ASAD
11-27-2000, 04:56 AM
Ey gul, dudog'ingni yashirma mendan,
Lola yanog'ingni yashirma mendan,
Noz-la tebranursan yoningga borsam,
Ishqiy titrog'ingni yashirma mendan.
Tonggi nasim kabi yoningga kelsam,
Mushkin sochlaringni siypalab o'tsam.
Ishqim yaprog'ingga shivirlab aytsam,
Ey gul, qulog'ingni yashirma mendan.
Uyqusiz kezgan ul oshiq kishidur,
Bargindagi shabnam diydam yoshidur.
Ishq rozin aytmoqlik ko'zlar ishidur,
Ey gul, qarog'ingni yashirma mendan.
Kamaring ustidan tikonlar joylab,
Beling tutqazmassan asrab, avaylab. :)
Yashil ro'molingni bo'yningga boylab,
Oppoq tomog'ingni yashirma mendan.
Ey gul, tikonlaring bag'rimni yirtsin,
Mushku iforlaring ohimni tutsin.
G'amzang paykonlari jonimdan o'tsin,
Tiyg'u yarog'ingni yashirma mendan.
E, voh, qo'yibdurman senga muhabbat,
Chamanzor ichinda pokiza hilqat.
G'uncha ochilgach so'ng lab yetur albat,
Shirun dudog'ingni yashirma mendan.
Nogoh oyog'ingga kelib yiqildim,
Pinhon oshiq edim, elga bilindim,
Tuzog'ingga qayta-qayta ilindim,
Ey gul, tuzog'ingni yashirma mendan.
Har tong quchog'ingga kelarman mudom,
Gulzori jahon ichra, ey gul, gulandom,
Oshiqman yoningga kelsam subhu shom,
Qaynoq quchog'ingni yashirma mendan.
:) ;) :)
Lola yanog'ingni yashirma mendan,
Noz-la tebranursan yoningga borsam,
Ishqiy titrog'ingni yashirma mendan.
Tonggi nasim kabi yoningga kelsam,
Mushkin sochlaringni siypalab o'tsam.
Ishqim yaprog'ingga shivirlab aytsam,
Ey gul, qulog'ingni yashirma mendan.
Uyqusiz kezgan ul oshiq kishidur,
Bargindagi shabnam diydam yoshidur.
Ishq rozin aytmoqlik ko'zlar ishidur,
Ey gul, qarog'ingni yashirma mendan.
Kamaring ustidan tikonlar joylab,
Beling tutqazmassan asrab, avaylab. :)
Yashil ro'molingni bo'yningga boylab,
Oppoq tomog'ingni yashirma mendan.
Ey gul, tikonlaring bag'rimni yirtsin,
Mushku iforlaring ohimni tutsin.
G'amzang paykonlari jonimdan o'tsin,
Tiyg'u yarog'ingni yashirma mendan.
E, voh, qo'yibdurman senga muhabbat,
Chamanzor ichinda pokiza hilqat.
G'uncha ochilgach so'ng lab yetur albat,
Shirun dudog'ingni yashirma mendan.
Nogoh oyog'ingga kelib yiqildim,
Pinhon oshiq edim, elga bilindim,
Tuzog'ingga qayta-qayta ilindim,
Ey gul, tuzog'ingni yashirma mendan.
Har tong quchog'ingga kelarman mudom,
Gulzori jahon ichra, ey gul, gulandom,
Oshiqman yoningga kelsam subhu shom,
Qaynoq quchog'ingni yashirma mendan.
:) ;) :)