PDA

View Full Version : Kuzatish


Adiba
11-23-2000, 05:31 AM
KUZATISH
(Andrey Voznesenskiydan

Shukur Qurbon tarjimasi)



Tongda kuzatmoqqa chiqding, beozor
Dilimga ut solgan suzlarni ayta,
"Men seni hech qachon unutmasman, yor,
Men seni hecn qachon topmasman, qayta."


Junjikkan vujuding, quchoqlab, inon,
Uyladim "E, Hudo, panohim qayda?"
Unutmasman seni hech qachon,
Uchrashhmasmiz bir umr qayta.


Bu dunyo, saltanat, qullik va bozor
Unutilar chumoli oqqandek suvda,
Va lekin men seni unutmasman yor,
Va lekin men seni topmasman qayta.

Ana, oluchazor biz kabi yolgiz,
Kuzda yosh, shamollar zabtiga kundi,
Yahshi ham, yomon ham, qaytar shubhasiz
Lekin men hech qachon qaytmasman endi.


Juda oz tushundik bir-birimizni,
Juda oz ishonchga qushgan hissamiz,
Ishonchsiz kelajak qarshilar bizni,
Endi buyogiga tirik murdamiz.

Endi yuraklarda togdek ukinch- zor,
Ruhimiz uchmoqda kushiqlar aytib,
"Men seni hech qachon unutmasman, yor,
Men seni hech qachon topmasman qaytib..."

Futbolchi
11-23-2000, 05:38 AM
GAP YOK, BOLISHI HAM MUMKIN EMAS,

DAVOMI....

fUTBOLCHI;)

ELBRUS
11-24-2000, 01:27 PM
Bu sh'erni uqiganingdan sung faqat uzoq uzoqlarga tikilgin keladi...
qachonlardir yuqotgan insoningni eslaysan, balki san uni yuqotmaganingda uni bunchalar san uchun qadrli bulmasdi...
ADIBAHON bu juda ta'sirli topib yozganingiz uchun rahmat
huddi shunday sh'erlarni kutib qolamiz...

Adiba
11-25-2000, 05:20 AM
Alvido deng, alvidolar ayting sunggi bor,
Kuzingizni yumib keyin, mendan buring yuz,
Toqatim toq, bogingizdan ketayapman yor,
Qargamangiz bogingizga kelar buldi kuz..


Sabab buldim qancha gina, achchiq suzlarga,
Bekor ekan menga kungil quyganlaringiz,
Bogingizda meni kurib uzga boglarga
Bitta-bitta uchib ketdi suyganlaringiz.

Usha paytlar bu ham menga tuyulgandi sha'n,
Bekor ekan, tutar-tutmay izlab qoldim men,
Bu satrlar quyilarkan kunglamga shu dam,
Sizdan soviy, soviy bugun muzlab qoldim men..


Alvido deng, alvidolar ayting sunggi bor...

Sanjar
11-25-2000, 08:21 AM
Voy voooooooo..... Nemetsiyada shunday shoiramiz bor ekanu, biz bilmay yurgan ekanmiz... :)

SJ

betahallus
11-27-2000, 01:21 AM
Kungil tuxta bir dam, motaming tindir.
Sergak tortib bir on atrofga boqgil.
Tingla yana kimdir "alvido"lar der,
Demak yolgiz emasmiz bu dardda hijil.

Senchi oh urasan necha oy tinmay.
Taqdir uyinidan bunchalar mahzun.
Uzolmadim seni qancha urunmay,
Hamon uning ishqida yiglaysan beun.

Duydingmi bu qiz nelar deganin?
Inonki qiz bola, ismi Adiba.
U bir "alvido"la kummish sevgisin
Qiz bola ham shunday sevarmi dema.

Kungil, tuxta endi. Motaming tindir
Nahot shu qizchalik sabot yuq senda?
Kel sen ham qalbimda chuglarni sundir,
"Alvido" de. Alvidolar davomish bunda.

Adiba
11-27-2000, 07:05 AM
Sen ketursan, izingdan,
Men qolurman jim-jim,
Menga qoldi, kuzingning,
Qaroligi, tim-tim.

Qaro endi kunlarim,
Qaro endi tunlarim,
Kuzim qarogida ham,
Kuz yoshlarim nim-nim.
xxxxxxx
Sh'er chiroyli chiqibdi, rahmat "betahallus"