View Full Version : UZBda Bank ish yuritishi
Royal
10-20-2007, 02:17 PM
UZBda Bank ish yuritish faoliyatiga yengi reformalar kirgizish vaqti kemadimikin ???
Chunki oz davrlarida hamma Bankda ogirlashga tirishganlari bilan hozirgi kunda bu holatlar ancha kamayganki odamlar tushunvotti sekin-sekin bundoq ish bilan shugulansa ohiri bir janjal bilan tugiydi (hech bomaganda ommavie aholi uchun!)
Hozirgi kunda biror bir tadbirkor UZB Bankidan bir moliyavie qarz olip uni biror bir ishlab chiqarishga ishlatmoqchi bolip va bu qarz faqat ishlab chiqarish moshiunalari uchun bolsayu, lekin tayorlangan joy oldingi qilingan tadbirlaridan boshqacha bolsade, uni moshinalar kelganida boshqattan qurishu togrilashga ishlatsa bu odamni Prokuratura tamonidan JINOYIY JAVOBGARlikka tortiladi ???
Nima uchun ???
Bu yerda asosie masala Bank Qarzi va bu qarzni Bank har doim qarzni hisobiga qoyilgan biror bir kochmas mulk bilan "garantiyalaganidan" keyingina beradi osha bosayam osha kochmas mulkni 75% hisobida....demak bundan kelip chiqadiki BANK har doim oz qarzini garantiyasiga ega...Hohlasin osha odam olgan qarzini qimorga bervorsin, yoki sadaqa qilsin..lekin BANK bu yerda 125% oz qarzini qoplay oladi...
va Bularga Prokuraturani nima aloqasi bor ????
agarki Bank biror bir sabab bilan osha garantiyalangan summani yoqotsa unga ozi javob qimiydimi ??? yoki Bank manageriyam borip otiradimi ???
Bu girt bit tentaklik dip oyliyman va bunga ancha ozgartirishlal kirgizilsa tadbirkorlar uchun juda kotta yengillik bolardi...
cianore
10-22-2007, 11:27 AM
Avvalo O'zbekiston bank tizimi to'g'risida:
Respublika bank tizimi poydevoriga g'ish qo'yilayotganda(mustaqil bank tizimiga), ko'pchilikda bank tizimiga ishonch qolmasligi (o'tish davridagi umumxalq psixologiyasi), odamlarning qiyinchilik davrida jinoyatga osonlikcha bo'y berishi (maxinatsiya[firibgarlik]ning kasbga aylanishi, psixologiya), o'tish davridagi yuqori inflyatsiya bank kapitalini yemirishi, rejali iqtisodiyot davrida asos solingan tashkilotlar ichida iqtisodiy nochor korxonalar ko'payib borishi(ish yuritish va boshqaruvda yo'l qo'yiladigan xatolar, menejment)ning bank investitsiyasi samaradorligini pasaytirishi va risk darajasini yuqoriligi, sobiq bank tizimida risk menejmenti yo'lga qo'yilmaganligi(bankirlarimiz xali ham riskni boshqarish bilishmaydi), va shunga o'xshash juda ko'plab va hokazolar to'liq yoki qisman hisobga olingan. Natijada, o'sha 1997-00 yillarda bank tizimida olib borilgan ijobiy islohotlardan keyin ham, O'zb. bank tizimida aslida tijorat tashkiloti bo'lishi kerak bo'lgan banklarda nazorat funksiyasi saqlanib qolgan, tadbirkor uchun ko'plab sun'iy va tabiiy to'siqlar vujudga kelgan. Markaziy bankning tom ma'noda mustaqil ish yuritmasligi masalani yanada keskinlashtiradi.
Oddiy misol: tashkilot bankdan naqd pul olishi uchun, xatto shunday vaziyatlar bo'ldiki, bir xafta oldin bankka naqd pul olish to'g'risida, maqsad va miqdori ko'rsatilgan ariza beradi. Bank, o'z navbatida, arizalarni to'plab har bir chiqim simvoli bo'yicha, korxona nomi bilan birga markaziy bankka jo'natadi. Markaziy bank esa faqat eng zaruriy moddalar bo'yicha o'zi istagan ko'rinishda naqd pul chiqimiga ruxsat beradi. Qani bu yerda banklarning iqtisodiyotdagi roli, markazlashtirilgan tizimda markaziy bank va mijozlar o'rtasidagi vositachilikmi, yoki bank - bu foyda qilishni ko'zlagan mustaqil tijoriy tashkilotmi?
2-dan, MBning eng yuqori qismida bir guruh bor, xali ham mustaqillikka erishilgani, bozor iqtisodiyotiga o'tilayotganligi, markaziy bank mustaqil tuzilma ekanligi, kuchli va liberal siyosat yuritish lozimligini tushunib yetmagan, yoki tushunib yetgisi kelmayotgan. 2000-2007 yillarda orasida, bankda ishlagan bilsa kerak, MB qanday aqlga sig'maydigan axmoqona tadbirlarni amalga oshirganini. Bu guruh tamomila yo'q qilinishi lozim.
3-dan, banklarda hozirda amalda bo'lgan qonun, qoida, yo'riqnomalar, asosan, byurokratiyani timsol qilib, zamon talablariga javob bermaydi. Tasavvur qiling, bir million so'm mikrokredit olish uchun qancha xujjatbozlik lozimligini...
4-dan, Kredit Axborotlari Milliy Instituti (KAMI) tashkil etilayotganda xursand bo'lgandim, afsuski, u amalda ishlamay qoldi. Avvalo, banklar tomonidan KAMIning axamiyati yetarlicha baholanmadi, ikkinchidan, amalda uning faoliyati o'ta cheklanib qoldi.
5-dan, banklar,dastlab nisbatan presstijga ega ish joyi hisoblangan. Lekin 1997-98 yillardan boshlab banklarda ish xaqini bir necha barobar pasaytirilishi, tizimni aqlli yoshlar tashlab ketishi va poraxo'rlikning avj olishiga olib keldi. 1997-yillarda bank boshqaruvchisi bo'lganlardan so'rab ko'ringchi, o'sha vaqtlarda boshqaruvchilikka talabgorlar qanday bo'lganu, bugun nega xatto MB pichoqqa ilinmaydigan nomzodni ham tavsiyalar bilan tasdiqlab yuborayotgan bir paytda ko'plab banklar i.o. lar bilan ishlashmoqda?
6-dan, bank tizimida raqobat nominal bo'lib qolgan. Bozordagi ulushning 90%i katta banklar (NBU, Asaka..) hisobiga to'g'ri keladi. Nomigagina mavjud bo'lgan bir necha xususiy banklar (Credit-Standard, O'ktam, Ravnaq, Davr, Universal, Samarqand, Parvina, Alp Jamol, Trast, Turkiston) bank bozoriga ta'sir ko'rsata olmaydi. Ular ichida muvaffaqiyat qozonganlarining ham asosiy sababini ko'pchiligimiz yaxshi bilamiz. Xususiy banklarning asosiy qismi (O'ktam, Ravnaq, Davr, Universal, Samarqand, Turkiston) nihoyat darajada kichik banklardir.
Shuningdek, 1991-2007 yillarda juda ko'plab muvaffaqiyatli banklar yoki siyosiy yoki ba'zi shaxslarning shaxsiy manfaati yo'lida yopilib ketdi (Masalan: Rustambank, Businessbank..)
E-e, gapiraman desam, birpasda 100-dan ga borib qolaman, bekorga vaqt sarflaguncha biror foydali ish qilay...
Royal
10-22-2007, 08:39 PM
Banklarning ishlashidigi ancha qoidalarni yengilashtirish kerak uni qonun oldidigi javobgaliklarini ham yengilashtirishlari kerak...
masalan: Chet elda NOTARIUSga borip oz imzoingizni tasdiqlatmoqchi bosayiz uni har doim har qandoq NOTARIUSni oldida imoz qoysayiz tasdiqlab beradi...hech qandoq oshiqcha savol soroqsiz...lekin UZBda bu JUDA KOTTA BIR ISH...
har bir tochkayu va verguliga etibor qilishlari kerak....
Ozi kim nimaga javob beradi ???
Kim nima qivotti ???
Kim kimni huquqini himoyta qivotti ???
Huddi Bank berayotgan qarziga garanatoyalangan bir kochmas mulk bosade yana uni ustidan yuridik jihatdan boshqarish bosa ????
kim ishliydi ??? qandoq ishliydi ??? uzrkuya manimcha hojathonadayam birow qarab turganini korsa otirganniyam ichi kemasa keray a ???
Amiri Turkiston
10-22-2007, 09:47 PM
Royal bobo:
nega endi prokuratura aralashmasin.
Chunki bu erda kelishmovchilik hosil bulvotti 2 taraf o'rtasida, shunda qonun bo'yicha bir taraf 2chi tarfni sudga beradi, va bu erda prokuratura aralashadi ....bu tabiiiy hol.
endi: kreditni boshqa maqsadlarda ishlatishga kelsak: bu ham noto'g'ri narsa, chunki har bir krewdit TEO yoki BP asosida olinadi, yani u erda to'liq etiladi nimaga pul ishlatmoqchiligini....agar ishlatish jarayonida boshqa erga ishlatmoqchi bulsa ....manimcha buni ham echimi bor
Kreditniy otdelga borib ....manabunqa o'zgarishlar bulvotti deb ularni oldidan o'tishi mumkin ...salom alik qilishni afzallik taraflari har doim borde okam :-)
PiLcH
10-23-2007, 05:18 AM
Banklarning ishlashidigi ancha qoidalarni yengilashtirish kerak uni qonun oldidigi javobgaliklarini ham yengilashtirishlari kerak...
masalan: Chet elda NOTARIUSga borip oz imzoingizni tasdiqlatmoqchi bosayiz uni har doim har qandoq NOTARIUSni oldida imoz qoysayiz tasdiqlab beradi...hech qandoq oshiqcha savol soroqsiz...lekin UZBda bu JUDA KOTTA BIR ISH...
har bir tochkayu va verguliga etibor qilishlari kerak....
Ozi kim nimaga javob beradi ???
Kim nima qivotti ???
Kim kimni huquqini himoyta qivotti ???
Huddi Bank berayotgan qarziga garanatoyalangan bir kochmas mulk bosade yana uni ustidan yuridik jihatdan boshqarish bosa ????
kim ishliydi ??? qandoq ishliydi ??? uzrkuya manimcha hojathonadayam birow qarab turganini korsa otirganniyam ichi kemasa keray a ???
Imzoni Tasqidqlash judaham oson va tez bittadigan ishonin menga.!!!
Kreditga kelsak Res. birinchi bulib pull muomulasini togri yolga qoyish kerak dib oyliman Iqtisodiyotni chunadiganlar man nima dimokchi bulganimni yahshi tushunushadi digan umidaman.
PiLcH
10-23-2007, 05:20 AM
To`ldirib otaman Natoriusdan Imzoni tasdiklash boyicha qiyinchilikga uchravotganlar Dovlat natariuslariga 1- notarial kontora ili Guncha digi Dono opaga borishsa hamma ish chiki chiki buladi chunki Res. dagi hususiy notariuslarni bilim manbayi judaham judaham sust.!!!
Royal
10-23-2007, 07:00 AM
Imzoni Tasqidqlash judaham oson va tez bittadigan ishonin menga.!!!
Kreditga kelsak Res. birinchi bulib pull muomulasini togri yolga qoyish kerak dib oyliman Iqtisodiyotni chunadiganlar man nima dimokchi bulganimni yahshi tushunushadi digan umidaman.
uzr PiLcH
botta asosie savol undayamas, balkim bugdoyda.....
Qizaloq
10-23-2007, 07:18 AM
UZBda Bank ish yuritish faoliyatiga yengi reformalar kirgizish vaqti kemadimikin ???
BANK bu yerda 125% oz qarzini qoplay oladi...
va Bularga Prokuraturani nima aloqasi bor ????
agarki Bank biror bir sabab bilan osha garantiyalangan summani yoqotsa unga ozi javob qimiydimi ??? yoki Bank manageriyam borip otiradimi ???
.
Assalamu alaykum wr wb!
Royal . Siz ko`targan muammo juda o`rinli, avvalo siz o`ylaganchalik bank hamisha 125 % qilib o`z mijozining majburiyatini qoplay olmaydi.
Avvalo bank sohasida oz muddat ishlagan bo`lsam ham, eshitgan -bilganlarim shuki...
Bankka kredit-qarz olish uchun hujjat topshirganlarni aksariyatiga ham kredit berilavermaydi, tanish-bilishchilik, berilsa ham sinalib beriladi...koeffisentlarga qo`yib ,hisoblab, biznes-planiga qarab...etc.
Lekin pullarni ovolib qochib ketgan, yoki ismi-sharifini o`zgartirib olganlar oz emas.
Bunda ularni qo`ygan qaratntiya qilgan 125% i sohta bo`lib chiqadi, ya`ni
asosiy vosita hisoblanmish -katta bino, arendaga olingan, asbob-uskunalari vaqtinchalik olib kelingan bo`ladi.
Bunday hollarda siz etgandey prokuratura aralashadi, bank rahbari, kredit bol`im boshlig`i ishdan ketadi. Markaziy bankdan esa bu zararni qoplab berish talabi qo`yiladi.
Rahbar ketmagan holda , boshqa banklardan qarz oladi va to`lab qo`yadi Markaziy bankka ,yoki cho`ntagidan yig`ib qoyganini to`laydi . o`zini cho`ntagidan ketganlarini esa sekin-sekin leviy yo`llar bilan to`ldirib, hammani qaqshatib yuradi.
Manimcha bunday qarz mablag`larini qaytib kelmasligi, bank ishini, kredit ishlarini yahhsi yo`lga qo`yilmaganidadir.Adolat bol`ishi kerak baribir.
Royal
10-23-2007, 08:04 AM
Manimcha bunday qarz mablag`larini qaytib kelmasligi, bank ishini, kredit ishlarini yahhsi yo`lga qo`yilmaganidadir.Adolat bol`ishi kerak baribir.[/B]
rahmat...demak hozirgi kunda UZBda biror bir mochar-kochmas mulklarga narh belgilovchilar bor, lekin osha narsalarni huquqiyligini tasdiqlavchilar yoqligi va huddi shunday ishlarni amalga oshiruvchi biror bir hukumnat tashkilotini togri ish yuritmasligidir...
agar mandan birortasi qarz sorasa va mnan unda garanatiyaga nimayiz bor va buni siznikiligini qandoq tasdiqlap berasiz desam, shundoq kochar-kochmas mulklarni narhlap egaliklarini tasdiqlab beradigan hukumat yoki shahsjie biror bir tashkilotlar mavjudmi ???
va bundoq tasdiqlaqngandan keyin bu kochar-kochmas mulklarni sotilip ketmasligini garantiyalap haq-huquqlarni himoya qiladigan registratsiya orinlari mavjudmi ???
Qizaloq
10-23-2007, 09:58 PM
rahmat...demak hozirgi kunda UZBda biror bir mochar-kochmas mulklarga narh belgilovchilar bor, lekin osha narsalarni huquqiyligini tasdiqlavchilar yoqligi va huddi shunday ishlarni amalga oshiruvchi biror bir hukumnat tashkilotini togri ish yuritmasligidir...
agar mandan birortasi qarz sorasa va mnan unda garanatiyaga nimayiz bor va buni siznikiligini qandoq tasdiqlap berasiz desam, shundoq kochar-kochmas mulklarni narhlap egaliklarini tasdiqlab beradigan hukumat yoki shahsjie biror bir tashkilotlar mavjudmi ???
va bundoq tasdiqlaqngandan keyin bu kochar-kochmas mulklarni sotilip ketmasligini garantiyalap haq-huquqlarni himoya qiladigan registratsiya orinlari mavjudmi ???
Raxmat, ha bunday tashkilotlar bor.
GKI-Goskomimushestva
Hususiy ochvoganlaram bor "Otsenka Imushestva " deb.
Manimcha bu tashkilotlar holis betaraf bo`lsa kerak, o`z hizmatlariga yarasha haq oladilar. Javobgarlikni baribir bank beradi.
Royal
10-24-2007, 07:42 AM
Manimcha bu tashkilotlar holis betaraf bo`lsa kerak, o`z hizmatlariga yarasha haq oladilar.
Javobgarlikni baribir bank beradi.
shu joyiga biroz reforma qilip ozgartirish keraykanki BANK oz qoidalarini ham ma'alum miqdorda ozgartirish kirgizip ozidan osha javobgarlikni olishi uchun va osha tashkilotlar/firmalarga haq tolangandan keyin ular ham shu BANK uchun tayyorlanadigan qogozlariga tola holda javobgarliklari tuzish keraykan....
shunda BANK ham oz garantiyasiga ega boladi...
BANK klientini ham boshi ogrimiydi - kim keladiyu - nima dip tekshiradi dip
Chunki UZB Markazie Banki kichik BANKlarga loan/leazlariga qarab fund ajratganda ham BANKlarni ishlariga qarab beradi va agarda BANKni hamma ishlari moliyavie va yuridik tamondan tasdiqlangan bolsa ulayam garantiyalangan hisoblanadi...
chunki BANK uchun bir klient ni javobgarlikka tortilishi bu berilgan loan/leazni yoqolishi degan gap...spisat qilinadi !!!!??? shu yerda savol boladi : NIMA UCHUN ????
Shunda BANK garantiyalangan hujjatlarga binoan berilsa loan va lease boyicha oz haqqlarini garantiyalari boyicha undiradilar....
Farqi bomiydi KLEINT oz loanini yevoradimi, yutvoradimi, qimorga yutqizadimi yoki 2chi 3chi yoki 4chi hotin oladimi....
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.