PDA

View Full Version : O'yin: Savol-Javob . Payg'ambarimiz (s.a.w)hayo'tlarini qanchalik yahshi bilamiz ?

Pages : [1] 2

Musofirbek
10-20-2007, 08:35 PM
O'yin qoydasi :

1. Savollar payg'ambarimiz (s.a.v) hayotlariga bevosita aloqador bo'lsin.

2 Javob to'g'ri bo'lsa "thanks" tugmachasini bosish bilan kifoyalansin.

3. Javob bergan kishi oddiy bo'lsa ham bitta savol bersin.

4. Bir postga faqat bitta (yoki o'sha savolga aloqador yana bitta) savol qo'yilsin..

PS ; agar Sallollohu alayhi vasallam dep yozishga erinsanglar mana bunii :saws: bunday : saws : (probelsiz) qilip yozsa chiroyliroo bolar ekan

Professor
10-21-2007, 02:03 AM
Binchi savol :
Rasululloh salllohu alayhi vasallam nechanch yil tug'lganlar ?

Olloh rozi bo'lsin mavzu uchun.

Rasululloh Muhammad (sav) 570 yil Makka shahrida tugilganlar.

Savol: Rasululloh Muhammad (sav) ota-onalaring, bobo-buvilarining isimlari va ular qaysi qavmdan bulganlar?

B.TURKISTANI
10-21-2007, 02:50 AM
Olloh rozi bo'lsin mavzu uchun.

Rasululloh Muhammad (sav) 570 yil Makka shahrida tugilganlar.

Savol: Rasululloh Muhammad (sav) ota-onalaring, bobo-buvilarining isimlari va ular qaysi qavmdan bulganlar?
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning nasablari;
U zot - Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam ibn Abdulloh ibn Abdulmuttolib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay ibn Kilob ibn Murra ibn Ka'b ibn Lu'ay ibn G'olib ibn Fehr ibn Malik ibn an-Nazr ibn Kinona ibn Huzayma ibn Mudrika ibn Il'yas ibn Muzar ibn Nizar ibn Ma'dd ibn Adnan.
Buhoriy rivoyat qilgan.
QURAYSH qabilasidan.

Savol: Injilda kelgan ohirgi zamon pyg'ambarining ismi?

Falcon
10-21-2007, 09:28 AM
Savol: Injilda kelgan ohirgi zamon pyg'ambarining ismi?

Javob: Ahmad

Savol: Rosululloh sollollohu 'alayhi wa sallamni emizgan ayolning wa qabilasining nomi nima edi?

Glance
10-21-2007, 10:09 AM
Javob: Ahmad

Savol: Rosululloh sollollohu 'alayhi wa sallamni emizgan ayolning wa qabilasining nomi nima edi?

Sa'ad qabilasidan bo'lgan Halima ismli ayol.

Rasululloh s.a.w. bilan "ko'krak yorilish voqeasi" sodir bo'lganida necha yosh edilar?

Abu-Bakr
10-21-2007, 11:18 AM
Sa'ad qabilasidan bo'lgan Halima ismli ayol.

Rasululloh s.a.w. bilan "ko'krak yorilish voqeasi" sodir bo'lganida necha yosh edilar?

Ko'krak yorilish voqeasi sodir bo'lganda Rasululloh :saws: 4 yoshda edilar.
(xotira pand bermayapkan bo'lsa,... shuni o'qiganimga 10yildan oshipti:))

Savol: Ummu Habibaninng to'liq ismlari nima?

Musofirbek
10-21-2007, 11:33 AM
K

Savol: Ummu Habibaninng to'liq ismlari nima?

Умму Ҳабиба Рамла бинти Абу Суфён розияллоҳу анҳо.

Savol: Nima uchun Rasululloh :saws: avlodlarini Hoshimiylar deyiladi ?

Glance
10-21-2007, 11:39 AM
Умму Ҳабиба Рамла бинти Абу Суфён розияллоҳу анҳо.

Savol: Nima uchun Rasululloh :saws: avlodlarini Hoshimiylar deyiladi ?

Bobolarining otalari ismlari Hoshim bo'lgani uchunmi? http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/7.gif

Musofirbek
10-21-2007, 11:50 AM
Bobolarining otalari ismlari Hoshim bo'lgani uchunmi? http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/7.gif
Haa tugri shunday lekin Bobolarini haqiyqiy isimlari Amir bolgan ekan ,, keein bazi bir qilgan ishlari uchun Hoshim degan nom olgan eknalar ... usha qaysi hzimatlary uchun shunday nomlanganlar ?

Glance
10-21-2007, 12:04 PM
Haa tugri shunday lekin Bobolarini haqiyqiy isimlari Amir bolgan ekan ,, keein bazi bir qilgan ishlari uchun Hoshim degan nom olgan eknalar ... usha qaysi hzimatlary uchun shunday nomlanganlar ?

Adashmasam Hajj mavsumida, hajj qilish uchun kelgan insonlarga yegulik tarqatishni boshlaganlari uchun. (not'og'ri bo'sa to'g'rilavoring)

Savol: Nima sababdan Rasululloh S.A.W.ning bobolari o'g'illari Abdullohni qurbon qilmoqchi bo'lgan edilar? Va qanday qilib ularni qurbon qilishdan qutuldilar?

Qizil-Gul
10-21-2007, 12:33 PM
Adashvokkan bo'sam shu postimmi oзhirib tashirsila, moderatorla: Lekin javob bilishimcha shu:

Abdullah bin Abdulmuttalibning (ra) otalari Abdulmuttalib u davrda Makkaning hokimi bo'lganla, zamzam suvini qayta tiklash ishlari bilan shug'ullanvokan davrlarida, niyat qilganlar agar bu ish nihoyasiga yetga o'gнllarimdan bittasini qurbon qilaman deb. Orzulari amalga oshgach tush ko'radila va niyatlarini eslaydila. Quro tashlashganda o'gнllaridan Abdulmuttalib chiqadi. Lekin Arraf degan odam yordami bilan Ogнllarini o'rniga 100 ta tuya qurbon qiladilar. Paygбmbarimiz otalari Abdullah (r.a) va Ismail buvalarini(a.s) eslab doimo "Men ikki qurbonlikning o'gliman." deganlar.

Paygбmbarimizning(s.a.v) ota-onalari ayni vaqitta ularning ummatlaridan bo'la oladi? Yo'q yoki ha javobiga sabab?

Glance
10-21-2007, 01:41 PM

Javobingiz to'gri, yana sal qo'shimcha qiladigan bo'lsam: Rasululloh S.A.W.ning buvalari Abdulmutallibning o'gillari yo'q edi, yordamga muhtoj edilar, shunda Alloh menga 10 ta o'gil bersa bittasini qurbon qilaman deb qasam ichgandilar. Ichgan qasamlarini amalga ochirish maqsadida "johiliyat davri"da keng tarqalgan kamon o'qlari yordamida "qura tashlangan". Shunda o'zlarining eng sevimli o'gillari bo'lgan Rasulullohning otalari Abdulloh chiqadilar.

Qasamni amalga oshirmoqchi bo'lib turganlarida, quraysh ahli ularni bu ishdan tohtatadi va Mughirah ibn 'Abdullah al Makhzumi boshchiligida bir chora topish maqsadida o'sha davrdagi mashhur Yasriblik bir folbin ayoldan maslahat so'rash uchun borishadi.

U ayol "qon haqqi" (? nima deb atashni bilmadim shuni :)) qancha miqdorda ekanligini so'raydi, "10 ta tuya" deyishadi. Ayol: unda bir tarafga 10 ta tuya, ikkinchi tarafga esa o'gilni qo'yib qura tashlanglar. Toki qura bola tarafga chiqqungacha, deydi. Shu bilan bu ish amalga oshiriladi, qura tashlanib-tashlanib nihoyat 100 taga yetganda, Rasululloh S.A.W. otalari Abdulloh tarafga chiqadi, va shu tariqa o'limdan qutiladilar.

Savoliz haqida o'ylab ko'rmagan ekamman, fikr yuritib ko'rsam, hato qilsam to'g'irlasangiz..:)

Rasulullohning ota-onalari ularga wahiy kelishidan, (revelation) avval wafot etganlarini hisobga oladigan bo'lsak, islom olimlarinign fikricha ular Jannatiy bo'lsihlari kerak.

Yani etmoqchimanki, ular ummat ham bo'la olmaydilar, chunki Payg'ambarimiz SAWga Allohdan wahiy kelmasidan oldin wafot etishgani uchun. Bu o'zim o'ylab ko'rganim, adashvotgan bo'sam iltimos to'girlanglar.

Abu-Bakr
10-21-2007, 02:20 PM
Rasulullah:saws: onalari uchun mag'firat so'ramoqchi bo'lganlarida Alloh swt ruhsat bermagan. Ular mushrik holatda ketishgan(Alloh saqlasin)
wallohu a'lam

satik
10-21-2007, 02:45 PM
Rasulullah:saws: onalari uchun mag'firat so'ramoqchi bo'lganlarida Alloh swt ruhsat bermagan. Ular mushrik holatda ketishgan(Alloh saqlasin)
wallohu a'lam
qadan bilas?

B.TURKISTANI
10-21-2007, 02:49 PM
Qoida buzilib ketmoqda brodarlar, javob berdingizmi, savolni ham qo'ying.
Qoidani o'qing!!

P.S Brodarlar, ubu kimga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam haqida malumot krak bo'lsa, darhol bilmaydigan odam netdan qidiradi. google.com ni search bolimida izlasa, hammamizni yozgan postimiz chiqib turibdi. O'zimni postimni ko'rib hayron qoldim. Iloji bo'lsa sahih manbaga suyansak. Kelajakda insonlar keyin bizlarni fikrimizni o'qib qo'shimcha qilib o'zlaridan to'qib olish havfi bor.

lyalyapo
10-21-2007, 02:53 PM
Javobingiz to'gri, yana sal qo'shimcha qiladigan bo'lsam: Rasululloh S.A.W.ning buvalari Abdulmutallibning o'gillari yo'q edi, yordamga muhtoj edilar, shunda Alloh menga 10 ta o'gil bersa bittasini qurbon qilaman deb qasam ichgandilar. Ichgan qasamlarini amalga ochirish maqsadida "johiliyat davri"da keng tarqalgan kamon o'qlari yordamida "qura tashlangan". Shunda o'zlarining eng sevimli o'gillari bo'lgan Rasulullohning otalari Abdulloh chiqadilar.

Qasamni amalga oshirmoqchi bo'lib turganlarida, quraysh ahli ularni bu ishdan tohtatadi va Mughirah ibn 'Abdullah al Makhzumi boshchiligida bir chora topish maqsadida o'sha davrdagi mashhur Yasriblik bir folbin ayoldan maslahat so'rash uchun borishadi.

U ayol "qon haqqi" (? nima deb atashni bilmadim shuni :)) qancha miqdorda ekanligini so'raydi, "10 ta tuya" deyishadi. Ayol: unda bir tarafga 10 ta tuya, ikkinchi tarafga esa o'gilni qo'yib qura tashlanglar. Toki qura bola tarafga chiqqungacha, deydi. Shu bilan bu ish amalga oshiriladi, qura tashlanib-tashlanib nihoyat 100 taga yetganda, Rasululloh S.A.W. otalari Abdulloh tarafga chiqadi, va shu tariqa o'limdan qutiladilar.

Savoliz haqida o'ylab ko'rmagan ekamman, fikr yuritib ko'rsam, hato qilsam to'g'irlasangiz..:)

Rasulullohning ota-onalari ularga wahiy kelishidan, (revelation) avval wafot etganlarini hisobga oladigan bo'lsak, islom olimlarinign fikricha ular Jannatiy bo'lsihlari kerak.

Yani etmoqchimanki, ular ummat ham bo'la olmaydilar, chunki Payg'ambarimiz SAWga Allohdan wahiy kelmasidan oldin wafot etishgani uchun. Bu o'zim o'ylab ko'rganim, adashvotgan bo'sam iltimos to'girlanglar.

Sag'aaaaal adashdingiz :) Abdulmutalibning bir o'g'li bo'lgan edi o'sha davrda, zam-zam suviga egalik masalasida bahs bo'ladi, shunda 10 o'g'il uchun duo qiladilar(chunki u davrda qancha yaqinlari ko'p bo'lsa shuncha kuchliroq bo'lar edi).

Payg'ambarimiz s.a.v ning ota-onalari masalasi ihtiloflik emasmidi birodarlar?

Musofirbek
10-21-2007, 03:09 PM
Haa man ham shunday oqidigandim
Abdul Muttalib :agar 10 og'lim bolsa va uzini uzi (yoki mani deganmila ) himoya qilolasa bittasini qurbonlik qilaamn dep qasam ichgan ekanlar .... lekin 100 ta tuya so'yganlary ros Walohu alam ....

Payg'ambarimiz s.a.v ning ota-onalari masalasi ihtiloflik emasmidi birodarlar?

Hmm man bilmadim l faqat Abduvali qory akani darsliklarida eshitganim , Abu Bakir (user)etganidek edii Wallohu alam .

B.TURKISTANI
10-21-2007, 03:13 PM
Haa man ham shunday oqidigandim
Abdul Muttalib :agar 10 og'lim bolsa va uzini uzi (yoki mani deganmila ) himoya qilolasa bittasini qurbonlik qilaamn dep qasam ichgan ekanlar .... lekin 100 ta tuya so'yganlary ros Walohu alam ....

Hmm man bilmadim l faqat Abduvali qory akani darsliklarida eshitganim , Abu Bakir (user)etganidek edii Wallohu alam .
Shuning uchun sahih manbani keltirish kerak. Sahihligida shubha bor narsani o'zimiz ijdihodimiz bilan hech narsa qila olmaymiz.

P.S Antibidat brodar. Qoiadani o'zingiz yozib o'zingiz amal qilmayopsiz. Sahrt qo'yish kerak edi.Javob sahih bo'lsin deb.:D

AbdurRahman
10-21-2007, 03:38 PM
Anas radiallahu anhu rivoyat qiladiki bir kishi so'radi:"Ey Rasululloh, mening otam qayerda?" U(sallallahu alayhi wa sallam):"Do'zaxda" ,-dedilar. U kishi ketayotganda uni chaqirib oldilar va aytdilar:" Mening otam va sening otang Do'zaxda" (Sahih Muslim, 203)

Abu Hurayrah radiallahu anhu rivoyat qiladiki, Rasululloh sallallahu alayhi wa sallam dedilar:"Men Robbimdan onamga mag'firat so'rashlikka ijozat so'radim, ammo U(Alloh) ruhsat bermadi. va men Undan onamning qabrini ziyorat qilishga ruhsat so'radim, U ruhsat berdi" Sahih Muslim(976)

Imom Nawawiy rahimahullah bu hadisga sharh qilib "Bu kofirlarga mag'firat so'rashlikning harom ekanligiga dalil" dedilar.

AbdurRahman
10-21-2007, 03:42 PM
Hmm man bilmadim l faqat Abduvali qory akani darsliklarida eshitganim , Abu Bakir (user)etganidek edii Wallohu alam .

O'sha dars qaysi maruzalarida mavjud, eshitsak barchamiz uchun foydalik bo'lardi inshaAllaah.

Musofirbek
10-21-2007, 03:55 PM
O'sha dars qaysi maruzalarida mavjud, eshitsak barchamiz uchun foydalik bo'lardi inshaAllaah.

AbdurRahman man esimda yoq uzir topish uchun hamma maruzlarini eshtip chiqshim kerak boladi da :?
AbdurRahman savolga javob bergan keein savol ham berish kerak betta :)

AbdurRahman
10-21-2007, 04:09 PM
Muhammad sallallahu alayhi wa sallam qaysi oyat bilan nabiy va qaysi oyat bilan rasul bo'ldilar?

johnny_80
10-21-2007, 06:16 PM
Rasulullloh (s.a.v) "Iqro bismi robbikallazi xolaq" (Alaq, 1-oyat) bilan nabiy bo'ldilar va "Ya ayyuhal muddassir qum fa anzir" (Muddassir, 1-2-oyat) bilan rasul bo'ldilar
Xato bo'lsa to'g'irlarsilar

Savol: Payg'ambar alayhissalomga dashnom berib nozil bo'lgan oyatlar qaysi. Va bu oyatlar nozil bo'lishiga sababchi bo'lgan sahoba kim?

Falcon
10-21-2007, 07:22 PM
Savol: Payg'ambar alayhissalomga dashnom berib nozil bo'lgan oyatlar qaysi. Va bu oyatlar nozil bo'lishiga sababchi bo'lgan sahoba kim?

" 'Abasa wata walla" deb boshlanuvchu suraning awwalgi oyatlari, bunga sabab Abdulloh ibn Ummi Maktum r.a edilar (yana bor bo'lsa yozib qo'ying)

Savol: Rasululloh sollollohu 'alayhi wasallamning boqib olgan o'g'illari bo'lganmi? Bo'lsa ular kimlar?

satik
10-22-2007, 05:19 AM
" 'Abasa wata walla" deb boshlanuvchu suraning awwalgi oyatlari, bunga sabab Abdulloh ibn Ummi Maktum r.a edilar (yana bor bo'lsa yozib qo'ying)

Savol: Rasululloh sollollohu 'alayhi wasallamning boqib olgan o'g'illari bo'lganmi? Bo'lsa ular kimlar?
Adashmasam hazrati Zayd bo'lishlari kerak.
Asli eronlik. Keyinchalik otasi istab keganda, Rasullulloh bilan qolishni ixtiyor qilgan.
Adashmasam Qur'onda boqib olingan farzandga o'z ismini berib o'g'lim yoki qizim deb bo'lmasligi biroq buni oldin Payg'ambarimiz bilmanaganliklari uchun u kishiga gunoh yo'qligi haqida oyat bor.

Shokirbek
10-22-2007, 05:47 AM

To'g'ri hazrati Zayd ibn Horisa (r.a.) bo'lganlar, lekin u kishi eronlik (fors) emas, Banu Kalb qabilasi bo'lmish arablardan.. Hazrati Salmon al-Forsiy (r.a.)ga adashtirdiz chog'i..

Savol:

Hazrati Umar (r.a.) qaysi sahobiyning boshlaridan (o'sha sahobiy bir ulug' ishni bajarib kelganlaridan keyin) o'pganlar? O'sha ulug' ish nima?

Borz_man
10-22-2007, 06:14 AM
Adashmasam hazrati Zayd bo'lishlari kerak.
Asli eronlik. Keyinchalik otasi istab keganda, Rasullulloh bilan qolishni ixtiyor qilgan.
Adashmasam Qur'onda boqib olingan farzandga o'z ismini berib o'g'lim yoki qizim deb bo'lmasligi biroq buni oldin Payg'ambarimiz bilmanaganliklari uchun u kishiga gunoh yo'qligi haqida oyat bor.

O'glim yoki qizim deyishlik joiz,ammo chaqiryapkanda otasini ismini aytib chaqirishlik lozimligi haqida aytilgan.
Hazrati Umar (r.a.) qaysi sahobiyning boshlaridan (o'sha sahobiy bir ulug' ishni bajarib kelganlaridan keyin) o'pganlar? O'sha ulug' ish nima?

Savolga javob:

Sahobiyni ismilari: Abdulloh Ibn Huzofa.
Holat: Podshoh dindan qaytgin deb shart qo'yadi,qozonni qizdirib sahibiylarni tashashni boshlashadi, Abdulloh ibn Huzofa kulib qolalla.Nima uchun kulding savoliga ushbu javobni beradilar : ohiratda bundanam qizigan bo'ladi.Podishoh shart qo'yadi peshanamdan o'psen qo'yvoraman deb.Shunda Abdulloh ibn Huzofa javobiga: hammamizni qo'yvorsang peshonangni o'pishga roziman deydilar, shu bilan qolganlari qutulib ketishadi.Bunga javobn bazi Sahobiylar noroziligini bildirishganda Hazrati Umar rodiallohu anhu bu ishni quvatlab Abdulloh inb Huzofani peshonalarini o'pib qo'yadilar.

Muslim kishi qurbonlik bilan boshqa Muslimlarni hayotini saqlanib qolishligiga hissa qo'sha olsa,o'sha amalni qilish joiz bo'ladi.(Esga kelganicha yozildi,hadis manosiga ziddiyati bo'lsa to'gillab qo'yila,oldindan jazakallohu hoyron kasiron.)

Savol:
Rasululloh :saws: Hijoma haqida nima deganlar?

Musofirbek
10-22-2007, 08:02 AM
O
Savol:
Rasululloh s/a/w Hijoma haqida nima deganlar?

Ибн Умар разияллоху анхумодан ривоят килинган хадисда расулуллох саллаллоху алайхи ва саллам шундай дедилар: «Оч коринга (эрталабда) килинган хижома яхширокдир. Унда шифо ва барака бор, акл ва зехнни оширади. Аллохнинг баракаси билан пайшанба куни хижома килинглар. Чоршанба, жума, шанба ва якшанба кунлари хижомадан сакланинглар. Душанба ва сешанба кунлари хижома килинглар, у Аллох Айюбни мусибатдан халос килган кун, унга мусибатни чоршанба куни юборганди. Мохов ва пес чоршанба куни ёки чоршанбага ўтар кечаси пайдо бўлади». Имом Ибн Можа ривояти (хасан хадис
Islomnuri dan olingan

Savol : Ali rodiyallohu anhuni Rasululloh :saws: qanday" kunya"(uzbeklashtirolmadim shu so'zni) bilan chaqirganlar va nima uchun ?
( Ali radiyalohu anhu bu bilan juda fahirlanip ham yurgan ekanlar )

Glance
10-22-2007, 08:06 AM
off: qoidani buzaman, sorry.

Savolga javob beradigan odamla "hijoma" nima digani? maniyam savolimga javob berib ketila iltimos :)..

PS. Rosa yoqvotti manga, ancha narsa o'rganvomman, Alloh rozi bo'lsin, kirishi bilan birinchi bo'p shu threadni qidirvotti odam :D

Musofirbek
10-22-2007, 08:16 AM
Off ;Hijoma bu badan qon oldirish ,,, hozirgi meditsinadaham bor bu amaliyotla ... bizada zuluk orqalik olinadii odatda
Bazi tabiblar shundoo usha mahsus qon olinadigan joylani kesip masalan ; ikki kurak orasini sekin terisini kesip qortiq ( Hokiz shohidan yasaladi mahsus nasos) ta usha qonni tortip olishadi ,,,
Qon oldirishdan maqsad ;insonda usha qon qotip qolishi va kerak mas qonlarni chiqarip tashlash uchun Hijoma qildir shadi ... albatta bu sunnat amal hamdur ( bu man tushunganim shunday)

Wallohu alam

B.TURKISTANI
10-22-2007, 08:19 AM
Savol : Ali rodiyallohu anhuni Rasululloh :saws: qanday" kunya"(uzbeklashtirolmadim shu so'zni) bilan chaqirganlar va nima uchun ?
( Ali radiyalohu anhu bu bilan juda fahirlanip ham yurgan ekanlar )
Hazrati Ali rodiyallohu anhuni muborak laqablari Abul Hasandir.
Menimcha Hasanni otalari bo'lgani uchundir. Wallohi A'lam .:D

Savol: Muhammad Sollallohu alayhi vasallam tug'lishlari qaysi yili bo'lgan?(sanasi emas).

Glance
10-22-2007, 08:23 AM

Fil yili. Yoki melodiy 570 (most probably).. wallahu a'lam

Savol: Rasulullohga "issiq-sovuq" qilishgan voqeani to'liqligicha bayon qilsela..

Musofirbek
10-22-2007, 08:26 AM

Yoq ,, unday emas savol sRasululloh :saws: qanday kunya bilan chaqirganlaa degan edim :)
topolmadiz

Musofirbek
10-22-2007, 08:31 AM
Fil yili. Yoki melodiy 570 (most probably).. wallahu a'lam

Savol: Rasulullohga "issiq-sovuq" qilishgan voqeani to'liqligicha bayon qilsela..

Rasululloh :saws: ni bitta yahudiy sehirlap qoyadi shunda Alloh ta'lo Ihlos Falaq va Nos suralarini nozil qilgan va shu bilan uzlariga dam solganlaridan keein sehrdan ozod bolgandila Wallohu alam

Savol yana qaytariladi ;;Ali rodiyallohu anhuni Rasululloh :saws: qanday" kunya"(uzbeklashtirolmadim shu so'zni) bilan chaqirganlar va nima uchun ?

Glance
10-22-2007, 08:43 AM

O'zi kunya digani tushinishim bo'yicha, laqab emas aynan kimmidur otasi yoki onasi ekanligini - Abul, Ummu.. deb chaqirilishi ekan shekil.

Yoki javob bunaqami?

He was the only person to whom the holy Prophet referred to as the "Maula" [Master] of the Ummah

Musofirbek
10-22-2007, 08:45 AM
O'zi kunya digani tushinishim bo'yicha, laqab emas aynan kimmidur otasi yoki onasi ekanligini - Abul, Ummu.. deb chaqirilishi ekan shekil.

Yoki javob bunaqami?
Hu tugri ,man etyapgan kunya huddi Abu Khurayra (muchukchalar otasi ) dep Rasululloh :saws: erkalap chaqiradigan kunyaga ushagan kunya edii

He was the only person to whom the holy Prophet referred to as the "Maula" [Master] of the Ummah

Yoq bu mas

B.TURKISTANI
10-22-2007, 08:45 AM
Fil yili. Yoki melodiy 570 (most probably).. wallahu a'lam

Savol: Rasulullohga "issiq-sovuq" qilishgan voqeani to'liqligicha bayon qilsela..
To'gri topdingiz. Ammo probably emass Robbi-'ul Avval oyini 12chisidagi rivoyatlar kuchlik kelgan. Wallohu A'lam.

B.TURKISTANI
10-22-2007, 08:48 AM
Yoq ,, unday emas savol Rasululloh :saws: qanday kunya bilan chaqirganlaa degan edim :)
topolmadiz
Nahotki???
Hatto Umar ibn Hattob ham Ali radiyallohu anhuni shu laqab bilan chaqirgan ekanlar.

wyxpat
10-22-2007, 08:53 AM
Savol yana qaytariladi ;;Ali rodiyallohu anhuni Rasululloh :saws: qanday" kunya"(uzbeklashtirolmadim shu so'zni) bilan chaqirganlar va nima uchun ?Abu Turob

Savol: Nega shunday deb ataganla? (Antibidat, javob bermay turing)

AbdulAziz
10-22-2007, 08:57 AM
Savol yana qaytariladi ;;Ali rodiyallohu anhuni Rasululloh :saws: qanday" kunya"(uzbeklashtirolmadim shu so'zni) bilan chaqirganlar va nima uchun ?

Abu Turob

876. Sahl ibn Sa'ddan rivoyat qilindi: "Hz. Ali (k.v.)ga yoqimli ism Abu Turob edi. Kim u kishini shunday deb chaqirsa, xursand bo'lardilar. U kishini faqatgina Rasululloh (s.a.v.) bu kunya bilan ataganlar. Bir kuni hazrat Ali hz. Fotima (r.a.)dan xafa bo'lib, uydan chiqib ketdilar va masjidning devoriga suyanib oddilar. Rasululloh (s.a.v.) kelib u kishini so'radilar, devorning tagida o'tirganlarini aytishdi. Payg'ambar (s.a.v.) u kishining oddilariga keddilar. Hz. Alining orqalari tuproqqa belanib ketgan edi. Rasululloh (s.a.v.) u kishini turg'azib, ustboshlarini qoqib qo'ydilar va: "O'tir, Abu Turob", dedilar".

"Abu Turob" bu o'rinda "Tuproq otasi" degan ma'noda emas, balki Ali (k.v)ning ust-boshi tuproq bo'lib ketgani uchun Rasululloh (s.a.v) majoziy ma'noda uni shunday deb kunyalaganlar. (Imom al-Buxoriyning "Al-adab al-mufrad" kitoblaridan)

Shokirbek
10-22-2007, 08:59 AM
Rasululloh :saws: ni bitta yahudiy sehirlap qoyadi shunda Alloh ta'lo Ihlos Falaq va Nos suralarini nozil qilgan va shu bilan uzlariga dam solganlaridan keein sehrdan ozod bolgandila Wallohu alam

Savol yana qaytariladi ;;Ali rodiyallohu anhuni Rasululloh :saws: qanday" kunya"(uzbeklashtirolmadim shu so'zni) bilan chaqirganlar va nima uchun ?

Bir kun Ali (r.a.) masjidda uxlab yotgan edilar, shunda yelkalari masjida yeriga tegib tuproq bo'lib qolgan edi, Rosululloh (s.a.v) kelib qoldilarda, unga erkalagannamo: "Qum Aba Turob", "Ey Abu Turob (turob-tuproq)" turing, dedilar..
Buni ulamolar laqab deb ataganlar garchi shakli kunyadek bo'lsada..

Savol:

Hajjoj bilan bir ulug' sahobiyya ayol o'rtasida mubohasa (dialog) bo'lib o'tgan, o'sha ayol kim? Dialog nima haqda bo'lgan?

AbdulAziz
10-22-2007, 09:00 AM
Savol: Payg'ambarimiz SAVning so'nggi g'azotlari qaysi edi va u qachon bo'lgan?

B.TURKISTANI
10-22-2007, 09:08 AM
Savol: Payg'ambarimiz SAVning so'nggi g'azotlari qaysi edi va u qachon bo'lgan?
Tabuk g'azoti- to'qqizinchi hijriy sana, rajab oyi.

Manba, Hadis va Hayot kitobi 19-juz.

AbdulAziz
10-22-2007, 09:19 AM
Tabuk g'azoti- to'qqizinchi hijriy sana, rajab oyi.

Manba, Hadis va Hayot kitobi 19-juz.

Javob to'g'ri.

Shuuuuu... Shartlarga biroz o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish kerakmikiiin...
Javob to'g'riligini aytish uchun alohida post qilish kerakmi-yo'qmi o'ylanib qoldim yoki bitta thanks shunga dalolat qiladimi?

Keyin agar oxirgi javob bergan odam savol bermasa, o'yin to'xtab qoladi-yu... Keyin javob bergan odamda savol bo'lmasligi mumkin... Unda nima qiladi?

Manimcha, savollar kim tomonidan bo'lsa ham berilaversin! Qancha ko'p savol berilsa, shuncha ko'p narsani o'rganamiz.

Professor
10-22-2007, 09:25 AM
Bir kun Ali (r.a.) masjidda uxlab yotgan edilar, shunda yelkalari masjida yeriga tegib tuproq bo'lib qolgan edi, Rosululloh (s.a.v) kelib qoldilarda, unga erkalagannamo: "Qum Aba Turob", "Ey Abu Turob (turob-tuproq)" turing, dedilar..

Buni ulamolar laqab deb ataganlar garchi shakli kunyadek bo'lsada..

Savol:

Hajjoj bilan bir ulug' sahobiyya ayol o'rtasida mubohasa (dialog) bo'lib o'tgan, o'sha ayol kim? Dialog nima haqda bo'lgan?

Manimcha bu Hasan Al-Basriydan olingan.....va bu yerda Iroq hokimi Hajjoj bilan Quron haqida gap ketadi....yana bilmadim.

Shokirbek
10-22-2007, 09:30 AM
Manimcha bu Hasan Al-Basriydan olingan.....va bu yerda Iroq hokimi Hajjoj bilan Quron haqida gap ketadi....yana bilmadim.

Yo'q, siz aytayotgan dialog menimcha tobeinlardan bo'lgan Said ibn Jubayr bilan Hajjoj o'rtasida bo'lib o'tadi, vallohu a'lam..

Bu esa bir ulug' sahobiyya ayol bilan Hajjoj o'rtasida bo'ladi..

Musofirbek
10-22-2007, 09:32 AM
Javob to'g'ri.

Shuuuuu... Shartlarga biroz o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish kerakmikiiin...
Javob to'g'riligini aytish uchun alohida post qilish kerakmi-yo'qmi o'ylanib qoldim yoki bitta thanks shunga dalolat qiladimi?

Keyin agar oxirgi javob bergan odam savol bermasa, o'yin to'xtab qoladi-yu... Keyin javob bergan odamda savol bo'lmasligi mumkin... Unda nima qiladi?

Manimcha, savollar kim tomonidan bo'lsa ham berilaversin! Qancha ko'p savol berilsa, shuncha ko'p narsani o'rganamiz.

Tugri kop narsa urgan ganimiz yashi birodar lekin savolla juda kop
hammayo bardak bop ketadimii dep uylayman (yana bilmadim) hozir shuni uzida shundogam savol ket ma ket bop ketyvotty javop ham
Manimcha Thanks yetsa kerak dep uylay man yoki javop dan keein Savol beruvchi yoki javopbni biluvchi odam tasdiqlagani maqulmii keein savolga otilsa ?

Keein yan bitta savol ,savolar Rasululloh :saws:ga tegishlik savol bolgani yahshimi yoki sahobalar hayotidan ham bo'laveradimi?

Shokirbek
10-22-2007, 10:19 AM

Yuqoriga e'tibor bermay, biz ham sahobalar hayotiga o'tib ketibmizku.. :)
Yaxshi, unda aytganlaringizdek:

1. Javob to'g'ri bo'lsa "thanks" tugmachasini bosish bilan kifoyalansin.
2. Javob bergan kishi oddiy bo'lsa ham bitta savol bersin.
3. Savollar payg'ambarimiz (s.a.v) hayotlariga bevosita aloqador bo'lsin.
4. Bir postga faqat bitta (yoki o'sha savolga aloqador yana bitta) savol qo'yilsin..

Yuqoridagi 4 shartga amal qilinsa bardak bo'lib ketmaydi inshoolloh...

Nima dedinglar?

Glance
10-22-2007, 10:30 AM

Moderatorla yoki thread ochgan inson edit qilib, aniq qilib shu shartlarni yozganlari ma'qul.

Musofirbek
10-22-2007, 10:57 AM
Savol : Rasululloh:saws: payitlarida Fors hukumdori Hisroga elchi jonatgalla usha sahoba kim bolgan ?

shafiq
10-22-2007, 12:34 PM
Man yan uzim boshlab bersam agar mani bu postimdan oldin u bu kim savol bergan bolsa bu savolim o'chirib tashlayman

Savol : Rasululloh:saws: payitlarida Fors hukumdori Hisroga elchi jonatgalla usha sahoba kim bolgan ?

Fors hukmdori Kisro ibn Hurmuz unga yuborilgan elchi Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy.

Savol - 1 :
Ushbu sahobiyning Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so'ranglar javob beraman deganlarida Ul zotga bergan mashhur savoli bor Ul zot nima deb javob berganlar?

Savol - 2:
Bu sahoby Rim imperiyasi podshohlaridan birining qolidagi asirlikdan qanday qutulgan'?

Musofirbek
10-22-2007, 01:04 PM

1 savolga javob ,:Abdulloh Raziyallohu anhu " Meni otam kim ? deganlarida .Rasululloh :saws: "Seni otang Huzofa" deganlar ( agar adashmagan bo'lasam )
2- savolga javob 27 postdagi Borz man bergan javob bolasa kerak

1.savol : Rasululloh :saws: ning farzadlari Ibrohim ni vafot bolish arafasida bir voqeya bo'lgan edi usha qaysi voqeya ?
2.Savol :,Bu voqeya Ibrohim ni olishiga sabab bo'lganmi ?

AbdulAziz
10-22-2007, 08:15 PM
Tugri kop narsa urgan ganimiz yashi birodar lekin savolla juda kop
hammayo bardak bop ketadimii dep uylayman (yana bilmadim) hozir shuni uzida shundogam savol ket ma ket bop ketyvotty javop ham
Manimcha Thanks yetsa kerak dep uylay man yoki javop dan keein Savol beruvchi yoki javopbni biluvchi odam tasdiqlagani maqulmii keein savolga otilsa ?
Keein yan bitta savol ,savolar Rasululloh :saws:ga tegishlik savol bolgani yahshimi yoki sahobalar hayotidan ham bo'laveradimi?

Bu yerda sahobalar hayotiga oida savollar ham ketayapti. Bu ham manimcha yaxshi natijaga olib keladi. Unda mavzu nomini "Payg'ambarimiz va sahobalar hayotiga oid savol-javoblar" deb o'zgartirish mumkin.

Har xil chalkashlik bo'lmasligi uchun bir userni shu mavzuga mas'ul qilsak, u user javob berilmagan savollar, chala javob berilgan savollar va javob berib bo'lingan savollar haqida informatsiya berib borsa. Masalan, javob berib bo'lingan savollar 10 ta yoki 20 taga yetsa, savol-javob tarzida uni ham e'lon qilsa, yangi savol beruvchilar, o'sha savollarni qaytarishmasdi va boshqalarga ham ilm bo'lardi.

Javob berilmagan savollar 5 taga yetsa ularni ham Javob berilmagan savollar deb alohida post qilinsa, userlar postlar orasidan qidirib yurishmasdi. Shunda, manimcha, chalkashliklar kamroq bo'ladimikan...

AbdulAziz
10-22-2007, 08:23 PM
1 savolga javob ,:Abdulloh Raziyallohu anhu " Meni otam kim ? deganlarida .Rasululloh :saws: "Seni otang Huzofa" deganlar ( agar adashmagan bo'lasam )
2- savolga javob 27 postdagi Borz man bergan javob bolasa kerak

1.savol : Rasululloh :saws: ning farzadlari Ibrohim ni vafot bolish arafasida bir voqeya bo'lgan edi usha qaysi voqeya ?
2.Savol :,Bu voqeya Ibrohim ni olishiga sabab bo'lganmi ?

1. Shu kuni quyosh tutilib, olamni qorong‘ulik bosdi.

2. Xalq bu voqeani Rasululloh o‘g‘li Ibrohimning motami uchun bo‘ldi, deb o‘yladilar. Muni anglab Rasululloh minbarga chiqib:
— Ey odamlar! Bu oy-kun ersa Allohning ulug‘ qudratini bildirishga ikki alomatdur. Birovning o‘lishi yoki tug‘ilish uchun kun kuyib, oy tutilish degan ish yo‘qdur, — deb mundoq o‘rinsiz e’tiqod qilishdan saqlanish kerakligini ularga bildirdilar. ("Tarixi Muhammadiy"dan)

Savol: Payg'ambarimiz Muhammad SAV Madinaga kim bilan birga hijrat etdilar? Ular yashiringan g'orning nomi nima edi? Ularga yashirincha taom tashigan va kofirlarning harakatlari haqida xabar bergan kim edi?

B.TURKISTANI
10-22-2007, 10:27 PM

Hijratga izn olganlarida, ana o'sha paytada mushriklar Rasulullohga(s.a.v), qatloim uyushtirish rejasini tuzib bo'lgan edilar.
Ana shu paytda Alloh subhanuhu va taolo O'zining suyukli nabiysi Muhammad sollallohu alayhi vasallamga hijrat qilishga izn berdi. Shu onda Abu Bakr Siddiq bilan birga hijratga tushdilar, ular to'htagan g'or Savr tog'ida, yo'l boshlagan va jonbozlik ko'rsangat odam esa Abdulloh ibn Abu Bakrdir.

B.TURKISTANI
10-22-2007, 10:33 PM
Savol:Rasululloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamni farzandlari nechta bo'lgan va ularning ismlari? :)

rosefire
10-22-2007, 11:11 PM
Savol:Rasululloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamni farzandlari nechta bo'lgan va ularning ismlari? :)
javob: 7 ta farzandlari bolgan:
3 o'gil (Abd-Allah ibn Mahammad, Qasim ibn Muhammad va Ibrahim ibn Muhammad)
4 qiz (Ruqayyah bint Muhammad, Umm Kuhthum bint Muhammad, Zainab bint Muhammad va Fatima Zahra)

Savol: Payg'ambarimiz Muhammad (SAV) necha yoshlarida Hadicha onamizga uylanganlar?

kitayoza
10-22-2007, 11:23 PM

(ayrim banbalarda 6 farzandlari bor deb korsatilgan, hato bolsa togrilang iltimos)

Savol: Payg'ambarimiz Muhammad (SAV) necha yoshlarida Hadicha onamizga uylanganlar?

25 yoshda bo'lganlar.
Allah rozi bo'lsin hammeylardan. Rasululloh sav. hayotlarini va sahoblar hayotlarini juda yaxshi bilar ekansizlar. Davom etaveriylar. Ko'pchilikka mamnun bo'lishyapti.
Bilmagan narsalarimni bilvolyapman.:D

savol:
Fotima ra. qaysi yilda tug'ilganlar? Nubuvatdan oldinmi yoki nubuvatdan keyinmi?

shafiq
10-22-2007, 11:26 PM
Savol: .... Ularga yashirincha taom tashigan va kofirlarning harakatlari haqida xabar bergan kim edi?

Agar adashmasam bu ishlarni bajargan Asmo bint Abi Bakr rodiyallohu anhumo bo'lganlar shundan keyin "Zotun-nitoqayn" deb laqab olganlar.

rosefire
10-22-2007, 11:34 PM
savol:
Fotima ra. qaysi yilda tug'ilganlar? Nubuvatdan oldinmi yoki nubuvatdan keyinmi?
javob: Fotima ra. 605 da tugilganlar (ayrim banbalarga qaraganda Qur'on nozil bolishidan 5 yil avval va Kabaaning qayta qurilayotgan yilda tavallud topganlar)va 632 yilda vafot etganlar(lekin uzr, bu nubuvatdan oldinmi keyinmi shuni bilmas ekanman:uups:)

Fatima onamiz turmushga chiqqan insonnning ism shariflari nima? va U kishi Muhammad SAW ga kim bolgandilar (yani kuyov bolmaslaridan avval)

ps: juda ajoyib foydali thread bolibdi, hech nima bilmasdimakan. mendaqa bilmasvoylarga organishimizga katta hissa qoshyapti desam mubolaga qilmagan bolaman
rahmat hammelarga

shafiq
10-22-2007, 11:38 PM
savol:
Fotima ra. qaysi yilda tug'ilganlar? Nubuvatdan oldinmi yoki nubuvatdan keyinmi?

Fotima rodiyallohu anho hijratdan 18 yil avval tug'ulganlar. Bu albatta nubuvvatdan oldin bo'ladi.

Savol:
Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam hijratdan keyin nechta farzand ko'rganlar?

Mulohaza: yuqorida Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam farzandlari haqidagi javobni aniqroq bilganlar unga tuzatish kiritib qo'ysin.

Musofirbek
10-22-2007, 11:52 PM
ja

Fatima onamiz turmushga chiqqan insonnning ism shariflari nima? va U kishi Muhammad SAW ga kim bolgandilar (yani kuyov bolmaslaridan avval)

r
Ali radiyallohu anhu bo'ladilar , u kishi adashmasam amakilary Abu Tolib ni o'gli bo'lganlar ,,
shafiq savoli

kitayoza
10-22-2007, 11:59 PM
Fotima rodiyallohu anho hijratdan 18 yil avval tug'ulganlar. Bu albatta nubuvvatdan oldin bo'ladi.

e qoyil. Shunday qiyin savolni bir pastda javob berib qo'ydizku.
Bir kuni yurtimiz yosh olimlari bilan bir aqiqa to'yga borgan edik Urgut taraflarga. Majlisda o'zaro savol javob paytida kallamga qizu bir savol kep qoldi.
"Nima sababdan juda ko'p manbaalarda Rasululloh sav. ning faqatgina FOTIMA ra. ning ismi zikr qilinadi. Nega Ummu Gulsum yoki Zaynab ra. deb emas, aynan Fotima ra. ni misol qilib hadislar keladi yo bu shialarning ta'sirimi" degan savolni hozirda Toshkent Islom Mahadi rektori Ayubhon Kosoniyga savol bergan edim.
U kishim aytilarki "Yo'q shilarning masalasi bu yerda yo'. Sababi Fotimai Zahro ra. nubuvvat paytida tug'ilganlar, shunga kenjasi bo'lganlar. Undan keyin opalari nubuvvatdan oldin turmushga chiqib ketgan bo'ganlari uchun ko'pgina hadislarda faqatgina u kishining misoli keladi" degan edilar. Mana endi hayron bo'lib o'tiribman.:rolleyes:

Endi tahlil qilsak. Agar Fotima ra. hijratdan 18 yil oldin tugilgan bo'sala
18-10=8 40-8=32 yosh
Demak Rasululloh sav. 32 yoshlarida yoki Hadicha ra. onamiz bilan bahtli 8 yili oilaviy hayot ko'rganlarida Fotima ra. ga ota bo'gan ekanlar. rahmat.

shafiq
10-23-2007, 01:55 AM
e qoyil. Shunday qiyin savolni bir pastda javob berib qo'ydizku.

Endi tahlil qilsak. Agar Fotima ra. hijratdan 18 yil oldin tugilgan bo'sala
18-10=8 40-8=32 yosh
Demak Rasululloh sav. 32 yoshlarida yoki Hadicha ra. onamiz bilan bahtli 8 yili oilaviy hayot ko'rganlarida Fotima ra. ga ota bo'gan ekanlar. rahmat.

Tahlilingizda sal xato borga o'xshaydi 18-13=5 40-5= 35 to'g'riroq bo'lsa kerak. Chunki hijrat payg'ambarlikdan 13 yil kein bo'lgan.

AbdulAziz
10-23-2007, 02:42 AM
Fotima rodiyallohu anho hijratdan 18 yil avval tug'ulganlar. Bu albatta nubuvvatdan oldin bo'ladi.

Savol:
Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam hijratdan keyin nechta farzand ko'rganlar?

Mulohaza: yuqorida Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam farzandlari haqidagi javobni aniqroq bilganlar unga tuzatish kiritib qo'ysin.

Bitta: Ismlari Ibrohim. Moriya onamizdan tug'ilgan.

Rasululloh SAVning ikki o'g'illari - Qosim va Abdulloh, 4 qizlari - Zaynab, Ruqiya, Ummu Gulsum, Fotiha r.a.lar hazrati Hadija onamizdandir. Ularning barchalari hijratdan avval Makkada tug'ilganlar.

Manba: Ayol sahobalar, Mavlono Niyoz

SAVOL: Payg'ambarimiz SAV ning sut onalari va sut qardoshlarining ismi nima edi?

Abu-Hafiza
10-23-2007, 05:19 AM
SAVOL: Payg'ambarimiz SAV ning sut onalari va sut qardoshlarining ismi nima edi?

Rasululloh (SAWS)ning ilk sut onalari Abu Lahabning joriyasi bo'lmish Suvayba edi. Suvayba shuningdek Rasululloh (SAWS)ning amakilar, Amir Hamzani va Abdulloh bin Abdulasad al Mahzumiyni ham emizgandi. Suvaybaning o'g'li Masruh edi.

Undan keyin esa Rasululloh (SAWS)ni Halima bint Abu Zuayb as-Sa'diyya edi. Halima as-Sa'diyyaning o'g'lining ismi Abdulloh bin Horis edi va ikki qizlari Unaysa bint Horis va judoma bint Horis edi. Halima as Sa'diya shuningdek Amir Hamza va Abu sufyonni ham emizgandir.

Mamba:
1. Zodul Maod (Ibn Qoyyum al Javziyya)
2. Rahiq al Mahtum (Saifur Rahmon al-Mubarakpuriy)

Savol: Rasululloh (SAWS)ning shaxsan o'zlari chiqqan ilk g'azavotining nomi nima edi? Hijratdan 12 oy keyin Safar oyida bo'lgan g'azavot.

AbdulAziz
10-23-2007, 07:12 AM
Savol: Rasululloh (SAWS)ning shaxsan o'zlari chiqqan ilk g'azavotining nomi nima edi? Hijratdan 12 oy keyin Safar oyida bo'lgan g'azavot.

Al-Ushayra (yoki al-Usayra)

1-bob. «Al-Ushayra yoki Al-Usayra janggi» haqida «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan g‘azotlarning birinchisi «Al-Abvo» g‘azoti, keyin «Buvot», keyin ersa «Al-Ushayra» g‘azotidir»,— deydilar.

Imom Buxoriy rivoyat qiladilarki, Abu Ishoq bunday debdurlar: «Men Zayd ibn Arqamning yonlarida erdim. Ul kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam necha gazotda ishtirok qilganlar?»—deb so‘rashdi. Zayd: «19 ta»,— dedilar. Zayddan yana so‘rashdi: «Siz Rasululloh birlan necha gazotda birga bo‘lgansiz?». Ul kishi: «17 tasida»—deb javob qildilar».

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan gazotlarning birinchisi qaysi?»—deb Zayddan so‘rasam, ul kishi: «Al-Ushayra (yoki Al-Usayra)»—deb aytdilar, Qatodadan ham so‘ragan erdim, ul kishi ham «Al-Ushayra» deb tasdiqladilar»,— deydilar Abu Ishoq.

Manba: "Sahihi Buxoriy", Kitobul-mag'oziy

SAVOL: Badr jangida ishtirok etgan ansor va muhojirlar soni qancha edi?

B.TURKISTANI
10-23-2007, 08:05 AM
SAVOL: Badr jangida ishtirok etgan ansor va muhojirlar soni qancha edi?

Badr jangi ishtirokchilar soni:
"Badrga otlangan musulmonlar 317 nafar edilar. Shulardan 86 ishtirokchi muhojirlardan, 61 ishtirokchi esa ansoriylarning AVS va 170si esa Hazraj qabilasidan edi"

Manba: "Hadis va Hayot" kitobi 19 juz. 250 va 251 betlar.

B.TURKISTANI
10-23-2007, 08:06 AM
Savol:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi yili ya'ni payg'ambarlikni qaysi yilida ikki yaqin insonlaridan ayriladilar va u yil nima deb nomlanadi?

Musofirbek
10-23-2007, 08:17 AM
Savol: Islom dini nima?

Savol:

Hajjoj bilan bir ulug' sahobiyya ayol o'rtasida mubohasa (dialog) bo'lib o'tgan, o'sha ayol kim? Dialog nima haqda bo'lgan?

Aka savol shartlary bor edii hozir biza sharlangan savolladan chetlaship ketmayapmismii?

Abu-Hafiza
10-23-2007, 08:42 AM
Savol:

Hajjoj bilan bir ulug' sahobiyya ayol o'rtasida mubohasa (dialog) bo'lib o'tgan, o'sha ayol kim? Dialog nima haqda bo'lgan?

Asmo bint Abu Bakr(ra) va diolog o'g'illari Abdulloh bin Zubayr Hajjoj tarafidan o'ldirilganidna keyingi diolog edi. "Rasulullohdan Saqif qabilasidan bir kazzob va bir qotil chiqadi, deganlarini eshitgan edim. Kazzobni ko'rdik (musaylamani nazarda tutib), qotil esa sen bo'lasan Hajjoj" deb aytganlar.

Shu diologmikin?

Han
10-23-2007, 08:58 AM
Savol:Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi yili ya'ni payg'ambarlikni qaysi yilida ikki yaqin insonlaridan ayriladilar va u yil nima deb nomlanadi?

Hijratdan uch yil avval sevgili payg'ambarimiz ketma ket dard sheriklari volidamiz hazrati Hadija (rodiyallohu anho) va amakilari Abu Tolibdan ham ajralib qoladilar...
bu huznli yilga "sanat-ul-huzn" deyildi...

savol: Faqat Pay'gambarimizgagina ruhsat etilib, ummatga man qilingan amallar nimalar?

PS: tuzatildi...

Musofirbek
10-23-2007, 09:29 AM
savol: Faqat Pay'gambarimizgagina ruhsat etilib, ummatga man qilingan amallar nimalar?
4 ta ayoldan kopiga uylanishmi ?

yoki tahajjud vojibligimi ?

AbdulAziz
10-24-2007, 12:32 AM
Savol: Ulamolar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) aytadilarki: «Alloh taolo payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni besh karomat bilan mukarram qildi. O'sha karomatlar qaysi edi?

Musofirbek
10-24-2007, 05:20 AM
Savol: Ulamolar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) aytadilarki: «Alloh taolo payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni besh karomat bilan mukarram qildi. O'sha karomatlar qaysi edi?
Birodar aslida Han nii savoliga javob berilish kerak edii va javob bergan odam keein savol berishi kerak edii ... va agar javobim tugri bolgan bolsa sizzi savoliz (bugal) kuchda Inshalloh :)

AbdulAziz
10-24-2007, 08:41 PM
Birodar aslida Han nii savoliga javob berilish kerak edii va javob bergan odam keein savol berishi kerak edii ... va agar javobim tugri bolgan bolsa sizzi savoliz (bugal) kuchda Inshalloh :)

Birodar, aynan shu narsani man tanqid qilgandim-da, masalan javob beruvchi javobining to'griligi haqida gumonda bo'lsa va savol berishga ikkilansa, to savol berguvchi kirib to'g'ri yo noto'g'riligini aytguncha o'yin to'xtab qoladi-yu...

Har xil holatlar bo'lib, mobodo savol beruvchi 1 haftadan so'ng kirsa, ungacha o'yin to'xtab turaveradimi?

Shuning uchun man har kim savol beraversin, bir kishi qarab tartibga tushirib turadi deb aytgandim...

Musofirbek
10-24-2007, 11:27 PM
Сообщение от AbdulAziz Посмотреть сообщение
Savol: Ulamolar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) aytadilarki: «Alloh taolo payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni besh karomat bilan mukarram qildi. O'sha karomatlar qaysi edi?

1. Qur'oni Kareem
2. Meroj kechasi
3.Oyni ikkiga bo'linishi

. Shumidii uzi agar tugri bo'lsa davom ettir vorila chota qolgani esga kelmayapty ?

.

AbdulAziz
10-24-2007, 11:57 PM
1. Qur'oni Kareem
2. Meroj kechasi
3.Oyni ikkiga bo'linishi

. Shumidii uzi agar tugri bo'lsa davom ettir vorila chota qolgani esga kelmayapty ?
.

Yo'q, bu yerda karomat so'ralyapti...
Birinchisini o'zim ayta qolay:
Alloh taolo Muhammad alayhissalomni boshqa payg‘ambarlar (Odam, Nuh, Ibrohim va boshqalar)dek ismlari bilan emas, balki «rasulim», deb chaqirdi.

Boshqalarini topishga harakat qilinglar.

AbdulAziz
10-24-2007, 11:59 PM
Assalomu alaykum!
Ushbu threadda berilgan barcha savollar javoblari bilan e'lon qilinmoqda.
Agar xatolar ketgan bo'ksa va to'ldirishlar bo'lsa, yana qo'shishingiz mumkin.

Javob berilgan savollar:

1. Rasululloh salllohu alayhi vasallam nechanch yil tug'lganlar ?
Javob: Rasululloh Muhammad (sav) 570 yil Makka shahrida tugilganlar.

2. Rasululloh Muhammad (sav) ota-onalaring, bobo-buvilarining ismlari va ular qaysi qavmdan bo'lganlar?
Javob: Nabiy sollallohu alayhi vasallam vasallam Quraysh qabilasidan bo'lganlar.
Nasablari: Muhammad ibn Abdulloh ibn Abdulmuttolib ibn Hoshim ibn Abdumanof ibn Qusay ibn Kilob ibn Murra ibn Ka'b ibn Lu'ay ibn G'olib ibn Fehr ibn Malik ibn an-Nazr ibn Kinona ibn Huzayma ibn Mudrika ibn Il'yas ibn Muzar ibn Nizar ibn Ma'dd ibn Adnan.

3. Injilda kelgan ohirgi zamon pyg'ambarining ismi?
Javob: Ahmad.

4. Rosululloh sollollohu 'alayhi wa sallamni emizgan ayolning wa qabilasining nomi nima edi?
Javob: Sa'ad qabilasidan bo'lgan Halima ismli ayol.

5. Rasululloh s.a.w. bilan "ko'krak yorilish voqeasi" sodir bo'lganida necha yosh edilar?
Javob: Ko'krak yorilish voqeasi sodir bo'lganda Rasululloh SAV 4 yoshda edilar.

6. Ummu Habibaninng to'liq ismlari nima?
Javob: Ummu Habiba Ramla binti Abu Sufyon roziyallohu anho.

7. Nima uchun Rasululloh SAV avlodlarini Hoshimiylar deyiladi ?
Javob: Bobolarining otalari ismlari Hoshim bo'lgani uchun. Bobolarining haqiyqiy isimi Amir bo'lgan. Hajj mavsumida hajj qilish uchun kelgan insonlarga yegulik tarqatishni boshlaganlari uchun Hoshim deb nom berishgan.

8. Nima sababdan Rasululloh S.A.W.ning bobolari o'g'illari Abdullohni qurbon qilmoqchi bo'lgan edilar? Va qanday qilib ularni qurbon qilishdan qutuldilar?
Javob: Rasululloh S.A.W.ning buvalari Abdulmutallibning bir o'g'li bo'lgan edi o'sha davrda, zam-zam suviga egalik masalasida bahs bo'ladi, shunda 10 o'g'il uchun duo qiladilar(chunki u davrda qancha yaqinlari ko'p bo'lsa shuncha kuchliroq bo'lar edi), shunda Alloh menga 10 ta o'gil bersa bittasini qurbon qilaman deb qasam ichgandilar. Ichgan qasamlarini amalga ochirish maqsadida "johiliyat davri"da keng tarqalgan kamon o'qlari yordamida "qura tashlangan". Shunda o'zlarining eng sevimli o'gillari bo'lgan Rasulullohning otalari Abdulloh chiqadilar. Qasamni amalga oshirmoqchi bo'lib turganlarida, quraysh ahli ularni bu ishdan tohtatadi va Mughirah ibn 'Abdullah al Makhzumi boshchiligida bir chora topish maqsadida o'sha davrdagi mashhur Yasriblik bir folbin ayoldan maslahat so'rash uchun borishadi. U ayol "qon haqqi" qancha miqdorda ekanligini so'raydi, "10 ta tuya" deyishadi. Ayol: unda bir tarafga 10 ta tuya, ikkinchi tarafga esa o'gilni qo'yib qura tashlanglar. Toki qura bola tarafga chiqqungacha, deydi. Shu bilan bu ish amalga oshiriladi, qura tashlanib-tashlanib nihoyat 100 taga yetganda, Rasululloh S.A.W. otalari Abdulloh tarafga chiqadi, va shu tariqa o'limdan qutiladilar.

9. Muhammad sallallahu alayhi wa sallam qaysi oyat bilan nabiy va qaysi oyat bilan rasul bo'ldilar?
Javob: Rasulullloh (s.a.v) "Iqro bismi robbikallazi xolaq" (Alaq, 1-oyat) bilan nabiy bo'ldilar va "Ya ayyuhal muddassir qum fa anzir" (Muddassir, 1-2-oyat) bilan rasul bo'ldilar.

10. Payg'ambar alayhissalomga dashnom berib nozil bo'lgan oyatlar qaysi. Va bu oyatlar nozil bo'lishiga sababchi bo'lgan sahoba kim?
Javob: "'Abasa wata walla" deb boshlanuvchu suraning awwalgi oyatlari, bunga sabab Abdulloh ibn Ummi Maktum r.a edilar.

AbdulAziz
10-25-2007, 12:00 AM
11. Rasululloh sollollohu 'alayhi wasallamning boqib olgan o'g'illari bo'lganmi? Bo'lsa ular kimlar?
Javob: Zayd ibn Horisa (r.a.)

12. Hazrati Umar (r.a.) qaysi sahobiyning boshlaridan (o'sha sahobiy bir ulug' ishni bajarib kelganlaridan keyin) o'pganlar? O'sha ulug' ish nima?
Javob: Sahobiyni ismilari: Abdulloh Ibn Huzofa. Holat: Podshoh dindan qaytgin deb shart qo'yadi,qozonni qizdirib sahibiylarni tashashni boshlashadi, Abdulloh ibn Huzofa kulib qolalla.Nima uchun kulding savoliga ushbu javobni beradilar : ohiratda bundanam qizigan bo'ladi.Podishoh shart qo'yadi peshanamdan o'psen qo'yvoraman deb.Shunda Abdulloh ibn Huzofa javobiga: hammamizni qo'yvorsang peshonangni o'pishga roziman deydilar, shu bilan qolganlari qutulib ketishadi.Bunga javobn bazi Sahobiylar noroziligini bildirishganda Hazrati Umar rodiallohu anhu bu ishni quvatlab Abdulloh inb Huzofani peshonalarini o'pib qo'yadilar.

13. Rasululloh SAW Hijoma haqida nima deganlar?
Javob: Ibn Umar raziyalloxu anxumodan rivoyat kilingan xadisda rasulullox sallalloxu alayxi va sallam shunday dedilar: «Och koringa (ertalabda) kilingan xijoma yaxshirokdir. Unda shifo va baraka bor, akl va zexnni oshiradi. Alloxning barakasi bilan payshanba kuni xijoma kilinglar. Chorshanba, juma, shanba va yakshanba kunlari xijomadan saklaninglar. Dushanba va seshanba kunlari xijoma kilinglar, u Allox Ayyubni musibatdan xalos kilgan kun, unga musibatni chorshanba kuni yuborgandi. Moxov va pes chorshanba kuni yoki chorshanbaga o‘tar kechasi paydo bo‘ladi».
Imom Ibn Moja rivoyati

14. Ali rodiyallohu anhuni Rasululloh SAW qanday" kunya" bilan chaqirganlar va nima uchun ?
Javob: Sahl ibn Sa'ddan rivoyat qilindi: "Hz. Ali (k.v.)ga yoqimli ism Abu Turob edi. Kim u kishini shunday deb chaqirsa, xursand bo'lardilar. U kishini faqatgina Rasululloh (s.a.v.) bu kunya bilan ataganlar. Bir kuni hazrat Ali hz. Fotima (r.a.)dan xafa bo'lib, uydan chiqib ketdilar va masjidning devoriga suyanib oddilar. Rasululloh (s.a.v.) kelib u kishini so'radilar, devorning tagida o'tirganlarini aytishdi. Payg'ambar (s.a.v.) u kishining oddilariga keddilar. Hz. Alining orqalari tuproqqa belanib ketgan edi. Rasululloh (s.a.v.) u kishini turg'azib, ustboshlarini qoqib qo'ydilar va: "O'tir, Abu Turob", dedilar".
"Abu Turob" bu o'rinda "Tuproq otasi" degan ma'noda emas, balki Ali (k.v)ning ust-boshi tuproq bo'lib ketgani uchun Rasululloh (s.a.v) majoziy ma'noda uni shunday deb kunyalaganlar.
(Imom al-Buxoriyning "Al-adab al-mufrad" kitoblaridan)

15. Hajjoj bilan bir ulug' sahobiyya ayol o'rtasida mubohasa (dialog) bo'lib o'tgan, o'sha ayol kim? Dialog nima haqda bo'lgan?
Javob: Asmo bint Abu Bakr(ra) va diolog o'g'illari Abdulloh bin Zubayr Hajjoj tarafidan o'ldirilganidna keyingi diolog edi. "Rasulullohdan Saqif qabilasidan bir kazzob va bir qotil chiqadi, deganlarini eshitgan edim. Kazzobni ko'rdik (musaylamani nazarda tutib), qotil esa sen bo'lasan Hajjoj" deb aytganlar.

16. Payg'ambarimiz SAVning so'nggi g'azotlari qaysi edi va u qachon bo'lgan?
Javob: Tabuk g'azoti- to'qqizinchi hijriy sana, rajab oyi.
Manba, Hadis va Hayot kitobi 19-juz.

17. Rasululloh SAV paytlarida Fors hukmdori Hisroga elchi jonatgalla usha sahoba kim bolgan ?
Javob: Fors hukmdori Kisro ibn Hurmuz unga yuborilgan elchi Abdulloh ibn Huzofa as-Sahmiy.

18. Ushbu sahobiyning Rasululloh sollallohu alayhi va sallam so'ranglar javob beraman deganlarida Ul zotga bergan mashhur savoli bor Ul zot nima deb javob berganlar?
Javob: Abdulloh Raziyallohu anhu " Meni otam kim? deganlarida, Rasululloh SAW "Seni otang Huzofa" deganlar.

19. Bu sahoby Rim imperiyasi podshohlaridan birining qolidagi asirlikdan qanday qutulgan'?
Javob: Abdulloh Ibn Huzofa.

20. Rasululloh SAWning farzandlari Ibrohim ni vafot bolish arafasida bir voqeya bo'lgan edi usha qaysi voqeya? Bu voqeya Ibrohim ni olishiga sabab bo'lganmi?
Javob:Shu kuni quyosh tutilib, olamni qorong‘ulik bosdi.
Xalq bu voqeani Rasululloh o‘g‘li Ibrohimning motami uchun bo‘ldi, deb o‘yladilar. Muni anglab Rasululloh minbarga chiqib:
— Ey odamlar! Bu oy-kun ersa Allohning ulug‘ qudratini bildirishga ikki alomatdur. Birovning o‘lishi yoki tug‘ilish uchun kun kuyib, oy tutilish degan ish yo‘qdur, — deb mundoq o‘rinsiz e’tiqod qilishdan saqlanish kerakligini ularga bildirdilar.
("Tarixi Muhammadiy"dan)

AbdulAziz
10-25-2007, 12:01 AM
21. Payg'ambarimiz Muhammad SAV Madinaga kim bilan birga hijrat etdilar? Ular yashiringan g'orning nomi nima edi? Ularga yashirincha taom tashigan va kofirlarning harakatlari haqida xabar bergan kim edi?
Javob: Abu Bakr siddiq bilan birgalikda hijrat etdilar. Ular yashiringan g'orning nomi Savr g'otidir. Ularga taom keltirgan shu yerda qo'ylarini o'tlatadigan Amir ibn Fyhayra edi. Abu Bakr siddiqning o'g'li Abdulloh xabar yetkazar edi.

22. Rasululloh Muhammad sollallohu alayhi vasallamni farzandlari nechta bo'lgan va ularning ismlari?
Javob: 7 ta farzandlari bolgan:
3 o'gil (Abd-Allah ibn Mahammad, Qasim ibn Muhammad va Ibrahim ibn Muhammad)
4 qiz (Ruqayyah bint Muhammad, Umm Kuhthum bint Muhammad, Zainab bint Muhammad va Fatima Zahra)

23. Payg'ambarimiz Muhammad (SAV) necha yoshlarida Hadicha onamizga uylanganlar?
Javob: 25 yoshda bo'lganlar.

24. Fotima ra. qaysi yilda tug'ilganlar? Nubuvatdan oldinmi yoki nubuvatdan keyinmi?
Javob: Fotima ra. 605 da tugilganlar, ya'ni hijratdan 18 yil avval.

25. Fatima onamiz turmushga chiqqan insonnning ism shariflari nima? va U kishi Muhammad SAW ga kim bolgandilar?
Javob: Ali radiyallohu anhu bo'ladilar, u kishi amakilari Abu Tolibning o'g'li bo'lganlar.

26. Payg'ambar sollallohu alayhi va sallam hijratdan keyin nechta farzand ko'rganlar?
Javob: Bitta: Ismlari Ibrohim. Moriya onamizdan tug'ilgan.
Rasululloh SAVning ikki o'g'illari - Qosim va Abdulloh, 4 qizlari - Zaynab, Ruqiya, Ummu Gulsum, Fotiha r.a.lar hazrati Hadija onamizdandir. Ularning barchalari hijratdan avval Makkada tug'ilganlar.
Manba: Ayol sahobalar, Mavlono Niyoz

27. Payg'ambarimiz SAV ning sut onalari va sut qardoshlarining ismi nima edi?
Javob: Rasululloh (SAWS)ning ilk sut onalari Abu Lahabning joriyasi bo'lmish Suvayba edi. Suvayba shuningdek Rasululloh (SAWS)ning amakilar, Amir Hamzani va Abdulloh bin Abdulasad al Mahzumiyni ham emizgandi. Suvaybaning o'g'li Masruh edi.
Undan keyin esa Rasululloh (SAWS)ni Halima bint Abu Zuayb as-Sa'diyya edi. Halima as-Sa'diyyaning o'g'lining ismi Abdulloh bin Horis edi va ikki qizlari Unaysa bint Horis va judoma bint Horis edi. Halima as Sa'diya shuningdek Amir Hamza va Abu sufyonni ham emizgandir.
Manba:
1. Zodul Maod (Ibn Qoyyum al Javziyya)
2. Rahiq al Mahtum (Saifur Rahmon al-Mubarakpuriy)

28. Rasululloh (SAWS)ning shaxsan o'zlari chiqqan ilk g'azavotining nomi nima edi? Hijratdan 12 oy keyin Safar oyida bo'lgan g'azavot.
Javob: Al-Ushayra (yoki al-Usayra)
«Al-Ushayra yoki Al-Usayra janggi» haqida «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan g‘azotlarning birinchisi «Al-Abvo» g‘azoti, keyin «Buvot», keyin ersa «Al-Ushayra» g‘azotidir»,— deydilar.
Imom Buxoriy rivoyat qiladilarki, Abu Ishoq bunday debdurlar: «Men Zayd ibn Arqamning yonlarida erdim. Ul kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam necha gazotda ishtirok qilganlar?»—deb so‘rashdi. Zayd: «19 ta»,— dedilar. Zayddan yana so‘rashdi: «Siz Rasululloh birlan necha gazotda birga bo‘lgansiz?». Ul kishi: «17 tasida»—deb javob qildilar».
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan gazotlarning birinchisi qaysi?»—deb Zayddan so‘rasam, ul kishi: «Al-Ushayra (yoki Al-Usayra)»—deb aytdilar, Qatodadan ham so‘ragan erdim, ul kishi ham «Al-Ushayra» deb tasdiqladilar»,— deydilar Abu Ishoq.
Manba: "Sahihi Buxoriy", Kitobul-mag'oziy

29. Badr jangida ishtirok etgan ansor va muhojirlar soni qancha edi?
Javob: "Badrga otlangan musulmonlar 317 nafar edilar. Shulardan 86 ishtirokchi muhojirlardan, 61 ishtirokchi esa ansoriylarning AVS va 170si esa Hazraj qabilasidan edi"
Manba: "Hadis va Hayot" kitobi 19 juz. 250 va 251 betlar.

30. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaysi yili ya'ni payg'ambarlikni qaysi yilida ikki yaqin insonlaridan ayriladilar va u yil nima deb nomlanadi?
Javob: Hijratdan uch yil o'tib sevgili payg'ambarimiz ketma ket dard sheriklari volidamiz hazrati Hadija (rodiyallohu anho) va amakilari Abu Tolibdan ham ajralib qoladilar... Bu huzunli yilga "sanat-ul-huzn" deyildi...

AbdulAziz
10-25-2007, 12:02 AM
Javob berilmagan savollar:

Han: Faqat Pay'gambarimizgagina ruhsat etilib, ummatga man qilingan amallar nimalar?

AbdulAziz: Ulamolar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) aytadilarki: «Alloh taolo payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni besh karomat bilan mukarram qildi. O'sha karomatlar qaysi edi?

Javobi to'liq bo'lmagan savollar:

Glance: Rasulullohga "issiq-sovuq" qilishgan voqeani to'liqligicha bayon qilsela...

Ixtilofli savollar:

Qizil-Gul: Payg'ambarimizning(s.a.v) ota-onalari ayni vaqtda ularning ummatlaridan bo'la oladimi?

Musofirbek
10-25-2007, 08:15 AM
Yo'q, bu yerda karomat so'ralyapti...
Birinchisini o'zim ayta qolay:
Alloh taolo Muhammad alayhissalomni boshqa payg‘ambarlar (Odam, Nuh, Ibrohim va boshqalar)dek ismlari bilan emas, balki «rasulim», deb chaqirdi.

Boshqalarini topishga harakat qilinglar.

Birodar Abdulaziz sizzi savolizga chota hech kim javob topolmayapty shakil
agar bugun ham javob bo'lmasa uziz keeinga javob va savol berip qoysez
nima deysiz ?

Abu-Hafiza
10-25-2007, 08:27 AM
28. Rasululloh (SAWS)ning shaxsan o'zlari chiqqan ilk g'azavotining nomi nima edi? Hijratdan 12 oy keyin Safar oyida bo'lgan g'azavot.
Javob: Al-Ushayra (yoki al-Usayra)
«Al-Ushayra yoki Al-Usayra janggi» haqida «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan g‘azotlarning birinchisi «Al-Abvo» g‘azoti, keyin «Buvot», keyin ersa «Al-Ushayra» g‘azotidir»,— deydilar.
Imom Buxoriy rivoyat qiladilarki, Abu Ishoq bunday debdurlar: «Men Zayd ibn Arqamning yonlarida erdim. Ul kishidan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam necha gazotda ishtirok qilganlar?»—deb so‘rashdi. Zayd: «19 ta»,— dedilar. Zayddan yana so‘rashdi: «Siz Rasululloh birlan necha gazotda birga bo‘lgansiz?». Ul kishi: «17 tasida»—deb javob qildilar».
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ishtirok qilgan gazotlarning birinchisi qaysi?»—deb Zayddan so‘rasam, ul kishi: «Al-Ushayra (yoki Al-Usayra)»—deb aytdilar, Qatodadan ham so‘ragan erdim, ul kishi ham «Al-Ushayra» deb tasdiqladilar»,— deydilar Abu Ishoq.
Manba: "Sahihi Buxoriy", Kitobul-mag'oziy

Bu savolga men siyrat kitoblarida birinchi g'azavot Al Abvo, deb o'qigandim, Al Ushayra haqidagi hadisni ko'rmagan ekanman. Bu ham ixtilofli savollar rukniga kirarmikin?

Glance
10-25-2007, 08:57 AM
19. Bu sahoby Rim imperiyasi podshohlaridan birining qolidagi asirlikdan qanday qutulgan'?
Javob: Abdulloh Ibn Huzofa.

Kechirasila, shu javobni tushunmadim..http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/7.gif Xato kettimi yoki?

shafiq
10-25-2007, 01:30 PM
Kechirasila, shu javobni tushunmadim..http://us.i1.yimg.com/us.yimg.com/i/mesg/emoticons7/7.gif Xato kettimi yoki?
Ha, sal xato ketgan uning javobi bunday bo'lgan " 2- savolga javob 27 postdagi Borz man bergan javob bolasa kerak"
uning asli esa mana bu:
Javob: Sahobiyni ismilari: Abdulloh Ibn Huzofa. Holat: Podshoh dindan qaytgin deb shart qo'yadi,qozonni qizdirib sahibiylarni tashashni boshlashadi, Abdulloh ibn Huzofa kulib qolalla.Nima uchun kulding savoliga ushbu javobni beradilar : ohiratda bundanam qizigan bo'ladi.Podishoh shart qo'yadi peshanamdan o'psen qo'yvoraman deb.Shunda Abdulloh ibn Huzofa javobiga: hammamizni qo'yvorsang peshonangni o'pishga roziman deydilar, shu bilan qolganlari qutulib ketishadi.Bunga javobn bazi Sahobiylar noroziligini bildirishganda Hazrati Umar rodiallohu anhu bu ishni quvatlab Abdulloh inb Huzofani peshonalarini o'pib qo'yadilar.

Bu qissa aniq tiniq keltirilmagan vaqtim bo'lsa to'laligicha keltirishga harakat qilaman.

Abu Hurayra
10-25-2007, 03:27 PM

Siz aytgan qissa quyidagi qisqa ma'ruzada bor:
Abdulloh ibn Xuzomat as Suhamiy r.a (http://sofislom.com/dastur/Hadislar/Hadislar/Sahobalar/Abdulloh%20ibn%20Xuzofa%20as%20Suhamiy.mp3)(mp3, Shayx Abduvali qori)
PS: Alloh bizni ham hech bo'lmasa biroz bo'lsada shu sahobalardek iymoni kuchli bo'lishlikni nasib qilsin.

studentaou
10-25-2007, 04:15 PM
24. Fotima ra. qaysi yilda tug'ilganlar? Nubuvatdan oldinmi yoki nubuvatdan keyinmi?
Javob: Fotima ra. 605 da tugilganlar, ya'ni hijratdan 18 yil avval.
Men Fotima RA. ni payg'ambarlikning ilk 5 yillar chamasi yillarida tug'ilganlar va vafot etganlarida 18 yoshda bo'lganlar deb eshitgan edim. Rosululloh:saws: dan 6 oylardan keyin vafot etganlar deb eshitgandim. Iltimos aniqlashtirvoringlar.

Abu-Bakr
10-25-2007, 04:58 PM
Fil yili. Yoki melodiy 570 (most probably).. wallahu a'lam

Savol: Rasulullohga "issiq-sovuq" qilishgan voqeani to'liqligicha bayon qilsela..

Аъсам номли бир яҳудий Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламни сеҳрлайди.

Оиша онамиздан қилинган ривоятда, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ни тароқ ва каноп тивити билан хурмо гулининг эркак уруғ куртаги қобиғи ичига солиб, уни қудуқ остига ташлаб, сеҳрлашди. Унда ўн битта тугунча бўлиб, игна билан тикилган эди. Бас шунда икки Муаввизатон суралари(Falaq va An-Nas suralari) нозил бўлди. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳар гал бу сураларни ўқиганларида ундан битта тугунча ечилар эди. Ҳар ечилганда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ўзларида енгиллик ҳис қилардилар. Шу тарзда давом этиб, ҳаттоки охирги тугунча ҳам ечилди. У зот ўринларидан турганларида, гўёки кишандан халос бўлгандек ҳис қилдилар.

Жаброил алайҳиссалом Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам ҳузурларига келиб, қуйидаги калималар билан дам солдилар.
«Бисмиллаҳи урқийка мин кулли шай ин ю зийка мин шарри ҳасидин ва ъайнин валлоҳу яшфийка»
(Маъноси: Аллоҳнинг исми ила дам соламан. Ҳар бир азият берувчи нарсадан, ҳар бир ҳасадчи ва кўзнинг ёмонидан Аллоҳ сизга шифо берсин.

Savol: Rasululloh :saws:ning sochlari oqarishiga sabab bo'lgan suralar qaysilar?

Falcon
10-25-2007, 05:08 PM
Savol: Rasululloh :saws:ning sochlari oqarishiga sabab bo'lgan suralar qaysilar?

Hud surasimi va uning sheriklari...

uzr, javobim aniq bo'lmaganligi bois savol berolmadim

Musofirbek
10-25-2007, 05:17 PM
Hud surasimi va uning sheriklari...

uzr, javobim aniq bo'lmaganligi bois savol berolmadim
Tugrii InshaAlloh usha lekin nima haqida edii ?

etgandee Galance dan oldin ham Abdulazizni savoli bor ushanga ham javob bervorilaa qolip ketmasiin

Abu-Bakr
10-25-2007, 05:25 PM
Hud surasimi va uning sheriklari...

uzr, javobim aniq bo'lmaganligi bois savol berolmadim
Tugrii InshaAlloh usha lekin nima haqida edii ?

eslatma: ular 5ta suradan iborat

johnny_80
10-25-2007, 06:10 PM
Yo'q, bu yerda karomat so'ralyapti...
Birinchisini o'zim ayta qolay:
Alloh taolo Muhammad alayhissalomni boshqa payg‘ambarlar (Odam, Nuh, Ibrohim va boshqalar)dek ismlari bilan emas, balki «rasulim», deb chaqirdi.

Boshqalarini topishga harakat qilinglar.

Yana bittasi Rasulullohga (s.a.w) g'animatlar halol qilindi, boshqa payg'ambarlarga g'animatlar harom qilingan edi

AbdulAziz
10-25-2007, 06:57 PM
Bu savolga men siyrat kitoblarida birinchi g'azavot Al Abvo, deb o'qigandim, Al Ushayra haqidagi hadisni ko'rmagan ekanman. Bu ham ixtilofli savollar rukniga kirarmikin?

Men "Sahihi Buxoriy"ni inglizchasini ham qaradim:

Volumn 005, Book 059, Hadith Number 285.
-----------------------------------------
Narated By Abu Ishaq : Once, while I was sitting beside Zaid bin Al-Arqam, he was asked, "How many Ghazwat did the Prophet undertake?" Zaid replied, "Nineteen." They said, "In how many Ghazwat did you join him?" He replied, "Seventeen." I asked, "Which of these was the first?" He replied, "Al-'Ashira or Al-'Ashiru."

AbdulAziz
10-25-2007, 07:07 PM
Men Fotima RA. ni payg'ambarlikning ilk 5 yillar chamasi yillarida tug'ilganlar va vafot etganlarida 18 yoshda bo'lganlar deb eshitgan edim. Rosululloh:saws: dan 6 oylardan keyin vafot etganlar deb eshitgandim. Iltimos aniqlashtirvoringlar.

Fotima RA vafot etganlarida o'g'illari Hasan 8; Hьseyin 7; qizlari Ьmmь Gьlsьm 5; Zeyneb 3; Rukiye 2 yoshda edilar. O'zlari 28 yoshda edilar.

Kaynak:Mustafa Eriş, Altınoluk Dergisi

AbdulAziz
10-25-2007, 07:18 PM
Birodar Abdulaziz sizzi savolizga chota hech kim javob topolmayapty shakil
agar bugun ham javob bo'lmasa uziz keeinga javob va savol berip qoysez
nima deysiz ?

Ulamolar (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) aytadilarki: «Alloh taolo payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni besh karomat bilan mukarram qildi:

1. Alloh taolo Muhammad alayhissalomni boshqa payg‘ambarlar (Odam, Nuh, Ibrohim va boshqalar)dek ismlari bilan emas, balki «rasulim», deb chaqirdi.
2. Payg‘ambarimiz alayhissalom nimani chaqirsalar, u narsa o‘z zaboni bilan javob qildi, vaholanki, boshqa payg‘ambarlarda bunday bo‘lmagan.
3. Alloh taolo barcha ne’matlarni Muhammad alayhissalom so‘ramaslaridan oldin berdi, ato etdi.
4. Alloh taolo payg‘ambarimiz gunoh ish qilishlaridan oldin avfini zikr qildi.
5. Alloh taolo janobi Payg‘ambarimizga fidya, sadaqa va nafaqalarni boshqa payg‘ambarlardek qabul qilishga ruxsat etmadi».

Manba: OXIRAT KUNIGA TAYYORGARLIK (MUNABBIHOT). Shayx Ahmad ibn Hajar Ali al-Asqaloniy

Savol: Abu Bakrning savoli.

Musofirbek
10-25-2007, 07:28 PM
eslatma: ular 5ta suradan iborat

Сиз ва сиз билан бирга тавба қилганлар қандай буюрилган бўлсангиз, ҳақ йўлда шундай турингиз, ҳаддан ошиб кетмангиз. У шубҳасиз, сизларнинг қилаётган амалларингизни кўриб турувчи Зотдир. Золим бўлган кимсаларга мойил бўлиб қолмангизким, сизларни дўзах олови домига тортур ва сизларга Аллоҳдан бошқа бирор дўст топилмас. Кейин сизларга ёрдам ҳам берилмас”. (Ҳуд сураси, 112, 113-оятлар). Тафсирлардан маълум бўладики, Қуръони каримдаги فَاسْتَقِمْ كَمَآ أُمِرْتَ – “Қандай буюрилган бўлсангиз, ҳақ йўлда шундай турингиз”, ояти Расулуллоҳга энг қаттиқ таъсир қилган оят эди. “Ибн Аббос дедилар. Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга бу оятдан ҳам кўра қаттиқроқ ва машаққатлироқ оят нозил бўлган эмас. Шунинг учун асҳоблари у кишига соч-соқолингизга тез оқ тушибди-я, деганларида “Мени Ҳуд ва унинг шериклари қартайтирди”, дегандилар”. (Қуртубий).
Расулуллоҳга энг оғир таъсир қилган оятда нималар дейилган экан?
Аллоҳ таоло бу оятларда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам ва у кишига эргашган мўминларни ҳақ йўлда мустаҳкам туришга буюради. Оятда “истиқомат” калимаси ишлатилган бўлиб, у “ўнгга ҳам, сўлга ҳам оғиб кетмасдан бир йўлда давом этишдир. Демак, “истақим” дегани Аллоҳнинг амрига итоатда бўлишда давом этинг, деганидир”. (Қуртубий).
Davomii (http://muslimuzbekistan.net/uz/islam/quran/article.php?ID=1182)

35. Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Abu Bakr roziyallohu anhu so‘radilar: “Yo Rasulalloh, o‘zlari mijozlari mu’tadil va yoshlari kam bo‘lib turib ham tez soch, soqollari oqarib qoldi. Nima uchun bunday bo‘ldi?” Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Mening soch va soqolimni «Hud» va «Voqi’a» va «Murasalot» va «Amma yatasa’alun» va «Izash-shamsu kuvvirot» kabi suralar oqartib qo‘ydi”, ya’ni ummatim ahvoliga ihtimomim va ular uchun bu suralardagi og‘ir hollardan qo‘rqqanligim meni bu holga yetkazdi.

Musofirbek
10-25-2007, 07:41 PM
Hammamizga ma'lumki Uhud Rasululloh :saws:ning sevimlik amakilaridan Hamza radiyallohu anhu shahid boladilar.
Shunda Rasululloh :saws: judaham hafa bo'ladilar va shuni alamida bir gap aytadilar keein Alloh ta'alodan shu gaplari sabab bir oyat vahiy bo'ladi.

Savol:Yuqoridagi Rasululloh :saws: ga vahiy bo'gan oyat qaysi oyat ?

Abu-Bakr
10-25-2007, 08:46 PM
Hammamizga ma'lumki Badrda Rasululloh :saws:ning sevimlik amakilaridan Hamza radiyallohu anhu shahid boladilar.
Shunda Rasululloh :saws: judaham hafa bo'ladilar va shuni alamida bir gap aytadilar keein Alloh ta'alodan shu gaplari sabab bir oyat vahiy bo'ladi.

Savol:Yuqoridagi Rasululloh :saws: ga vahiy bo'gan oyat qaysi oyat ?

Yuqoridagi savolga biroz to'g'rilash kiritamiz. Hamza RA Badrda emas Uhud jangida shahid bo'lganlar. Rasulullah :saws: ularning muborak jasadlari ustida yig'lab turib ushbu gaplarni aytgan edilar:

“Ҳеч ким сиз каби ҳолатга тушмаган, ҳеч қачон мана бу каби, мен учун ёмон бўлган жойда турмаганман”.

Кейин эса асҳобларга қарата дедилар:
“Агар Ҳамзанинг синглиси София ҳафа бўламаганида ва ҳамда мендан кейин келадиганларга суннат бўлиб қолмаганида, унинг жасадини шундай ҳолда дафн қилмай, ҳатто йиртқич ҳайвон ва қушлар учун қолдирган бўлардим. . . Бордию бирор-бир жангда Аллоҳ мени Қурайш устидан ғолиб қилса, улардан ўттиз кишини мусла (жасадни тилка пора) қиламан”.

Асҳоблар ҳам:
“Аллоҳга қасам, агар Аллоҳ кунларнинг бирида бизни уларнинг устидан ғолиб қилса, уларни шу қадар мусла қиламизки ҳали бирор араб уни кўрмаган” - деб ҳайқирдилар.

Шу вақтнинг ўзида Расуллуллоҳ :saws: айтаётган таҳдид ва қасамларини тугатмай туриб, Аллоҳ таоло мана бу ояти карималарини нозил қилди:

(Эй мўминлар), агар сизлар (ўзингизга етган бирон зиён-заҳмат учун) интиқом олмоқчи бўлсангизлар, у ҳолда фақат сизларга етказилган зиён баробарида интиқом олингиз. (Аммо) агар (интиқом олмай) сабр-тоқат килсангизлар, албатта сабр қилгувчи кишилар учун (бу интиқом олмоқдан) яхшироқдир. (Эй Муҳаммад, бу даъват йўлида сизга етган озор-азиятларга) сабр-тоқат қилинг. Ёлғиз Аллоҳ ёрдами билангина сабр қилишга қодир бўлурсиз. Уларнинг (яъни, мушрикларнинг динга кирмаганликлари) устида маҳзун бўлманг. Уларнинг макру ҳийлаларидан сиқилманг ҳам! Зотан, Аллоҳ тақводор бўлган ва чиройли амаллар қилгувчи зотлар билан биргадир.[Nahl surasi, 126-128 oyatlar]

Abu-Bakr
10-25-2007, 08:55 PM
وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٌ۬ قَدۡ خَلَتۡ مِن قَبۡلِهِ ٱلرُّسُلُ*ۚ أَفَإِيْن مَّاتَ أَوۡ قُتِلَ ٱنقَلَبۡتُمۡ عَلَىٰٓ أَعۡقَـٰبِكُمۡ*ۚ وَمَن يَنقَلِبۡ عَلَىٰ عَقِبَيۡهِ فَلَن يَضُرَّ ٱللَّهَ شَيۡـًٔ۬ا*ۗ وَسَيَجۡزِى ٱللَّهُ ٱلشَّـٰڪِرِينَ

Муҳаммад фақат бир пайғамбар, холос. Ундан илгари ҳам пайғамбарлар ўтгандир. Бас, агар у (яъни Муҳаммад алайҳис-салом) вафот қилса ёки ўлдирилса, кетингизга (куфрга) қайтиб кетасизми?! Кимда-ким кетига қайтиб кетса, Аллоҳга бирон зиён етказа олмас, (балки фақат ўзига зарар қилади, холос). Аллоҳ эса (йўлларидан қайтмай) шукр қилгувчи бандаларини муносиб мукофотлайди.[Oli Imron, 144]

Savol: Yuqoridagi oyat qachon va nima sababdan nozil bo'lgan?

PS: savolni qiyinlashtirib yubormadimmi? :)

Falcon
10-25-2007, 09:04 PM
Savol: Yuqoridagi oyat qachon va nima sababdan nozil bo'lgan?

PS: savolni qiyinlashtirib yubormadimmi? :)

Uhud jangida "Muhammad saw qatl qilindi" degan mish mish gaplar tarqaladi, shunda ayrim musulmonlar jang maydonini tark eta boshlaydilar. Ba'zilari "Payg'ambar o'lgan bo'lsa uning dini ham tugabdi" degan fikrda bo'lib islomdan voz kechishga ham o'tadilar
shu sababdan nozil bo'lgan oyat Wallohu a'lam

Javobim juda qisqa bo'lsa, o'zingiz to'ldirsangiz , men ham to'liqroq ma'lumotga ega bo'lib olar edim,mening bilganim shu ekan

savol berishim mumkinmikin?
bo'lmasa savol: Handaq g'azotida Payg'ambarimiz sollollohu 'alayhi wasallam kimning maslahati bilan handaq qazishga buyurganlar?

Glance
10-25-2007, 09:23 PM
Uhud jangida "Muhammad saw qatl qilindi" degan mish mish gaplar tarqaladi, shunda ayrim musulmonlar jang maydonini tark eta boshlaydilar. Ba'zilari "Payg'ambar o'lgan bo'lsa uning dini ham tugabdi" degan fikrda bo'lib islomdan voz kechishga ham o'tadilar
shu sababdan nozil bo'lgan oyat Wallohu a'lam

Javobim juda qisqa bo'lsa, o'zingiz to'ldirsangiz , mening bilganim shu ekan

savol berishim mumkinmikin?
bo'lmasa savol: Handaq g'azotida Payg'ambarimiz sollollohu 'alayhi wasallam kimning maslahati bilan handaq qazishga buyurganlar?

Salmoni Forsiy r.a.?

Glance
10-25-2007, 10:02 PM
Sorry savol berish esimdan chiqipti.

Qur'on talqinchilari Haybar g'azotidagi g'alabani Alloh tarafidan oldindan berilgan ilohiy bir va'da deya talqin qilgan sura qaysi sura edi?

AbdulAziz
10-26-2007, 05:04 AM
Sorry savol berish esimdan chiqipti.

Qur'on talqinchilari Haybar g'azotidagi g'alabani Alloh tarafidan oldindan berilgan ilohiy bir va'da deya talqin qilgan sura qaysi sura edi?

Fath surasi.

SAVOL: Payg'ambarimiz Muhammad SAVni boshqa payg'ambarlardan ustun qilgan asosiy uch jihat bor. Bu uch jihat qaysilar?

Musofirbek
10-26-2007, 05:18 AM
Fath surasi.

SAVOL: Payg'ambarimiz Muhammad SAVni boshqa payg'ambarlardan ustun qilgan asosiy uch jihat bor. Bu uch jihat qaysilar?

1-si Qiyomatda shafoat qilishlarimi ?

Fifi
10-26-2007, 09:05 AM
Javob berilmagan savollar:

Han: Faqat Pay'gambarimizgagina ruhsat etilib, ummatga man qilingan amallar nimalar?

Mana shu savol ham javobsiz qolib ketmasin. Men ham tahajjud deb o'ylagan edim, ammo bu javob emas ekan. Han, balki, o'zingiz aytarsiz.

Musofirbek
10-26-2007, 12:37 PM
Mana shu savol ham javobsiz qolib ketmasin. Men ham tahajjud deb o'ylagan edim, ammo bu javob emas ekan. Han, balki, o'zingiz aytarsiz.

Сообщение от Han http://forum.arbuz.com/images/buttons/viewpost.gif (http://forum.arbuz.com/showthread.php?p=832028#post832028)

savol: Faqat Pay'gambarimizgagina ruhsat etilib, ummatga man qilingan amallar nimalar?

Javob :

4 ta ayoldan kopiga uylanishmi ?

yoki tahajjud vojibligimi ? __________________

deyilgan edii lekin Han uzlari bu javobni tasdiqlamagan edilar

Eslatma :savol beruvchi javobni tug'riligini tasdiqlash uchun bitta thks yetadi agar javobga qoniqmasa uzi post qilib to'ldirip qoyishi mumkin

Han
10-26-2007, 01:46 PM
savol: Faqat Pay'gambarimizgagina ruhsat etilib, ummatga man qilingan amallar nimalar?
Javob : 4 ta ayoldan kopiga uylanishmi ?

mana shu javob to'g'ri. barakalla Antibidat...

tahajud, misvok, Vitr, bomdodning sunnati, choshgoh namozi kabi amallar Payg'ambarimizga farz edi lekin ummatga man qilinmagandi, balki farqli va yengilroq hukmda edi...

yana bittasi: uzluksiz harkuni faqat suv bilan ro'za tutib, iftor qilishlari edi.
yana biri: Uxlab turganlarida tahorat olmasdan (chunki tahoratlari buzilmasdi) namoz o'qishlari..

AbdulAziz
10-26-2007, 09:05 PM
1-si Qiyomatda shafoat qilishlarimi ?

Buniyam qo'shamiz, yana 3 ta qoldi. Topishga harakat qiling.

Musofirbek
10-26-2007, 10:44 PM
Сообщение от AbdulAziz Посмотреть сообщение

SAVOL: Payg'ambarimiz Muhammad SAVni boshqa payg'ambarlardan ustun qilgan asosiy uch jihat bor. Bu uch jihat qaysilar?

Oldingi Payg'ambarlarga faqat ibodat honalada (masjidda) ibodat qilishga ruhsat bo'lgan.
Bizni Payg'ambarimiz :saws: ga er yuzi ibo'dat qilish uchun ruhsat etilgan
(betda faqat Rasululloh :saws: ga masku butun ummatga ham ustunligi bo'r :rolleyes:)

Yoki Rasululloh :saws: ohirgi Payg'ambar l bo'lganliklarimi ?

agar bunaqa bo'sa 3 emas jaa ko'pga uhshaydi

Shokirbek
10-26-2007, 11:18 PM
Yana bittasi g'aybni bilishlari.

Astag'firulloh...
G'aybni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi..
Alloh taoloning eng katta xususiyatlaridan biri bu ish.. Bu gapni umumiyligicha aytish juda katta xatodir..
Avval g'ayb egasi Alloh ekanligi aytilib, ba'zi payg'ambarlariga ba'zi bir ishlarda ba'zi g'ayb narsalarni bildirishi mumkinligini aytish kerak..

Jin surasining 26-27-oyatida: "U zotg'aybni bilguvchidir. Bas, o'z g'aybiga biror kishini ogoh qilmaydi, faqat o'zi ixtiyor etgan payg'ambarlargagina (ba'zi g'ayblarni bildiradi)" deydi..

Akhee-Abdullah
10-27-2007, 12:03 AM

Brodar adashgandir...masalan u kishi ba'zi ilmlarni bilar edilar, ghayb ilmi emas albatta, agar qiyomatning qachon boshlanishi haqidagi ilmga taqqoslasaiz (madinadagi Munofiqlarning kimligini, albatta bu ghayb ilmidan bulmasa kk)

Black
10-27-2007, 12:35 AM
Hijratdan uch yil o'tib sevgili payg'ambarimiz ketma ket dard sheriklari volidamiz hazrati Hadija (rodiyallohu anho) va amakilari Abu Tolibdan ham ajralib qoladilar...
bu huznli yilga "sanat-ul-huzn" deyildi...

savol: Faqat Pay'gambarimizgagina ruhsat etilib, ummatga man qilingan amallar nimalar?

Mana shunisi sal hatoroq ketibdimi deyman. Ahir Abu Tolib ham, Hadicha r.a. ham hijratdan oldin vafot etishganku. Payg'ambarimiz :saws: Hijrat qilganlarida na Hadicha onamiz r.a. va na Abu Tolib amakilari hayot bo'lganlar. O'zimga ishonmay Internetni ham titkilab ko'rdim, qiyidagilar chiqdi.

Timeline of Muhammad (http://en.wikipedia.org/wiki/Muhammad)

Important dates and locations in the life of Muhammad
c. 569 Death of his father, `Abd Allah
c. 570 Possible date of birth, April 20: Mecca
576 Death of Mother
578 Death of Grandfather
c. 583 Takes trading journeys to Syria
c. 595 Meets and marries Khadijah
610 First reports of Qur'anic revelation
c. 610 Appears as Prophet of Islam
c. 613 Begins spreading message of Islam publicly
c. 614 Begins to gather following in Mecca
c. 615 Emigration of Muslims to Ethiopia
616 Banu Hashim clan boycott begins
c. 618 Medinan Civil War
619 Banu Hashim clan boycott ends
619 The year of sorrows: Khadijah and Abu Talib die
c. 620 Isra and Miraj
622 Emigrates to Medina (Hijra)

AbdulAziz
10-27-2007, 12:59 AM
Oldingi Payg'ambarlarga faqat ibodat honalada (masjidda) ibodat qilishga ruhsat bo'lgan.
Bizni Payg'ambarimiz :saws: ga er yuzi ibo'dat qilish uchun ruhsat etilgan
(betda faqat Rasululloh :saws: ga masku butun ummatga ham ustunligi bo'r :rolleyes:)

Yoki Rasululloh :saws: ohirgi Payg'ambar l bo'lganliklarimi ?

agar bunaqa bo'sa 3 emas jaa ko'pga uhshaydi

To'g'ri.
Yana qo'shimcha:

- Jinlarga ham payg'ambar bo'lganliklari.
- Keltirgan shariatlari dunyoning so'nggiga qadar davom etmog'i.

Savolni Antibidatdan kutamiz.

Musofirbek
10-27-2007, 01:26 AM
Jinlarga ham payg'ambar bo'lganliklari.

Sulaymon alayhissalom ham jinlaga Pyg'ambar (Allohning elchisi ) bolmaganmidila ? yoki faqat podsho boganmilai ?

[B]Savol: Rasululloh :saws: bir sahoba (radiyallohu anhu ) haqida :" ..... ko'rinishida ham, hulqida ham menga uhshadii " deganla
Usha sahoba kim bo'lgan ?

shafiq
10-27-2007, 02:03 PM
"sanat-ul-huzn"
Shu yerda yana biroz tuzatish kiritib qo'ysak "sanat-ul-huzn" emas "Omul-huzn" deb atalgan bu yilni. Aniqrog'i esa payg'ambar sollallohu alayhi va sallam o'zlari shunday deb ataganlar.

shafiq
10-27-2007, 02:13 PM
Sulaymon alayhissalom ham jinlaga Pyg'ambar (Allohning elchisi ) bolmaganmidila ? yoki faqat podsho boganmilai ?

[B]Savol: Rasululloh :saws: bir sahoba (radiyallohu anhu ) haqida :" ..... ko'rinishida ham, hulqida ham menga uhshadii " deganla
Usha sahoba kim bo'lgan ?

U Ja'far ibn Abi Tolib rodiyallohu anhu bo'lgan.

Savol: ushbu so'zlarning aytilish sababi bor, o'sha sababni tafsiloti bilan keltiring.

B.TURKISTANI
10-27-2007, 02:40 PM
Hatoimni to'g'rilaganingiz uchun Allah sizdan rozi bolsin okajon.:D
men katta hato qilibman-ku bilmay qolibman. Alloh meni, ham inshoOlloh kelajak oilamni Sattor sifati bilan mag'firat qilsin!

Qiyomat haqida maruza eshitganimda siz ta'kidlaganingizdek ba'zi narsalarni Alloh g'aybni bildirganini eshitgan edim-da. Shunga shoshilib javob berib yuboribman.

Astag'firulloh...

G'aybni Allohdan boshqa hech kim bilmaydi..

Alloh taoloning eng katta xususiyatlaridan biri bu ish.. Bu gapni umumiyligicha aytish juda katta xatodir..

Avval g'ayb egasi Alloh ekanligi aytilib, ba'zi payg'ambarlariga ba'zi bir ishlarda ba'zi g'ayb narsalarni bildirishi mumkinligini aytish kerak..

Jin surasining 26-27-oyatida: "U zotg'aybni bilguvchidir. Bas, o'z g'aybiga biror kishini ogoh qilmaydi, faqat o'zi ixtiyor etgan payg'ambarlargagina (ba'zi g'ayblarni bildiradi)" deydi..

AbdulAziz
10-28-2007, 07:34 AM
Rasulullah:saws: onalari uchun mag'firat so'ramoqchi bo'lganlarida Alloh swt ruhsat bermagan. Ular mushrik holatda ketishgan(Alloh saqlasin)
wallohu a'lam

Hazrati Oyisha roziyallohu anho onamiz rivoyat qiladilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga Vado hajini tugatdik. Tuyada, mеning orqamda o’tirgan hollarida borar edik. U Zot yig’lay boshladilar. Juda ham qayg’uli yig’ladilar. Mеn ham yig’lab yubordim. So’ng Allohning Rasuli tuyadan tushdilar, jilovini qo’limga bеrib: "Ey Humayro! Ushla..." dеdilar. Tuyadan o’ngga tomon qarab bordilar. Uzoq muddat ko’rinmay qoldilar. Kеyin yonimga sеvinchli va tabassum bilan qaytib kеldilar. Mеn u Zotga: "Ona-otam sizga fido bo’lsin, ey Allohning Rasuli! Yonimdan kеtayotganingizda hazin, g’amgin edingiz, qaytganingizda sеvinchli va tabassumli ekaningizni ko’rdim. Nima bo’ldi, yo Rasululloh?" dеdim. Bunga javoban Janobimiz sollallohu alayhi va sallam dеdilar: "Onam Ominaning qabri yoniga bordim. Rabbim Allohdan onamning tirilishini so’rab duo qildim. Alloh onamni tiriltirdi, onam mеnga imon kеltirdilar..."

"Payg'ambarimiz SAVni yig'latgan hosisalar" kitobidan.

B.TURKISTANI
10-28-2007, 08:25 AM
Bu manba sahihmi? Ahir Alloh jonlarni qabz qilgandan so'ng qiyomatgacha tiriltirmasligi haqida adolatli qarori bor-ku. Adolatga hilof emasmi?!

10-28-2007, 08:52 AM
U Ja'far ibn Abi Tolib rodiyallohu anhu bo'lgan.

Savol: ushbu so'zlarning aytilish sababi bor, o'sha sababni tafsiloti bilan keltiring.
(uzir uzbekchasini topolmadim )

1128. (2699). Сообщается, что аль-Бара бин ‘Азиб, да будет доволен Аллах ими обоими, сказал:
(Когда) пророк, да благословит его Аллах и приветствует, (решил) совершить умру в (месяце) зу-ль-ка‘да, жители Мекки отказались впускать его в (город), пока он не условился с ними, что проведёт там (только) три дня. В (подготовленном мусульманами соглашении) они записали (следующее): «На этих условиях Мухаммад, посланник Аллаха, да благословит его Аллах и приветствует, согласен (заключить мир». Ознакомившись с записью, курайшиты) сказали: «Мы не согласны с этим, ведь если бы нам было (точно) известно, что ты — посланник Аллаха, мы не стали бы препятствовать тебе, но ты — Мухаммад бин ‘Абдуллах». (На это пророк, да благословит его Аллах и приветствует,) сказал: «Я — посланник Аллаха, и я — Мухаммад бин ‘Абдуллах», после чего велел ‘Али: «Сотри (слова) “посланник Аллаха”». (‘Али) сказал: «Нет, клянусь Аллахом, я никогда не сотру (того, что касается) тебя!» Тогда посланник Аллаха, да благословит его Аллах и приветствует, сам взял эту бумагу и (велел) написать: «Вот о чём условился Мухаммад бин ‘Абдуллах: (он1) войдёт в Мекку, не вынимая оружия из ножен, и не уведёт с собой никого из жителей (Мекки), даже если (кто-нибудь) сам пожелает последовать за ним, и не станет препятствовать никому из его сподвижников остаться в (Мекке, если человек) того пожелает». А когда (на следующий год пророк, да благословит его Аллах и приветствует,) вошёл в (Мекку) и (обусловленный) срок (его пребывания там) уже истёк, (мекканцы) явились к ‘Али и сказали (ему): «Скажи своему другу2, чтобы он покинул нас, так как (оговоренный) срок уже истёк», и пророк, да благословит его Аллах и приветствует, покинул (город). За ним бежала дочь Хамзы (, восклицавшая): «О дядя, о дядя!» (Девочку) принял ‘Али, который взял её за руку и сказал Фатиме, мир ей: «Перед тобой дочь твоего дяди, возьми же её!» — после чего ‘Али, Зайд и Джа‘фар3 принялись спорить из-за неё. ‘Али сказал: «Я имею больше прав на неё, потому что она — дочь моего дяди!» Джа‘фар сказал: «Она — дочь и моего дяди, а (кроме того,) я женат на её тётке!» (Что же касается) Зайда, то он сказал: «(Она —) дочь моего брата!»4 — после чего пророк, да благословит его Аллах и приветствует, решил (отдать девочку) её тётке и сказал: «Тётка занимает такое же положение, как и мать». А потом он сказал ‘Али: «Ты от меня, а я от тебя», и он сказал Джа‘фару: «Ты похож на меня и внешностью, и характером», Зайду же он сказал: «Ты — наш брат и наш вольноотпущенник».keein yana bitta hadis bor ekan ,

1412. (3542). Сообщается, что ‘Укба бин аль-Харис, да будет доволен им Аллах, сказал:
«(Однажды) Абу Бакр, да будет доволен им Аллах, совершил послеполуденную /‘аср/ молитву, а потом вышел наружу. Увидев игравшего с (другими) мальчиками аль-Хасана55, он посадил его себе на плечи и сказал: “Да станет мой отец выкупом за тебя! Ты похож на пророка, да благословит его Аллах и приветствует, а не на ‘Али!” — и ‘Али (, слышавший его слова,) рассмеялся»
1413. (3544). Сообщается, что (однажды) Абу Джухайфа, да будет доволен им Аллах, сказал:
«Я видел пророка, да благословит его Аллах и приветствует, и (могу сказать, что) аль-Хасан бин ‘Али, да будет доволен Аллах ими обоими, похож на него».
(Передатчик этого хадиса попросил Абу Джухайфу, да будет доволен им Аллах):
«Опиши мне (пророка, да благословит его Аллах и приветствует)».
Он сказал:
«Он был белокож, а чёрные волосы (его бороды) уже тронула седина. И пророк, да благословит его Аллах и приветствует, велел дать нам тринадцать верблюдиц, но скончался, прежде чем мы забрали их»..

Сахих аль-Бухари

shafiq
10-28-2007, 09:04 AM
Antibid'at javobingiz to'g'ri, savol berishingiz mumkin.
Ruschasini topibsiz, himmat qilib shuni o'zbekchaga og'rib yubormapsizda.

Musofirbek
10-28-2007, 09:07 AM
Antibid'at javobingiz to'g'ri, savol berishingiz mumkin.
Ruschasini topibsiz, himmat qilib shuni o'zbekchaga og'rib yubormapsizda.
Yana bir bor uzir, ruschani tushunsamda uzbekchaga tarjima qilomasam kerak , agar uzbekcha tarjamasi bo'lsa, qoshimcha qilishilar mumkin

AbdulAziz
10-28-2007, 10:03 AM
Bu manba sahihmi? Ahir Alloh jonlarni qabz qilgandan so'ng qiyomatgacha tiriltirmasligi haqida adolatli qarori bor-ku. Adolatga hilof emasmi?!

Yo'q, sahih emas, bu mavzuda mana shunday vir-biriga xilof hadislar ham borligi uchun kiritdim.
Ilmli birodarlarimizdan bu savollarga javobni kutib qolaman.

Musofirbek
10-28-2007, 11:04 AM
Savol : Bir kuni Rasululloh :saws: shaytoni qo'lini ushlab olgan ekanlar .
O'sha voqeya qanday bo'lgan ?

B.TURKISTANI
10-28-2007, 10:39 PM
Savol : Bir kuni Rasululloh :saws: shaytoning qo'lini ushlab olgan ekanlar .
O'sha voqeya qanday bo'lgan ?

Abu Hurayra rodiyallohu anhu rivoyat qiladilar:
" Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni Ramazon zakotini saqlashga vakil qildilar. Birov kelib to'plangan egulikdan hovuchlab ola boshladi. Uni ushlab:
"Hozir seni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga olib boraman",-dedim. U:
"Meni qo'yib yubor, bola-chaqam bor, juda ham muhtojman",-dedi. Uni qo'yib yubordim. Tong otganda Payg'ambar alayhissalom:
"Hoy, Abu Hurayra! Kechagi asiring nima qildi?"-dedilar.
Men:
"Ey Allohning Rasuli, juda ham muhtojligidan, bola-chaqasining ko'pligidan shikoyat qiluvdi, rahmim kelib, qo'yib yubordim",-dedim. U kishi alayhissalom:
"Senga yolg'on gapirgan bo'lib, qaytib kelsa-chi?", deganlaridan uning yana kelishini bildim va poylab turdim. U kelib, yana yegulikdan hovuchlab ola boshladi. Uni tutib oldim va:
"Seni Rasulullohning oldilariga olib boraman", - dedim. U:
"Meni qo'yib yubor, bola chaqam bor, juda ham muhtojman",-dedi. Rahmim kelib, uni qo'yib yubordim. Tong otganda, Payg'ambar alayhissalom:
"Hoy Abu Hurayra, kechagi asiring nima qildi?"-dedilar. Men:
"Ey Allohning Rasuli, juda ham muhtojligidan, bola-chaqasining ko'pligidan shikoyat qiluvdi, rahmm kelib, qo'yib yubordim",-dedim. U kishi alayhissalom:
"Senga yolg'on gapirgan bo'lib, qaytib kelsa-chi?!-dedilar. Uchinchi marta poylab turib, yana ushlab oldim va:
"Endi uch marta bo'ldi, seni ushlab Rasulullohning huzurlariga albatta, olib boraman. Har safar qaytib kelmayman, deb yana kelasasn",-dedim. U:
"Meni qo'yib yuborsang, Alloh senga manfaat beradigan so'zni o'rgatib qo'yaman",-dedi. Men:
"Ular qanday so'zlar?"-dedim. U:
"Ko'rpangga kirib yotganingda, "Oyat-ul Kursiyni" o'qisang, Alloh tarafidan seni qo'riqchi qo'rib turadigan bo'ladi. Tong otguncha senga shayton yaqinlashmaydi",-dedi. Ertasiga Rasululloh alayhissalom:
"O'zi yolg'onchi bo'lsa ham senga rost gapiribdi, dedilar va:
"Uch kundan beri kim bilan gaplashayotganingni bilasanmi, ey Abu Hurayra?"-dedilar. Men, yo'q,devdim, u kishi alayhissalom:
"O'sha shaytondir",-dedilar.
Buhoriy rivoyat qilgan.

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining "Tafsiri Hilol" 1-juz.

Shaytonni Payg'ambar alayhissalom ushlab olmaganlar balki Abu Hurayra rodiyallohu anhu ushlab olgan ekanlar.
Yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham ushlab olganmikinlar?

Musofirbek
10-28-2007, 10:46 PM
Yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham ushlab olganmikinlar?

Alloh rozi bo'lsin birodar.
Ha Rasululloh :saws: ham ushlab olgan ekanlar ..

shafiq
10-29-2007, 04:34 AM
Alloh rozi bo'lsin birodar.
Ha Rasululloh :saws: ham ushlab olgan ekanlar ..

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham ushlab olganlar lekin yuqoridagi voqea savolga javob emas. Antibid'at tanks aytib xato qilgansiz. Bu savolga hali to'g'ri javob berilmadi. Men javobning bir qismini keltiraman: Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shaytonni ushlab olganlarida (qayerda va qay holda uni javob beruvchi aytadi) "Hatto uning tilining sovuqligini qolimda topdim" deganlar, ya'ni uning tili osilib qolgandi.

Musofirbek
10-29-2007, 06:35 AM

Ha shunday, man javob tugriligi uchun emas, balki usha keltirgan hadislary uchun Thanks bergan edim uzir,
lekin siz etyapgan versiya
bu 2- varyant ekan. ( agar hadislar sahih bo'lsa )

(Savolim haliham o'yinda :))

Savol : Bir kuni Rasululloh :saws: shaytoni qo'lini ushlab olgan ekanlar .
O'sha voqeya qanday bo'lgan ?

Musofirbek
10-31-2007, 01:39 PM
Yuqoridagi savollani ko'rib jaa unqa qiyin bo'lmasa kerak dep uylagan edim, qarasam hechkimdan darak yoq,
Ushnaga uzim javob berip qoya qoli...
Riyozus- Salihin

Ta'om odoblari kitobi
100-bob
7[B29/4.Huzayfa radiyallohu anhudan rivoyat qilinadi: <Agar Rasululloh :saws: bilan birga ovqat tanavul qilgani o'tirsak,u zot qollarni uzatmagunlaricha biz uzatmas edik.Bir gal u zot bilan birga taomda bo'ganimizda bir qizcha kelip,ovqatga qol uzatishga shoshayapganida u zot qolidan ushlab chetga olip qoydilar.Keyin bir a'robiy kelib, u ham uzatmoqchi bo'lganda Rasululloh :saws: uning ham qolidan ushlab, chetga olib qoydilar. Song u zot : <<Albatta, shayton Alloh isimi zikir qilinmagan ovqatni uziga halol qilib oladi. U (shayton)ovqatni halol qilish uchun bu qizcha bilan keldi, Men uni qolidan tutdim. Songra ovqatni halol qilish uchun bu a'robiy bilan keldi. Uning ham qolidan tutdim. Mening hafsim Uning qolida bo'lgan Zotga qasam-ki, u (shayton)ning qoli ular ikkovi qoli bilan mening kaftimdadur >>, dedilar.Keyin Alloh ismini zikir qilib,ovqat tanavvul qildilar >. Imom Muslim rivoyatlary [/B]

Musofirbek
10-31-2007, 01:55 PM
Agar qarshi bo'lmasela keyingi savol.

: Qiyomat kuni hamma insonlar bir maydonga yeg'lishadi, shunda

Rasululloh :saws: o'z ummatlariga Alloh ta'alodan shafoat soraydilar ..

yani ummatlary jannatga kirguncha, (qiyomat kuni) bir necha o'ronda Alloh taalodan, o'z ummatlary uchun shafonat soraydilar ..
Man bilganim hozircha 3ta o'rinda Rasululloh :saws: shafoat sorar ekanlar.

Savol : Qiyomat kuni Rasululloh :saws: ummatlary uchun qaysi joylada shafoat soraydilar ?
(Kamida 3 ta o'rin bo'lish kerak)

AbdurRahman
11-01-2007, 01:17 PM

47-матн: Хабарларда ривоят килинганидек, Аллохнинг Расулуллох صلى الله عليه و سلم умматлари учун захирага олиб кўйган шафоат-оклов хакдир.
Шарх: Шафоатнинг бир неча тури бор. Уларнинг баъзиларига бутун уммат иттифок килган бўлса, баъзиларига Мўтазила ва улар каби бошка бидъат ахли карши чиккан.
Шафоатнинг биринчи тури энг улкан шафоат бўлиб, факат бизнинг пайгамбаримиз Мухаммад صلى الله عليه و سلم га хос. Бухорий, Муслим ва Ахмад рахимахумуллохлар Абу Хурайра разияллоху анхудан ривоят килишган хадисда, одамлар Киёмат куни улуг пайгамбарлардан бориб шафоат сўрашади. Пайгамбарлар шафоат кила олмасликларини айтишади. Шунда одамлар бизнинг пайгамбаримиз Мухаммад صلى الله عليه و سلم олдиларига келишиб бундай дейишади: (Расулуллох صلى الله عليه و سلم хабар беряптилар)
"
Маъноси: “Эй Мухаммад, Сиз Аллохнинг элчиси ва пайгамбарларнинг сўнггисисиз. Аллох Сизнинг ўтган ва кейинги гунохингизни кечириб кўйган. Роббингиздан бизга шафоат сўранг. Бошимизга тушган мусибатни курмаяпсизми? Бизга етган кайгуга назар солмаяпсизми? Шунда мен туриб, Аршнинг остига келаман-да, Роббим азза ва жаллага сажда килган холда йикиламан. Кейин Аллох таоло менга, Ўзининг мактовлари ва Ўзига айтиладиган шунака чиройли саноларни очиб, илхом киладики, мендан бурун бирор кишига уларни очмаган. Сўнг менга айтилади: Эй Мухаммад, бошингизни кўтаринг. Сўранг, сўраганингизни оласиз. Шафоат сўранг, шафоатчи килинасиз. Шунда мен айтаман: Эй Роббим, умматим, умматим. Эй Роббим, умматим, умматим. Эй Роббим умматим, умматим. (Аллох) айтади: Жаннат дарвозаларининг ўнг дарвозасидан, хисоб-китоби йўк бўлган умматингизни киритинг”. Кейин Расулуллох صلى الله عليه و سلم бундай дедилар: “Менинг жоним Унинг кўлида бўлган зотга касамки, жаннат дарвозаларининг бир тарафи билан иккинчи тарафининг ораси, Макка билан (Ямандаги) Хажар шахар орасича ёки Макка билан (Шомдаги) Бусро шахри орасича”.
Иккинчи тури - яхшиликлари билан ёмонликлари тенглашиб колган кавмларнинг жаннатга киришлари учун Расулуллох صلى الله عليه و سلم нинг киладиган шафоатлари.
Учинчи тури - дўзахга амр килинган кавмларни, у ерга кирмасликлари учун киладиган шафоатлари.
Тўртинчи тури - жаннатга кирган кавмларни, амалларининг савоби такозо киладиган даражалардан-да юкорирок мартабаларга кўтарилишлари тўгрисидаги шафоатлари. Шафоатнинг мана шу турида мўтазилалар Ахли суннатга кўшилдилар. Бошкаларига эса карши чикиб, адашишди.
Бешинчи тури - баъзи кавмларнинг хисоб-китобсиз жаннатга киришлари хусусидаги шафоатлари.
Олтинчи тури - азобланишга лойик бўлган кавмларнинг азобини енгиллаштириш учун киладиган шафоатлари. Масалан: Ўз амакилари Абу Толибдан азобнинг енгил килиниши борасидаги шафоатлари каби. (Бу хакдаги хадисни Муслим Абу Саъид ал-Худрийдан №210, Аббос ибн Абдулмуттолибдан №209 ва бошқа муҳаддислар ривоят килишган.)
Еттинчи тури - мўминларнинг барчасини жаннатга киришлари учун изн берилиши тўгрисидаги шафоатлари.
Саккизинчи тури - Ул зот صلى الله عليه و سلم нинг умматларидан гунохи азим килиб, дўзахга тушиб колганларнинг у ердан чикарилишлари борасидаги шафоатлари. Шафоатнинг бу туридаги хадислар мутавотир даражасига етган. Ушбу хадислар илмидан хавориж ва мўтазилалар жохил колишиб, шафоатнинг бу турига хам карши чикишди. Бундай адашган тоифалар даъвосига кўра, умматнинг гунохкорлари дўзахга киргандан кейин кайтиб чикмас экан!!! Мазкур шафоат турига пайгамбаримиз صلى الله عليه و سلم дан ташкари фаришталар, пайгамбарлар ва мўминлар хам шерик бўлишиб, улар хам шафоат килишади.
(Эй Аллох, Киёмат кунининг шиддатида севимли пайгамбаримиз Мухаммад صلى الله عليه و سلم шафоатлари билан бизни хам кувонтир. Сен бандаларингга рахми кенг Зотсан!)

Sharh Aqida Tahaviyah-Imom Ibnul Iz Al Hanafi

http://www.sofislom.com/index.php?option=com_docman&task=doc_download&gid=85

Musofirbek
11-01-2007, 01:51 PM
AbdurRahmon Jazakumulloh birodar >..

Savol esdan chiqiptyku .

Ozgina yana qoshimcha ham bor, Inshalioh keyinroq Alloh nasib etsa qoshib qoylladi

AbdurRahman
11-01-2007, 01:58 PM
AbdurRahmon Jazakumulloh birodar >..

Savol esdan chiqiptyku .

Ozgina yana qoshimcha ham bor, Inshalioh keyinroq Alloh nasib etsa qoshib qoylladi

uzr...

savol shukim: Muhammad sallallahu alayhi wa sallamning faqatgina arablarga emas balkim BARCHAGA rasul qilib yuborilganiga dalil nima?

Prince
11-02-2007, 02:48 AM
Assalomu Alaykum ,
Mandayam savol bor edi Paygambarimiz SAW , Bad jahl lekin juda kuchli Umar RA ni korganlarida nimadur deb duo qilgan ekanlar, oshanda nima duo qilganlar? OSha odam Islom diniga kirgan ekanlar?

AbdurRahman
11-02-2007, 03:36 AM
Assalomu Alaykum ,
Mandayam savol bor edi Paygambarimiz SAW , Bad jahl lekin juda kuchli Umar RA ni korganlarida nimadur deb duo qilgan ekanlar, oshanda nima duo qilganlar? OSha odam Islom diniga kirgan ekanlar?

wa 'alaikum assalaam,

http://sofislom.com/dastur/Hadislar/Hadislar/01_umar_ibn_xattob.mp3

Shu audioda Umar bin Khattob haqida juda chiroylik bir ma'ruza bor ekan...

Prince
11-02-2007, 01:48 PM
Manda yana bitta savol bor