PDA

View Full Version : Qani, KIM ZO'R!


sanjar
11-22-2000, 10:07 AM
Quyidagining mag'zini kim chaqib bera oladi?

"Men ko'rgan qiyinchiliklarni tuyaga ortsangiz, kofir do'zahdan chiqadi..."

Bu so'zlarning muallifi esimda yo'q (starost' ne radost').

Qani, kim birinchi bo'lib to'g'ri javob beradi! ;)

SJ

Cute
11-22-2000, 10:16 AM
Ko'rgan qiyinchiliklaringiz shunchalik ko'p va og'irki, Kofir do'zahda ko'rayotgan azoblari ularni oldida hech narsa emas.

Sanjar
11-22-2000, 10:55 AM
Cute,

Nice try! ;)

Qani, qani... yana kim nima deydi?


SJ

Nodir
11-22-2000, 11:19 AM
Sanjar yaxshi o'yin topibsiz, foidali maroqli, birorta adabiyotni yaxshi biladigan odamni topilib bu o'yinni davom ettirilsa ajoib bo'ladi.
Sanjar, birinchi Siz bu ko'chirganingizni rostdan ham ma'lum bir adabiyotchi, shoir, yozuvchi aytganini , keyin aynan siz qo'ygan shaklda ekanligini kafolatini berishingiz juda muhim, chunki bunaqa o'yinda har bir harf to'g'riligi muhim (yana notog'ri shakldagi iborani ming xil talqin qilib, keyin xato chiqib qolmasin -hazil-).

Endi bu gap ma'nosiga kelsak, menimcha undagi asosiy ma'no Cute boshida aytganidek aytuvchisining "ko'rgan qiyinchiliklarining juda ko'p va og'irligi" lekin, u duzax azobidan ham ko'p yoki "Kofir do'zaxda ko'rayotgan azoblari ularni oldida hech narsa emas" degan ma'noda emas. Menimcha deyilmoqchiki: Men korgan azobning ko'pligi shu darajadagi tuyaga ortib bo'lishning hech iloji yo'q, xuddi duzaxdan kofirning chiqishini hech iloji bo'lmagunidek, ya'ni bu yerda kofirning duzaxdan chiqishi bir mahol-sodir bo'lmasligi aniq ish misoli tarzda qiyos uchun ishlatilgan xalos, birinchi bo'lakka boshqa aloqasi yo'q.
To'g'ri, bu ma'noni ifodalash uchun "ortsangiz", "chiqadi" emas, "ortolsangiz" "chiqardi" ishlatilishi ancha afzal edi, Sanjar tekshirinchi balki shudaydir-a?

Lekin, sanjar bu gap ishlatilgan konteks ham muhim, ma'no unga qarab boshqacga bo'lib chiqishi ham mumkin. Masalan, aksincha, ya'ni Men hech azob ko'rganim yo'q shuning uchun uni hech ham tuyaga yuklash iloji yo'q, xuddi kofir duzaxdan chiqishining imkoni yo'q kabi, bir shart bilan: agar buni u gap ishlatilgan kontekst qo'llasa. Bu yana gapning aslini ko'rsatishingiz zaruratini takidlaydi.

Endi asosiy masala qoladi kimdir hakamlik qilishi kerak bu yerda ya'ni tog'ri javobni bilgan adabiyotchi, tilshunos kerak, usiz foida kam bo'ladi, buning echimini toping.

Sanjar
11-22-2000, 12:47 PM
Nodir, harakatda barakat deganlaridey...

Harakat qilganingiz yaxshi.

Javobini o'zim bilaman. 10-sinfda domlamiz bizga uy vazifasi uchun bergan narsa bu. O'tkir Hoshimovning bir jiyani topib kelgan javobini. Lekin choragagiga va'da qilingan "besh" bahoni reject qilgan. O'z kuchim bilan "besh" olishim kerak degan (chunki javobni amakisi O'tkir Hoshimov aytgan ekan!).

Endi, yuqoridagi jumlaning so'zlari haqida:
Jumlaning so'zlari aniq! Huddi shu so'zlar ishlatilgan! *(pravda unda qofiya bor edi!) :)

Huddi shu so'zlar! At least, javobiga yarasha!

Qani, qani... yana bir o'ylab ko'rilachi...
Agar kerak bo'lsa, "podskazka"ni ham bervoramiz! ;)

p.s. Man bu atrofda yana 3-4 soat bo'laman (working on my paper), agar bugun ulguraman desalaring! ;)

Good luck!

SJ

haligi
11-22-2000, 12:52 PM
!hint
;)

Sanjar
11-22-2000, 12:53 PM
!$10 ;)

FUTBOLCHI
11-22-2000, 03:03 PM
Any clue??

would be helpful...

cheers

FUTBOLCHI ;)

JUST
11-22-2000, 06:18 PM
Salom Sanjar

bunday boshqotirmalarni ilgari surganiz yahshi bopti. keltirilgan gapda katta ma'no borligi sezilib turibdi,

togrisini aytsam rosa oylandim, lekin Cutening bergan javobidan ortiqroq biron narsa hayolimga kemadi.

biron clue bosa yomon bomasdi

hurmat bilan

JUST

ELBRUS
11-23-2000, 02:50 AM
SANJAR SAN HAMMANI NAFAQAT HOMEPAGE ING BILAN BOSHQOTIRMALARING BILAH HAM LOL QILAYAPSANKU:)
BU MANGA TUGRISI YOQIB QOLYAPSAN DUST:)
ENDI MAN HAM CUTENI QULLAYMANU MANI UZIMNI "OPINION"IMNI HAM AYTAMAN.

MANIMCHA "MAN KURGAN QIYINCHILIKLAR MANDAN TUYAGA OLINSA MAN .... CHUNKI U SHU QIYINCHILIKLAR TUFAYLIK KUPGINA GUNOH ISHLARNI QILGAN BALKI...:)

SJ BU JUST TRY:)

Sanjar
11-23-2000, 06:17 AM
Ok. Mana silaga podskazka, a to juda qiynalib ketdilaring :)

PODSKAZKA:

TUYA **** TESHIGIDAN O'TSA, KOFIR DO'ZAHDAN CHIQADI! (ogo, uzhe javobini ham aytvordim shakilli...) ;)

Ok. Good luck!

SJ

JUST
11-23-2000, 06:52 AM
Salom

togrisini aytsam, Sanjar bergan hintiz mani qaytanga shubhaga soldi, yoki boshqotirmani yana ham mushkullashtirdi,

"Men ko'rgan qiyinchiliklarni tuyaga ortsangiz, kofir do'zahdan chiqadi..."

TUYA igna TESHIGIDAN O'TSA, KOFIR DO'ZAHDAN CHIQADI!

bu ikta gapni solishtirsa Nodirning bergan javobi kelib chiqadi, boshqa ilojini kormayapman.

yani,Nodirning javobi: man korgan qiyinchiliklar shunaqa ko'pki, ularni tuyaga ortib bolmaydi kofirning dozahdan chiqishi va tuyaning ignaning teshigidan otishi mumkin bolmaganday gap.

Yo siz Nodirning javobini tushunmagansiz, yoki man podskazkani notogri tushundim :)

agar shu javob togri bosa, buni Nodir bergan man emas ;)

JUST

Sanjar
11-23-2000, 09:54 AM
Just & Nodir,

Borakallo!

Deyarli topdilaring! Aniqrog'i, Sizlar javobning ikkinchi variantini berdilaring - javoblaring to'g'ri! Baholaring besh! Chorakka besh kerakmi? ;)

Endi esa O'tkir Hoshimovning aytganini keltiraman, yaniy javobning birinchi (man nazarda turgan) varianti:

MEN KO'RGAN QIYINCHILIKLARNI TUYAGA ORTSANGIZ, U (TUYA) SHUNCHALIK OZIB KETADIKI, IGNA TESHIGIDAN O'TA OLADI! KOFIRNING DO'ZAHDAN CHIQISHINING BIRDAN-BIR SHARTI: TUYANING IGNA TESHIGIDAN O'TISHIDIR!

Izoh: Tuya juda ham chidamli va baquvvat jonivor. Lekin u men ko'rgan qiyinchiliklarga chiday olmaydi (Yuqoridagi so'zlarning muallifi ham shu ma'noni bildirgan bo'lsa ajab emas!).

That's is the answer!

You rock, guyz! :)

Cheers.

SJ