Nodir
11-22-2000, 11:57 AM
Mening nazarimda adabiyot boshqa hamma inson mahsulotlari kabi uning o'zi va jamiyatiga foida keltirishi uchun bo'lishi kerak, shu sabab unda ifodalanadigan fikr o'quvchisi va eshituvchisiga eng engil tushuniladigan shaklda bo'lishi shartligi mantiq taqozosi, adashmasam.
Ammo bu faqat adabiy asarlarning (she'riy va nasriy) umumiy normal holdagi loyiq sifati. Ya,ni adabiyotda ma'no yashirib berilishi ham mumkin, qachonki ma'lum holatlarda (gina) yashirib gapirish ochiq tarzda ifodalashdan ko'ra ko'p foidali yoki oz zararliroq bo'lsa.
Bu yashrish darajasiga qarab bo'lishi mumkin, masalan, bir ozgina yashirilsa, chunki inson tabiati bilan yashirilgan narsaga bir tegib ko'radi, lekin bu yashirish aynan shu bir tegishda ochiladigan darajada bo'lishi kerak, bo'lmasa tegib korgan kishi surib qaramay o'tib ketishi mumkin, tushunilmay qoldimi demak u asar adabiyotdan ko'zlanilgan maqsadga zid bo'lib qolib befoida yo kam foida bo'lib qolishi mumkin.
lekin bu hali, hamma vaqt ham qattiq yashirish noto'g'ri degani emas, bazan, foida qattiq yashirishdagina yuzaga chiqadi, ammo bu normal holda uchramasa kerak.
Uning o'rni fikrini ochiq aytishga bochqa hech yo'li qolmaslik, yoki faqat kim qancha topog'onligini sinash musobaqasi kabilar bo'lishi mumkin. Birinchisidan, ziyolilar tarix davomida zolim podshohlar taziqidan qo'rqqanlarida foidalanishgan.
Shuning ushun, menimcha adabiyotga qadam qo'yganlar yoki qo'ymoqchilar iloji boricha oson tushunarli narsa yozishi, demakki yashirishni faqat oson tushunishga xizmat qiladigan holda va shaklda ishlatishlari lozim, yo'qsa undan insoniyat ko'zlagan maqsad chiqmay qolishligi mumkin. Shu fikrlar nazarimda to'g'ridek, o'zgacha fikrlarni solishtirish uchun kutib Nodir.