PDA

View Full Version : Dolzarb iqtisodiy muammolar va ularning yechimi

cianore
10-22-2007, 12:47 PM
Hurmatli forumchanlar,

2007-yil 23-dekabrda bo'lib o'tadigan prezidentlik saylovlarida g'olib chiqadigan nomzod - bo'lg'usi Prezident (kim yutib chiqishidan qat'iy nazar) oldida juda ko'plab iqtisodiy muammolarni yechish muammosi birinchi galdagi vazifa bo'lishi tabiiydir.

Bu muammo va masalalar, ularning yechimiga o'zimizning yagona nuqtai nazarimizni belgilab olishimiz, o'ta muhim.

Shu sababdan, sizlardan ushbu mavzu ostida iqtisodiyotning soha va tarmoqlarini eng yuqoriga yozib, ulardagi asosiy muammolar va ularning, sizning nazdingizdagi, eng optimal yechimi aniq va ravshan yozib qoldirsangiz maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Iqtisodiyot asosiy soha va tarmoqlariga misollar:
Moliya, byudjet, bank tizimi, soliq tizimi, qimmatli qog'ozlar (+birja), valyuta bozori, kichik biznes va tadbirkorlik, yengil sanoat, og'ir sanoat, qishloq xo'jaligi, va hokazo...

Royal
10-22-2007, 01:00 PM

ha qandoq tugunniyam asta sekin organip chiqip osha tugun yechilishi darajasini yani asosie maslasini hal etilsa unda qoganlari osongina yechiladi...

cianore
10-22-2007, 01:20 PM
1-masala: Valyuta bozori, konvertatsiya

Ma'lumki, respublikamizga xorijiy investitsiyalaring kirib kelishi, import-eksport operatsiyalarining erkin amalga oshirilishidagi asosiy to'siqlardan biri valyuta bozori hamda konvertatsiya masalasidir.

O'zbekiston Xalqaro Valyuta Fondi oldida so'mning to'la konvertirlanishi bo'yicha majburiyat olganligiga ancha muddat bo'lganligiga qaramay, vaziyat eski xolicha qolgan.

O'zbekiston respublikasi valyuta birjasi bir necha yillardan beri faoliyat ko'rsatayotganligiga qaramay, valyuta birjasi ishtirokchilari soni faqat O'zR MB ning Xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish xuquqini beruvchi Bosh Litsenziyaga ega bo'lgan banklar bilangina cheklanadi. Shuningdek, valyuta birjasi faqat nomigagina mavjud bo'lib, asosan Markaziy Bank tomonidan taklif etilgan mablag'lar va banklar tomonidan majburiy sotilishi lozim bo'lgan xorijiy valyutalar ustidagina operatsiyalar amalga oshiriladi. Valyuta bozorida banklarga xorijiy valyutalarni faqat Markaziy bank sotganligi sababli, banklar ba'zida kerakli mablag'larni bir necha oygacha umuman sotib ola olmaydilar. Yoki, 2006 yilda xatto markaziy bank banklarga xorijiy valyutalarni sotib olishda limit ham belgilab bergan edi.
Shu yo'l bilan, 'Kuchli pul-kredit siyosati' amalga oshirilib, O'zbek So'mining qadri ushlab turiladi, tashqi savdo balansida rasman ijobiy saldoga erishiladi.

Natijada:
a) Tashqi savdo operatsiyalarini oshiruvchi shirkatlar biznesning noqonuniy yo'llarini o'zlari uchun tabora ko'proq kashf eta boshlaydilar. Bundan, umumiqtisodiyot, shu jumladan, davlat byudjetining daromad qismi katta zarar ko'rmoqda.
b) Noqonuniy biznesga intilish, yashirin iqtisodiyotni gullab yashnatmoqda, ko'plab shaxslar hech qayerda qayd etilmagan va etilmaydigan daromad qilishda davom etmoqda.
c) Korruptsiya yanada avj olmoqda, bojxona, soliq, xavfsizlik xizmati xodimlari tabora ko'proq korruptsiyalashib borishmoqda.
d) Iqtisodiy tarmoqlar orasida muvozanat izdan chiqmoqda
e) Davlat iqtisodiyotning boshqarish instrumentlaridan mahrum bo'lib qolmoqda, pirovardida, hukumat tomonidan ko'rilayotgan chora tadbirlar samarasiz yakunlanmoqda.
va boshqalar.

Masalaning yagona yechimi, avvalo valyuta birjasini erkin va mustaqil tashkilotga aylantirish lozim. Shuningdek, iqtisodiyotga salbiy ta'sirini pasaytirish uchun, kelgusi 2 yil mobaynida, avval katta kompaniyalar, tashkilotlar, investitsiya fondlari, boshqa jamg'armalar, keyin kichik firmalarga ham qadam-ba-qadam valyuta birjasida qatnashish imkonini berish lozim. Shundoq ham, import va eksport shartnomalari banklar tomonidan kuchli talablar bajarilganidan keyingina ro'yxatga olinishini hisobga olsak, valyuta bozoridagi qatnashchilar soni va sifatidagi o'sish barqaror bo'lishini taxmin qilish mumkin.

Lekin, xorijiy valyutalarga talabning yuqoriligi (xatto talab to'planib ham qolgan deyishimiz mumkin) va eksportning xali ham markazlashgan ko'rinishga egaligi so'mning keskin qadrsizlanishiga olib keladi.

cianore
10-22-2007, 01:23 PM
ha qandoq tugunniyam asta sekin organip chiqip osha tugun yechilishi darajasini yani asosie maslasini hal etilsa unda qoganlari osongina yechiladi...

To'ppa to'g'ri, qani bizga o'zingiz ancha muncha o'rganib qo'ygan tugunlardan bir ikkitasini qanday chigalliklarga egaligiyu, uni qandoq yechishni bir tushuntirib bering, aniq misollar bilan. Sho'rva degan bilan, og'iz tatimayapti...

Royal
10-22-2007, 02:22 PM
sekin sekin hozircha oz bosyam bir nima yozaman va keyin bu charchagan miyani dam oldirip yanada toliq tahlil berishim mumkin...uzr.
1-masala: Valyuta bozori, konvertatsiya
Ma'lumki, respublikamizga xorijiy investitsiyalaring kirib kelishi, import-eksport operatsiyalarining erkin amalga oshirilishidagi asosiy to'siqlardan biri valyuta bozori hamda konvertatsiya masalasidir.
Export qilgan firmalarni Import qilishga fundlari bor, bu bir jihatdan yahshi lekin, ular ozlarini valyutalarini darrow UZB somiga almashtirishlari shart va kerak bolsa yana birja orqali chet el valyutasini olishga harakat qilishlari kerak - shunda bu ortiqcha harakatdir..agar osha ozlarini valyuta schyotlaridigi pullarini olishlari kerak bolsa ma'alum bir kichik vaqt ichida berishlari qonun boyicha belgilansa unda yanayam kotta kengchilik boladi...
export darajasini kuchaytirip kengchiliklar kirgizish kerakki, kim oz oldiga exportga yol topsa ilojisini qilsin va qishloq hojalik mollarini export qilinmasin degan yoriqlariga ham ozgartirish kerakki, agarda firma shaharda dokon ochip yoki shaharlik biror bir dokoni bor firmaga shartnoma orqalik malum bir holda qishloq hojalik mahsulotlaridan (keraklik muassalar tasdiqlari bilan hujjatlangan holda) yekazip bergan bolsa ularni shunga malum darajada exportlariga uhsati bolishi...
O'zbekiston Xalqaro Valyuta Fondi oldida so'mning to'la konvertirlanishi bo'yicha majburiyat olganligiga ancha muddat bo'lganligiga qaramay, vaziyat eski xolicha qolgan.
buni uncha etibori bomaydiki agarda yuqoridagidek yol bilan bolsa...
chunki firmani exportdan kelgan chet el valyutalari bankda/hazinada boladi, oz chontagidayamsku...va kerak bolgan payitlarida bank orqalik kerak bolgan joylariga tolowlarini bajarishlari mumkin boladi...
bunda SOMGA sotilgan foydadan kelgan DAROMADlaridan boladigan soliqlarini birmuncha kamaytirish yoki kengchiklar berilishi ancha yordam ham berardi...

O'zbekiston respublikasi valyuta birjasi bir necha yillardan beri faoliyat ko'rsatayotganligiga qaramay, valyuta birjasi ishtirokchilari soni faqat O'zR MB ning Xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish xuquqini beruvchi Bosh Litsenziyaga ega bo'lgan banklar bilangina cheklanadi. Shuningdek, valyuta birjasi faqat nomigagina mavjud bo'lib, asosan Markaziy Bank tomonidan taklif etilgan mablag'lar va banklar tomonidan majburiy sotilishi lozim bo'lgan xorijiy valyutalar ustidagina operatsiyalar amalga oshiriladi. Valyuta bozorida banklarga xorijiy valyutalarni faqat Markaziy bank sotganligi sababli, banklar ba'zida kerakli mablag'larni bir necha oygacha umuman sotib ola olmaydilar. Yoki, 2006 yilda xatto markaziy bank banklarga xorijiy valyutalarni sotib olishda limit ham belgilab bergan edi.
agarda tepadigi hol tadbiq etilsa bunda valyuta sotish/sotib olish jarayonida litsenziyalangan Banklar orqalik mijozlar ham ishtirok etishlari ham mumkin bolishi , yani ozlarini Bank hisoblaridigi valyutalarini keraklik miqdorda sotishga chiqarishlari mumkinligi...
Shu yo'l bilan, 'Kuchli pul-kredit siyosati' amalga oshirilib, O'zbek So'mining qadri ushlab turiladi, tashqi savdo balansida rasman ijobiy saldoga erishiladi.
Bu oz holida va qanchalik SOMni ishlatilishida bozor bilan raqobatlashgan holda yuzaga keladi, yani: SUPPLY and DEMAND..Taklif va Talab...bu ozlarini qollarida qolgan...
Natijada:
a) Tashqi savdo operatsiyalarini oshiruvchi shirkatlar biznesning noqonuniy yo'llarini o'zlari uchun tabora ko'proq kashf eta boshlaydilar. Bundan, umumiqtisodiyot, shu jumladan, davlat byudjetining daromad qismi katta zarar ko'rmoqda.
b) Noqonuniy biznesga intilish, yashirin iqtisodiyotni gullab yashnatmoqda, ko'plab shaxslar hech qayerda qayd etilmagan va etilmaydigan daromad qilishda davom etmoqda.
Albatta...siz qolizga$1.00ni gijimlap must qilinde keyin osha mustizdan osha pulni olishga haraakat qiling va/yoki osha qattiq qisilgan mustizni ichiga yana $1.00 qoshishga harakat qiling: chiqmiydiyam - qoshilmiydiyam...
c) Korruptsiya yanada avj olmoqda, bojxona, soliq, xavfsizlik xizmati xodimlari tabora ko'proq korruptsiyalashib borishmoqda.
d) Iqtisodiy tarmoqlar orasida muvozanat izdan chiqmoqda
e) Davlat iqtisodiyotning boshqarish instrumentlaridan mahrum bo'lib qolmoqda, pirovardida, hukumat tomonidan ko'rilayotgan chora tadbirlar samarasiz yakunlanmoqda va boshqalar.
Iqtisodda bir yoriq bor: Asosan daromad HAOSda topiladi...
Lekin, xorijiy valyutalarga talabning yuqoriligi (xatto talab to'planib ham qolgan deyishimiz mumkin) va eksportning xali ham markazlashgan ko'rinishga egaligi so'mning keskin qadrsizlanishiga olib keladi.
TALABni har doim TAKLIF bilan qondirish mumkin, lekin buni ham chiroylik qilip bajarish ham mumkin...hamasi qoniqadigan qilip.....
P.S. bu mani ancha muncha infosiz bolgan shu holda hozirgi fikrim....ozlarilanikini yozarsizlar va mani fikrimga qarshi bosayla uniyam etip otarsizla...

cianore
10-22-2007, 02:54 PM
Export qilgan firmalarni Import qilishga fundlari bor, bu bir jihatdan yahshi lekin, ular ozlarini valyutalarini darrow UZB somiga almashtirishlari shart va kerak bolsa yana birja orqali chet el valyutasini olishga harakat qilishlari kerak - shunda bu ortiqcha harakatdir..

Valyutalar konvertatsiyasi, shunday jarayonki, u istalgan paytda istalgan valyutani milliy valyutaga yoki milliy valyutani istalgan valyutaga almashtirish imkonini berishi lozim. Bu, davlat tomonidan ruxsat berib qo'ygan bilan o'z o'zidan amalga oshib qolmaydi, avvalo valyuta bozorini rivojlantirish kerak.

export darajasini kuchaytirip kengchiliklar kirgizish kerakki, kim oz oldiga exportga yol topsa ilojisini qilsin va qishloq hojalik mollarini export qilinmasin degan yoriqlariga ham ozgartirish kerakki..

Eksport-importni erkinlashtirmay turib, valyuta bozorida o'zgarishlarni amalga oshirish sezilarli natijalarga olib kelmaydi. Eksport-import operatsiyalarini ro'yxatga olish batamom bekor qilinishi lozim, eng kamida dastavval eksport, keyin esa importni. Shunda, valyuta bozorini shoklardan biroz saqlab ham qolsa bo'ladi..

2-dan, ex/im operatsiyalarini erkin amalga oshirilishi va so'mning to'la konvertirlanishi avvalo, yon qo'shnilar bilan iqtisodiy aloqalaring kuchayishiga olib keladi. O'zbekiston, mintaqaviy qulay geografik joylashuvi beradigan imkoniyatdan foydalanib, mintaqa davlatlari orasida muhim bo'g'in (yoki tugun) ga aylanishi mumkin. Shundoq ham, O'zbekistondan past rivojlangan qo'shnilarimiz bizning valyutada, garchi nisbatan qadrsiz bo'lsada, sezilarli iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishadi (asosan, chegara hududlarda). Bu so'mning asta sekinlik bilan dastlab yo'qotilgan qadrini qayta tiklab borishiga ishoratdir.

Royal
10-22-2007, 09:33 PM
1. avvalo valyuta bozorini rivojlantirish kerak. ......
2. Eksport-importni erkinlashtirmay turib, valyuta bozorida o'zgarishlarni amalga oshirish sezilarli natijalarga olib kelmaydi.
Mana shu 2 gap bir biriga qarama qarshi bovotti...

Chunki valyuta kimga kerak ??? Import Export qivotganlaga...lekin oddie halq nima qiladi uni ??? qatiga ishlatadi ???

Keraklik odam oldingi postimda etganimday export qiganida ham valyuta topa oladi va uni oz valyuta bank hisobida ushlap tursa boildi, kerak bosa sotadi, kerak bomasa turvuradi Bank bilan kelishgan holatida...bank yahshi kelishmadimi demak boshqasiga yahshiroq kelishadiganiga otkazadi...chunki bu uni puli...respublika miqyosida hohlaganini qiladi....

Amiri Turkiston
10-22-2007, 10:51 PM
1-masala: Valyuta bozori, konvertatsiya

Ma'lumki, respublikamizga xorijiy investitsiyalaring kirib kelishi, import-eksport operatsiyalarining erkin amalga oshirilishidagi asosiy to'siqlardan biri valyuta bozori hamda konvertatsiya masalasidir.

O'zbekiston Xalqaro Valyuta Fondi oldida so'mning to'la konvertirlanishi bo'yicha majburiyat olganligiga ancha muddat bo'lganligiga qaramay, vaziyat eski xolicha qolgan.

O'zbekiston respublikasi valyuta birjasi bir necha yillardan beri faoliyat ko'rsatayotganligiga qaramay, valyuta birjasi ishtirokchilari soni faqat O'zR MB ning Xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish xuquqini beruvchi Bosh Litsenziyaga ega bo'lgan banklar bilangina cheklanadi. Shuningdek, valyuta birjasi faqat nomigagina mavjud bo'lib, asosan Markaziy Bank tomonidan taklif etilgan mablag'lar va banklar tomonidan majburiy sotilishi lozim bo'lgan xorijiy valyutalar ustidagina operatsiyalar amalga oshiriladi. Valyuta bozorida banklarga xorijiy valyutalarni faqat Markaziy bank sotganligi sababli, banklar ba'zida kerakli mablag'larni bir necha oygacha umuman sotib ola olmaydilar. Yoki, 2006 yilda xatto markaziy bank banklarga xorijiy valyutalarni sotib olishda limit ham belgilab bergan edi.
Shu yo'l bilan, 'Kuchli pul-kredit siyosati' amalga oshirilib, O'zbek So'mining qadri ushlab turiladi, tashqi savdo balansida rasman ijobiy saldoga erishiladi.

Natijada:
a) Tashqi savdo operatsiyalarini oshiruvchi shirkatlar biznesning noqonuniy yo'llarini o'zlari uchun tabora ko'proq kashf eta boshlaydilar. Bundan, umumiqtisodiyot, shu jumladan, davlat byudjetining daromad qismi katta zarar ko'rmoqda.
b) Noqonuniy biznesga intilish, yashirin iqtisodiyotni gullab yashnatmoqda, ko'plab shaxslar hech qayerda qayd etilmagan va etilmaydigan daromad qilishda davom etmoqda.
c) Korruptsiya yanada avj olmoqda, bojxona, soliq, xavfsizlik xizmati xodimlari tabora ko'proq korruptsiyalashib borishmoqda.
d) Iqtisodiy tarmoqlar orasida muvozanat izdan chiqmoqda
e) Davlat iqtisodiyotning boshqarish instrumentlaridan mahrum bo'lib qolmoqda, pirovardida, hukumat tomonidan ko'rilayotgan chora tadbirlar samarasiz yakunlanmoqda.
va boshqalar.

Masalaning yagona yechimi, avvalo valyuta birjasini erkin va mustaqil tashkilotga aylantirish lozim. Shuningdek, iqtisodiyotga salbiy ta'sirini pasaytirish uchun, kelgusi 2 yil mobaynida, avval katta kompaniyalar, tashkilotlar, investitsiya fondlari, boshqa jamg'armalar, keyin kichik firmalarga ham qadam-ba-qadam valyuta birjasida qatnashish imkonini berish lozim. Shundoq ham, import va eksport shartnomalari banklar tomonidan kuchli talablar bajarilganidan keyingina ro'yxatga olinishini hisobga olsak, valyuta bozoridagi qatnashchilar soni va sifatidagi o'sish barqaror bo'lishini taxmin qilish mumkin.

Lekin, xorijiy valyutalarga talabning yuqoriligi (xatto talab to'planib ham qolgan deyishimiz mumkin) va eksportning xali ham markazlashgan ko'rinishga egaligi so'mning keskin qadrsizlanishiga olib keladi.

bamisoli cho'pchakday aaa :lol:
qaniydi shundoq bulsa

hozircha konvertaciyani ba'zi korhonalar oylab kutvotti

lekin limit hozir ham bor ...lekin bu limit asosan yo'nalishga qarab beriladi.

keyin yana bir katta muammo NAQD pul etishmovchiligi

hamma pul PAHTAga qarab ketti manimcha :-)

cianore
10-23-2007, 10:16 PM

To'ppa to'g'ri - tashqaridan qaragan odamga hammasi cho'pchakka o'xshab ko'rinadi.
Limit xali xamon bo'lsa, demak xali ham taraqqiyotning hidi taralmayotgan ekan.
Naqd pul yetishmovchiligi esa - pul-kredit siyosati noto'g'ri yuritilayotganini bildiradi. Agar, hozirgi O'zbekistonda sun'iy instrumentlar orqali so'mni bozordan olib turmasangiz, inflyatsiya darajasi giper bo'lishi hech gap emas. So'mning sun'iy taqchilligini yaratish yagona yo'l bo'lib qolmoqda. Bu xolat, yilning aprel oyidan boshlanib oktyabr o'rtasigacha davom etadi. Keyin, dollar taqchil bo'ladi. Aprel-oktyabr o'rtasida ba'zi banklar dollar olasizmi deb yalinib yuradi. Keyin esa, aksincha siz yalinasiz.