PDA

View Full Version : Missed me, huh?


Navoiy
11-26-2000, 08:07 PM
Nomai a'molim bul yanglig' qarodur jurmdin,
Kim nadomat ashkila oni oritmoq o'lmag'ay.
Balki gar baxri muhit ichra solib yillar yusang,
Ul qaro bo'lg'ay damodam, lek bu oq o'lmag'ay.
Alisher Navoiy

Nodir
11-27-2000, 08:57 AM
Navoiy hazratning bu baytini yozganingiz uchun rahmat, haqiqatdan u kishining sh'erlari o'ta jozibali, tillari biz zamondosh o'zbeklarga og'irlik qilsa ham. Menga bu bayt yoqqani uchun uni "osonlashtirish" uchun quyidagi bir narsani yozdim, shoirlar va shoirsifatlardan Meni so'kmasliklari uchun o'qimasliklari tavsiya qilaman. O'zimiz qatori faqirlar o'qisa xay mayli, so'ksalar ham.
Aytguncha, 3-misrada 1 harf xato yozilgan "baxri muhit" emas, "bahri muhit", demak "osonlashtirish":


Kundaligim gunohlardan andoq "qaro" ki,
Endi uni tavba qilib oqlab bo'lmag'ay.
Agar dengizlar suvida asrlab yuvsang,
Suvlar qaro bo'lur, ammo u, oq bo'lmag'ay.

Navoiy
11-27-2000, 09:09 AM
Manga juda ham yoqti. Qoyil, Nodir.
Mumtoz adabiyotga qiziqsez kere-a? Aks holda yuqoridagi qit'ani tahlil qilish hazil emas. Navoiy muammolariga qalesiz? Man unchalik yaxshi bo'lmasam ham, birozini chiqarganman. Quyida mashhur muammolaridan bittasini keltiraman. Hech yechimini topganmisiz?(albatta, lotin yoki kiril alifbosiga mo'ljallangan emas).

Bu gulshan ichra yo'qdur baqo gulig'a sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq birla ot.

Nodir
11-27-2000, 09:43 AM
Bu gulshan ichra yo'qdur baqo gulig'a sabot,
Ajab saodat erur chiqsa yaxshiliq birla ot.

Bu misralarning manosi menimcha quyidagicha:
Bu dunyoda abadiy qolish yo'q, hamma 1 kun unitark etadi. shuning uchun, agar saodatni doim qolishda deb bilsang, u erishib bo'lmas orzudir. Lekin, saodat-baxt ushaluvchi orzu va u borliqqa yaxshiliq taratib, u sabab madh bilan xotiralanishing- nom chiqarishingdir.

Bular misralarning tashqi ko'rinishidan anglashiladigan ma'nolar, adashmasam.

sherzodr
11-27-2000, 12:30 PM
Salom Nodir,
Qo'shilaman. Muammoning ma'nosi (mening tushunishimcha ham) shunaqa. Ammo muammoning yechimini aytmabsiz.
Izoh: Muammo san'ati, topishmoq san'ati desak ham bo'luvuradi. Bunda asosan, so'z o'yini va xarflar o'yinidan foydalaniladi.

Shunday qilib, muammoning javobi:
(Ta-daaaa....:)).
Bunda asosiy so'z saodat bo'lib, undan otni ayirayapti, va hosil bo'lgan so'z sa'd bo'lib, aslida saodat so'zining o'zagi; baxt ma'nosini anglatadi.
Muammo san'ati arab alifbosi xarflari bilan bog'liq, ammo yuqoridagi misolni lotin-kiril xarflari bilan ham anglash mumkun.

Ana endi yuqoridagi muammoni yana bir marotaba muammo shaklida o'qing.

sherzodR

sherzodr
11-27-2000, 12:46 PM
Yana bitta muammo:
<font color="red">***</font>
Majlisda shayx necha shayn boshladi
Sindirdi shamni-yu, luqmani havz ichra tashladi

Juda chiroyli muammo. Men javobini o'zim chiqarolmovdim, va Matnazar Abdulhakimovdan so'raganman(Pahlavon Mahmud va Umar Hayyom ruboiylarini mukammal tarjimalarining muallifi), o'shalar aytganlar.

Yordam:
asosiy so'z, Majlis;
b]Shayn[/B]-To'palon;
Yechimni topish uchun:
"Majlis"da "to'palon" boshlab, o'sha so'zdagi shamni sindirib, luqmani xavzga tashlang. Hosil bo'lgan so'z, muammoning javobi bo'ladi.

Yana yordam:
"sham" - lom xarfi (shamga o'xhaydi);
"luqma"- jim xarfining ostidagi nuqta;
"xavz" - yoki xovuz, Sin harfining so'z oxiridagi
shaklida dumchasi bor, o'sha xovuzga o'xshaydi.
"Luqma"ni tashlagan bilan, Nun harfiga aylanadi;

O'ta go'zal muammo. Omad

<font color="blue">sherzodR</font>

Tasodifiy bayt:
Qaro ko'zim, kelu mardumlig' emdi fan qilg'il,
Ko'zim qarosida mardum kibi vatan qilg'il...

Nodir
11-27-2000, 01:16 PM
1-muammo-topishmoqni Siz aytgan echimdan keyin ham muammo shaklda tushunaolmadim, echaolmadim; saodat ot ni olsak, baribir o'zak qolib ma'no o'zgarmasa, bilmadim nima chiqadi?


ammo 2-chisi juda garoib, echishim uchun quyidagilarni bilishim kerak:
1. Lom ni "sindirish" degani uni butunlay olib tashlashmi? yoki 2 ga bo'lib boshqa harf(lr) yasab so'zda qoldirishmi?
2.Hovuzga luqmani tashlaganda Jimnikini olib tashlaymizmi yoki Jimniki turaveradimi?
3.Sin ning so'nggi tishini hovuz qilib luqma solsak, qolgan oldingi 2 tishini yo'q deb hisoblash kerakmi yoki sin shaklda o'qilaveradimi?

Umuman,1 -urinishda Muhsin, Mahosin-yaxshilik qiluvchi, yaxshilik-fazilatlar -shayn ning aksi kabi javob chiqayotgandek, bilmadim kein buni qanday izohlab bo'larkin?

sherzodr
11-28-2000, 08:52 AM
Qoyil Nodirbek. Muhsin Navoiyning javobi edi. Aslida Navoiy Devonlarida har bitta muammoning javobini oldindan berib boradi. Manimcha manam oldindan javobini berishim kerak edi. Ammo shunga qaramasdan, to'g'ri chiqardingiz. Gap yo'q.

O'zingiz ko'rganingizday, lom harfini uchi kesiladi, holos. Bu bilan u sin xarfining birinchi tishiga aylanadi.Jim xarfi esa luqmani yo'qotgach, He xarfiga aylanadi, Sinning oxirgi ilmoqi esa, Nun harfiga aylanadi. Ko'rib turipsizki "Shayx"ning to'poloni zerikarli "majlis"ni anchagina orombaxsh "Muhsin"ga aylantadi-qo'yadi. Majlisdan undan ortiq yana nimani olish mumkun?!