PDA

View Full Version : Adiba va boshqa LBchilarga!


Omar Xayyom
11-27-2000, 01:02 PM
Salom ba hama!

Bachalar nag'zmi?

Hullas kalom, quyidagi she'rga e'tibor bering:

Azaldan loyimni qorganda Xudo,
Bilardi fe'limdan ne bo'lur paydo.
Ilmidan tashqari emas gunohim,
Ho'sh, nechun maxsharda beradi jazo?

Hay, bu yog'iga kim nima deydi?
She'r O'mar Xayyom qalamiga mansub.

Adiba, she'rni Siz post qilganiz uchun rahmat - man qidirayotgan edim.

Kim nima deydi?

There is only one God!
Omar Khayyom

Nodir
11-27-2000, 01:21 PM
Umar Xayyomga (g'oibona suhmat) (modified 0 times) Nodir

Azaldan loyimni qorganda H(X)udo,
Bilardi fe'limdan ne bulur paydo,
Ilmidan tashqari emas gunohim,
H(X)ush nechun max(h)sharda beradi jazo?


1-Hazil-javob:
Jurm qilishing bilganichun javobgarmi u?
Ishlagan tishlaydi, esla, maqol bu!
"Ishlaganning tishlashini aytgan Xalq emas,
Ishlagan javobgar!" der oqsaqol bu.

Uzr (Umar Xayyomga), vazn "siz" hurmat formasini hech kotarmadi, yoki uni ishlatib vazndor bir narsa yozolmadim.

2- javob:
Qur'onni ko'tarib anglamaganing,
anglaganlaringa be-amal bo'lganing,
Haromlarini Sen "halol" qilganig,
O'shular-chun mahsharda beradi Jazo!

Bir uxlab musulmon ortidan kofir
bo'lganing, so'ng yana harom qilganing,
Chin musulmon bo'lmay nifoq qilganing,
O'shular-chun mahsharda beradi Jazo!

Afsus, yana vazn hech "Siz"ni ko'tarmadi, bu yog'i chala savodlik..