PDA

View Full Version : Literature


Free_Uzbek
11-26-2000, 06:03 PM
Salom hammaga.....

Muborak ramazon oyi muborak bulsin.
Shu oyga bogliq bulgan she'rlardan ham yozib tursalariz yaxshi bulardi.

Va nihoyat ...Gimn dan tashqari yana bitta mashhur turtlikni bilishim esimga tushdi...

Keksa-yosh hayotga har kimki yetar,
Hammasi izma-iz, birma- bir ketar,
Hech kim bu dunyoda qolmas abadiy,
Ketdilar,ketamiz,kelishar, ketar

Adiba
11-27-2000, 06:57 AM
Bir qulda Qur'onu, bir qulda jom,
Ba'zida halolmiz, ba'zida harom,
Firuza gumbazli osmon taginda,
Na chin musulmonmiz, na kofir tamom.
xxx
Azaldan loyimni qorganda Hudo,
Bilardi fe'limdan ne bulur paydo,
Ilmidan tashqari emas gunohim,
Hush nechun maxsharda beradi jazo?
xxxxx (Umar Hayyom)

Nodir
11-27-2000, 10:11 AM
Azaldan loyimni qorganda Hudo,
Bilardi fe'limdan ne bulur paydo,
Ilmidan tashqari emas gunohim,
Hush nechun maxsharda beradi jazo?

1-Hazil-javob:
Jurm qilishing bilganichun javobgarmi u?
Ishlagan tishlaydi, esla, maqol bu!
"Ishlaganning tishlashini aytgan Xalq emas,
Ishlagan javobgar!" der oqsaqol bu.

Uzr (Umar Xayyomga), vazn "siz" hurmat formasini hech kotarmadi, yoki uni ishlatib vazndor bir narsa yozolmadim.

2- javob:
Qur'onni ko'tarib anglamaganing,
anglaganlaringa be-amal bo'lganing,
Haromlarini Sen "halol" qilganig,
O'shular-chun mahsharda beradi Jazo!

Bir uxlab musulmon ortidan kofir
bo'lganing, so'ng yana harom qilganing,
Chin musulmon bo'lmay nifoq qilganing,
O'shular-chun mahsharda beradi Jazo!

Afsus, yana vazn hech "Siz"ni ko'tarmadi, bu yog'i chala savodlik..

Nodir
11-27-2000, 10:20 AM
Uzr, O'shular-chun
mahsharda beradi Jazo!
emas,
O'shalar-chun
mahsharda beradi Jazo!

xato terilibdi.