Uyyonli
10-29-2007, 12:02 AM
I want to know more about Angels...
Farishtalar haqida ko'proq ma'lumot kerak.
AbdurRahman
10-29-2007, 12:09 AM
Biz Alloh ta`oloning farishtalariga va ularning: "Alloh ta`oloning amriga itoat qilib, undan avval biron so`z so`zlamaydigan mukarram bandalar" (Anbiyo surasi 21:26, 27) e`kaniga, Alloh ta`olo ularni yaratgani, ular Unga to’liq itoat qilishlari va doimi Unga ibodat qilishlariga iymon keltiramiz. Alloh ta`olo dedi: "Ular Allohga bo`lgan ibodatdan yuz o`girmaydilar va charchamaydilar. Kecha va kunduz tinmay tasbih aytadilar" (Anbiyo surasi 21:19, 20)
Alloh ta`olo ularni bizdan pardaladi shuning uchun biz ularni ko’ra olmaymiz. Goho e`sa ularni ba`zi bandalariga ko`rsatdi. Payg`ambarimiz sallallahu ‘alayhi va sallam Jibril alayhissalatu vassalamni o`zining yaralgan suratida ufqni to`sib turgan olti yuzta qanoti bilan ko`rdilar. Jibril alayhissalatu vassalam Mar`yam alayhassalatu vassalamga komil inson suratida namoyon bo`ldi va xitob qildi. Bundan tashqari, Jibril alayhissalatu vassalam rasululloh sallallahu ‘alayhi vasallamning huzuriga sahobalar bor paytda, oppoq kiyimda, sochlari tim qora, notanish kishi suratida kirib keldi va rasululloh sallallahu ‘alayhi va sallamning oldiga kelib, tizzalarini rasululloh sallallahu ‘alayhi va sallamning tizzalariga tekkizib o`tirdilar. So`ngra,qo`llarini sonlariga qo`yib, rasululloh sallallahu ‘alayhi va sallamga xitob qildilar. Keyin e`sa, rasululloh sallallahu ‘alayhi va sallam ham unga xitob qildilar. Keyin e`sa rasululloh sallallahu ‘alayhi va sallam sahobalarga u kishining Jibril alayhissalatu vassalam e`kanidan xabar berdilar.
Ba’zi farishtalarning tayin qilingan vazifalari bor
Biz ba’zi farishtalarning tayin qilingan vazifalari bor e`kaniga iymon keltiramiz. Jibril alayhissalatu vassalam vahiyni, Alloh xohlagan payg`ambarga olib tushishga vakil qilingan. Isrofil alayhissalatu vassalam qiyomat kuni o`lish va qayta tirilish uchun surga dam urishga vakil qilingan. Jonlarni olish (o`lim paytida) Malakulmavt (o’lim farishtasi) ga topshirilgan. Jahannam posboni Molikdir. Bundan tashqari ba`zi farishtalar ona qornidagi homilaga, ba`zilari odam farzandini himoya qilishga, ba`zilari e`sa insondan sodir bo`lgan amallarni yozishga vakil qilingan. Har bir shaxsning ikki farishtasi bor. Alloh ta`olo dedi: "Zotan, o`ng va chap (tomonda) o’tirgan ikki qabul qilguvchi (yozib turguvchi farishta insonning aytgan va qilgan barca yaxshi-yomon so’z amallarini) qabul qilib – yozib tururlar. U biron so’zni talaffuz qilmas, magar (talaffuz qilsa) uning oldida hoziru nozir bo’lgan bir kuzatuvci tayyordir(nazoratchi farishta u so’zni yozib olur) " (Qof surasi50:17, 18)
Ba`zi farishtalar (nomlari Munkar va Nakir) o`lik oldiga kelib, uning Robbisi, payg`ambari va dini haqida so`raydilar. Alloh aytadi: "Alloh mo`minlarni hayot dunyosi va oxiratda o`zgarmas So`z(iymon kalimasi) bilan sobitqadam qiladi(ya’ni ular faqatgina Allohga ibodat qilishadi). Va Alloh zolimlarni adashtiradi. Alloh xohlagan narsasini qiladi" (Ibrohiym surasi 14:27)
Ba`zi farishtalar jannat ahliga vakil qilingan. Alloh ta`olo dedi: "Parvardigorlarining Yuzini ko’zlab (mehnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib namozlarini to’kis ado etgan va Biz rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq-ehson qilgan hamda yomonlikni yaxshilik bilan qaytaradigan zotlar – ana o’shalar uchun oxirat diyori bordirki, (u diyor) abadiy turiladigan jannatlar bo’lib, ular u joylarga ota-bobolari, jufti-halollari va zurriyotlaridan iborat bo’lgan solih bandalar bilan birga kirurlar. So’ng ularning huzurlariga har eshikdan farishtalar kirib (derlar): ”(Alloh yo’lida mehnat-mashaqqatlarga) sabr-toqat qilib o’tganlaringiz sababli (endi bu jannatlarda) sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo’lgay. Bu oxirat diyori naqadar yaxshi!”(Ra`d surasi 13:22,23,24)
Al-Baitul Ma’moor
Payg`ambarimiz Muhammad sallallahu ‘alayhi va sallam osmonda "al-Baytul-Ma`mur" degan bir uy bor bo`lib, unga har kuni yetmish ming farishta kirib, (yana bir rivoyatda) yetmish ming farishta unda namoz o`qib, kirganlari hech qachon qayta kirmasliklarining xabarini berdilar. Imom Buxoriy rivoyati
islamnuri websahifasidan Shayx Muhammad Salih Al Usayminning Ahlus Sunnah wal Jamoa Aqidasi degan kitoblaridan olindi.
vBulletin® v3.7.0, Copyright ©2000-2008, Jelsoft Enterprises Ltd.