PDA

View Full Version : Bilmagan edim


CUTE
11-22-2000, 04:16 PM
Mana endi har kuni yo’lingdan yurmayman, seni qidirmayman, hatto ko’rmayman. Seni har doim qidiradigan ko’z endi qidirmaydi, ana o’sha qidirish hissiyoti yo’q endi, buni o’rnini bosishga esa hech narsa topa olmadim, har qayoqqa alanglagani alanglagan. O’rganib qolgan shunga, oldin hohishini qoniqtirardi seni ko’rib, hozir esa o’zimga o’hshab hayron nima qilsam ekan deb. Oyoqlarim shoshmaydi endi seni ko’raman deb, yetadigan manzili yo’q. Qonimni aylanishi ham sekinlashganday. Hamma narsa o’zgarib ketti, faqat aqlim o’zimni his qilishim o’sha-o’sha seni eslaydi, o’ylaydi. Vujudimning hamma bo’lagi alohida o’z-o’zicha seni yo’qotti. Lekin men hali yo’qotmadim seni, yo’qotmayman ham.
Ovozing, yuzing, o’ylaring hammasi turibdi ichimda. Esingdami… ha yo’q sen bilmaysan. Gapirayotganingda ko’zlaringga tikilardim, tim qora, porloq ko’zlaring… Tikilib yiqilardim ichiga, qorong’u… Lekin ohiri ko’rinmasdi uni, chuqur va qorong’u… tagiga ketganim sari o’zimni noiloj his qilardim qutulib bo’lmasdi. “Ey meni eshitayapsizmi?” deb qutqarib qolarding, o’zimga kelib savolingga javob berolmasdim. O’shanda javob olmaganingdan keyin qovog’ingni solishing qanchalar shirinligini bilmagan ekanman. Uzun uzun sochlaring, ularning qora rangi ko’zlaring bilan birga boshqacha chiroyli turardi. Qanchalar qattiq bog’lanib qolganligimni bilmagan ekanman, hayollarim, o’ylarim sochingning tolalari olasida qolib ketgan, haliyam qutulisholmaydi. Bilmadim hozir vujudimning, o’ylarimning qanchasi sen bilan qoldiyu qanchasi men bilan. Hech hayolingga kelganmikin qanchalar seni sevishim? Ozgina bo’lsayam bilarmikinsan? Mendan eshitgan gaplarim tuyg’uni kichkinagina bir qismini ham ifoda qila olmasdi. Ich-ichimga sig’may qoldim, yuragim baqiradi lekin men eshitmayman. Hozirgi qayg’ularimning, balki qayg’umning hammasi kerak menga, qayg’u bo’lsayam nimanidir his qilib turibman, nimadir bor ichimda. Ana shu narsa meni kelajakka umid qildirayapti, har doim ham umid qildirgan. Hech qachon tark etmasa kerak meni.

JUST
11-22-2000, 05:23 PM
well done!!! carry on!!!

JUST ;)

JUST
11-22-2000, 06:10 PM
Oldingi safar LB ga kirganimda, unchalik qiziqish uygotmagan edi manda bettagi mavzular, hozir esa betga boshqacha bir fayz kiribdi, bunda Cute ning hissasi ham bolsa kerak.

sizning Bir hil, Tuman tushdi va Bilmagan edim deb nomlangan hiqoychalaringizda bitta umumiy narsa - uydan, vatandan uzoqligingiz ifodalangan, shu bilan bogliq bolgan dardlaringiz. bu uy, Uzbekiston, dostlarim soginchi menda ham bor, shuning uchun bolsa kerak, men bularni oqib uzimning hayollarimni oqiyotganday bolaman,
dam olaman, ma'naviy ozuqa olaman...

Kutayapti da esa kelajakka bolgan umidlariz, bu ham biz umidchilar uchun, va barcha yoshlar uchun kelajak hayotiga yonalish berilgan, yani hech kimga suyanmaslik, tik va magrur bolish, ortadagi tik darahtga ohshab...

omon boling, rahmat sizga

JUST

Futbolchi
11-23-2000, 05:29 AM
Salom Just va CUTE,

Ancha zor, pessimistlikdan optimistlikka tomon kadamlar....

yokti ancha, keyingilarini kutib kolaman,

bu hakidagi detailly fikr emailda boradi,

omad,

Futbolchi ;)

ELBRUS
11-25-2000, 01:48 PM
EXCELLENT TRY CUTE EXCELLENT TRY!
iJODGA OMAD TILAYMAN.
FIKRLAR JUDA JUDA YOQDI MANGA!

O'zbek
11-30-2000, 10:50 AM
Gap bo'lishi mumkin emas!!!
Cute, siz mening so'zlarimni kelajakda albatta isbotlaysiz, bunga 100% ishonchim komil.

XAET
12-02-2000, 03:25 AM
ulug manga qara, bir o'tirib gaplashadigan bo'libdi san bilan
Abdumominov aytganchili, otkinchi hayollarga berilma:) hazil yahshi, roughly my story, but I do not believe in love, I lost my faith in it. My blind faith was stronger than my belief.
but, sanga omad :)
u 'll c there is no love
a tak yahshi promptlar chiqibdi, tasanno, bo'yin egdim