View Full Version : So'kag'on rahbarlar
Logoscience
10-23-2007, 12:21 AM
Assalomu-alaykum ahli forum.
Bu mavzuni ochishimga oxirgi tomchi vodiyga borganimda tuman miqyosidagi paxtaga bag'ishlangan majlisda yuqori martabali prokuror 2 ta maktab direktorini paxta kompaniyasiga yaxshi qatnashmaganligi sababli majlisdan "topganing harom bo'lsin senlarni! Yo'qol bu yerdan!" kabi so'zlar bilan siylaganini eshitganim bo'ldi. Shundan keyin qishloq xo'jaligimizdagi yutuqlarimiz qimmatga tushmayotganmikin deb o'ylab qoldim.
Endi so'kag'on rahbarlarga kelsak. Bu rahbarlar islohot o'tkazuvchi richag vazifasini o'tashlarini hisobga olsak, boshdan boshlangan islohotning ijrosiga kallasi yetmay tillarini ishlatayotganday ko'rinishmoqda. Ko'p islohotlarni (quyimi yuqoirmi baribir ) bo'limlarda do'q-po'pisa, byudjetga aloqador kishilarni ixtiyoriy-majburiy tarzda sohasiga umuman aloqador bo'lmagan ishlarga jalb qilish orqali amalga oshirish yaxshi natijaga olib kelmasligini ular ham bilsa kera-gu, ijro intizomini buzmaslik uchun kallasi yetgani shu bo'lsa kerak.
Yana bir voqea. Vazirlardan biri Farg'ona viloyatiga tashrif buyurgan paytda majlis o'tkazibdi. Endi bu majlisga bir adashib o'qituvchilarni ham taklif qilishgan ekan. Ulardan birovi o'zini kommunal to'lovlarni to'plashga ixtiyoriy-majburiy tarzda jalb etilayotganidan nolib gapirib qolibdi (qanday yurak yutgan bilmadim). Shunda vazir o'zining gapdonligini ishga solib haligi o'qituvchini shunday izza qilibdiki, boshqalar undan o'zlaricha xulosa qilgan bo'lsa ajab emas. Vazirning gap orasida o'qituvchining yaxshi dars bermagani, agar berganida shogirdlari orasidan vazirlar yetishib chiqqan va alal-oqibat ularning yordami o'laroq u "domla" bunday ahvolda bo'lmagan bo'lar edi degan fikri o'ta ta'sirli bo'lgan. Qiziq vazirning oz'iga ta'lim bergan "domla"lar rohat-farog'atdamikan?
Gapiraman desa gap ko'p, lekin bafurja yozishga vaqt yo'q. Lekin umid qilamanki, forumdoshlar bilan birga bunday yomon illatga o'z munosabatimizni bildiramiz va balki bu illatga qarshi kurashishning yo'llarini topishga ojizona bo'lsa ham harakat qilib ko'rarmiz.
Mening fikrim esa bunday so'kag'on rahbarlar bilan O'zbekiston kelajagi buyuk davlat bo'lmasligiga ishonchim komil. Ularni hozir isloh qilishning imkoni kamdir, lekin kelajakdagi potensial rahbarlarga odob-ahloqdan dars berish kerak, ularning o'z sohalarining mutaxassisi bo'lishlari islohotlar ijrosining to'g'ri yo'ldan borishiga yordam beradi.
Men o'zimizni o'zimiz kamchiliklarimizni ko'rsatib o'zimiz isloh qilish tarafdoriman. Ko'rsatilgan kamchiliklarni bayroq qilib boshqalarning nogo'gorasiga o'ynashdan yomoni yo'q. Boshqalar hech qachon bizning hayotimizni yaxshilab bermaydi. Shuning uchun iltimos o'ta his-hayajonga berilmay, o'z fikringizni bildirsangiz.
Kamoli ehtirom ila
Erkinjon
kitayoza
10-23-2007, 12:43 AM
va alaykum assalam.
Nega hayron bo'las Erkinjon. Ha rahbar bo'gandan keyin so'kadi, urushadide. Shuni ham masala qilasmi. Sizga bir rahbarning qigan ishini aytib beraymi.
Hazrati Imom majmuasidagi ikki ulkan minorani ko'rganmisiz. Ha o'sha yangi qurilgan bino chekkasidagi ikki minora.
O'sha majmuaga bosh qosh bo'gan Odil aka bir kuni qurilish ishlarini tekshirishga borsala, quruvchila minorani pastro qilib yasab qo'yishibdi, planga qaraganda.
Hayron bo'ptila "Nega bunaqa past qildiyla" desa, brigadirlar aytishibdiki "Palonchi vazir Qo'mitadan kelib minorani baland qilish to'g'ri kemeydi" degan ekan. Chaqiritiribdi Odil aka o'sha vazirni.
Keganidan keyin yaaaxshilab tepibdi orqasiga:shock: "San kim bo'p qopsan" deb.
Boshida ishonmadim. Ko'rgan bilgan tanishimga "E qo'ey, bo'magan gap" desam, "e rost bo'gan voqiya" deydi.
Mana shunaqa orqasiga tepadigan rahbarlarimiz ham bor oramizda.
Aslida shunaqa tepib turish kere, shu vazirlarni. O'zlaricha o'zlarini ko'rsataman deb bilog'onlik qilishadi. Yaxshiyam Odil aka borakan bo'masa minoramiz bunaqa ulkan bo'lib chiqmas edi.;)
Odildustov
10-23-2007, 01:03 AM
tuman miqyosidagi paxtaga bag'ishlangan majlisda yuqori martabali prokuror 2 ta maktab direktorini paxta kompaniyasiga yaxshi qatnashmaganligi sababli majlisdan "topganing harom bo'lsin senlarni! Yo'qol bu yerdan!" kabi so'zlar bilan siylaganini eshitganim bo'ldi.
:) bu hech nasa emas-ku, mana 97 yilda moliya vaziri bulgan va Qashqadaryo viloyatiga hokim lavozimida kelgan ochopat Bahtiyor Hamidov, mana bu odamni sukadigan maraz desa buladi. kuchi qishloq brigadirlariga yetib onasini ham opasini ham tinch quymasdan surakdi, kabinetiga kirgan kishini salomiga onasini sukardi. u ham yetmagandek daladagi shudgor qilingan yerdan katta kessak topsa usha bilan urardi brigadirlarni raislarni. kupchilik indamay quygani bilan orasida dunyo po* bulgan rasilar ham borakan, shunisisga ham shukur. kesak otganida uziga ham qaytarib otib daladan undan battar qilib sukib chiqib ketganla ham bulgan. lekin ancha moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan. Qashqadaryoni 10 yilga orqaga tortib ketdi.
Ulug'bek
10-23-2007, 04:20 AM
va alaykum assalam.
Nega hayron bo'las Erkinjon. Ha rahbar bo'gandan keyin so'kadi, urushadide. Shuni ham masala qilasmi. Sizga bir rahbarning qigan ishini aytib beraymi.
Hazrati Imom majmuasidagi ikki ulkan minorani ko'rganmisiz. Ha o'sha yangi qurilgan bino chekkasidagi ikki minora.
O'sha majmuaga bosh qosh bo'gan Odil aka bir kuni qurilish ishlarini tekshirishga borsala, quruvchila minorani pastro qilib yasab qo'yishibdi, planga qaraganda.
Hayron bo'ptila "Nega bunaqa past qildiyla" desa, brigadirlar aytishibdiki "Palonchi vazir Qo'mitadan kelib minorani baland qilish to'g'ri kemeydi" degan ekan. Chaqiritiribdi Odil aka o'sha vazirni.
Keganidan keyin yaaaxshilab tepibdi orqasiga:shock: "San kim bo'p qopsan" deb.
Boshida ishonmadim. Ko'rgan bilgan tanishimga "E qo'ey, bo'magan gap" desam, "e rost bo'gan voqiya" deydi.
Mana shunaqa orqasiga tepadigan rahbarlarimiz ham bor oramizda.
Aslida shunaqa tepib turish kere, shu vazirlarni. O'zlaricha o'zlarini ko'rsataman deb bilog'onlik qilishadi. Yaxshiyam Odil aka borakan bo'masa minoramiz bunaqa ulkan bo'lib chiqmas edi.;)
Dunyoda mantiq, muvozanat va mo'tadillik degan tushunchalar borligiga shukur, yo'qsa ancha qiyin bo'larkan...
Ko'pincha shuni unutib, bir ekstrim xato qarshisida ikkinchi ekstrim mavqe'ga o'tib olinadi, xuddi bir jarlikdan qattiq qochib qarshi tarafdagi jarlikka qulanilganidek.
Sal oldinroq biri emlashdagi ba'zan uchraydigan xatolar sabab, umumuman emlashga qarshi hujum ochgandi...
Yana biri esa boshqa threadda demokratiyadagi kamchiliklar sabab unga qarshi hujum uyushtiribdi. A o'rtoq emasa nimani taklif qilasiz, quldorchiliknimi? o'zi shundoq ham usha yoqqa ketayapmizu...
Yaxshiyamki o'sha kattasi tilida bo'lsa ham demokratiya deb turadi, yo'qsa O'zbekistonda allaqachon quldorchilik eng buyuk boshqaruv tizimi ekanligini "isbotlab" tashlashardi...
Bu threadda esa yana biri muammoning ildizini izlab qolishsa kattakoniga gap tegib ketishidan cho'chib, oldi bilan rahbarlarning tepishi zarur narsa deb yozibdi. Ana madaniyat mana madaniyat! Tasavvur qiling, majlislarda rahbarlar yig'ilishlarida hisobot tinglaganlaridan keyin bu zarur ishni amalga oshirilayapti, ya'ni prezident vazirlarni, vazirlar esa viloyat hokimlari va deputatlarni, viloyat hokimlari esa rayon hokimlarini, rayon hokimlari xujalik rahbarlarini, muallimlar esa o'quvchilarni orqasiga tepayapti!
Yashavor azamat, ajoyib ixtiro!
Bu o'rtoq bilmaydiki, siz agar rahbarlarni, ularning tepasidagi rahbari tepishi zarurligini ta'kidlasangiz, bundan, o'sha rahbarchalarning sizning orqangizga (nafaqat sizning balki hamma o'zbeklarning, xotin -xalajnining orqasiga ham) ularning har birining istagancha tepishi mumkin, yo'g'ey tepishi zarur degan xulosa chiqadi...
Faqat aybdor bo'lganda tepiladi deyishning foydasi yo'q, chunki iflosning ko'ziga, unga qarshi bo'lgan hamma aybdordir.
Xatoni tuzatish lozim, ammo navbatdagi xato bilan emas!
Shu mentalitet bilan davom etsak, hali ko'p yillar orqamizga tepdirib, og'zimizdagini yedirib yuramiz...
PiLcH
10-23-2007, 05:13 AM
Mnugo bukv ne o`si`lil :kz:
AlbanDra
10-23-2007, 06:16 AM
off ,assalomu aleykum ustoz (ismimni yozib o'tirmang) qalaysiz sog'liqlar joyidami? ko'rinmay kettiz. KZda deb eshitdim. biziki o'qishga tayyorgarlik .
on, balig' boshdan sasiydi.:wink:
kitayoza
10-23-2007, 07:16 AM
Dunyoda mantiq, muvozanat va mo'tadillik degan tushunchalar borligiga shukur, yo'qsa ancha qiyin bo'larkan...
Ko'pincha shuni unutib, bir ekstrim xato qarshisida ikkinchi ekstrim mavqe'ga o'tib olinadi, xuddi bir jarlikdan qattiq qochib qarshi tarafdagi jarlikka qulanilganidek.
Sal oldinroq biri emlashdagi ba'zan uchraydigan xatolar sabab, umumuman emlashga qarshi hujum ochgandi...
Yana biri esa boshqa threadda demokratiyadagi kamchiliklar sabab unga qarshi hujum uyushtiribdi. A o'rtoq emasa nimani taklif qilasiz, quldorchiliknimi? o'zi shundoq ham usha yoqqa ketayapmizu...
Yaxshiyamki o'sha kattasi tilida bo'lsa ham demokratiya deb turadi, yo'qsa O'zbekistonda allaqachon quldorchilik eng buyuk boshqaruv tizimi ekanligini "isbotlab" tashlashardi...
Bu threadda esa yana biri muammoning ildizini izlab qolishsa kattakoniga gap tegib ketishidan cho'chib, oldi bilan rahbarlarning tepishi zarur narsa deb yozibdi. Ana madaniyat mana madaniyat! Tasavvur qiling, majlislarda rahbarlar yig'ilishlarida hisobot tinglaganlaridan keyin bu zarur ishni amalga oshirilayapti, ya'ni prezident vazirlarni, vazirlar esa viloyat hokimlari va deputatlarni, viloyat hokimlari esa rayon hokimlarini, rayon hokimlari xujalik rahbarlarini, muallimlar esa o'quvchilarni orqasiga tepayapti!
Yashavor azamat, ajoyib ixtiro!
Bu o'rtoq bilmaydiki, siz agar rahbarlarni, ularning tepasidagi rahbari tepishi zarurligini ta'kidlasangiz, bundan, o'sha rahbarchalarning sizning orqangizga (nafaqat sizning balki hamma o'zbeklarning, xotin -xalajnining orqasiga ham) ularning har birining istagancha tepishi mumkin, yo'g'ey tepishi zarur degan xulosa chiqadi...
Faqat aybdor bo'lganda tepiladi deyishning foydasi yo'q, chunki iflosning ko'ziga, unga qarshi bo'lgan hamma aybdordir.
Xatoni tuzatish lozim, ammo navbatdagi xato bilan emas!
Shu mentalitet bilan davom etsak, hali ko'p yillar orqamizga tepdirib, og'zimizdagini yedirib yuramiz...
Kuchli kuchli. Qattu tayorlanibsiz, yashen.:D
Lekin tepishlikni oqlaganim yoki olqishlaganim bu o'z bilasrmon vazirlarga nisbattan qo'llanishlikka urg'u berib o'tgan edim. Siz esa arqon uchuni ushlab olib, toqqa chiqib ketibsiz. Do'stim. Man hamma bir birini, katta kichikni orqasini poylab tepishga shay tursin deganim yo'ku. Nega srazu "o'tlab" ketdiz.
Odil aka va o'sha Qo'mita hodimi orasidagi bo'gan holat hamma uchun ibratdir. Eng avvalo o'sha vazirga. Ikkinchi musulmonlarning ishiga aralashmaydigan bo'ladi.
Bunaqa amaldirlar yo' diysizmi.
Mana bizning mahallamizga Mirziyoev ko'chib keldi. Masjidimiz bilan qo'shni devor bo'ldi. Kuni kecha mahalla raisi hamma namozhonlarni chaqirib, Mirziyoevning devorini ko'rsatib "Masjidni qayta qurmoqchi bo'seylar mana shu devordan kotta qimaysizlar" deb tahdit soldi.
Ho'sh bunaqa Mirziyoevlarga qanaqa chora ko'rish kere?
Yalinish kereydur "Iltimos Shavkat aka, rahmatizni darig' tutmen, shu masjidimiz binosini sizning devorizda sal balandro ko'tersey bo'ladimi" deb yalinishlik keremi?
Qaniydi Odil aka bo'saydiyu, oshanaqa amaldorlarning keyiniga bir bir tepib chiqib esini kiritib qo'ysa.
kingdom
10-23-2007, 07:20 AM
Baliq boshidan sasiydi...
Nafees
10-23-2007, 07:46 AM
Ba'zida so\kag'on, kuch ishlatishga moyil rahbarlarning yahshi tarafi ham bo'larkan.
Bitta rayonni militsiya nachal'nigi qizil chiroqda o'tib ketgan odamni quvib yetib, orqasiga qaytarib, svetoforni oldiga opkelib, tepib-tepib, svetoforga ta'zim qildirib, "kechirasiz svetofor aka, bilmasdan qizil chirog'izda o'tib ketibman, boshqa bunaqa qimiman" deb odamlani orasida bir necha bor ayttirgan ekan.
bizani odamlarga shtrafdan ko;ra shunaqa izza qilish ko;proq ish beradi. lekin albatta adolat bilan. o'sha nachal'nik juda adolatparvar va mard odam bo'gan, ishdan bo;shagach ham odamlar hurmat qilib davrani to'rini berib yurgan.
B.TURKISTANI
10-23-2007, 07:49 AM
:lool::lool::lool::lool::lool:Mentlar qulagandan ham battar bolibdi.
Waaaay rosa buraldim..........:P
Ba'zida so\kag'on, kuch ishlatishga moyil rahbarlarning yahshi tarafi ham bo'larkan.
Bitta rayonni militsiya nachal'nigi qizil chiroqda o'tib ketgan odamni quvib yetib, orqasiga qaytarib, svetoforni oldiga opkelib, tepib-tepib, svetoforga ta'zim qildirib, "kechirasiz svetofor aka, bilmasdan qizil chirog'izda o'tib ketibman, boshqa bunaqa qimiman" deb odamlani orasida bir necha bor ayttirgan ekan.
bizani odamlarga shtrafdan ko;ra shunaqa izza qilish ko;proq ish beradi. lekin albatta adolat bilan. o'sha nachal'nik juda adolatparvar va mard odam bo'gan, ishdan bo;shagach ham odamlar hurmat qilib davrani to'rini berib yurgan.
Dr_Didro
10-23-2007, 07:55 AM
Baliq boshidan sasiydi...
Sasiydigan baliq sasiyveradi, boshi orqasi farqi yo'q ;)
uzbekcfa2
10-23-2007, 09:26 AM
Men ham shu birinchi postni uqiganimda "baliq boshidan sasiydi" degan gap hayolimga keldi, lekin uje yozib quyishibdi.
ha, rostanam, baliq boshidan sasiydi. Yani rahbarni rahbari, usha rahbarni sukadi. Prokuror maktab direktorini sukadi, hokim prokurorni sukadi, hokimni IAK sukadi. etc.
uzbekcfa2
10-23-2007, 09:40 AM
Bitta rayonni militsiya nachal'nigi qizil chiroqda o'tib ketgan odamni quvib yetib, orqasiga qaytarib, svetoforni oldiga opkelib, tepib-tepib, svetoforga ta'zim qildirib, "kechirasiz svetofor aka, bilmasdan qizil chirog'izda o'tib ketibman, boshqa bunaqa qimiman" deb odamlani orasida bir necha bor ayttirgan ekan.
hmmmdaaa...birovni tepib-tepid humiliate qilib shu gaplarni ayttirsa adolatparwar va mard bular ekanda. :)
lekin bizani gasihniklarga gap yuq. Amerikada uynashib bulmaydi. Yaqinda bitta arab bola uqishga kelgandi. Amerikada police tuhtatsa, moshindan tushish mumkin emas, toki uzi kelib sizdan dokumentlarizni suramaguncha. U esa shartta moshindan tushib, politseyskiyni oldiga boribdi. Politseykisy qurqqanidan bolani bir urib, erga yotqizibdi. Bolani burni sindi. politeyskiy uni hospitalga oboribdi. Hozir arab bola advokat olib sudga isk bervotti. Politseykiy qanaqadur mexicanets drugdealer deb uylagan busa kerak. A tak bolani burni juda yomon singan. plasticheskaya operatsiya qilsihsa kerak.
o'sha nachal'nik juda adolatparvar va mard odam bo'gan, ishdan bo;shagach ham odamlar hurmat qilib davrani to'rini berib yurgan.
Uzbekistonda nachalnik militsiya, nachalnik gai, prokurorlardan hotyabi bir donasi adolatparwar degan gap - MIF!
Warrior
10-23-2007, 09:44 AM
Endi boshqa "motivation" qiladigan narsa bo'lmagandan keyin boshqa nima ham qilardi? Ich-ichidan chirigandan keyin sistema shunaqa bo'ladi. Agar lavozimlarga ko'tarilish "merit-based" bo'lganida edi, balki aqlliroq odamlar yuqori lavozimlarga ko'tarilib, sistemani sal o'zgartirisharmidi.
To Logoscience: Prokuror yeganing harom bo'lsin deb duo qilibdimi? Tovba, anekdot-ku!
To Nafees: Avvalambor bizni sistemada halol odam ment bo'lishiga, kechirasiz-ku, qarindosh bo'lsa ham ishonmayman. Uni qilgan ishi qanaqa odam ekanligidan dalolat berib turibdi. Odam hoh bu amerikalik bo'lsin, hoh o'zbek hayvon emas. Hayvonni kaltaklab dressirovka qilish mumkin, lekin odamni aql ishlatib boshqarish lozim. Qonunni chiqarganlar avvalambor qonunga bo'ysinishib, hurmat qilishni o'rganishsa, ana avom o'shanda qonunga bo'ysinadi (ko'nglingizga yaqin olmang yana, aytmoqchi bo'lgan gapingizni tushundim, biroq gapingizda ozgina mantiqiy hato bor deb bildim).
Warrior
10-23-2007, 10:20 AM
Qoyil, hamma rahbarlarni tanqid qilibti. Hech kim so'kishga chidab turgan "poterpevshiy"larni tanqid qilmayapti, holbuki ayib aynan shularda. Harqanday boshliq, agar ikki martda munosib javob olsa, boshqa hadidan oshmaydi. Hamma o'z qadrini bilishi kerak, va konfliktdan qochishi kerak emas. Surbetga munosib javob berishga qo'rqgan odam har doim oyoq osti bo'ladi.
O'lganni ustiga tepgan deb shunga aytsa kerak...
Iceman
10-23-2007, 10:32 AM
Please people no personal abuse or anything like that, it makes the whole place look herrendous.
MUHLIS
10-23-2007, 10:39 AM
Menga gapirayapsiz mi, birodar? Ikkinchi martda "hozir, tortvoraman" kabida gapirayapsiz, qo'rqib ketayapman:lol:. Nima argumentlaringiz tugadi mi, haqoratga o'tdingiz? Odamni hafsalasini pir qilayapsiz, o'zi shundoq ham plintus balandligida o'broyingiz bor.
Odingi suhbatdosh, forumdosh, odamshavanda do'stim Dunyokezganqalandarni sog'indim......shunchalik o'zgarib ketganingizga haliyam ishonolmayapman. :(
Zamon
10-23-2007, 10:51 AM
Birinchi oylardim fakat shu Karimov sukadi yoki uradi deb dunyo prezidentlari ichida, lekin okazyvaetsa boshkalari ham bor ekan. Internetda ukiganim Primer Ministr Mirziyaev ham ogzi yomon.... Bu biz Internetsa hali mish-mish gaplar, lekin dunyoda boshka davlat rahbarlari ham sukinadi, masalan Amerika Vice-Prezidenti Dick Cheyni bitta Senatorga (deputat ozbechasi) 2 yil oldin hammani oldida salom desa " Go Fuc# yourself" deb javob beribdi, atrofdagi hamma eshitgan, keyin gazetalarda yozishgandi, yoki Prez. Bush Rossiyada Sankt Peterburgda G-7 vaktida Tony Blerga Hezbalah togrisida " they have to stop that shi$" degan gapini hamma telekanallar kursatdi, tak chto Hursand bulsak buladi "yolgiz" emasmiz
MUHLIS
10-23-2007, 10:58 AM
Zamon so'kadigan rahbarlar hamma joyda bor degan gap yaxshi bo'ldi. Ammo moshinasini yuvdiradiganlari ham bormikan? :)
Zamon
10-23-2007, 11:12 AM
Zamon so'kadigan rahbarlar hamma joyda bor degan gap yaxshi bo'ldi. Ammo moshinasini yuvdiradiganlari ham bormikan? :)
yok u fakat ozbeklarda,
Dr_Didro
10-23-2007, 11:29 AM
Bugungi kun rahbariyati haqidagi maqolalardan biri, audio varianti ham bor :cool:
Aksariyat hollarda yuqori idoralarga yo’llangan yozma murojaatlar o’z manziliga yetib bormayapti yoki mahalliy rahbarlarga qaytarib yuborilmoqda. Ayrim kuzatuvchilar fikricha, mazkur jarayon haqiqatni ochiq aytuvchilar, rahbarlarga xush kelmaydigan savollar beruvchi fuqarolar sonining kamayishiga olib kelgan.
Manba: http://www.voanews.com/uzbek/archive/2007-08/2007-08-25-voa1.cfm
Bugungi kun o'zbek xalqi kayfiyati haqidagi maqolada esa quyidagi fikrlar yuritiladi:
O’zbekistonliklarning muttasil jilvayavermasligi, jamiyatdagi norozilik kayfiyati mavjudligidan emas, deydi taqvodor Ozod Xo’janazarov. O’zbeklarning ruhiy qiyofasini islom dini tarbiyasi mushtarakligida ko’rish lozim, deb hisoblaydi u:
Manba: http://www.voanews.com/uzbek/archive/2007-01/2007-01-07-voa2.cfm
"Bugungi O'zbekiston: Boy ila xizmatchi" maqolasidan:
Yaqinda bolamiz kasal bo’ldi, pnevmoniya bilan. Yangi ToshMIdagi bolalar pulmonologiyasi bo’limida yotdik. Yonimdagi palatada sal mundayroq oiladagi, ko’p bolali odam ekan. Dehqonlar ekan. Haligilarning bolasi kasal, o’pkasiga o’tib ketgan shamollash. Biz hamma dori-darmonni olib kelib qildirdik. Haligilarga bitta oddiy antibiotik topisholmadi. Bitta shpris topisholmadi. Hech qanaqa dori-darmon yo’q. Bizlar pul berib, tanish-bilish bilan yotdik, bizlarga qarashdi. Ularga esa qarashmadi
Manba: http://www.voanews.com/uzbek/archive/2007-08/2007-08-26-voa2.cfm
uzbekcfa2
10-23-2007, 12:40 PM
Ment emas, militsioner. So'zlarni tanlab gapiring, bozorchi emassiz ku ahir. O'sha militsionerlar sizni havfsizligizni taminlaydi.
:lool:
Halol odam militsioner bo'la olmaydi deganingiz tor fikrlashingizni yana bir dalili. Hamma ham tayoqcha bilan ko'chada turmaydi, va o'sha DAN hodimlaridan hammasi ham poraho'r emas. MVD katta ministerstvo bo'lsa, hammasini harom yo'li bilan pul topadi deysh ignoramuslarni gapi. Meni hechkimim yo'q MVDda, lekin shunaqa "posredstvennost" jonga tegdi.
Rozoviy ochkilarni echib quyib, hayotga real kuz bilan qarash kerak.
On: Qoyil, hamma rahbarlarni tanqid qilibti. Hech kim so'kishga chidab turgan "poterpevshiy"larni tanqid qilmayapti, holbuki ayib aynan shularda. Harqanday boshliq, agar ikki martda munosib javob olsa, boshqa hadidan oshmaydi. Hamma o'z qadrini bilishi kerak, va konfliktdan qochishi kerak emas. Surbetga munosib javob berishga qo'rqgan odam har doim oyoq osti bo'ladi.
Tugri, lekin bu Uzbda emas. Porahurlik hamma joyda bor uzbda. Balkim rostdan ham halol insonlar bordur, lekin sistema uzi chirigan. Usha halol insonni ham tez orada buzadi bu sistema. Boshliqlarga kelsak, Uzbekistonda ihslab kurmabsiz. Ishqilib, shu forumda hamma uzicha aqlli.
corsair
10-23-2007, 01:24 PM
univerda o'qishni bitirib ishgan kirgan edim va birinchi ishdan shu muamo sababli ketgan edim.
ohirgi kun, ishga boshliq bir nima sababli jahli chiqib kelgan edi hammani ochered qilib so'ka boshladi. menga ochered kelganda men ham jim turmadim, 7 qavat qilib so'kdim, qo'shnisini o'lgan kuchugi ham esdan chiqmadi. ishxonaga 2 ta skoriy chaqirishgan edi, bittasi boshliqqa va zamiga, ikkinchisi ishzonadagi ayollarga...
yahshi ish bo'lmagan edi. meni so'kib o'zi ham bir vagon eshitgan edi. u yerda 4-5 oy ishlagan bo'lsamda hammasini ikir-chikirini ko'rgan edi. hammasi boshliq basharasiga aytsam qizarib keyin oqarib ketgan, zami yoqasini tishlab qolgan edi...
otdel kadrov ga telefon qilib ishdan bo'shayman desam, qo'ying shunday demang, bizni tarafimizni oladigan faqat siz. ketmang deb yolvorgan edi. o'sha odamni yoshini hurmat qilib ishdan ketgan edim...
oyligimni va trudovoy knijkamni uyga hurmat bilan olib kelib berishgan edi... :-D
Mr. Putin
10-23-2007, 02:48 PM
Darvesh bilan Muhlis hech chiqisha olmadilarde. Oraledan qora eshak yo kozyel ottimi deyman.
Sokodiganlarga kelsak bu hammayoqda oddiy holat bolsa kerak deb oylayman, lekin baribir ham bizadagi sokongich sozlarni kop va har hilligi boyicha dissertasiya qilip, kitop yozsa bolsa kerak. :)
Mr. Putin
10-23-2007, 02:53 PM
Odamni hafsalasini pir qilayapsiz, o'zi shundoq ham plintus balandligida o'broyingiz bor.
Bu erda Muhlisni Sizni oldingizdaka obrosi yoki umuman forumdagi obrosi haqida gap ketyaptimi? A tak bizlar ozaro hadeb urushurmasdan, birdamlikda Tajik001 daka marazlarga qarshi chiqsek hammamizni obroimizga yana obro qoshilardimidi.:twisted:
Madalio'g'li
10-23-2007, 03:16 PM
Baliq o'lib ketgan, shu bois sasiydi. :lol:
Kimdan o'rgangan, kimni o'ziga namuna qilganki so'kinadi? Rahbarmush!...
Oraledan qora eshak yo kozyel ottimi deyman.
Eshakvoy o'tgandir ehtimol. :) :rolleyes:
Yo Turkcha qilib aytganda: "Kedidir o, kedi!"
1979-yilda Turkiyadan bir hay'at Qirg'izistonga borgan va iki narsani deyarli bir xil topgan. Turkiylar ikkita mavzuda mushtarak so'zlar ishlatadi: birinchidan diniy atamalar, ikkinchidan corsair aytgandek qo'shnining vafot etgan kuchugi to'g'risida aytilgan so'zlar... :)
Asadbek
10-23-2007, 03:17 PM
Bundan uch yarim yilcha oldin bo'lgan voqea:
- Chiroqchi tumanining juda tajribali sovxoz raislaridan biri bir mash'um kuni tumanning o'sha vaqtdagi hokimi tashrifidan "bahramand" bo'ladi. Raisning o'zi bundan 7-8 yillar oldin tuman hokimiyatida hokim o'rinbosari bo'lib ham ishlagan edi. Juda dangal odamalrdan edi, bir necha bor suhbatida bo'lgandim...
Xullas, o'sha mash'um kuni tumanning o'sha 3 yil oldingi hokimi (ismi esimga kelmayapti) bu raisni dalada bo'lgan bir yig'ilishda hammaning oldida onasidan olib xolasiga solib chunonam so'kadi-ki, bechora raisning nafsoniyatiga qattiq botib ketadi... Asabi dosh bermaydi. Miyasiga qon quyilib, adashmasam o'sha joyning o'zida olamdan o'tadi...
Raisning bir vrach akasi ancha yugurdi, hokimni ustidan arz qilib, hech narsa qilolmabdi baribir... La'nati hokim...
B.TURKISTANI
10-23-2007, 03:24 PM
Bundan uch yarim yilcha oldin bo'lgan voqea:
La'nati hokim...
Hotinboz Farmonov Orif emasmi?
Asadbek
10-23-2007, 03:29 PM
Hotinboz Farmonov Orif emasmi?
Xotiram pand bermasa, Farmonov viloyat hokimi bo'lgan bir vaqtlar...
Madalio'g'li
10-23-2007, 03:34 PM
Bundan uch yarim yilcha oldin bo'lgan voqea:
:twisted: Shu smilieslarning qulog'idan tutun chiqqanidan yo'qmi? ..................................
"Alloh sizning sifotingizga emas, qalblaringizga qaraydi." Qalbni ranjida qilish Ka'bani yiqitishdan ham katta gunoh hisoblanadi...
B.TURKISTANI
10-23-2007, 03:40 PM
Yurtga qaytganimda bir do'stimizni ahli ayoli, bilmadim esimda yo'q viloyatmi, tumanni hokimimi ishqilib i zo'rlangan ekan. Nomusiga tegkan. Ana o'shanday qilib qizlarni ho'rlab, ishigidan so'kib chiqarib yuborar ekan. Bunga qo'shimcha qilib, ana shunday zo'rlangan qizlarni uylanmagan yigitlarga zo'rlab, majburlab uylantirar ekan. Eshitib Astag'firulloh deyishdan nariga bormadim.
Ulug'bek
10-23-2007, 04:12 PM
Bu erda Muhlisni Sizni oldingizdaka obrosi yoki umuman forumdagi obrosi haqida gap ketyaptimi? .:twisted A tak bizlar ozaro hadeb urushurmasdan, birdamlikda Tajik001 daka marazlarga qarshi chiqsek hammamizni obroimizga yana obro qoshilardimidi:
Tajik001 dan yana 100 ta bo'lsa ham u deyarli tashqi muammo, menimcha bizda millatlararo muammolar juda minimal. Agar IAK siyosati sha'niga birorta ijobiy mulohaza bildirilsa u mana shu mavzuni ham o'z ichiga olsa kerak...
Bunaqalarni ignore qilish lozim menimcha, sayrab-sayrab charchagach, g'oyibdan paydo bo'lgani kabi yo'qolib ketadi...
Juda chiziqdan chiqaversa, hamma IPlari bilan qo'shib ban qilib yuborish lozimdir, balki...
Bizning birlamchi muammomiz bu ichki muammolarimizdir. Yana ham ochiqroq aytsak, u muammolarimiz ildizi yoki uyasi qayerdaligini aniqlab olishimizdadir. Bu yerda bir necha forumdoshs, ayb xalqda, sistema to'g'ri, deb IAK va u yaratgan sistemaning yonini olishayapti.
Bu kishilar tushinishi lozim narsa shuki, agar boshqaruv sistemasi to'g'ri bo'lganda, muammolar davomli tarzda kamayib borgan bo'lardi (tugardi demayapman!). Chunki FAQATGINA mavjud va kelajak muammolarni davomli tarzda va sog'lom muhit yaratgan holda yechib va kamaytirib boradigan boshqaruv sistemasigina to'g'ri sistemadir.
Bizdagi sistema esa mavjud muammolarning mutlaq aksarini yechmay ularning yanada chigallashuviga sababchi bo'layotgani va uning o'zi ham yangi-yangi muammolar tug'dirayotgani uchun noqobildir.
Buni SSSRdan chiqqanimizdagi muammolar salmog'i bilan bugunginisini taqqoslash, biznikiga o'xshash muammoga duchlangan eski safdosh respublikalardagi bugunigi holatga solishtirish bilan juda oydin ko'rish mumkinu, ammo bu o'rtoqlar ko'z oynaklarini yechmayaptilar...
Undan tashqari to'g'ri boshqaruv sistema, davomli tarzda fuqarolar ijobiy aktivligiga erishadi, turli ma'noda (va albatta siyosiy ma'noda ham) fuqarolar faolligini oshiradi, o'zaro tanqidni katta siyosat darajasiga olib chiqadi va ijobiy faollikni rag'batlantiradi, ya'ni jamiyat az'olarini o'zlarining muammolarini tabiiy va oddiy tarzda yechish jarayoniga bog'lab qo'yadi. Mana shunda odam boshiga eng ko'p mirshab yollashga hojat qolmaydi! Odamlar ommaga tegishli har bir narsa o'ziniki ekanligini his qilib asrab avaylab ishlatadi, rivojlantiradi.
Bunga erishish uchun zarur bo'lsa bir qancha keng va torroq doirada turli erkinliklar maydoni yaratib, sog'lomlikni ta'minlaydigan (masalan rasistik harakatlarni boshqaruvga yetishidan chetda tutish uchun) ma'lum mezonlar asosida xalqning o'z o'zini boshqaruvga olib chiqadi.
Bizda esa bularning butunlay aksi. Holatni tasavvur etganim sari qalbimda o't yonadi... :(
Gorbachev zamonida tekkan hurriyatdan hozir zarracha ham yo'q, o'shani asrash, mezonlash va ustirish o'rniga ana u maxluq tomiri bilan quritdi...
Xalqimiz zehniyatida ham muammolar yo'q emas. Asosiy muammolarimizni tug'adigan mashinani hali o'rnashib olmasidan yo'l qo'ymaslik lozim edi, afsuski mana shunga zehniyatimizdagi oqsoqlik ham hissa qo'shdi. Bu albatta ilg'or zehniyatli boltiq bo'yi xalqlariga solishtirilganda. Ikkinchi tarafdan bizning ulardan ko'ra juda uzoq muddat "miya yuvish" jarayonidan o'tganimizni ham unutmaslik kerakdir...
Aytgancha bugun O'zbekistonda bu "miya yuvish" va "manqurtlashtirish" jarayoni avjida, ammo xalqning malum bir qismi bunaqa propagandalarga endi ishonmay quyganligi ham haqiqat.
Lekin bugun zehniyatimizdagi bazi muammolarni ro'kach qilish va aybni xalning bo'yniga yuklash kamida o'ta soddalik va noto'g'ri tashxisdir, chunki bizda shunday sistema yaratildiki, asosiy muammo tug'ar mashina to'liq himoyalangan, boshqa ikkilamchi illatlarni boshqalar ham tug'ayotganiga qaramay, xalqni o'sha muammolar yechish bilan chalg'itish, faqat muammolarning jiddiylashiga olib keladi, zero muammo mashinasi haftasiga 7 kun va kuniga 24 soat o'z faoliyatida davom etmoqda.
Mana shuning uchun ham ayb xalqda deganlarga prinsipial qarshiman (Xalqning agar biror aybi bo'lsa u ham uning birlashib mana shu muammo mashinasini faoliyatini to'xtatmasligidadir).
Muammo yechishning birinchi qadami ularning borligini tan olish, tan olganda ham ularning birlamchi ildizlari bilan tan olishdir va bunga hech qachon muammolarni xaspo'shlash bilan yetib bo'lmaydi...
Agar bizdagi boshqaruv sistema muammo tug'uvchi mashinaga aylanganligi tan olinsa, demak o'z-o'zidan, muammolarimiz yechimi - mana shu mashinani tuzatish yoki butunlay buzib boshqasini qursih ekanligi ravshanlashadi, bundan bazilarning kayfi uchib ketsa ham...
Modomiki xalqning ikkilamchi muammo yechish bilan chalg'ishi uning maummolarining kamayishiga emas, aksincha ko'payishiga olib kelar ekan va bugungi sistema o'z ixtiyori bilan tubdan o'zgarishni o'ylab ham ko'rmas ekan, xalqning so'nggi chorasi bor kuchini yig'ib mana shu muammolar va zulm mashinasi bo'lmish sistemani o'zgartirishga kirishishidir.
ps. Buncha cho'zilmas deb o'ylagandim...
kingdom
10-23-2007, 04:25 PM
Mashinani tuzatish yoki buzib tashlab boshqattan tuzatish uchun yana usha mashinanig detallaridan foydalaniladi va bu malum vaqtdan keyin yana muammo tugdirishni boshlaydi ,qanchallik qimmatga tushmasa ham bu mashinani tag tugi bilan buzib tashlaash kerak ....
Agar bizdagi boshqaruv sistema muammo tug'uvchi mashinaga aylanganligi tan olinsa, demak o'z-o'zidan, muammolarimiz yechimi - mana shu mashinani tuzatish yoki butunlay buzib boshqasini qursih ekanligi ravshanlashadi, bundan bazilarning kayfi uchib ketsa ham...
[/INDENT][/INDENT]
Musofirbek
10-23-2007, 04:39 PM
Yurtga qaytganimda bir do'stimizni ahli ayoli, bilmadim esimda yo'q viloyatmi, tumanni hokimimi ishqilib i zo'rlangan ekan. Nomusiga tegkan. Ana o'shanday qilib qizlarni ho'rlab, ishigidan so'kib chiqarib yuborar ekan. Bunga qo'shimcha qilib, ana shunday zo'rlangan qizlarni uylanmagan yigitlarga zo'rlab, majburlab uylantirar ekan. Eshitib Astag'firulloh deyishdan nariga bormadim.
eee nimaga ham shuni o'qidim aaa
Ee ogaynizga ham qoyil man eee borip soyip tashamiydimii sekin bitta ahmoq kamayaradii Subhanalloh
W.I.Z.A.R.D
10-23-2007, 06:03 PM
Esimda usha paytlar Samarqandda ishlab yurgan paytlarimda,
direktorimizning ugli bilan gapimiz qochib qolgan edi.
Kunlardan bir kuni kompyuterning yonida firma balansini toyyorlayapman
kimdir eshikni oyogi bilan sharaq ochdiyu kabinetga kirib keldi.
Qarasam firma boshligimizning ugli yoinimda turipti.
Basharasiga qarasam sal olkogoldan olganga uxshaydi .
Kaftidan bir quchoq kontraktlarni oldidyu yonimga tashlab, nimaga bu kontraktlarning puli haligacha tulangani emas desa buladimi.
Unga yaxshilab tushintirdim, bankda otang firmasi schyotida pul bulmasa qayerdan men bu pullarni tulayman degan edim bola uzidan ketib qoldi , menga qarab dug urishni boshladi, shu paytning uzida mening ham gazabim qaynab u bolaning galstukidan sudrab kuchaga sudrab chiqib bir ikki marta yaxshilab basharasiga musht tushirgan edim uziga kelib qoldi.
Sal utgandan keyin buni firma direktori ham biliib qoldi
Lekin lom-mim degani emas.
Sabab firmamiz direktorini uzining qizi yoshidey bir uynashi bilan restoranda kurib qolgan edim. Òàê ÷òî ó ìåíÿ âñ¸ áûëî ïîä êîòðîëüåì . :cool:
Shu voqeadan sung ikki yil utar utmas uz hohishim, ariza bilan uz lavozimimdan bushadim .
uzbekcfa2
10-23-2007, 07:10 PM
Sabab firmamiz direktorini uzining qizi yoshidey bir uynashi bilan restoranda kurib qolgan edim. Òàê ÷òî ó ìåíÿ âñ¸ áûëî ïîä êîòðîëüåì . :cool:
:lool:
:lool:
corsair
10-24-2007, 03:20 AM
Yurtga qaytganimda bir do'stimizni ahli ayoli, bilmadim esimda yo'q viloyatmi, tumanni hokimimi ishqilib i zo'rlangan ekan. Nomusiga tegkan. Ana o'shanday qilib qizlarni ho'rlab, ishigidan so'kib chiqarib yuborar ekan. Bunga qo'shimcha qilib, ana shunday zo'rlangan qizlarni uylanmagan yigitlarga zo'rlab, majburlab uylantirar ekan. Eshitib Astag'firulloh deyishdan nariga bormadim.
o'sha yigitlarga ham bir nimda qilmasdan uylanaverar ekanda...
tortvormaydimi tomog'idan!? :evil:
kitayoza
10-24-2007, 04:07 AM
Hurmatlik Ulug'bek, g'irt demagog ekansiz, ustozingiz Solih kabi. Nega demagog? Chunki muammolarimizning asosiy sababi bo'lgan ommaning savodini oshirish kabi og'ir, mashaqatlik ishdan qochib, kosmetik remontni, yani boshqaruv elitasini o'zgartirish bilan muammolarimiz echiladi deyish-populistlarning ishi. Bir haqiqatni anglab etishni allaqachon vaqti kelgan: halq qanday bo'lsa, uni boshqaradigan elita ham shunday bo'ladi. Va counter-elita ham bu qoidadan mustasno emas. Solih, Po'latlarning saviyasi bunga yaqqol misol (bazilari qo'shni halqlardan uyalib ketaman, shunday "muholifatimiz" borligidan).
Hohlasangiz, alohida mavzu ochingda, o'sha erda bahslashaylik, agar qurbingiz yetsa. Lekin rozi bo'lishingizga shubham bor :lol:.Ibi hay. Ulug'bek?!:D Ustozi Solih?:shock:
Kutmagandim,kutmagandir. A tak obqochishlaridan Solihga o'xshab ketadi lekin.:D
Ulug'bek
10-24-2007, 04:57 AM
Ibi hay. Ulug'bek?!:D Ustozi Solih?:shock:
Kutmagandim,kutmagandir. A tak obqochishlaridan Solihga o'xshab ketadi lekin.:D
Darvishning qaysi gapi haqiqatga yaqin ediki bu gapi to'g'ri bo'lsa ... :)
Uning gapi bo'yicha O'zbekiston, kattakoni aytganidek buyuk kelajakka, mening aytganimcha esa chuqur jarlikka yetishiga biroz qolgan.
Kim haq kim nohaqligini vaqt ko'rsatadi, undan tashqari yon qo'shnilarga taqqoslash ham.
Hali menga boshqa biri, qozoqlar o'zbeklardan zehniyatda ilg'orroq xalq edi, shuning uchun ularda taraqqqiyot yaxshi ketayapti desa ham ajab emas...
:) , boshqa nima desin, chunki unaqalarga nima deyilishi emas o'sha deyilganning IAK va uning sistemasi to'g'riligini ta'kidlashi lozim.
Bittasi bugungi sistemaning demokratiyaning D harfiga ham aloqasi yo'qligini anglab yetgan chog'i, hozirgi sistemani himoya qilib, ochiqchasiga demokratiyaga bir yo'lakay tupurdi. U nisbatan to'g'ri himoya qildi menimcha, chunki bizda demokratiya boru, faqat yana biroz rivojlantirishga muhtoj deb turli kamchiliklarni xaspushlab charchagandan ko'ra, bir yo'lakay bizda demokratiya yo'q chunki u olabuji degan qisqaroq yo'l. Faqat bir lekini bor, u ham bo'lsa o'sha kattakonning demokratiyani ochiqcha maqtashidir, ammo bu kichik lekin, sababi hali aytganimdek, nimani aytishdan ko'ra nima uchun aytish muhim bunaqa himoyachilarga.
Darvishjon, bo'sh vaqtimga qarab thread ocharman ham, lekin Siz hech xatongizni tan olganmisiz? chunki xatosini tan olmaydiganlar bilan tortishish asabni charchatadi xolos...
Nafees
10-24-2007, 10:20 AM
o;rtoq "ment"lar bo'yicha ekspert, shu kimdir kelib loy shaplab ketmasin, deb yozib qo'yudim, ishdan bo'shagach ham halq hurmatidan qomadi shu odam deb...
qolaversa, voqeani aniq yozmaganman, u kishini shahsi ja aniq bo'p ketmasin deb. voqea shunday bo'gan, maktabimiz katta ko'chani oldida joylashgan edi, bolalar bilan ko'p falokatla sodir bo'p turardi. direktorimiz ancha murojaat qiladi yo'lga belgi qo'yberila deb. keyin bitta qiz nobud bo'ladi, usha qizni otasi hat yozgachgina, zebra chizib, svetofor qo'yiberishdi.
usha nachal'nik shu svetoforda to'htab turganida, bitta o'pkasi yo'q uchirib o'tib ketadi. uni joni chiqib ketib, quvib yetadi. qoganini bilasiz.
keyin, hech kim militsioner bo'p tug'ilmidi. bularku, o'zi tili qisiq, jinoyatchilarni talashadi, ammo kasal odamni talidigan ta'magir doktorlaga nima dis?
hmmmdaaa...birovni tepib-tepid humiliate qilib shu gaplarni ayttirsa adolatparwar va mard bular ekanda. :)
lekin bizani gasihniklarga gap yuq. Amerikada uynashib bulmaydi. Yaqinda bitta arab bola uqishga kelgandi. Amerikada police tuhtatsa, moshindan tushish mumkin emas, toki uzi kelib sizdan dokumentlarizni suramaguncha. U esa shartta moshindan tushib, politseyskiyni oldiga boribdi. Politseykisy qurqqanidan bolani bir urib, erga yotqizibdi. Bolani burni sindi. politeyskiy uni hospitalga oboribdi. Hozir arab bola advokat olib sudga isk bervotti. Politseykiy qanaqadur mexicanets drugdealer deb uylagan busa kerak. A tak bolani burni juda yomon singan. plasticheskaya operatsiya qilsihsa kerak.
Uzbekistonda nachalnik militsiya, nachalnik gai, prokurorlardan hotyabi bir donasi adolatparwar degan gap - MIF!
kitayoza
10-24-2007, 11:03 AM
o;rtoq "ment"lar bo'yicha ekspert, shu kimdir kelib loy shaplab ketmasin, deb yozib qo'yudim, ishdan bo'shagach ham halq hurmatidan qomadi shu odam deb...
qolaversa, voqeani aniq yozmaganman, u kishini shahsi ja aniq bo'p ketmasin deb. voqea shunday bo'gan, maktabimiz katta ko'chani oldida joylashgan edi, bolalar bilan ko'p falokatla sodir bo'p turardi. direktorimiz ancha murojaat qiladi yo'lga belgi qo'yberila deb. keyin bitta qiz nobud bo'ladi, usha qizni otasi hat yozgachgina, zebra chizib, svetofor qo'yiberishdi.
usha nachal'nik shu svetoforda to'htab turganida, bitta o'pkasi yo'q uchirib o'tib ketadi. uni joni chiqib ketib, quvib yetadi. qoganini bilasiz.
keyin, hech kim militsioner bo'p tug'ilmidi. bularku, o'zi tili qisiq, jinoyatchilarni talashadi, ammo kasal odamni talidigan ta'magir doktorlaga nima dis?
Bo'lib o'tgan voqiyani bildirganizdan keyin masala ravshanlashdi. Bo'masa man ham o'sha nachalnikning qigan ishini oqlamayotgan edim. Endi qarasam vaziyat shuni taqozo qigan ekan.
Warrior
10-24-2007, 11:40 AM
Darvesh, bu saylovlar yahshi o'tib ketsa sizgayam "mayor"ni bervorishsa kerak-a, yoki hali u darajaga chiqmadizmi? ;) Man sizga ochig'i bermasdim, propagandezni bozori borgan sari o'lyapti. "Podmoga" chaqirmasangiz yaqinda gapingizni hech kim eshitmay qo'yadi :)
Odildustov
11-06-2007, 01:29 AM
Yurtga qaytganimda bir do'stimizni ahli ayoli, bilmadim esimda yo'q viloyatmi, tumanni hokimimi ishqilib i zo'rlangan ekan. Nomusiga tegkan. Ana o'shanday qilib qizlarni ho'rlab, ishigidan so'kib chiqarib yuborar ekan. Bunga qo'shimcha qilib, ana shunday zo'rlangan qizlarni uylanmagan yigitlarga zo'rlab, majburlab uylantirar ekan. Eshitib Astag'firulloh deyishdan nariga bormadim.
he.... bu gaplani "qurqinchli tehron" kitobidan olib gapiropsiz shekilli :) ittarib quyishadiku agar bunday harakatlansa hokimlariz. uzi shundoq ham IAK uziga nisbatan complaint ni kamaytirish niyatida qonun himoyachisiyu, hokimlarni polniy nazoratiga olgan.
zo'rlab qo'yarmishu sukib haydab chiqarib yuborarmish. ollaaaaaa
hokimlik unga qanchacha tushganini bilasizmi? uziz uylab kuring, katta daromat qilayotgan joyizda mashunaqa riskka yul quyasizmi?
Akhee-Abdullah
11-06-2007, 12:06 PM
Assalomu-alaykum ahli forum.
Bu mavzuni ochishimga oxirgi tomchi vodiyga borganimda tuman miqyosidagi paxtaga bag'ishlangan majlisda yuqori martabali prokuror 2 ta maktab direktorini paxta kompaniyasiga yaxshi qatnashmaganligi sababli majlisdan "topganing harom bo'lsin senlarni! Yo'qol bu yerdan!" kabi so'zlar bilan siylaganini eshitganim bo'ldi. Shundan keyin qishloq xo'jaligimizdagi yutuqlarimiz qimmatga tushmayotganmikin deb o'ylab qoldim.
Endi so'kag'on rahbarlarga kelsak. Bu rahbarlar islohot o'tkazuvchi richag vazifasini o'tashlarini hisobga olsak, boshdan boshlangan islohotning ijrosiga kallasi yetmay tillarini ishlatayotganday ko'rinishmoqda. Ko'p islohotlarni (quyimi yuqoirmi baribir ) bo'limlarda do'q-po'pisa, byudjetga aloqador kishilarni ixtiyoriy-majburiy tarzda sohasiga umuman aloqador bo'lmagan ishlarga jalb qilish orqali amalga oshirish yaxshi natijaga olib kelmasligini ular ham bilsa kera-gu, ijro intizomini buzmaslik uchun kallasi yetgani shu bo'lsa kerak.
Yana bir voqea. Vazirlardan biri Farg'ona viloyatiga tashrif buyurgan paytda majlis o'tkazibdi. Endi bu majlisga bir adashib o'qituvchilarni ham taklif qilishgan ekan. Ulardan birovi o'zini kommunal to'lovlarni to'plashga ixtiyoriy-majburiy tarzda jalb etilayotganidan nolib gapirib qolibdi (qanday yurak yutgan bilmadim). Shunda vazir o'zining gapdonligini ishga solib haligi o'qituvchini shunday izza qilibdiki, boshqalar undan o'zlaricha xulosa qilgan bo'lsa ajab emas. Vazirning gap orasida o'qituvchining yaxshi dars bermagani, agar berganida shogirdlari orasidan vazirlar yetishib chiqqan va alal-oqibat ularning yordami o'laroq u "domla" bunday ahvolda bo'lmagan bo'lar edi degan fikri o'ta ta'sirli bo'lgan. Qiziq vazirning oz'iga ta'lim bergan "domla"lar rohat-farog'atdamikan?
Gapiraman desa gap ko'p, lekin bafurja yozishga vaqt yo'q. Lekin umid qilamanki, forumdoshlar bilan birga bunday yomon illatga o'z munosabatimizni bildiramiz va balki bu illatga qarshi kurashishning yo'llarini topishga ojizona bo'lsa ham harakat qilib ko'rarmiz.
Mening fikrim esa bunday so'kag'on rahbarlar bilan O'zbekiston kelajagi buyuk davlat bo'lmasligiga ishonchim komil. Ularni hozir isloh qilishning imkoni kamdir, lekin kelajakdagi potensial rahbarlarga odob-ahloqdan dars berish kerak, ularning o'z sohalarining mutaxassisi bo'lishlari islohotlar ijrosining to'g'ri yo'ldan borishiga yordam beradi.
Men o'zimizni o'zimiz kamchiliklarimizni ko'rsatib o'zimiz isloh qilish tarafdoriman. Ko'rsatilgan kamchiliklarni bayroq qilib boshqalarning nogo'gorasiga o'ynashdan yomoni yo'q. Boshqalar hech qachon bizning hayotimizni yaxshilab bermaydi. Shuning uchun iltimos o'ta his-hayajonga berilmay, o'z fikringizni bildirsangiz.
Kamoli ehtirom ila
Erkinjon
Xokimiyatda ishliydigan bir yigitdan eshitudim : ),
Atlantada Olimpia oyinlari bulganda Sport Komitetining Prezidenti, "Otaxon" 2 to Boeing bersaiz, kuproq sportchilarni op ketaman, sizga Oltin Medallar yutib kelaman deb va'da qilgan ekan : ) Sportchilarni orniga bitta samalyotga bola chaqasiyu : ) qarindoshlari, kegin azgina Sportchilarni solib "qanisan Atlanta" deb sayohatga ketkanlar!! : )
Eslarizda bulsa bitta kumushdan boshqa hich vaqo yutmagan edik : ( bir armyan yigit kurashdan/dzyudo edi manimcha bitta Olimpiada Kumushini qolga kiritgan edi...
Korrochi boboy chaqirtirgan Sport Komitetining Prezidentini...eshikdan kirganda...menga Oltin Medallar olib kelaman degan eding, qani deb "Pepilnitsa" otkan. Anu okammizzi bechoraning, boshiga tegib, boshi yorilib xushidan ketib qolgan...
Yonida turganlardan bittasi, "Islom aka endi...nima qilardiz..", - deganday gapirsa..."Bu qanaqa Sport Komitetining Prezidenti? Bitta "pepilnitsani otsa ushlolmaydi" derkan...
Rosa prikol bulgan ekan : ) qotib kulgandim...
Kegin eslarizda bulsa..."Ohayoy" deb bir okamiz Navruz Fondiga pul yighardi TV da : ) uniyam, liftga kirgizib, xushidan ketar qilib urgan ekan. Nima tilanchilik qivossan? debmiyay : ) shunaqa gapla...
Baliq boshidan Sasirkan...
Karimov sigaret chekadimi? Chunki ko'p eshitganman odamlarga pepelnica otvoribdi deganlarni.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.