PDA

View Full Version : Yana usha soginish


betahallus
11-26-2000, 05:34 AM
Bu sherni utgan yili yozgan edim. Hozir uzimni yana shunday holda topganligimdan yana bir bor uni fosh etgim keldi.

Ohe, manday ishq cholida darvishu hayron bormikin?
Yurtdan yiroq, sandan yiroq, dili vayron bormikin?
Har gal suratingga boqsam ko’zlarimda diyda yosh
Oshiq ahli ichra manday majnuni giryon bormikin?

Ming bir mushkul yog’ildi bu boshima har soniya
Sen ham rad etding mani ‘konglingni uz mandan’ diya
Azm ayladim horijga men sendan konlgil uzgum diya,
Hudoyo, bu ishq o’tidan qochmoqqa makon bormikin?

Necha oylar horijdamen, royi ruhsorim bo’lak
Ajnabiylar davrasida dostu oshnoyim sarak,
Lek har on yodimdasen jonu ahvolim halak
Bayon etsam sanga holim, qani, imkon bormikin?

Ohlarim osmonga aytsam, qushlar sanga eltmasmu?
Sherlarim ovoza etsam bir kun sanga etmasmu?
Kuksima tig’ ursam-chi oh, azoblarim bitmasmu?
Panjmurda bu qalbima ey, dori darmon bormikin?!

Adiba
11-27-2000, 07:22 AM
Deraza pardasi elkanday shishdi,
Yana seni uylab kunglim uvushdi,
Seni olib ketdi qaysi sabolar,
Hamrohing buldilar qaysi navolar.


Honamga hastarin buyi buyladi,
Sochlari rayhonim seni uyladim,
Uyladim, tong chogi bulganda sahar
Senga panoh buldi qay begona kaftlar..

Deraza rahiga boshimni quyib,
Uyladim, yomgirsiz utdimi tuying?
Yiglamadim, faqat hursindim holos,
Boladek jimgina uksindim, holos..

betahallus
11-27-2000, 12:25 PM
Necha kundir yuq oromim, tushimda kurdim seni
Ruyi behisht jamolingni ushanda bildim seni.
Bulib junbush tolgonarman yana bir qaytmoq istab,
Ki ruhsori davlatingga yana bir tuygum seni.

Andoq bir ruyo erdi.Ul parivash vasli davlatin makri malohati ila chashmi qalbimda jilvalantirdi. Anin zebo diydasi borligimni buyla otash ichina oldiki, bul majruh aqlim "jon talvasosigami tushgaysan, vayo ishq balosigami?" surisin surdi. Dedim, jonimi asrab ne qilgumki bul foniy dunyoda ishqa matsha' jonima buyla chashmai ishrat topilgaymu? Aqlimla bul muhovarot oninda ul parivash chim qoqdi. Vohki, ul otash diydalar yumulgan bir soniya avvali bul hasta qalbimu, zabun aqlim uchun asrlar badalinda uldi. Va ul bir soniyaning miyonasinda anin kipriklarina nigohim uchdi. Oh, ul kipriklar vasfina bu devona aqlim ojizu bezogdur. Naki bir man, butun olam shuarosin keltirib ul kipriklar vasfini sursang, ojizu lol ulduglaridan bir-bir uzlarini ul kiprik torlarina osarlar. Va ul bir soniya nihoyasina etmadan avval ashq zahrila sirlanmish ul siyoh torlar nishindan bir qahrabo mubarraq uldi. Ki ul jilvalar romina mastu muhbis, bahtim rangidan rang olgan bu kuzlarima nish urdi. Ul qahrabo otashi kuzlarima garq ularak rokimi roh tutdi. Ki har bir rokim ichra bu hasta qonimi lavo kibi jubusha ketirarak yurogim sori uchdi. Butun borligimu botinim ul otash ichinda yonarkan ul barq nishlari bir-bir yurogima sanchildi. Bul savdolar ogushinda dod solarkanman, bu vahimai sarosimada miyam ichra maknun ulan aqlim jon talvasosi ila junbushga keldi. Oh, ohki bu qurqoq aqlim mani ul ruyodan mahrum etdi. Uygondim...

Singim Adiba, bul savdolarni siza bayon ettigimdan maqsadi tilovatim "nechuk jazm ettiginiz she'rni niholamamushsiniz?" surisi ila men garibni daha bir uvvosima sabab ulmang degan fikri noqisimdandir.

Tangridan siz uchun duolar surab,
nazmingiz muhlisidan deb bilgaysiz.

Adiba
11-28-2000, 09:11 AM
Endi mundoq nasmiy qobiliyat bilan "betahallus" yurmoq... Ha juda guzal tush kuribsiz.. Sizam Asadga uxshab ismini ayting, quying. Balki birgalashib davosini toparmiz...

betahallus
11-28-2000, 11:09 AM
Ory singlim, betahallusim. Vale, shu on g'am ummoninda g'arq ulmak havfi ila yuzarkanman, bir tahallus hayolina borkmak holatinda emasim. Onin ismin surmishsiniz ammo ismin talaffuz etsam, har tarafim kuygani ustina bul zabun tilimda kuymagidan qurqamen. Bul holima iloj topmaya oshno ulmak rozini bermishsiniz, kup mamnun uldim. Valek uzri qalbi noqisim shulki, bu dardima davosini Yaratganning uzi bermasa, yaralmishlar ilginda deyildir. Gamima hamdard uldiginiz sabab siza rad javobin bermakda nojoiz ulur. Shul sabab, istarsaniz betahallusligim yod ettiginiz asnosinda siz kaminaga bir tahallus bersaniz, sizday nazm malikasindan faqiringiza bir duoi-sadaqa deb bilgon ulurdim.

Tangridan husnu davlatinizu, shonu e'tiboriniza rivoj tilab,
kaminadan bilgaysiz

Adiba
11-29-2000, 08:44 AM
Voy, man nima deyman.. Nemischa bironta ism aytamanda aytsam ham.Tobias, Peter deganlariday...
Siz yaxshisi uzingiz toping, biz ovozga quyamiz..Shundoqmi aziz davra qatnashchilari?..

Cute
11-29-2000, 09:07 AM
Judayam oddiy, manda bir ikkita versiyala bor: Tahallus, S tahallus, Mr_Tahallus, tahallus aka, tahallusman, tahallusiy, tahallusbek va hokazo

Ug'lon
11-29-2000, 01:11 PM
Cute ancha aqlli fikrlar bildiribdi:)