, 07:58 AM
Men bu yil bahorda yangi bir hunar o'rgandim - Tennis maydonlarini yangilab chiqish :)
O'tgan yil oxiridan shu yil fevraligacha ancha joyga soha bo'yicha ish izlab ariza tashlagandim, hech omad chopmadi... Keyin jahlim chiqdi-da, biror ish qilib turay, dedim. Keyin bir jo'ram orqali bir oyga ish topdim, "Tennis maydonlarini yangilab chiqish kerak. Og'ir ish", deyishdi. Dehqonchilik mehnatini ko'rib o'sgan yigit emasmanmi, gap yo'q, amallaymiz. Ham pul ishlayman, ham yangi hunar o'zlashtiraman, dedim :)
Bu ishda tennis maydonidagi qum tortilib, tashqariga olib chiqib tashlanadi, o'rniga yangi qum to'shaladi va namlanib, andavalab chiqiladi. Qum ham xuddi undek juda mayda bo'larkan... Pishiq, qizil g'ishtdan ezib tayyorlanarkan. Har bir tennis maydoniga o'rtacha 2 tonna qum ketadi. 3 kishi ishlaymiz. Bir kunda o'rta hisobda 3-4 ta maydonni taxlab chiqib ketamiz. Tennis mavsumi boshlanishiga maydonlar taxt bo'lishi kerak, bir oy ishladik o'ziyam. Rostdan juda og'ir ish ekan :)
Oxirgi yillarda o'qish bilan bo'lib, haftada faqat 1-2 marta sportga qatnab, odam formadan chiqayozibdi. tanam ancha chiniqdi, maza qildim lekin.
mana, bir-ikki lavhalar:
http://aycu40.webshots.com/image/31199/2003586450454664719_rs.jpg
Qumi tortib chiqilgan maydon
http://aycu08.webshots.com/image/30167/2003546289140021778_rs.jpg
Shu ish bahona, pojarnaya shlyanka bilan ishlashni ham o'rganib oldim :D
http://aycu37.webshots.com/image/32476/2003567331687388050_rs.jpg
Sheriklar yangi qum tortilib, andavalangan maydonni qotirib chiqishmoqda...
http://aycu08.webshots.com/image/31687/2003508877094347474_rs.jpg
Maydon topshirishga tayyor...
Shunaqa :)
Asadbek
10-20-2007, 08:02 AM
qiyshiq urilgan paxsa 8 m balandlikka dosh berolmasa kerak a? nima didiz?
xorazm-qoraqalpog'iston tarafda uriladigan paxsala, hali suvoq qilinmasidan oldin oynaday tekis, yaltiroq bo'ladi. u yerni ustalariga teng kemidi, ho'p deng endi :) Ha, endi u tarafni ustalariga gap yo'q-da :)
Keyin, devorlarini oynaday tekis va yaltiroqligiga kelsak... Ekologiya natijasi :(
Tuz yopishib qolib, quyosh nurini aksini ko'rsatsa kerak-da ;)
o'sha ustani postini nega o'chirib tashadiz?
Buni ustani o'zi so'rasa, sababi o'ziga aytiladi :)
biz ho'jenim bilan uyimizni o'zimiz remont qimoqchimiz. ikkalamiz ham qiziqamiz shunaqa ishlarga. bu ish 5 yil ichida bo'ladimi, 10 yil ichidami, bilmadimu, hozirdan shu mavzuga aloqador narsalar o'qimiz, kataloglardan o'zimizcha jihozlar, remont qurollari tanlimiz :lol:
Ha, yaxshi niyat!
Hashardan bexabar qolib ketmaylik, yeng shimarib boravermiz :)
Royal
10-20-2007, 09:11 AM
Man paxsa masu lekin Sinch terganman ikkaloviham ogir mehnat lekin hozir bunday uy qurushlar Toshkentda unitilib bormokda, hozirgi uylar ancha pishiq va rejali dib hisobliman, fundament,ustunlari temir biton ustida plita kamida 8-10 ball ni bemalol ushli ololidi.
YOQ !!!
bu fikrga 3-4 hil qarshi fikrlar boladiki bu notogri fikrligi togrisida...
hozirgi qurilvotgan uylar hech qanaqa injenerlik/arhitektura qoidalariga rioya qilinmagan holda qurilvotti - hohlaganlaricha qoni-qoshnilar bir-birlarini qurgan uylari bilan "poyga" oynagan holda manmanlik bilan - qurilgan uy ham hohlaganicha turip beradi to osha yuqorida etilgan hudo saqlasinu oshanchalik yer qimmilaganicha...
"Ozbek Ozbekdan qosa, qulogini kesad" deganga togri keladi hozirgi qurilishlar...
alpum
10-21-2007, 05:28 AM
деворни устини нима билан ёпасилар, ёмгир ювиб кетадику?
Royal
10-21-2007, 12:07 PM
деворни устини нима билан ёпасилар, ёмгир ювиб кетадику?
zontik ushap turishadi galma-gal...!!!
togrimi Bek ???
Nafees
10-22-2007, 08:50 AM
qishloqda ko'p loy paxsali uylarning ham tomida shifer bo'midi. shundo suvoq qilib qo'yvurishadi, yog'ingarchilik ko'p bo'lsa, chakka o'tib yotvuradi, keyingi yozni kutishadi, chunki qishda barbir hich nima qibo'midi.
oyimlarning bolalik uylari ham shifersiz bo'gan ekan, 6 aka-uka har yili tomni ta'mirlashar ekan.
u paytiku shifer(o'zi shunaqami oti?) kam tarqalgan narsa bo'gan. lekin hozir ham ko'pchilik shunaqa yashidi.
ayrim kitoblada, tomga beda ekibdi, deb yoziladi. shu qanaqa bo'ladi hech ko'rmadimde, tasavvur ham qilomiman, uyni tomida dehqonchilik qilinishini :shock:
alpum
10-22-2007, 10:29 AM
zontik ushap turishadi galma-gal...!!!
togrimi Bek ???
nima tik?))))
bizniki kisshloqqa zontak youq....
Royal
10-23-2007, 09:15 AM
nima tik?))))
bizniki kisshloqqa zontak youq....
hech bomasa etak bordir ???
Samarkand
10-24-2007, 01:46 AM
Men bu yil bahorda yangi bir hunar o'rgandim - Tennis maydonlarini yangilab chiqish :)
O'tgan yil oxiridan shu yil fevraligacha ancha joyga soha bo'yicha ish izlab ariza tashlagandim, hech omad chopmadi... Keyin jahlim chiqdi-da, biror ish qilib turay, dedim. Keyin bir jo'ram orqali bir oyga ish topdim, "Tennis maydonlarini yangilab chiqish kerak. Og'ir ish", deyishdi. Dehqonchilik mehnatini ko'rib o'sgan yigit emasmanmi, gap yo'q, amallaymiz. Ham pul ishlayman, ham yangi hunar o'zlashtiraman, dedim :)
Bu ishda tennis maydonidagi qum tortilib, tashqariga olib chiqib tashlanadi, o'rniga yangi qum to'shaladi va namlanib, andavalab chiqiladi. Qum ham xuddi undek juda mayda bo'larkan... Pishiq, qizil g'ishtdan ezib tayyorlanarkan. Har bir tennis maydoniga o'rtacha 2 tonna qum ketadi. 3 kishi ishlaymiz. Bir kunda o'rta hisobda 3-4 ta maydonni taxlab chiqib ketamiz. Tennis mavsumi boshlanishiga maydonlar taxt bo'lishi kerak, bir oy ishladik o'ziyam. Rostdan juda og'ir ish ekan :)
Oxirgi yillarda o'qish bilan bo'lib, haftada faqat 1-2 marta sportga qatnab, odam formadan chiqayozibdi. tanam ancha chiniqdi, maza qildim lekin.
mana, bir-ikki lavhalar:
http://aycu40.webshots.com/image/31199/2003586450454664719_rs.jpg
Qumi tortib chiqilgan maydon
Shunaqa :)
Tennisga qiziqaman BEK aka, ta'mirlashlarini hech ko'rmaganman.
Hozir maydondagi uyum-uyumlar yangi qum bo'lsa kerak andavalash uchun a?
:D
Samarkand
10-24-2007, 01:52 AM
nima tik?))))
bizniki kisshloqqa zontak youq....
Devorlar qishloq joylarda yomg'ir va qorlardan himoyalanishlari uchun, tepa qismiga devordan sal enliroq qilib to'l (material bo'ladi shunaqa) yoki plyonka to'shab ustidan azgina loy bilan suvab chiqiladi, uchib ketmasligi uchun.
To'l bo'lmaganda devorning ustki, eng tepa qismi uchlik, qirrali qilib qilinadi, bunda yoqqan qor uzoq vaqt devor tepasida turib qolmay tushib ketadi. Yomg'ir bo'lganda esa qiyin.
Bizning ham shunaqa devorimiz bor edi, qor yoqqandan keyin tez devorning ustki qismidagi qorni supurgi yoki kurak bilan tushirib tashlar edik, quyosh chiqishi bilan devor qurib qoladi va deyarli zararlanmasdi.
Asadbek
10-24-2007, 02:35 AM
Tennisga qiziqaman BEK aka, ta'mirlashlarini hech ko'rmaganman.
Hozir maydondagi uyum-uyumlar yangi qum bo'lsa kerak andavalash uchun a?
:D:lool: :lool: :lool:
Biiir dars beraymi, tez o'rganib olasiz, jo'ra! :)
Iceman
10-30-2007, 02:18 PM
Asadbek Aka, bu pahsani fundamentiga (c) Asadbek deb yozilganmi deyapman? :lol:
Nimaga pahsalaringiz gadir-pudirligicha qolib ketgan? Uni qartishlab chiqadigan 'Yilmachi' yo'qmi sizlar tarafda? bizda shunaqanga odam bo'ladi bu odam pahsani tekis chiqishi-yu ohirida qirtishlab chiqishiga javobgar hisoblanadi.
Bunaqa pahsala men uchun rosa dam oladigan joy edi. Hazil mutoiba, turlicha gurunglar ketadi bunaqa joylarda: ishqilib har sohadan bir shingil. Ishning o'zi ham ancha qiziqarli: to'rtinchi, beshinchi pahsalarga loy otishni sevardim. Keyin, men chap qo'lda ishliman-da. a loy otishda chap qo'llilar deficit: shuning uchun men borsam rosa avaylab asrashardi :D Bo'yim saal kichkinaroq bo'sa ham shu katta odamlar bilan qo'yib qo'yishardi. :D
kegin uning ustiga bizda hoda deyishadi adabiychasi... ermmmmm.. nimaydi...aaa og'och deyiladi shekill :? ishqilib shuni tortib chiqardik keyin ularning ustidan ham yarim pahsa bo'yi loy yurib chiqardik.
keyin qamish: chiy deyiladi buni. qamishdan to'qib chiqilgan shuni tashab chiqiladi. uning ustidan yana unaqasiga bunaqasiga og'ochlardan qo'yiladi keyin osgina tuproq tashlab ustidan somon loy bilan bosiladi. ana endi uning ustini sezonniy qilib loylab turishadi. Vahhh... esimga tushib ketdi bugun hamma narsa bor-kuuu. :P
Asadbek
10-30-2007, 03:06 PM
Iceman,
o'zimizning qo'shni qishloqdan ekansiz-ku jo'ra! :)
Men ham o'sha rasmda ishlayotgan paxsachilar bilan gurung (suhbat) qilgani ko'p bordim oldilariga. Uyimizdan 2 hovli narida, bir amakivachchamizni uyi-hovlisiga paxsa urishayotgandi. Gurung rostdan qizib ketardi. Ular asosan Germon qizlaridan so'rashar, bu yer hayoti bilan qiziqishardi, u-bu o'zbekcha so'zlarni nemischasini so'rashardi. 4-5 ta nemischa so'zlarni ham yodlab olib, bir-biriga qarab "Arbeiten!" deb ham qo'yishardi :)
Beton qo'yishayotganda, choy olib borgandim. Shunga, xursandchilikda ismimni poydevorga yozvorishibdi ;)
Iceman
10-30-2007, 03:49 PM
Iceman,
o'zimizning qo'shni qishloqdan ekansiz-ku jo'ra! :)
aha shunaqa aka, qishloq mening unib o'sgan joyim. Gaplab boshlasam meni to'xtatish qiyin qishloq narsalari haqida. Lekin odam maza qiladi-da shunaqa joyda yursa, qayg'u asrat yo'q, chunki nima qilayotganingizni bilasiz, hullasi Kayf edi.
Sog'indim qishlog'imni. :( Judayam!
Shunga, xursandchilikda ismimni poydevorga yozvorishibdi ;)
uydi tepasiga yozib qo'yishadigan qip gaplashdingizmi ishqilib? :) yosh bola qilib tashadingiz-ku!
Asadbek
10-30-2007, 03:53 PM
uydi tepasiga yozib qo'yishadigan qip gaplashdingizmi ishqilib? :) :D
Buni endi borganda bilamiz-da jo'ra. Uy yopilishida yo'q edim... ;)
o'zingiz so'radingiz-ku, fundamentga yozilganmi deb. hazilona izohladim-da
W.I.Z.A.R.D
10-30-2007, 04:23 PM
Asadbek aka loyni ham devorga urishdan oldin manimcha uni tayyorlab plastik klyonka bilan yopib quyishadi :)
Bir marta Pahtachi tumanida pahtada bulganimda shunday holatni kurgan edim.
Lekin loy negadir somon bilan tayyorlangan edi..
jasonnur
11-03-2007, 04:27 PM
Assalomu alaykum, jo'ralar!
Oramizda paxsa urib, devor ko'targan yigitlar ham ancha-muncha topiladi, deb o'ylayman.
Paxsa urish og'ir mehnat bo'lgani bilan, o'ziga yarasha gashti bor. Maktabda o'qib yurgan vaqtlarim, Toshkentda o'qib yurgan vaqtlarimda esa yozgi kanikullarda uyga borgan kezlarimda qarindoshlarnikida, oshna-og'aynilarnikida paxsa urish sabab hashar bo'lsa, borib turardik.
Paxsa urish bobida hech usta bo'lmaganman, shuning uchun asosan loy tepish va kapchadan loy uzatish menga tegardi :D
Paxsadan devor, uy ko'targan azamatlar bormi bu yerda? :)
http://aycu11.webshots.com/image/30770/2004281311401394553_rs.jpg
Bu rasm shu yil yozda bir amakimizning hovlisida olingan.
Ustalar bir kv.metrni 1500-1700 so'mdan uradigan bo'lishibdi...
o'zim shaharda o'sgan busamam,buvamlarnikiga (qishloqqa) borganimda hashar bupturaychiydi,ushanda manam kapchada loy oberib turaychiydim,asosan loy tepish ishlari tegaychiydi manga,chunki tog'amla san shahardi bolasisan baribir qulingdan kemaydi deyishaychiydi...
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.