PDA

View Full Version : Biz bilamizmi?


B.TURKISTANI
10-19-2007, 08:03 AM
:bismillah

La ilaha illallahul Halimul karim
Subhanallahi Rabbil Arshil Azim, Alhamdulillahi Rabbil Alamin, Asaluka Mujibaati Rahmatika Wa Azaa'ima maghfiratika Wal Ghanimata Min Kulli Birrin, Was salamata Min Kulli Ithmin, La Tada' Li Zanmban Illa Ghafartahu, Wa la Hamman Illa Farrajtahu, Wa la hajatan hiya Laka Ridhan Illa Qadhaitaha, Ya Arhamar Rahimeen.
Wassalatu wassalamu a'la Rasulihi Muhammadin va a'la alihi va ashabihi ajma'in."


Assalamu alaykum.


Ahli islom forumdoshlar! Ko'pchiligimiz goh mahalda, fiqhdan, goh mahalda mazhablardan, gohida esa aqiydadan olishib bir birimizni mahzun qiladigan darajalarga borib qolamiz. Natijada sirtdan boqib nigoh tashlasangiz, hech vaqoni bilmas ekanmiz. Eng zaruriy va eng kerakli bo'lgan tarih sahifalarini yodimizdan ko'tarilayotgani yohud ko'r-ko'rona bilmasligimiz achinarli holatdir. Eng suyuklik zotni muborak og'zilaridan chiqqan hadislarini o'zimizcha bilgandek tahlil qilib dalil sifatida qo'llaymiz-ku ammo U zotni hayot yo'llarini to'liq fahmlamasak Islom ummati ichida sharmanda emasmikinmiz?
Forumda agarda so'rovnoma o'tkazilsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni nasl-nasablari, zavjalari, qancha fazrzandlari hayotda bo'lganlari qolaversa U zotni qachon tug'lib qachon vafot etganlarini habardormikinmiz?!
Muhammad sollallohu alayhi vasallamni tarihlarini bilmasligimiz ko'pchiligimizni tashkil qiladi deb to'liq ayta olsam mubolag'a bo'lmas.
Muhtaram va muhtarama forumdoshlar, yana qayta yanagi mavzu ochgan bo'lsam-da,forum qoidasini buzayotgandirman, agarda ochilmagan bo'lsa kelinglar hamkorlik ila doim salovot aytadigan Zotni tarihini ozgina bo'lsa ham habardor bo'lsak, ularni oila azolarini bilsak. Buni bilishlik har bir Ummati Muhammadga shartdir.
Bo'lmasa o'zimizni Ummati Muhammad(sollallohu alayhi vasallam) hisoblash ozginagina emas yahshigina
adashgan bo'lamiz.

Manabalar sahih dalillardan keltirlsa maqsadimiz go'zaldir inshoOlloh.