PDA

View Full Version : QARGISH


Adiba
11-25-2000, 05:09 AM
xxxxx
USMON AZIMdan



Siz qargaysiz taqdiringizni,
Va aytasiz unga tashakkur,
"Biz yuq qildik bir-birimizni,
Biz yuq qildik, Hudoga shukr!"



Biroq izlab kelasiz bir kech,
Jilmayasiz,"Bahtlimanmi,boq?"
Kulgingizga yarashmagay hech,
Hitobingiz urtagan titroq.


Aldamaymiz bir-birimizni,
Tilda suzlar tugiladi, hur,
Qargamaysiz taqdiringizni,
Va aytmaysiz unga tashakkur...

ASAD
11-25-2000, 12:36 PM
USMON AZIMdan

Qoshing qaro sening, ko'zlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qo'lingdagi ta'na toshlaring qaro,
Menga g'amgin boqib turishlaring oq.

Unutishing qaro, hijroning qaro,
Sog'inching oppoqdir, xatlaring oppoq.
Mening ham, sening ham baxtimdir qaro,
O'ttiz to'rt yoshingda sochlaring oppoq.

......................................
Adiba, davomi esimdan chiqibdi, siz yozvoring :)

ASAD
11-27-2000, 04:30 AM
Hello!
Davomi ham esga tushib qoldi, undan tashqari yuqorida xatoga ham yo'l qo'ygan ekanmiz. Xullas, she'rning to'la matni bunaqa:

GRAFIKA by USMON AZIM

Qoshing qaro sening, ko'zlaring qaro,
Yuzlaring oq sening, kulishlaring oq.
Qo'lingdagi ta'na toshlaring qaro,
Menga g'amgin boqib turishlaring oq.

Unutishing qaro, hijroning qaro,
Sog'inching oppoqdir, xatlaring oppoq.
Qarodir yurganing o'ch-mehr aro,
Menga tashlab ketgan dardlaring oppoq.

Shommi yo saharmi - vaqtimdir qaro,
Sen deb to'kayotgan yoshlarim oppoq.
Sening ham, mening ham baxtimdir qaro,
O'ttiz to'rt yoshingda sochlaring oppoq.

Ishon, yurak oqdir, qarodir taqdir,
Oq-qaro bo'yoqlar bizning bog'larda.
Men million bo'yoqni bilardim, axir,
Ikkimiz baxtiyor bo'lgan chog'larda.

Mana buni she'r deydilar, aziz she'rxonlar, mag'ziga tushunsangiz gar! :)

Adiba
11-27-2000, 07:11 AM
Tumanlar qoplaydi, gardli havoni,
Yana yolgonchilik qiladi, aprel'
Men sening kelishing hech istamayman,
Biroq kel.

ASAD
11-27-2000, 12:35 PM
Sevgimiz o'ldimi, libosingiz ko'k,
Ko'nglingiz begulxan, ko'zingiz becho'g'.
Mendan borish yo'qdir, sizdan kelish yo'q,
Kelishsiz dunyoda beg'am, azizam,
Nega ko'zlaringiz benam, azizam...

Adiba
11-29-2000, 08:26 AM
Soginib ketdim sizni,
Sizni kurmadim minggg yil,
Dustim bir kelmaysizmi?
Bosgancha yengil-yengil..


Ayting dustim bu yulda,
Sizga kupmi tusiqlar?
Poyondoz tushab guldan ,
Aytilsinmi qushiqlar?

Curious.
11-29-2000, 12:29 PM
Hey people do you actually remember what you learned when you were at school or you have book full of Uzbek poems which you just writing to this board I would like to know that.

Thanx beforeahead

-gds

Curious.

O'zbek
11-30-2000, 06:58 AM
Curious, nima hohlasangiz hohlangku, lekin mening sizga maslahatim, ularga tan bering. Sherlarni yodda saqlash tugul, ba'zan kitobdan o'qishga erinaman garchan sherlarni yoqtirsam ham. Shubday ekan, bularga tan berish kerak.
Shunchalikda.
Carry on.

ASAD
11-30-2000, 10:14 AM
ADIBAga:


Ishqingdan bokira nafas qoladi,
Dunyoga bir oydin qafas qoladi.
Hijrondan na ovoz, na sas qoladi,
Diydoringni ko'rib o'lsam roziman.

Dunyoda baxt - armon, muhabbat - armon,
Bu majnun vujudga faqat qalb sarbon.
Toshlarning to'shiga to'kilgan alvon,
Qonlarimni qo'msab so'ysang, roziman.

Adiba
11-30-2000, 10:49 AM
Temirdanmi bu boshim tosh kurinur,
Yomgirlarmi kuzimdagi yosh kurinur,
Jonim ikki ut ichra talosh kurinur,
Sevgilim...

Muhabbat olovdir, muhabbat isyon,
Har kuni ming ulib, qolgum bir omon,
Bu holda qirqqa ham etishim gumon,
Sevgilim...

Curious.
11-30-2000, 12:26 PM
So you actually remember all this poems MALADESEEEEEEE!!!!!!!!

OTANGA RAHMAT :) KEEP IT GOING!!!

-gds

ASAD
12-01-2000, 02:55 AM
Seni eslayman, anov qo'shni ko'chada,
Menga olma otib ketib qolganing.
Seni topganimu, titroq'la tutgan,
Qo'limdagi alvon gulni olganing.

Adiba
12-01-2000, 07:41 AM
Chiqmagan bu jondan umidlarim bor,
Soginchim yulingga gulday sochay yor,
Oshiqlar dardiga Olloh uzi yor,
Boshimga bolishlar botdi, sen kelmading,
Yurakka nolishlar botdi, sen kelmading...

ASAD
12-01-2000, 09:48 AM
Tong chog'i tun bilan kunduz uchrashdi,
Tunda armon bilan yulduz uchrashdi.
Bahor bilan kuzak - baxtxush uchrashdi,
Toshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Bulut zamin bilan yig'lab uchrashdi,
Shamol kurtaklarni ilg'ab uchrashdi,
Visol hijron bilan minglab uchrashdi,
Yoshlar uchrashdilar, biz uchrashmadik.

Adiba
12-02-2000, 06:31 AM
Bu kunlar kun emas, yonib turgan chug,
Har lahza qalbimga otilgan ming uq,
Ulimdan habar bor, sizdan habar yuq,
Mendan kechdingizmi, rostini ayting,
Chindan ketdingizmi, rostini ayting...

ASAD
12-02-2000, 03:02 PM
Men ketdim, lek qaytgum, kutgil meni yor,
Jonim, albat senga uylanishim bor.
Chet elda o'qishni tugatib olay,
Ungacha sabrli bo'lib turgin yor.


;) :)

Adiba
12-04-2000, 12:51 PM
Layliman, sahroda imkon topmadim,
Dardmand bu jonimga darmon topmadim,
Kulbamga sen kabi mehmon topmadim,
Boshimga bolishlar botdi, sen kelmading,
Yurakka nolishlar botdi, sen kelmading..

ASAD
12-05-2000, 10:36 AM
Chorlasang bormasmi edim, gulyorim,
Shiddatdan ko'zimni og'ritib, yoshlab.
Ikkala kaftimda tutib bahorni,
Tishimda labingdek g'unchani tishlab.

O'rtada qir kabi yotar qirq fasl,
Kechib bo'larmidi qirqta anhorni.
Ammo seni o'ylab yashnayverar dil,
Men qayga qo'yay bu ulkan bahorni?!

:) ;) :)

Adiba
12-05-2000, 11:57 AM
Sayyoddan chuchigan ohudek chuchib,
Kelmassan yoturman dardimni quchib,
Qaniydi borolsam qoshingga uchib,
Boshimga bolishlar botdi, sen kelmading,
Yurakka nolishlar botdi sen kelmading..

Zamin
12-05-2000, 12:44 PM
Asad, alohida biita message ochib berish kerak sizlarga:)))))).Nima dedingiz????
Regards, Zamin

Free_Uzbek
12-05-2000, 04:22 PM
Subject qayerda qolib ketdi...Yoki QARGISH deya qolib yana aytishuvni davom ettirayapsizlarmi?

Anyway, Gap bulishi mumkin emas

ASAD
12-06-2000, 06:18 AM
Isming - shahristonni isitgan bayzo,
Aytsam, sen kelmaysan - bitmas karashma.
Oddiy bir hikmatni bilarmisan yo:
Shahar osmoniga oy ham yarashmas.

Men tokay yasharman uzimni quchib ,
Ovunib gardunning hiylosi bilan.
Chorlasang, borardim toyirdek uchib,
Qo'ynimda ko'klamning havosi bilan.

;)

Adiba
12-06-2000, 08:40 AM
Ketdingmu, manguga tashlab,
Qoldimmu qaygularim-la,
Hijronning kuyini boshlab,
Yiglovchi cholgularim-la...

ASAD
12-06-2000, 09:22 AM
Qanoti bo'lsa ham uchmas baliqlar,
Ismimni tutmasang, qushligim bekor,
Shijoat ummonning tubinda uxlar,
Men bilan qo'shilib qariydi bahor.

Bilaman, qismatim ko'zingdek qaro,
Meni chorlamassan, uchub bormasman.
Sen mening ismimni bilmassan hatto,
Sen o'zing bahorsan, menga zormassan!

Adiba
12-06-2000, 12:06 PM
Sen meni ishontir qaygularingga,
Degilki, "sen uchun yaraldim illo!"
Atrofga bir qara yonar lolazor,
Kuzlarim tubida suratingmu, oh..

ASAD
12-06-2000, 04:46 PM
Sen kulsang, gul sochilar,
Sen kelsang, dil ochilar.
Tirnog'ing ham gul sening,
Sen borsan, kuz qishim yo'q.

;)

johny
12-07-2000, 04:03 AM
voy-dod :):):), qoyil-e

Adiba
12-07-2000, 05:59 AM
Tun ortidan kun keladi,
Deb aldadilar, aldandim,
Suyganimga eta olmay,
Ishq joduga boylandim,
Ismingizni birmas ming bor,
Unutmoqqa choglandim,
Surati sirdoshim mening,
Uzingizsiz, uzingiz.

ASAD
12-08-2000, 07:10 AM
Kipriklaring poyloqchi,
Kokillaring ayg'oqchi.
Hamsoyangman ham soyang,
Jismim boru hushim yo'q.

Adiba
12-08-2000, 07:53 AM
Boglardagi gul eding, yorim,senga qulim etmadi,
Aksiga olib orzu va armonga qulim siltab ketmadim,
Sir bulib chorlading meni sen asta,
Kulding dunyo jarangga tuldi,
Yuksaklarda qolding, men esa pastda..

ASAD
12-08-2000, 08:43 AM
O'zing mehrigiyosan,
Bir mehribon navosan.
Aytsam, yetmas nafasim,
Kuylasam tovushim yo'q.

Gul'uzorim, gultanim,
Yuzingda ishq gulxani.
Yaqinlashsam, kuydirma,
Sendan yaqin kishim yo'q.

Adiba
12-08-2000, 12:06 PM
O'key ASAD, sizga shu uzim yashab turgan shaharni berdim!:)

ASAD
12-08-2000, 12:16 PM
Ibe, Adiba, nega birdan shahar berib taslim bo'la qoldiz?! Davom ettirmaysizmi? Ayyayyay!
Kstati, siz yashab turgan shaharni siz u yerga kelmasingizdan yutib olgan edim. Alalkim, bizning mamlakatga xush keldingiz, Malika! :)

Free_Uzbek
12-08-2000, 04:46 PM
Asadbek !!!
Malika emas Malikam deyishiz kerak edi.